Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar hamda maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
Mazkur cheklovlar bilan kontrakt tuzishga rozi bo‘lgan hamda vazirlikning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadilar.
Harbiy blog 👉 @mudofaauz