Motivatsiya|Rivojlanish @motive_doza Channel on Telegram

Motivatsiya|Rivojlanish

@motive_doza


📜-ILM

🧠-TAFAKKUR ;

💡-G'OYA;

🏷-MAQSAD;

🗓-REJA;

🏃‍♂️-MEHNAT;

🏆-MUVAFFAQIYAT.

BUYUK MUVAFFAQIYATLAR KICHIK MAQSAD VA OZGINA HARAKATLARDAN BOSHLANADI.

BIZNES-HAMKORLIK: @motive_number1

Motivatsiya|Rivojlanish (Uzbek)

Motivatsiya|Rivojlanish kanali - bu sizning hayotingizni o'zgartirish uchun kerak bo'lgan hammasini birlashtiradi. Kanalda ilm, tafakkur, go'oya, maqsad, reja, mehnat va muvaffaqiyat haqida ma'lumotlar tarqatiladi. Bu kanal sizga buyuk muvaffaqiyatlar qilish uchun kichik maqsadlar va ozgina harakatlar bilan boshlashni o'rgatadi. Biznes-hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, @motive_number1 kanaliga murojaat qiling va yengil boshlash uchun yengil yo'nalishlarni o'rganing.

Motivatsiya|Rivojlanish

17 Jun, 15:48


Multilevelni endigina boshlaganlar uchun ajoyib kanalni sizlar bilan bo'lishyapman.

ULANISH👉 @multilevel_inc 👈

Motivatsiya|Rivojlanish

09 Jun, 18:59


MULTILEVEL LISTENING

✓ LISTENING PART 1

✓ LISTENING PART 2

✓ LISTENING PART 3

✓ LISTENING PART 4

✓ LISTENING PART 5

✓ LISTENING PART 6

✓ 200 TA MAP SAVOLI

MULTILEVEL READING

✓ READING PART 1

✓ READING PART 2

✓ READING PART 3

✓ READING PART 4 – 5

✓ READING PART 6

Motivatsiya|Rivojlanish

03 May, 05:45


📌 Mashhur insonlardan hayotiy saboqlar

1. Zudlik bilan harakat qiling

Agar bir ajoyib kunda hamma ishlaringizni qilmoqchimisiz, unutmang - o'sha kun bugun.

Jorj Lukas

2. Har qanday vaziyatda o'zingizga ishoning

Hayotda yashashning 2 ta yo'li bor. Birinchisi, xuddi mo'jiza sodir bo'lmaydigandek. Ikkinchisi, atrofingiz mo'jizadek.

Albert Enshteyn

3. Orzularingiz ro'yobi uchun kunda 1 soatingizni ajrating

Har kuni ishlash - muvaffaqiyatingiz kaliti. Ma'lum muddat orzuingiz uchun vaqt ajratish esa sizga zavq beradi. Bugun qilayotgan ishlaringiz - ertangi natijalar garovidir.

Donald Tramp

4. Eng yaxshi ko'rgan ishlaringizni qiling

Har kun ertalab men oynaga qarab: "agar bugun oxirgi kunim bo'lsa, bugun qilmoqchi bo'lgan ishlarim bilan shug'ullanarmidim?" Juda ko'p kunlar javobim "yo'q" bo'lgan. Shundan keyin men nima qilishni bilardim.

Stiv Jobs

5. Hech qachon qo'l siltamang

Eng katta kamchiligimiz - juda tez taslim bo'lishimiz. Muvaffaqiyatga erishishning eng oson yo'li - har doim yana bir marta urinib ko'rishdir.

Tomas Edison

Do'stlaringizga ham ulashing👇

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

02 May, 16:57


Yer maydoni Misrnikidan kichik boʻlgan Yaponiyada bir yuz yigirma milliondan ortiq aholi yashaydi. Shu bilan birga u yerda ochlik ham, kambagʻallik ham yoʻq. Farovonlikda yaponlar Amerikadan ham oʻtadi. Vaholanki, u yerda neft ham, koʻmir ham va hatto temir ham yoʻq.
Lekin bu mamlakatda eng qimmatbaho xazina - hazrati Inson bor.

©Doktor Mustafo Mahmud | Manba

– Inson qanchalik boy bo'lmasin ammo insoniylik jihatidan qoloq bo'lsa unga shuncha boyligidan ne foyda?!

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

01 May, 17:14


Pul biz uchun qanday ahamiyatga ega?
Pul bo'yicha muxtasar qonunlar:

• Biz unga emas, u bizga qul.
• U oliy maqsadimiz ham emas, balki shunchaki maqsadga ko'makchi vosita.
• U sizda qanchalik ko'p bo'lsa, yuki og'ir bo'ladi.
• Uni oz bo'lsa ham haloli yaxshi.
• U biznesning bir bo'lagi xolos, biznesning maqsadi emas.
• U agar qalbda bo'lsa sizni har ko'yga soladi, qo'lda bo'lsa siz uni maqsadingiz yo'lida ishlatasiz.
• U ota-ona, farzand, ahli ayollar va qavm-u qarindoshlardan ustun emas, u bularga arzimaydi.
• Uni topish uchun yilda 365 kun, har kuni 24 soat ishlash shart emas.
• Sog'lik ketsa tamom, topgan pulingiz ko'zingizga ko'rinmaydi.
• U bilan qilgan arzimagan ehsoningiz orqali(agar ixlosli va halol bo'lsa) Jannatga, yoki tog'dek-tog'dek sadaqalar qilganingiz bilan(agar ixlossiz va haromdan bo'lsa)Do'zaxga ketishingiz mumkin. Allohning xohishi ila.

P.s. Yana qanday davom ettirish mumkin:)

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

30 Apr, 16:47


Qarz olish yaxshimi yoki yomon?!

• Qarzning taʼrifi

– Qarz soʻzi lugʻatda “kesish” maʼnosini bildiradi, chunki qarz beruvchi qarz oluvchiga oʻz molining bir qismini kesib beradi. Shariʼat istilohida esa foydalanib, mislini qaytarib beruvchi kishiga mol berishga qarz deyiladi.

• Shariatda qarz berishning joizligi 

– Qarz berish sunnat va ijmoʼ bilan sobit boʻlgan, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam urgʻochi tuyani qarzga olib, evaziga yaxshi erkak tuya berganlar va “Odamlarning yaxshisi qarzini chiroyli tarzda ado qiluvchisidir”, deganlar. 

• Qarz berishning fazilati haqida

– Alloh taolo Oʻz kalomida shunday degan:
وَأَقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا 
“...va Allohga «qarzi hasana” beringlar...». 
Qarz soʻzining maʼnosi juda keng boʻlib, oʻzgalarga foyda yetkazish ham qarzi hasananing jumlasiga kiradi.

© Manba | Manba

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

30 Apr, 03:34


Nega supermarketlarda narxlar *99 bilan tugaydi?

– Bu uslub marketing tilida "jozibador narx" deb ataladi. Bu usul bilan olayotgan mahsulotingizni arzonroq qilib ko'rsatishga erishiladi.

• Deylik, siz $5 lik narsa olishingiz kerak. Siz supermarketga kirib uning qarasangiz uning narxi $4.99 ekan. Keyin uni sotib olasiz va miyyangiz avvalgi ikki sonni eslab qolgan bo'ladi. Ya'ni men uni $4 ga sotib oldim deb hisoblaysiz.
• Statistikaga ko'ra insonni shunday fikrlashi uni hali ko'p narsa olmaganiga va ko'p pul sarflamaganiga ishontiradi hamda yana biror narsa sotib olishga undaydi.

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

29 Apr, 16:42


Men prezident bo'laman deb, yurganlarga!

– Sizga savol. Siz Yamaykaning prezidentini taniysizmi? Yamaykaning bosh vazirini-chi? Tanimaysiz! Nega? Ular axir prezident va bosh vazirlar-ku.

– Boshqa savol. Siz Usein Boltni taniysizmi? Taniysiz, chunki u dunyodagi eng tez yuguruvchi odam. U ham Yamaykalik.

– Endi bir nazar qiling. Bir dona yuguruvchining obro'si butun boshli prezidentnikidan ulug'. Nimaga bilasizmi? Sababi, u o'z sohasining mutaxassisi edi.

©MuhammadAli Eshonqulov | Manba

P.s. Prezident bo'lmasdan ham mashhur bo'lsa bo'ladi :)

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

28 Apr, 14:50


Pulning 4 ta oyog'i bor?!

– Qanday qilib deysizmi? Bu juda oddiy. Agar siz pulni orqasidan quvlasangiz hech qachon unga yetolmaysiz.

– Agarda uni o'zingizga chaqirishni bilsangiz, pul sizga osonlikcha yetib keladi!

©Surat Manba

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

27 Apr, 03:12


"Yaxshi studentlar – davlat uchun yaxshi xizmatkorlardir".

© Robert Kiyosaki – Investor, biznesmen va yozuvchi.

P.s. Yaxshi student o'rtoqlaringizga jo'nating:)

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

26 Apr, 04:14


Muvaffaqiyatsizlikka sabab bo'luvchi ishlarimiz:

• Ilm uchun pul tejaymiz.
• Uchta koka-kola beradigan pulga bir dona kitob sotib olmaymiz.
• Qilayotgan ishimizda niyatni to'g'ri qilmaymiz va hamma ish teskarisiga ketishni boshlaydi.
• Birovlarning haqqidan qo'rqmaymiz.
• Rejasiz va pala-partish ish bajaramiz.
• Shug'ullanayotgan sohamizni ilmini yaxshi bilmaymiz.
• Kibrga berilib ketamiz va natijada Mutakabbir Zot – ALLOHNING qahriga uchrab kasod bo'lamiz.
• Pulni juda sevamiz, hamkorliklarda kim bilan hamkor bo'layotganimizni bilmaymiz.
• Nafsimizga kelgan ishni shariat buyrug'idan ustun qo'yamiz.
• Saviyasiz va keraksiz insonlar bilan do'st bo'lishni sevamiz.

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

25 Apr, 12:24


😇 Qanday qilib odamlarga bog'lanib qolmaslik mumkin?

Ularni kelib-ketuvchi deb biling.
Keldi va ketdi. Bu normal holat. Achchiq, lekin haqiqat!

Muloqotlaringizga ortiqcha baho berib yubormang. Suhbat davomida unga sherik bo'ling, gaplashing, kulishing lekin jiddiy qabul qilmang. U haqida kamroq o'ylashga harakat qiling. Atrofingizdagilar bilan ko'proq gaplashing, shunda ulardan zerika boshlaysiz.

O'zingiz haqingizda kamroq gapiring. Sirlaringizni yashirishga harakat qiling, gapirishdan ko'ra ko'proq eshitishga odatlaning.

#ShaxsiyMaslahat

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

25 Apr, 03:13


​​Tijoratga oid savol-javoblar!

Savol: Shariatda sotayotgan narsasidan qancha foyda koʻrish tayin qilingan?

Javob: Shariatda sotuvchi molni shunchaga sotsin yoki sotmasin deb tayin qilinmagan. Lekin, odamlarga zulm yetadigan darajada haddan ziyod qimmat qilib sotish ham joiz emas. Shu sababli sotilayotgan molning urfdagi qiymati narx belgilash uchun moʻljal vazifasini bajaradi.

Abu Saʼiyd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida narx qimmatlab ketib, odamlar: “Ey, Allohning rasuli narxni bizga belgilab bering” dedilar. Shunda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam): “Narxni belgilovchi Allohdir. Men din va dunyoim borasida biror kishi mendan haqqini talab qilmagan holatda Allohga yoʻliqishni xohlayman” dedilar” (Tabaroniy rivoyati).

© Manba

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

24 Apr, 16:10


Zarurat tug'ilsa ayollar qayerlarda ishlashi mumkin?

Hozirda jamiyatimizning og'riqli mavzularidan biri bu–ayollar ishlashi kerak bo'lgan o'rinlarda erkaklarning ishlashidir. Bu kabi sohalar quyidagicha:
• Doyalar
• Ayollar Jarrohi
• Ayollar ustozi va juda ko'plab sohalarda aynan ayollar o'zlari kabi boshqa ayollarning xizmatida ishlashi lozim.

– Hozirda bu kabi sohalarda ayollar uchun talab katta. Ishlashi farz (kifoya) bo'lgan ish ham shudir.

• Bir narsaga hayron qoladi kishi, erkaklar ayollarini juda rashk qilishadi(bu juda yaxshi, erkak kishi hamiyatli bo'ladi) ammo, ayolini ko'zi yorisa erkak doya kirsa yoki ayolini jarrohlik jarayonida erkak jarrohlar qatnashsa ana shu hamiyat(rashk) tugab qoladimi?

Yechim:
• Qizingizni yoki ayolingizni doyalikka, doktorlikka(ayollar uchun), jarrohlikka(ayollar uchun), muallimlikka o'qiting. Jamiyatda bo'layotgan kamchilikni yengish barchamizni bo'ynimizda.

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

24 Apr, 07:03


😏 Qanday qilib har doim ustingizdan kuladiganlarni joyiga o'tqazib qo'yish kerak?

Qo'pol odam doimo siz haqingizda yoqimsiz fikrlarni aytadi va sizni tanqid qiladi. Umidsizlikka tushmang va xafa bo'lmang. Qolaversa uning niyyatiga yetishiga yo'l qo'ymang.

Agar siz bunday odamlarning qo'ygan tuzoqlariga tushib qolsangiz, aynan shunday bo'ladi. Siz o'zingizni, yuzingizni, obro'ingizni yo'qotasiz.

Shu mahal kerakli bitta gapni aytish kerak bo'ladi: "Men suhbatni davom ettirishdan ma'no ko'rmayapman". Ovozingizni ko'tarmang, aksincha, so'zlaringiz yanada ishonchli bo'lishi uchun uni pasaytiring va jiddiy ohangda gapiring.

So'zlar, albatta, sehrli emas, lekin juda samarali.

#ManipulyatsiyaSirlari

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

23 Apr, 18:17


Sifatni sevasizmi yoki narx pastroq bo'lishinimi?

Apple sotib olsangiz, xarajatlar makoniga "Assalomu alaykum" deb kirib kelasiz. Misol uchun MacBook oldingiz deylik:

• Narxi juda qimmat–$1500 dan boshlanadi yangisi.
• Qo'shimcha ravishda sichqoncha olasiz–$50 dan qimmat.
• Klaviatura, adapter, hard, quloqchin, turli xil o'lchamdagi va turdagi USB simlar va hokazo.

Uning ustiga ustak, Mac larda juda ham ko'p programmalar pullik va ba'zan Windowsga tushgan programmalar Mac da umuman yo'q.

– Lekin shunday bo'lsa ham nega unda Apple mahsulotlarini sevib ishlatishadi? Hech kim to'layotgan narxlariga ahamiyat qaratmaydi?

– Sababi, statistikaga ko'ra Apple foydalanuvchilari uning dizayni chiroyli bo'lgani uchun va xavfsizlik kuchli bo'lgani uchun qadrlashar ekan!

P.s. Aytgancha, o'zingiz Apple chimisiz yoki Android chimi?

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

23 Apr, 16:08


Ishga kirish uchun nimalar qilish kerak? (2–qism)

– Agarda meditsina sohasida ishlashni xohlasangiz, buning uchun siz biror-bir tibbiyot universitetiga topshirib shu yerda o'qishingiz lozim.
• Sababi tibbiyot-o'quv markazlarida o'qitiladigan soha emas yoki uni inson o'zidan o'zi o'rganib ololmaydi.
• Mutaxassis bo'lgan doktor boshqa bir mutaxassis doktordan yuzma-yuz amaliy operatsiyalar bajarish orqali ta'lim oladi.
• Faqat nazariy bilib amalda bilmagan doktor, amalda qilib yurgan doktordan ko'ra pastroq darajada bo'ladi.

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6

Motivatsiya|Rivojlanish

22 Apr, 16:21


Dunyodagi kirish eng qiyin bo'lgan top 7 universitetlar.

1. Stanford University.
Kirish darajasi–4.4%

2. Harvard University.
Kirish darajasi– 4.7%

3. Columbia University.
Kirish darajasi– 5.5%

4. Princeton University.
Kirish darajasi– 5.5%

5. University of Chicago(tie)
Kirish darajasi– 7.2%

6. Yale University.
Kirish darajasi– 7.3%

7. Vanderbilt University.
Kirish darajasi– 7.3%

📍*Kirish darajasi – Har yili Universitetga topshirganlarning necha foizi qabul qilinganini ko'rsatib turadi.
• Misol uchun har yili Stanford ga 100 000 odam topshirsa, 4,400 tasi qabul qilinadi degani.


P.s. Bizda eng qiyinlari qaysi? Kim biladi?:)

Obuna bo'lish uchun: 👇
https://t.me/+4nS0RvDIVYY5YTU6