⚖️ Sietl shahridagi federal sudya Prezident Donald Trampning AQSh hududida tug‘ilgan chaqaloqlarga avtomatik fuqarolik berishni bekor qilish haqidagi farmonini vaqtincha to‘xtatish qarorini chiqardi.
Tramp farmonida 19-fevraldan keyin tug‘ilgan chaqaloqlarga fuqarolik berilmasligi belgilangan edi. Bu qoidalar nafaqat noqonuniy muhojirlarning farzandlariga, balki vaqtincha AQShda bo‘lib turgan ayollardan tug‘ilgan chaqaloqlarga ham taalluqli edi.
📜 Sudning qarori qanday?
Vashington, Arizona, Illinoys va Oregon shtatlari farmonni konstitutsiyaga zid deb hisoblab, sudga murojaat qilishdi. Sudya Jon Kofenauer farmonni "ochiqdan-ochiq konstitutsiyaga zid" deb baholab, uni 14 kun muddatga to‘xtatishga qaror qildi.
Tramp ma’muriyati ushbu qaror ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi. Sud jarayonlari davom etadi va bu masala AQSh Oliy sudigacha yetib borishi mumkin.
Social links:
Telegram | Rasmiy saytimiz | Instagram