INFO AKT | Rasmiy kanal @infoakt Channel on Telegram

INFO AKT | Rasmiy kanal

@infoakt


Qimmatga yoki tekinga ishla hech qachon arzonga ishlama!!!

Bizning kutubxona👇
@A_K_TBOT

Savol va takliflar uchun👇
@A_K_T_BOT

INFO AKT | Rasmiy kanal (Uzbek)

INFO AKT | Rasmiy kanal, yangi yaratilgan Telegram kanalidir, bizning kutubxona. Kanalimizda qimmatli va tekin ma'lumotlar, yangi yangiliklar va ko'p narsa bilan tanishishingiz mumkin. Kanalimizga obuna bo'lib, qachon arzonga yoki qiymatga ishlashning yengil yolini topishingiz mumkin. Kanalimiz @infoakt nomi bilan topshirilgan va sizni ma'lumotlarga kuchli kirishga ega bo'lishingizga yordam beradi. Agar savollar yoki takliflar bo'lsa, @A_K_TBOT va @A_K_T_BOT ga yozishingiz mumkin. Bizning kanalimizga qo'shiling va yangiliklar bilan doimiy ravishda tanishing!

INFO AKT | Rasmiy kanal

07 Jan, 08:06


Modulli funksiyadan hosila olish
Dilrabo Eshqobilova
Bu videoni ko'rib chiqqach modulli funksiyadan hosila olish bo'yicha sizda hech qanday muammo qolmaydi.

@matattestatsiya

INFO AKT | Rasmiy kanal

03 Jan, 05:28


Ilm va bilim kerak!

P:.S Biz hali ham o’qish kerakmi (maktab formasi majburiymi) yoki kerakmasmi (majburiy emasmi) deb baxslashyabmiz, yoki ish yo’q deb noliyabmiz.
Ilon Mask esa allaqachon sochini robotga oldiryabdi. U bilan muloqot qilib, ishlarini roborlarga topshirmoqda.

P:.S Hayotimizga Robotlar, yangi texnologiyalar kirib kelib bo’ldi va bu jarayonda biz odatdagidan ko’ra ikki barobar aqlliroq bo’lishimiz, ishlashimiz, rivojlanishimiz kerak!

👇👇👇👇
O'qituvchilar uchun barcha turdagi xujjatlar!
Biz bilan qoling!
👉👉@ishrejakundalikcom👈👈

INFO AKT | Rasmiy kanal

30 Dec, 14:00


Bugun turnaqatordan ham uzun bo‘lgan "METAN" gazga navbat turganlarni ko‘rib g‘alati bo‘ldim. Ko'pchiligi taksist ekan, ertaga bayram ahir uyga biror narsa olib kirish kerak, navbat oxirida turishga ham rozi.

Bir narsalarni yozgim keldi...

Katta yoshdagi insonlar doim aytib kelgan gap: yoshlar aynib ketyapti.
Kattalarchi?

1. Sifatsiz darsliklar chiqarayotganlar ham kattalar.

2. Bozorda mahsulotini aldab, tarozidan urib sotayotganlar ham kattalar.

3. Xalq pulini o‘g‘irlayotganlar ham "kattalar".

4. Sudxorlikni boshida kattalar.

5. Ishga yaramaydigan kadr chiqarayotganlar ham kattalar.

6. TV orqali dinimiz va madaniyatimizga yod kino va seriallarni namoyish qildirib, yosh avlod ongini buzgan va buzayotganlar ham kattalar.

7. "Metan"ga odamlarni navbatga turgizdirib, asrga tatigulik vaqtlarni olayotganlar ham "kattalar".

8. Farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olmayotganlar ham biz kattalar.

9. Bolalar rizqini urayotganlar ham bog‘chadagi kattalar.

Yozsam juda cho'zilib ketarkan. Kattalar "yoshlar ham bizga o'xshab aynib ketyapti" deb aytishsa sal haqiqatga yaqinlasharmidi.

O'zimni ham yoshlarga yaxshi o'rnak bo‘lolmayotganimni aytib, tergab qo‘yay desam kattalar kabi "MEN"im yo‘l qo‘ymaydi. Insonni meni juda yomon narsa: sababi u bor joyda "siz", "u", "biz", "ular" ko'zga ko‘rinmaydi.

#hikoyam
👉 @super_matematika

INFO AKT | Rasmiy kanal

29 Dec, 17:13


W-Coin da o'yin codi...

Kirish uchun👇👇👇
https://t.me/wcoin_tapbot?start=NzQwMTI1Njgw

INFO AKT | Rasmiy kanal

29 Dec, 16:42


W-Coin o'yini kanali telegramdan rasmiy galochka oldi

Yanvar oyida listing bo'lishi kutilmoqda

O'yinga yangi vazifalar qo'shilgan

Kirish uchun👇👇👇
https://t.me/wcoin_tapbot?start=NzQwMTI1Njgw

INFO AKT | Rasmiy kanal

28 Dec, 01:10


"INFO AKT | Rasmiy kanal" kanali uchun @TGStat'dan yil natijalari

INFO AKT | Rasmiy kanal

25 Dec, 10:30


🧑‍🎓 Referatmi yoki Dissertatsiya?

🔍 Referat – Bu mavzu bo‘yicha mavjud manbalardan tayyorlanadigan qisqa yozma ish.

Asosiy maqsad – mavzuni tushunib, yoritib berish. Odatda, yangi ilmiy yangilik yoki natija kiritilmaydi.
📚 Qachon kerak? – O‘quv jarayonida, imtihon oldidan yoki fan bo‘yicha chuqur bilim olish uchun.

🧑‍🔬 Dissertatsiya – Bu ilmiy tadqiqot ishi bo‘lib, unda yangi ilmiy natija, g‘oya yoki yangilik kiritiladi. Muallif mustaqil ilmiy izlanishlar olib boradi.

🏆 Qachon kerak? – Ilmiy daraja (PhD, DSc) olish uchun. Bu ilmiy yutuq va natijalarga asoslangan jiddiy ish.

⚖️ Farq –
📖 Referat: Mavzuni tushunish va qayta yoritish.
🎓 Dissertatsiya: Yangi bilim yaratish va o‘z natijalaringizni himoya qilish.

👉@ilmiy_darajali_kadrlar

INFO AKT | Rasmiy kanal

12 Dec, 05:12


Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi rasman tasdiqlandi

Ma'lum bo'lishicha, maktab o'quvchilari uchun qishki ta'til 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.

Darslar 13-yanvar dushanba kunidan boshlanadi. 11-yanvardagi darslar 28-dekabrga ko'chiriladi
@boyovut_matematiklar

INFO AKT | Rasmiy kanal

08 Dec, 13:10


#Tafakkur

BUZGʻUNCHILARDAN BO‘LMANG!

Ikki yigit suhbatlashdi.

- Qayerda ishlaysan?
- Falon joyda.
- Oyliging qancha?
- 300 ming.
- Atigi 300 mingmi? Oz-ku? Shunchani qanday yetkazasan? Bu gapni eshitib ishini yomon ko‘rdi. Maoshini ko‘tarishlarini talab qildi. Boshlig‘i bosh tortdi. Ishdan bo‘shatdi. Ishi, oz bo‘lsa ham puli bor edi. Endi tamoman ishsiz qoldi!

Bir ayol boshqasidan so‘radi.

- Yaqinda farzandli bo‘ldingiz. Tuqqaningizda eringiz nima sovg‘a qildi?
- Hech nima.
- Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, o‘zingiz ayting? Siz ne azoblar bilan unga farzand tug‘ib bersangiz-u, u arzimagan bo‘lsa ham sovg‘a bermasa? Nima, sizni qadringiz yo‘qmi? Bu gaplar uni yuragini qizdirdi. Eri ishdan qaytganida g‘azab bilan kutib oldi. Urishishdi. Janjallashishdi. Oxiri sovg‘a o‘rniga taloqqa erishdi.
Bu muammo qayerdan paydo bo‘ldi o‘zi? Tanimagan, bilmagan bir ayolning og‘zini bir chetidan oson chiqqan gaplaridan. U shunchaki aytdi-ketdi.

Ota xotirjam yashardi.

Undan so‘rashdi:
- Nimaga o‘g‘lingiz sizni ko‘rishga tez-tez kelib turmaydi?
-Ishi qiyin. Bo‘sh vaqti kam.
-Siz uchun ham vaqti yo‘qligiga ishonasizmi?
  Ota farzandidan oldin rozi edi. Endi undan gina qilishni boshladi. Qalbidagi musaffolik ketdi. Loyqalandi.

IBRAT
Bunaqa savollar hammamizga beriladi. Har kuni. Har doim. «Nimaga buni sotib olmaysan?». «Nimaga buning yo‘q?». «Qanday qilib eringga chidaysan?». «Haydavor uni, xotin bo‘lmaydi, u». «Qanday qilib shunga yo‘l qo‘yding?»... Ham eshitamiz, ham aytamiz. Biz uni eshitayotgan odamga qanday ta’sir qilishi xayolimizga ham kelmaydi. Oddiy so‘z bilan bir insonning hayotini ag‘daramiz. Nabaviy axloq qoidalardan biri: «Buzg‘unchilardan bo‘lmang»ga amal qiling.

¤kitob_nuri

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

16 Nov, 06:28


W-COIN 4 kun vaqt qoldi. 👇👇👇

https://t.me/wcoin_tapbot?start=NzQwMTI1Njgw

INFO AKT | Rasmiy kanal

27 Oct, 21:31


Hamkasblar, bu lavha bu yerda faqat erta kirish yoki balanslarga emas, balki haqiqiy ishtirokga asoslangan airdropning adolatli taqsimlanishini ta'minlash uchundir🤑
Biz har biringizni va ushbu jamiyatga olib kelayotgan energiyani chuqur qadrlaymiz - siz W-Coinning yuragisiz! ❤️🏳️

Bu surat mukofotlar tizimimizni yangilash va kelgusi yangilanish uchun balanslarni qayta kalibrlash, mukofotlarni haqiqiy faoliyat bilan moslashtirish uchun kalit hisoblanadi – nofaol hisoblar, firibgarlar va botlar uchun mos emas 🤖

Biz DUST va boshqa loyihalarning xatolaridan qochib, hech kim chetda qolmasligiga ishonch hosil qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz.
Bu haqiqiy faollikni rag'batlantirish va bizni boshqalardan ajratib qo'yish uchun mo'ljallangan dekabr ro'yxati sari katta qadamdir🚀

Konchilik oxirgi bosqichga qadar davom etadi, shuning uchun kuchli bo'ling! Ushbu ajoyib airdrop sayohatiga qo'shilish uchun sizda taxminan bir oy vaqt bor🎉

Faol bo'ling - katta ishlar (📦) yaqinda!

W-Coin o'z kanalida listingni e'lon qildi. Bir oydan so'ng w-coin sotishingiz mumkin.

W-COINGA KIRISH

INFO AKT | Rasmiy kanal

26 Oct, 04:52


27-oktaybr snapshot
Bir kundan kam vaqt qoldi.

Bu loyiha haqida qanday fikrdasiz?

W-COINGA KIRISH👇👇👇👇
https://t.me/wcoin_tapbot?start=NzQwMTI1Njgw

INFO AKT | Rasmiy kanal

23 Oct, 17:14


Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Maktabgacha ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
👉 Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi;
👉 Ixtisoslashtirilgan bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachisi;
👉 Oilaviy tarbiyachi;
👉 Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

22 Oct, 18:00


O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

◼️ Bu haqida Maktab vazirligining o'zi ma'lum qilgan.

Milliy sertifikat olgan uchinchi kursdan yuqori talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

22 Oct, 08:12


2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Bu haqda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida eslab o'tildi.

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

22 Oct, 07:15


Kredit - modul tizimida o'lchov birliklari qanday?

1⃣ KREDIT - 3⃣0⃣ soatni tashkil etadi.

🗓 Talaba 1 semestr davomida jami 30 kredit, 1 o'quv yili davomida jami 60 kredit to'plashi zarur!

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

22 Oct, 05:52


Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun

tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda

ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

21 Oct, 12:28


#Тезкор

⚡️ 2025 йилдан Ўзбек тили ўқитувчилари маошига устама ҳақ тўланади


2025 йил 1 январдан бошлаб умумтаълим мактабларида миллий сертификатга эга бўлган ўзбек тили ўқитувчиларига маошининг 50 фоизи миқдорида ойлик устама ҳақ тўланади.

❗️Хабарни ўқитувчиларга юбориб қўямиз, президент табриги

👉
@SHOPIRLAR канали

INFO AKT | Rasmiy kanal

21 Oct, 09:55


Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar quyidagicha nomlanadi

bakalavr va magistr – bu akademik daraja;

PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;

dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

21 Oct, 07:25


#Диққат

⁉️''Поворотник"ни ёкиш — бошқалардан олдин ўтиш хукукини бермайди- энди ЖАРИМАГА ТОРТИЛАСИЗ!

Хурматли шопирлар! Кайси йуналиш томон харакатланмокчи бўлсангиз, олдиндан тегишли полосани эгаллаб, шошилмасдан, атрофдаги бошкаларни хам хурмат қилган холда, хавфли вазиятларни юзага келтирмасдан харакатланишингизни сўраймиз

👉
@SHOPIRLAR канали

INFO AKT | Rasmiy kanal

15 Oct, 06:01


⚡️Илон Маск эса “Cobalt Midnight“га тенг кела олмасада ҳайдовчисиз бошқариладиган келажак автомобили — “CyberCab“ роботаксиларни намойиш қилди. 😁

Бизда эса катта ўзгариш “фара“ ва “дискларини“ ўзгартирилди раҳмат УзАМ 🤦‍♂️

👉 @SHOPIRLAR канали

INFO AKT | Rasmiy kanal

15 Oct, 05:37


#диққат #тарқатинг

200 млн сўмгача: Қайси иловалар орқали фоизсиз пул ўтказса бўлади?

— «Smart bank» иловаси орқали - 100 млн сўмгача;
— «Humans» иловаси - 50 млн сўмгача;
— «Тенге ва чакана банк»нинг «Tenge24» иловаси - 10 млн сўмгача;
— «Халқ банки»нинг «Xazna» иловаси - 5 млн сўмгача...

Яқинларга ҳам юбориб қўйинг

👉
@PATRUL_UZ

INFO AKT | Rasmiy kanal

14 Oct, 15:58


Кўтарилиш сирини фош қилдик...

Telegram | 🌐 Instagram | 📹 Youtube

INFO AKT | Rasmiy kanal

05 Oct, 08:28


📌 Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️ o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️ uslubiy ish rahbari;
➡️ o'qituvchi-psixolog;
➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ pedagog-targ'ibotchi;
➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.


#bitiruvchilar
@InfoAKT

INFO AKT | Rasmiy kanal

04 Oct, 11:06


🤩W-COIN xam snapshot sanasini e'lon qildi✔️

Do'stlar bu o'yinni ancha oldin tashlagan edim va ko'pchilik bilsaxam kerak, chunki Notcoindan keyin qiziqish kuchli vaqtda boshlangan edi.

Demak qazib olish so'ngi bosqichi: 27-oktaybr etib belgilandi ✔️

O'ynash uchun👇👇👇
https://t.me/wcoin_tapbot?start=NzQwMTI1Njgw

INFO AKT | Rasmiy kanal

30 Sep, 06:04


📄 Docuiz bilan endi bir soniyada quiz yaratishingiz mumkin!
Shunchaki Hemis Word formatidagi testni yuboring, va bir zumda quiz tayyor bo'ladi!

INFO AKT | Rasmiy kanal

27 Sep, 04:43


Hammasi aniq. Faqat o'ynash qoldi. Pastdagi havola ustiga bosing va o'ynang. Savollarni izohda qoldiring.

https://t.me/empirebot/game?startapp=hero5222646436

INFO AKT | Rasmiy kanal

27 Sep, 04:42


📌 Kimyo yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:

➡️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;
➡️ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:

➡️ kimyo fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant;
➡️ kabinet mudiri.

📌 Bilogiya yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:

⏩️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
⏩️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
⏩️ ishlab chiqarish korxonalari biologik laboratoriyalarida;
davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:

⏩️ Biologiya fani o‘qituvchisi;
⏩️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
⏩️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
⏩️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant;
⏩️ kabinet mudiri.

#bitiruvchilar
@InfoAKT