Ikhtiyar Dosmetov @ikhtiyar_dosmetov_official Channel on Telegram

Ikhtiyar Dosmetov

@ikhtiyar_dosmetov_official


📶 SHAXSIY RIVOJLANISH
‌-‌ 1000X klubi prezidenti
‌‌‌‌- Qadam-baqadam kitobi muallifi.
Admin: +998781136366

Ikhtiyar Dosmetov (Uzbek)

Ikhtiyar Dosmetov - SHAXSIY RIVOJLANISH kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal 1000X klubining prezidenti va Qadam-baqadam kitobi muallifi Ikhtiyar Dosmetov tomonidan boshlangan. Bu kanalda shaxsiy rivojlanish, yaratuvchi fikrlar, va muhim hayot darslari haqida ma'lumotlar bo'lishi mumkin. Agar siz ham o'z hayotingizni rivojlantirish, yangi malumotlar olishni istasangiz, shu kanalga obuna bo'ling! Admin: @nurmukhammad_admin

Ikhtiyar Dosmetov

01 Dec, 13:26


Assalomu alaykum do’stlar!
“Americano” kanali ochilganiga deyarli bir oy bo’lib qolibdi.

Shu qisqa vaqt ichida kanalga 30 ga yaqin podkastlar va fikrlar joylabmiz.
Hali yopiq kanalga o’tmaganlarni kanalga taklif qilamiz.
Har kuni o’zingizga 10 daqiqa vaqt ajrating, o’zingizni rivojlantiring!

Podkastlarni tinglash 👇
@dosmetov_bot
@dosmetov_bot
@dosmetov_bot

Ikhtiyar Dosmetov

13 Nov, 13:12


STRESS VA QAT’IYATSIZLIKni Yo’q Qilish Uchun:

Shaxsiy Rivojlanish Strategiyangizni Shakillantirishni Boshlashga 3 Kun Qoldi!

Toshkentdagi so’nggi #18RESTART

16-20 Noyabr

Ishtirok etish uchun quyidagi havolani bosing.

https://restart.idosmetov.uz/

Ikhtiyar Dosmetov

12 Nov, 13:59


Birlamchi barcha ehtiyojlariga yetishgan tadbirkor ma’lum nuqtaga kelganidan so‘ng o‘sishdan to‘xtaydi

O‘z navbatida biznesida ham rivojlanish bo‘lmaydi.

Ana endi uni harakatlantirish uchun oldiga mission va vision qo‘yishi lozim.

Maqsad ham tugashi mumkin, ammo yangilarini topmoqchi bo‘lsangiz, mission va vision ustida ishlashingiz kerak.

Ikhtiyar Dosmetov

11 Nov, 13:26


Kuchli shaxs sifatida rivojlanish va biznesni yangi pog'onaga chiqarishni boshlashga 5 kun qoldi!

#18RESTART

16-20 Noyabr

Toshkentdagi so‘nggi RESTART!

Hayotingiz va Biznesingizga Xizmat Qiladigan MAQSADLAR QO’YISH VA ULARGA “10 YIL O’RNIGA 1 YILDA” ERISHISHni 5 kun ichida o’rganishni boshlang.

Ishtirok etish uchun quyidagi tugmani bosing:

https://restart.idosmetov.uz/

Ikhtiyar Dosmetov

10 Nov, 14:01


Ustozni nimaga qarab tanlashingiz kerak?

Agar biror sohaga ko‘ra tanlasangiz, eng kuchlisiga shogird tushish orqali o‘zingizni o‘stirishingiz mumkin.

Biroq, ishingizga oid bo‘lmagan ustoz kerak bo‘lsa, avvalo, uning yashash tarzi va emotsional holati sizga yaqinligiga e’tibor qarating

Haqiqiy shogird ustozining fanati bo‘ladi va unga ixlos qiladi.

Bu uning tez o‘sishiga sabab bo‘ladi.

Ikhtiyar Dosmetov

09 Nov, 15:02


Muhit insonni o‘zgartiradi.

O‘zingizga kerak muhitni topish faqat o‘z qo‘lingizda!

Atrofingizni eng kuchli insonlar bilan ko‘paytiring.

Shunda o‘zingizda sezilarli o‘sishni his etasiz

Ikhtiyar Dosmetov

09 Nov, 12:15


Shaxsiy rivojlanish — bu jarayon!

Siz o‘rganib qolgan odatlardan voz kechishingiz oson bo‘lmaydi.

Agar qa'iy intizom, bilim va aniq maqsad bilan harakat qilsangiz, o‘zingizda o‘zgarish his etasiz.

Aslida, shaxsiy rivojlanish biznes qilishdan ham qiyinroq.

Ikhtiyar Dosmetov

08 Nov, 14:10


Olimpiadada oltin medal sohibi bo‘lgan sportchilar bu muvaffaqiyatga erishish uchun kechayu kunduz ter to‘kishgan.

Hayotda ham shunday, o‘z ustida ishlagan insonlargina g‘alaba qozonishadi.

Ikhtiyar Dosmetov

07 Nov, 14:15


Ko‘p bilish muhimi emas, eng muhimi kam bo‘lsa ham mukammal bilishdir.

Bu yo‘lda yaxshi ustozning bo‘lishi ham samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Cho‘qqigaga chiqishni maqsad qilgan insonning yo‘lboshchisi bo‘lsa, tezroq va ortiqcha harakatlarsiz chiqishadi.

Ustoz ham maqsadga olib borishning oson va kerakli usullarni sizga ko‘rsatadi.

Ikhtiyar Dosmetov

07 Nov, 05:04


Shaxsiy rivojlanish orqali Hayot va Biznesingizni yangi darajaga olib chiqishni boshlashga 10 kun qoldi!

Ya'ni...

#18RESTART

16-20 Noyabr

Toshkentdagi so'nggi imkoniyat!

Aniq maqsadlar. Jiddiy tartib. Tugamas energiya. Yuqori samaradorlik va...

5 Kun ichida Shaxsiy Transformatsiyaning Boshlanishi.

Ko'proq ma'lumotga ega bo'lish uchun biodagi havola orqali o'ting

Ikhtiyar Dosmetov

06 Nov, 15:01


Har qanday soha egasi bo’lish uchun albatta bilim olish kerak.

O’qimasangiz ko’p narsa yo’qotasiz.

“Qaniydi 20 yil oldin sizdek ustozlar bilan tanishgan bo'lganimda, hozir umuman boshqa joyda o'tirgan bo'lardim”, - Mirabdulla Inomov, 1000x Club a’zosi va oxirgi #shaxsiykouching mehmoni

Ikhtiyar Dosmetov

06 Nov, 07:25


AMERICANO telegram kanaliga o’tib har kuni yangi podkastlarni eshiting!

@dosmetov_bot 👈

Ikhtiyar Dosmetov

05 Nov, 13:59


Hayotingizni yaxshilash uchun uzoq vaqt davomida qiyinchiliklarni bosib o’tishingiz shart emas.

Kimningdir 15 yillik hayot tajribasidan xulosa qilib qilib, 1 yil ichida o’sha tajribaga erishganingiz yaxshi emasmi?

Ikhtiyar Dosmetov

04 Nov, 13:46


Barcha rejalaringizni yozib boring va uni muhimligiga ko'ra tartiblab chiqing.

Eng asosiysi ishingizni tugatmaguningizcha keyingisiga o'tmang.

Bu ishni odatga aylantiring va bajarishga harakat qiling.

Shundagina siz hech narsani o'tkazib yubormaysiz.

Ikhtiyar Dosmetov

04 Nov, 10:27


YANGILIK BUGUNDAN!

https://t.me/dosmetov_bot

Ikhtiyar Dosmetov

03 Nov, 14:00


Ba’zilar biznesda eng muhimi ko‘p pul topish hisoblashadi.

Aslida hayotni o‘zgaritirish uchun pul haqiqatda muhimmi?

Yo‘q, avvalo, o‘zingizga bo‘lgan munosabat va ruhiy holatingizga qarang. Nima yetishmayapti?

Ertangi hayotingizda nimalarga erishsangiz, o‘zingizni hozirgidan baxtli va muvaffaqiyatli deb hisoblardingiz?

Mana shu haqida o‘ylab ko‘ring.

Ikhtiyar Dosmetov

02 Nov, 14:01


Boradigan manzili aniq bo‘lgan odam yo‘l davomida nimalarga duch kelishini aniq bilmaydi.

Shu kabi siz ham kelajakdagi noaniqlikdan qo‘rqib, harakat qilmasangiz o‘zingiz uchun yangilik qilolmaysiz.

Kelajak asli mavhum narsa va hech kim nima bo‘lishini bilmaydi.

Lekin, undan xavotirlanib harakat qilmasangiz, hech narsa o’zgarmaydi.

Ikhtiyar Dosmetov

01 Nov, 11:49


Do'stlar!

Toshkentdagi so'nggi #18RESTARTga 15 kun qoldi!

Biz 5 kun ichida tushkunlik va beparvolik holatidan to’liq kuch va aniqlik holatiga o'tishni o'rganishni boshlaymiz.

Hayotiy energiyani qaytarish va oldindagiday ko’zingizni yondirish uchun zarur ko’nikmalar, instrumentlar, strategiyalar va shaxsan Ikhtiyar Dosmetov bilan tatbiq qilish orqali nafaqat bilim, balki hayotda qanday qo’llashni o'rganishni boshlaysiz.

Barchangizni 5 Kunlik Transformativ Jonli Kouchingga taklif etamiz!

Toshkentdagi so’nggi #18RESTART

16-20 Noyabr

Ishtirok etish uchun quyidagi havolani bosing:

https://restart.idosmetov.uz/

Ikhtiyar Dosmetov

31 Oct, 13:59


Shaxsiyati baland bo‘lmagan inson boshqalarga havas qilib yashaydi.

Muvaffaqiyatga yetishgan insonlarning egalik qilayotgan narsalariga intilmang.

Bu sizda yolg‘on ambitsiya uyg‘otadi…

Siz shaxsiyatingiz va muvaffaqiyat yo'lingiz boshqa bo'lishi kerak

Ikhtiyar Dosmetov

31 Oct, 05:39


https://youtu.be/7y69HBSKTSA

Ikhtiyar Dosmetov

24 Oct, 13:40


Pulga bo’lgan munosabatingizni shaxsiyatingiz ko’rsatadi.

Shaxsiy rivojlangan insonlarning pulga munosabati boshqacha bo‘ladi.

“Bizda ham aynan shaxsiy rivojlanish o’sgandan keyin, pulimiz ham shu darajada o’sdi” - Mirabdulla Inomov, 1000x Club a’zosi va oxirgi #shaxsiykouching mehmoni

Ikhtiyar Dosmetov

23 Oct, 13:29


Shaxsiy rivojlanishga qadam bosildimi, ortga qaytish kerak emas.

Siz o‘zingizdagi o‘zgarishlarni oson kechmasligini bilishingiz lozim.

O‘rganib qolgan odatlaringizdan voz kechishingiz, hayotingizga tartib olib kirishingiz kerak bo’ladi…

Bu og‘riqli va qiyin…

Unutmang! Shaxsiy rivojlanishingizga qarab hayotingizda hamma narsa o'zgaradi.

Ikhtiyar Dosmetov

22 Oct, 15:59


Hayot va Biznesda Katta Maqsadlar va Orzu Qilgan Natijalarga 10 Barobar Tezroq Erishishingiz Uchun Maxsus Dars


Har bir tadbirkor, biznes egasi va soha ekspertining bugungi eng og’riqli muammosiga yo’naltirilgan maxsus dars tayyorladik.

Shu maxsus darsligimizda - hayotiy energiyani qaytarish va oldindagiday ko’zingizni yondirish uchun energiya haqida fundamental tushunchaga ega bo’ling.

Havola orqali maxsus darsimizni ko’rishingiz mumkin.
https://energiya.idosmetov.uz/

Ikhtiyar Dosmetov

22 Oct, 13:59


Agarda siz ham muhitingizni o‘zgartmoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘zingizga savol bering:

Men kim bo’lmoqchiman? Qaysi tomonga harakatlanishim lozim?

Deylik, biror biznesmenga o’xshashni istayapsiz.

Ularning yo‘lidan yurishni boshlasangiz, muhitingiz o’zgarishi tabiiy bo’ladi.

Ikhtiyar Dosmetov

21 Oct, 15:59


97% Insonlar Maqsadlarini Shakillantirishda Katta Xato Qilishadi va Bu, Siz O’ylayotgan Narsa Emas!

Hayotingiz behuda va mazmunsiz o’tib ketayotganini sezayotgan bo’lsangiz bu maxsus dars siz uchun tayyorlangan.

Hozirgi holatingizni sezilarli darajada o’zgartirish uchun yillar davomida ishlangan yondashuv.

Havola orqali maxsus darsimizni ko’rishingiz mumkin.

https://energiya.idosmetov.uz/maqsadlar

Ikhtiyar Dosmetov

21 Oct, 14:09


Doimo o’zingizni hotirjam his etishingiz - siz uchun asosiy o’rinda bo‘lishi lozim.

Lekin, ichki hotirjamlik o‘zidan-o‘zi bo‘lib qolmaydi. Bu yillar davomida shakllanib keladi.

Va ichki hotirjamlikni ustida ishlash lozim.

Ikhtiyar Dosmetov

20 Oct, 16:02


Yaxshi Tadbirkorlar Bu Strategiyani Bilishadi. Yuksak Tadbirkorlar Bu Strategiyasiz Yasholishmaydi!
 
 
Ma’lum bir darajaga kelib o’sa olmayotgantadbirkor, biznes egasi yoki soha ekspertlari uchun…
 
Maxsus darsligimizda - biznesingiz va hayotingizda bundanham kattaroq natijalarga erishish uchun noodatiyyondashuv.
 
Havola orqali maxsus darsimizni ko’rishingiz mumkin.
 https://energiya.idosmetov.uz/shaxsiy-rivojlanish

Ikhtiyar Dosmetov

20 Oct, 13:09


Nima ish qilmang, barchasida sizga ustoz kerak bo‘ladi.

Sizdagi kamchilikni ko'rsatadigan, o'zidagi bilimni sizga ham ulashadigan inson bilan aloqangizni mustahkamlang.

Agar sizdan bir necha barobar bilimli insonlar bilan birga yursangiz, siz ham o'sasiz!

Har bir sohada yaqin ustozingiz bo'lsin!

Ikhtiyar Dosmetov

19 Oct, 15:59


Hayotingizda TARTIB, INTIZOM va QATIYLIK kuchayishi uchun 3 ta Sinalgan Qo’llanma!

Doimo vaqti yetmaydigan va samaradorligi tushib ketgan tadbirkorlar, biznes egalari va soha ekspertlari uchun…

Maxsus darsligimizda - Hayotingizda TARTIB, INTIZOM va QATIYLIK kuchayishi uchun 3 ta Sinalgan Qo’llanma!

Havola orqali maxsus darsimizni ko’rishingiz mumkin
https://energiya.idosmetov.uz/shaxsiy-samaradorlik

Ikhtiyar Dosmetov

19 Oct, 14:00


O‘zini yaxshi ko‘rgan inson ham boy, ham muvaffaqiyatli, ham o‘z sohasining lideri bo‘ladi.

Hech qachon o‘zingiz uchun pul tejamang, shaxsiyatingizni boy qilishga harakat qiling.

Ba’zi insonlar kabi noma’lum kelajak uchun pul yiqqaningiz bilan undan nima foyda olishni bilmaysiz…

Yodingizda tuting: Pulni o’zingizdan ayamasligingiz lozim. Siz o’zingizni mukofotlashga loyiq insonsiz.

To'liq videoni havola orqali ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/R5SJDQgW2Ac

Ikhtiyar Dosmetov

18 Oct, 13:59


Qilishga erinayotgan ishingizni bajarish uchun o‘zingizga mukofot tayinlang.

Shu orqali siz o‘zingizni harakatlantira olasiz va bu sizga motivatsiya beradi.

Aslida siz o‘zingizni hech qanday shartlarsiz mukofotlashingiz lozim.

Biroq, qilayotgan ishingiz har doim ham sizga yoqavermaydi.

Shu sababli ham o‘zingizga berilgan mukofot sizni harakatlanishga undaydi.

Ikhtiyar Dosmetov

17 Oct, 14:30


Biznes egasi o'ssa, jamoasini o'stiradi!

Domiy rivojlanishdan to'xtamagan inson o'ylamagan muvaffaqiyatga erishadi.

Birinchi navbatda o'zingizni o'stiring!

Shundan keyingina siz his qilib turgan rivojlanishni atrofidagilarga ham singdira olasiz.

Unutmang!

Domiy rivojlanishdan to'xtamagan inson jamoasi bilan ko'zlagan maqsadiga erishadi!

Ikhtiyar Dosmetov

17 Oct, 10:01


https://youtu.be/HqggtAAM_3s

Ikhtiyar Dosmetov

16 Oct, 13:59


Ko'p narsani o'rganish muhim emas, muhimi kerakligini bilishdir!

Keraksiz bilimlar o‘zingizga ortiqcha baho berishingizga sabab bo‘ladi.

Bu sizni haqiqiy o'zgarishga olib kelmaydi.

O'zingizga savol bering: Nimani o'zgartirish kerak?

O'zgartirish kerak bo'lgan narsaga ahamiyat bering. Lekin, hamma narsani bittada o'zgartirishning imkoni yo'q.

Ikhtiyar Dosmetov

13 Oct, 14:35


https://youtu.be/R5SJDQgW2Ac?si=c7f-C0j1lA9rJ5xr

Ikhtiyar Dosmetov

13 Oct, 14:01


Mentalitet odamning fikrlashiga va hayotdagi qarorlariga kuchli ta'sir qiladi.

Agar inson yangi marralarga erishish uchun o‘zidagi mental to‘siqlarni yengib o'tishni o’rganmasa…

Afsuski unga hech narsa yordam bera olmaydi.

O'zingizdagi cheklovlarni yengib o'tish va eng asosiysi - odamlarning gap-so'zlariga e'tibor qilmasdan harakat qilish lozim.

Nima qilmasak ham albatta bizga tosh otiladi…

Ikhtiyar Dosmetov

12 Oct, 14:02


Muhitingizga ahamiyat bering!

Atrofidagi do'stlaringiz kimligi, kimlar bilan doimiy muloqotda ekanligingizni biznesingizga ta'siri katta.

Agar kuchliroq doiraga kirsangiz, o'z-o'zidan sizda o'sish kuzatiladi.

Doimiy biznesmenlar bilan aloqada bo'lishingizning o'zi katta gap!

Chunki u yerda oddiy suhbatni ham biznesga katta ta'siri bor.

Inson muhitini o'zgartirmagunicha yangi tasavvurga ega bo'lishi deyarli 0 ga teng!

Ikhtiyar Dosmetov

11 Oct, 13:59


O'zingizning imkoniyatlaringiz chegarasini bilasizmi?

Qobiliyatingiz nimalarga mos kelishini ko'ra olsangiz — bu sizning yutug'ingiz.

Faqat siz undan to'g'ri foydalana olishingiz ham lozim.

Boshqalardan ustun jihatingiz va sizdagi qobiliyat bilan hayotingizda yetakchi bo'la olishingiz mumkin.

Agar siz qobiliyatingiz bilan tajriba ham to'plagan bo'lsangiz endi bu umuman boshqa daraja…

Agar, biznesingizni mana shu ikki jihat: tajriba va qobiliyat ustiga qurilgan bo'lsa, siz juda kuchli shaxssiz.

Ikhtiyar Dosmetov

10 Oct, 14:01


Har bir odamda stress holati bo'lishi mumkin va bu tabiiy.

Siz tez-tez stressga tushayotgan bo'lsangiz, demak, doimiy harakatdasiz.

Faqat harakatingizni to'g'ri amalga oshirsangiz, stressni yengil o'tkazasiz.

Unga bo'lgan munosabatingiz sizning asl kuchingizni ko'rsatib beradi.

To'g'ri, stressning darajalari bor. Og'ir holatga tushib qolish xavfi ham mavjud.

Ayniqsa operatsion harakat davomida stress holatiga tushsangiz, bu siz uchun yomon.

O'zingizni boshqara olishingiz va shaxsiyatingiz kuchi sizni og'ir pallada ham vazmin bo'lishingizga yordam beradi.

Shaxsiyatingizni o'stiring, shunda stressga munosabatingiz o'zgaradi!

Ikhtiyar Dosmetov

09 Oct, 14:30


Shaxs o‘smasa, biznes o‘smaydi!

Ko'p odamlar biznesinini yaxshi yo’lga qo‘yib, asosiy ehtiyojlari qondirganidan so'ng komfort zonaga kirib qoladi.

10-15 yil davomida o‘sib borib, oxiri to‘xtab qoladi.

Bo’ldi, endi menga boshqa narsa kerak emas, deb hisoblaydi.

Harakatlari susayadi yoki yo’qoladi.

Lekin ko‘proq daromad qilishni istaydi.

Tanish holatmi?

Sizda ham shu jarayon kuzatilgan bo‘lsa, doimo yodingizda tuting!

Shaxsiy rivojlanish yo‘lidagi maqsad puldan muhimroq!

O‘zingizni rivojlantirsangiz, daromadingiz oshib boraveradi.

Sizdagi kalibr va tafakkurning o’sishi eng muhim jihat hisoblanadi.

Asosiy maqsad sizni o’stirish! Chunki, shaxs o’smasa, biznes o’smaydi!