❓Savol: Maktabda har bir jihozlangan informatika xonasi uchun oʻqituvchiga informatika kabineti mudirligi uchun pul toʻlanadimi? Bizni maktabda 2019-yilga qadar bu toʻlovlar amalga oshirilardi, lekin 2019-yildan boshlab tumanimiz iqtisodchisi bitta maktabga faqat bitta kabinet uchun toʻlov qilinadi deb, ikkinchi informatika kabineti uchun toʻlovlarni toʻxtatib qoʻydi.
✅ Javob: Bir nafar oʻqituvchiga faqat bitta informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi. Agar oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ikkita informatika kabinetiga qarasa ham faqat bitta informatika kabineti mudirligi uchun toʻlov amalga oshiriladi.
Basharti, maktabga ikkinchi informatika fani oʻqituvchisi ishga olinsa, va unga ikkinchi informatika kabineti mudirligi yuklatilsa, shundagina oʻqituvchilarning har biriga informatika kabineti mudirligi uchun alohida-alohida toʻlovlar amalga oshiriladi.
☝️Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgrisida”gi 275-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
❗️Savolga Xalq taʼlimi vazirligi Moliya departamenti diretori Siradjev Ilxom Toxirovich javob berdi.