Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz Channel on Telegram

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

@spotuz_uz


O’zbekistonda tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar yangiliklari.
Rasmiy sayt:
www.spot.uz/oz

Tahririyat:
@SpotuzFeedbackBot
(+998) 78-555-60-40

Reklama:
(+998) 99-444-3539, @Afisha_Media_Regina

Spot.uz – biznes va texnologiyalar (Uzbek)

Spot.uz – biznes va texnologiyalar kanalimizga xush kelibsiz! Biznes, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar sohasida eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizni obuna bo'ling.

Spot.uz O'zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi eng zamonaviy yangiliklarni taqdim etadi. Rasmiy saytimizga www.spot.uz/oz saytidan kirib, so'nggi yangiliklar bilan tanishing.

Agar sizning fikrlaringiz va takliflaringiz bo'lsa, tahririyat uchun @SpotuzFeedbackBot bilan bog'lanishingiz mumkin. Telefon raqamimiz: (+998) 78-147-14-15.

Reklama yoki aloqa mavzusida ustoz bo'lib keladigan bo'lsangiz, biz bilan bog'lanib ma'lumotlaringizni almashishingiz mumkin. Reklama uchun: (+998) 99-444-3539 yoki @Afisha_Media_Regina kanaliga murojaat qiling. Biznes va texnologiyalar sohasidagi eng so'ngi yangiliklar uchun Spot.uz kanaliga obuna bo'ling!

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Dec, 10:03


Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat

Dam olish kunlari jami 20ta bankning ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/08/banks/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Dec, 14:00


O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar bilan viza tartibini soddalashtiradi

Prezident Tashqi ishlar vazirligiga xorijda o‘qish, malaka oshirish va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida bir qator davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishni topshirdi.

Bular qatorida Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya hamda Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar bor.

Shuningdek, 2025-yildan “Work and Travel” kabi dasturlarda ishtirok etuvchi talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/07/visa/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Dec, 12:31


1-yanvardan Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘lash to‘xtatiladi

Uning o‘rniga bekatlar yonidagi infokiosklardan bir martalik chiptalarni xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Transport vaziri Ilhom Mahkamov avtobuslarda chiptalarni o‘qish uchun maxsus moslamalar o‘rnatilishini aytgandi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/07/bus-fee/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Dec, 09:00


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Ketma-ket ko‘tarilishdan keyin noyabr oyida mamlakatning xalqaro aktivlari qiymati $1,7 mlrdga pasayib, $41,5 mlrdni tashkil etdi.

Oltin zaxiralarining qiymati $623 mlnga — $33,4 mlrddan $32,7 mlrdgacha pasaydi. Biroq, oltinning fizik hajmi biroz ko‘payib, 12,3 troya unsiyani tashkil qildi.

Valyutadagi aktivlar hajmi ham $1,04 mlrd kamayish bilan, noyabr oyida $8,2 mlrd bo‘lgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/07/gold-reserves-november/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Dec, 06:38


“Fly Khiva” Toshkentdan Urganchga birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

Shu hafta boshida xususiy aviatashuvchi birinchi Boeing 757−300 samolyotini qabul qilib oldi. O‘zbekistonning beshta shahri — Urganch, Nukus, Termiz, Farg‘ona va Samarqandga parvozlarni boshlash rejalashtirilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/07/fly-khiva/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 13:59


“100 Ga” loyihasi: Siberian Wellness Orolbo‘yi ekotizimini faol tiklamoqda

“100 Ga” xalqaro loyihasi doirasida Siberian Wellness barqaror kelajak sari qadam tashlab, Orolbo‘yi ekotizimini tiklashda faol ishtirok etishda davom etmoqda (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/siberian-health/

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 12:09


“IMC-Capital” kompaniyasi “Perfectum” operatorining hammuassisi bo‘ldi

Shu bilan birga, avvalroq yagona ta’sischisi bo‘lgan Abdumalik Iminov endilikda mobil aloqa kompaniyasining 50% ulushiga egalik qiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/perfectum/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 11:06


Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga Turkmaniston tabiiy gazini yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, yaqin kelajakda qo‘shma gaz loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/turkmenistan-gaz/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 09:43


Ko‘p qavatli uy, akvapark hamda avtoturargoh — prezident “Chorvoq darvozasi” turistik majmuasi qurilishi bilan tanishdi

Mazkur loyiha Chirchiq daryosi bo‘yida amalga oshirilmoqda. Majmuada 16ta ko‘p qavatli uy, 3ta mehmonxona, 2ta supermarket hamda 60dan ziyod savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu yerda kafe va restoranlar, bank ofisi, akvapark, musiqali favvora hamda avtoturargoh tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezident xizmat turlarini ko‘paytirib, turizmni rivojlantirish, bu kabi majmualarni boshqa tumanlarda ham loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/chorvoq-darvozasi/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 08:34


Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temir yo‘lga tutash maydonlar keyingi yilgi renovatsiya dasturiga kiritiladi

Prezident bu yo‘nalishdagi temir yo‘lning egri qismlarini to‘g‘rilab, qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirishni topshirdi. Ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/railway-renovation/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 07:37


Auksionda “chiroyli” avtoraqam 470 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

5-dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 4,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi. Eng qimmat avtoraqam narxi 474 mln so‘mni tashkil etdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/car-numbers/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 06:20


“Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etayotgan litsenziyasiz turoperatorlar javobgarlikka tortilmoqda

93 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari “Umra” ziyorati uchun “Yusro Tour”, “Muslim Travel”, “Meta Travel” hamda “Elchi Travel” turoperatorlari orqali Saudiya Arabistoniga borib, Makkada mehmonxonadan chiqarib yuborilgan va qaytish aviachiptalarisiz qolib ketgan.

Toshkentdagi “Yasin Travel” turfirmasi esa 74 nafar fuqaroni sayyohlik vizasi bilan ziyoratga jo‘natgan. Ularga rasmiylashtirilgan aviachiptalarning qalbaki ekanligi aniqlandi.

Namanganda fuqaro A.G‘ “Atlas travel” turfirmasi orqali 30 nafar fuqaroni “Umra”ga yuborish uchun aviachipta va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga $31 900ni olgan. Biroq, u qaytish chiptalarini rasmiylashtirmasdan $8 900ni o‘zining ehtiyojlariga foydalangan.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan turfirmalar hamda ularning rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq “Umra” ziyoratini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun 12ta turoperatorga litsenziya berilgandi. Fuqarolar faqat litsenziyaga ega tashkilotlar orqali ziyoratni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 05:02


Samarqandda mayning ferma $2,2 mlnlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

Oilaviy korxona binosining yon qismidagi yerto‘lada umumiy quvvati 244,4 kVt bo‘lgan 89ta mayning qurilmasi aniqlandi. Tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish natijasida 28,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/06/illegal-mining/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

06 Dec, 04:00


15-dekabrdan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘lga qo‘yiladi

Qatnovlar 12-yanvargacha (1-2 yanvardan tashqari) haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/05/additional-train-samarqand/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

05 Dec, 14:35


🌐🌐🌐🌐🌐🌐

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob

“Microsoft” asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.

🌐“Tugallanmagan muhabbat qissasi”, Doris Kearns Gudvin;

🌐“Xavotirli avlod”, Jonatan Haydt;

🌐“Oddiy ko‘rinishdagi muhandislik”, Greydi Xillxaus;

🌐“Yaqinlashayotgan to‘lqin”, Mustafo Sulaymon.

Kitoblar haqida batafsil:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/05/gates-books24/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

05 Dec, 12:54


Keyingi yilda mahalliylashtirish orqali “BYD” elektromobillari tannarxini pasaytirish belgilanmoqda

Bunga kompaniya avtomobillarining 60ta detalini mahalliylashtirish hisobiga erishish mumkin. Xitoy kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistondagi tarmoq korxonalari salohiyatini yuqori baholagan.

Davlat rahbari Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi imkoniyatlari asosida hududiy korxonalar bilan kooperatsiya hajmini 2 barobar oshirishni topshirdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/05/automobile-industry/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

05 Dec, 11:43


2025-yilning 1-martidan “Yashil olam” va “Yashil to‘lov” elektron platformalari ishga tushiriladi

Platformalar daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni tashkillashtirishda ixtiyoriy xayriya o‘tkazmalari uchun xizmat ko‘rsatadi.

Tovar va xizmatlar savdosida esa “Yashil to‘lov” ustamasi joriy qilinadi. Bu orqali iste’molchilardan ixtiyoriy ravishda to‘lovlar olinadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/12/05/green-fund/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

17 Nov, 11:03


🌐🌐🌐🌐🌐

Ikkilamchi avtomobil bozori, ijara narxlari hamda birjada benzin narxining yuqori chegarasi

“Spot” hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/17/week-summary46/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

16 Nov, 14:35


“Venkon” kompaniyasi asoschisi o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi loyihani davom ettiramiz.

Bu safargi materialda “Venkon Group” kompaniyasi va “Didox” loyihasi asoschisi Askar Ismailov bilan suhbatlashdik.

Intervyuning asosiy lavhalarini saytimizda o‘qing:
https://www.spot.uz/oz/2024/11/16/askar-ismailov/

Toʻliq qismini esa YouTube-kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/NDF5JVj1guU?si=YGuzgVvuzd-EFVpJ

Loyihaning keyingi qahramoni kim bo‘lishini xohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

16 Nov, 13:30


“UzTest” import avtomobillarini sinovdan o‘tkazish poligonidagi navbatlarga izoh berdi

1-noyabrdan O‘zbekistonga import qilinadigan avtomobillar bojxona hududida emas, Pskentdagi poligonda texnik sinovdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘proq vaqt talab etgani bois bu tartib uzun navbatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Markaz buni mavsumiylik va import hajmining oshishi bilan izohlamoqda. Avtomobil egalari esa tekshiruv jarayonlarini kutib, mashinalarida tunab qolishga majbur bo‘lishmoqda.

Hozirda avtopoligonda maxsus kutish hududlari tashkil etilgan, shu bilan birga, elektron navbat tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, muvofiqlik sertifikatining o‘rtacha narxi 9,1 mln so‘mgacha oshgandi, keyinchalik esa “UzTest” narxlarni pasaytirdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/16/auto-certification/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

16 Nov, 12:10


“Noyabr oyida sovuq tufayli gaz va elektr energiyasi iste’moli keskin oshdi” — Energetika vaziri

Jo‘rabek Mirzamahmudovning qayd etishicha, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining talabini qondirish maqsadida kerakli zaxira resurslari ishga solingan, jumladan yer osti gaz omborlaridan yetarli darajada gaz jamg‘arilgan.

Shuningdek, vazir havo harorati minus 20 darajagacha pasaygan holatlar uchun harakat rejasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/16/energy-consumption/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

16 Nov, 09:48


“Kaspi” “Humo”ni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Avgust oyida Qozog‘iston fintex guruhi “Milliy banklararo protsessing markazi”ning davlat ulushini xususiylashtirishda ishtirok etishini bildirgandi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda “Kaspi” bu jarayonni davom ettirmayapti.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasida ishtirok etish imkoniyatlarini izlashni davom ettirishini ma’lum qilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/16/kaspi-humo/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

16 Nov, 05:01


🌐🌐🌐

““Imkonsiz” so‘zi sizning salohiyatingizni bloklaydi, “Men buni qanday qilaman?” savoli esa miyangizni to‘liq ishlashga majbur qiladi”

Robert Kiyosaki, tadbirkor, investor, yozuvchi va motivator.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 14:53


Vengriya hukumati “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavriat, magistratura hamda PhD darajalari uchun ishtirok etishlari mumkin.

Qabul qilinganlarning barcha xarajatlari qoplab berilib, ularga oylik stipendiya ajratiladi. Arizalarni 15-yanvargacha jo‘natish kerak:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/stipendium-hungaricum/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 12:06


“YouTube” uzun videolarni ko‘rishning “Shorts”ga o‘xshash yangi formatini sinovdan o‘tkazmoqda

Qayd etilishicha, davomiyligi uzun videolarni “Shorts”dagi kabi avtomatik ijro etuvchi cheksiz aylantirish orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/youtube-shorts/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 10:50


Avtomobil ishlab chiqaruvchilari kreditlashning pasayishi fonida chegirmalar va muddatli to‘lovlarni joriy etishmoqda — MHTI

Joriy yilning iyul-sentabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, ikkinchi chorakka nisbatan 27,8%ga o‘sdi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,9%ga kam.

Tahlillar banklar tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholi tasarrufidagi daromadlar bozordagi faollik darajasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi.

Kreditlashning sezilarli pasayishi fonida avtomobil ishlab chiqaruvchilari va dilerlar talabni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rmoqda. Ayrim kompaniyalar bir qator modellarga chegirmalar kiritishsa, boshqalari foizsiz muddatli to‘lovni taklif qilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/14/car-market/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 09:28


YTTB O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tishiga $200 mln ajratmoqchi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bank bilan moliyaviy tizimni yashillashtirish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish mexanizmlarini o‘rganish va joriy qilishga kelishdi.

Shu bilan birga, bank tomonidan mamlakatga adolatli energiyaga o‘tish uchun $400 ming miqdorida moliyaviy mablag‘lar jalb qilinadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/ebrd-green/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 08:10


Kelasi yildan ayrim quyosh panellari importini cheklash rejalashtirilmoqda

BNEF Tier-1 ro‘yxatiga kirmaydigan kompaniyalardan quyosh panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini olib kirish taqiqlanmoqda.

Ro‘yxat Energetika vazirligi va Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borilishi belgilanmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/pv-panels/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 07:05


2025-yildan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida xaridlar markazi tashkil qilinadi

Markazga dori vositalari va laboratoriya uskunalarini ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, faxriy donorlarga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi va davlat sanatoriylarida davolanish navbatsiz bo‘ladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/medical-shopping-center/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 06:00


Rossiyadagi xodimlar uchun “T-Bank”ning Black kartasini rasmiylashtirishning bir nechta sabablari

Black kartasidan foydalanishning birinchi oyida O‘zbekistonga 100 ming rublgacha pul o‘tkazish mumkin va ilovada oluvchi summaning mahalliy valyutadagi aniq miqdorini ko‘ra oladi. Qiyinchilik tug‘ilsa, yordam xizmati o‘zbek tilida yordam beradi.

Ariza berish uchun havola orqali so‘rov qoldirish mumkin, kompaniya kartani Rossiya bo‘ylab bepul yetkazib beradi.

Reklama huquqlari asosida.

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 05:08


“ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonda $1,1 mlrdlik elektr energiyasini saqlash tizimlarini quradi

Loyihaning quvvati 2 GVtni tashkil etadi va yagona energiya tizimi tadqiq qilingandan so‘ng ularni o‘rnatish uchun hududlar tanlanadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/energy-storage/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 04:00


Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi

School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2024/11/15/school-21-uz/

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

15 Nov, 03:30


🌐🌐🌐

“Inson o‘zida cheksiz ishtiyoq his qilgan har bir narsada albatta muvaffaqiyat qozonishi mumkin”

Charlz Shvab, “Charles Schwab” korporatsiyasi asoschisi va raisi.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

14 Nov, 07:35


Ipoteka subsidiyalarini olish uchun arizalarni baholash mezonlari o‘zgardi

Endilikda baholash jarayoni tezlashtirilib, 14 ish kuni o‘rniga 5 ish kuni davom etadi.

Shuningdek, subsidiyalar bilan qoplanadigan foiz to‘lovlari miqdori qayta ko‘rib chiqildi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/14/subsidy-changes/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

14 Nov, 06:11


Oktabr oyida elektromobillar sotuvi oshdi

O‘tgan oyda sentabr oyiga nisbatan savdolar 20%ga o‘sib, 5,1 mingta elektromobil sotilgan.

Shuningdek, “inomarka”lar savdosi ham 35%ga oshib, bir oy ichida 4,7 mingta avtomobil sotildi.

Biroq, mahalliy avtomobillar savdosi 20%ga kamaydi va sotuvlar 30,2 mingtani tashkil etdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/14/car-market-october/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

14 Nov, 05:06


Ohangaron tumanida Yangi O‘zbekiston turar joy massivi quriladi

Hududda 3784 xonadonga mo‘ljallangan 30ta 7 qavatli va 51ta 9 qavatli uylar bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 36 gektarlik uy-joy majmuasi qurilishini 2029-yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/14/new-ahangaran/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

14 Nov, 03:59


School 21 hamkorlar uchun ta’lim loyihalari taqdimotini o‘tkazdi

School 21 da 50 dan ortiq maktab hamkorlari, jumladan, IT kompaniyalari va universitetlarni birlashtirgan ta’lim mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2024/11/14/school-21/

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

14 Nov, 03:31


🌐🌐🌐

“Biron bir narsani sotib olayotganingizda hech qachon savdolashishdan tortinmang. O‘z pulingizni tejashga to‘sqinlik qiladigan mag‘rurlik — bu muvaffaqiyatsizlikka ishora”

Donald Tramp, AQShning saylangan 47-prezidenti.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 14:25


Shveysariya maktabi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Uch oylik amaliyot dasturida o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarga $2 ming miqdorida oylik stipendiya beriladi.

Dastur qabul qilinganlarning borish-kelish xarajatlarini qoplab beradi. Arizalarni 1-dekabrgacha havola orqali jo‘natish kerak:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/epfl/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 13:08


Biznes-ombudsman reklama konstruksiyalari demontaj qilinishiga izoh berdi

Qayd etilishicha, noqonuniy o‘rnatilgan reklama obyektlari belgilangan tartibda ularning egalari hisobidan demontaj qilinishi kerak.

Tadbirkorlarning qonun talablariga muvofiq o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilayotgan holatlar bo‘lsa Biznes-ombudsmanga xabar berishlari mumkin:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/removal-comment/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 11:43


O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon “yashil” energiya eksporti to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Loyiha doirasida shamol va quyosh energiyasi eksport qilinadi, ular iqlimga ta’sirni yumshatish imkonini beradi.

Tomonlar qo‘shma korxona tashkil etishni, shuningdek texnik hujjatlarni ishlab chiqishni tezlashtirishga kelishib oldilar:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/energy-corridor/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 10:10


Donald Tramp Ilon Maskni hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimiga tayinladi

Ushbu departamentni Mask bilan birgalikda yana bir tadbirkor Vivek Ramasvami boshqaradi.

Yangi ma’muriyat hukumat byurokratiyasini yo‘q qilish, ortiqcha tartibga solishni qisqartirish, keraksiz xarajatlarni qisqartirishda xizmat qiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/musk/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 08:30


BAAning “Masdar” kompaniyasi Navoiyda quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quradi

Energetika vazirligi Bokuda bo‘lib o‘tgan COP29 konferensiyasi doirasida kompaniya bilan shartnoma imzoladi.

Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 3,5 mlrd kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqariladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/masdar-navoi/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 07:25


Raqobat qo‘mitasi AI-80 benzini narxining o‘sishiga cheklov o‘rnatdi

Bozor ishtirokchilarining “Spot”ga ma’lum qilishicha, 13-noyabrdan AI-80 benzini narxlari sotuvchi boshlang‘ich narxiga nisbatan 5% miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinmoqda.

Shunday qilib, Buxoro NQZ tomonidan ishlab chiqarilgan benzinning boshlang‘ich narxi bir tonnasi uchun 8,9 mln so‘mni tashkil etsa, joriy etilgan cheklovni hisobga olgan holda, bir tonna benzinning eng yuqori narxi 9,3 mln so‘mga teng bo‘ladi.

Noyabr oyida AI-80 benzinining birja narxi bir tonnasi uchun 10 mln so‘mdan oshib ketdi. O‘tgan hafta qo‘mita propan narxining o‘sishiga ham xuddi shunday cheklov kiritgandi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/gasoline-80/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 06:11


Oktabr oyida Toshkentda uy-joy ijara narxlari qanday bo‘ldi?

Poytaxtda ijara narxlari o‘zgarmadi, o‘rtacha narx 1 kvadrat metr uchun $8,3ni tashkil qildi, bu sentabrdagi ko‘rsatkichga to‘g‘ri keladi.

Oktabr oyida mamlakat bo‘yicha ikkilamchi uy-joylar bozori narxlari ham deyarli o‘zgarmadi.

Eng yuqori narx Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, kvadrat metr uchun o‘rtacha $1100ni tashkil etdi.

O‘tgan oyda uy-joy savdosi sentabr oyiga nisbatan 0,6%ga oshib, savdolar soni 21,4 mingtani tashkil etgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/13/real-estate-market/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 05:03


Toshkent shahar hokimligi pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkazmoqda

Arizalar 25-noyabrgacha qabul qilinadi. Boshlang‘ich ijara narxi yiliga 57,2 mlrd so‘mni tashkil qiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/12/parking-auction/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

13 Nov, 03:59


🌐🌐🌐

“Muvaffaqiyat narxi — bu mehnatsevarlik, fidoyilik va g‘alaba qozonish yoki mag‘lub bo‘lishdan qat’i nazar, qiyinchiliklarni yengish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani bajarishga qaror qilish”

Vins Lombardi, “Green Bay Packers” futbol jamoasi sobiq bosh menejeri.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

12 Nov, 14:01


Uchinchi chorak yakunlari: O‘zbekistondagi to‘lov tashkilotlari qancha foyda ko‘rdi?

“Uzum Nasiya” 238,1 mlrd so‘m daromad bilan birinchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda esa 208,4 mlrd so‘m bilan “Paynet” turibdi.

Shuningdek, foyda hajmi bo‘yicha “Payme” (186,9 mlrd so‘m), “Click” (179,2 mlrd so‘m) va “MyUzcard” (78,1 mlrd so‘m) beshlikka kirdi.

Bundan tashqari, moliyaviy hisobotlarini taqdim qilgan fintex-kompaniyalarining yarmidan ko‘pi hisobot davrini zarar bilan yakunlagan. Xususan, “Sello” to‘lov xizmati 23,8 mlrd so‘m zarar ko‘rdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/11/fintech-profit/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

12 Nov, 12:31


“IT Park” kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish mavzusida bepul ma’ruzaga taklif etadi

Unda barcha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar kompyuter o‘yinlari misolida namoyish etiladi.

Ma’ruza 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va ishtirok etish uchun tajribaga ega bo‘lish talab etilmaydi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/12/unreal-engine-5/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

12 Nov, 11:00


Oktabr oyida ikkilamchi avtomobillar narxlari qanday o‘zgardi?

O‘tgan oyda ikkilamchi avtomobil bozorida “Lacetti”, “Damas”, “Labo”, shuningdek, elektromobillar narxlari arzonlashda davom etdi.

“Spark”ning narxlari biroz ko‘tarilgan bo‘lsa, “Cobalt” va “Nexia” narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/12/car-imrs/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

12 Nov, 09:40


Toshkent viloyatida ekologik reydlar tashkil etilmoqda

Tekshiruvlar issiqxonalarni va atmosferaga chiqindi chiqaradigan barcha obyektlarni, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasini qamrab oladi.

Reydlarda ishchi guruhlar a’zolari ekologik me’yorlarning buzilishini maxsus uskunalar yordamida qayd etadi.

Qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda, faoliyatni vaqtincha to‘xtatishgacha bo‘lgan hal qiluvchi choralar ko‘riladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/12/greenhouse-raid/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

12 Nov, 08:35


Xorijga chiqish pasporti pochta orqali yetkazib beriladi

Buning uchun ariza beruvchi chet el pasportini berish uchun to‘ldiriladigan anketada tegishli bandni belgilashi kerak.

Hujjat Toshkent shahri va viloyat markazlariga 1 kunda, boshqa joylarga esa 2 kunda yetkaziladi

Agar ariza beruvchi yetkazib berish vaqtida ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmasa, pasportni 10 ish kuni ichida pochta bo‘limidan olishi mumkin bo‘ladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/12/passport-delivery/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

12 Nov, 07:30


“LG” kompaniyasi o‘zining cho‘ziluvchan displeyini taqdim qildi

Displeyni taxlash, burash va dastlabki uzunligidan 50%gacha cho‘zish mumkin.

Bunday displeylardan avtomobillarda, kiyiladigan qurilmalarda va moda sohasida foydalanish mumkin:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/12/lg-displey/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 13:30


Markaziy bank 7ta bank va 2ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Bundan tashqari, 2ta to‘lov tashkiloti va 2ta to‘lov tizimi operatori ustav kapitali va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablarni bajarmagani uchun ogohlantirish oldi.

Xavfsizlikni ta’minlash va axborotlarni muhofaza qilishdagi xatoliklari uchun 4ta bank ham chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/cb-sanctions-october/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 12:02


2028-yilgacha umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytariladi

Bunda mehmonxonalar va turoperatorlar 1-oktabrdan to‘langan QQSning 20%ini olishlari mumkin bo‘ladi.

Restoranlarga esa, aylanmadagi naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi 60%dan past bo‘lsa 20%, 60% va undan yuqori bo‘lsa 40% QQS qaytarib beriladi.

Shuningdek, restoran va kafelarga jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga sotib olishga ruxsat beriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/vat-return/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 11:00


Markaziy bankning xalqaro zaxiralaridagi qimmatli qog‘ozlar hajmi qariyb uch baravarga oshdi

Oktabr oyida qimmatli qog‘ozlar qiymati sentabrga nisbatan 2,82 barobar o‘sish bilan $100,9 mlnni tashkil etdi.

Regulyator matbuot xizmatining “Spot”ga ma’lum qilishicha, qiymatning keskin o‘sishi qo‘shimcha obligatsiyalar xarid qilinishi bilan bog‘liq:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/cb-bonds/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 09:59


"Optimo": do‘konni avtomatlashtirish va muvaffaqiyatga erishishning kaliti

"Optimo" do‘konni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va foydani oshirish imkoniyatini taqdim etmoqda (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/optimo/

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 09:00


O‘zboshimcha egallangan yerlarni rasmiylashtirish qanday bo‘ladi?

Kadastr agentligi direktori Farrux Pulatov yer uchastkalari va bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonida fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni so‘radi.

“Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Tanish-bilish o‘tmaydi”, — dedi agentlik direktori.

2024−2025 yillar uchun hududlarning reja-grafigi tasdiqlangan bo‘lib, xatlov ishlari uning asosida kadastr xodimlari tomonidan o‘tkaziladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/lands-legalization/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 08:01


"Click" umummilliy ekologik dasturi — "Yashil Meros"ni ishga tushirmoqda

"Yashil Meros" dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, "Click"ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/click/

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 07:20


Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Markaz suv iste’moli va uning hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi. Moliya vazirligiga suv solig‘idan tushum budjet va suvchilar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlanishini ta’minlash topshirildi.

Shuningdek, 2025-yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 mlrd so‘m subsidiya, 2,5 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/08/water-farming/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 06:18


“2−3 yil davomida aksiz solig‘ini unifikatsiya qilamiz” — JST bo‘yicha maxsus vakil

Azizbek Urunovning ta’kidlashicha, bu import qiluvchilar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan yagona stavkalar amal qilishi uchun ishlab chiqiladi.

Shuningdek, u nafaqat importni, balki eksportni ham texnik tartibga solishni yaxshilash, tashqi bozorlarga chiqish uchun sohadagi xorijiy talablarga javob berish zarurligini qayd etdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/wto-accession/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 05:04


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43,14 mlrdga yetdi

Mamlakat zaxiralari bir oyda $2 mlrddan ortiqqa oshdi. O‘z navbatida, oltin qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangiladi — $33,36 mlrd:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/gold-reserves-october/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

08 Nov, 04:00


🌐🌐🌐

“Haqiqiy liderning o‘ylagan narsasini amalga oshirish jur’ati uning kuchli xohishi hamda intilishidan kelib chiqadi, lavozimidan emas”

Jon Maksvell, “The John Maxwell Company” asoschisi.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 14:30


Startaplar uchun sarmoya: O‘zbekistonda loyihalarni kimlar qo‘llab-quvvatlaydi?

Startaplar rivojlanish bosqichida ko‘pincha investitsiyaga muhtoj bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda eng yaxshi qo‘llab-quvvatlash manbalaridan biri venchur va investitsiya fondlari bo‘lishi mumkin.

“Spot” ushbu sharhda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan jamg‘armalar va qanday talablar moliyalashtirishni muvaffaqiyatli jalb qilish imkoniyatini oshirishda yordam berishi haqida so‘z yuritadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/06/startup/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 13:30


Buyuk Britaniya ham O‘zbekistonning “Uzstanex” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Avvalroq AQSh kompaniyani Rossiyaga elektr transformatorlarini yetkazib berishda ayblab, ikkilamchi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/uk-sanctions/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 12:02


“O‘zbekiston Rossiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda” — maxsus vakil

“Muzokaralarni yakunlashimiz kerak bo‘lgan yana bir nechta davlat qoldi. [Bu] Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Buyuk Britaniya, Shveysariya va shunga o‘xshash bir qator davlatlardir”, — dedi Azizbek Urunov.

U qolgan davlatlar soniga aniqlik kiritmadi, biroq, bu mamlakatlar ko‘p emasligini qo‘shimcha qildi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/wto-negotiations/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 10:36


Xotin-qizlar uchun tadbirkorlik bo‘yicha bepul o‘quv seminariga qabul boshlandi

O‘quv seminarini mamlakatning 10ta hududida o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda xotin-qizlarga moliyaviy savodxonlik hamda elektron tijorat bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/business-woman/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 09:30


Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi

Tegishli qonun loyihasi 2025-yilda qabul qilinishi mumkin. Ularning yoshi esa biometrik ma’lumotlar yoki hujjatlar orqali tekshiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/australia-social-media/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 08:25


Bir kunda propanning birjadagi narxi deyarli 12%ga pasaydi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan cheklovlar joriy etilganidan bir kun o‘tib, birja savdolarida suyultirilgan gaz narxi 11,87%ga pasaydi va bir tonnasi uchun 9 mln so‘mdan kamroqni tashkil etdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/propane/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 07:27


2025-yilning yozidan Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd harakati boshlanadi

“Qirg‘iz temir yo‘li” bilan “Toshkent-Baliqchi” yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Turkmaniston, Tojikiston hamda Qozog‘iston bilan yuk tashuvlarini amalga oshirishda tariflarni pasaytirishga kelishib oldi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/07/uzrailways-cis/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 06:18


Ayrim fuqarolarga poyezd va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

Undan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Bu imkoniyat borish-qaytish chiptalari uchun bir yilda bir marta amal qiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/06/passenger-transport/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

07 Nov, 05:15


Raqobat qo‘mitasi propan narxining o‘sishiga cheklov o‘rnatdi

Bozor ishtirokchilarining “Spot”ga ma’lum qilishicha, 6-noyabrdan boshlab suyultirilgan gaz narxlarining sotuvchi boshlang‘ich narxiga nisbatan 20% miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi.

So‘nggi ikki savdo kunida propan narxi 15%dan ko‘proqqa qimmatlashib, seshanba kuni bir tonnasi uchun 10,1 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, bu AI-80 benzini narxidan ham yuqori bo‘lgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/11/06/liquefied-gas/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 13:29


Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi

Bu bazaviy, super-kontrakt, shuningdek, qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilingan qoraqalpog‘istonlik yoshlar hamda o‘qishi ko‘chirilgan talabalar uchun amal qiladi.

Bunda qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilganlar kontrakt summasining kamida 25%ini, super-kontrakt asosida qabul qilinganlar esa 50%ini to‘lashlari kerak:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/contract-deadline/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 12:26


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suv yetkazib berish uchun to‘lovlar bekor qilinadi

Shuningdek, fermerlar davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot yetkazib berish majburiyatidan ozod etiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/26/agriculture/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 10:56


“Instagram” ommabop bo‘lmagan videolar sifatini pasaytiradi

Qayd etilishicha, bunda kam ko‘rilgan videolar sifati pasaytirilib, mashhur videolar yuqori sifatda qoladi.

Foydalanuvchilar ushbu yangilik mashhur va yangi ijodkorlar o‘rtasidagi farqni kuchaytirishi mumkin, deb hisoblamoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/instagram-video-quality/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 09:33


“Yandex Eats” “Express24” aktivlarining bir qismini sotib olgach, bozorning 87,5%ini nazorat qiladi — Raqobat qo‘mitasi

Qo‘mitaning “Spot”ga ma’lum qilishicha, mazkur bitim iqtisodiy konsentratsiya xususiyatlariga ega bo‘lishiga qaramay, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini talab qilmaydi.

Shu bilan birga, bitim yuridik shaxsning aksiya (ulushlarini) sotib olishdan emas, balki aktivlarni sotib olishdan iborat ekanligi ta’kidlanadi.

Bitim doirasida “Express24”ning nomoddiy aktivlarini, jumladan, kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazalari, domen nomlari hamda savdo belgilarini sotib olish rejalashtirilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/economic-concentration/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 08:31


Hukumat qarori bilan autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi

Bunda ish beruvchi qabul qiluvchi tashkilot bilan shartnoma tuzish orqali o‘z xodimlarini vaqtincha ishga jo‘natishi mumkin.

Xodimlarning ish, imtiyoz va boshqa to‘lovlar bilan ta’minlashi, shuningdek, ish vaqti rejimiga rioya qilinishi kerak:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/outstaffing/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 07:10


Islandiya to‘liq 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Hozirda mamlakatdagi ishchilarning 51%i yangi jadval bo‘yicha to‘liq ish haqi evaziga ishlamoqda.

Ish haftasini qisqartirish bo‘yicha tajribalar o‘tgan yili Islandiyada iqtisodiy o‘sish tezlashishiga hissa qo‘shgan.

Shuningdek, mamlakatda ishsizlik darajasi Yevropadagi eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, minimal darajaga yetgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/iceland-4-day-work/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 06:14


Markaziy bank yangi firibgarlarlik holati haqida ogohlantirish bilan chiqdi

Unga ko‘ra, firibgarlar Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborish orqali mobil qurilmalarga zararli ilovalarni o‘rnatishga urinish holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, zararli ilova o‘rnatilganda ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlar yashirin tarzda qo‘lga kiritiladi.

Regulyator firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun ilovalarni messenjerlar orqali emas, balki rasmiy ilova do‘konlaridan o‘rnatishga chaqirmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/cb-fake-app/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 05:06


2025-yilda Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshiriladi

Hozirda hududda chet el fuqarolari uchun patent narxi 7,5 ming rublni tashkil qiladi. Kelasi yil patent narxi 8,9 ming rublga oshishi mumkin.

Moskva meri Sergey Sobyaninga ko‘ra, bu chora ish beruvchilarga migrantlar va Rossiya fuqarolari xarajatlarini tenglashtirish imkonini beradi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/28/moscow-patent/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

28 Oct, 04:00


🌐🌐🌐

“Siz xato qilmaslikka harakat qilsangiz, o‘zingizni eng katta imkoniyatdan mahrum qilasiz. Xato qilish — bu keyingi safar to‘g‘ri xulosa chiqargan holda ish tutishga yordam beradi”

Genri Ford, “Ford Motor Company” asoschisi.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

27 Oct, 13:15


🌐🌐🌐🌐🌐

Dollarning navbatdagi rekord kursi, o‘rtacha oylik ish haqi va O‘zbekistonda blogerlar faoliyati

“Spot” hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/27/week-summary43/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

26 Oct, 14:00


Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi to‘lovi uchun bir martalik kompensatsiya beriladi

Bir martalik kompensatsiya miqdori 270 ming so‘mni tashkil qilib, bu isitish mavsumida gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qisman qoplashga yordam beradi.

Mablag‘ bola puli yoki moddiy yordam oladigan oilalarning kartasiga 27-noyabrdan keyin tushirib beriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/26/compensation/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

26 Oct, 07:00


“Apple” iOS 18.2ning birinchi beta-versiyasini chiqardi

Operatsion tizimning beta-vesiyasida “ChatGPT” chat-boti bilan integratsiya va emoji yaratish qo‘shildi.

Shuningdek, pochtada aqlli papkalar va standart ilovalarni o‘zgartirish hamda boshqa imkoniyatlar bor.

Qayd etilishicha, iOS 18.2 rasman noyabr oyida chiqarilishi rejalashtirilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/25/ios-18-2-beta/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

26 Oct, 05:00


🌐🌐🌐

“Muvaffaqiyat tasodifiy emas. Bu mashaqqatli mehnat, qat’iyat, o‘qish, fidoyilik va eng muhimi, qilayotgan ishingni sevishdir”

Pele
, braziliyalik futbolchi.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

25 Oct, 14:42


Polshadagi “OFF Radio Krakow” radiosi boshlovchilarini sun’iy intellekt bilan almashtirdi

Hozirda dasturlar Emiliya, Yakub va Aleks nomli boshlovchilar tomonidan olib borilmoqda.

Uchalasi ham sun’iy intellekt yordamida radio tahririyati jurnalistlari tomonidan berilgan tavsif asosida yaratilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/25/poland-ai-radio-host/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

25 Oct, 13:38


“SpaceX” va Britaniyaning “Surrey Satellite Technology” kompaniyalari O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam beradi

Shuningdek, “O‘zbekkosmos” Yaponiyaning Kyushu texnologiya instituti bilan aerokosmik mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/uzspace/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

25 Oct, 12:35


2025-yilda Moskvada migrantlar uchun tajriba tarzida elektron guvohnomalar joriy etiladi

Unda chet ellik haqidagi barcha ma’lumotlar: kelgan sanasi, biometrik ma’lumotlari, ish joyi, yashash uchun ruxsatnomasi va qayerda ro‘yxatdan o‘tgani bo‘ladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/25/russia-id-card-migrants/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 14:10


Ish haqi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha kam

1-oktabrdan ish haqlari 10-15%ga oshirildi. So‘rovnoma ishtirokchilarining fikricha bu yaxshi xabar. Biroq, oyliklar oshganda mahsulotlar narxi ham qariyb ikki barobarga ko‘tariladi.

Ular daromadining katta qismi jarima to‘lovlari va kommunal xizmatlar uchun sarf bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.

So‘rovnoma YouTube-kanalimizda mavjud:
https://youtu.be/LF1LdTg79tU?si=wjjXEFaledwF7Peo

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 13:08


O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,4%ga o‘sgan. Yanvar-sentabr oylarida oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasida qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 8,6 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 3,6 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/monthly-salary/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 12:00


“Uzcard” va “Hamkorbank” “UZCARD FORUM 2024” doirasida memorandum imzoladi

Kelishuv tomonlarning texnologik hamkorligini mustahkamlash, tajriba almashish va elektron to‘lovlarni ommalashtirish, shuningdek, naqd pul aylanmasini qisqartirishga qaratilgan (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/hamkorbank-uzcard/

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 10:51


Videoni animatsiyaga aylantiruvchi sun’iy intellekt taqdim qilindi

Ushbu vosita video va ovoz yozuvlari yordamida, shuningdek, haqiqiy insonlarning mimikasi va ovozidan foydalanib, animatsion qahramonlar yarata oladi.

Biroq ushbu vosita taniqli shaxslar ishtirokidagi videolarni animatsiyaga aylantira olmaydi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/act-one/

Telegram  |  Instagram  |  YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 09:41


“Poytaxt bank” BAAning “Bond Investments Limited” kompaniyasiga sotilgani ma’lum bo‘ldi

KTYDR ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bank ta’sischisi mazkur kompaniya hisoblanadi hamda bankning yuridik shaxs nomi “xorijiy korxona” sifatida keltirilgan.

Joriy yilning iyun oyida Davaktiv agentligi BAA kompaniyasi bilan “Poytaxt bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Kompaniya 100% aksiyalar paketini $10 mlnga sotib olishni taklif qilgandi.

Hozircha agentlik kelishuv yakuni hamda uning qiymati haqida ochiq ma’lumot taqdim etgani yo‘q:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/poytaxt-bank/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 08:31


“Google” sun’iy intellekt yordamida soxta havolalarga qarshi kurashuvchi funksiyani ishga tushiradi

Funksiya soxta xabarlarni aniqlashni osonlashtiradi va zararli havolalar haqida ham ogohlantirish beradi.

Foydalanuvchilar funksiya orqali xabar matnlarini tahlil qilishi va firibgarlar tomonidan yozilishi mumkin bo‘lgan xabarlarni aniqlash mumkin:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/google-fraudulent-links/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 07:31


“O‘zbekneftgaz” xorijiy banklar bilan qo‘shimcha yevrobondlar chiqarishni ko‘rib chiqmoqda

Bundan tashqari, bildirilgan takliflar qatorida sindikatlashtirilgan kreditni tashkil etish va xedjlash strategiyalari bor.

Davlat kompaniyasi 2024−2025 yillarda o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun yangi kreditlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/uzbekneftegaz/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 06:20


To‘qqiz oyda turistik maqsadda xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni 35%dan ortiqqa oshdi

Sayyohlarning qariyb yarmi Qirg‘izistonga borgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoniga tashrif buyuruvchilar soni ikki baravardan ortiqqa oshgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/tourist-trips/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 05:03


O‘zbekiston Gonkong bilan havo qatnovi to‘g‘risida kelishuvga erishdi

Shu paytgacha Gonkong aviatsiya hukumati aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan yuborilgan so‘rovnomalarga rad javobini berib kelgan.

Kelishuv mamlakatga turistlar oqimini kengaytirishga hamda aeroportlar orqali yuk tranzitini amalga oshirishga yordam berishi qayd etilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/24/hk-flights/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

24 Oct, 04:01


🌐🌐🌐

“Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizni doimiy rivojlantirishga tayyor bo‘lishingiz, doimo o‘z ustingizda ishlashingiz kerak”

Jek Dorsi, “Twitter” va “Square” asoschisi.

Telegram  |  Instagram  |  YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 14:00


“UzAuto Motors”ning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 84%ni tashkil etadi — KPMG

Qayd etilishicha, “Chevrolet Cobalt” va “Damas” kabi modellar 2023-yilgi avtomobillar umumiy savdosining 55%ini tashkil etgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/kpmg-analyzes/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 13:01


Xitoylik investorlar Farg‘onada qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Qiymati $30 mlnlik loyihaning birinchi bosqichida 200 kishi, to‘liq ishga tushirilgach esa 2 ming kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/china-ferghana/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 11:52


Saudiya Arabistonida dunyodagi eng katta kubik bino qurilishi boshlandi

“Muqaab” osmono‘par binosining balandligi 400 metr bo‘lib, uchburchak shakllardan iborat o‘ziga xos qovurg‘alar bilan o‘raladi.

Kubik bino atrofidagi 2 mln kvadrat metr maydonda do‘konlar, madaniy va sayyohlik maskanlari joylashadi.

Ar-Riyod shimoli-g‘arbidagi yangi Murabba tumanida joylashadigan bino qurilishi 2030-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/saudi-mukaab/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 10:47


“Midjourney” rasmlarni tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

Kompaniya bosh direktori Devid Xolts tez orada tasvir muharriri funksiyasi joriy etilishini e’lon qildi.

Yangi funksiya foydalanuvchilarga istalgan tasvirni internetdan yuklab olish va uni generativ sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida o‘zgartirish imkonini beradi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/midjourney-can-edit/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 09:38


“O‘zbekneftgaz” AI-92 benzinini birjaga chiqarishni boshladi

Hozirda Buxoro NQIZda AI-92 narxi bir tonna uchun 11,5 mln so‘mni, neft bazalarida esa 11,7 mln so‘mni tashkil etadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/ai-92-benzin/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 07:15


“Meta” “Facebook” va “Instagram”ga yuzni tanish tizimini qaytaradi

Bunda foydalanuvchi qisqa video selfi yuboradi va tizim uni profil fotosuratlari bilan moslashtiradi.

Agar yuz tasvirlari mos kelsa, foydalanuvchi hisobga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, kompaniya shu orqali akkauntlarni tiklash va firibgarlarga qarshi kurashishni rejalashtirmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/meta-face-recognition/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

23 Oct, 06:04


Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida erkin savdo zonasini tashkil etish taklif qilinmoqda

Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay mazkur savdo zonasi Qozog‘istonning Xitoy bilan chegarasida joylashgan “Xorgos” majmuasi modelida ishlashini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Nukusda faoliyat yurituvchi kompaniya Mang‘istauda savdo markazlari qurishni rejalashtirmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/23/mangistau/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

20 Oct, 14:27


🌐🌐🌐🌐🌐

Kichik AES qurilishiga tayyorgarlik jarayoni, majburiy avtosug‘urta tariflarini oshirish taklifi hamda tezyurar poyezdlar uchun o‘zgaruvchan narxlar

“Spot” hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/20/week-summary42/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

19 Oct, 13:15


Andijonda “FAW” yuk avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi quriladi

Noyabr oyidan Xitoyning “Faw Trucks” kompaniyasi qiymati $100 mlnlik loyiha qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda. Uning natijasida yiliga 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/19/faw-trucks/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

19 Oct, 09:11


Farg‘onalik o‘quvchi “Microsoft Learn Student” dasturining O‘zbekistondagi birinchi ambassadori bo‘ldi

“Bir yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni bajarish talab etildi. Shulardan biri, sun’iy intellekt bo‘yicha berilgan 30ta moduldan iborat dars va topshiriqlar bo‘ldi”, — deydi Dilafruz Jo‘raboyeva.

Dastur IT-sohasida bilim va tarijalarni oshirishga qaratilgan. Tanlab olingan ishtirokchilar ambassador sifatida yoshlarni sohaga jalb qilish bilan shug‘ullanadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/microsoft-ambassador/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

19 Oct, 05:01


🌐🌐🌐

“Liderlik faqat boshqarishdan iborat emas, bu sizning boshqaruvingizdagi xodimlarga yordam berish va g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi”

Indra Nuyi, “PepsiCo” kompaniyasi
sobiq bosh direktori.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 15:07


Biznes tarixi: “Chupa Chups” — kosmosga uchgan birinchi shirinlik

Enrik Bernat onasidan yoshligida shirinlik iste’mol qilishi va qo‘llarining ifloslanishi sabab ko‘p gap eshitardi. Kun kelib esa, u ”Chupa Chups”ni yaratdi.

Mazkur maqolada brendning qanday paydo bo‘lgani, uning rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida so‘z boradi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/chupa-chups/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 14:03


Yil boshidan buyon Bosh prokuratura tomonidan 10 trln so‘mga yaqin mablag‘ “soya”dan chiqarildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari Shamsiddin Sohibnazarov bu ishlar davom ettirilib, tadbirkorlar faoliyati qonuniylashtirilshini ma’lum qildi.

Bundan tashqari mamlakat davlat idoralarida DXSh mexanizmi joriy etiladi, ularda xususiylashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlanadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/shadow-economy/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 13:00


Qozog‘istonda SIM-kartalarni sotishning yangi qoidalari joriy qilinishi rejalashtirilmoqda

Unga ko‘ra, mamlakat fuqarolari mobil raqamlarni faqat davlat xizmatlari portali yoki uning mobil ilovasi orqali sotib olishlari mumkin.

Shuningdek, bir kishiga beriladigan SIM-kartalar sonini ham cheklash taklif qilinmoqda.

Qozog‘iston raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Asxat O‘razbekning ma’lum qilishicha, cheklovlar firibgarlikka qarshi kurash sifatida amalga oshiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/kz-sim-card/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 11:48


Ayrim banklar va xo‘jalik jamiyatlariga venchur jamg‘armalar tashkil etishga ruxsat beriladi

Shu bilan birga, ular startaplarga ulush bilan kirganda startap-studiyalar tashkil etishlari mumkin. Bunda bo‘sh turgan ko‘chmas mulk va texnik vositalar tekin foydalanishga beriladi:

2025-yildan 2027-yilgacha Raqamli startaplar dasturi doirasida sohada “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, “UzVC” milliy venchur fondi venchur jamg‘armalarni moliyalashtiruvchi “Fondlar fondi” sifatida qayta tashkil etiladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/venchur/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 10:40


Rossiya chet elliklarning mamlakatda vaqtincha yashash kvotasini deyarli ikki baravar qisqartirdi

Qayd etilishicha, 2024-yil uchun 10,6 ming ruxsatnoma tasdiqlangan bo‘lsa, 2025-yil uchun mazkur kvota 5,5 mingni tashkil etadi.

Kelasi yil uchun ajratiladigan ruxsatnomalardan eng ko‘pi Moskva shahri va viloyati tomonidan beriladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/russian-cut/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 09:30


“Wallet” platformasi O‘zbekistonda ofis direktorini qidirmoqda

Nomzodlar kriptovalyutalar, fintex yoki moliyaviy xizmatlar sohasida boshqaruv tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Bo‘lajak rahbar filial faoliyati, shuningdek, mahalliy regulyatorlar bilan o‘zaro hamkorlik uchun javobgar bo‘ladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/wallet/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 08:20


Qatarning “Dynasty Jet” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Biznes-charter reyslar tashkil etuvchi mazkur kompaniya bilan bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, mamlakatning ikkita kompaniyasi bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/dynasty-jet/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 07:21


O‘zbekiston YIM 2030-yilgacha $200 mlrdga yetishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Shuningdek, kelasi yildan QQS, yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qoladi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/18/gdp-upgrade/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 06:16


Toshkent va Samarqandda 4,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

Xususan, Yunusobod tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazilgan.

Shuningdek, Samarqandda fuqarolar tomonidan shoxobchada o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasi o‘zgartirilgan.

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/elektr-va-gaz/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 05:02


ILMA “Euroasia Insurance” kompaniyasini 45 mln so‘m jarimaga tortdi

Shuningdek, regulyator kompaniyaning sug‘urta litsenziyasini 10 kunga to‘xtatib qo‘ydi.

Bunga qonun bilan belgilangan standartlarga rioya qilmaslik faktlari sabab qilib ko‘rsatilgan:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/nap-euroasia/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

18 Oct, 04:01


🌐🌐🌐

“Biror narsani bilmasligingizdan hech qachon qo‘rqmang. Bu sizning asosiy kuchingiz bo‘lishi mumkin va sizni boshqalar kabi harakat qilmaslikka undaydi”

Sara Breykli, “Spanx” brendi asoschisi.

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

17 Oct, 14:40


Yaponiyaning Osiyo-Tinch okeani universiteti OTB stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Dastur barcha xarajatlarni qoplab beradi hamda oyiga $960 miqdorida stipendiya ajratadi:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/apu-scholarship/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

17 Oct, 13:40


Prezident 2025-yilgi davlat budjetining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi

Keyingi yilda 78ta tuman budjet xarajatini o‘zi qoplashga o‘tkaziladi. Buning uchun yer, mol-mulk va aylanma solig‘i to‘liq, daromad solig‘ining 50%i ularda qoldiriladi.

Shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan mablag‘larni 20%ga oshirish belgilanmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/state-budget/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

17 Oct, 12:41


Xotin-qizlar uchun Toshkentda o‘tkaziladigan bepul SMM kursiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda poytaxtda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha doirasida ming nafar nomzod tanlab olinib, o‘qitiladi. Arizalarni 25-oktabrgacha jo‘natish kerak:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/smm/

Telegram | Instagram | YouTube

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

17 Oct, 11:42


Ayrim “IT Park” rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytirilmoqda

Buning uchun ular belgilangan mezonlardan biriga javob berishlari kerak. Masalan, eksport hajmi 50%dan ortiqni tashkil etishi yoki bitiruvchisi eksportchi korxonaga ishga joylashgan bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, eksportchi kompaniyalarning xorijiy ta’sischilariga 2040-yilgacha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha yengillik beriladi.

“IT Park” rezidentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi kengaytirilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2024/10/17/resident-tax-credit/

Telegram | Instagram | YouTube