Media Mahalla @media_mahalla Channel on Telegram

Media Mahalla

@media_mahalla


Kontent yaratishga qiziqqanlar uchun foydali loyiha! :)

by @trolluz

Media Mahalla (Uzbek)

Media Mahalla Telegram kanali yaratishga qiziqqanlar uchun go'zal platforma! Bu kanalda siz tezlik bilan yangi va ilgari xabarlar, fotosuratlarni, videolar va boshqa multimediya turlarini topishingiz mumkin. Kontent yaratishga maroqli qiziqqanlar uchun foydali loyiha. Kanalda sizning ko'rsatib berishingiz mumkin bo'lgan har xil maqolalar, hikoyalar va ko'p o'qiladigan kontentlar mavjud. Agar sizning so'zingiz va fikrlaringizni dunyo bilan bo'lishni istasangiz, Media Mahalla kanaliga a'zo bo'ling! Bu erda o'zbek va jahonning eng so'ngi yangiliklari to'plangan. Sizning qiziqtirgan barcha savollaringizga javob topishingiz mumkin. Undan tashqari, siz o'zingizning fikrlaringizni ko'rsatish, fotosuratlarni ulashish va fikrlarni almashtirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Media Mahalla kanali sizga jurnalistika, kontent yaratish, fotografiya va boshqa multimedia sohalari bo'yicha so'z chiqarish imkoniyatini beradi. Siz ham Media Mahalla kanaliga a'zo bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! :)

Media Mahalla

02 Sep, 15:28


Assalomu alaykum mahalladoshlar!

Yangi bir loyiha ustida ish ketmoqda. Bizga sizning fiklaringiz muhim.

5 daqiqa vaqt ajratib quyidagi savollarga javob bersangiz 🙂

https://forms.gle/jmvzbfrkwe36JCCi6

Oldindan rahmat!

@Media_Mahalla

Media Mahalla

08 Apr, 16:13


Activist nomi bilan tanilgan Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamalibdi.

Bunga asos sifatida ba’zi yogurtlar haromligi haqidagi videosi keltirilgan.

Hojiakbar bilan shaxsan tanish emasman, ammo videolarini ko’rib turaman va niyati yaxshi inson deb o’ylayman. Activist videolaridan so’ng iste’molchilar xarid qilayotgan tovarlariga e’tiborliroq bo’lishni boshlashdi.

Hozirgi holat albatta achinarli. Menimcha Hojiakbarni 15 sutkaga qamash o’rniga, u bilan suhbat qurib, yo’l qo’ygan xatolarini ko’rsatib, o’z videosiga o’zi raddiya berishi va jarima yozish orqali muammoni hal qilish mumkin edi.

Barcha kontent mualliflariga maslahatim:

Ommaga tarqatilayotgan materiallar har doim katta mas’uliyat talab qilishini unutmang. 5 ta obunachingiz bo’lsa ham ma’lumot tarqatishdan oldin shunga oid barcha qonunlarni o’rganing. Ayniqsa din bilan bog’liq masalalarda o’ta ehtiyotkorlik zarur.

Aynan Activist voqeasiga kelsak… O’zbekiston musulmonlar idorasi O’zbekistonda fatvo chiqaruvchi yagona tashkilot. Nimadir halol yoki haromligi to’g’risida faqat ular bergan ma’lumotga tayanib gapirish mumkin.

@Media_Mahalla

Media Mahalla

21 Mar, 10:49


Kecha Tashkent Digital Martketing Forum 2023 yakunlandi. Uning doirasida O’zbekistondagi kontent mualliflarini taqdirladik!

Kontent mualliflarini baholash jarayonini Media Mahalla loyihasi va Tanish Bilish kreativ agentligi tomonidan tashkil etildi.
G’oliblarni aniqlashda esa siz rasmda ko'rib turgan insonlar:
Yan Lapotkov (Toples kanali muallifi), Ekaterina Lapotkova (Toples kanali produseri) va Umid Gafurov (o’zim) ishtirok etdik.

Quyida nominatsiya va go’liblar ro’yxatini keltiraman:

Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Tillar
- Teacher Azam

Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Texnologiyalar
- Texnoplov

Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Foto va video
- Mirolim Obidov

Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Tibbiyot
- Gynaecology (Rus tilida)
- Shark Science (O’zbek tilida)

Eng yaxshi biznes kontent:
- Anvar Abduqayumov

Eng yaxshi layfstayl kontent: Foto va video
- Yugayart

Eng yaxshi layfstayl kontent: Sayohatlar
- TeaZeal

Eng yaxshi layfstayl kontent: Fashion
- Saazgram

Eng yaxshi avto kontent:
- Autodoctor (O’zbek tilida)
- Temur Titorov (Rus tilida)

Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: O'yinlar
- Kiber Uz

Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Musiqa
- Konsta

Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Sketchlar
- go.uz (rus tilida)
- Ozod Sh Official (O'zbek tilida)

Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Tajribalar
- ISOMTV

Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Ilmiy-ommabop
- Kunduziy

Eng yaxshi sport kontenti
- Littos

Eng yaxshi pazandalik kontent
- Mazza World

Eng yaxshi gastronomik sharhlar
- Dilmurod Nigmatullaev

Eng yaxshi intervyular
- Alter Ego (rus tilida)
- Intervyu TV (o’zbek tilida)

Eng yaxshi podcast
- 102tv

Eng yaxshi ijtimoiy kontent:
- SUBYEKTIV

Ko’ngilochar kontent rivojiga hissasi uchun:
- Mittivine Jamoasi

Barcha g’oliblarni tabriklayman! Sifatli kontent yaratishda davom etinglar!

Taqdirlash marosimini YouTube orqali tomosha qilish mumkin: https://www.youtube.com/live/JabiA5kDACs?feature=share&t=25915

Bu hali boshlanishi. Keyinchalik sifatli va foydali kontentga e’tiborni kuchaytiramiz! Ularni yil davomida o’rganishda davom etamiz va albatta taqdirlaymiz.

Bunda sizning yordamingiz ham kerak albatta. Tanlov jarayonini takomillashtirish uchun takliflar bering. Barchasini inobatga olinadi.

@media_mahalla

Media Mahalla

20 Mar, 11:29


Ayni paytda Tashkent Digital Martketing Forum 2023 bo’lib o’tmoqda.

Uning doirasida O’zbekistondagi eng yaxshi kontent mualliflari ham taqdirlanadi! Tez orada g’oliblarni e’lon qilamiz!

Keyingi yillardagi tanlovlar uchun o’z takliflaringizni qoldiring!

-

В настоящее время проходит Tashkent Digital Marketing Forum 2023.

В рамках форума будут награждены авторы лучшего контента в Узбекистане! Скоро вы узнаете кто же победил в разных номинациях.

Оставляйте свои предложения для улучшения данного награждения в будущем!

@media_mahalla

Media Mahalla

17 Mar, 16:52


Salom mahalladoshlar 🙂

Tashkent Digital Marketing Forum doirasida O’zbekistondagi sifatli kontent mualliflarini taqdirlash marosimi bo’ladi.

Jami turli yo’nalishlar bo’yicha 25 ta muallif bor.

O’rgatuvchi kontentdan ko’ngilochargacha.

Go’liblar qanday tanlandi?

Obyektiv talablar:

1. Qamrov va obunachilarning nisbati.
2. 2022 yil davomida uzluksiz (1 oyda kamida 1 marta) kontent yaratib kelgan.
3. Kontentining 50% dan kam bo’lmagan qismi tanlangan yo’nalishga bog’liq bo’lishi kerak.
4. O’zbekiston qonunchiliga zid faoliyat yuritmagan. Shu jumladan reklama to’g’risidagi qonun.
5. Muallifli yondashuv. Boshqalarni kontentidan foydalanmaslik.
6. Obunachilari sun’iy ravishda oshirilmagan. Giveaway, konkurs va hokazolarda ishtirok etmagan.

Subyektiv talablar:

1. Kretiv yondashuv
2. Foydalilik
3. Montaj qiyinligi
4. Kontent miqdori
5. Sifat barqarorligi
6. Ommaga ta’siri
7. Individual ko’rsatgichlar

Yuqoridagilar haqida qanday fikrdasiz?

Aytgancha, aynan taqdirlash marosimiga kirish bepul 🙂 Istaganlar kelishi mumkin 🙂 Toshkent City dagi Hilton mehmonxonasida 20 mart kuni soat 16:00 da boshlanadi.

Keling, ko’rishamiz!

Hurmat bilan,
Rais

@media_mahalla

Media Mahalla

12 Mar, 16:21


O’zbekistondagi kontentni o’rganib chiqqandan keyin Yan Toples shunday murojaat bilan chiqdi…

Iltimos, o’zingizdan o’zingiz intervyu olmang. Kameraga qarab gapiring. Ayniqsa biznes kontent egalariga tegishli 🙂

Yan Toples bilan birga kontentlarni o'rganib chiqayotganimizning sababi mana bu yerda ko’rsatilgan.



Изучив контент в Узбекистане, Ян Топлес хотел попросить авторов контента кое что…

Пожалуйста, не берите интервью у себя. Говорите в оъектив. Особенно касается авторов бизнес-контента 🙂

А причина того, почему мы изучаем местный контент с Яном, находится по этой ссылке.

@media_mahalla

Media Mahalla

06 Mar, 18:40


Hurmatli Media Mahalla ahli!

Yordamingiz kerak. Yaqinda sifatli kontent mualliflarini taqdirlashni rejalashtirdik.

Shuning uchun siz kuzatadigan blog, sahifa va har qanday kontent mualliflarini kategoriyalar bo’yicha ushbu havola orqali o’tib belgilang.

Ishtirok uchun rahmat!

https://forms.gle/GMkEJHrCeps5wL9x7

Hurmat bilan,
Rais :)

@media_mahalla

Media Mahalla

23 Feb, 19:16


Media Hashar bilan bandman bir necha kundan beri. Yo’qolib qolmadim :)

Ajoyib o’tyapti. Hasharga kelmaganlarga alam qilsin deb ataylab yozyapman :)

@Media_Mahalla

Media Mahalla

18 Feb, 11:34


Ro’yxatdan o’tishga ulgurmaganlar hamyurtlarimiz va musofirlar bor ekan.

Bugun soat 23:59 gacha imkoniyat bor.

Media Hasharga ro’yxatdan o’tish faqat @MediaMahallaBot, chet eldagilar uchun esa faqat @MediaMahallaRaisBot orqali! Boshqa hech qanday profil mavjud emas!

Ro’yxatdan o’tishingiz bilan yopiq kanaldagi maxsus so’rovnomani to’ldiring. Aks holda sizning blog/kontentingizni tahlil qilishga Raisning vaqti yetmasligi mumkin :)

@Media_Mahalla

Media Mahalla

18 Feb, 11:14


Mahalladoshlar, kimdir sizga shunday profil orqali yozsa, javob bermang.

Media Hasharga ro’yxatdan o’tish faqat @MediaMahallaBot, chet eldagilar uchun esa faqat @MediaMahallaRaisBot orqali!

Hozir ro’yxatdan o’tish to’xtatildi.

Kimdir sizga “yordam” bermoqchi bo’lsa ishonmang! Ular qalloblar!

Raisni qo’liga tushsa adabini beradi!

@Media_Mahalla

Media Mahalla

17 Feb, 07:58


Matnli kontentni sevadiganlar uchun yaxshi yangilik. Mark Zuckerberg Instagram va Facebook da telegram kanallarning g’irt ko’chirilgan ko’rinishini taqdim etdi.

Shaxsan men aynan matnli blog yuritishni yaxshi ko’raman. Telegram kanalim instagram yoki Facebook sahifalarimga nisbatan aaancha faol.

Ko’chirmachilikka qarshi bo’lsamda, bu menga o’xshagan matnchi blogerlar uchun ajoyib imkoniyat.

Sizchi? Matnli yoki video kontent bilan ko’proq shug’ullanmoqchisiz? Hasharda bu haqida albatta gaplashamiz!

@Media_Mahalla

Media Mahalla

16 Feb, 15:52


Media Hashar kimlar uchun?

1) Blog yuritishni rejalashtirayotgan, ammo o’ziga yo’nalish topishda qiynalayotganlar; yo’nalish va format tanlash uchun ma’lumot va maslahat qidirayotganlar.

2) Blog yuritayotgan, ammo natijalaridan qo’niqmayotgan va kontent sifatini oshirmoqchi bo’lganlar.

3) O’z faoliyati/kasbi/biznesini kontent yordamida tanitish orqali mijozlar sonini oshirmoqchi bo’lganlar.

4) Kontent mualliflari bilan hamkorlikda ishlamoqchi bo’lganlar. Reklama agentliklari, tadbirkorlar. Bo’lar-bo’lmas blogerlarga pul sarflamaslik uchun, kontent sifatini baholash o’rgatiladi. :)

Izohlarda siz qaysi guruhga mos kelishingizni yozing.

Ro’yxatdan o’tish uchun: @MediaMahallaBot dan foydalaning.

Chet elda yashayotganlar: @MediaMahallaRaisBot orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Hashar dasturi: mediahashar.uz

Media Mahalla

16 Feb, 15:09


“Media Hashardagi ma’lumotlar faqat 7 kun davomida jonli efirda beriladimi? Meni vaqtim bo’lmasligi mumkin” degan savollar kelmoqda.

Hashar 20 fevraldan 26 fevralgacha har kuni soat 20:00 dan 23:00 gacha jonli efirda o’tkaziladi.

Hat bir jonli efir sifatli formatda yozib olinadi va ishtirokchilar uchun 1 yil davomida ma’lumotlarni qayta ko’rish imkoniyati bo’ladi.

Hashar davomida ishtirokchilarning blog va kontentlari tahlili, hamda savol javob jarayonlari bo’lib o’tadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun: @MediaMahallaBot dan foydalaning.

Chet elda yashayotganlar: @MediaMahallaRaisBot orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Hashar dasturi: mediahashar.uz

@media_mahalla