♾ @maxzunliksiz_pg Channel on Telegram

@maxzunliksiz_pg


E'tiboringizni suratlarga emas, matnlarga qarating. Manfaat o'sha yerda ko'proq...💚

Bu dunyo uchun maxzun bo‘lmang..)

(Uzbek)

Rivojlantirish Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Kanalimizda maxzunlikning, xususan matnlarga berilgan e'tibor mavzulari ustida muhokama qilinadi. Manfaat o'z mavzulari ostida doimiy ravishda yangilanadi va obuna bo'lganlar uchun faol tartib vaqtida o'z fikrlarini almashish imkoniyati mavjud

Kanalimiz maxzunlik olg'asini ko'proq milliy yaratishning o'ziga ko'rsatadi. Bu orqali, o'qituvchilar, yozuvchilar, blogerlar va hamma maxzunlik niyati bilan matnlarni tushunarliroq va ta'sirliroq yaratish imkoniyatini topishadi

Buning orqali, siz ham o'z fikr-mulohazalaringizni boshqalar bilan baham ko'rish va o'ylash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanalimizga obuna bo'ling va maxzunlik ustida muhokama qiling!

06 Jan, 15:34


📚Balki, sen ham men kabi qalbingga og'riq bergan jumlalarning tagiga chizib, belgilab qo'ygandirsan.

💡Sening og'riqlaringni bilish va uni davolash uchun ham, sen o'qigan kitoblarni o'qishni xohlayman...

@maxzunliksiz_pg

01 Jan, 09:37


#duo

اللهم بارك لنا في رجب وشعبان وبلغنا رمضان

Allohim, Rajab va Shabon oylarida bizga baraka ato etgin va bizni Ramazonga yetkazgin!

@maxzunliksiz_pg

22 Dec, 04:12


Huvillab qolmaydi sensiz bu olam,
Do'stlaring zor emas bilganingchalik.
O'lsam ne bo'lgay deb sira tortma g'am,
Ketganing xabari kelganingchalik.

Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi-gohida
Hatto o'zingga ham keraging qolmas.

@maxzunliksiz_pg

07 Dec, 18:36


🪶قال رسول الله ﷺ :
[ إن البيت ليتلى فيه القرآن، فيتراءى لأهل السماء كما تتراءى النجوم لأهل الأرض]

🪶Rosululloh 🤍 aytadilar:
"Ko‘kdagi yulduzlar yerdagilarga qanday ko‘rinsa, Qur'on o'qiladigan uy osmon ahliga xuddi shunday ko‘rinadi".

Bayhaqiy rivoyati

@maxzunliksiz_pg

26 Nov, 18:30


Bola otasidan so'radi:
- Mening kulishim bilan siznikining farqi nima?
- Sen hursand bo'lganingda kulasan, men seni hursand ko'rganimda!

@maxzunliksiz_pg

21 Nov, 09:04


☺️

@maxzunliksiz_pg

15 Nov, 13:17


Birovning sochiga oq, yelkasiga yuk, qalbiga yara bo'lmay jimgina ketsang bu olamdan...

@maxzunliksiz_pg

07 Nov, 11:06


“FATVOTOPARGA”

Deding: “Ogʻzingni yum, ey betgachopar,
Hijob – arablarning milliy kiyimi”.
Xoʻp, mayli, ayt unda, ey “fatvotopar”
Azon – arablarning “milliy kuyi”-mi?

Nahot nozil boʻlgan “Allohning Nuri”
“Alloh soyasi”dan sen-chun quyidir?
Balki bilmaydi biz – omilar turi,
Kaʼba – arablarning oddiy uyidir?

Sening fatvolaring koʻngil ilitmas,
Bamisoli qishning qaxratonidir.
Balki rasulimiz, rasul ham emas,
Arablarning “milliy qahramoni”dir?

Qilmoq darkor emas, balki savobni,
Balki, zino halol, bizning mazhabda?
Balki, kofir dersan, Ibn Xattobni,
Balki, gunoh yoʻqdir, Abu Lahabda?

Balki, biz tabiat mahsulidirmiz,
Yoʻq Haqdan behuda qoʻrqib yuribmiz?
Oʻzi nima qilib, adashgancha biz,
Arablardek namoz oʻqib yuribmiz?

Balki ikki hayit, Laylat-ul Qadr,
Faqat arablarning “milliy bayram”i?
Balki bizning shior, yutguncha qabr,
Kayfu-safo ayla, oʻyna, yayra-mi?

Axir sen oqilsan, “toʻgʻri yoʻl” koʻrsat,
Axir bizlarning ong, mayib-majruhdir.
Balki livotaga topursan ruxsat,
Balki, nikohlanmoq butkul makruhdir?

Shuncha adashmoqqa koʻngil zormidi,
Behuda aytibmiz, Ismi Aʼzamni.
Muqaddas deyishga balo bormidi,
Arablar ichguvchi obi Zam-Zamni?

Yomon adashibmiz, musulmon boʻlib,
Oʻshal Mahmudxoʻja Behbudiylar-cha.
Oz-moz vijdonimiz, qolmasdan oʻlib,
Kel, unda yashaylik yahudiylar-cha!

Yashaysan mushk emas, yolgʻonlar sepa,
Koʻnikdik, zaboning oʻqligigayam.
Astagʻfirullohu, buyursa “tepa”
Fatvo topgung, Alloh yoʻqligigayam.

Lek oʻlsang netarmiz, oʻy shu – kunu tun,
Bir kun tugaganda Haqning atosi.
Kafanlay olmaymiz, axir sen uchun,
Kafan ham arabning “milliy mato”si...

Muallif: Abdurahmon Meshayan

Attajvid academy

03 Nov, 12:45


#tahrirsiz_õylar

Choyning tarkibi har doim bir xil. Ammo kim suhbatdosh bo'lishiga qarab ta'mi o'zgaradi...

@maxzunliksiz_pg

02 Nov, 16:37


Bir vaqtlar yig'laganingni eslab kulishing mumkin. Bir vaqtlar kulganingni eslab yig'lashing ham mumkin...

@maxzunliksiz_pg

23 Oct, 16:41


https://t.me/bismillah_sg/s/1

21 Oct, 18:47


—Yaxshimisan?

….charchadim desam, charchoqlarimni olasanmi?
qalbim ogʻriyapti desam, unga malham boʻlasanmi?
ketgim kelyapti desam, olib ketolasanmi?
nafas ololmayapman desam, menga havo boʻlasanmi?
yolgʻizman desam, bag'ringga bosasanmi?
baxtliman desam, yonimda boʻlasanmi?
javobim qanday boʻlishidan qat’iy nazar, dalda berasanmi?…

—yaxshiman!

•Farohun

@maxzunliksiz_pg

13 Oct, 16:16


@maxzunliksiz_pg

12 Oct, 19:35


Kimdir #mahzunligi sabab tuni bilan uhlay olmaganini aytsa menga erish tuyulardi. Uyqum qattiqligini inobatga olib, "Menda unday holat bo'lmasa kerak" -, deb o'ylardim...
Katta ketmasam bo'larkan

12 Oct, 11:39


🌧 ٱللّٰهُمَّ صَيِّـبًا نافِـعًا

28 Sep, 13:58


Unga imkonsiz narsaning o'zi yoʻq, siz esa imkoni bo'lgan narsaga noumid bo'lib yig'laysiz..!

@maxzunliksiz_pg

27 Sep, 10:38


YODNOMALAR

Bir kecha Payg'ambarimiz ﷺ yonida ikki sevimli birodari: Abu Bakr va Umar rodiyallohu anxular aylanib yurib, miriqib Quro'n o'qiyotgan bir kishini uchratib qoldilar. Bilasizmi, bu zot kim edi? Bir vaqtlar cho'pon-qul bo'lgan, so'ngra islomni qabul qilib, bu muborak dinga unitilmas xizmatlar qilgan Abdulloh Ibn Mas'ud edi.

Payg'ambarimiz ﷺ ikki birodari bilan Abdulloh Ibn Mas'udning go'zal qiroatlarini tinglar ekan, qiroat tugagach, «Quro'ni karimni tushirganidek go'zal o'qishni istaganlar Ibni Ummu Abdning ( Abdulloh Ibn Mas'ud ) o'qigani kabi o'qisin» dedilar.

@bismillah_sg

24 Sep, 08:58


{ وَلَهُ ٱلۡجَوَارِ ٱلۡمُنشَـَٔاتُ فِی ٱلۡبَحۡرِ كَٱلۡأَعۡلَـٰمِ } Dengizlarda tog'dek bo'lib suzib yuruvchilar ham Unikidir

{ فَبِأَیِّ ءَالَاۤءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ }
Bas, Robbingizni qaysi ne'matlarini yolgʻon deya olursiz?!

•Rohman surasi

@maxzunliksiz_pg

08 Sep, 03:52


Insonni bir chimdim mehr bilan yashnatish, bir zarra qahr bilan qaqshatish, mudom befarqlik bilan esa o'ldirish mumkin...

@maxzunliksiz_pg

31 Aug, 13:17


@maxzunliksiz_pg

28 Aug, 13:51


Hech qaysi inson oʻzidan oʻzi yolgʻizlikni sevib, odamovi boʻlib qolmaydi.
Yaxshi niyatlarini oʻldirganingiz, ishonchini sindirganingiz, mehnatini yoʻqqa chiqarganingiz, harakatlariga toʻsiq qoʻyganingiz, fidokorligiga qiymat bermagan insoningizga “sen oʻzgarding” deyish — buyuk bir ma’naviy haqsizlik, adolatsizlikdir.

•Farohun

@maxzunliksiz_pg

17 Aug, 02:29


Tasodiflar yoʻq bu dunyoda
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida
Biz anglamas buyuk hikmat bor!

Sen qaydayu, men qayda edik
Go'yo quyosh, go'yo oy ayro
Buni Hudo istamaganda
Bo'larmiding qarshimda paydo.

Charchagandim yo'llaring kutib,
Muhabbatning ko'zlari ojiz
Mana endi bir lahza o'tib -
Go'yo eski tanishlardekmiz!

Sen qismatga ishonasanmi?
Ko'rganmisan meni qaydadir?
Bilsang, buni - mo'jiza emas
Taqdir derlar, azizam, taqdir...


@maxzunliksiz_pg

15 Aug, 23:46


@maxzunliksiz_pg

08 Aug, 13:35


Qushlar qushlarning yonida, yaproqlarning yonida yaproqlar... Hech bir narsa yolg'iz qolmaydi bu dunyoda insondan bo'lak!

@maxzunliksiz_pg

05 Aug, 16:29


Dua görünmezdir ama imkansizi mümkün kılar. Harikalar yaratmak Allah'in işidir. Bizim işimiz basit: dua et, inan ve bekle...

@maxzunliksiz_pg

29 Jul, 04:57


@maxzunliksiz_pg