NamDU «Press klub» @namdupressklub Channel on Telegram

NamDU «Press klub»

@namdupressklub


Наманган давлат университети қошидаги «Пресс клуб» университет ҳаётига оид янгилик ва тезкор хабарларни, шунингдек, лавҳалар, репортажлар, туркум кўрсатув ва видеороликларни мазкур саҳифага жойлаб боради.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг!

NamDU «Press klub» (Uzbek)

Namdan press klub: Namangan davlat universitetining yangi 'Press klub' kanali, universitet hayotiga oid yangiliklar va tezkor xabarlarni, shuningdek, lavhalar, reportajlar, turkum ko'rsatuv va videoroliklarni mazkur sahifaga joylab boradi. Bu kanal yordamida siz universitetda yuz berayotgan voqealarni tez bir xil tarzda va yangilanib, jamiyatda kuzating. Agar siz ham Namangan davlat universiteti talabasisiz, yoki uning faoliyatini qiziqtirib kelayotgan bo'lsangiz, ushbu kanal siz uchun mo'ljallangan. Ayni paytda, kanalda o'z fikrlaringizni, mulohazalaringizni ham taqdim etishingiz mumkin. Shuningdek, yangiliklar haqida ma'lumotlar olish uchun vaqt yo'qotmang, 'NamDU Press klub' kanaliga obuna bo'ling va xabarlardan bir qadam oldinga chiqing!

NamDU «Press klub»

20 Feb, 02:00


Rektor jahon tillari fakulteti bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazdi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

19 Feb, 16:00


ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR SARI ISHONCHLI QADAM

Namangan davlat universitetida yosh olimlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotning shiori ana shunday nomlandi


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

19 Feb, 16:00


#FOTOREPORTAJ

ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR SARI ISHONCHLI QADAM


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

18 Feb, 14:00


Namangan davlat universitetida yosh tadqiqotchi-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

15 Feb, 12:34


"Taraqqiyot mezoni" gazetasida "Namduda istiqbol odimlari" maqolasi chop etildi

"Taraqqiyot mezoni" gazetasida universitet o‘qituvchisi Ra`no Inatullayeva muallifligida "Namduda istiqbol odimlari" sarlavhali maqola chop etildi. Unda Namangan davlat universitetining istiqboldagi rivojlanish rejalari, ta’lim tizimidagi yangiliklar va yutuqlar tahlil qilingan.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

15 Feb, 06:08


Hamkorlik rivojlanmoqda

«Namangan Haqiqati» gazetasining navbatdagi sonida universitet professorlari Poziljon Boymatov va Bahromjon Abdulazizov tomonidan maqola chop etildi. Ushbu maqola ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikning rivojlanayotganini yoritib, olimlarning ilmiy ishlari, tajriba almashinuvi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini o‘z ichiga oladi.

Professorlar o‘zaro hamkorlik orqali zamonaviy ilmiy yutuqlarni joriy etish, talabalarga chuqur bilim berish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilganlar. Ushbu maqola ta’lim sohasi rivojiga oid dolzarb fikr-mulohazalarni o‘z ichiga olib, keng jamoatchilik uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Feb, 14:00


O‘zbek do‘ppisi – millat ruhi va bezagi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Feb, 12:04


Namangan davlat universiteti va Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Feb, 11:00


#FOTOREPORTAJ

Namangan davlat universiteti va Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

05 Feb, 18:13


Ilmiy hamkorlikning yangi sahifasi: NamDU va Malayziya Xalqaro Islom universiteti orasida kelishuv Imzolandi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

05 Feb, 15:51


#FOTOREPORTAJ

Namangan davlat universiteti va Malayziya Xalqaro Islom universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

04 Feb, 18:10


Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida Namangan davlat universiteti ishtiroki: xalqaro hamkorlikning mustahkam poydevori

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

04 Feb, 15:01


Fizika kafedrasi mudiri Belarus Milliy Texnika universiteti bilan xalqaro kelishuvlarga erishdi

Shu kunlarda Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi mudiri Bahromjon Abdulazizov Belarus Milliy Texnika universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ma’lumki, ushbu universitet QS Reytingida Top -667 o‘rinda turadi.
Bahromjon Abdulazizov xorijdagi universitetning informatika va fizika fakultetlaridagi faoliyat bilan tanishib, amaliy va fundamental loyihalar hamda
qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kelishuvlarni olib bormoqda.

Ushbu hamkorlik universitetimizning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, innovasion tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

04 Feb, 14:16


#FOTOREPORTAJ

Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida Namangan davlat universiteti ishtiroki:
xalqaro hamkorlikning mustahkam poydevori


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

29 Jan, 04:15


Ustoz Muhammadjon Yusupov haqida maqola chop etildi

Namangan davlat universitetida ko‘p yillardan buyon talabalarga saboq berib kelayotgan ustozlardan biri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Yusupov 80 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan «Namangan haqiqati» gazetasining bugungi sonida «Ma’rifatga baxshida umr» sarlavhali maqola chop etildi.

«Qutlov» ruknidagi maqola muallifi tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori A’zamjon To‘xtaboyev bo‘lib, unda ustoz bosib o‘tayotgan sharafli va mazmunli yo‘l haqida hikoya qilinadi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

29 Jan, 03:00


Rektorning tibbiyot fakultetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham qimmatli fikr-mulohaza va takliflarga boy bo‘ldi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

29 Jan, 03:00


#FOTOREPORTAJ

Rektorning tibbiyot fakultetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham qimmatli fikr-mulohaza va takliflarga boy bo‘ldi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

29 Jan, 03:00


#FOTOREPORTAJ

Rektorning tibbiyot fakultetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham qimmatli fikr-mulohaza va takliflarga boy bo‘ldi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

21 Jan, 13:16


Rektor va talabalar uchrashuvi: Namangan davlat universitetida ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlar samaradorligi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

21 Jan, 13:15


#FOTOREPORTAJ

Rektor va talabalar uchrashuvi: Namangan davlat universitetida ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlar samaradorligi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

21 Jan, 06:17


Markaziy nashrda Namangan davlat universiteti rektorining maqolasi chop etildi

Markaziy nashrlardan biri – «Xalq so‘zi» gazetasining bugun – 21 yanvar kungi 14-sonida Namangan davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sobitxon Turg‘unovning «Ta’lim taraqqiyoti sari dadil qadam» sarlavhali maqolasi nashr etildi.

Universitetda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan maqolada oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorlik doirasida erishgan natijalari, chet ellik talabalar sonining ortib borayotgani, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yana bir qator yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi haqida batafsil so‘z yuritilgan.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

19 Jan, 03:30


«BU - MEN...» loyihasining navbatdagi mehmoni - Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti talabasi Oybek Ahmadjonov

Oybek Namanganni qanchalar yaxshi ko‘radi? U nima uchun iqtisodiyot emas, balki ta’lim sohasida o‘z kelajagini ko‘rmoqda? Kitoblar unga shu kungacha nima berdi? Bu savollarga «BU - MEN» loyihasi asosida tasvirga olingan ko‘rsatuvda javob topishingiz mumkin.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

16 Jan, 09:01


2024 yilning yorqin lahzalari: yutuqlarimizga poydevor -  imkoniyatlar

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

14 Jan, 02:00


Vatan himoyasi. Bu qalb va yurak xohishi ila ado etiladigan burchdir. Bosib o‘tgan tariximizda mard, jasur, chinakam vatanparvar qahramonlarimiz juda ko‘p va ularning har biri biz uchun iftixordir. Hozirda Vatan sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrayotganlar esa bugunning qahramonlaridir.

14 yanvar - Vatan himoyachilari kunida ana shunday surur xayolimizni chulg‘aydi. Namangan davlat universiteti talabalari Baxtiyor Xolmirzayevning «Vatan himoyasi» nomli she’rini yod o‘qib, uni bayram tuhfasi sifatida taqdim etdilar.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Jan, 08:36


Namangan davlat universitetining sportchi va zakovatli talabalari taqdirlandi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

10 Jan, 17:12


НАМАНГАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ - В 2024 году

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

10 Jan, 05:47


Tibbiyot fakultetida «Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlanib davra suhbati o‘tkazildi

Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida 14 yanvar – «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida nafaqadagi harbiylar - Nozimjon Ismailov, podpolkovnik Hasanboy Xidirovlar ishtirok etdi.

Mehmonlar talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mardonavor xizmatlari, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan harbiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, yosh avlodning ona-Vatan oldidagi muqaddas va sharafli burchi, mas’uliyati hamda dolzarb vazifalari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

O‘z navbatida, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Davra suhbati taassurotlarga boy, samimiy ruhda o‘tdi.

«Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlangan shu kabi tadbirlar universitetning barcha fakultetlarida bo‘lib o‘tmoqda.

NamDU «Press klub»

09 Jan, 14:35


NAMANGAN STATE UNIVERSITY - IN 2024

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

02 Jan, 10:48


#Sarhisob

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 19:00


YANGI YIL BARCHAGA MUBORAK BO‘LSIN!

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 14:30


«YANGI YIL - BIZNI SOGʻINTIRGAN QADRDON ONLAR»

Yangi yil - keksayu yosh orziqib kutgan bayram. U garchi umrning yopilayotgan yana bir sahifasi bo‘lsa-da, yangi kunga bo‘lgan umid, uyg‘onayotgan yangi ishonch, yangi orzularning tug‘ilishi bilan biz uchun nihoyatda qadrlidir!

Namangan davlat universiteti talabalarining Yangi yil oqshomidagi quvonchida, yangi yilga bag‘ishlangan qo‘shiq ohanglarida ana shunday ma’no jarang sochdi.

«Press klub» esa yigit-qizlar nigohida balqqan bayram shodligi, shodiyonasi va shukuhini ajoyib tarzda tasvirlarga muhrladi va siz - azizlarga Yangi yil tuhfasi sifatida taqdim etdi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 12:01


MEN UCHUN OMADLI KECHGAN 2024 YIL

MARHABO TO‘YCHIYEVA Namangan davlat universiteti talabasi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 11:30


MEN UCHUN OMADLI KECHGAN 2024 YIL

ABDURASHID KARIMOV kimyo fanlari doktori,  professor vazifasini bajaruvchi, «Shuhrat» medali sohibi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 10:01


MEN UCHUN OMADLI KECHGAN 2024 YIL

AKBARALI MEHMONOV Namangan davlat universiteti talabasi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 08:00


MEN UCHUN OMADLI KECHGAN 2024 YIL

Husayn TURSUNBOYEV Namangan davlat universiteti talabasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

31 Dec, 02:40


Sarhisob

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI - 2024 -YILDA

2024 yil - Namangan davlat universiteti uchun salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgan yil bo‘ldi. Yil davomida oliy ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyatidan kelib chiqib, o‘qitish jarayonini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va samaradorligini yanada oshirishga jiddiy e’tibor qaratildi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

23 Dec, 13:30


«Press-klub» yangi yilda yangi loyihalarni amalga oshiradi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

20 Dec, 15:47


«PRESS-KLUB»DAN YANGI YILGA AJOYIB TUHFA!

Yangi yil - yangi reja, orzu-maqsadlarga debocha. Yangi yil - hammaga birdek zavq ulashuvchi ayyom!

Namangan davlat universiteti qoshidagi «Press-klub» jamoasi Yangi yil uchun ajoyib lahzalarni tasvirga oldi.

Yoshlarning o‘zgacha bayramona chiqishini 31 dekabr kuni tomosha qilishingiz mumkin.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

20 Dec, 10:59


Bizning imkoniyatlarimiz cheklangan emas!

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

20 Dec, 04:32


«Наманганская правда» газетасида университет талабаси ҳақида мақола чоп этилди

Наманган давлат университетида ногиронлиги бўлган талабалар ҳам таҳсил олади ва улар таҳсил жараёнида ҳар томонлама қўллаб-қувватланади. Бундай эътиборга жавобан улар ҳам ўз фаоллигини намоён этиб келишмоқда.

Физика-математика факультети талабаси Муроджон Раҳмонов ҳам тенгдошлари орасида ташаббускор талаба сифатида танилган.
«Наманганская правда» газетасининг бугунги сонида «Студент НамГУ Муроджон Рахмонов: «Нам необходимо проявить инициативу!» сарлавҳали мақола чоп этилди.

«Пресс-клуб» бош мутахассиси Шаҳло Тошбекова муаллифлигидаги мақолада Муроджоннинг интилишлари ва шу кунгача қўлга киритган муваффақиятлари қаламга олинган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

19 Dec, 11:21


«Тиббиёт ва замон» журналида тиббиёт факультети талабасининг мақоласи чоп этилди

Кўпминг сонли муштарийларга эга «Тиббиёт ва замон» журнали Наманган давлат университети тиббиёт факультетининг яқин ҳамкори ҳисобланади. Журналнинг ҳар бир сонида факультет фаолиятидан хабарлар, профессор-ўқитувчилар ва талабалар муаллифлигидаги мақолалар чоп этиб келинмоқда.

Журналнинг навбатдаги - 6-сонида тиббиёт факультетининг 2-босқич талабаси Шоҳруҳ МУҲИТДИНОВнинг «Кучли иммунитет - пневмониядан ҳимоя» сарлавҳали мақоласи нашр этилди. 12 ноябрь - Бутунжаҳон пневмонияга қарши курашиш куни муносабати билан тайёрланган мақолада касалликнинг келиб чиқиш сабаблари, даво чоралари ва олдини олиш омиллари ҳақида сўз боради.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

18 Dec, 14:30


Наманган давлат университети билимдонлари интеллектуал олимпиадада 60 миллион сўм мукофотни ва умумжамоа ҳисобида қимматли балларни қўлга киритди!

Ҳар йилнинг сўнгги ойи олий таълим муассасалари талабалари учун ҳаяжонга бой кечади. Чунки бу вақтда анъанавий интеллектуал олимпиаданинг ҳудудий саралаш ва якуний республика босқичлари ўтказилади.
Қувонарлиси, ушбу интеллектуал олимпиадада бир неча йилдан буён Наманган давлат университетининг “Заковат” жамоаси ғолиблар сафидан ўрин олиб келмоқда.

Бу йил ҳам бу қутлуғ анъанага содиқ қолинган ҳолда университетимиз жамоаси интеллектуал олимпиаданинг “Эрудит-квартет” йўналишидаги ўйинларнинг республика якуний босқичида ўз билимдонлигини намоён этиб, фахрли 2-ўринни эгаллади!
Мазкур натижа жамоага 60 миллион сўм миқдоридаги пул мукофоти ҳамда умумжамоа ҳисобига қимматли балларни тақдим этади.

Ҳаяжонли ва нуфузли ғалаба - Наманган давлат университетида талаба-ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ўтказиш, интеллектуал қобилиятларини юзага чиқариш ва ривожлантириш, улар ўртасида китобхонликни оммалаштириш бўйича амалга оширилаётган ишлар натижаси, бир сўз билан айтганда, университетдаги маънавий-маърифий ишлар самарасидир.

Билимдонларимизни Наманган давлат университети жамоаси номидан ғалаба билан табриклаймиз!

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Dec, 09:07


«YOSH AVLODGA KORRUPSIYASIZ KELAJAK QOLDIRAYLIK!»

Xuddi shu nom ostida Namangan davlat universitetining sirtqi bo‘limida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chust tuman bo‘limi tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.       

Tadbirda FVB Chust tumani bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Tursunali Jo‘rayev tomonidan  talaba-yoshlarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uni vujudga keltiruvchi omillar, shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi. U o‘z so‘zida korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sirtqi bo‘lim talabalari tomonidan berilgan savollariga mas’ullar atroflicha javob berdilar.
Shuningdek, tadbir davomida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi  xodimlari tadbir ishtirokchilariga yong‘inlarning oldini olish, is gazining kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish  bo‘yicha ham to‘liq tushuncha va yo‘riqnomalar berib o‘tishdi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Dec, 07:10


ВИЛОЯТ ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БОШҚАРМАСИ УНИВЕРСИТЕТ ҲАМКОРЛИГИДА МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ТАШКИЛ ЭТДИ

Гувоҳи бўлмоқдамизки, юртимизда «Корррупцияга қарши кураш ойлиги» доирасида қатор тадбирлар ўтказилмоқда. Натижада турли корхона, ташкилот, муассаса ходимлари ва фуқароларда коррупцияга қарши муросасиз муносабат шаклланмоқда. Давлатимиз сиёсати бу иллат ва жиноятга қарши биргаликда курашиш лозимлигини тақозо этмоқда.

Наманган вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармасида бўлиб ўтган "Коррупциясиз фаолият - ривожланиш гарови" мавзусидагы маънавий-маърифий тадбирда ана шундай фикрлар таъкидланди.

Тадбир аввалида бошқарма бошлиғининг биринчи ўринбосари, штаб бошлиғи, полковник Акмалжон Ўринбаев машғулот иштирокчиларини кун тартиби билан таништирди, Фавқулодда вазиятлар вазирининг тегишли буйруғи билан янги лавозимга тайинланган ходимлар рўйхати ўқиб эшиттирилди.

Сўнгра Наманган давлат университетининг Социология фанлари бўйича фалсафа доктори, доцент Муҳриддин Содиржоновнинг “Коррупциясиз фаолият - ривожланиш гарови” мавзусидаги маърузаси тингланди.

Тадбир иштирокчилари маъруза юзасидан фикр-мулоҳазаларини билдирдилар, ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар. Мазмунли маъруза бошқарма ходимларида катта таассурот қолдирди.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

12 Dec, 14:30


Хушхабар

Наманган давлат университетининг давлат стипендиатлари сони яна 16 нафарга кўпайди!

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг 2024 йил 11 декабрдаги 464-сонли буйруғига биноан Ўзбекистон  Республикаси Президенти ва номли давлат стипендиялари совриндорлари эълон қилинди.

Совриндорлар орасида 16 нафар Наманган давлат университети талабалари ҳам бор. Бу жуда қувонарли ҳол. Чунки Ўзбекистон Республикаси Президенти стипендияси, Ислом Каримов номли давлат стипендияси, Навоий номли, Беруний номли, Улуғбек номли ва Бобур номли давлат стипендияси совриндорлари университетимизнинг энг билимдон, истеъдодли, ижодкор ва ташаббускор талабаларидир.

Қолаверса, ҳукуматимиз, хусусан, Наманган давлат университетида иқтидорли талабаларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш мақсадида амалга оширилаётган эзгу саъй-ҳаракатлар уларнинг бугунги муваффақиятларида намоён бўлиб турибди.

Барча давлат стипендияси ва номдор стипендиялар совриндорларини чин қалбдан табриклаймиз!

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

10 Dec, 11:00


Namangan davlat universitetida yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

07 Dec, 08:00


Mening Konstitutsiyam - mening faxrim, g‘ururim!

       8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu kunning qadri, ahamiyati benihoya yuksak va beqiyos. Chunki u mustaqilligimiz, o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va farovon hayotimiz asosi, faxru iftixorimiz boisidir!

      Namangan davlat universiteti «Press klub»i muhim sana arafasida yoshlar qalbidagi ana shunday g‘ururni muxtasar tarzda ifoda etishga harakat qildi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

06 Dec, 08:15


ҲАМДАРДЛИК

Вилоят жисмоний маданият ва спорт соҳаси оғир жудоликка учради. Бутун ҳаёти ва меҳнат фаолиятини спорт соҳаси ривожига бағишлаган таниқли мураббий, енгил атлетика бўйича қатор халқаро турнирлар ғолиби, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ёшлар мураббийи Людмила Музаффарова бугун - 6 декабрь куни 75 ёшида вафот этди.
Людмила Музаффарова 1949 йилнинг 17 июлида Наманган шаҳрида туғилди. У умрини жисмоний тарбия ва спорт соҳасида малакали кадрлар тайёрлашга сарфлади.
Людмила Музаффарова тажрибали педагог сифатида фидокорона меҳнат қилди. 50 йилдан зиёд давом этган иш фаолияти мобайнида бой билим ва ҳаётий тажрибасини, куч-ғайратини етук кадрлар тайёрлаш ишига бағишлади. У ўз соҳасининг ҳақиқий билимдони, меҳнатсевар, камтарин ва ватанпарвар инсон сифатида таълим тизимини ривожлантиришга муносиб ҳисса қўшди. Ёшларни она-юртга муҳаббат ва садоқат руҳида тарбиялашда жонбозлик кўрсатди.
Тажрибали мураббий кўплаб иқтидорли шогирдлар тайёрлаб, спорт соҳасини малакали кадрлар билан таъминлаш борасида ҳам ибрат намунасини кўрсатди.
Фидокор, шижоатли, жонкуяр мураббий сифатида шогирдлар меҳрини қозонди.
Наманган давлат университети жамоаси устоз Людмила Музаффарованинг вафоти муносабати билан унинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади.
Марҳуманинг охирати обод бўлсин. Людмила Музаффарованинг ёрқин хотираси қалбимизда ҳамиша сақланиб қолади.

С. Турғунов, Д. Холматов,
Н. Деҳқанов, Р. Имомов,
Т. Файзуллаев


Наманган давлат университети
«Пресс клуб»

NamDU «Press klub»

05 Dec, 10:01


Namangan davlat universiteti sirtqi bo‘limida Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Ayni kunlarda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng nishonlanmoqda.
Jumladan, Namangan davlat universitetining sirtqi bo‘limi talabalari tomonidan ham «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi» shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati, Bosh Qomusimizning xalqimiz farovon hayoti, fuqarolarimiz haq-huquqlari muhofazasidagi ahamiyati haqida so‘z bordi.

Tadbirda so‘zga chiqqan o‘qituvchi va talabalar Qomusimiz - xalqimiz irodasini o‘zida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burch va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolati ekanligi, uning har bir moddasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimiz manfaatlari aks etganligi, Konstitutsiyamizni o‘rganish, uning moddalarini o‘z hayotiga tadbiq etish har bir fuqaroning burchi ekanligi xususidagi mulohazalarini bayon etdilar.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

03 Dec, 18:00


Наманган давлат университети профессорларининг мақолалари дунёнинг энг нуфузи баланд журналида чоп этилди

Наманган давлат унверситетининг физика кафедраси профессорлари - Фозилжон Байматов, Аброржон  Давлатов ва Баҳромжон Абдулазизовларнинг илмий мақолалари дунёдаги энг нуфузли журнал -  «Scopus» базасидаги Q2 кварталиги кирувчи журналда чоп этилди.

Бу ўтган бир ойда чоп этилган иккинчи мақолалар бўлса, йил бошидан буён Q1 ,Q2 вa Q3 кварталидаги журналларда нашр этилган мақолалар сони ўн бештадан ортди. Жаҳоннинг энг кучли олимлари фойдаланадиган ва кузатиб борадиган журналлардаги чиқишлар Наманган давлат университетида халқаро алоқаларнинг мустаҳкамланиб бораётганидан ва университет олимларининг наноструктуралар йўналишида ҳам кучли салоҳиятга эга эканлигидан далолат беради.

Қолаверса, буни ўтган ойда Наманган давлат университетида ўтказилган «Физиканинг замонавий муаммолари ва ривожланиш истиқболлари» мавзусидаги халқаро анжуманнинг амалий натижаси дея баҳолашимиз ҳам мумкин. Эътиборлиси, юқоридаги журналлар «Web of seines»,  «Scopus va Springer» базаларида индексацияланади.

Профессорларимизни бундай юксак муваффақият билан табриклаймиз!

Батафсил

Батафсил

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

03 Dec, 11:40


Namangan davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘limida «Xalqaro nogironlar kuni»ga bag‘ishlanib tadbir o‘tkazildi

Oramizda nogironligi bo‘lgan shaxslar ozmuncha emas. Ular ham sog‘lom insonlar bilan bir xil huquqlarga ega. Ularning ko‘nglini ko‘tarish, ular doimo e’tibor va mehr og‘ushida ekanini yana bir bor ta’kidlash maqsadida mamlakatimizda har yili 3 dekabr sanasi «Xalqaro nogironlar kuni» keng nishonlanadi.
Darhaqiqat, nogironligi bo‘lgan kishilar uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurish - davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri.

“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlanib, bugun Namangan davlat universitetining sirtqi bo‘lim boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 5-bosqich talabalari tomonidan «Sizning borligingizning o‘zi baxt!» nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyat yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtiroki sezilayotganligi haqida so‘z bordi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

03 Dec, 04:10


ОАВ - биз ҳақимизда

«Тиббиёт ва замон» журналида тиббиёт факультети фаолияти ёритилди

Вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси муассислигида чоп этилаётган «Тиббиёт ва замон» журнали Наманган давлат университети тиббиёт факультетининг яқин ҳамкори ҳисобланади.

Журналнинг шу йил 5-сонида тиббиёт факультети фаолиятига доир «Таниқли олим-шифокорлар НамДУ тиббиёт факультетида» ҳамда «Нуронийларни ҳурматлаш - ёшларга ибрат» сарлавҳали мақолаларнинг чоп этилгани фикримиз далили бўла олади.

«Пресс клуб» раҳбари Санжарбек Ҳамидов ва тиббиёт факультети декани маслаҳатчиси Гўзалхон Баятова муаллифлигидаги мақолаларда факультетда таниқли олим-шифокорлар билан бўлиб ўтган эътиборга молик учрашувлар ва «Кексалар ҳафталиги» доирасида эзгу ишлар ҳақида батафсил сўз юритилган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

02 Dec, 10:00


Namangan davlat universitetida «Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!» g‘oyasi asosida turkum tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

01 Dec, 02:00


OITS: UNING INSONIYAT TAQDIRI VA HAYOTIGA TAHDIDI XAVOTIRLIMI?

OIV va OITS. Bugun ko‘pchiligimiz u haqda yetarlicha ma’lumotga egamiz. Biroq bu davosiz kasallikning ayanchli oqibati xususidagi tasavvur kishini beixtiyor yanada ko‘proq bilishga undaydi.

Quyidagi lavha ayni shu maqsadda tayyorlandi. O‘ylaymizki, keltirilgan fakt va dalillar zamondoshlarimizni befarq qoldirmaydi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

30 Nov, 02:00


XXI ASRDA MA’NAVIYATI BOY YOSHLARNI TARBIYALASH ASOSIY VAZIFAMIZ BO‘LMOGʻI KERAK

Bugungi texnika-texnologiyalar asrida yoshlar ongiga adabiyotga mehr, kitobxonlik, badiiy saviya tushunchalarini singdirish, ularning adabiy tafakkurini kengaytirish juda muhim. Chunki bu ma’naviyat masalasidir. Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Ma’rifat ulashib» loyihasi ayni shu maqsadda amalga oshirilmoqda.

«Yangi O‘zbekiston» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir Nosirjon JO‘RAYEV loyiha maqsadi xususida quyidagi fikrlarni bildirdi:

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

29 Nov, 12:00


Наманган давлат университетида «Маърифат улашиб» лойиҳасининг навбатдаги маънавий-маърифий тадбирлари бўлиб ўтди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

29 Nov, 02:00


«Наманганская правда» газетасида проректорнинг мақоласи чоп этилди

Айни кунларда мамлакатимизда «Коррупцияга қарши курашиш ойлиги» давом этмоқда. Шу муносабат билан «Наманганская правда» газетасининг бугун 29 ноябрь кунги сонида Наманган давлат университети проректори Дилшодбек ХОЛМАТОВнинг «Обрубить корни коррупции»
сарлавҳали мақоласи чоп этилди.

Мақолада коррупциянинг жамият ва давлат тараққиётига салбий таъсири, унга қарши курашишда аҳамият қаратиш лозим бўлган жиҳатлар хусусида сўз юритилган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

28 Nov, 10:00


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO‘LIMIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Namangan davlat universitetining sirtqi bo‘limida «Kitob - tafakkur gulshani» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kutubxona-axborot faoliyati yo‘nalishining 2-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan tadbirga filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishining sirtqi ta’lim shakli talabalari taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kitob har bir insonni ezgulik sari yetaklashi, u insonlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish vositasi ekanligi, kitoblar insoniyat fikri va xulosalarining durdonalarini to‘plab, avlodlarga yetkazishini alohida ta’kidladilar. Har bir kitob insonga o‘ziga xos saboq va bilim berishi, yangi g‘oyalar sari ruhlantirishi ham hayotiy misollar asosida izohlab berildi.

O‘z nomiga munosib ravishda o‘tgan tadbir talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Bahs-munozara va mushohadalarda fikrlar charxlandi, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqi yanada kuchaydi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

27 Nov, 13:45


Чустийнинг 120 йиллигига муносиб туҳфа

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

27 Nov, 02:30


«НАМАНГАН ҲАҚИҚАТИ» ГАЗЕТАСИДА УНИВЕРСИТЕТ РЕКТОРИНИНГ МАҚОЛАСИ ЧОП ЭТИЛДИ

Маълумки, шу йилнинг 20 ноябрь куни Президентимиз Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Бош вазир лавозимига номзодни кўриб чиқиш ва Вазирлар Маҳкамасининг яқин ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастури муҳокамасига бағишланган мажлисда 2025 йилни «Атроф-муҳитни асраш ва «яшил» иқтисодиёт йили» деб ном берилишини таклиф қилдилар ва халқимиз ва кенг жамоатчилик томонидан бу таклиф қўллаб-қувватланди.

Келгуси йилимизга бундай ном берилиши Наманган давлат университети жамоасини ҳам мамнун этди ва атроф-муҳитни муҳофаза қилишда ташаббускор бўлишга,«яшил иқтисодиёт» ривожига муносиб ҳисса қўшишга аҳд қилдилар.

«Наманган ҳақиқати» газетасининг бугунги сонида университет ректори Собитхон Турғуновнинг «Ижтимоий аҳамияти катта» сарлавҳали мақоласи чоп этилди.

«Муносабат» рукнидаги мақолада йил номи билан боғлиқ экологик вазият, университетда мазкур йўналишда амалга оширилаётган ишлар хусусида сўз боради.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

26 Nov, 12:26


TALABALARGA YO‘L HARAKATI QOIDALARI HAQIDA TUSHUNCHA BERILDI

Namangan davlat universiteti sirtqi bo‘limida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati IIB JXX YHXB YPXB 1-safarbar guruhi komandiri, kapitan Zuhriddin Mamasoliyev, inspektor Gʻulomjon Ergashev hamda bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab viloyat hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari mavzusidagi videorolik namoyish etildi. Inspektorlar joriy yilning shu vaqtiga qadar viloyat hududida yuzaga kelgan avtohalokatlar va ularning sabablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, hodisalarning oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.

Ta’kidlandiki, yo‘l harakati qatnashchilari «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va unga doir qoidalarni, ayniqsa, svetofor ishoralari, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlarining talablarini yaxshi bilishlari va ularga amal qilishlari shart. Shuningdek, soha mas’ullari o‘zlariga berilgan vakolatlar va uning doirasida yo‘llarda harakatni tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar haqida ham ma’lumot berib o‘tdilar.

Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Davra suhbati qizg‘in munozara tarzida o‘tdi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

22 Nov, 14:35


Наманган давлат университетида «Биоорганик кимё фани муаммолари» мавзусида XI-Республика ёш кимёгарлар илмий-амалий анжумани бўлиб ўтди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

22 Nov, 02:00


Кимё фанлари доктори, профессор Шавкат Абдуллаев – 80 ёшда!

Наманган давлат университети
«Пресс клуб» жамоаси кимё фанлари доктори, профессор Шавкат Абдуллаевнинг қутлуғ 80 ёшга тўлиши муносабати билан
«АКАДЕМИКНИНГ ПРОФЕССОР ЎҒЛИ
Ёхуд илмни улуғ фазилат, устозликни юксак мартаба деб билган кимёгар-олим»
номли қисқа метражли ҳужжатли фильм суратга олди.

Ушбу ҳужжатли фильмда устоз ҳаёти, босиб ўтган йўли ва илм ривожига қўшган ҳиссаси ҳақида ҳикоя қилинади.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

20 Nov, 02:00


Namangan davlat universitetiga xush kelibsiz, hindistonlik yoshlar!

Batafsil to’liq 😀 https://youtu.be/8hiVEzXCBq4?si=AOr5ab1vWb2s9nDG

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

19 Nov, 13:17


Namangan davlat universiteti Hindistondagi KIMS ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Batafsil to’liq 😀 https://youtu.be/8hiVEzXCBq4

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

18 Nov, 13:16


30 нафар ҳиндистонлик талаба Наманган давлат университетида тиббиёт йўналишида ўқийди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

18 Nov, 05:00


18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

TENGSIZ LAHZALARGA GUVOH BAYROGʻIM!


Sportchi uchun «g‘alaba» deganda, uning ko‘z o‘ngida eng avvalo, Vatan bayrog‘i gavdalanadi. Sportchi sharafiga davlat bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilar ekan, barcha chekilgan mashaqqatlar, qilingan mehnatlar bir lahzada unut bo‘ladi. Uning o‘rnini hech nimaga qiyos etib va ifodalab bo‘lmaydigan g‘urur-iftixor tuyg‘ulari egallaydi.

Men ham Fransiyada bo‘lib o‘tgan «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lganimda, shohsupaga ko‘tarilib, oltin va bronza medallari ko‘ksimga taqilayotganida, ana shunday baxtni his etdim. Davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz baland ko‘tarilayotgandagi hayajonimni til bilan ifodalab berolmayman. Bunday onlarda sportchi ko‘z yoshlarini tutib turolmaydi. Sening muvaffaqiyating sababli Vatan bayrog‘ining eng yuqoriga ko‘tarilishi chindan ham tengsiz baxt!

Men Chustdagi qishloqning oddiy bolasi edim. Yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar meni butun O‘zbekistonga tanitdi. 2018 yildan buyon sportning para yengil atletika turi bilan shug‘ullanib kelaman. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiman. Shu kungacha bir qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdim. Xususan, Xitoyda bo‘lib o‘tgan «Xanchjou-2022» Para Osiyo o‘yinlarida kumush hamda 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medali bilan taqdirlandim. Bu yil Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida esa disk uloqtirish bo‘yicha oltin, yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medallarini qo‘lga kiritdim va sportdagi yuksak muvaffaqiyatlarim uchun hukumatimiz tomonidan «O‘zbekiston iftixori» unvoni bilan mukofotlandim. Nokamtarlik bo‘lsa ham ta’kidlashni istardim, men Paralimpiya o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladim.

Davlat bayrog‘ining asl qadr-qimmati yuragimizda, qalbimizda. Xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etuvchi davlatimiz ramzlari shu yurtda yashovchi xar bir kishiga iftixor bag‘ishlaydi. Bayrog‘imiz o‘zida boy ma’no-mazmunni, yurtdoshlarimizning asriy orzu-istaklarini, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgani bilan, tinch va osoyishta, farovon va to‘kin hayotimiz timsoli bo‘lgani bilan ham qadrlidir.
O‘zbekiston bayrog‘i dunyo shohsupalarida hamisha baland ko‘tarilsin!

Tolibboy YO‘LDOSHYeV,
Fransiyada bo‘lib o‘tgan «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, oltin va bronza medallari sohibi, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

18 Nov, 01:01


O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i 33 yoshda. Ushbu muhim sana munosabati bilan bugun yurtimizning barcha go‘shalarida turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Albatta, Namangan davlat universiteti jamoasi ham bayrog‘imiz qabul qilingan kunni katta tantana sifatida nishonladilar.  Xususan, talabalarning bir guruhi Baxtiyor Xolmirzayev qalamiga mansub «Bayroq nima o‘zi?» nomli she’rini yod o‘qidilar.

Bu ifoda zamirida yoshlarning Vatanga, erk va tinch-osuda hayotga shukronaligi, mehri mujassamdir!

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

14 Nov, 12:40


Namangan davlat universitetida Yaponiyaning Nagoya universiteti professori ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Nov, 05:31


«Ўзбекистон овози» газетасида  «ЎЗБЕКИСТОН ХАЛҚАРО ВА МИНТАҚАВИЙ АҲАМИЯТГА МОЛИК МАСАЛАЛАР ЕЧИМИДА ТАШАББУС КЎРСАТМОҚДА»  сарлавҳали мақола чоп этилди.

Наманган давлат университети биринчи проректори Наримон Деҳқоновнинг ушбу мақоласида
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг шу йил 5-6 ноябрь кунлари Бишкек шаҳрида бўлиб ўтган Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида сўзлаган нутқи ва унда билдирилган таклифлар юзасидан фикрлар билдирилган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

13 Nov, 03:30


«Наманган ҳақиқати» газетасида устоз Шавкат Абдуллаев ҳақида мақола чоп этилди

Наманган давлат университети профессори, кимё фанлари доктори, профессор Шавкат Абдуллаев қутлуғ 80 ёшни қарши олмоқдалар.

Шу муносабат билан «Наманган ҳақиқати» газетасида «АКАДЕМИКНИНГ ПРОФЕССОР  ЎҒЛИ» сарлавҳали мақола чоп этилди.

«Пресс-клуб» раҳбари Санжарбек Ҳамидов
муаллифлигидаги мақолада устоз босиб ўтган йўл ва илмий фаолиятлари ҳақида сўз юритилган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

12 Nov, 05:45


Иброҳим Атамирзаев юридик фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олди

Сўнгги йилларда мамлакатимиз, хусусан, Наманган давлат университетида илмий изланишлар учун кенг имкониятлар яратилганлиги сабабли ҳар бир йўналишда олимлар сафи тобора кенгайиб бормоқда.

Куни кеча университетнинг юридик факультети декан ўринбосари Атамирзаев Иброҳим Ҳакимовичнинг 12.00.01 – Давлат ва ҳуқуқ назарияси ва тарихи. Ҳуқуқий таълимотлар ихтисослиги бўйича «Ҳуқуқий тизимни модернизация қилиш шароитида шахснинг ҳуқуқий ижтимоийлашуви» мавзусида юридик фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олганлиги фикримиз далили бўла олади.

Иброҳим Атамирзаевнинг илмий даража олиш учун ёзилган диссертация иши Ўзбекистон Республикаси Жамоат хавфсизлиги университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи Илмий кенгашида 100 фоиз овоз бериш орқали муваффақиятли ҳимоя қилинди.
Иброҳим Ҳакимовични бундай юксак муваффақият билан жамоа номидан табриклаймиз ҳамда илмий ютуқлар бардавом бўлишини тилаймиз!

НамДУ «Пресс клуб»

NamDU «Press klub»

10 Nov, 06:00


«PRESS-KLUB»DAN YANGI LOYIHA: «BU - MEN»

Har bir inson - takrorlanmas qalb egasi. Unga nazar tashlasangiz, eng beg‘ubor tuyg‘ulardan tortib, eng buyuk maqsadlarga guvoh bo‘lasiz.

Biz uchun Namangan davlat universitetida tahsil olayotgan har bir talaba -  ana shunday – betakror inson, katta niyat-maqsadlarga ega qalb egasi.

Shu ma’noda biz - «Press-klub» ijodkorlari yangi loyihaga qo‘l urdik va bu loyihani «BU – MEN» deya nomladik. Maqsadimiz - har bir talabaga o‘zini, o‘zligini, o‘z menini namoyon etish imkonini berishdan iborat.

Loyihaning ilk qahramoni – tibbiyot fakulteti talabasi Muhammadayub Fazliddinov.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

10 Nov, 04:00


Bayramingiz muborak, aziz shifokorlar!

Issiq jonmiz, dardga chalinsak, Siz aziz shifokorlardan yordam kutamiz. Shunday damlarda siz bizning najotkorimizga aylanasiz. Sizlar borki, tanimiz sog‘, qo‘limizda eng qimmatli boylik - salomatligimiz, oilalarimizda esa xotirjamlik va baxt bor, Shuning uchun ham shifokor kasbi sharafli, mehnati esa ulug‘!

Jonkuyarlik bilan qilayotgan xizmatlaringizni oddiy so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

Davlatimiz rahbarining «Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan rozi bo‘lsa davlatdan, bugungi siyosatdan ham rozi bo‘ladi», degan so‘zlarida ham ayni haqiqat mujassam.

Ezgu ishlaringiz bardavom, mehnat jamoalaringiz va xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka, el salomatligi yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat yor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli shifokorlar, hurmatli tibbiyot xodimlari!

Zabardas NORMATOV,
tibbiyot fakulteti talabasi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

10 Nov, 03:00


Bayramingiz muborak, aziz shifokorlar!

O‘z bilimi, iste’dod va mahorati, ko‘z nuri va butun borlig‘ini insonlar salomatligini saqlashdek zahmatli va ezgu ishga bag‘ishlayotgan aziz shifokorlar!

«Tibbiyot xodimlari kuni» – kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Sizlar xalqimizning har qancha ardog‘i va hurmatiga munosibsizlar. Chunki sizlar - dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlarsiz.

Kunni tunlarga, tunni tonglarga ulab qilayotgan mehnatlaringiz rohatini ko‘ring. Bemorlar dardiga malham bo‘ling-u, ammo o‘zingiz sira dard chekmang.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli tibbiyot xodimlari!

Shohruh MUHITDINOV,
tibbiyot fakulteti talabasi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

08 Nov, 17:03


Ayni kunlarda taniqli bloger Abdurahmon Fozilov Antraktidada bo‘lib turibdi.

U  O‘zbekiston bayrog‘ini muzliklarga qadadi.
Abdurahmon Fozilovni taniqli sportchilar yaxshi taniydi. U - O‘zbekiston terma jamoalar fan-klubi raisi, o‘zbek sporti fanatlarini doim qo‘llab-quvvatlab keladi.

Bugun Namangan davlat universitetiga tashrif buyurgan Fransiyada bo‘lib o‘tgan «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, oltin va bronza medallari sohibi, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi Tolibboy Yo‘ldashev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet talabalari Abdurahmon Fozilovni birgalikda olqishlagan edilar.

Ushbu videolavhani Abdurahmon Fozilov ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasiga joyladi va u 1,5 milliondan ortiq ko‘rildi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

08 Nov, 13:00


Наманган давлат университетида Паралимпия ўйинлари ғолиби билан учрашув бўлиб ўтди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

08 Nov, 04:30


ОАВ - биз ҳақимизда

«Наманганская правда» газетасининг 2024 йил 8 ноябрдаги 45-сонида Наманган давлат университети касаба уюшма қўмитаси  раиси Шермуҳаммад БЕГМАТОВнинг «ЗАЩИЩАЕМ ИНТЕРЕСЫ РАБОТНИКОВ» сарлавҳали мақоласи эълон қилинди.

Мазкур мақолада олийгоҳда  касаба уюшма қўмитаси томонидан ҳам ишчи-ходимларнинг касбий, меҳнатга оид, ижтимоий-иқтисодий ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, уларга муносиб меҳнат шароитларини яратиш борасида муайян ишлар амалга оширилаётгани, ташкилот жорий йил учун тузилган иш режаси асосида фаолият олиб бориб, бу жараёнда муҳим саналар муносабати билан ходимларни рағбатлантиришга, уларнинг ўз касбига бўлган иштиёқини янада оширишга эътибор қаратилаётгани ҳақида сўз юритилади.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

07 Nov, 01:00


OAV – biz haqimizda

«NAMANGAN SADOSI» GAZETASIDA YANGI TALABALAR TURAR JOYINING FOYDALANISHGA TOPSHIRILISHI HAQIDA MAQOLA CHOP ETILDI

Namangan davlat universitetida 7 qavatli yangi talabalar turar joyi binosining tantanali ravishda foydalanishga topshirilishi viloyatimiz ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Jumladan, «Namangan sadosi» gazetasining navbatdagi sonida «MUBORAK, SENGA TALABA YANGI UY, YANGI IMKON» sarlavhali maqola chop etildi. Universitet «Press-klub» rahbari Sanjarbek Hamidov muallifligidagi maqolada tantana tafsiloti, shuningdek, yangi talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritilgan.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

02 Nov, 13:30


Bugunning talabasi: «Eng yaxshi imkoniyat va sharoitlar - biz uchun!»

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

02 Nov, 08:01


MАQSАDIMIZ - HАR BIR TАLАBА UCHUN MUNOSIB SHАROITLАR YARАTISHDАN IBORАT

Yurtimizda oliy taʼlim tizimini isloh qilish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada yoshlarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasi yil sayin ortib borayapti. Ijobiy ko‘rsatkichlar salmogʼi Namangan davlat universiteti faoliyatiga ham xos. Yangi bunyod etilgan talabalar turar joyi binosi fikrimiz dalili bo‘la oladi.

Universitet rektori Sobitxon Turg‘unov ushbu yirik ob‘ektning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan intervyu berdi hamda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini e‘tirof etib o‘tdi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

01 Nov, 16:13


Наманган давлат университетида янги талабалар турар жойи биноси фойдаланишга топширилди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

30 Oct, 09:00


ОАВ - биз ҳақимизда

«Наманганская правда» газетасининг 2024 йил 30 октябрдаги 44-сонида Наманган давлат университети Коррупцияга қарши курашиш «Комплаенс-назорат» тизимини бошқариш бўлими бошлиғи Комолхон Маматов, «Пресс-клуб»и раҳбари Санжарбек Ҳамидовларнинг «Борьба с коррупцией - всенародная задача» сарлавҳали мақоласи эълон қилинди.

Мазкур мақолада олийгоҳда коррупцияга қарши курашиш ва унинг олдини олиш мақсадида олиб борилаётган чора-тадбирлар ҳақида фикр юритилган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

26 Oct, 05:59


OAV - biz haqimizda
«Namangan haqiqati» gazetasida xalqaro anjuman haqidagi maqola chop etildi


22-23 oktyabr kunlari Namangan davlat universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Fizikaning zamonaviy muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman fizika sohasi vakillari uchun haftaning eng muhim voqeligi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu nufuzli anjuman respublika va viloyat ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Jumladan, «Namangan haqiqati» gazetasining bugun - 26 oktyabr kungi 85-sonida «Fizikaning rivojlanish istiqbollari» sarlavhali maqola chop etildi.

Oqilxon Dadaboyev muallifligidagi maqolada xalqaro anjuman tafsilotlari haqida so‘z boradi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

25 Oct, 12:00


Namangan davlat universitetida o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

25 Oct, 09:10


#FOTOREPORTAJ

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI TOMONIDAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

25 Oct, 05:05


«Наманганская правда» газетасининг 2024 йил 25 октябрдаги 43-сонида Наманган давлат университети «Пресс-клуб»и раҳбари Санжарбек Ҳамидовнинг «Международный форум физиков» сарлавҳали мақоласи эълон қилинди.

Мазкур мақолада олийгоҳда физика соҳаси бўйича ўтказилган халқаро анжуман ҳақида фикр юритилган.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

24 Oct, 02:30


NUFUZLI ANJUMAN DOIRASIDA RJANOV NOMIDAGI YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASI INSTITUTI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

Kuni kecha o‘tkazilgan «Fizikaning zamonaviy muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning Namangan davlat universiteti uchun manfaatli jihatlari juda ko‘p bo‘ldi.

Jumladan, bir necha xorijlik taniqli olimlar universitet talabalari uchun mahorat darslarini o‘tdilar.
Ayniqsa, Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti o‘qituvchisi, fizika matematika fanlari doktori, professor Timur Shamirzayevning tashrifi yanada ahamiyatli voqelik bo‘ldi. Suhbatlar davomida professor xalqaro anjumanga taklif etilganidan mamnun ekanligini bayon etib, ushbu anjuman dunyo olimlarining o‘zaro fikr va tajriba almashishiga imkoniyat yaratib berganini ta’kidlab o‘tdi.

Darvoqe, rossiyalik taniqli olim Timur Shamirzayev Namangan davlat universitetining fizika kafedrasi mudiri Bahromjon Abdulazizov bilan hamkorlikda bir necha yillardan buyon «Yarimo‘tkazgichli quyosh fotoelementlari va nanostrukturalarning xarakteristikalariga kuchli elektromagnit maydonda qizigan elektron va fononlarning ta’siri» mavzusidagi fundamental loyihani birgalikda amalga oshirib kelishmoqda.

Olimning tashrifi doirasida Namangan davlat universiteti va Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga asosan, kelgusida har ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligida xalqaro grant loyihalari amalga oshiriladi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida mustahkam ilmiy-tashkiliy aloqalarni o‘rnatish, ularni yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘zaro ilmiy-tadqiqotlarni olib borish maqsadi memorandumda o‘z ifodasini topgan.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

23 Oct, 12:40


XALQARO ANJUMAN ILMIY IZLANISHLARGA YO‘L OCHADI

Fizika - har doim o‘rganilishi, tatqiq qilinishi kerak bo‘lgan soha. Texnika taraqqiyoti davrida bu jarayon yanada faollikni talab etadi. Bugun butun dunyo fizik olimlarining hamkorligi juda muhim.

Namangan davlat universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Fizikaning zamonaviy muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ayni shu maqsadda tashkillandi.

Universitetning fizika kafedrasi mudiri Bahromjon Abdulazizov mazkur anjuman va undan kutilayotgan natijalar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

23 Oct, 04:29


MEN O‘ZBEKISTONDA TURIZM RIVOJI UCHUN OVOZ BERAMAN!

O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va go‘zal tabiati bilan dunyo ahliga yaxshi tanish. Yurtimiz ayni paytda turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgan davlatlar qatoriga kiradi.

So‘nggi yillarda biz dunyoga, dunyo esa bizga ochildi. Mamlakatimizda turizm rivoji yo‘lida katta qadamlar tashlandi. O‘nlab davlatlarga chiqishda viza rejimi bekor qilindi. Qator xorijiy davlatlar fuqarolarining O‘zbekistonga hech bir to‘siq va qiyinchiliksiz sayohat qilishi imkoni yaratildi. Turizm yo‘nalishida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, men ham Namangan davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida tahsil olaman. Universitetni turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis sifatida tugallayman. Yuqoridagi kabi ijobiy o‘zgarishlar meni tanlagan sohamga bo‘lgan qiziqishimni yanada oshiradi.

Turizm rivoj topsa, mamlakat iqtisodiyotining eng asosiy yo‘nalishiga aylanishi mumkin. Shunday ekan, 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etaylik. Yurt ravnaqiga, ezgu tashabbus va ulug‘vor maqsadlarga befarq bo‘lmaylik!

Shaxsan men saylovda O‘zbekistonda turizm rivoj topishi uchun ovoz beraman!

Sanjarbek Musulmonqulov,
iqtisodiyot fakulteti talabasi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

22 Oct, 15:20


Наманган давлат университетида «Физиканинг замонавий муаммолари ва ривожланиш истиқболлари» мавзусида халқаро анжуман бўлиб ўтди

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


➡️Каналга обуна бўлинг
😀https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

22 Oct, 13:29


FOTOREPORTAJ

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA «FIZIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub

NamDU «Press klub»

22 Oct, 13:29


FOTOREPORTAJ

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA «FIZIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub