Masofaviy_ta'lim_TATU @mttatu Channel on Telegram

Masofaviy_ta'lim_TATU

@mttatu


Masofaviy_ta'lim_TATU (Uzbek)

Welcome to Masofaviy_ta'lim_TATU! This Telegram channel is dedicated to providing valuable resources and information on distance learning in Uzbekistan. Whether you are a student, teacher, or parent, you will find useful tips, tools, and updates on online education. Masofaviy_ta'lim_TATU aims to bridge the gap between traditional classroom learning and remote education, helping individuals adapt to the changing educational landscape. Stay connected with us to stay informed about the latest trends in distance learning, online courses, virtual classrooms, and much more. Join our community of learners and educators on Masofaviy_ta'lim_TATU today!

Masofaviy_ta'lim_TATU

29 Oct, 04:07


#Masofaviy_tálim #TATU_OAV_Nigohida

Masofaviy ta'limning qanday afzalliklari bor?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi Masofaviy ta'lim shaklida o'quv jarayonlarini olib borilishi haqida MY5 telekanalining Hudud information dasturi orqali lavha tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official

Masofaviy_ta'lim_TATU

12 Oct, 06:48


☄️ Ajoyib yangilik!

Huawei barcha talabalarni xalqaro AKT musobaqasiga taklif qiladi 🤗

Musobaqa sizga nima bera oladi?
💡O'z sohangizdagi bilimli va keng fikrlaydigan insonlar atmosferasida bo'lish imkoniyati

❇️ Ajoyib sovrinlar va sertifikatlar

✈️ Chet davlatlarga sayohat qilish va dunyoqarashingizni oshirish imkoniyati

📈 Karerangizda o'sish va ish bozorida qolganlardan ajralib turish

Kimlar bu musobaqada qatnasha oladi?
- Musobaqa barcha TATU talabalari qatnasha oladi 🙋‍♂️🙋

Huawei ICT Competition yo’nalishlari
1. Network
Tarmoq infratuzilmasi, protokollar va yechimlarni o’z ichiga oladi:
• Datacom
• Security
• WLAN
• DCN
2. Cloud
Bulutli hisoblashga yo’naltirilgan:
• Big Data
• Cloud Computing
• AI
3. Computing
Hisoblash texnologiyalari:
• OpenEuler
• OpenGauss
• Kunpeng

Imkoniyatni qo'ldan chiqarmang, hoziroq musobaga ro'yxatdan o'ting. Sizni musobaqada kutib qolamiz.

**Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 20-oktyabr

Qo'shimcha ma'lumot uchun maxsus kanalga qo'shiling

Masofaviy_ta'lim_TATU

19 Aug, 10:32


Universitetga o‘qishga kirgan abituriyentlar qanday hujjatlarni topshirishlari kerak?

🟢Rektor nomiga ariza ;
🟢Fuqarolik pasportidan 4 ta nusxa (asl nusxasi ham bo‘lishi kerak),
agar ID karta bo’lsa
my.gov.uz da yashash joyi haqida ma’lumotnoma 4 ta nusxa;
🟢Shahodatnoma yoki diplom va ilovasidan 2 nusxada (asli xam bo‘lishi shart);
🟢3.5 × 4.5 rasm 8 ta;
🟢Qog‘ozlar uchun papka 2 ta;
🟢Konvert A5 formatda 2 ta;
🟢Abituriyent ruxsatnomasidan 2 nusxa;
🟢Javoblar varaqasidan 2 nusxa;
🟢Til sertifikatidan 2 nusxa (agar mavjud bo‘lsa);



Какие документы должны подать абитуриенты, поступающие в вуз?

🟢Заявление на имя ректора;
🟢4 копии паспорта (иметь при себе оригинал),
eсли ID карта, тогда справка о месте проживания 4 копии,
🟢Aттестат или диплом (по 2 экземпляра и вкладышь);
🟢Фото на 3.5 × 4.5 8шт;
🟢Папка для бумаг 2 шт;
🟢Конверт в А5 формате 2 шт;
🟢Пропуск абитуриента (по 2 копии);
🟢Лист ответов (по 2 копии);
🟢Языковый сертификат (если имеется);

✈️@tuituz_official

Masofaviy_ta'lim_TATU

16 Aug, 07:57


#seminar

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan 2024-yil 16-avgust kuni soat 19:00da Germaniyaning Kayzerslautern-Landau Universiteti sunʼiy intellekt tadqiqotchisi Latofat Bobojonova bilan hamkorlikda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va talaba-yoshlar uchun “Veb qidiruv tizimini yaratish” mavzusida onlayn seminar o‘tkaziladi.

Konferensiya identifikatori: 425 631 6104
Kirish kodi: 1


https://us02web.zoom.us/j/4256316104?pwd=NCkUw7t9c4AamxMaF8NPuBCV6Vl8hA.1

✈️@tuituz_official

Masofaviy_ta'lim_TATU

01 Aug, 07:36


#TATUda_nimagaplar

Kutib oling, TATU hayotida so'nggi kunlarda bo'lib o'tayotgan voqealar va eng qaynoq yangiliklar haqida “TATU'da nima gaplar ?” ko'rsatuvi.



Первый выпуск специальной программы “Что нового в ТУИТ?”, о самых горячих новостях из жизни ТУИТ.

✈️@tuituz_official

Masofaviy_ta'lim_TATU

03 Jul, 12:50


“IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti rahbarlari ishtirok etdi.

📹 “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” haqidagi ma'lumotlar qiziqtirsa albatta ushbu suhbatni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/61cTZrJa1Hw?si=YO94s09BYrSiG04t

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads

Masofaviy_ta'lim_TATU

01 Jul, 05:38


#eslatma

Diqqat!!!

Ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun  shartnoma to‘lovining 100 foizini to‘lashning so‘ngi muddati bugun soat 18:00 ga qadar ekanini eslatib o'tamiz!

Kontrakt
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.

Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!

✈️@tuituz_official

Masofaviy_ta'lim_TATU

24 Apr, 06:12


Diqqat!!!

Talabalar va ularning ota-onalari iltimoslariga binoan, talabalarga yengillik yaratish maqsadida, ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun  shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar uzaytirilgan edi.

❗️Kontrakt to'lovlarini amalga oshirganlikni tasdiqlovchi cheklarni 26-aprel kuni soat 16:00 ga qadar buxgalteriya bo'limiga taqdim etishingiz so'raladi.

Kontrakt
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.

Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!

Masofaviy_ta'lim_TATU

09 Apr, 13:32


#eslatma #diqqat

Diqqat!!!

Ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun talabalar shartnoma to‘lovining 75 foizini 2024-yilning 15-apreldan kechikmasdan amalga oshirishlari talab etiladi.

Kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.

❗️Kontrakt to'lovlarini amalga oshirganlikni tasdiqlovchi cheklarni 15-aprel kuni soat 17:00 ga qadar buxgalteriya bo'limiga taqdim etishingiz so'raladi.

Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!

Masofaviy_ta'lim_TATU

04 Apr, 05:38


Talaba bo’lganimda bizda bunday imkoniyat bo’lmagan!

Nufuzli IT kompaniya va universitetlarning xalqaro tan olinadigan sertifikatlariga BEPUL ega bo'ling!


Raqamli texnologiyalar vazirligi IT sohasida taʼlim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” online ta'lim platformasida bepul oʻqib xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

“Coursera” masofaviy taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning 300 ga yaqin yetakchi universitetlar (Stanford, Yale, Illinois, Duke, Michigan va boshqalar) va kompaniyalarining (Google, Amazon, Meta, IBM va boshqalar) 8 ta yoʻnalishdagi 12 mingta professional taʼlim resurslari joylashtirilgan.

🗣️Siz ham dunyoning yetakchi universitet va kompaniyalarning xalqaro sertifikatlarini bepul qo‘lga kiriting.

“Coursera” platformasidagi 49$ - 400$ gacha boʻlgan kurslarda bepul oʻqish imkoniyatidan foydalaning.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola - https://forms.gle/4eFVbhQfnGA9dZkY7

🟡Chet tili sertifikati bor talabgorlarga ustunlik beriladi.
Bepul litsenziyalar soni cheklangan.

Talabalarga yuboramiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Masofaviy_ta'lim_TATU

27 Mar, 09:54


📣 DIQQAT E'LON!!!
Qayta o'qish uchun arizalar berish 2024 yil 27 mart sanasidan boshlandi!
Qayta o'qish uchun ariza berish talaba shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi!
Talaba tomonidan ariza yuborilgandan so'ng, ta'lim muassasasi tamonidan ariza tekshirib chiqiladi va qayta o‘qish uchun shartnoma shakllantiriladi.
Shaxsiy kabinetdan Qayta o‘qish shartnomasini yuklab oling va to'lovni amalga oshiring.
Shartnoma imzolangandan so'ng uch ish kunida to'lovni amalga oshirish lozim va to'langan chekini @Zarmasov_90 ga yuborishi kerak.
Talaba qayta o'qish to'lov summasini to'liq to'lagandan so'ng ta'lim muassasasi tamonidan tashkil etilgan qayta o'qish jarayonlariga qatnashish uchun ruxsat beriladi.
Eslatma: Qayta o'qish uchun arizalar 2024 yil 20 aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
****************************************************
📣ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ!!!
Подача заявок на переобучение началась с 27 марта 2024 года!

Подача заявления на переобучение осуществляется через личный кабинет студента!
После направления студентом заявления, образовательным учреждением проводится проверка заявления и составляется договор на переобучение.
Скачать договор переобучения можно из личного кабинета и по этому договору произвести оплату.
Оплату необходимо произвести в течение трех рабочих дней после подписания договора и отправить чек об оплате @Zarmasov_90.
К участию в процессах переобучения, организуемых учебным заведением, студент допускается после полной оплаты суммы за переобучение.
Примечание: Заявки на переобучение принимаются до 20 апреля 2024 года.