Maktablarga elektromobil beriladi: Bunda “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi
O‘zbekistonda “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berilgandi. Bu haqda 2024-yil 3-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilingandi.
IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” ta’lim platformasida bepul o‘qib, xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Joriy yil 29-noyabrdan boshlab uzbekcoders.uz sayti (https://uzbekcoders.uz/) orqali mazkur bepul kurslarda o‘qish mumkin. Shuningdek,
“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini 1 million nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan.
Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi – 2 ta elektromobil berilishi ham rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar uchun chet elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar o‘qituvchiga 10 million so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilishi rejalashtirilgan.
eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz