Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿 @kr_abduvaliyeva Channel on Telegram

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

@kr_abduvaliyeva


Alfraganus university' matbuot bo'limi boshlig'i, shoira, radio boshlovchi

Telegram Channel Promotion (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizning diqqatingizga o'zimni taklif etishga tayyormiz - "Kamola Abduvaliyeva" Telegram kanali! Ushbu kanal Alfraganus universitetining matbuot bo'limi boshlig'i, shoira va radio boshlovchisi, Kamola Abduvaliyeva tomonidan boshlangan. Bu kanalda siz yangiliklar, tadbirlar, intervyular va boshqa bir qancha mavzular bo'yicha ma'lumotlar bilan tanishing. Kamola Abduvaliyeva - juda mashhur davlat xizmati faoliyatini, axborot sohasidagi tajribasini hamda matbuot bo'limlarida o'z mehnatini ko'rsatgan. U bu kanal orqali siz uni chuqur tanishishi mumkin bo'ladi. Agar siz ijodkorlik, matbuot yoki radio sohasida o'z malakangizni oshirishni istasangiz, ushbu kanalni kuzating va Kamola Abduvaliyeva bilan aloqaga chiqing! Ijodkorlik va kommunikatsiya sohasida yangi g'oyalar va bilimlar olish uchun "kr_abduvaliyeva" kanaliga obuna bo'ling!

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

19 Feb, 07:46


Notiqlik kursi - 1-KUN

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Feb, 16:45


NOTIQLIK KURSI - 2-KUN

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Feb, 16:05


BU TERMINLARNI BARCHA NOTIQLAR BILISHI KERAK!

Ritorika
– bu ta’sirli va chiroyli nutq so‘zlash san’ati. U insonning fikrini aniq, ravon va ishontiruvchi tarzda yetkazishiga yordam beradi. Ritorika qadimiy san’at bo‘lib, qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan va asosan siyosatchilar, notiqlar, huquqshunoslar tomonidan qo‘llanilgan.

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Feb, 16:03


ESLAB QOLING:

Harizma nima va uni qanday rivojlantirish mumkin?

Harizma
– bu insonning boshqalarni o‘ziga jalb qilish, ilhomlantirish va ta’sir o‘tkazish qobiliyati. Harizmatik insonlar jamiyatda e’tibor markazida bo‘lishadi, ularga odamlar ishonadi va ergashadi. Harizma tabiiy bo‘lishi mumkin, lekin uni o‘rganish va rivojlantirish ham mumkin. 100ta mashq kitobini ichida bu yo’nalishlarda ham metodlar berilgan.

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Feb, 06:25


😍 IMKONIYATDAN FOYDALANING!

Men shunchaki havas uchun kurs ochganim yo’q. Oddiy suxandon yoki norasmiy xodim emasman. Ko’p yillik tajriba va o’rganishlar mahsulini sizga ilindim.

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Feb, 05:11


NOTIQLIK KURSI VAQTLARI:

Bugundan boshlab;

14:00 da
16:30 da
18:00 da

Yuqoridagi vaqtlardan o’zingizga maqul bo’lgan paytda kursga kelsangiz bo’ladi!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Feb, 03:59


E’TIBORNI TORTISH: notiqlikda "ekstremal e’tibor jalb qilish texnikasi"

- Zalda yurish yoki auditoriyaga yaqinlashish – o‘quvchilarga yoki tinglovchilarga bevosita yaqin borib, ularga qarab gapirish.
- Keskin burilish yoki joyni tez o‘zgartirish – gapni ta’sirli nuqtasiga yetkazishda joydan joyga o‘tish.
- Kutulmagan harakat qilish – masalan, birdaniga kursiga o‘tirish, yerga cho‘kkalash yoki orqaga yurish.

Bular o’z vaqtida, kerakli joyda, kerakli tarzda qo’llanilishi kerak. Bugun darslarimizda shu haqida to’liq gaplashamiz! (Press-reliz yozishni o’rganasiz, bu sizga bonus)

Kitobi yo’qlar tez @Otabek_027 ga yozib olinglar, bugunni o’zida. Darsga kitobsiz qo’ymayman.

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Feb, 10:22


Bugun Sizga uchta kitobni taqdimot qilaman. Bu esa 4-kitob. 4-va 5- kitoblarni shogirdlik kursimda olasiz. Shogirdlik kursi haqida esa bugun batafsil ma’lumot beraman!

Tayyor loyihalar har bir jurnalist, yosh suxandonlar, ijtimoiy faol yoshlar uchun taqdim etiladi.

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

16 Feb, 15:08


🔴 ESLATMA:

Azizlarim ertaga ya’ni 17-fevral soat 16:00dan kechikmay, daftar ruchka bilan kelishingiz so’raladi.

Yangi marralar sari qadam qo’yishga tayyormisizlar?

(
Ertaga ya’ni 17-fevral soat 16:00da Alfraganus universiteti C bino podval ( binoga kirib chap tomonga zal oxirigacha yurib zinadan pastga tushasizlar))

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

16 Feb, 07:38


SIZ HAM SHU XATOLARNI QILGANSIZ!

— O’zingizga ishonmaysiz. Odam o‘z fikrlarini aniq va ravon yetkazishga qiynaladi, chunki o‘zini malakasiz yoki noto‘g‘ri tushuniladigan deb hisoblaydi.
2. So’z boyligingiz kam. Nutq uchun yetarli lug‘at boyligi bo‘lmasa, gaplashish qiyinlashadi va fikrlar to‘g‘ri ifodalanmaydi.
3. Amaliyot yetishmaydi, odam o‘z fikrlarini mantiqiy ketma-ketlikda va tushunarli ifodalashga qiynaladi.
4. Qo‘rquv va hayajoningiz bor - Jamoat oldida yoki muhim suhbatlar vaqtida hayajon bosib, odam so‘zlarini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
5. Diqqatni to’play olmaysiz -
Suhbat davomida fikrlarni to‘g‘ri jamlay olmaslik nutqning bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi.
6. Oldin gapirganda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, bu yangi nutqiy holatlarda ham ta’sir qilishi mumkin.
7. Fikrlarni tezroq ifodalashga intilasiz. Odam tez gapirishga yoki fikrlarini birvarakayiga yetkazishga harakat qilganda, nutqi chalkashib ketishi mumkin.
8. Mavzu bo‘yicha yetarlicha bilimingiz yo‘qligi. Inson o‘z fikrlarini asoslash uchun bilimga ega bo‘lmasa, gapirish paytida ikkilanish va pauzalar ko‘payadi.

Bu muammolarni birga hal qilamiz!
@otabek_027 ga yozib kursga yoziling.

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

16 Feb, 05:50


Bu siz uchun, azizim!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

15 Feb, 15:55


Kimga shunaqa kitoblar kerak?

@Otabek_027 telegram manzili orqali kursga yoziling!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

25 Jan, 11:33


☀️ Яхши қўшиқ…

🤗 Биз билан ЭНЕРГИЯНГИЗ 1000% бўлади, ишонаверинг!

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

19 Jan, 16:13


MULOHAZA QILISHGA MAJBURLAYDIGAN MASALA YOXUD BOLALAR O’YINCHOQLARI QANDAY BO’LISHI KERAK?

Maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarimiz qanday o‘yinchoqlarni o‘ynashmoqda? Biz ongli ravishda Yevropa madaniyatini sotib olmayapmizmi?

Muallifi: Kamola ABDUVALIEVA
“Milliy tiklanish” partiyasi Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi

Batafsil: https://adu.uz/newspage?new=958

Andijon davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga ulanish👇👇👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEgYNtkeX3cinOxVOQ

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

19 Jan, 13:52


YANGI QO‘SHIQ AYTIBDI JALOLIDDIN AHMADALIYEV

Ko’rib, ko’p narsalarni o’yladim. Klipda qiz o’g’ri yigitdan voz kechib ketgan, men shunday bir qizni taniyman, u yigitining o’g’ri ekanini, o’zining narsalarini o’g’irlab ketganini bilib turib ham kechmadi. O’sha yigitni tarbiya qilib, o’zgartirdi. O’zgartirmoqda. Odamlar shunchaki uchrashmaydi, qaysidir vazifani bajarish uchun bir birini topadilar.

Kechish hammaning qo’lidan keladi, taqdirini o’zgartirish, yaxshi tomonga o’zgartirish uchun kerak bo’lsa sevgisidan foydalanganlar bor…

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

18 Jan, 17:15


UNUTOLMAY O‘TASAN MENI

Kulib xayrlashdim, sen ishonmagin,
Unutdi demagin vadalarimni.
Qadamlar sen tomon bosilmas balkim,
Eshitmadim dema tanalarini…

Bir achchiq xotira, bir yomon tushdek,
Eslasang vujuding bo’lar bexushdek.
Men qaytib kelaman afsuslaringda,
Tegrangda uchaman ko’rinmas qushdek…

Eslaysan nastarin gullasa qiyg’os,
Pushti ko’ylaklardan qidirib behos.
Yolg’on vadalaring so’raydi haqqin,
Baxtlisan, mamnunsan buguncha holos!

Kulib xayrlashdim, bir so’z demadim,
Vadalaring uchun so’ramadim hun.
Barcha nafratimni dilga qamadim.
Seni ranjitmadim sevganim uchun.

Ketding, oson ketding, qahshamay ketding,
Shaxd bilan, oshiqqa o’xshamay ketding.
Yolg’ondan qurganding nobop imorat,
Va bunda sen o’zing yashamay ketding.

Eh mayli muhabbat haqqini so’rab,
Nadomat uyg’otar har tongda seni.
Jimgina ketaman, baxtingni tilab,
Ammo unutolmay o‘tasan meni.

Kamola Abduvaliyeva

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Jan, 15:44


Erkaklarga qanday ayollar yoqadi?

Shu savolni menga ko’p berishadi…

Erkaklarga o’ziga ishongan, noliyvermaydigan, o’zidan ijobiy energiya tarqatib turadigan ayollar yoqadi.

Barcha yigitlarni, erkaklarni bayram bilan qutlayman!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Jan, 04:58


VATANIN ASRAYDI CHINAKAM MARDLAR

Ilk bor jismim sezdi yurak zarbasin,
Bu hayot ne'mati atodir haqdan.
Tinglabon mo'tabar onam allasin,
Men bilan beshikda ulg'aydi Vatan.

Ko'zingda yozilgan, xalqim, tarixing,
Buyuklik aks etar qizil qoningda.
Iymondan suv ichgan haloldir rizqing,
Yaratgan qo'llaydi chin osmoningda.

Kuchni adolatla boshqargan Temur,
Bo'ldi uch diyorning sohibqironi.
Mo'g'ulni sindirgan Manguberdingdir,
Xorazm o'lkasin gullar har oni.

Shiroqning shiddati, To'maris ahdi,
Yovlarni yengdi, baxsh etdi borin.
Shu sabab ona yer boshiga taqdi,
Qutlug' ozodlikning oppoq ro'molin.

Hur o'lkam bag'rida mangu yashaydi,
Buyuk ajdodlarning muqaddas yodi.
Uchqur qanot bo'lib yo'lga boshlaydi,
O'zbekning mard, jasur, aziz zurriyodi.

Yetaklar ozodlik va hurlik tomon,
Ona tuprog'iga yuqtirmay gardlar.
Bayrog'in yuksakka ko'tarib har on,
Vatanin asraydi chinakam mardlar!

She’r muallifi: Ijtimoiy fanlar fakulteti, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi, 1-bosqich talabasi O’g’iloy Madumarova, o’qidi Kamola Abduvaliyeva

😁 AFU | Telegram

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

12 Jan, 14:37


https://t.me/+uAgET56AkPxmYzJi

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

12 Jan, 09:51


🌦"YOZ YOMG'IRI" 🌧

Yoz yomg'iri iltimos tomchilama tinaqol,
Yorni menga eslatma ket olisga ketaqol.
Endi menga eslatma soxta shirin so'zlarni,
Nigohlari yolg'onchi o'shal qora ko'zlarni.

Sevgimizga yagona guvoh edinku o'zing,
Qani tiling bo'lsayu ayta olsang bir so'zing.
Yolg'iz o'zing bilasan uni chindan sevgandim,
Go'zal qizlar ko'p ammo
u yagona degandim.

Shuncha yillar qadirlab qo'lidanham tutmadim,
hom hayolga berilib
o'zga yorni kutmadim.
Bevafoligin bilsam sevmas edim men uni,
Undan zo'rin topaman vaqtlar kelib bir kuni.

Qancha harakat qildim qolmadi menda toqat,
Endi biz begonamiz
hayir gulim Sadoqat.

Yomg'ir so'ngi iltimos sharros sharros quyib ket,
U laylini ismini yuragimdan yuvib ket.
Yolvoraman yomg'irlar go'zal afsuslar qilsin,
So'ng qadrimni bilaganda ko'z yoshi yomg'ir bo'lsin.

(Yomg'irli kun uchun...)

ALFRAGANUS UNIVERS PP/s 22.14 guruh 2-bosqich talabasi Hojiakbar Adilovich

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

08 Jan, 04:12


📌Position: RECRUITING SPECIALIST ; only female

⚜️Experience: with/without
⚜️ Location: Yunusobod (USA Embassy) Tashkent, UZB🇺🇿
⚜️ Salary: Will be discussed.
⚜️ Shift: Main
⚜️Vacant# 5
⚜️No remote work.
-ADVANCED ENGLISH,
Strong communication skill.


- No Remote job
- Do not disturb if you have bad pronunciation
- Do not apply if it is your first ever job
- Do not apply if you can’t work 5 p.m till 2-3 a.m

Pls send voice message about yourself or something
send your CV asap to @Bra1n_Murray

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

07 Jan, 06:28


#Onamga_rahmat

Bugun meni tug’ilgan kunim emas, onam meni tuqqan kun. O’tgan davrda birortasining onasiga qarab “Meni ham onam shunaqa bo’lsaydi” - deb orzu qilmadim. Onajonim menga mukammal onalik qilib kelmoqdalar. Allohim ona qilib menga shunday insonni tanlagani uchun eng avval Allohimga shukur!

Tabriklagan barchaga rahmat!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

07 Jan, 03:56


💫⚡️💫⚡️💫⚡️💫⚡️
Tabrik va Sherlar:

Hurmatli Kamola🌹ustoz,

Hayotingizning bugungi unutilmas kunida, Sizga o’zgacha ehtirom ila eng ezgu tilaklarimni yo’llayman. Sizning har bir so’zingiz, har bir darsingiz biz uchun hayot chirog’i, nurli yo’l ko’rsatgich. Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin!

Sher:

Ustoz, siz daryodek – saboq ulashuvchi,
Har bir so’zingiz gul – qalbni quvvatlovchi.
Yo’limizda nur sochdingiz, porladingiz,
Ilmu donodan bizni yuksak yetaklovchi.

Siz hayotning guli, sabrtaxt egasi,
Uzoq umr ko’ring – baxtli, shod nafasi.
Har soatda sizga duolar etamiz,
Mehr bilan munavvar bo’lsin yo’l belgingiz.

Qo’shimcha:

Har darsingizdan topdik biz najot,
Ilmu hikmatga to‘ldi har bir diqqat.
Sizdek ustozlar – olamning xazinasi,
Dillarda barhayot qoladi izlaringiz.

Kamola ustoz, so’nggi so’zim shuki,
Baxtingiz yuksakdan boshlansin bugun,
Umringiz uzoq bo‘lsin, shodlik ila to‘lsin,
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Asror Ulashev - talaba

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

06 Jan, 11:59


https://facebook.com/100077168834613

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

06 Jan, 06:04


Sen qaytib kelasan bir kun yonimga…

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

04 Jan, 03:41


Мен сизга доим айтганман:

«Ўзингизни эҳтиёт қилинг!»


Балки оддийгина кўринган бу гап замиридаги маънони англамагандирсиз...
Мен ўзингизни эҳтиёт қилсангиз, ҳаммаси яхши бўлишига ишонаман.
Чунки ўзингизни эҳтиёт қилсангиз, оилангизни эҳтиёт қиласиз, шаънингизни эҳтиёт қиласиз, ақлингизни эҳтиёт қиласиз, жонингизни ва молингизни эҳтиёт қиласиз... Ва хаммаси яхши бўлади!

Ўзингизни эҳтиёт қилинг қадрлигим...
Кунингиз яхши ўтсин...


@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

31 Dec, 09:10


SEVING O’ZINGIZNI BUGUNDAN BOSHLAB!

Yangi kun muborak do’st-u qadrdon,
Yangi bo’lsin davr, ham yangi zamon,
Orzular ushalsin oshkor va pinhon,
Seving o’zingizni, bugundan boshlab!

Siz dadil odimlang zafar ortidan,
Yigit so’zdan qaytmas, qizlar shahdidan,
Bu yil g’ayratni ham bersin mardidan,
Seving o’zingizni, bugundan boshlab!

Boshdan o’tganiga qiling xulosa,
Eski yilda qolsin adovat gina,
Shukronalar qiling, dil bo’lsin toza,
Seving o’zingizni, bugundan boshlab!

O’t bo’lsin samandek uchsin qadamlar,
Umrimiz o’tmoqda qaytmas odamlar,
Kuchli yuraklarga tegolmas g’amlar,
Seving o’zingizni, bugundan boshlab!

Boy-u kambag’alga imkon teng axir,
Taqdirdan nolimang qilmang hech qahr,
Bir kuni hammani quchoqlar qabr,
Seving o’zingizni, bugundan boshlab!

@KR_Abduvaliyeva

AFU | Telegram

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

30 Dec, 16:53


Faoliyatim davomida yoshlar bilan ishlash va matbuot doimo paralel vazifam bo’lgan. Bugun kasmetika do’konida menga 25 yosh chama qilindi. Yoshlar menga energiya va kuch beradi. 2024-yildan minnatdorman. Bu yilda men ko’p narsalarga erishdim. Masalan bir-biridan aqilli singillar va mard, jasur ukalarim soni ko’paydi. Salmoqli ishlarni amalga oshirdik. Allohga shukur, bu yilda og’rib doktorga yotmadim, shu uchun dam
olishga ham bormadim😂

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Dec, 05:06


Qizlarimiz ajoyibda o’tirgan joyida ham yangilik qilib qo’yaverishadi. Iqtidorli qizlarimiz, aqilli, zukko, bilimli…

Ko’z tegmasin.

Shodiya Azizova boshchiligida PP 22/1 - guruh qizlari

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

09 Dec, 13:28


Hop, men sizlarga aytsam 250 ming dollar pul bor. Shu dollarlarga uy olsam, mashina olsam, sayohat qilsam degandim. Endi menga aytinglarchi shu pullarni qanday qilib hayolimdan kartamga o’tkazsam bo’ladi😂

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

09 Dec, 09:25


🗣Talabalar va o‘quvchilar 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqishlari belgilandi.

Ko‘pchilikda savol tug'ilmoqda, nega 20-dekabrdan boshlab kanikulga chiqmadik?

✔️Vazirlar Mahkamasi qarorida dekabrning oxirgi 10 kunligi hamda yanvarning birinchi 10 kunligida 2 haftalik ta’til berilishi belgilangan, ya’ni 14 kun.

‼️22-dekabrdan ta’til e’lon qilinsa 22-dekabrga 14 kun qo‘shib hisoblaganingizda 4-yanvar ta’tilning oxirgi kuni, 5-yanvardan darslar boshlanardi. Yoki 28-dekabrdan ta’til bo‘lganida 14 kun qo‘shib hisoblasak, 10-yanvar ta'tilning oxirgi kuni, 11-yanvardan darslar boshlanardi.

☑️Hozir esa 25-dekabrdan ta’til e’lon qilindi, 14 kun qo‘shsak 7-yanvar ta’tilning so‘nggi kuni, 8-yanvardan darslar boshlanishiga to‘g‘ri kelmoqda. Xullas, gapni qisqasi, qachondan ta’til e’lon qilinsa ham faqat 14 kun dam olasizlar.

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

09 Dec, 08:48


Talabalarga kecha, bugun havasim kelardi, ertaga esa yo’q! Nega desangiz kecha uyg’onganida dam olish kuni edi, bugun uyg’onganida dam olish kuni edi, ertaga uyg’onganida esa ko’rpadan chiqishni o’zi azob😂

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

09 Dec, 08:46


Bu dunyoda smartfonlarga va talabalarga juda qiyin. Nega desangiz, telefonni yuzidek charchab ketdi, o’qishga kech qolaverib tyutordan gap eshitavergan talabalarning basharalari, betlari, yuzlari, aftlari, shixtlari. Sinonimni ham tagi mo’l ekane😂

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

08 Dec, 14:45


Ehhh bu qorda sovuqda koʻchada yurish boʻlmaydi. Yo mashina olishim kerak yo soyabon. Koʻramiz, qaysiga pul yetsa shuni olaman😂

Janob axiy bilan bir hil fikrlaymiz)))

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

04 Dec, 05:43


Tasodifan talabalarni “Bollar ketdik shashlik yeymiz!” - degan gapini eshitib qoldim. “O, talabalarimiz boyib ketganmi? Qoyil!” - desam “Ustoz shashlik degan rolton chiqdiku” deyishdi. Zamondan orqada qolibman🤣

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

29 Nov, 18:32


Ko’ngil sovidi

Harorat sovisin, sovisin luqma,
Sovisin kosangda suzilgan oshing,
Ko’ngil sovimasin ekan aslida,
Yurak muzlamasin bo’lib qo’rg’oshin.

Qoru bo’ron kormas, bari hech menga
Zarra cho’chimadim muz qotdi so’zlar,
Ammo chidab, chidab toliqdim senga
Muzlab qoldi dilim, muzladi ko’zlar!

Ko’ngil sovumasin ekan dunyoda…

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

24 Nov, 14:22


🔴 O’GLIM,

Sherlarga erlikdan berib qo’ygin dars!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

24 Nov, 09:33


Bugun o’g’lim Taek Wando Toshkent shahar bosqichida yana 1-o’rinni oldi.

Sariq belbog’ degan darajasi bor raqibini yutibdi. O’g’lim ajoyib bola. “Oyi menga yozgan va o’qib bergan she’riz kuch berdi. O’shandagi gaplarni eslab eslab tepdim deydi.”

Bo’ylaringdan aylanay, eng uzuni bo’lib tursang arslonim! Men ko’rishga bora olmayman. Yuragim ko’tarmaydi. Tatamisidan ko’tarib olib chiqib ketib qolsam kerak😂

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

21 Nov, 16:02


Bopti bitta taktikamni bekorga o’rgataman

Deylik ko'ylak sotib oldingiz. Shu do'kondan chiqib, sal nari yurganingizda siz olgan ko'ylakdan chiroyli, buning ustiga arzonroq varianti chiqib qoldi. Meni reaksiyamni ko’ring!

Erimga yoki onamga yoqmadi deb qaytarib borsam olarmikin 😂

Tez fikrlash kk qizlar, tez

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

21 Nov, 15:57


Turmushga chiqmoqchi bo’lgan qizlarga kurs ochaman, balki pulim ko’payib mashina olsam
metroda tiqilmay yurarsizlar😂

Kurs kuyovga to’rtni chaplamasdan yedirish, prakatga olingan oq ko’ylakni kir qilmay salonga topshirish, Dugonalariga eri bilan maqtanish uchun selfi video olish, o’zi sotib olgan gulni kuyovbola bergandek korsatish san’atini o’rganishni istaganlar, zudlik bilan menga uchrasin😂

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

21 Nov, 15:50


Metroda siqilmasdan ketishni xohlaysizmi? endi buni yechimi bor

Karta raqamimni beraman, manga mashinaga pul yig‘masak bo‘lmadi. Birinchidan, mo'ljallagan joyimga kechikib borayapman. Ikkinchidan, metro-avtobusda odam bittaga kamayib, siqilmay ketasizlar. 😁

* Shunda ham sizlarni o'ylayapman, o'zimni emas

Janob axiydan bezbetlarcha o’g’irlandi😂

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Nov, 16:34


Ayni sezondagi tarona: Ishdagi ishq filmi sauntreki. Eshitamiz!!!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

16 Nov, 08:34


🔴 HURSAND BO’LDIM BUGUN

Singlimdek bo’lib qolgan Mashhuraxon Yo’ldashova, Shaxnozaxon Zokirovalar Zulfiya mukofotining tuman, shahar bosqichi g’olibi bo’lishdi.

Mashhura Xorazmda, Shaxnoza Toshkentda bunday o’rinlarni olgani juda ham katta natija. Aqilli singillarim, donolarim, izlanuvchan shogirdlarim omadinglarni bersin!!! Bu butun universitetni yutug’i va mehnati deb bilaman!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Nov, 04:24


@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

11 Nov, 06:31


Qanday qilib bu dunyoga mehr qo’yish mumkin, axir bunda o’lim borku…

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

03 Nov, 12:02


#Logika

Bir motivator tanishim “Sen o’zingni o’ylamaysan” dedi. Bugundan boshlab qorong’u uyga kirib olib, qurigan atirgulni rasmini chizib, ezilgan musiqa sadolari ostida o’zimni o’ylashni boshlayman. Nima qisa meni bezovta qilmanglar 😂🤦‍♀️

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

03 Nov, 03:56


Kimni rasmini chizib beray?
Menga bamalol murojaat qilsangiz bo’ladi! 😄

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

31 Oct, 14:52


Talabalar dardi

— Yangi oy ham kelmoqda bizni so’roqlab…
— Nima deb so’roqlaydi?
— Ijara pulini, kreditni, kontraktni to’lang deydida, nima derdi boshqa😂

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

30 Oct, 11:09


Og’lim Mustafo bu yil ham logika turnirida maktab birinchiligini qo’lga kiritdi.

O’g’lim Sen bilan faxrlanaman!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

24 Oct, 11:05


Sen qaytib kelasan bir kun yonimga

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
Adashgan hislaring qo’lidan tutib,
Mahtal dimog’laring iforlarimga,
Kelasan eng go’zal qizlardan ketib.

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
Tushunib yetasan fidoliklarim,
Qo’llaring siltaysan bari-bariga,
Qalbingni tinchitmas judoliklarim.

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
Mendan aziz qo’ygan har kiming qolar,
Imkon qidirasan, yo’q o’zga chora,
Kelmasang sog’inchlar joningni olar!

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
G’ururing sevgingga taslim bo’lgan chog’
Jannat yagonadir, yaxshilab qara,
Uning o’rnin bosar aytgin qaysi bog’?!

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
Cho’llarda chayqalgan qumdek to’kilib,
Ko’nasan va keyin yomg’ir, qorimga.
Alifdek qomating, doldek egilib!

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
Va lekin ungacha borasan har yon.
Unutma ko’nmaydi ular boringga,
Mayda tomiring ham meni der ishon.

Sen qaytib kelasan bir kun yonimga,
Iqrorlar qo’lingdan yetaklab kelar,
Umidvor boqasan o’tli ko’zimga,
Pushaymonlik hissi kaltaklab kelar!

Sen qaytib kelasan qayga ketsang ham,
Huru, farishtalar quchog’in tashlab,
Va xatto chin ishqqa borib yetsang ham,
Yonimga qaytasan sog’inchdan qahshab!

Sen qaytib kelasan, olis ketsang ham,
Ko’zlaring tonsada ko’ngling tonmaydi.
Dunyoning eng go’zal hurlarin topgin,
Baribir o’zimga o’xshatolmaydi.

@KR_Abduvaliyeva she’ri

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

23 Oct, 13:44


Masofa

Sababi bor har masofaning,
Devorlarga g’isht tergan sensan.
Darkormikin menda qolganing,
Bir begona odamga tengsan.

Yo’llarimni to’sma demagin,
Tuproqlarni qalagan o’zing,
Yuragimga ko’targan menman,
Yerga asta qulagan o’zing!

Men bariga chidadim, ko’ndim,
Kimni aldab, kimni avrading,
Va so’ngida tushundim, bildim,
Bevafolik azal odating!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

19 Oct, 18:32


Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Ishqimni tushurma yuzsizlaringga,
Mayli muhabbatdan to’lmasin kamim,
Bol so’rab intilmay tuzsizlaringga.

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Ortiq dil bermayin ta’magirlarga,
Ruhim seni desin toki jon-tanim,
Meni duchor qilma dili kirlarga.

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Uvolga ketmasin nurdek tuyg’ular,
Har damda bandam deb turgan Sen bo’lsang,
Kim ular, ayt axir, menga kim ular?

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Sog’insam vaslingni sog’inib yig’lay!
Gunohdir bevafo yorni deganim,
Hiyonatdan emas, sig’inib yig’lay!

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Xushimni olmasin ishqi yolg’onlar,
Sendan boshqasiga ehtiyojim yoq,
Atrofimda mudom sohta insonlar…

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Oct, 18:15


Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Men Seni tanimas edimku avval,
Taqdir nega menga o’yin qiladi,
Nahot tuyg’ularni sen etasan hal?
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Borimni tikardim seni bilmasam,
Taqdir yozuvimni U hal qiladi,
Qaniydi men seni aslo ko’rmasam,
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Sen kelib ozodlik qadrin angladim,
Yurak erkinlikni orzu qiladi,
Imkoni bormikin buni bilmadim
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Allohga iltijo qilsam har safar,
Taqdirdan shikoyat aytgim keladi,
Charchadim, toliqdim bilsang shu qadar
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Men qadrin angladim kop tuyg’ularni,
Qadrsiz hislarga rahmim keladi,
Qaniydi bir imkon tug’ilsa agar,
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

@KR_Abduvaliyeva

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Oct, 18:01


Sen shunchaki so’zlaysan,
Ichimda qular dunyo,
Anglamaysan sezmaysan,
Maydaman qumdek go’yo!

Sen shunchaki so’zlaysan,
Ayriliq, hijron, dardni,
Judolikdan bezmaysan,
Yoki diling karaxtmi?

Sen shunchaki so’zlaysan,
Nazdingda bari oson,
Tushunmaysan, bilmaysan,
Bizda yo’q zarra imkon.

Sen shunchaki so’zlaysan,
Ichimda bo’lar isyon,
Vaqt yetaklab kelmoqda
Qara bir olam armon…

Sen shunchaki so’zlaysan
Ichimda qular dunyo…

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Oct, 16:25


PREMYERA

So’zim so’z!


Gar biroz burilsa yo’limdan izing,
Bir onga uzilsa ko’zimdan ko’zing,
Menga shart bo’lmaydi oshanda izming,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Bag’ringni ilitsa o’zga bahorlar,
Qalbingni quvnatsa o’zga dildorlar,
Boshimga kelsa ham hattoki dorlar,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Ishon sog’inchlarga qilmayman rahm,
Shu on metin kabi kuchayar sabrim,
Qaytara olmaydi yo’limdan hech kim,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Ko’z yumsang umidvor nigohlarimga,
Ko’z yumsang baridan ogohlarimga,
Qaramay o’zimning dil ohlarimga,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

So’ng seni bezovta qilmayman abad,
Qilmayman qo’ng’iroq va yozmayman xat,
Mendan olislasa olislasin baxt,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Izimni yerlardan qirib ketaman,
Yo’lingdan yo’limni burib ketaman,
Yodlarni birma-bir terib ketaman.
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Sezilsa hiyonat, uyg’onsa shubha,
O’ylab o’tirmayman qo’yaman nuqta,
Xushyor bo’l besh kunlik qaytar dunyoda
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Oct, 05:21


O’g’lim

Sher bo’lsang bo’lginu, quyon bo’lmagin,
Arslon bo’l, tulkilar tomon bo’lmagin,
Yo’lbars bo’l o’ljasin ushlamay qo’ymas,
Sherlarga erlikdan berib qo’ygin dars!

O’g’lim bitta gapir, so’zla va bajar,
Rostgo’y bo’l boshingga kelsada hanjar,
Itlar galasida itga aylanma,
Sirtmoqqa tushmagin, ipsiz boylanma!

O’g’lim g’ururingni qilgin himoya,
Oringni asrasang bo’lmas nihoya,
Butun gapir faqat, dadil so’zlagin,
Yigitning manoli ko’zi kifoya!

Dushmanlar yonida egma qaddingni,
Do’stga ham ovoza qilma dardingni,
Kuchli bo’l hayotda kuchlilar g’olib,
Hech qachon bosh egma, yurmagin nolib!

Sirtlonlar yoningda hadikda tursin,
Saflarda yo’lbarslar ortingda yursin,
Sher bo’lsang na’rangdan titrasin dunyo,
Naxanglar ming metr uzoqda yursin!

Og’lim Temurbeksan, Mirzo Bobursan,
Cholponsan qoningda mardlar jur’ati,
Manguberdi kabi mard jangchi bo’lgin,
Yor bo’lsin ularning boqiy qudrati!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Oct, 05:17


Дугонам, қадрдоним Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Гулнозахон Тожибоеванинг каналини тавсия қиламан.

Унда ўзбек ва жаҳон болалар адабиёти янгиликлари, Халқаро танловлар, мутахассислар томонидан ёш категорияси бўйича тавсия этилувчи болалар учун фойдали китоблар, дунё миқёсида айнан болалар китобхонлигига доир қизиқарли маълумотлар, мақолалар, бир нечта тилдаги электрон китоблар ҳамда Гулнозанинг ижодига доир маълумотларни кузатиб борасиз.

https://t.me/gulnoztojiboyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Oct, 05:15


ONANG BO’LSA

Davralarda so’z bermaysan,
Zo’rlarining zo’riga ham,
Zoriqmaysan, qaramaysan,
Kimlarningdir qo’liga ham.
Sindirmaydi omadsizlik,
Yashagaysan bo’lmay qaram.
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Narvonsiz ham tushirasan,
Ko’kda uchgan yulduzlarni.
Qo’ygin jo’ram onam degin,
Unut o’sha gul yuzlarni.
Ilohiy kuch asrab kelar,
Sen bor kecha kunduzlarni,
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Kaftlarini ochsa yetar
Hadik yengmas jur’atingni,
Menman degan sheryuraklar
Ko’rib qo’rqar qudratingni,
Davralarning to’ridasan,
ko’z-ko’z qilib savlatingni,
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Yoshing qirqmi, ellikdami,
Onang uchun bolasan sen,
18 yosh navqironsan,
Shaxzodaga bo’lasan teng,
Borki quvonch Senikidir,
Baxtiyorsan dunyoda eng,
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Xizmatiga tayyor turgin,
Shay bo’l neki ahvoldasan,
Ko’ngilsizlik yuz bermagay,
hotirjamsan har yo’lda San.
Qadriga yet, poyin o’pgin,
Qolmay desang armonda San
Ko’nglin xushla, yuzlarin o’p,
Gar uyingda onang bo’lsa!

Kamola Abduvaliyeva she’ri
@KR_Abduvaliyeva rasmiy

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

13 Oct, 08:10


БИЗ СЕВГАН ФИЛЬМЛАР

"Ўтган кунлар" , 1969 йил

Постановкачи режиссёр Йўлдош Аъзамов
Собир Муҳамедов (Абдулла Қодирий романи асосида)

Саньат дарғалари

Буюк асар...
Буюк актёрлар ижроси ...
Буюк фильм...

Ролларда :
Ўлмас Алихўжаев
Гулчеҳра Жамилова
Гулчеҳра Саъдуллаева
Ҳамза Умаров
Аббос Бакиров
Марям Ёқубова
Наби Раҳимов
Ҳамидулло Наримонов ва бошқалар

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

12 Oct, 05:04


Озгина табассум 🙃

Чапдаги суратда АҚШ президенти Жо Байден 80 ёшини оиласи даврасида нишонламоқда.

Ўнгдаги суратда эса, биздаги туманларнинг биридаги Хадича холани 1ёшли неварасини ақиқасига тузаган дастурхони..

Меҳмондўст халқимдан айланай... 🤭

@debat_2022

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

06 Oct, 04:43


https://t.me/AFU_Kiberxavfsizlik

Kiberxavfsizlikka qiziquvchi barchani klubga taklif qilamiz! Tez ulanib olamiz yaqinda Kiberzakovat o’ynimiz bor!

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

05 Oct, 13:16


Aziz yomg'ir 🥰

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

01 Oct, 14:23


Inbazarga ishga ketayotgan men 🤣

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

01 Oct, 04:12


Barcha tabriklar uchun rahmat, faqat xatosiz yozinglar-a? ☺️

Hammangizni yaxshi ko’raman!!!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

30 Sep, 12:04


Quchog’imga sig’magan gullar,
Orzu qildi seni ne hurlar,
Kimda havas, kimdadir hasad,
Poyimizga sochilsa durlar!

Quchog’imga sig’magan gullar,
Keltirdilar Seni mard qo’llar,
Shaxzodalar men uchun tanlab,
Izxor bilan bag’rimga yo’llar!

Quchog’imga sig’magan gullar,
Biri alvon, biri qirmiz rang,
Qo’shilishib gullaydi dillar.
Gulga gul ham yarashdi, qarang!!!

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

30 Sep, 08:36


🟤BAYRAM SHUKUHI

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ko’p yillik samarali mehnati hamda o’z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun beriladigan maxsus TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandim.

Bu eng avvalo ustozlarim mehnati so’ng siz aziz talabalarning e’tirofidir.

Vazir qo’lidan tashakkurnoma olish katta baxt va ulkan mas’uliyatdir!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

25 Sep, 16:01


Yol’onmi, arzonmi, armonmi dunyo,
Yaxshi bo’lganga ham yomonmi dunyo?
Yugursang yurganga teng qilar dunyo,
Ag’yorga bag’rini keng qilar dunyo!

Sinovmi, sirtmoqmi, sabrmi dunyo,
Yoki bir hikoya, ta’birmi dunyo,
Ichimda qulatar umidlarini,
Hayot deb atalmish qabrmi dunyo?

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

25 Sep, 15:39


Ba’zan hammasiga qo’l siltab qalbing taskin topadigan joyga ketging kelar ekan…

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

24 Sep, 14:38


Ichingda zirqiragan bir yer bor, ammo birovga ko'rsatib, "mana bu yerim og'riyabti" deyolmaysan
Chunki u yerni faqat Alloh biladi..🫀