Последний контент, опубликованный в Janob Satirik на Telegram
Janob Satirik
28 Feb, 09:39
795
Ertadan boshlab hammani kuniga 6 marta cho'milgisi, 16 martadan tish yuvgisi kela boshlaydi.
(c) Vanganing erkagi
@janobsatirik
Janob Satirik
25 Feb, 20:05
585
Yomgʻirda eng yomoni, piyodalar yoʻlagida ketayotganingizda alamzada bruschatkalarga uchrash.
Ular boʻshab qolgan boʻladi va tagida suv yigʻib sizni pistirmada kutib turadi. Siz unga e’tibor bermasdan, ekranni suv bosganiga qaramay reels koʻrib kelyapsiz va bruschatkani bosasiz.
U esa paytdan foydalanib, suv bilan siylab, yuqori namlik va sifatli sovuq suvni oyoq kiyimingiz ichigacha ishonchli va tezkor usulda yetkazib beradi.
@janobsatirik
Janob Satirik
24 Feb, 10:51
810
Bitta aka g‘amgin fonda "Pulingizni kitoblar orasiga yashiravering, bizda hech kim kitob o‘qimaydi", dedi. Bu orqali kitoblar ham xavf ostida qoladi. Chunki o‘g‘rilar endi uyga o‘g‘rilikka tushganida kitoblarning orasini ham qarab chiqadigan bo‘lishadi. Tez-tez varaqlashganida esa qog'ozlari yirtiladi.
@janobsatirik
Janob Satirik
24 Feb, 09:31
805
Kanalni 2025-yilda 10 000 ga olib chiqamiz, Xudo xohlasa. Hozircha aniq reja yo'q, mablag' ham yo'q. Faqat niyat va umid bor, xolos. Oldinda 10 oy bor, ulgurarmiz, nasib. Ungacha sizlar chiqib ketmay tursangiz bo'lgani. O'zimga motivatsiya bo'lsin deb yozib qo'yyapman.
@janobsatirik
Janob Satirik
23 Feb, 17:06
777
— Husanovning eng hazilkash jamoadoshi kim? — PRIKOLuis.
@janobsatirik
Janob Satirik
23 Feb, 06:44
757
Ayrim odamlar tinchlanish uchun ichadigan kofe narxini eshitib tinchim buzildi.
@janobsatirik
Janob Satirik
22 Feb, 12:57
835
Yangi video chiqdi. O‘tib tomosha qilishingiz mumkin.
https://youtu.be/YNm0UcMrHMo?si=WjnxeR8hbEG5yZC8
Janob Satirik
21 Feb, 07:39
960
Sevgan qizini olib berishmaganidan siqilib o'tirgan o'g'ilga otasi:
Janob Satirik
20 Feb, 19:55
933
EKGda Tuban standup nomli rubrika boshlaganmiz. Har sonda 3 kishi bitta obraz tanlab, oʻsha obrazga kamera qarshisida hazil yozadi. Hazillar krinj boʻlish ehtimoli yuqori boʻladi, nomi bekorgamas. Keyin bir kishi oʻsha obrazda ochiq mikrofonga chiqib, sahnada hazillarni aytib beradi.
Ikkita son chiqarishga ulgurdik: Qorbobo va Joker. Tomosha qiling. Yangi sonida qahramon Vanga edi. Uni oʻzim ijro etdim. Tez orada chiqadi. Montajda. Shunaqa yangiliklar hozircha.
Yana qanaqa obrazlar, shaxslarni tanlashni tavsiya berasiz?
Janob Satirik
19 Feb, 10:34
916
Oʻzidan bir yosh kattalar bilan oʻqigan bolalar hayotda juda koʻp narsaga erishdim deb hisoblaydilar, shekilli. Goʻyoki ularning haliyam zaxirasida 1 yili bordek.