18 fevral 2025. Muallif: Sayfiddin Boboxolov
Mehnat ta'tili uchun haq to'lashda yakshanba kunining hisobga olinmasligi
Bu bo'yicha avval ham ma'lumot berilgandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 14.11.2024 yildagi 758-son O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblabchiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida NIZOMning 8-bandida ham "Xodimga har yilgi mehnat ta’tili uchun haq to‘lash va foydalanmagan ta’til uchun pulli kompensatsiya to‘lash uchun (shu jumladan, ish vaqti jamlab hisobga olinganda) o‘rtacha ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi o‘ninchi qismiga muvofiq hisoblangan o‘rtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari, shu jumladan, foydalanmagan ta’til kunlari soniga (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) ko‘paytirish orqali belgilanadi. Boshqa hollarda o‘rtacha ish haqi o‘rtacha kunlik ish haqini ish kunlari soniga ko‘paytirish orqali belgilanadi.", deb ko'rsatildi. Endilikda mazkur qoida Mehnat kodeksining 233 va 234-moddalarida ham qayd etib ketilyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risidagi” Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-471-sonli qarorining 9-bandida 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llanilishi belgilangandi:
5-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;
4-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) - 30 foiz.
Mazkur band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2024 yildagi PF-152-son Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni bilan quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 29.04.2024 yildagi 246-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan ham 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan ota-onalar to'lovi summasi oshirilgandi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblash bo'yicha yangi normativ
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024 yildagi 314-son Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va to‘lashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bilan Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM tasdiqlandi. Shu sababli ma'nan eskirgan va ko'pchilik qismiga amal qilinmayotgan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM (ro'yxat raqami 1136, 2002-yil 8-may) ham o'z kuchini yo'qotdi.
Yangi nizomning 37-bandida "Nafaqalar bo‘yicha o‘rtacha ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi, mazkur Nizom va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.", deb belgilandi. Shundan kelib chiqib, dasturda ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi va homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblashda o'rtacha bir kunlik ish haqi o'rtacha oylik ish haqini 25.3 ga bo'lgan holda hisoblab chiqariladigan qilindi
https://t.me/MUZIKANTLARSUPER0101
https://t.me/qurish_yasash
https://t.me/HUJAT_MTT
https://t.me/bolajonmusiqa34567