Tadbirlar doirasida profilaktika inspektorlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan hamda pirotexnika vositasini qonunga xilof ravishda olib yurgan fuqarolar aniqlanib tegishli choralar ko‘rildi.
Bundan tashqari “Ziyokor” MFYda Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudi raisi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Majlisida Karmana tuman IIB Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyat IIB JXX HPB tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.
Telegram I YouTube I Instagram I Facebook