Latest Posts from Mehnat huquqi (@mehnathuquqi) on Telegram

Mehnat huquqi Telegram Posts

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 Subscribers
987 Photos
276 Videos
Last Updated 28.02.2025 10:20

Similar Channels

TDYU YURIDIK KLINIKASI
3,375 Subscribers

The latest content shared by Mehnat huquqi on Telegram


Ta'tilga chiqmayman yoki xohlagan paytim chiqaman deydigan xodimlarga yuqoridagi audiomizni yuborib qo'yamiz👆😊

#savolimbor
Ассалому алайкум. Мехнат шартномасини МКнинг 161-моддаси 2-кисми 3-бандига асосан, яъни ходимнинг малакаси етарли эмаслиги туфайли бекор килинганда МКнинг 173 моддаси буйича ишдан бушатиш нафакаси туланадими?


Javob
Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi. Bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinganligi mustasno. Mehnat shartnomasini xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilish deganda Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari tushuniladi.
Shunday ekan xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi tufayli shartnomangiz bekor qilinsa sizga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda 

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

#savolimbor? Ассалому алайкум Муҳаммадамин ака яхшимисиз. Суд хукмига мувофиқ муайян ҳуқуқ ва лавозимда ишламаслик асосида ишдан бўшатилган бош ҳисобчига расчётной бериладими йўқми? Илтимос шунга асосли жавоб берсангиз. Олдиндан катта раҳмат

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 172, 254-moddalariga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
❗️Hisob-kitob xodimga:
👉oxirigacha olinmagan ish haqini;
👉xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
👉agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

⚠️ Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

⚠️ Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3️⃣ kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

⚠️ MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️Demak, mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari), xodim vafot etganligi, xodim ozodlikdan mahrum qilinganligi va boshqa har qanday asosga ko’ra bekor qilinsa, xodimga “расчётный” beriladi.

Savolda so’ralgan holat bo’yicha, xodim Jinoyat kodeksi 45-moddasi bo’yicha muayyan huquqdan mahrum qilingan hamda mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilingan. Bu vaziyatda ham MK 172, 234, 254-moddalariga muvofiq xodimga “расчётный” beriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#namuna

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash vositasida qo‘shimcha ish yuklash to‘g‘risida buyruq
📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/60Rpx3evCW8?si=vaSfpeE6UIMI-rF)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

#savolimbor
Assalomu alaykum bizni ish joyida ishga kech qolganlik uchun ishdan boʻshash haqida ariza yozdirib olishyapti direktorimiz shu haqda tushuntirish bersayiz.

Javob

Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-son qaroriga asosan, mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi.

Sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirmoqlari lozim. Bunda sudlarning e’tibori, xodimni ariza yozishga nafaqat majburlash, bosim yoki tazyiq o‘tkazish, balki xodimda mehnat munosabatlarini tugatish istagi bo‘lmay turib, ish beruvchi tomonidan uni ariza yozishga faol ravishda undash harakatlari ham qistov sifatida baholanishi lozimligiga qaratilsin.
Demak sizning ishga kech qolganligingiz uchun ishdan boʻshash haqida ariza yozdirib olishi noto‘g‘ri sanaladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

#savolimbor Assalomu aleykum, aka nogironla 1 stavkadan ortiq iwlawi mumkinmi?

Asos:  MK 183, 427, 433, 437-moddalar.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

#savolimbor Assalomu alaykum. A xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzgan edik. Shartnoma muddati ertaga tugaydi, lekin xodim bola parvarish ta'tilida. Bu holatda qanday yo'l tutaylik, shartnomani MK 158 moddasi bilan bekor qilsak bo'ladimi chunki bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi deyilganku?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

#namuna

Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq
📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/PSLVrvnAbU0?si=a5tCHiYpuaE0-CdH)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Enter Engineering xodimi 6 oylik maoshi — 57 ming dollarni undirib olibdi. Manba

P.S. To'lovlarni o'z vaqtida ololmagan xodimga 168 million undirib bergan edik. Haqlaringni talab qilinglar. Haq olinur, berilmas. https://t.me/mehnathuquqi/8937

#savolimbor
Ассалому алайкум саволим бор эди, бир ходим бош мутахассис лавозимидан бошқа бўлимга бўлим бошлиғи лавозимига ўтказиляпти. У ходим билан 2023 йилда ҳам лавозим ўзгариши бўлган, лекин мендан олдин ишлаган кадр бу ходим билан қўшимча келишувни тузмаган фақатгина лавозими ўзгарганлиги бўйича буйруқ чиқариб қўйган холос, ходим биринчи йили 2021 йил 10 августда 1-тоифали техник бўлиб ишга олинган, ундан кейин 2023 йилда бошқа бўлимга бош мутахассис лавозимига ўтказилган. Ҳозирда мен ходимнинг 2023 йилда чиқарилган буйруғи билан қўшимча келишув қила оламанми ёки бу нотўғри бўладими.


Javob
Мазкур вазиятда қилинган хатони тўғрилаш сизнинг зиммангизга тушмоқда. Аслида 2021 йил 10 августда 1-тоифали техник бўлиб ишга олинган ходим кейинчалик 2023 йилда бошқа бўлимга бош мутахассис лавозимига ўтказилаётганда Меҳнат кодекси 149-моддаси талаблари риоя қилиниши керак эди. Мазкур моддага асосан, ходимни доимий бошқа ишга ўтказиш тўғрисида буйруқ чиқариш учун меҳнат шартномасига киритилган ўзгартишлар асос бўлади.

Меҳнат кодексида вазиятга аниқ ечим берадиган махсус норма йўқ. Бироқ буни жуда ҳам муаммоли ёки ҳал қилиб бўлмайдиган вазият дея олмаймиз. Ўхшаш нормалар аналогиясини қўллаш мақсадга мувофиқ. Кодекснинг 104-моддасига кўра, агар меҳнат шартномасини тузиш чоғида назарда тутилган шартлардан бирор-бири шартномага киритилмаган бўлса, бу меҳнат шартномасини тузилмаган деб эътироф этиш ёки уни бекор қилиш учун асос бўлмайди. Меҳнат шартномаси қўшимча шартлар билан тўлдирилиши керак.

Юқоридагиларда келиб чиқиб хулоса қилиш мумкинки, сиз ҳеч қандай тўсиқсиз, ходимнинг 2023 йилда чиқарилган буйруғи билан қўшимча келишув қила оласиз, гарчи орадан икки йил ўтиб кетган бўлса ҳам. Бу қонунбузилиш саналмайди. Сабаби тепада кўрсатиб ўтилган модда шундай ҳаракат қилишга рухсат беради.

Hujjatlar to'plami bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot