"Agar bosh qomondon zaif bo‘lsa, uning buyruqlari aniq va tushunarli bo‘lmasa, ofitser va askarlarga belgilangan aniq vazifalar bo‘lmasa va saflar betartib shakllantirilsa, natijada mag’lubiyatga olib boradigan butkul betartiblik yuzaga keladi"
Jamoada tartib va balansning ahamiyati beqiyos. Har bir darajadagi insonlar - oddiy xodimlardan rahbarlargacha - o‘z vazifalarini va maqsadlarini aniq bilishi kerak.
Rahbarlar kuchli bo‘lishi, ammo jamoani qo‘llab-quvvatlash va jamoani fikrlarini inobatga olishga tayyor bo‘lishlari kerak.
Faqat rahbarning kuchli bo‘lishi, xodimlarning esa zaif bo‘lishi muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Shu bois xodimlarni rivojlantirish va ularga mos vazifalar berish zarur.
Muvaffaqiyatga erishish kuchli, maqsadli va balanslashgan jamoa yaratishdan boshlanadi.