BAXT NURLARI 🌔 @baxt_nurlari Channel on Telegram

BAXT NURLARI 🌔

@baxt_nurlari


"Бахтли бўлганлар жаннатдадирлар...
Бу туганмас инъомдир" Ҳуд:108.
Жаннатдаги бахт сари!
"Бахтли бўлганлар" сафида бўлиш учун!
Мурожаат: @BaxtnurlariBOT
Яна: @Statussiz_suratlar
https://www.instagram.com/uvaysiy_badriya/profilecard/?igsh=cngzcTNxMWttZ2J4

BAXT NURLARI 🌔 (Uzbek)

BAXT NURLARI 🌔 kanali jannatning eng zaif joylaridan biri bo'lgan qiziqarli bozor. Bu orqa tomoshabozi sizga har kuni energiya va manzillik yo'llarini ko'rsatib turadi. Jannatdagi baxt sarimi sizni o'zidan o'zingizga ko'tarib beradi! Agar siz ham jannatdagi baxt sarimdan istifoda olishni istasangiz, shu bilan birgalikda bo'lishingiz kerak. Baxtli bo'lmoq uchun BAXT NURLARI 🌔 kanaliga obuna bo'ling! Sizning jannatdagi baxtingiz bilan uchrashingizni kutib qolamiz! @baxt_nurlari

BAXT NURLARI 🌔

02 Jan, 01:13


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Assalomu alaykum va
rohmatullohi va barokatuh!
🤲 Tonglariga huzurli ibodatlari,
go‘zal duolari bilan fayz
bag‘ishlagan siz dindoshimga
Allohdan jamiki yaxshiliklarni
so‘rayman!
🥰 Kuningiz O‘zining shukrida va
zikrida, xush kayfiyatda o‘tsin!
💞 Qalblarimiz unda tajalliy
bo‘lganlarga omonat!

BAXT NURLARI 🌔

01 Jan, 12:17


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

17-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

01 Jan, 11:56


#Hayot_haqiqati

📌 “Telegram“, ''Instagram'', “Facebook“, “YouTube“ga vaqt sarf qilganingizchalik Qurʼonga e'tibor berib oʻqiganingizda...

Eng kamida har oy bir yoki ikki marta xatm qilgan boʻlardingiz!


Umringizni nimalarga almashyapsiz???

BAXT NURLARI 🌔

01 Jan, 07:16


#Ilinganim

🎙Abdukarim Mirazyev.

Og'riqlar...
Iztiroblar...
Huzunlar...
Bo'lmagan qalbda muhabbat bo'lmaydi...

BAXT NURLARI 🌔

01 Jan, 03:18


#Eslatmaaa


📌 Ражаб ойининг дуоси

Пайғамбаримиз алайҳиссалом Ражаб ойи кирганида мазкур дуони қилар эдилар:

🤲 “Аллоҳумма  барик лана фи ражабин  ва шаъбона ва баллиғна Рамазона''.

📚 Маъноси:

🤲 Эй Аллоҳ, бизлар учун Ражаб ва Шаъбон ойларини баракали қилгин ва бизни Рамазон ойига (омонликда) етказгин!

Жаннатдаги бахт сари...!

BAXT NURLARI 🌔

01 Jan, 01:20


#Xayrli_kun_qadrligim


🫠 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
🤲 Янги йилдан ҳам хайрлироқ бўлган 🥰 Янги муборак ой - Ражаб ойи барчамизга барокатли ва саодатли бўлсин!
🤲 Аллоҳим улуғ кунларнинг хойру барокатидан нафлантирсин! Ўзи рози бўладиган амаллар устида яшатсин!

📿 Аллоҳумма лакал ҳамду кама ямбағи ли жалали важҳика ва ли Азими султоник!
📿 Аллоҳумма солли аълаа саййидина Муҳаммад ва аъла алии ва соҳбиҳи ва саллим!

BAXT NURLARI 🌔

01 Jan, 00:05


صباح الخير 🥰
سنة جديدة سعيدة🤲

BAXT NURLARI 🌔

31 Dec, 13:18


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

16-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

31 Dec, 11:11


#Nazm_vaqti


ЯНГИ ЙИЛ КЕЧАСИ

Кўнгил маъюс тортди йилнинг сўнгида,
Билмам, ниманг билан сеҳрладинг, қор.
Бугун куппа-кундуз кўзим ўнгида,
Яна бир ёшимни ўғирладинг, қор.
Қирқинчи қасримга ўтайми энди,
Кечаги ёшлигим эртакми энди?..

Баҳорим етгудек қўлим узатсам,
Етолмай дилимни не деб юпатсам.
Лайлакқор, азизим, ғалат байрам бу —
Кулиб кузатсамми, йиғлаб кузатсам...
Дардим жим ичимга ютайми энди,
Кечаги ёшлигим эртакми энди?

Сўрсанг, севинчимдан ўкинчим кўпроқ,
Сендан-да кумушроқ сочимдаги оқ.
Йилим келмай туриб, йилим кетмоқда,
Кўзда табассум-у киприкда титроқ.
Мен ҳам сал шошдим-да, қайтайми энди,
Кечаги ёшлигим эртакми энди?

Янги йил,
Келавер қандай келсанг ҳам,
Кимлар етди сенга, кимлар етмади.
Сен янги йўлдошсан, сен янги ҳамдам,
Йўқлаб келганингни ўзи бир байрам.
Қулоғингга бир гап айтайми, энди,
Кечаги ёшлигим эртакми, энди...

Муҳаммад ЮСУФ

BAXT NURLARI 🌔

31 Dec, 05:09


Allohga hamd ayting...

BAXT NURLARI 🌔

31 Dec, 01:07


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Ассалому алайкум ва
роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

🤲 Аллоҳим ҳар бир қилаётган
хайрли ишларингиздан,
босган ҳар бир
қадамларингиздан
рози бўлсин!

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 15:25


#Xayrli_tun_qadrligim

Bilmaysiz, kimlarning duosida borsizu...
Qaysi amallaringiz sabab yaxshi yuribsiz...

🌔 Osuda kechalar,
Yaxshi insonim!

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 14:39


#Suhbatlardan

- Seni qilayotgan orzularing,
niyatlaring reallikdan uzoq,
imkoniyatlaringdan tashqarida.
O'zingga ortiqcha ishonasan.
- Men o‘zimga, o‘z
imkoniyatlarimga emas,
Robbimning qudratiga
ishonib niyat qilaman!
Beraman desa
''Bo‘l'' deyishi kifoya!

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 13:18


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

15-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 12:33


#Kechinmalar


Meni oshiq demasinlar
o‘zingga hech,
Haqni yaxshi ko‘rishingni
sevaman man...!

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 10:11


Lekin muhabbat...

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 06:57


''Ey, qalb,
Yunus Emro aytganidek:
parchalangan bo‘lginu,
ko‘ngil parchalaguvchi
bo‘lma!''

BAXT NURLARI 🌔

30 Dec, 04:02


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

😇 Hayotda o‘z qadriyatlaringiz, shaxsiy fikringiz va yurayotgan yo‘lingizga ishonch bor bo‘lsa, faqat olg‘a intiling!
😊 Atrofdagilarga parvo qilmang!
Zotan, har inson amalingizga guvoh bo‘lar...
Niyatlaringiz esa qalbingiznikidir!
🥰 Xayrli va go‘zal niyatlar ila yilni yakunlab, xush kayfiyat, davomiy xayriyat va go‘zal saodatlar tilab qolaman, azizlarim!

🤲 Baxt nurlari doimo sizga hamroh bo‘lsin! Nurni his qilmagan vaqtlaringizda An-Nur deb zikrda bo‘ling, chunki, har bir yorug‘lik, xursandchilik Undan!

BAXT NURLARI 🌔

29 Dec, 12:17


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

14-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

29 Dec, 05:21


#Kun_hadisi

Набий соллаллоҳу
алайҳи васаллам дедилар:
"Мўъминга етган оғриқ,
машаққат, касаллик, хузун,
ҳатто уни қийнаган қайғу
аламни Аллоҳ унинг
гуноҳларига каффорот
қилади".

Имом Бухорий ривоятлари.

🥰 Қадрдоним, хаттоки
маҳзунлигимиз ҳам бизнинг фойдамизга!

BAXT NURLARI 🌔

29 Dec, 01:11


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Ассалому алайкум ва рахматуллоху ва барокатух!
🤲 Дам олиш кунингиз аъло кайфиятда ўтсин!
🤲 Режалаштирган ишларингиз амалга ошсин!
🤲 Серибодат, сермазмун ўтсин!
🥰 Албатта, икки дунёйингизга манфаатли кун бўлсин!

BAXT NURLARI 🌔

28 Dec, 15:20


#Xayrli_tun_qadrligim

📌 Fotiha surasi
Tinglang...

Atigi bir daqiqa!
Qalbingiz orom olsin...
Ruhingiz dam olsin!!!

🌔 Osuda kechalar, Dildoshim!

BAXT NURLARI 🌔

28 Dec, 12:17


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

13-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

28 Dec, 09:21


😊🥰 Bu sahifada hamma
noyoblar yig‘ilgan...!

❤️ To‘g‘ri!
👍 O‘qiyman xolos!
😁

BAXT NURLARI 🌔

28 Dec, 09:20


Ноёблар...

BAXT NURLARI 🌔

28 Dec, 04:41


#Kechinmalar


📌 Alloh sening sukunatingni
ham eshitadi! Kimdir sen
haqingda sukut bilan, so‘zsiz
ko‘z yoshlar bilan shikoyat
qilishidan O‘ZING SAQLA!

KO‘NGIL SHU QADAR
NOZIKKI, BA'ZAN SIROT
KO‘PRIGIDEK DEGIM
KELADI. CHUNKI, KO‘NGILDAN
YIQILGANGA ORTIQ
IMKON YO‘Q!

BAXT NURLARI 🌔

28 Dec, 02:31


#Xayrli_kun_qadrligim

🌹 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
🥰 Кумуш қишнинг яна бир мунаввар тонги муборак бўлсин !
🤲 Кунингиз хайру баракотга тўлиқ ўтсин ва солиҳ амаллар ила зийнатлансин.

Умму Салама онамиз розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тонг отса:
''Аллоҳумма инний ас`алука ъилман нафиъан ва ризқон тоййибан ва ъамалан мутақоббала'', деб айтар эдилар.
Маъноси: “Аллоҳим, Сендан фойдали илм, покиза ризқ, қабул бўладиган амал сўрайман”
Ибн Можа ва Ибн Сунний ривоятлари.

BAXT NURLARI 🌔

27 Dec, 13:18


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

12-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

27 Dec, 05:13


#Hayot_haqiqati


Vaqt insonlarni qaritadi!
MUHABBATNI EMAS!

BAXT NURLARI 🌔

27 Dec, 00:11


🫠 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

🤲 Аллоҳим  кўзларимизни уйқудан очгани каби, қалбларимизни ҳам ғафлатдан уйғотсин!
🤲 Дунёни  тонг нури ила ёритгани каби ҳаётимизни ҳам ҳидоят нури ила мунаввар қилсин!
🤲 Сўрамасак ҳам исломни бергани каби, энди сўраганимиз Жаннатни берсин!
🥰 Аллоҳумма аъмин!

BAXT NURLARI 🌔

27 Dec, 00:05


لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ المَلِكُ الحَقُّ المُبِينِ🥰🥰🥰

BAXT NURLARI 🌔

26 Dec, 19:01


اللهم صلي على سيدنا محمد 📿

BAXT NURLARI 🌔

26 Dec, 07:07


#Ilinganim


📌 Sabr, halimlik, tavoze...
Bu shoyadki, ibodatlarning afzalrog‘idir ehtimol...!
😊 Boshqalar ko‘rishiga ham sababchi bo‘ling!

BAXT NURLARI 🌔

26 Dec, 04:53


Assalomu alaykum qadrdonlaaar!

🥰 Kanalimizda logo, stiker yasashni biladiganlar bormi?
😁 Istasangiz ko‘ngilli tarzda yoki pullik xizmat...
😊
@Baxt_nurlari uchun buyurtmalar bergim kelyapti.
Bot manzilimga yozinglar........!

BAXT NURLARI 🌔

26 Dec, 03:25


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Assalomu alaykum va
rohmatullohi va barokatuh!
🥰 Robbim kalomi ila islom
nurga to‘lgan ekan, uni o‘qimoq
ila siz hayotingizni nurga
to‘ldiring!
🤲 Bugungi payshanba
kuningiz barokatli bo‘lsin,
Yaxshilar!

💞 Sizni sog‘inib, sevganlar
uchun o‘zingizni asrang!

BAXT NURLARI 🌔

25 Dec, 14:05


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

11-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

25 Dec, 12:52


#Savol


Shu chiroyli manzarada,
olov taftida isinib, kimlar bilan
(yoki kim bilan) o‘tirishni
istar edingiz...?

BAXT NURLARI 🌔

25 Dec, 11:18


Bu yilgi mutolaa qilgan kitoblarimni so‘raganlar uchun maxsus:
1. ''Yechim''. Oiz Qaraniy. Inson hayotida va jamiyatdagi muammolarga yechimlar yozilgan. Xatto korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ham)) lekin, yechimni bilganingiz bilan muammoni hal qilolmaysiz😁
2. ''Asharai mubashshara''. Ahmad Muhammad. Jannat ahli bo‘lgan 10 sahoba haqlaridagi kitob.
3. ''Seni jannatda kutaman''. Sara hikoyalar to‘plami. Ijtimoiy tarmoqda rosa tarqalgan ekan. Ammo hikoyalar berilganda yozib qo‘yishmaydi kitobini.
4. ''Amallarning martabalari''. Yusuf Qarzoviy. Menimcha, eng chiroyli mutolaam shu va ''Men'' bo‘ldi. Chunki, o‘zingiz qilayotgan amalni mohiyatini anglasangiz u qiymatliroq bo‘larkan.
5. ''Alkimyogar''. Paulo Koelo. 4-marta. (maqsadlardan chekinish hissini sezsam takror o‘qiyman)
6. "Meni sevaman dema, his ettir''.
Mirach Chag‘ri Oqtosh. Nomi jimjimador, lekin ichidagilari onalarimiz aytgan nasihatlar ekan.
7. ''Bugun bomdod o‘qidingizmi?''
Rog‘ib Sirjoniy. Alhamdulillah, shu kitobni tavsiya qilgan insonlardan ham Alloh rozi bo‘lsin! Namozni boshlolmayotganlar o‘qisin. Birgina bomdoddagi xayrni ko‘rib boshlab yuborsangiz ajabmas!
8. ''Tentakning tajribasi3''. Mirzakarim Norbekov. Bu kitobni ilk bor 2014-yilda taniganman. Juda murakkab va yozilish uslubi mutlaqo o‘zgacha kitob. Bu yil shu kitobni ahd qilib o‘qidim. Chunki, hech qaysi kitobim 10 yil o‘qilmasdan turmagan. Lekin, bu kitobda g‘alati-g‘alati tavsiyalar berilgan. Ochig‘i Norbekov milyarderlarga dars beradigan inson. IQ darajalari baland. Ichida bergan amaliyotlari o‘ta foydali. Bor yo‘g‘i 2 donasini bajargan bo‘lsam ham sezildi 🙈
9. O‘zimni maqolam chiqqan kitob. Respublika bo‘ylab ijodkor talabalarning ilmiy maqolalari. Ochig‘i o‘zimni majburlab o‘qiganman. Bu senga kerak. Tengdoshlaring fikriga, maqolasiga befarq bo‘lma deb🙊
10. "Eljernonga atalgan gullar'' Daniel Kiz. Bu kitobni kanalimda alohida yozganman.
11. ''Alif''. Paulo Koelo. Buniyam sizlar bilan bo‘lishganman😊
12. "Bahor qaytmaydi''. O‘tkir Hoshimov. Filmdan ko‘ra baribir kitobi zo‘r! Alimardonga juda go‘zal jazo bergan adib! Bir boshlaganda tugatgan kitobim shu. Orasiga hech nima qo‘shmasdan mazza qilib o‘qiganim!
13. "Hadis va hayot''. Poklik bobi. 4-juzi. Islom dinining asosi deyish mumkin.
14. ''Urushning so‘nggi qurboni''. O‘tkir Hoshimov. Bu yil o‘zbek adabiyotini ko‘p o‘qiyman degandim. Yanayam unchalik o‘qimadim. Chunki, ustozimiz filolog bo‘lish uchun avvalo o‘z adabiyotimizni muxtasar bilish kerak, o‘quvchilarga chet el adabiyoti emas, o‘zimiznikilar ma'naviy yuksaklik beradi degandilar. Olgan kitoblarim ham deyarli, o‘zbek adabiyoti bo‘ldi. Ammo oz o‘qidim. 😔
15. "Tushun va bajar''. ''Nega o‘zgardim'' loyihasida tavsiya qilishgan. Pdf berishgan. Qiynalganman o‘qishga. O‘shanda menga qiziq tuyulmagan ham. Lekin bu yil chala qoldirgan kitoblarimni ham anchasini ohiriga yetkazdim.
16. "Men Robiya'' Sa'diya Erol Aykach. Bir muslimaga oyna tutgan kitob deyish mumkin. Taqqoslasangiz bugungi holingizga o‘kinchni tuyasiz... Alhamdulillah, yanayam shukur deysiz.
17. "Olim yetishtirgan onalar''. Nomidan ma'lum kitob 😊
18. "Bismillahning fazilatlari''. Xayrning kaliti deya qolay.
19. "Jannat sayyidalari''. Ayollar o‘qisin degan bo‘lardim!
20. ''Husni xulq''. Tohir Malik. Har bir inson o‘qishi kerak ekan degan xulosam.
21. ''Boburnoma''. Buyam hali majburlikdan o‘qilgan kitobning sherigi. Boburnomada kim kimning kimi bo‘lgan, taxtga kimdan keyin kim o‘tirgan, nima ishlar qilgan shunaqa asar ekan. Ohiriga borib adabiyotni, ijodini his qildim...
22. "Men''. Fotih Duman. Eng ta'sirlangan kitobim shu bo‘ldi! Nafsimni oz bo‘lsayam tanidim. Bir eshikni qattiq yopdimki, Robbim sabot bersin! Nafsimizga quloq solishimizdan saqlasin! Nauzubillah🥹🤲
23. ''Magnit ayol''. Nargiza Erkaboyeva. Ochig‘ini aytganda energiyaga to‘yinishni, charchamaslikni, kayfiyatni tez ko‘tarishni, qanday ayollardan erkak kishi uzoqlashmasligini shu kitobdan o‘rgandim. Turmush o‘rtog‘im ham ancha-buncha sovg‘alar beradigan bo‘pqoldila nimagadir 😁
24. ''Turmushning to‘rt tirgagi''. O‘tkir Hoshimov. Tugamadi hali.

BAXT NURLARI 🌔

25 Dec, 06:11


#Eslatmaaa


Робия ал-Адавиядан сўрадилар:
– Ҳақни севармисан?
– Албатта.
– Шайтонни душман тутармисан?
– Йўқ.
– Нечун?
– Кўнглимда Роҳман севгиси шунчалик тўлиб тургайки, унга шайтон душманлиги сиғмас!!!


📚 ''Тазкират ул-авлиё''

BAXT NURLARI 🌔

25 Dec, 05:27


Yaxshilar yo‘q emas...

BAXT NURLARI 🌔

25 Dec, 01:06


الحمدلله رب العالمين 🤲

BAXT NURLARI 🌔

24 Dec, 16:58


#Xayrli_tun_qadrligim


Оқшомингиз   осуда   ўтсин,
Ташвишлар ҳам тарқалиб кетсин.
Тонгда туриб боққанингизда
Кўзгу сизга табассум этсин!


🌔 Осуда кечалар, Дилдошим!

BAXT NURLARI 🌔

24 Dec, 15:24


24.12.2024-yil
20:24 !
🌔💞🌔

BAXT NURLARI 🌔

24 Dec, 15:24


#Kechinmalar


🥰 Alhamdulillah, 2024-yil uchun 24 ta kitob o‘qishni reja qilgandim. O‘rtacha bir oyda 2 ta kitob! Bundan ko‘piga vaqt masalasi ko‘ndalang keladi, balki bu mening bahonamdir, biroq.... Mus'hafi Shariyfdan ham oldimga qo‘ygan ma'lum vazifalarim bor.

🫠 Maqsadlarim ichida o‘zimda doimiy kitobxonlikni shakllantirish rejasi bor edi... 2024-yilda qisman uddaladim. Endi 2025-yilda bu limitni birozgina oshirish, sifatli o‘qish darajasini ko‘tarish maqsadini oldimga qo‘ymoqdaman. Qolaversa 2025-yil uchun bir nechta muhim odatlarni refleks darajasida shakllantirishni maqsad qilyapman.
(Hali to‘liq maqsadlarim yozib bo‘linmadi)
😇 O‘qigan kitoblarimni ta'siri, natijasi o‘zimda sezilyapti. O‘qish va yana o‘qish nafaqat ilm, balki ayrim dardlaringizga da'vo ham bo‘larkan...!

🥰 Va bu yil o‘qigan kitoblarimning 14 tasini faqat bir inson hadyasi o‘laroq, ajrini Robbim ulargayam bersin! Kitob o‘qiyman desangu, men olib beraman deydigan insoning borligi qanday baxt! Robbim O‘z roziligiga yetishtirsin Ularni!

🤗 Yana, shu o‘rinda men kitobxo‘rga kitob sovg‘a qilgan barcha yaqinlarimga rahmat! O‘zimga ham alohida rahmat! Sababi, 2024-yilda 50 dan ortiq kitoblar sohibasi bo‘ldim. Kitoblarim sezilarli darajada ko‘paydi. Xattoki, idishlar teriladigan ''stenka''mni (o‘zbekchasi nimaykin, bilmayman 🙈) kitob javoniga aylantirdim. 2025-yilda shu stenkani to‘ldiraman, inshaAlloh! To‘ldirishib qo‘yaman degan talabgorlar bo‘lsa duo qilaman 😁

😉 Xullas, 2024-yil sarhisobini asta boshladim. Boshqa yo‘nalishimda ham sizlarga ulashmoqchiman, sababi juda unumli yil bo‘libdi men uchun...

Siz rivojlanaman, o‘sishni istayman deb niyat qilavering, niyatingiz qadar yo‘llaringiz ochiladi... Robbim niyatingizga yetkazadi!

📌 2024-yil sarhisobidan ko‘nglim u qadar to‘lmasa ham, alhamdulillah, 80 % yozilgan maqsadlarim amalga oshdi.

🤫 2025-yil uchun ham astoydil bo‘lib, bir qancha haridlarni amalga oshirdim...
🤲 InshaAlloh, bugungi qilayotgan harakatlarim biiznillah kelgusida meni ma'nan, ruhan rivojlanishimda xizmat qilishiga umidvorman!

Siz ham rejalashtirilgan maqsadlar yozdingizmi?
Yozmasangiz-da o‘zi maqsadlaringiz aniqmi?
Rejalashtirilgan hayotni yo‘lga qo‘yganmisiz?
Aynan qaysi kitoblarni tugatganimni ham bo‘lishaymi?

BAXT NURLARI 🌔

24 Dec, 11:16


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

10-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

24 Dec, 05:06


#Eslatmaaa


📌 Xech nima o‘zgarmaydi...
Uning profiliga bir kunda 100
marta kirsang ham...!

BAXT NURLARI 🌔

24 Dec, 01:07


#Kechinmalar

😊 Har tong azondan oldin uyg‘onganda, azonning naqadar go‘zalligini, qalblargacha kirib borishini his qila olganingizni o‘ziyoq oliy bir ne'mat! Bebaho BAXT!
😇 Zotan, milliardlab insonlar bu ne'matdan bebahra ekanlar, siz esa baxtsizman deb o‘ylaysizmi?

📌 Bu dunyoda vaqtinchalik berilgan har bir rizq o‘tkinchidir...!
Asl baxt, asl saodat o‘zingiz bilan olib keta oladigan NE'MATLAR BILAN o‘lchansa, har bir musulmon chinakam baxtlidir...!

🥰 Xullas, xayrli tong BAXTLI DINDOSHIM!

BAXT NURLARI 🌔

23 Dec, 13:25


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

9-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

23 Dec, 12:10


#Eslatmaaa


📌 Sakkiz narsa sakkiz narsaning ziynatidir:

 Iffat - kambag‘allikning ziynati.

Shukr - ne’matning ziynati.

Sabr - balo-ofatning ziynati.

Halimlik - ilmning ziynati.

Hokisorlik - ta’lim oluvchining ziynati.

Ko‘p yig‘i - xavf va qo‘rqishning ziynati.

Minnatni tark qilish - ehsonning ziynati.

Xushu - namozning ziynati.

BAXT NURLARI 🌔

23 Dec, 05:34


#Istoriya


Shukrona dilingga
oshno bo‘lsin-u,
''Armonim yo‘q''
desang xato bo‘ladi...

BAXT NURLARI 🌔

23 Dec, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Aссалому алайкум
ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

🥰 Жума куни муборакдир, бу кунда Одам алайҳиссалом яратилган.
😊 Душанба ҳам
баракотлидир, чунки душанба куни саййидимиз Муҳаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам таваллуд топганлар.

📿 Аллоҳумма солли аъла
росул
ина Муҳаммад.
🤲 Янги кун, янги ҳафтангиз зикр ва саловатларга бой бўлсин!
🌹 Ўзингизни эҳтиёт қилинг!

BAXT NURLARI 🌔

22 Dec, 16:01


#Xayrli_tun_qadrligim

😊 Пайғамбаримиз алайҳис
солату васаллам қиш фаслини
мўминлар учун алоҳида фазли
борлигини айтганлар.
Абу Саид Худрий розияллоҳу
анҳудан ривоят қилинади:
Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи
васаллам:

«Қиш мўминнинг
баҳоридир. Кундузи қисқа
бўлади, рўза тутиб олади,
кечаси узун бўлади,
таҳажжудга туради», дедилар.
🌔 Ибодатли кечалар,
Дилдошим!

BAXT NURLARI 🌔

21 Dec, 19:01


Nima qilay menga o‘rgat,
Yurak quloq solmayapti...
Unut desam qurg‘ur telba,
Gaplarimni olmayapti.

Sensiz yashab qo‘ymas na bir,
Nafas olib bo‘lmayapti,
Sen hotirjam balki hozir...
Menga oson bo‘lmayapti...!

BAXT NURLARI 🌔

21 Dec, 10:46


#Eslatmaaa


📌 Бу ҳаётда сизни ҳаракатга келтирадиган мақсадингиз бўлсин!

Айнан ўша мақсад бу дунёдаги
баъзи синовларда синмаслигингиз,
ўзингизни йўқотмаслигингиз,
умидингиз сўнмаслигига сабаб ва туртки бўлади!

💯 Мақсадингиз сари одимлар
экансиз, хеч нарсага чалғиманг!
Зеро, мақсадга эришганда ортга
боқиб, юрган йўлларингиз билан
фахрлана олинг!

BAXT NURLARI 🌔

20 Dec, 13:34


#Islomiy_serial


🎞️ “ALLOHNING HABIBI MUHAMMAD”
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!

8-QISM
🇺🇿 o‘zbek tilida!
🎥 Oilaviy film!

😊 Har qancha o‘qisak-o‘rgansak kam!
🤲 Robbim bizni Sarvari olam, Nurul anbiyo payg‘ambarimiz alayhissalomga loyiq ummatlardan qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!

Manba:  Islom.uz

BAXT NURLARI 🌔

20 Dec, 13:14


#Suhbatlardan

- Insonlar amali bilan, niyatlari bilan
inson aslida! Chunki, hayvonlarning
dardu g‘ami qornini to‘ydirish,
nafsini qondirish. Ular boshqa
narsani o‘ylamaydilar...
Amallarimga javob beraman
degan narsa yo‘q. Chunki, aql va
ruhiyat ularga berilmagan...
Endi o‘zingiz o‘ylang...
Agar inson ham faqat qorinni
to‘qlash uchun ishlasa, nafsini
to‘ydirish uchun yashasa
Insonligi qoladimi?
- Topganimdan irfonu-ehson
qilaman demasa faqat qorin
g‘amida yurgan bo‘ladimi?
- Agarki, zarracha tafakkur
qilmasa, amallari haqida
o‘ylamasa shunday......

BAXT NURLARI 🌔

20 Dec, 10:15


#Nazm_vaqti


AJR

Yomon tushlar ko‘rsang, bosinqirasang,
“Alhamdu”ni aytgil, qochadi shayton.
Falakdan nisbangni o‘ylab qarasang,
Sen ham hazilakam emassan, Inson!!!
Seni yaratgandi aslida Alloh,
Bosh bo‘lasan, deya farishtalarga.
Lekin tinch yurmading Arshda ham, e voh,
Aralashib qolding har xil ishlarga.
Allohning qoshida bo‘lsang ham iqror.
Ajringni goh uzib, uzolmagansan.
Kechirmayin desa Ibodating bor...
Kechirayin, desa tuzalmagansan 😢

✍️ Abdulla Oripov


🥹 Rostdan ham hech tuzalmaganmiz...

BAXT NURLARI 🌔

20 Dec, 08:06


#Istoriya


Namoz....!

📌 Agar uni tark etib yashasa
tirik o‘likdir...!

BAXT NURLARI 🌔

05 Dec, 13:38


Aslida...

BAXT NURLARI 🌔

05 Dec, 09:29


#Eslatmaaa

СУБҲАНАЛЛОҲ!

Чивиннинг устида жонзот борлигини биламизми?

📌 Чивиннинг устида, унинг қонидан озиқланиб яшовчи каналар. Чивин устидаги қизғиш рангдаги бу кичик ҳашаротларни кўрганимиздан сўнг Аллоҳ таолонинг:
“Албатта, Аллоҳ чивин ёки ундан устунроқ нарсани мисол келтиришдан уялмас” оятидаги “ундан устунроқ нарса” нима эканлигини янада теранроқ англаймиз.

BAXT NURLARI 🌔

05 Dec, 03:13


#Duo_yodlaymiz_40

Тонгда ўқиладиган дуо

أَصْبَحْنَا وَأَصْبَحَ الْمُلْكُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِيْنَ اللَّهُمَّ أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذَا الْيَوْمَ فَتْحَهُ وَنَصْرَهُ وَنُورَهُ وَبَرَكَتَهُ وَهُدَاهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيْهِ وَشَرِّ مَا بَعْدَهُ.

🤲 “Асбаҳнаа ва асбаҳал-мулку лиллаҳи Роббил-ъааламиин. Аллоҳумма ас‘алука хойро ҳаазаал-йавма фатҳаҳу ва насроҳу ва нууроҳу ва барокатаҳу ва ҳудааҳу ва аъуузу бика мин шарри маа фийҳи ва шарри маа баъдаҳу”.

Маъноси:
🤲 “Биз ҳам, мулк ҳам оламлар Парвардигори Аллоҳники бўлган ҳолда тонг оттирдик. Ё Аллоҳ! Сендан бу куннинг фатҳини, ғалабасини, нурини ва баракасини ҳамда ҳидоятини сўрайман. Ё Аллоҳим! Сендан бу куннинг ва кейинги кунларнинг ёмонликларидан паноҳ тилайман!

BAXT NURLARI 🌔

05 Dec, 01:22


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Ассалому алайкум ва
роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
😊 Омонат дунёда омонмисиз, Дилдошим?!
Демишларки: "Бу ҳаётдан
бахтни изламанг, ҳаёт
эканингизнинг ўзи бахт!"
Нечоғлик ҳақиқат, тўғрими?
🥰 Бахт бу менман, дея
янги кунни бошлаймиз!

🤲 Пайшанба кунингиз
Роббимга хуш ёқувчи
амалларингиз ила безансин!

BAXT NURLARI 🌔

03 Dec, 13:18


#Eslatmaaa


📌 Yo‘lda yurganda o‘ng qo‘l qoidasiga amal qilish - odobdir!

📌 Jamoat transportida qo‘ng‘iroqlarga ''keyin qayta bog‘lanaman'' deyish - farosatdir!

📌 Hamma bilan bir davrada bo‘lganda bir inson bilan shivirlashish - aqlsizlikdir!

📌 Yo‘lda keta turib, erkaklarning oldiga tushvolish - hayosizlikdir!

📌 Zamonaviylikning avjida turib ''qalbim toza'' deyish - ahmoqlikdir!

Har qancha zo‘r bo‘lma, zo‘rlardan ham qolgan dunyoligini unutmaslik - donolikdir!

BAXT NURLARI 🌔

03 Dec, 05:24


#Ilinganim


Tелевидение, радио, киносаноат, газета ва журналлар муҳим бир вазифада беллашмоқдалар.
У вазифа - инсонни ўзидан ўғирлаб кетиш!

Мустафо Маҳмуд, "Шайтон ҳукмрон" китобидан

@MubashshirAhmad

😢 Аммо, мен доим ўзингизни топишга ундаяпман! Сизни сиздан ўғирлаган, ўғирлаётган бўлсам...
🥹 Рози бўлинг!

BAXT NURLARI 🌔

03 Dec, 03:57


#Istoriya


🤲 Baxtimizga sog‘ bo‘ling...
🥰 Jannatim onajonim!

BAXT NURLARI 🌔

03 Dec, 01:17


#Kechinmalar


Тўғрисини айтсам,
постларимни, ёзганларимни режалаштиришдан зерикдим.
"Свежий" жойламоқчиман постларни 😁
Хайрли тонг, мени НУРЛИЛАРИМ!

BAXT NURLARI 🌔

03 Dec, 01:16


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

😊 Яна бир мўжизага гувоҳ бўлганимиз учун алҳамдулиллаҳ!
📌 Мўжиза нима дейсизми?
Ўлганимиздан сўнг яна руҳларимиз ато этилди! Аҳир уйқу ҳам кичик ўлимдир!
😇 Бир куни мангу уйқуга кетамиз ва асрлар оша руҳимиздан ажраламиз!
Ва қиёмат ила тириламиз...
🤲 Роббим омонатни олгунига қадар бу мўжизавий тонг - неъматларини камида яна 80 йил кўришингизни, (менгаям) насиб этсин 😊

🤗 24 соатингизни шундай тақсимлангки, ўзингиз учун, танангиз руҳингиз ва қалбингиз учун албатта вақт ажратинг!
🙂 Зеро, ўзимиз ёлғиз кетамиз!
Меҳр денгизига шўнғидим:
Сизни қучиб қоламан, Қадрдоним!

BAXT NURLARI 🌔

02 Dec, 11:16


Siz ham kimnidir...

BAXT NURLARI 🌔

02 Dec, 05:10


#Ilinganim
©Bintusodiq


📌 ЭРНИНГ БУРЧЛАРИ

😊 Oқшом чоғи аёлнинг бурчлари қўйилади.

BAXT NURLARI 🌔

02 Dec, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim


🫠 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
🥰 Жисмингизга соғлиқ, қалбингизга хотиржамлик тилаб яна бир кун ила қутлаш насиб этди!
🤲 Кунларимиз файзли, ҳар амалларимиз хайрли бўлсин!
🤲 Янги кун, янги ҳафта муборак, Яхшилар!

BAXT NURLARI 🌔

01 Dec, 13:18


😊 Qishni quvonch bilan kutib olganlarga As-Salom!
🤲 Uylaringiz qalbingizdan ham qaynoq bo‘lsin!
🥰 O‘chog‘ingizdan taft, quchog‘ingizdan baxt arimasin, qadrligim!

🌨 Qishning ertaknamo oqshomlariga xush kelding deymiz!!!

🌔 Xayrli oqshomlar, Dildoshim!

BAXT NURLARI 🌔

01 Dec, 12:17


#Eslatmaaa


Lekin...

Doim qayerda ekan shunaqa insonimiz deyavermasdan... Biz ham kimningdir shunday insoni bo‘lishga harakat qilaylik...!

Balki, hayotimizda bordir...
Yo‘qdir... Balki, taqdir emasdir...

Ammo qalbdan, yurak-yurakdan insonlarni ana shunday seva olish biz uchun ham baxt bo‘la oladi!

Chunki berganingiz qadar olarsiz...

BAXT NURLARI 🌔

01 Dec, 10:29


Channel photo updated

BAXT NURLARI 🌔

01 Dec, 06:11


Ba'zan....

BAXT NURLARI 🌔

01 Dec, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🫠 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
🌨 Қиш фаслига етказган Роббимга ҳамдлар бўлсин!

😊 Бу Дунёнинг ишлари Аллохнинг измидадир...! Барчанинг, шунингдек сизнинг хам ризқингиз тақсимланган, тақдирингиз белгиланган...!
🥰 Бу дунё ташвишлари сиқилишингизга арзимайди... 
Шундай экан, Ўзи берган хушвақт дамларини шукрда, махзунлик онларини эса сабрда ўтказайлик...!

📿 Ҳар ҳолимизга алҳамдулиллаҳ,
ҳар гуноҳларимизга астағфируллоҳ!

BAXT NURLARI 🌔

30 Nov, 15:20


O‘zlari....

BAXT NURLARI 🌔

25 Nov, 15:20


😊 Tafakkur qilaman degan insonga Yerdagi har bir zarralardan tortib,
🥰 Osmondagi Oygacha ibrat bor...
📌 Oy ham bir to‘lin bo‘lsa, bir hilol bo‘ladi. Bir qarasangiz nuridan butun olam zulmatlarini yoritsa, bir qarasangiz o‘zini borligini ham sezdirmaydi...!

😔 Hayotingizdagi ayrim insonlar ham shunaqa. Sizga borligini sezdirmasa ham Ular yo‘q degani emas...!
Oy ham osmondan yerga boqqani kabi, Ular ham Sizni olislardan kuzatadilar...! Sizni eslaydilar...!
Sizni duo qiladilar...!

BAXT NURLARI 🌔

25 Nov, 10:15


#Nazm_vaqti


KUZ BAYOTI....

Atlas libosini kiyib olgan kuz,
Go‘yo har lahzada yalt-yalt tovlanar!
O‘qotar termulib boqadi mayus,
Qahrabosi ila qalblar ovlanar...

Bir boqsang ko‘zlaring ola bilmaysan,
Toshdek qotadirsan qo‘yar sehrlab!
Tunlar qarog‘ingga uyqu ilmaysan,
Kuzning dardlariga ming davo izlab.

Hamdardsan o‘zingcha, kuz - baxtiqaro!
Adashding!
Dunyoda Undan baxtli yo‘q!
U aytar, baralla: - Ey qalbiyaro
kuzning baxtga...
baxtning kuzga daxli yo‘q!

Menda ko‘rganlaring asli ichingdir!

OYMOMO

BAXT NURLARI 🌔

25 Nov, 05:10


Dunyo...

BAXT NURLARI 🌔

25 Nov, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Muhabbat – loyiq bo‘lganlar uchun,
Vafo – unutmaganlar uchun,
Do‘stlik – sodiq bo‘lganlar uchun,
Hayot esa tabassumni bilganlar uchundir...!

😊 Tabassumi ila hayotni O‘ziga qarata bilganlarga yangi kun, yangi hafta barokatli bo‘lsin!
🤲 @Baxt_nurlari har onimizni munavvar qilsin!
🥰 Duolaringiz ijobatini ko‘rib yashang!

BAXT NURLARI 🌔

23 Nov, 13:18


#Ilinganim


🎙Абдуллоҳ домла.

📌 Хотирани яхшилашни йўллари.

Яқинларингизга ҳам улашинг...!

BAXT NURLARI 🌔

23 Nov, 11:16


Sevmoq...

BAXT NURLARI 🌔

23 Nov, 08:13


#Mutolaadan


📌 Eng osoni - o‘zgalarni ayblash. Bir umr dunyoni ayblab o‘tish mumkin. Ammo bizning muvaffaqiyatimiz va omadsizliklarimiz faqatgina o‘zimizga bog‘liqdir.

📌 Muhabbat har doim biz o‘lim deb ataydigan o‘lchamdan g‘olib kelgan. Sevimlilarimiz uchun ko‘z yosh to‘kaverish yaramaydi. Chunki, Ular doim sevimli bo‘lib qolaverishadi va doim yonimizda bo‘lishadi. Buni qabul qilish oson emas, ishonmaydigan insonga esa tushuntirishdan ma'ni yo‘q...

📌 Siz men doim ishongan bir narsani tasdiqladingiz: odamlar doim bir-birlariga kerak bo‘lishgan paytda uchrashishadi. Meni o‘zimdan qutqardingiz...

📌 Biz o‘zgalar bilan emas, balki o‘zimiz bilan kurashamiz doim. O‘z ustidan g‘alaba qilgan odam esa barini zabt etadi...

📌 Olam yo‘li o‘z g‘azabini ichida saqlash va yaqiniga ozor yetkazmaslikdan iboratdir...

📌 Ba'zan faqat qo‘rquvgina qalbni Haq yo‘lga boshlashi mumkin...


📚 ''Alif''

BAXT NURLARI 🌔

22 Nov, 10:15


#Hayot_haqiqati


📌 Сизни 53596130526 одам ғийбат қилмоқда.

Рақамларга эътибор бермаганингиз каби уларга ҳам эътибор берманг!

BAXT NURLARI 🌔

22 Nov, 07:12


#Eslatmaaa


😊 Yapon madaniyatida "kinsugi" deb nomlangan san’at turi bor. Unga ko‘ra biror buyum singanda uni oltin bilan tuzatishadi va bu orqali uning qiymatini oshirishadi.

🥰 Hayot ham seni sindirib qo‘ysa, sen o‘zingning oltin xususiyatlar bilan o‘zingni tuzat!
🥰 Sabr qil!
🥰 Taslim bo‘lma!
Ishon, bu sening hayotingning qadrini oshiradi.

BAXT NURLARI 🌔

22 Nov, 05:10


#Hayot_haqiqati


📌 Hech e'tibor berganmisiz?
Bola ayb ish qilib ota-onasining
qoshida mulzam bo‘lib,
aybdorona....
bosh egib turganiga....!?
U hali bola, norasida...
Xatosini bilmay qilgandir...
Bilib qilgandir...

Lekin Biz-chi???
Biz bir kuni Uning huzurida
qanday turamiz?
Tafakkur qilaylik...!
Tavbalar qilaylik...!

BAXT NURLARI 🌔

22 Nov, 01:06


#Juma_muborak_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

😊 Роббим Сизу-бизга икки дунёнинг энг гўзал ва улуғ неъмати бўлган иймон билан ризқлантирган!
🥰 Мусулмон инсон борки, Мадинаи мунавварани, Маккайи мукаррамани орзулаб яшайди...
🤲 Айни лаҳзаларда бу муборак манзилларга ошуфта қалбингизни Роббим ўз байти дийдори билан хушнуд қилсин! Ўзи чақирсинки, Сиз кутмаган ҳолдаям етквзиб қўйсин...

📿 Аллоҳумма солли аълаа саййидина Муҳаммад!

BAXT NURLARI 🌔

21 Nov, 16:21


#Kechinmalar


''Sen ham men uchun shunaqasan''.

📌 Haa, ba'zi insonlarimiz bor... Yonginamizda!
Ammo judayam olis!
📌 Biroq, olisdagi ayrim insonlarimiz bor...
Har nafas yoningda yurgandek his qilasan!

Aslida har ikki holatda ham inson aziyat chekadi...

BAXT NURLARI 🌔

21 Nov, 09:14


#Istoriya


🔥 Bari tuyg‘ularda...

BAXT NURLARI 🌔

21 Nov, 05:10


#Kechinmalar


KA'BANI OBOD AYLANG

Bizning madaniyatimizda ''Yaqinlaringiz baxtiga...'' degan jumla bor. Doim tilaklar boshida shunaqa deyiladi: ''Yaqinlaringiz baxtiga sog‘ bo‘ling!''...
Darhaqiqat, sizning baxtli kuningizni, xursand kayfiyatingizni albatta yaqinlaringizning holatiga ta'siri kuchli! Ularga kiradigan zarracha yomonlikka ham beparvo bo‘lolmaysiz. Undan ham yomoni ularga yordam berishga ojizligimiz... Tanasidagi dardni ko‘tarishib qo‘yolmaysiz, oilaviy muammolariga yechim berolmaysiz! Shirin so‘z, daldalaringiz bilan ruhiy holatiga malham bo‘lishgina imkoni bor... Yaxshiyam Allohim bor, duolar qilamiz... Ojizligimizni unga oshkora qilib, Undan madad berishini so‘raymiz... Jigarchilik, qavm-qarindoshlik shunaqa tuyg‘uki, qon bilan kiradi.... Va bu rishtalar muhimligidan Robbim ham Qur'oni Kariymda silayi-rahimni uzmaslikka qattiq chaqiradi....!

Yaqinlarining taqdiriga, turmush sharoitiga beparvo bo‘lmagan insonlarni Robbim ham tashlab qo‘ymaydi...

Zotan, berganing o‘zingniki! Bersang U DUNYOGA OLIB KETA OLASAN...! O‘zingda asraganing esa BIROVLARGA QOLADI... Haa, endi o‘lganingdan so‘ng haaamma birov-da... Amallarimiz va berganlarimizdan bo‘lak!

Oldimizda qish......
''Qish-qiyinchilik'' faqat O‘zbekistonda emas, dunyoning ko‘plab mintaqalarida shunaqa! YAQINLARINGIZDAN XABAR OLIB, garchi uyining issig‘i-yu sovug‘idan, holidan so‘rang... Balki, yordam bera olmassiz. Ammo bu oqibatingiz uchun UNING QALBINI ISITGAN BO‘LARSIZ! Ko‘ngilni olmoq esa Ka'bani obod etmoqqa teng ibodat! Bugun imkoningiz bor ekan, ''KA'BANI OBOD AYLANG''!

BAXT NURLARI 🌔

21 Nov, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🤲 Robbim sizni ahlingiz ila sakinatga to‘ldirsin!
🤲 Rizqingizni ziyoda, xonadoningizni faravon, kelajagingizni nurli qilsin!
🤲 O‘z huzuridan keladigan yaxshiliklari mo‘l bo‘lsin!

🥰 Baxtni his qilingki, nafsingiz xotirjam, qalbingiz hayotingizdan rozi bo‘lsin!

BAXT NURLARI 🌔

20 Nov, 07:12


Хотиржам бўлинг ва......

BAXT NURLARI 🌔

20 Nov, 04:09


#Ozgina_tabassum


😁 Ayol kishini urma soʻkma semirib ketipsan de shuni oʻzi yetadi..!

😊 Qarang, tabassum sizga qanday yarashadi, doimo tabassumli bo‘ling!

BAXT NURLARI 🌔

20 Nov, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва
роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

🥰 Дунёдаги энг гўзал неъмат
сизнинг тириклигингиз ва
гўзал қалбингиздир!

🤲 Умр йўлларингиз яхшиларга
ҳамроҳликда солиҳ амаллар
узра бўлсин!

BAXT NURLARI 🌔

19 Nov, 15:20


#Xayrli_tun_qadrligim


Дарҳақиқат, яхши гап экан:
- Гарчи ҳамма сен юраётган йўлдан тескари йўлда бўлса ҳам тараддудланма... Ёлғиз ўзинг қолсанг ҳам йўлингда давом этавер. Бошқаларни рози қилиш учун ўзингга қарши бориб яшашдан ёлғизлик яхши!

🌔 Осуда кечалар, Дилдошим!

BAXT NURLARI 🌔

16 Nov, 10:15


#Mutolaadan


📌 Qancha xatolar qilsak ham faqatgina muhabbatgina bizni qutqara oladi. Muhabbat doim g‘olib...

📌 U doim bizning qalbimizni quvvatlantirib turadi. Faqat buni kundalik yumushlar tufayli sezmaymiz...

📌 Vaqt o‘zgaradi. Biz doimiy o‘zgarib turgan vaqtning ma'lum bir nuqtasida mavjudmiz...

📌 Men 27 yildan beri bir ayol bilan yashayman, deya olmayman. Ahir bu vaqt davomida biz doimiy o‘zgarib borganmiz. Kim bilsin, balki, aynan shuning uchun bizning munosabatlarimiz yanada mustahkamlanagandir. Men hech qachon rafiqamni o‘zini ilk tanishgan paytimizdagidek tutadi, deb kutmaganman. U ham mendan qachondir tanishgan yigitini qidirmaydi.

📌 Muhabbat vaqtdan ustun. Aniqrog‘i, muhabbat doimiy o‘zgarib turadigan nuqtaga qaratilgan vaqt va makondir. Xuddi mana shu - Alifdir...

📌 Odatda, odamlar boshqacha o‘ylashadi. Ular hammasi avvalgidek qolishini istashadi.... Va qattiq afsuslanishadi...

📚 ''Alif''

BAXT NURLARI 🌔

16 Nov, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim


🍁 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

😊 Bilasizmi, bizning kechamiz o‘tmishda qoldi. Kechamizda esa kuldik, yig‘ladik, sevdik, ayrildik...
Biroq, bu bizning bugunimizga ta'sir qilmasligi kerak...!
🥰 Bugunning o‘z sadolari bor, yorqin nurlari bor... Sizga aytarlari bor!
😇 Kechani deb BUGUNGA XIYONAT QILMANG!

🤗 Huzurning, Baxtning va Hayotning aytarlariga qalbingizni oching!

BAXT NURLARI 🌔

15 Nov, 13:18


#Suhbatlardan


- Nega dunyoda
to‘qnashuv, adovat
bunchalik ko‘p?
- Dunyo rivojlanishi
va inson o‘zgarishi uchun.
Shu xolos, ishonavering!

BAXT NURLARI 🌔

14 Nov, 15:20


🥰 Xayrli kech, qadrdonlar...!
Alhamdulillah, kunim
juda unumli, mazmunli o‘tdi?
😊 Sizda qanday?
Biroz suhbatga
nima deysizlar?
😇 Qani izohlarga marhamat!
🙂‍↔️ Biroz dildan gaplashamiz...

BAXT NURLARI 🌔

14 Nov, 08:13


#Hayot_haqiqati

Odamlar nima deydi?
Deb o‘ylasang yashamaganing ma'qul!
Odamlar har doim nimadir deydi?
Sen ularga bo‘lma qul...


📌 Odatda men bu yo‘nalishda umuman qo‘shiq eshitmasdim. Nima deyilishini ham bilmayman...
Lekin sarlavhasi qiziqtirdi va 100/100 haqiqatni aytishibdi!

BAXT NURLARI 🌔

14 Nov, 06:11


#Eslatmaaa


📌 Энг аҳамиятли 3 нарса

Сен учун энг муҳим вақт – сен ичида бўлган он, ҳозирги онингдир.
Чунки, фақат шу ондагина, яъни ҳозир сен бир яхши иш қилишинг мумкин.

Сен учун энг муҳим инсон – ўша онда сенинг олдингда бўлган одамдир. Чунки, ўша ондан кейин балки, уни бошқа кўрмайсан. Шундай экан, ундан фойдаланиб қол. Унга яхшилик қил.

Сен учун энг муҳим иш – яхшилик қилишдир. Чунки, инсоннинг асосий вазифаси, ҳаётининг ғояси шудир.

🥰 Дунёдаги энг бахтиёр инсон – мана шу уч нуқтага аҳамият берган, ундан фойдаланган одамдир!

© Ёғду

BAXT NURLARI 🌔

14 Nov, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
🤲 Bugun amallarimiz ko‘tariladigan payshanba kunida Robbimiz bizdan xursand bo‘lsin! Rozi bo‘lsin!
😊 Har ishda Allohga tavakkal qiling, zero Parvardigor tavakkal qilganlarni yaxshi ko’radi…!
🥰 Huzurbahsh kun bo‘lsin, Yaxshilar!

BAXT NURLARI 🌔

14 Nov, 00:06


#Bilmillah

🤲 Bismillahillaziy laaa yazurru
maaa ismihi shay'un fil arzi va
huva-s samiun A'liiym...!

🤲 Alhamdulillahillaziy ahyana
ba'da ma amatana va
ilayhin nushuur...!!!

BAXT NURLARI 🌔

13 Nov, 16:21


#Xayrli_tun_qadrligim

😊 Yusuf alayhissalomni quduqdan olib, Misrga sulton qilgan,
Allohga nega ishonmayin?!

😊 Payg‘ambarlar, azizu avliyolarga berilgan musibatlar oldida bizning dardimiz nima?!

🥰 Bugun nelar o‘tkazgan bo‘lsak...
Bari-bariga alhamdulillah...!
InshaAlloh, hammasi Mukammal yozilgan holicha davom etmoqda...!

🌔 Osuda kechalar, dildoshim!

BAXT NURLARI 🌔

13 Nov, 11:16


#Istoriya

🌧 Yomg‘ir...
Qahva...
📙 Kitob...
📌 Sengina yo‘qsan...

BAXT NURLARI 🌔

13 Nov, 09:14


#Nazm_vaqti


СЕВГИ ЎЛИМИ

Ёмғир тинмай ёғди кун бўйи,
Ёмғирли кун каби эзилди дардим.
Яйдоқ кўчаларда жим юрган кўйи
Сенинг изларингни ахтардим.

Уфқларда эса аччиқ бир туман
Менинг кўзларимга қуярди заҳар.
Увишган қалбимни сокинлик билан
Эзар эди бўм-бўш бу шаҳар.

Энди сен тутмассан асло қўлимни.
Ўтган севгим учун очмассан аза.
Оҳ, қандай ўлим бу севги ўлими,
Унга на қабр бор ва на жаноза.

Абдулла ОРИПОВ

BAXT NURLARI 🌔

13 Nov, 06:11


#Hayot_haqiqati


📌 Бир одамни бошқаси
билан алмаштириб
бўлмайди.

Юракдаги жойлар
бармоқ изларига ўхшайди...

Улар ҳеч қачон
бировни ўрнига мос
келмайди!

BAXT NURLARI 🌔

13 Nov, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

🤲 Ёмғир билан покланаётган замин каби, Роббим солиҳ амалларимиз ила бизларни ҳам поклаб қўйсин!
Ал-Мутоҳҳир исму-сифатли Роббим покларни севадир!

🥰 Ўзингизни эҳтиёт қилинг!

BAXT NURLARI 🌔

12 Nov, 16:21


#Xayrli_tun_qadrligim

🥰 Siz kimgadir orzu emas... Armon bo‘ling!
Orzular unutilar... Armon esa yurakda mangu yashaydi!
😊 Bizga armon bo‘lganlarni
🤲 Robbimga omonat etganmiz!

🌔 Osuda kechalar, Dildoshim!

BAXT NURLARI 🌔

28 Oct, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва рахматуллоху ва барокатух!

🥰 Аллоҳим, бошланган янги кунингизни, янги ҳафтангизни:
🤲 Хайрли ва барокатли,
🤲 Ҳалол-у пок даромадли,
🤲 Зикр ва ибодатли,
🤲 Ҳузур ва ҳаловатли,
🤲 Яқинларимиз ила муҳаббатли
🤲 Ўтишини насиб этсин!

😇 Куз кунлари ўтаверсин,
умрингизни кузга айлантирманг!

BAXT NURLARI 🌔

27 Oct, 16:21


#Xayrli_tun_qadrligim
#Ilinganim

Bizga doim kimdir kerak...
Bilgan
ko‘ngil tilimizni...!

Osuda kechalar, dildoshim!
Kerakli insonlaringiz doim siz-la bo‘lsin!

BAXT NURLARI 🌔

27 Oct, 03:08


😁 Yakshanba dam
olish kuni emas!

BAXT NURLARI 🌔

27 Oct, 02:07


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва рахматуллоху ва барокатух!

Гоҳида талашиб гоҳи ярашиб,
Умрнинг ярмига юз тутиб қўйдик
Совуқ нафратларга бироз ёндошиб,
Меҳр-муҳаббатни унутиб қўйдик...

🥰 Дилдошим, яқинларингиздан меҳр-муҳаббатни аяманг...!
🥰 Қайноқ меҳрингизни улашишдан чарчаманг!

BAXT NURLARI 🌔

26 Oct, 09:51


#Ilinganim


Ming rivojlangan zamon odamlaridan shu paytning odamlari hokisorroq edilar!

📌 Birovning kiygan libosiga qarab munosabat bildirmas edilar!
📌 Birovning kissasiga, mansabiga qarab muomala qilmas edilar!
📌 To‘y qilsalar uy-joyigayu puldorligiga qiyoboqmas edilar!
📌 Iymoniyu-axloqiga, haloldan topishiga e'tibor berar edilar!
📌 To‘y uchun 8-10 qator ko‘z-ko‘z liboslar kiymas edilar...!

🥹 O‘sha paytlarni sog‘inganlardan bitta ❤️

😔 Istasangiz kommentariyada davom ettiring!

BAXT NURLARI 🌔

25 Oct, 06:11


#Ilinganim


Keltirdilar jannatni
Kir Muhammad dedilar...
kirmagayman Jabroil
Asxobim kirmaguncha,
kirmagayman Jabroil...
Ummatim kirmaguncha...!

😢 Jonimiz sizga fido bo’lsin ya Rosululloh!
Sollalohu alayhi vasallam.

BAXT NURLARI 🌔

25 Oct, 05:38


#Hayot_haqiqati


📌 Тақдир бизга қанчалик
кўп неъматлар тақдим
қилган бўлса ҳам,
бизда уларни ҳис қила олиш
қобилияти бўлиши керак!

Чунки нарсаларга эга
бўлиш эмас, улардан
завқлана олиш бизни
бахтли қилади!

BAXT NURLARI 🌔

25 Oct, 05:10


#Eslatmaaa


Саховат ва ҳимматда оқар дарё  каби бўл.
Шафқат ва марҳаматда кулган қуёш каби бўл.
Ўзга айбин ёпишда қоронғу тун каби бўл.
Ғазаб ва жаҳлда ўлик каби бўл.
🤲 Тавозе ва камтарликда тупроқ каби бўл.
Бағри кенглик ва меҳрда улкан денгиз каби бўл.

📌 Аслинг каби кўрин ё кўринганинг каби бўл.
                
Жалолиддин Румий

BAXT NURLARI 🌔

25 Oct, 01:06


#JUMA_MUBORAK_QADRLIGIM

🤲 Robbim sizni yaxshiliklar bilan mukofotlasin!
🤲 O‘zi sevsin va samo ahliga, yer ahliga sizni sevishlari aytilsin!
🤲 Arshning soyasidan joy olish uchun sadaqa berishni unutmang!

🥰 Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad va a'la alihi va asxabihi a'jma'iiyn!

BAXT NURLARI 🌔

24 Oct, 08:44


#Kechinmalar


😊 Tushlikdan qaytishda hamrohim bilan gullar terdik! (Qalbi, ruhi, ilm yo‘li, aurasi bir-birimizga munosib hamrohlarimni boriga shukur)

🥰 Ayol diqqatini o‘ziga qaratsa, o‘z ustida ishlasa turmushning ikir-chikirlari bilan band bo‘lib qolmasdan o‘ziga vaqt ajrata bilsa chinakam baxtni his qilarkan! Gullar uchun xonada guldon yo‘q edi. Biroz kayfiyatim tushayotgandek edi, ammo, to‘xta, shungayam kayfiyatni tushiramizmi deb oddiy baklashkadan guldon yasadim!
🌹 O‘zimga juda yoqdi!

Ayol...! Allohimning mo‘jizasi!
Haaaaar bir ayol mo‘jiza! Buni his qiling! Mo‘jizaviy qirralaringizni oching! Bordi-yu, hozir tushkun holatda bo‘lsangiz ham, uyingizda, o‘zingizda bor narsalar bilan buni bartaraf eta olasiz!
O‘ZINGIZGA ISHONING!
Ayolligingizni qabul qiling!
Ayollik baxtlaridan lazzatlaning!
Ishoning siz qodir bo‘lgan ayrim narsalarni ming erkak ham bajara olmasligi mumkin!

🤲 Ayol qilib yaratgani uchun ham ALHAMDULILLAH!

BAXT NURLARI 🌔

24 Oct, 05:10


#Hayot_haqiqati


📌 Eng yaxshi kitoblar ham hamma uchun, universal emas. Hamma uchun mutlaq eng zoʻr hisoblanadigan kitob boʻlmaydi.

Har kimning oʻz ruhiyati, oʻz dunyosi bilan eng yaxshi deb topgan oʻz kitoblari boʻladi.

😊 Keling, bugun o‘zingiz sevib o‘qigan kitobni izohlarda qoldiring... Tavsiya qilishni istagan kitoblaringiz qaysilar?

BAXT NURLARI 🌔

24 Oct, 02:08


#Ozgina_tabassum

Er-xotin televizorda qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tiribdi.
Ekranda mahluq paydo bo‘pti.
- Voy, oyijon! - deb xotini baqirsa, eri:
- Taniding-a! - debdi 😂

😁 Kuningiz tabassumga va yoqimli hazillarga boy bo‘lsin!

BAXT NURLARI 🌔

23 Oct, 11:16


#Ilinganim


Намоз ўғрилари кимлар?


📌 Намоз ўқиётган киши намоздаги ҳар бир хатти-ҳаракатини хотиржамлик билан бажариши вожиб. Бунинг энг ози ҳанафий мазҳабимизда бир тасбеҳ миқдорида аъзоларни хотиржам тутишдир.

📌 Намозда шошқалоқлик қилувчи кишини эса Пайғамбаримиз алайҳиссалом "намоз ўғриси" деганлар. У зот алайҳиссалом бундай дейдилар: "Одамларнинг ичидаги ўғриларнинг энг ёмони намозидан ўғирлайдиган кишидир. У намознинг рукуси, саждаси ва хушусини тўлиқ қилмайди", деганлар.
Имом Аҳмад ривоятлари.

📌 Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам бу ҳадиси шарифда руку ва саждани шошиб, хотиржам ҳолда бажармаган кишини "намоз ўғриси" деб номламоқдалар.

Уламоларимиз ушбу ҳадис шарҳида бундай дейдилар: "Ўғри икки турли бўлади: бири ҳаммага маълум мол ўғриси, иккинчиси ҳадисда келган савоб ўғриси. Биринчи хилдаги ўғри шу дунёнинг ўзида ўғирлаган молидан фойдаланиб, сўнг эгасини рози қилиб, охиратдаги жазодан қутулиб қолиши мумкин. Аммо савоб ўғриси эса ўзининг савобини ўғирлаб, зиммасига гуноҳни юклаб, буткул зарарда қолади".

© Меҳробуз.

BAXT NURLARI 🌔

23 Oct, 06:11


#Istoriya

🌧🌧🌧🌦🌧🌧🌧
😊🤲 Ko‘proq duo
qilish kerak!

BAXT NURLARI 🌔

23 Oct, 02:07


#Duo_yodlaymiz_38


رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسۡرَافَنَا فِيٓ أَمۡرِنَا وَثَبِّتۡ أَقۡدَامَنَا وَٱنصُرۡنَا عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ

🤲 “Роббанағфир лана зунубана ва исрофана фий амрина ва саббит ақдамана вансурна ъалал қовмил кафирийн.

Маъноси:
🤲 Эй Роббимиз! Бизнинг гуноҳларимиз ва ишларимиздаги исрофларимизни Ўзинг кечиргин, собит қадам қилгин ва кофир қавмлар устидан бизга нусрат бергин.

Оли Имрон сураси, 147-оят.

BAXT NURLARI 🌔

23 Oct, 01:06


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва баракатуҳ! 🥰 Яна бир гўзал тонгни Аллоҳга ҳамдлар ила қарши олдингизми?! 😊 Дуоларимиз такроp! Тилакларимиз ўша-ўша...
🥰 Роббим Сизни
🤲 муҳтожликдан,
🤲 қашшоқликдан,
🤲 дардмандликдан,
🤲 дангасаликдан,
🤲 қарздорликдан,
🤲 бало кулфатлардан,
🤲 қалб хасталикларидан
🤲 Ўзи асрасин!

🌹 Кун давомида яхшилар ва яхши кайфият ҳамроҳингиз бўлсин!!!

BAXT NURLARI 🌔

22 Oct, 12:17


#Kechinmalar

📌 Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, eeng yaxshi shifo, eng go‘zal maslahatchi yolg‘izlik va tabiat bo‘ladi!
📌 Bejizga tabiatni ham ''ona tabiat'' deb atashmaydi... Onaning bag‘rida qanchalar huzur topsang, tabiat qo‘ynida ham shunday halovatni tuyasan...!

Yolg‘izlik esa ana shu mo‘jizaviy onlarni his qilishga imkoniyat beradi!

#By_me fotolarimni sizlargayam ilindim! Xayrli kech, yaxshilar!

BAXT NURLARI 🌔

22 Oct, 11:16


#Ilinganim

🥹 MEN OPAMNI opamdan
ko‘p yaxshi ko‘raman!
❤️ Boringizga shukur
O‘zimni Alloh berganim!!!

BAXT NURLARI 🌔

22 Oct, 06:11


#Hayot_haqiqati

📌 Инсонлар икки хил бўлади:

Ҳолингни айтсанг англайдиган...
Aйтмасанг ҳам англайдиган...!

❤️‍🔥 Биринчиси ҳам ноёб бўляпти айни пайтларда! Сен иккинчисини орзу қилганингга ўлайми, кўнглим!?

BAXT NURLARI 🌔

22 Oct, 01:37


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

🥰 Аллоҳим розилиги ила бугунги янги кунини қаршилаётган қадрдоним, ҳаётингизда рўй берган барча қийинчиликлар, ташвишлар ортда қолган бўлсин илоҳим...

🤲 Аллоҳим хонадонларингизга фақат қувонч ва шодлик, меҳр-оқибат, рўзғорингизга барака, халол ризқ, барчангизга мустаҳкам соғлик ва иймон зиёдалигини насиб қилиб, ҳамиша яхшиликлар устида қилсин!

🌹 Сешанба кунингиз севинч ва севгиларга тўлсин!

BAXT NURLARI 🌔

21 Oct, 16:21


#Xayrli_tun_qadrligim

Демишларки, Инсон қаерга
қочмасин борган жойидан
ўзини топади. Ўзидан қочиб
ўзига тутилади...!

Ўзингиздан қочманг, ўзингиз
билан келишинг!
Ўзингиз билан мазза қилинг!

BAXT NURLARI 🌔

21 Oct, 10:16


#Kechinmalar

🥰 O‘zbek tiliga DAVLAT TILI maqomi berilgan kun bugun!

Bu haqda post yozmoqchi emasdim o‘zi... Ammo men bir tilchi, bo‘lajak (biiznilllah...) tilshunos sifatida o‘zim va ahli oilam, kelajakdagi eng xusnuxulq va bilimli, ikki dunyoga manfaatli o‘quvchilarim bilan O‘ZBEK TILIni avaylashim haqida fikr yuritdim...! Men bu tilga sevgimni shu yo‘l bilan ko‘rsataman!
InshaAlloh... Qayerda bo‘lmayin,
SH ni w, CH 4, U ni o yozmaydigan o‘quvchilarni tarbiyalashga bor bilimim, mehnatim bilan harakat qilaman! Zero, hamma narsaning ASLI aziz va bebahodir! Bebaholarni esa asrash kerak!
O‘zbek tili ham men uchun shunday bebaho xazinadir!

Iltimos qilardimki, ijtimoiy tarmoqda bo‘ladimi, so‘zlashuv jarayonida bo‘ladimi? O‘zbek tilini asrang! Meni bitta o‘zim, bitta SO‘ZIM bilan nima bo‘lardi demang! Siz bilan oilangiz, farzandlaringiz bilan do‘stlari, do‘stlari bilan asta-sekin jamiyat sof o‘zbek tilini asrab qoladi!

Til bu sha'nimiz, sharafimiz aslida!
Sha'n va sharaf esa doim asraladi!

BAXT NURLARI 🌔

20 Oct, 11:16


#Hayot_haqiqati


Biz Ko’nikdik...
📌 E'tiborsizliklaringizga...
📌 Shunchaki indamasligingizga...
📌 Siz nima desangiz ho‘p deb rozi bo’lishga...

Ko’nikdikki...
📌 1 daqiqa vaqtingizni ajratsangiz ham shukur qilishga...
📌 1 qarashingizga ham xursand bo'lishga...
📌 Yurakka og'ir botadigan gaplaringizga quloq solishga...
📌 Oxirida yana aybdor bo‘lishga...
📌 Ortidan o‘zingizni oqlashingizga...!

Shunchaki ko‘nikkandik...
HAMMA-HAMMASIGA!!!

😊 Endi o‘sha ko‘nikkanlarimiz ajriga umidvormiz!

BAXT NURLARI 🌔

20 Oct, 06:11


Siz baxtlimisiz?

BAXT NURLARI 🌔

20 Oct, 02:07


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Ассалому алайкум ва рахматуллоху ва барокатух!

🥰 Уйғониш ҳам – Аллоҳнинг раҳматидир! Бу раҳматга эришганларга янги тонг муборак!
🤲 Берган неъматлари, берган ризқи учун, жамики ёзганлари учун Аллоҳга ҳамд бўлсин: Алҳамдулиллаҳ!
😊 Бугунги якшанба барчамизга файзли бўлсин!

BAXT NURLARI 🌔

19 Oct, 16:21


#Xayrli_tun_qadrligim


📌 Ҳаёт гўзал… Агар унда:

Эсланадиган меҳрибонинг;

Таъсирланадиган қалбинг;

Кўзинг қувонадиган жуфтинг;

Собит турадиган йўлинг;

Улуғ мақсадинг сари
ҳаракатинг бўлса...!

🤲 Сизда бўлсин, барчаси...!!!
🤲 Хаётингиз гўзал ўтсин!!!

Осуда кечалар, Дилдошим!

BAXT NURLARI 🌔

19 Oct, 10:35


#Kun_hadisi


Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
''Дунёнинг заволга юз тутиши Аллоҳ наздида битта мусулмон кишини қатл қилишдан кўра енгилроқдир'', дедилар.

Имом Насоий ривоятлари.

Инсон!
Бир банда Аллоҳнинг наздида қанчалар икромли?!
Сиз яна ўзингизни кимлардандир пас санайсизми?
🥰 Бутун дунё бир ён - Сиз бир ён!

BAXT NURLARI 🌔

18 Oct, 00:50


#Juma_muborak_qadrligim

🍁 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🥰 Jumaning xoyru barokati sizga bo‘lsin, Dindoshim! Duolar ijobat bo‘ladigan ayni soatlarda Sizga va ahlingizga:
🤲 Ar-Rohman ismi ila doimo rahm qilsin!
🤲 Al-Latiyf ismi ila har kuningizga lutf aylasin!
🤲 Al-Bahhob sifati ila ne'matlarini ko‘plab ato etsin!
🤲 Al-Qodiyr ismi bilan ibodatlarga qodir qilsin!
🤲 Al-Xobiyr ismi bilan ko‘p yaxshiliklardan xabardor qilsin!
🤲 Al-Mutohhir ismi ila qalblarimizni turli xil g‘illu g‘ashlik, fisqu-fasod, nafrat-ginalardan poklasin!
🤲 Ar-Rozzaq ismi bilan rizqingizni ziyoda qilsin!
🤲 Al-Xoliyq ismi ila zurriyotlaringizni ko‘paytirsin!
🤲 Al-Vadud ismi ila muhabbatli qilsin!
🤲 Al-Karim sifati ila karamiga loyiq aylasin!
🤲 Al-Aliym ismi bilan ilmli bo‘lishni nasib etsin!
🤲 Al-Malik ismi ila saxiy boylardan qilsin, yetimlarga uy, suvsizlarga suv, yo‘lsizlarga yo‘llarni soladigan darajalarga sizni qodir qilsin!

🤲Allohimga hammasi oson! O‘zi Mehribon!

BAXT NURLARI 🌔

16 Oct, 13:18


#Oqshom_mutolaasi


ЎЗИНГИЗГА ЁМОН ДЕБ ЎЙЛАГАН НАРСА ШОЯД СИЗ УЧУН ЯХШИ БЎЛСА

Улкан тажриба, ҳурмат ва мансабга эга доктор билан учрашдим. У менга ёшлигида бўлган воқеани ҳикоя қилиб берди:
''Мен университет талабаси эдим. Бир куни ўқишга бориш учун таксига ўтирдим. Таксининг барча ўриндиқлари банд эди. Мен ҳайдовчининг ёни: олд ўриндиқни эгалладим. Ўтиришим билан бир киши келиб эшикни очди. Бир оғиз сўз сўзламади. Кийимимдан ушлаб мени ташқарига тортиб, машинадан чиқариб юборди. Индамай ўрнимга ўтирди. Унинг ёнида дўсти ҳам бор эди. У менга:
- Укам, туш! - демади. Аллоҳга қасам, агар менга ''Туш'' деса тушардим. Хафа бўлмасдим. У мени чивинчалик ҳам кўрмади. Пашшани ҳайдагандек қувди.

- Мен ўзимни хўрлангандек ҳис қилдим. Аламимдан ўла ёздим. Аллоҳга қасам, ўша дам ёнимда қуролим бўлса, жаҳл устида уни ўлдиришга тайёр эдим.

Чидаб бўлмас хорлик бу. Тиббиёт университетининг талабаси таксига ўтирса - да, биттаси келиб ''ҳа'' йўқ, ''бе'' йўқ ирғитиб юборса - да, индамай ўрнига ўтириб олса?! Қандай бедодлик?!
У ўтирибоқ ҳайдовчига:
- Юр! - деди. Ҳайдовчи ҳам ҳеч нима деёлмай ҳайдаб кетди. Мен яна бошқа машинага ўтириш учун нақд икки соат кутдим. Келди, ўтирдим. Йўлда биз автоҳалокатга учраганларни кўрдик. Зудлик билан қутқариш мақсадида улар томон югурдик. Тасодифни кўрмайсизми, бу ўша мен тушириб юборилган машина эди. Унинг барча йўловчилари: бешовлари ҳам вафот этишганди.

Субҳаналлоҳ!!!

Аллоҳ ўликдан тирикни, тирикдан ўликни чиқаради. Бир сония ичида норози кайфиятдаги ҳаётим, Аллоҳ азза ва жаллага шукур айтиш кайфиятига ўзгариб кетди!

BAXT NURLARI 🌔

16 Oct, 12:17


#Istoriya


Chiroyli tuyg‘ularda...

BAXT NURLARI 🌔

16 Oct, 05:10


#Eslatmaaa


Risksiz Mukofot yo‘q
Og'riqsiz O'sish yo‘q
Rostgo'yliksiz Ravshanlik yo‘q
Ishonchsiz Do‘stlik yo‘q
Intizomsiz Talant yo‘q
Sadoqatsiz Sevgi yo‘q
Sarmoyasiz Daromad yo‘q
Jasoratsiz Hurmat yo‘q
Harakatsiz Natija Yo‘q


📌 Sizga qay biri kerak bo‘lsa
Albatta unga ega bo‘ling!

BAXT NURLARI 🌔

16 Oct, 00:05


#Xayrli_kun_qadrligim

🍁 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🥰 Demishlarki: "Nasib qilmasa ketar qosh-u qovoqdan, Nasib qilsa kelar Shom-u Iroqdan"! Shunday ekan, Ar-Rozzaq Robbimizga tavakkul ila bismillah deb yangi kunga qadam qo‘yamiz!
😊 Ob-havo qanday bo‘lishidan qat'iy nazar hayotingizning Quyoshi bo‘la oling!
🌝 Nuringizdan dillar yashnasin!

BAXT NURLARI 🌔

15 Oct, 13:18


#Xayrli_kech_qadrligim


🥰 Yomg‘irlari ila yoqimli oqshomingiz fayzli o‘tsin! Oqshom baxtini his eting!
🤲 Allohumma soyyiban, nafian!

🌧 Alhamdulillah, hamma-hammasi uchun!