Latest Posts from Mehnat huquqi (@mehnathuquqi) on Telegram

Mehnat huquqi Telegram Posts

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 Subscribers
987 Photos
276 Videos
Last Updated 28.02.2025 10:20

The latest content shared by Mehnat huquqi on Telegram


#Эксперт_шарҳи

Мурожаат:
Бир масалада бизга ҳуқуқий маслаҳат керак эди. Қайси тоифадаги ходимлар аттестациядан ўтказилмайди?

Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси, ҳамкоримиз Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

◽️Сизда ҳам ҳуқуқий соҳада, фаолиятингиз билан боғлиқ мурожаат бўлса, бизга йўлланг!

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat

#pakethujjat (А дан Я гача)
1) Xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi
sababli mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi) tartibi ketma-ketlikda:

1-qadam: Huquqbuzilish haqida rahbariyatga xabar beramiz.
Ishxonadagi huquqbuzilishi haqida rahbarga xabar berish to‘g‘risidagi bildirgi

2-qadam:
Xodimni ishdan chetlashtiramiz (agar u mast holda kelgan bo'lsa).
Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq

3-qadam: Xodimdan tushuntirish xati talab qilamiz (xushyor holatga kelgan kuni).
Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan shaxsdan olinadigan tushuntirish xati

4-qadam: Dalolatnoma tuzamiz (agar tushuntirish berishni rad etsa).
Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi yuzasidan tuziladigan dalolatnoma

5-qadam: Kasaba uyushmasi bilan kelishish uchun taqdimnoma yuboramiz (agar jamoa shartnomasida bo'lsa).
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib olish haqida taqdimnoma (bir marta qo‘pol ravishda buzishda)

6-qadam: Xodimni ishdan bo'shatish haqida ogohlantiramiz.
Ogohlаntirish xаti (xodim o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

7-qadam: Ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq chiqaramiz.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

📢 ISH BERUVCHILAR UCHUN QONUNIY VA QULAY YECHIM!

🔹 Mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha barcha tartib va hujjatlar bitta to‘plamda!

Xodimni ishdan bo‘shatishda huquqiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik muhim! Aks holda, bu rejalashtirilmagan xarajat, asabbuzarlik va ortiqcha vaqt yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ish beruvchilardan kelayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, #pakethujjat loyihasini ishga tushirdik.

📌 Bu loyiha Sizga qanday yordam beradi?
(A dan Ya gacha) prinsipiga asoslangan – barcha bosqichlar aniq va ketma-ket yoritilgan.
Huquqiy xatolarning oldini oladi – qonun talablariga to‘liq javob beruvchi hujjatlar bilan ishlaysiz.
Ish beruvchilar uchun eng qulay yondashuv – barcha kerakli hujjatlar tayyor holda taqdim etiladi.

📌 Birinchi son mavzusi:
🔹 Xodimning mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzishi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi

💼 Qonuniy va ishonchli qaror qabul qiling!

🔐 To‘liq hujjatlar to‘plamini olish va qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

#savolimbor
Ishlayotgan xodim harbiy xizmatga chaqirilsa uning mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

Javob

Bu harbiy xizmatning turiga bog‘liq. Agar xodim “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga asosan, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan bo‘lsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan, xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan bekor qilinadi.

Agar xodim safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilsa u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Balki Mehnat kodeksining 282-moddasiga asosan, harbiy majburiyatlarni bajarayotganda ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda ozod etishi shart.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Mana shunday noqulay ob-havo sharoitida ishga kech qolsak, intizomiy jazo qo’llanilishi to’g’rimi?

Asos: MK 301, 313 - moddalar

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Qor yog’ardi bo’ralab...

Qor yog’ardi bo’ralab 
Qolishmasdi dovuldan 
To’yga aytib ketishdi b
Shundoq qo’shni ovuldan.

Yo’lga tushti ikki chol, 
To’yga borish- qarz beshak, 
Birovi otga mindi 
Birovi mindi eshak.

Qor-chi hamon yog’ardi 
Yog’ar edi gupillab. 
Yo’lni eshak boshladi, 
Ot ergashdi lo’killab.

Gap boshladi ikki chol, 
Suhb u yoq bu yoqdan 
O’tgan-ketgan baland-past, 
Goh kala goh tuyoqdan.

Suhbat degan soz narsa 
Qolmasang bas surgashib, 
Yo’rg’alar eshak hamon 
Ot boradi ergashib.

Asta-sekin kun qaytar 
Ufqlarda o’chgan rang 
Qor oralab qaydadir 
Bir yulduz chaqnar arang.

Cholar-chi hamon yo’lda 
Suhbat o’sha-o’shaydi. 
Biri dedid oqsoqol 
Kun botganga o’xshaydi.

Biri dedi ey usta 
Ko’zdan qolibsiz butkul. 
To’rt chaqirim ovulga 
Nahot yursak bir kun yo’l.

Ammo bu gap rost edi 
Yulduzlar chaqnar bot-bot 
Oldinda eshak borar, 
Orqada lo’killar ot.

Ovuldan-chi darak yo’q 
Qalin oppoq qir-qiya 
Adashib ketdikmikan 
Kupa-kunduz kuniya.

Gap bosdimi yo g’aflat 
Tavba bu qandoq o’yin. 
Qor tindiyu chollarning 
Ichiga kirdi quyun.

Qora qishda to’y qilmay 
Battar bo’lgur nokas, gov, 
Bachchag’arning aslida 
Fe’li sovuq ediyov.

Qaydadir cho’zib-cho’zib 
uvlab qoldiku qashqir 
aytingchi bu dam Kim ham 
tashvishga tushmas axir.

Xususan, keksayganda 
xafa bo’lib ketasan 
Aytaylik o’sha qashqir 
G’ajib ketsa netasan.

Qora sovuq Tish qayrab 
Qovurg’ani ezardi 
Keng sayhonda ikki chol 
Yo’l axtarib kezardi.

Yo’l qayoqda to’rt taraf 
Qalin oppoq qor edi. 
Eng battari sovuqda 
Jon saqlash dushvor edi.

Ne bo’lsa ham topshirdik 
Yaratganning o’ziga 
Tavakkal deb ot boshin 
qayirdilar iziga.

Peshonada borini ko’rar 
inson degan zot. 
Yo’l soldilar qaygadir 
Ot boshin qo’yib ozod.

Bir kor-hol bo’lmay endi 
Uyni topib borsak bas. 
Yo’rg’alaydi ot horg’in 
Orqada eshak besas.

To tonggacha ikki chol 
Yurdi turdi surindi 
Uzoqlarda bir mahal 
Qora narsa ko’rind.

Bo’g’oti bor haytovur 
O’xshab turar qishloqqa 
Xudoga ming shukur deb 
Yurdilar o’sha yoqqa.

Tuman ichra dov-daraxt 
Turar edi yaltirab 
Tongga yaqin qishloqqa 
Kirishdilar qaltirab.

Tugagandi bardosh ham 
Tugagandi bor sabot 
Yetmay bir darvozaga 
To’xtab qoldi sho’rlik ot.

Joy so’raylik naryog’i 
Bir gap bo’lar oqsoqol, 
Qamchin Bilan taqa-tuq 
Darvozani qoqdi chol.

Izg’irin-chi izg’irdi 
Yeru ko’kka berib tus 
Bir kampir chiqdi shut ob 
Qo’lida xira fonus.

Gap boshladi chol titrab 
Halqumiga kelib jon. 
Bir kechaga bizlarga 
Joy bersangiz yangajon.

Qora quyun charx urib 
ko’z oldida tutardi 
kampir kelib yaqinroq 
fonusini ko’tardi.

«hoy bu senmi yeryutkur 
Imoningdan kechdingmi 
Aljiraysan yo to’yda 
Aroq-paroq ichdingmi»

Alqissa shu ot yo’lni 
Uy tomon burgan ekan. 
Chol-chi o’z kampiridan 
Joy so’rab turgan ekan.

Abdulla Oripov

#savolimbor Assalomu alaykum. 8-mart uchun bayram pulini erkak xodimlar uchun ham bersa bo’ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Ha, albatta mumkin. Bu korxona ichki lokal hujjatlariga bog’liq. Chunki, MK 67-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi.

Aytaylik, korxona jamoa shartnomasida ish beruvchi tomonidan xodimlarga belgilangan tartibda tasdiqlangan smetalarga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan bo’lsa, 9ta bayram (ishlanmaydigan) kunlar munosabati bilan barcha xodimlar uchun (jinsidan qat’i nazar) mukofotlash qoʼllaniladi.

❗️Mehnat kodeksi 34-moddasiga ko’ra Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplaridan biri taraflar tomonidan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishning ixtiyoriyligi hamda taraflar o‘z zimmasiga olayotgan majburiyatlarning haqiqiyligi va ularni bajarishning majburiyligidir.

❗️Ish beruvchi jamoa shartnomasida ixtiyoriy ravishda majburiyatlar olganmi, demak, olingan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlashi ham shart. Shuningdek, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo’yicha javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

⚠️ Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, agar korxona ichki lokal hujjatlarida Mehnat kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan bo’lsa, erkak xodimlar uchun ham 8-mart bayrami munosabati bilan mukofot berilishi kerak.

8-martgacha ish beruvchilarga eslatib-eslatib turinglar! Ertaga qichiydigan joyingni bugun qashlab qo'y😊

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#sudishi ⚠️ Hurmatli ish beruvchilar! Intizomiy jazo choralarini qo‘llashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinglar! Xodimga asossiz va ga’yriqonuniy ravishda intizomiy jazo qo’llamanglar!

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida javobgar “XXX”ga nisbatan da’vogar Chariyeva Shoxista Shuxratovnaning hayfsan intizomiy jazosini bekor qilish, ma’naviy ziyon, ga’yriqonuniy qo’llanilgan intizomiy jazo oqibatida olinmay qolingan mukofot pullarini undirish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi.

Hal qiluv qaroriga muvofiq xodimga qo’llanilgan hayfsan intizomiy jazo chorasi bekor qilindi, 8-dekabr va 1-yanvar munosabati bilan berilishi kerak bo’lgan 11 million so’m mukofot pullari hamda 17 million ma’naviy ziyon, jami 28 million so’m undirilib berilishi belgilandi! Gap pulda emas (pulning qanchaligida😊), eng muhimi xodimga asossiz va ga’yriqonuniy ravishda qo'llanilgan hayfsan bekor qilindi!

Kurashsang arziydi haqiqat uchun,
Kurashib yurganlar haqdir, odildir …

Shavkat Rahmon

Yana ta'til masalasi ...
#savolimbor Ассалому алайкум!
  Ўзбекистон Республикасининг 2025-йил 14-феврал куни қабул қилинган ЎРҚ-1030-сонли қонунига асосан, Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 233-моддасига ўзгартириш киритилган.
  Яъни, Меҳнатга хақ тўлашда якшанба куни инобатга олинмасин диляпти, Ўзбекистон Республикаси меҳнат кодексининг 217-моддасига асосан Ҳар йилги асосий энг кам меҳнат таътилининг давомийлиги йигирма бир календарь кунни ташкил этиши белгиланган, бунда меҳнат таълининг энг кам давомийлиги чўзиладими?

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Batafsil ma'lumot uchun: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

28.10.2022. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
https://lex.uz/docs/6257288

Assalomu alaykum!
Mana shu havola orqali O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksidan bemalol foydalanishingiz mumkin.

(2025-yil 13-fevraldagi O'RQ-1030-sonli Qonun asosida kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bilan)