UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA @uzbeknur_korea Channel on Telegram

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

@uzbeknur_korea


Hammasi 🇰🇷 Koreya haqida

🔹Koreya va O'zbekiston misolida tahlillar, takliflar
🔹 Koreya va koreys tili haqida ma'lumotlar, tahlillar
🔹 Sayohat joylari
🔹 Foydali maslahatlar, tajribalar

Aloqa uchun: @uzbeknurgamurojaatbot

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA (Uzbek)

UZBEKNUR Korea kanaliga xush kelibsiz! Kanalimizda Koreya va O'zbekiston misolida tahlillar, takliflar, Koreya va koreys tili haqida ma'lumotlar va tahlillar, sayohat joylari, foydali maslahatlar va tajribalar bilan tanishing. Bizning kanalimiz O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi munosabatlarni keng ko'rsatish maqsadida yaratilgan. Bu yerda Koreya haqida eng so'nggi yangiliklarni va ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Agar siz ham Koreya haqida ko'proq bilishni va yangi do'stlar bilan tanishishni istasangiz, bizning kanalimizga a'zo bo'ling! Aloqa uchun: @uzbeknurgamurojaatbot

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

23 Jan, 05:16


🚨 Konstitutsiyaviy sudning bugunga belgilangan 4-sud majlisi bo’lmoqda

🔰 Avval xabar berilganidek, prezident Yun bu safar ham shaxsan ishtirok etadi.

⚡️ Jarayonni quyidagi havola orqali tomosha qiling

https://www.youtube.com/live/d9yj27hz0-s?si=-ivvoD7NRUYqAw7P

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

23 Jan, 01:35


⁉️ “Koreyada nechta partiya bor o’zi” bilasizmi?

🇰🇷 2024-yil 13-may holatiga 49 ta partiya mavjud.

🔰 Partiyalar doimo parlamentda joy olish kurashda.

1️⃣ Oxirgi saylovda muxolif Demokratik partiya 더불어민주당 170 o’rinni egallagan.

2️⃣ Prezident Yun Sok Yol mansub bo’lgan 국만의 힘 partiyasi esa undan keyingi o’rinda 108 joyni band qilgan.

3️⃣ 조국혁신당 esa 12 o’rin, 한국의 희망 개혁 신당 va 진보당 esa 3 ta o’rinda , 기본소득당 va 사회민주당 esa mls ravishda bittadan o’ringa ega.

📊 Yuqoridagi grafikda esa, vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan partiyalarning qo’llab-quvvatlanish darajasi foizlarda ko’rsatilgan.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

23 Jan, 01:21


🇺🇿 “Nima, faqat O’zbekistonda kamchiliklar?))”

😷 Faqat tibbiy niqob taqing deb targ’ib qilayotgan reklama bannerigina ko’rinayotgan Seul manzarasi

🔰 Bugun ham Seul va Koreyaning bir qancha shaharlarida havodagi mayda zarralar miqdori 미세먼지 yuqoriligi saqlanib qolmoqda.

Tashqariga chiqqanda, tibbiy niqob taqib chiqish tavsiya qilinmoqda.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

22 Jan, 01:01


🇰🇷 Koreya Respublikasi hukumati 15-yanvar kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaydi.

🔰 Hamda ushbu kelishuvga erishishda muhim rol o‘ynagan AQSh, Qatar va Misrning diplomatik sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Jan, 09:53


⁉️ Bugun prezident ko’rsatma bergan sud qanday o’tdi?

🔰 Bugun hibsda qolayotgan prezident Yun sud majlisida Konstitutsiyaviy sudga raislik qiluvchi sudyaning savollariga javob berdi. Umumiy ma’noda o’ziga qo’yilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda.

Xususan, bir necha soat davom etgan favqulodda harbiy holat vaqtida Milliy parlament binosidan parlament a’zolarini chiqarib yuborishga buyruq bergani haqida savolga ham yo’q deb ko’rsatma berdi.

🔰 Oldinda yana 5 ta sud majlislari turibdi.

🚨 Prezident ko’rsatma bergan qismi

https://youtu.be/MlYlw6td6ws?si=BGPr_z7huVHhCbWC


🇺🇿🇰🇷 Voqealar jarayonini @uzbeknur_korea bilan kuzatib boring

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Jan, 06:13


⚡️ Konstitutsiyaviy sudning bugungi 3-sud majlisidagi eng e’tiborli holat, shubhasiz, bu prezident Yun Sok Yolning ishtirok etayotgani bo’ldi.

🔰 Zero, prezident shu paytgacha tergov organlarining aksar so’rovlarini javobsiz qoldirayotgan va aynan Konstitutsiyaviy sudning avvalgi 2 ta sud majlisida ishtirok etmagan edi.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Jan, 03:49


⚡️ Avvalroq, prezident Yunga impichment masalasi ko’rilayotgan Konstitutsiyaviy sud 8 ta sud majlisi o’tkazishi haqida xabar berilgandi.

🔰 Bugun shundan 3-sud majlisi bo’lib o’tmoqda.

📽️ Jarayonni ushbu havola orqali jonli kuzating:

https://www.youtube.com/live/IXV2SCh-fgY?si=DokKQoQh-rwNHqbe

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Jan, 02:09


Bugun Seul va Kyonggido hududlarida havo sifati yomonlashgan.

😷 Albatta, bu vaqtincha. Lekin shundan kelib chiqib rasmiylar tibbiy niqob taqib yurishni tavsiya qilishmoqda. Mavsumiy gripp kabi kasalliklardan himoyalanish uchun ham bu qoidaga amal qilsak, foydadan holi bo’lmaydi.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

20 Jan, 07:25


⚡️ Prezident Yun tarafdorlari yetkazgan zarar 600-700 mln von atrofida baholanmoqda

🔰 19-yanvar tonggida Seul g’arbiy sudi prezident Yunni hibsga olishga orderni tasdiqlab, prezident Yun qamoqqa olinganidan xabaringiz bor.

🔰 Shu kuni saharda prezident Yunning o’nlab tarafdorlari sud binosiga bostirib kirishib, binoga katta zarar yetkazishgan. Devor va oynalarni sindirgan, bino jihozlariga zarar yetkazgan.

👮🏻 Ularga qarshilik qilgan politsiya xodimlaridan 9 nafari jarohatlangan.

🔰Hozirda bu ish parlamentda muhokama qilinmoqda. Politsiya ish olib bormoqda.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Jan, 02:40


🚨 Prezident Yun Sok Yol bugun hibsga olindi.

📍 U endi suratdagi Seul qamoqxonasidan turib tergovga qatnashadi.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Jan, 00:41


“Kalmar o’yini”ni real hayotda o’ynab ko’rishga Siz nima deysiz?

🗓 Muddati: 28-fevraldan mart oyi oxirigacha

Davomiyligi: 90 daqiqa

🚫 Yosh chegarasi: 7 yosh va undan kattalar

🎫 Chipta narxi: 55,000 von

📍Manzil: Chiptada yozilgan

🔰 Joy band qilish havolasi:
https://m.ticketlink.co.kr/global/en/product/54084

Bu tijoriy loyiha bo’lgani uchun, qolgan ma’lumotlarni yuqoridagi sayt orqali tekshirib olishingiz mumkin.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

18 Jan, 11:52


❄️ Tegudagi Songhe Parki tabiat qo’ynida joylashganligi uchun mashhur edi.

🔰 Har yili qishda parkdagi suv bo’yida kichik muz sharsharasi hosil bo’ladi. Uzoq joydan borishga armizasada, Teguda shu joyga yaqinroqlar borsa, bu parkda tomosha qiladigan joylar ko’p.

📍Manzil: 대구 달성군 옥포읍 기세리 306

📲 Tegudagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

18 Jan, 06:41


❄️ Kangvando qorli tog’lari

🗻Taegisan Mountain (태기산)

📍 Manzil: 강원 횡성군 둔내면 화동리

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

18 Jan, 01:18


❄️ Qishda sayohat uchun yana bir manzil

Ko’lda muz ustida chanada uchish

🛷Ayniqsa, oila bilan yoki bolalar bilan borilsa, qiziqroq bo’ladi


🔰 Festival nomi:
포천산정호수썰매축제

📍 Manzil: 경기 포천시 영북면 산정호수로411번길 108

🔸 Muddati: 3-yanvardan ~ Alisher Navoiy tug’ilgan kunigacha

🔸 Ish soatlari: 10:00 ~ 17:00 (Dam olish va bayram kunlari 5:30 gacha)

📲 Qishda biror joyga bormaymizmi deyayotgan do’stlaringizga ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

17 Jan, 14:56


🍓 Koreyada qulupnay sayli

🔰꽃보다딸기

Seuldan unchalik uzoq bo'lmagan qulupnay terish maydoni

👉Bu joy faqat shanba va yakshanba kunlari ishlaydi ❗️

📍Manzil: 고양시 일산동구 장대들길 680


☎️ 0507-1404-1200
📞 010-2380-2385

Borishdan oldin joy band qilish kerak. Shuningdek, boshqa qo’shimcha ma’lumotlarni oldin aniqlashtirib borish lozim.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

11 Jan, 01:03


⁉️ Koreyadagi hafta siyosiy voqealari bir satrda

🔰 Yuqori lavozimli davlat mansabdorlarining jinoyatlarini tergov qilish boshqarmasi (공수처) prezident Yunni hibsga olish uchun suddan ikkinchi orderni ham oldi va bu safar jarayonga yaxshi tayyorlanmoqda. Bu borada politsiya kuchlari bilan hamkorlik qilinishi ma’lum qilindi.

🔰 Hukmron 국민의 힘, Xalq kuchi partiyasi Tergov boshqarmasidan hibsga olish harakatlarini to’xtatishni talab qilayotgan bo’lsa, muxolif 더불어민주당 Demokratik partiya esa birinchi muvaffaqiyatsuz urinish uchub qattiq tanqid qilib, jarayonga yaxshi tayyorlanib bu safar prezidentni hibsga olishni talab qilmoqda.

🔰Bu orada politsiya so’rovlariga bir muddat javob bermayotgan Prezident xavfsizlik idorasi boshlig’i esa bu safar politsiyaga tergovga bordi. Eng qizig’i borishdan avval u prezident vazifasini bajaruvchi Che Sang Mokka ishdan bo’shash haqida ariza ham yozdi. Arizasi qabul qilingani ma’lum qilindi.

🇺🇿🇰🇷 Koreyadagi voqealar jarayonini biz bilan @uzbeknur_korea kanalida kuzatib boring

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

10 Jan, 01:19


Pyongchangda hatto -25°gacha

❄️ Shu kunlarda Koreya bo’ylab havo juda sovib ketdi.

🔰 Kangvandodagi Pyongchang hududida ertalab havo harorati -24,9°gacha pasaygan.

🔰 Shuningdek, Seul, Inchon, Tejonda -12° atrofida bo’lib, Kvangju, Tegu, Pusan tomonlarda esa -10°gacha pasaygan.

🔰Ba’zi hududlarda qor yog’ishi ham kuzatilmoqda.

📍 Suratda ko’l o’rtasida muzlab qolgan kemachalar

🇺🇿🇰🇷 Sovuq havoda o’zingizni ehtiyot qiling
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

09 Jan, 09:09


⚡️Koreyadagi chet elliklar uchun yana bir qulaylik: mobil ID karta

🔰 2025-yil 10-yanvardan boshlab chet elliklar uchun ham ID kartalarnig mobil versiyasi amal qilishni boshlaydi.

❗️14 yoshdan katta bo‘lgan chet elliklar uchun amal qiladi va haqiqiy guvohnoma bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

08 Jan, 09:07


📊 Dunyo avtomobilsozligida davlatlarning ulushi

🇰🇷 Janubiy Koreya bu borada 5-pog’onani band etib, 4 243 597 ta avtomobil bilan global bozorda 4,5 %ga ulushga ega ekan.

📌 Manba: https://www.visualcapitalist.com/ranked-top-30-countries-automobiles-manufactured/

🇺🇿 O’zbekiston ro’yxatda qaysi o’rinda deb o’ylaysiz?

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

08 Jan, 06:55


⚡️Prezident idorasi 8-yanvar kuni muxolifat tomonidan tarqatilgan Prezident Yun Sokyolning qochib ketgani haqidagi mish-mishlarga javoban, “Prezident hozirda qarorgohda ekanligi haqida ma’lumot oldik”, deb ma’lum qildi.

🔰 Bundan avval, Demokratik partiya a’zosi An Kyu Bek KBS radiosida: “Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Yun Sok Yol allaqachon qarorgohni tark etib, uchinchi joyga yashiringan”, deb iddao qilib chiqqan edi.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

08 Jan, 04:07


🚨 Muxolif partiya Prezident Yun Sokyolning qarorgohdan qochib ketganini iddao qilmoqda.

⚡️Politsiya esa shunga binoan bugun Prezident Yunning qayerda ekanligi haqida o’rganish olib borayotganini ma’lum qilmoqda.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

08 Jan, 01:41


⚡️Kecha xabar berilganidek, Hukumat va hukmron Xalq kuchi partiyasi 3 kunlik bayramdan oldingi 27-yanvarni vaqtinchalik dam olish kuni deb belgilashgani xabar qilinmoqda.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

07 Jan, 10:53


⚡️Bu yil yanvar oyi oxiridagi Sollal bayrami arafasida Koreyada dam olish kunlari 9kungacha ko’payishi mumkin.

🔰 Ma’lumingizkim, Koreyada bu yil yanvar oyi oxirida Sollal bayrami bo’ladi. Va u rasman 28-30- yanvar kunlariga (seshanbadan payshanbagacha) to’g’ri keladi.

🇰🇷 Hukumat bugun o’rtadagi 27-yanvar dushanba kunini vaqtinchalik dam olish kuni deb belgilashni ko’rib chiqmoqda.

🔰 Va shunda xodimlar 31-yanvar uchun ariza bilan o’zlarining “연차” kabi qonuniy dam olish kunlaridan foydalangudek bo’lsalar, bayramdan oldingi va keyingi shanba-yakshanba dam olish kunlari bilan 9 kungacha uzluksiz ta’tildan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

🔰 Ertaga yoki indingi kuni hukumat yig’ilish o’tkazib, bunga aniq kiritishi kutilmoqda.

🇰🇷🇺🇿 O’zgarish bo’lsa, xabar beramiz. Koreyadagi vaziyatni biz bilan @uzbeknur_korea kanalida kuzatib boring.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

06 Jan, 06:54


🔰 Hozirgi kunda Koreya siyosiy olamida o’zgarishlar, yangiliklar oqimi yana tezlashib ketdi.

🔰 Ta’bir joiz bo’lsa, voqealar jarayoni dastlabki boshlangan nuqtasiga yana qaytib oldi desak bo’ladi. Ya’ni muxolif va hukmron partiyalar siyosiy raqobati yana “old planda” ko’rinish bera boshladi.

🔰 Bu kurash avvaldan bor edi va koreys demokratiyasining “qaynoq qoni” edi bu kurashlar.

Ya’ni aytmoqchi bo’lganim, dekabr boshida favqulodda harbiy holat e’lon qilinganidan keyin prezidentning o’zi bir tomon, muxolif va hukmron partiyalar ma’lum ma’noda yakdil bo’lib boshqa tomonni tashkil etgandi. Ayniqsa, bu jipslik harbiy holatni bekor qilishda yaqqol ko’zga tashlangandi.

🔰 Hozir esa prezidentni tamsil etuvchi hukmron partiya ayni damda prezident bilan qariyb hamfikr va bir tomon, demokratik muxolif blok esa ikkinchi tomonda turib oldi yana.

🔰 Har bir bo’layotgan o’zgarish, bayonotlar shu ikki qutbni tamsil etgan holda bildirilyapti.

🇺🇿🇰🇷 Har nima bo’lganda ham tarixiy onlarga guvoh bo’lyapmiz. Siyosiy voqeliklar qizg’in. Voqealar jarayonini @uzbeknur_korea kanalimizda siz bilan kuzatishda davom etamiz.

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

06 Jan, 01:50


📍백두산
Pektusan tog’lari

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

06 Jan, 01:41


📚 Janubiy Koreyada kutubxonalar alohida mavzu.

🔰 Seul va Suvondagi 별마당 (Starfield kutubxonasi) eng mashhur kutubxonalardan.

🔰 Mamlakat bo’ylab esa boshqa hududlarda ham turli dizayndagi kutubxonalarni uchratasiz. Hammasida xuddi “oziq-ovqat do’konlaridagi kabi” odamlar ko’pligini ko’rasiz.

📖 Suratdagi shulardan biri. Poytaxtdan ancha uzoq, chekkaroq joyda joylashgan. Lekin chiroyli kutubxona.

📖 Nomi: 마산지혜의바다도서관

📍Manzil: 창원시 마산회원구 구암북12길 24-1

Ish vaqti: Dushanba-Juma 09:00 - 21:00
Shanba va yakshanba 09:00 - 18:00

Har oy to’rtinchi dushanbasi dam olish kuni

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

28 Dec, 12:03


🦑 Seulda “Kalmar o’yini”

🗓️ 26-kuni “Kalmar o’yini” 2-mavsumi namoyishi boshlanganidan xabardor bo’lsangiz kerak. Filmi ko’proq bildirish uchun turli tadbirlar qilinmoqda.

🚨 Seuldagi Shinsege hududida shunday ko’rgazma ochildi. U yerda film kiyimlarini kiyib ko’rishingiz, film atmosferasida suratga tushishingiz, film bilan bog’liq buyumlarni ham xarid qilishingiz mumkin.

Muddati 12-yanvargacha

📍 Manzil: 서울 서초구 신반포로 176

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

28 Dec, 10:55


🔰 Koreyada chet elliklarni saqlash markazlari haqida

📣 Yuqoridagi postga doir ma’lumot.

Koreya Respublikasida hozirda Adliya vazirligi nazoratidagi uchta xorijliklarni saqlash markazi mavjud.

Ular quyidagilar:

1️⃣ 화성외국인보호소

📍Manzili: 경기 화성시 마도면 화성로 739

2️⃣ 청주외국인보호소

📍Manzili: 충북 청주시 서원구 청남로1887번길 49


3️⃣ 여수외국인·출입국 사무소

📍Manzili: 전남 여수시 무선로 265


📌Ushbu markazlar noqonuniy migrantlar va deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni saqlash uchun xizmat qiladi.

🚨Bundan tashqari, turli sabablarga ko’ra Koreya Respublikasi qamoqxonalariga tushib qolgan vatandoshlar ham bo’lishi mumkin. Yana Koreya shufoxonalarida davolanib qolayotgan vatandoshlar ham bor.


📝 Mana shu post ostida yoki @salomkorea kanalidagi post ostida shunday insonlarni bilsangiz, xabar bering. Yaqin kunlarda yoki yanvar oyi oxirlarida Sollal bayrami tufayli Koreyada salkam 1 haftalik dam olish kunlari bo’ladi. Shunda mana shunday qiyin vaziyatda qolgan vatandoshlar holidan xabar olamiz.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea kanalimizga obuna bo’ling

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

28 Dec, 08:48


⚡️ Tanishing: Janubiy Koreyaning prezidenti vazifasini bajaruvchi Che Sang Mok

Ma’lumingizkim, prezident Yunga
impichment e’lon qilinishi ortidan uning vazifalari bosh vazir Han Dok Suga yuklatilgan edi. Oradan ikki hafta ham o’tmasdan bosh vazirning o’zi ham impichmentga uchradi.

🔰 Taomilga ko’ra, endi prezidentlik vazifasi bosh vazir o’rinbosari, Iqtisodiyot va Moliya vaziri Che Sang Mokga yuklatildi.

U haqida nimalar ma’lum?

🔰 U 1963-yil, 7-iyunda Seulda tug’ilgan.

🔰 Partivaviy mansubligi mavjud emas. Seul Milliy Universiteti va AQShdagi Kornel Universitetini tamomlagan.

Lekin uning zimmasida hozir g’oyat katta mas’uliyat turibdi. Sababi parlamentdagi katta ovozga ega muxoliflarning depsinib turgan bir nechta talablari bor. Agar shular bajarilmasa, uni ham impichment taqdiri kutishi taxmin qilinmoqda.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

27 Dec, 09:34


⚡️Rasman: “Prezident vazifasini bajaruvchi” bosh vazir Han Dok Suga nisbatan kiritilgan impichment parlamentda tasdiqlandi.

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

27 Dec, 06:41


🚗 Koreyada mashinalarda turlicha qiziq yozuvlarni uchratasiz. Ushbu mashinada “Mashinamizda yangi tug’ilgan chaqalog’imiz bor. To’g’ri tushunasiz, endi ))” deb yozib qo’yibdi.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

27 Dec, 02:27


⚡️”Prezident vazifasini bajaruvchi” bosh vazirga nisbatan nega impichment e’lon qilishmoqchi?

🔰 Bu yana o’sha Koreya parlamentidagi faol muxolif partiya(lar) hamda amaldagi hukmron partiya va ular tamsil etuvchi ijro hokimiyati o’rtasidagi anchadan beri davom etayotgan siyosiy ziddiyat in’ikosidir.

Sababi bosh vazir ham vaqtincha prezidentlikka tayinlangach avvallari prezident Yun tutgan pozitsiyada qoldi. Ya’ni parlamentdagi ko’pchilik ovozga ega muxolif demokratik blok qonun va tartiblar ishlab chiqishda faol bo’ladi, prezident/vazifasini bajaruvchi esa vakolati doirasida ularga veto qo’yishda davom etadi.

Hozirgacha bosh vazir ham kamida shu pozitsiya doirasida qolayotgandi yoki keskin qarorlarga shoshilmayotgandek taassurot qoldirayotgandi:

*3-dekabrdagi favqulodda harbiy holat ishi yuzasidan ichki isyon haqidagi tekshiruvlar belgilanishining ortga surilishi.

*prezident rafiqasiga maxsus prokuratura tekshiruvini tayinlash to’g’risidagi qaror bir necha marta parlament tasdig’idan o’tgan bo’lsada, prezident/vazifasini bajaruvchi tomonidan veto sabab qaytarilishi.

*konstitutsiyaviy sudda hozir 6ta sudya bo’lib, yana qo’shimcha 3 sudyani, tartibga ko’ra parlement ko’rsatishi kerak edi. Sudyalikka nomzodlar allaqachon ko’rsatilgan bo’lsada, oxirgi tasdiqlash ortga surib kelindi (bu haqida alohida post bo’ladi)

📌 Boshqa tomondan koreys siyosiy olamida yangi kuch bilan kirib kelayotgan 조국혁신당 muxolif partiyasi ham bosh vazirni keskin tanqid qildi. O’z navbatida, partiyaning siyosiy lideri, xarizmatik siyosatchi Cho Guk amaldagi hokimiyat, prokurotura tizimini keskin tanqid qilib kelish bilan mashhur edi va afsuski bir muddat oldin u 2 yillik qamoq jazosini o’tashga kirishdi.

Mana shunday sabablar fonida demokratik blok tomonidan endi “prezident vazifasini bajaruvchi”ga nisbatan ham impichment kiritildi deyishimiz mumkin.

Bugun tushdan keyin 3da impichment masalasi parlamentda ovozga qo’yilishi rejalashtirilgan. Bir paytning o’zida bugun ertalab ijro hokimiyatining bir necha yuqori mansabdorlari bu impichment iqtisod uchun ham, xalq hayoti uchun keyingi to’lqinni keltirib chiqarishi mumkinligini hisobga olib, uni bekor qilishga chaqirib chiqdi.


❇️ Xullas, voqealar jadayoni qiziq. Kuzatishda davom etamiz.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

26 Dec, 13:50


🚨 Koreyslar endi ertaga “prezident vazifasini bajaruvchi” bosh vazirga ham impichment e’lon qilmoqchi

Koreya siyosiy voqealari odamni soniyaga ham zerikishga qo’ymaydi chog’i. Endi ular vaqtincha prezident”ga ham impichment e’lon qilishmoqchi.

Ertaga 27-dekabr kuni agar impichment parlamentda yetarli ovoz olsa, koreyslar, ehtimol, vaqtincha prezidentga ham impichment e’lon qilgan davlat bo’lsa kerak.

Har ehtimolga qarshi keyin kim “vaqtincha shoh” vazifasini bajarishi mumkinligini aytib qo’ysak, zarar qilmas. U bosh vazirning iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Che Sang Mok bo’lishi mumkin.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

📌 Voqealar jarayonini kuzatib boramiz

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

26 Dec, 11:21


Seul sayohat xaritasi ishga tushirildi

Seul shahar hokimiyati poytaxtdagi mashhur diqqatga sazovor joylarni topishni osonlashtiruvchi dasturni ishga tushirdi.

Xizmat 10 xil tilda taklif qilinadi.

Seulga borsangiz, albatta bu ilovani ishlatib ko’ring

https://map.seoul.go.kr/global/tourmap?

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

26 Dec, 09:36


🏖️ Pusandagi Hyonde sohili oldin va hozir

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

26 Dec, 01:27


Chejudo oroliga borsam eng avvalo qayerlarga borishim kerak?

🇰🇷 Ushbu suratda Chejudo oroliga sayohat qilishda kerak bo’ladigan quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

🔰 Mashhur sayohat manzillari
🔰 Chejudo orolidagi mashhur sayohat va sayr turlari
🔰Oroldagi tungi sayr turlari
🔰Oroldan esdalik uchun nimalar olish mumkin
🔰Oroldan suvenirlarni sotib olish mumkin bo’lgan joylar


🚫Oxirgi bandda ko’rsatilgan koreys ovqatlari bilan esa hushyor bo’lish lozim. Sababi halol bo’lmagan go’sht mahsulotlari qo’shilgan bo’lish ehtimoli katta.

#chejudo #sayohat

⏏️ Seul haqidagisi mana bu postda

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

25 Dec, 05:36


🏞️ Seuldagi Han daryosi oldin va hozir

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

25 Dec, 01:07


🇰🇷 “Yashash xarajatlari juda ham yuqori”


Sentyabr oyida Koreyaga filippinlik ishchilar uy xo’jaliklariga qarash ishi uchun sinov dasturi doirasida olib kelingan edi.

Ana shu
filippinlik qarovchilar Seulda yashash narxining yuqoriligi sababli pulni tejashga qiynalishayotganini aytishibdi. Hamda ular kunlik xarajatlarni qoplashga ham juda
qiynalishayotgan ekan.

📌 Albatta, Koreyada oxirgi o’n yillikni tahlil qilganda olinayotgan oylik hamda yashash xarajatlari nisbatida katta o’zgarish kuzatilgan. Kundalik xarajatlar ancha ko’tarilgan. Qolaversa oldingi mana bu postda aytilganidek, Koreyada ishlab chet elga, uyiga dollar sifatida pul jo’natilish jarayonida von o’z qadrini yo’qotib borishi fonida kamroq dollar yetib bormoqda.

📽️ Mana shu oxirgi 5 yoki 10 yillikdagi narxlar oshishi va von kursi nisbati haqida, umuman Koreya iqtisodi haqida alohida tahliliy video olishni rejalashtiryapmiz.


📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Dec, 12:18


🚜 “Ehtimol, bunaqasi faqat Koreyada bo’lsa kerak”

🇰🇷 Bugun Seulda qiziq ish bo’ldi. Gap shundaki, prezident Yun Sok Yol va uning siyosatidan norozi bo’lgan fermerlar o’nlab traktor va yuk mashinalari bilan Seulda namoyish qilishmoqchi bo’lishdi.

🚔 Ammo Seulga kirishda politsiya xodimlari ularni “yo’l harakatiga halal berishi mumkinligi” vaji bilan to’xtatib turdi. Fermerlar esa bu ularning erkin namoyish qilish huquqlarini buzilishi deb baholashdi. Biroq bir necha traktorlar prezident Yunni hibsga olinishini talab qilib Seul markazigacha kirib kelganini ham xabar qilishdi.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Dec, 03:40


🇰🇷🇺🇿Seul va Samarqand

📊 Infografikalar, tahlillarni kuzatish judayam qiziq har doim. Chunki ular ma’lum xulosalarni chiqarishga imkon beradi.

🔰 Turizm uchun eng yaxshi manzillarni tavsiya qilish bo’yicha ham turlicha tahlillar bor.

📌Shulardan biri sifatida “Osiyodagi sayohat qilish uchun eng zo’r 22 manzil” yo’nalishida Seul va Samarqand shaharlari ham o’rin olibdi.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

20 Dec, 12:21


❄️ Janubiy Koreya tog’larida qor

📍한라산, 제주도

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Dec, 13:01


Seulga borsam eng avvalo qayerlarga borishim kerak?

🇰🇷 Ushbu suratda Seulda sayohat qilishda kerak bo’ladigan quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

🔰 Bepul sayohat manzillari
🔰 Eng mashhur sayohat joylari
🔰Mashhur tungi bozorlar
🔰Seuldan esdalik uchun nimalar olish mumkin
🔰Seuldagi suvenirlar sotib olish mumkin bo’lgan joylar


🚫Oxirgi bandda ko’rsatilgan koreys ovqatlari bilan esa hushyor bo’lish lozim. Sababi halol bo’lmagan go’sht mahsulotlari qo’shilgan bo’lish ehtimoli katta.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Dec, 11:56


❄️ Ko’zlar go’zallik ko’rsin

📍Kangvando tog’lari


📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Dec, 10:43


Seuldagi DDP binosida tungi go’zallik

🔰 Mobodo Seulda bo’lsangiz yoki Seulga yo’lingiz tushsa, DDPga kelib keting.

Muddati: Bugundan - 2025-yil 1-yanvargacha

19:00 ~ 21:30


📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Dec, 10:11


🇰🇷 Koreys voni pastga sho’ng’idi

📊 Koreys vonining kursi bir AQSh dollari uchun 1450 vondan oshib ketdi, bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

💸 Ya’ni oxirgi marta, 2009-yilda global moliyaviy inqiroz payti 1 dollarga to’g’ri keladigan von miqdori 1450 vonlik chegaraga yetkandi.

🔰 Bunga tabiiy iqtisodiy tebranishlar bilan birgalikda, dekabr oyi boshidagi Koreya siyosiy olamidagi voqeliklar ham sabab bo’lishi mumkin.

🇺🇿 Von qadrining bunday pasayishini Koreyadagi vatandoshlar ham sezadi. Ya’ni sodda qilib aytganda, Vatanga 100$ dollar pul jo’natish uchun taxminan 140 000 von atrofida pul kerak bo’lgan bo’lsa, endi esa 145 000 von atrofida pul kerak bo’ladi.

📲 Koreyadagi do’stlaringizga ham ulashib qo’ying

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea
kanalimizga obuna bo’ling

🕹
️Youtube

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

22 Nov, 03:24


🍊 “Mandarindan yeb keting”

🇰🇷 Koreyada mandarinning “vatani” mamlakat janubidagi Chejudo oroli hisoblanadi. U yerda juda ko’p mandarin dalalari bor.

Suratda sotilgandan ortib qolgan mandarinlarni uy oldiga qo’yib, bepulga “ yeb keting” deb yozib qo’yishibdi.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Nov, 11:47


❄️Koreyada ham kunlar sovib qoldi. Bunda uydagi issiq pol, issiq suv qurilmalarini ko'p ishlatamiz. Koreyadagi uylarda esa uy issiqligini  boshqaruvchi pultlar har xil ekanligini bilamiz.

Ularni to'g'ri ishlatish ham  xavfsizlik, ham xarajatlar tejalishi, ham uyni to'g'ri isitish uchun juda zarurdir.

QR kod rasmi bor qurilmalarda ana shu QR kod orqali yoki QR kod rasmi bo'lmasa esa pastdagi havola orqali kirib, Koreyadagi 20dan ortiq rusumdagi boshqaruv pultlarini qanday ishlatishni bilib oling:

http://2016m.kdnavien.co.kr/roomcon/RoomCon.asp#a2

Saytda tegishli rasmning ustiga bosib, tugmachalarning qanday ishlashini ko'rib olasiz. Pastdagi 동영상 메뉴얼 ni bossangiz, YouTubeda video tarzida ham tushuntirilgan.

Mavzuga oid so’zlar:
전원 - o’chirish-yoqish tugmasi
저/중/고 - past/o’rta/yuqori
온수 - issiq suv
온수 조절 - issiq suvni sozlash
온수 전용 - faqat issiq suvni ishlatish rejimi
온돌 - pol isitish

Ushbu ma'lumotni do'stlaringiz bilan ham ulashing

🇺🇿🇰🇷 👉
@uzbeknur_korea👈 telegram kanalimizga a'zo bo'ling

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

19 Nov, 11:46


🇰🇷 Koreyslar eng yoqtiradigan va aksincha afzal ko’rmaydigan ranglar qaysiligi haqida ma’lumot

🎨 Bahonada koreys tilidagi ranglarga oid so’zlarni yodlab yoki takrorlab olsa bo’larkan.

🇺🇿 O’zbek tilida shu ranglardan qaysi rang nomini bilmaysiz?
Izohlarda yozib qoldiring.

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

14 Nov, 00:05


🇰🇷 대학수학능력시험 deb ataladigan Janubiy Koreyadagi abiturintlar uchun eng muhim universitetlarga kirish imtihoni haqida ma’lumot


Bu imtihon koreys jamiyati oldida shu qadar muhimki, imtihonga “ Koreyslar uchun hayotning dastlabki va eng muhim bosqichi (maqsadi)” sifatida qaraladi.

📖 Imtihon har yili 1 marta o’tkaziladi. Odatda noyabr oyining 3-payshanbasiga belgilanadi.

Sinovlar ertalab 8:40dan tushlikdan keyingi 17:45 gacha bo’ladi.

📋 Imtihon 5 ta yo’nalishda bo’ladi.

1️⃣ 국어 Koreys tili 45 savol

2️⃣ 수학 Matematika 30 savol

3️⃣ 영어 Ingliz tili 45 savol ( dastlabki 17tasi eshitish mashqi bo’lib, ayni shu paytda samalyot parvozlari to’xtatiladi)

4️⃣ 한국사 Koreya tarixi
사회/과학/직업탐구 20 savol

5️⃣ 제2외국어
2-xorijiy til 30 savol

📲 Postni do’stlaringizga ham ulashing

🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea hammasi Koreya haqida

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

13 Nov, 11:00


🍂 Koreyada kuz manzaralari

📍Suratlardagi manzil: 전남 담양군 수북면 대방리 산 105-3

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

13 Nov, 00:57


Imtihon topshiruvchi yoshlarga prezident tabrigi

🇰🇷 Ma’lumki, ertaga Janubiy Koreyada universitetlarga kirish imtihoni o’tkaziladi. Imtihonning koreyscha nomi 대학수학능력시험 bo’lib, qisqartirib 수능 deb ham aytiladi.

Bugun imtihon oldidan prezident barcha imtihon topshiruvchilarga omad tilamoqda.

📌 Bu imtihon koreys yoshlari uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki ushbu imtihonda oldigan ballari ularning kelajakda qaysi o’qishda o’qishlarini belgilab beradi. Shuning uchun yoshlar bu imtihonga qattiq tayyorlanishadi.

✈️ Hattoki, imtihonning ingliz tilidan eshitish qismi bo’ladigan vaqtida (13:05-13:40, 35 daqiqa) shovqinni kamaytirish uchun samalyot parvozlari ham cheklanadi.

🏢 Shu kuni ba’zi tashkilotlar kechroq ish boshlaydi.

🚔 Hatto politsiya xodimlari ham imtihonga o’quvchilarni olib borib qo’yishgan holatlarni kuzatishingiz mumkin.


🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea hammasi Koreya haqida

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

11 Nov, 02:29


🗓 Bugungi kun chiroyli kun

📌11-oyning, 11-kuni, ya'ni 11.11.


🇰🇷 Bu kunda koreyslar yaxshi ko'rgan insonlariga Pepero ( 빼빼로 ) qalamchali pechenyelarini sovg'a qilishni odat qilishgan. Ya'ni bu kun bayram o'laroq nishonlanadi.

Xo'sh, bu kun qanday paydo bo'lgan o'zi?

Avvalo  11.11 raqami ham 4ta qalamcha shaklini eslatadi.

Bu kunning aniq tarixiy kelib chiqish sababi uncha aniq emas. Taxminiy sabablaridan biri - 1980-yillarda bir o'quvchi qiz dugonasiga " bo'yi baland va ozg'in" bo'lib yurishini tilab, ramziy qilib shunday tayoqchali pechenye bergan.

1990-yillardan keyin esa mamlakat bo'ylab urfga kira boshladi bu odat. Sababi biznes egalari,  xususan Lotte shirkati ushbu kunning urfga kirishidan manfaatdor edi. Ayni 11.11 kunining o'zida butun yil bo'yicha sotiladigan qalamchalarning 50% ini sotilishidan yaxshigina daromad olinadi.

Qolaversa, qattiq ish bilan band koreys xalqi uchun ham bunday ko'ngilochar bayram kunlari ham kerak edi.

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea hammasi Koreya haqida

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

08 Nov, 10:49


🇺🇦 Ukrain askarlari nega koreys tilini o’rganmoqda?

🇰🇵 Rossiya va Ukraina o’rtasidagi urush harakatlariga Rossiya tomonidan Shimoliy Koreya harbiylari ham jalb qilinganidan xabaringiz bo’lsa kerak. Mana shu voqelik ortidan ukrain harbiylari Shimoliy Koreya harbiylari bilan bo’ladigan ehtimoliy to’qnashuvda kerak bo’ladigan zaruriy iboralarni o’rganishmoqda ekan. Yuqoridagi surat shu haqida.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

04 Nov, 07:20


🎆 Kelayotgan shanba kuni Pusan mushakbozlik festivaliga

🎇 O’tgan oyda Seulda bo’lgan mushakbozlik festivaliga bora olmaganlar uchun yana bir mushakbozlik festivali kelayotgan shanba, 9-noyabr kuni Pusanda o’tkaziladi.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

01 Nov, 10:29


Bugun ushbu holat koreys mediasida qattiq muhokama bo’lmoqda.

Ya’ni chet ellik bir yutuberning Koreyada axloqsiz harakatlari va jamoat joylaridagi tartibni buzishi katta norozilik keltirib chiqardi. Do’konga kirib ovqatni har tomonga otish, ovqat suvini stolga to’kish kabi tartibsizliklar bilan cheklanmasdan Yapon imperiyasi zulmidan ezilgan koreys ayollari sharafiga qo’yilgan yodgorlikni xunuk tarzda tahqirlashgacha borgan.

Hattoki, Yaponiya va Koreya o’rtasidagi bahsli, lekin Koreyaga tegishli bo’lgan Dokdo oroli haqida ham gapirib, orolni Takeshima deb yaponlarga tegishli ekanligini iddao qiladi.

“When in Rome, Do as the Romans Do” deganlaridek, qaysi davlatga borsangiz ham, o’sha davlatdagi mavjud qoidalarga amal qilish zarur. Videodagi holatlar esa chet elliklarga nisbata. ommaviy salbiy munosabat paydo bo’lishiga hissa qo’shadi, afsuski.


https://youtu.be/iKKQzJVQ9VE?si=C6Yn1Ri3p14KqDU1

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

13 Oct, 09:37


🏆 Janubiy Koreyalik ikki Nobel mukofoti sohiblari

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

11 Oct, 03:35


Koreys va o'zbek tilidagi o'xshash so'zlar

Ma’lumki, koreys tili va o’zbek tili bitta til oilasiga mansubligi va boshqa sabablarga ko’ra o’xshash hisoblanadi. Shuning uchun bu tillarda o’xshash so’zlarni ko’plab uchratishimiz mumkin.

Ulardan ba’zilariga misollar:
🇺🇿 Manti - 🇰🇷만두
🇺🇿Lag’mon - 🇰🇷 라면
🇺🇿 Suv - 🇰🇷

Siz yana qanday so’zlarni bilasiz?

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

10 Oct, 03:32


🇱🇧 Livan hududida taranglik kuchayishi ortidan ushbu davlat hududida yashab kelayotgan koreys fuqarolari maxsus reys bilan Koreyaga olib kelindi.

🇰🇷 Qaysi davlat bo’lmasin shunday vaziyatlarda o’z fuqarolari haqida qayg’urishi, albatta, quvonarli holat.

🇺🇿🇰🇷@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

07 Oct, 06:23


🌏 Osiyo davlatlari o’smirlarining sun’iy idrok yordamida yaratilgan suratlari

🇰🇷🇰🇵 Bir vaqtlar yagona millat bo’lgan koreys xalqi 70 yildan ortiqroq vaqt o’tibdiki, turli tadqiqotlarda tamomila alohida xalq sifatida o’rganila boshlangan-a, voajab.

🇺🇿 Aytgancha, O’zbekistonlik o’smir suratiga qanday baho berasiz?

🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

05 Oct, 14:21


🎇 Bugun Seulda bo’lib o’tgan xalqaro mushakbozlik festivalidan lahvalar

🕹️ Festivalni mana bu joydan ham kuzatishingiz mumkin

🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

28 Sep, 10:10


🎨 Qiziqarli ma’lumot

🇰🇷Seul shahri eng ko’p muzeylarga ega shaharlar reytinggida 201 ta muzey bilan 4-o’rinda ekan.

🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

21 Sep, 04:41


Shavkat Mirziyoyev 🇰🇷Janubiy Koreyaning O‘zbekistonga tayinlangan yangi elchisidan ishonch yorlig’ini qabul qildi.


🇺🇿🇰🇷
@uzbeknur_korea