MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ @manaviyat_va_marifat_darsi Channel on Telegram

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

@manaviyat_va_marifat_darsi


👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz

Боғланиш @inspector_aloqa_bot

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ (Uzbek)

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ is a Telegram channel that aims to provide valuable insights and knowledge on various topics. The channel username is @manaviyat_va_marifat_darsi. If you are looking for informative content and resources, this is the perfect channel for you. They offer a wide range of educational materials and discussions in Uzbek language

Who is it? MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ is a platform for those interested in expanding their knowledge and learning new things

What is it? It is a channel dedicated to sharing educational content and resources in the Uzbek language. From insightful articles to engaging discussions, this channel has something for everyone

Whether you are a student, a professional, or simply someone who loves learning, MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ has something to offer. Join the channel today to start your journey towards enlightenment and discovery. Stay connected with @inspector_aloqa_bot for more information and updates.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

16 Feb, 06:50


АРМОНИМ. БУГУНГИ ЮТУҚЛАРИМНИ ДАДАМ КЎРМАДИЛАР, ҲАЛИГАЧА ШОГИРДЛАРИ ҲАЙДАР АКАМНИ ҚИЗЛАРИ ДЕБ ЧАҚИРИШАДИ...

AYOL | АЁЛ кўрсатуви 👈 барча сони

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

15 Feb, 14:45


"Алишер Усмонов акцияси" номи остида гуруҳ очиб, фирибгарлик билан шуғулланган шахслар қўлга олинди

Тошкент вилояти ИИББ Киберхавфсизлик бўлими ва Оҳангарон шаҳар ички ишлар бўлими ходимлари томонидан ўтказилган тезкор-қидирув тадбирлари натижасида, Теlegram ижтимоий тармоғида “Алишер Усмонов акцияси” номли 200 дан ортиқ гуруҳ очиб, фуқароларни “Акцияда 20 миллион сўм мукофотига эга бўлдингиз” каби сўзлар билан алдаб, пул маблағларини ўзлаштираётган 7 нафар шахс қўлга олинган.

Маълум бўлишича, Оҳангарон шаҳарида яшовчи 25 ёшли (Ш.Б.) ўз хонадонида Фарғона вилоятида яшовчи 18-25 ёш орасидаги 6 нафар шахсларни жалб қилган ҳолда Телеграм орқали “Алишер Усмонов акцияси” номи билан 200 дан ортиқ гуруҳ очиб, фаолият юритган.

Гуруҳда фуқароларга ютуқ чиққанлиги ҳақида ёлғон маълумотлар юборилиб, ютуқни олиш учун бадал пули талаб қилинган ва турли миқдордаги пул маблағларини бошқа шахслар номидаги банк карталарига тушириб ўзлаштирганликлари аниқланган.

Тадбир давомида мазкур хонадондан 4 дона компьютер, 11 дона телефон, Wи-Фи қурилмалари ҳамда турли банк карталари далилий ашё сифатида олинди.

Дастлабки суриштирувларга кўра, ушбу гуруҳнинг ҳар бир аъзосига алоҳида вазифа белгиланган. Бир шахс сохта чек тайёрлаб, гуруҳларни назорат қилса, бошқаси реклама тарқатиш ва гуруҳларга одам йиғиш билан шуғулланган.

Шунингдек, яна бири фуқаролар билан мулоқотга киришиш вазифасини бажарган бўлса бошқаси кунлик пул тушумларини банкоматлар орқали нақдлаштириш билан шуғулланган.

Мазкур ҳолат юзасидан ушланган шахсларга нисбатан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “г” банди билан жиноят иши қўзғатилди. Дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

13 Feb, 11:27


8/2025-mavzu

MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIXIY ADOLATNING TIKLANISHI

«Yeng ichida»gi evrilishlar

Afsuski, mana shunday ulkan saltanatlarga asos solgan sarkardalar, jahon ilm-fani va madaniyatiga bebaho hissa qo‘shgan allomalarga beshik bo‘lgan yurtda dastlab Chor imperiyasi, keyinchalik sovetlar davrida olib borilgan siyosat natijasida xalqimiz o‘zining asl tarixini qariyb unutayozdi.

Istilochilar turkiylardagi jangovar ruhni susaytirish, isyon va qo‘zg‘olonlar¬ning oldini olish uchun, eng avvalo, ularni ma’naviyati, milliy hislaridan mosuvo qilishga zo‘r berib harakat qilishdi. General-gubernator M. Skobelevning «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi...» degan so‘zlari Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining mohiyatini ochib beradi. Ayniqsa, sovetlar hukmronligida o‘tgan yetmish yildan ortiq davr mobaynida rejali tarzda xalqimiz ma’naviyatiga qarshi olib borilgan siyosat natijasida ular bu niyatiga ma’lum darajada erishdi ham.

Garchi sobiq Ittifoq barcha millatlarning tengligi haqida gapirilsa-da, aslida «yeng ichida» bu xalqlarga qarshi, ularni kamsitish, ittifoq tarkibida majburan va doimiy nazoratda ushlab turish siyosati olib borildi. Bu siyosat sovet davrining eng so‘nggi kunlariga qadar amalda bo‘ldi.

O‘zlikni anglash sari yo‘l

Istiqlol yillarida O‘zbekistonda milliy tariximizni xolisona o‘rganish, turli taz¬yiqlarga qaramay, asrlar osha yashab kelgan milliy qadriyatlarimizni, boy ma’naviy merosimizni qayta tiklash, bir so‘z bilan aytganda, uzoq yillik mustamlaka zulmidan ezilgan xalqqa o‘zligini anglatish va tarixiy adolatni tiklash borasida ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlari¬mizning ilmiy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat, hatto xalqaro miqyosda keng nishonlandi, asarlari qayta-qayta nashr etildi.

Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan ma’rifatparvarlar – Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashid¬xonov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Fayzulla Xo‘jayev va boshqa xalq jigarbandlarining pok nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.

2000-yil 12-may kuni Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, 2002-yil 31-avgustda esa ushbu maj¬mua hududida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi tantanali ravishda ochildi va 31-avgust mamlakatimizda «Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni» deb e’lon qilindi.

Navro‘z bayrami, Ramazon va Qurbon ha¬yitlarining keng nishonlanishi, uzoq yillar e’tiborsiz qolgan tarixiy obidalar, masjid-u madrasa¬larning tiklanishi, zi¬yoratgohlarning qayta ta’mirlanib, obod qilinishidan ham aslida milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, o‘zligimizni anglash maqsadi ko‘zlangan, desak, xato bo‘lmaydi.

Xalqning qaddini g‘urur tiklaydi

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

13 Feb, 11:27


Bu kabi ezgu ishlar bugungi kunda ham davom ettirilmoqda. Zero, hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur o‘rganish, ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan ozodligi va yurt taraqqiyoti haqidagi g‘oyalarini ta’bir joiz bo‘lsa «qayta tiriltirish», ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimizning qator farmon va qarorlariga asosan ma’rifatparvar bobolarimizning muqaddas orzularini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimizda yangi – uchinchi Renessans poydevorini yaratish strategik vazifa qilib belgilandi. Xususan, 2020-yil 8-oktabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiy-lashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyish hamda 2024-yil 19-iyuldagi «Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida»gi qarorlar bu boradagi ezgu ishlarni sifat va ko‘lami jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga zamin yaratdi.

Behbudiy, Cho‘lpon, Munavvar qori, Ibrat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, G‘ulom Zafariy kabi jadid bobolarimiz, Islomxo‘ja, Bahodir Yalangto‘sh kabi davlat arboblarining hayoti va faoliyati haqida hujjatli va badiiy filmlar tayyorlanishi, jadidlar faoliyatiga oid ko‘plab yangi tadqiqotlar va kitoblarning nashr qilinishi, spektakllarning namoyish etilishini bunga misol qilib keltirish mumkin.

Bu boradagi ishlar huquqiy jabhada ham davom ettirilib, 2021–2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining oqlanganini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotida katta voqea, tom ma’noda, tarixiy adolatning tiklanishi, deyish mumkin. Eng asosiysi, istiqlol yillarida tarixiy adolatning tiklanishi natijasida xalqimizga qaytarilgan buyuk ajdodlarning ma’naviy merosi, ibratli hayoti, o‘z jonini ayamasdan Vatan ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati yangi O‘zbekistonni qurishda xalqimizga juda katta ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ana shu buyuk tariximizdan saboq olgan, ajdodlarimizning pok nomlarini tanigan yoshlarning ularga munosib avlod bo‘lishga intilishi, milliy g‘ururi baland, chinakam vatanparvar shaxs sifatida kamol topishi shubhasiz.

Elbek NORMO‘MINOV,
mayor.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

https://t.me/marifatlilarsuxbati 👈сухбатлашамиз

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

06 Feb, 12:30


7/2025-mavzu

BOBUR – ADOLATLI SHOH VA BUYUK SHOIR

(14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun)

Zahiriddin Muhammad Bobur hayotning og‘ir sinovlarini boshidan kechirganida endigina 12 yoshda edi. Shu yoshida taxtga chiqish, davlatni boshqarish, xalqni adolat bilan idora qilib, mamlakat sarhadlarini g‘animlardan himoya qilish…

O‘shanda Movarounnahr ijtimoiy hayoti va siyosiy ichki nizolar girdobiga tushib qolgan, Sohibqiron Amir Temur barpo etgan davlat tanazzulga yuz tutgan, temuriy vorislar mamlakatni parokanda holatga keltirib qo‘ygan edi. Bobur shunday bir paytda Andijonda turib, Samarqandga ko‘p bora intiladi. Uning niyati bobosi Amir Temur saltanati sohibi bo‘lish edi. Va ikki bora Samarqandni egallaydi, bu voqealar 1498- va 1500-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu orada Movarounnahr hududiga Shayboniyxon xurujlari avj oladi, birin-ketin temuriyzodalar qo‘l ostidagi hududlar mahv etila boshlaydi. Bobur ilojsiz ahvolda ona yurtini tark aylashga majbur bo‘ladi. 1504-yilda avval Hisor, keyin Kobulga yo‘l oladi. U kelajak taqdirini ayni shu mintaqalardan izlaydi, bu esa oson kechmaydi.

Hindiston mo‘jizaviy o‘lka, u qadim-qadimdan kishilarni o‘ziga rom etgan. Bu maftunkor o‘lka Boburni ham ko‘pdan buyon qiziqtirib kelar edi. Bobur 1525-yili Hindistonga 1200 kishilik qo‘shini bilan lashkar tortib, Ibrohim Lodiyning 100000 nafar askar va 1000 ta fildan iborat qo‘shiniga qarshi janglarda g‘olib keladi va bu afsonaviy o‘lkaning shimoliy qismlariga egalik qiladi. Uning hukmronligi davrida insoniylikka asoslangan adolatli qonunlar sharofati bilan Hindistonda siyosiy muhit barqarorlashib, o‘lka yerlari birlashadi. Shaharlar obodonlashtirilib, savdo-sotiq to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Bobur bog‘-rog‘lar yaratishga homiylik qilgan adolatli shoh sifatida taniladi. Shu o‘rinda 332 yil davom etgan boburiylar sulolasi davrida ham Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me’moriy yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar,
karvonsaroylar qurdirish keng miqyosda yoyilganini, o‘sha davrning ilg‘or va zehni o‘tkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir ma’naviy-ruhiy muhit vujudga kelganligini ta’kidlash joiz.

Ulug‘ shoh Bobur Hindistonda davlat ishlari bilan bir qatorda, o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettiradi. Uning hassos qalbidagi sohir tuyg‘ulari betakror she’riyati, mag‘zi to‘q nasriy asarlariga ko‘chadi. Bugun bizgacha Boburdan o‘zbek tilida yaratilgan bir she’riy devon, «Boburnoma» (asli nomi «Vaqoye» – «Voqealar»), Xoja Ahror Valiy (1404–1490)dan qilingan «Volidiya» she’riy tarjimasi, aruz nazariyasiga doir «Mufassal», islom ruknlari haqida «Mubayyin», «Musiqiy ilmi», «Harb ishi», «Xatti Boburiy» asarlari yetib kelgan.

Nozik ta’b shoir she’rlarining aksarida esa uning o‘z hayoti lavhalariga va lahzalariga ishoralar sezilarli darajada bayon etilgan. Xususan,

Charxning men ko‘rmagan
jabr-u jafosi qoldimu?
Xasta ko‘nglim chekmagan
dard-u balosi qoldimu?


– deya bitilgan misralar qancha dardchil bo‘lsa, shuncha jozibali. Qancha qayg‘uli bo‘lsa, shuncha yorug‘dir. Qalblarga chuqur botib ketguvchi bu qayg‘uli satrlarda ertaning, kelajakning yop-yorug‘ umidlari mujassam. Xuddi shu jihati bilan ham Bobur baytlari qadrli va inson ruhiyatiga yaqindir.

Shoh va shoir ijodining yana bir muhim mavzusi Vatanga muhabbat tuyg‘usi, yurt sog‘inchi, unga qaytish umidi bo‘lganini ushbu misralardan anglash qiyin emas.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

06 Feb, 12:30


Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishnikim ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.


«Boburnoma» — Boburning shoh asari. Bu asarda Boburning boshidan kechirganlari, yo‘l qo‘ygan xatolari, alam-u iztirob, g‘alaba va mag‘lubiyatlari hamda shajarasi ochiq yozilgan. Joy nomlari, u yerdagi jonzotlar hamda o‘simliklar atroflicha yoritilgan. Asarda o‘sha davrning mashhur kishilariga adolatli tarzda ta’rif berilganki, kitobni o‘qigan odam Bobur tafakkuriga, bilimiga, uning sarkardalik qobiliyatiga, odil va oqilligiga qoyil qoladi. Asarda keltirilgan baytlar, g‘azal, ruboiylar esa kitobning shoh bezagi sifatida o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldiradi. Bu haqda Boburning o‘zi bunday yozadi:

Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdim,
Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdim,
Har kim bu «Vaqoye’»ni o‘qur bilgaykim,
Ne ranj-u… ne mehnat-u… ne g‘amlar ko‘rdim.


Yana bir e’tiborli jihati shundaki, hozirga qadar mazkur memuar asar dunyoning 30 dan ortiq, xususan – ingliz, fransuz, nemis, italyan, golland, fors, urdu, rus, yapon, turk, tojik tillariga tarjima qilingan. Bu asardagi juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jug‘rofiy mavqeyi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari hamda ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari — hindlar ibodatxonalari va musulmonlarning masjidlari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlar tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hozirga qadar hayratda qoldirib kelmoqda.

Aytish joizki, Hindiston farzandi Javoharlal Neru «Bobur – dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir… Uning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda buyuk o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, san’atda, hayotda, me’morchilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi», deganida tamomila haq edi.

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.


Shu singari she’rlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuyg‘ularni qadrlashga chorlagan buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur umri davomida yaxshilikni istab yashadi. Qo‘lidan kelgancha odamlarga yaxshilik qildi. Endigina 47 yoshni qarshilagan, ayni kuchga to‘lgan chog‘ida o‘z umrini farzandi Humoyunga «sadqa» qilib yubordi. Ammo ko‘hna tarix sahnida adolatli shoh va buyuk shoir o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri bo‘lib qoldi. Ko‘ngliga yorug‘ maqsad tuggan insonlarga, ayniqsa, yoshlarga ulug‘ bobokalonimizning jasurlik, fidoyilik, yurtparvarlik va oilasiga, avlodlariga oqibatlilik, jonfidoligi hamisha o‘rnakdir.

Gulnoza TURG‘UNBOYEVA,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

05 Feb, 12:36


Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳамда ДХХ томонидан жорий йилнинг 3-4 февраль кунлари мамлакатимиз миқёсида “Қорадори” кенг кўламли тадбирларининг дастлабки босқичи олиб борилди.

Гиёҳвандлик ва кучли таъсир қилувчи дори воситаларининг ноқонуний муомаласи билан шуғулланиб келаётган шахслар ва жиноий гуруҳлар фаолиятига чек қўйиш мақсадида жами 653 та махсус тадбирлар ўтказилди.

Ўтказилган тадбирлар давомида жами 112 кг 257 гр гиёҳвандлик воситалари (героин, опий, гашиш, синтетик турдаги гиёҳвандлик воситалари) ҳамда 8601 дона кучли таъсир қилувчи дори воситаларининг аҳоли орасида тарқатилиши тўхтатиб қолинди. Гиёҳвандлик воситаларининг ноқонуний муомаласидан олинган 287 минг 460 АҚШ доллари ва 569 миллион сўм миқдоридаги пуллар далилий ашё сифатида расмийлаштирилди.

Қўзғатилган 222 та жиноят ишлари доирасида 228 нафар шахслар жиноий жавобгарликка тортилди. 64 нафар шахслар маъмурий жавобгарликка тортилди. 47 нафар қидирувдаги шахслар ушланди. 357 нафар шахслар билан профилактик суҳбатлар ўтказилиб, 231 нафари расмий огоҳлантирилди.

Шунингдек, кенг кўламли тадбирлари доирасида 175 та “тиғ”, 58 та “бита”, 24 та “кастет” ва 77 та қурол олинди.

Криминоген вазиятни барқарорлаштириш борасидаги тезкор тадбирлар бошқа йўналишларда ҳам давом эттирилади.

RuTube | YouTube | instagram | Aloqa 👈 хабар юбориш

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

31 Jan, 09:23


6/2025-mavzu

NAVOIY MЕROSI – MILLAT XAZINASI


Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egalladi.

Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilib, turkiy tilda «Navoiy», forsiyda esa «Foniy» taxallusini qo‘llagan. Uning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: devonlari, dostonlari, forsiy tildagi she’riy merosi hamda ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan «Xazoyin ul-maoniy» devoniga jamlangan. Asar to‘rt qismdan iborat. 1472–1476-yillarda birinchi devoni «Badoye’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni shoh amri va istagi bilan o‘zi kitob qiladi. Buyuk shoirning muhabbat va bu bilan bog‘liq tug‘yonlari, xususan, g‘azallari uning yigitlik davrida yozilgan. Bunga uning «Ilk devoni»ga kiritilgan, xalq orasida «Qaro ko‘zum», «Kelmadi» («Munojot») nomlari bilan mashhur bo‘lgan va kuylanadigan g‘azallari misol bo‘la oladi. Uning ishq bilan bog‘liq tasvirlari rang-barang va boy bo‘lib, biz unda inson hayoti va holatining cheksiz ko‘p qirralarini – shodlikni ham, xafachilikni ham, takrorlanmaydigan lahzalarni ham, har kun, har soatda yuz beruvchi ko‘ngilsizliklarni ham ko‘ramiz.

Alisher Navoiy ijodining shoh asari «Xamsa» besh dostondan iborat. Bular «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati»), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» («Yetti sayyora»), «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori») dostonlaridir. Fors adabiyotidagi xamsachilikka javob sifatida o‘zbek tilida birinchi marotaba yaratilgan Alisher Navoiy «Xamsa»si bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 ming misradan iborat bu beshlik XV asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi.

Alisher Navoiyning 3598 baytdan iborat so‘nggi dostoni «Lison ut-tayr» 1498–1499-yillarda yaratilgan. Mazkur asar bolaligida sevib o‘qigani – Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qushlar tili») dostoniga javob tarzida, shoirning o‘z ta’biri bilan aytganda, «tarjima rasmi bila» yuzaga keltirgan she’riy mo‘jizasi edi. Dostondagi bosh g‘oya, bosh muammo tasavvufdagi imon, e’tiqod va ma’naviyat masalalaridir.

Alisher Navoiy o‘zining forsiy qasidalaridan alohida to‘plamlar ham tuzgan bo‘lib, ularning biri «Sittai zaruriya» («Olti zarurat»), ikkinchisi «Fusuli arbaa» («To‘rt fasl») deb ataladi. «Sittai zaruriya» to‘plamiga 6 qasida kiritilgan bo‘lib, ularni Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Anvariy, Haqoniy, Solmon Sovajiy va boshqa qasidanavislar ta’sirida yaratgan. Uning «Fasuli arbaa» to‘plamiga 4 qasidasi kiritilgan bo‘lib, ularda yilning 4 fasli – bahor, yoz, kuz va qishning o‘ziga xos go‘zalligi zavq bilan tasvirlangan va to‘rtalovi ham zamon podshohi – Sulton Husayn Boyqaroni podshoh va shaxs, yaxshi do‘st va yaxshi inson sifatida vasf etishga bag‘ishlangan.
O‘z davrining ulug‘ olimi, mutafakkiri bo‘lgan Alisher Navoiyning ilmiy tadqiqotlari va izlanishlarining katta qismi, tabiiyki, til va adabiyot masalalariga bag‘ishlangan. Shu ma’noda «Majolis un-nafois» tazkirasini yaratish bilan o‘z davri adabiyotiga, uning ijodkorlariga o‘ziga xos haykal o‘rnatib, unda o‘zbek va forsiy tillarda ijod qilgan 359 shoirning hayoti va yozgan asarlari haqida noyob ma’lumotlar berilganini ko‘rish mumkin. Uning «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari «Majolis un-nafois»ning davomiday bo‘lib, bu davr adabiyoti, fani va madaniyatining yirik namoyandalari hayotini o‘rganishda eng qimmatli manbalardir. Shoirning katta adabiy va tarixiy ahamiyatga ega «Munshaot» asari uning turkiy tilda o‘z zamondoshlari – podshohlar va shahzodalar, ilm va adabiyot ahllari bilan olib borgan yozishmalari majmuidan iborat.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

31 Jan, 09:23


«Vaqfiya» asari ham, bir qarashda, shoir va buyuk davlat arbobining o‘zi qurgan imoratlariga vaqfi, ya’ni rasmiy hujjatidek ko‘rinsa ham, aslida unda Sulton Husayn Boyqaro davri davlat tizimi, Alisher Navoiyning bu davlatni boshqarishdagi o‘rni, uning tarjimayi holi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari katta bilimdonlik va aniqlik bilan yoritilgan. Shuning uchun ham navoiyshunoslikda bu asarga Alisher Navoiy nasrining ajoyib namunasi sifatida qaraladi. «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi») va «Muhokamat ul-lu-g‘a¬tayn» («Ikki til muhokamasi») asarlari boshqa ilmiy tadqiqotlaridan farqli o‘laroq, umumturkiy ahamiyatga ega va boshqa turkiy xalqlarning she’riyati va tillarini o‘rganishga ham xizmat qilib kelmoqda.

Alisher Navoiy hayotining oxirlarida nasriy asari – «Mahbub ul-qulub»ni yozdi. Unda muallif o‘zi yashagan davrdagi har bir tabaqa hayoti, axloqi va vazifalari haqida suhbat yuritadi. Asarda Alisher Navoiyning inson axloqiga va tarbiyasiga doir eng noyob pand va nasihatlari xalq maqollari va hikmatli so‘zlari shaklida bayon qilingan. Ko‘p o‘rinda shoir o‘z fikrlarini bayt, qit’a, masnaviy, ruboiy shaklida ifodalashi asarga rang-baranglik bag‘ishlagan.

Alisher Navoiy o‘zidan boy she’riy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, bu merosning hajmi 100 ming baytdan iboratdir. Bu boy meros bilan u o‘zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko‘tardi va o‘zbek adabiy tiliga asos soldi.
O‘zbek adabiyotida lirik janrlar va dostonchilikning eng yuqori taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liqdir. Uning asarlari rus, qozoq, qoraqalpoq, turk, tatar, nemis, fransuz, golland va yana boshqa o‘nlab xalqlar tillariga tarjima bo‘lgan va qayta-qayta nashr etilgan.

Shoir asarlarida ilgari surilgan xalqparvarlik, mardlik, jasurlik, mehnatsevarlik, millatlararo tenglik, bag‘rikenglik singari o‘lmas g‘oyalar aslo o‘z qimmatini yo‘qotmaydi, bizlarni yangidan-yangi marralar, zafarlar sari chorlab turaveradi.

Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

28 Jan, 16:10


VIDEOGA OLISH MUMKIN-U, OBRO'SIZLANTIRISH MUMKINMAS...

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

24 Jan, 08:57


hissa qo‘shmoqdalar», – deya ta’kidlagan edilar.

To‘g‘ri, qonun ustuvorligini ta’minlashda nazorat hech shubhasiz kerak. Lekin jamiyatimizda qonuniylikning qaror topishi avvalambor har birimizga bog‘liq. O‘zimizga savol beraylik. Piyoda yoki haydovchi sifatida yo‘l harakati qoidalariga har doim ham rioya etamizmi? Bir fuqaro sifatida o‘zimiz yashaydigan mahallada atrof muhitni muhofaza qilyapmizmi? Iste’molchi sifatida ichimlik suvini isrof qilmayapmizmi? 

Kimdir bular mayda masalalarku deyishi mumkin. Lekin katta qonunbuzarliklar ham kichik qoidabuzarliklardan boshlanadi. Qonunlarga doimo rioya qilishi uchun kishining vijdoni uyg‘oq, eng sergak nazoratchi bo‘lishi kerak. Chunki odam ba’zan qonunga ham, boshqa nazoratchilarga ham chap berishi mumkin, lekin vijdonga chap berib bo‘lmaydi. Vijdon uyg‘oqligi birinchi galda ma’naviy, huquqiy tarbiya bilan bog‘liq. Tarbiya esa beshikdan qabrgacha davom etadigan jarayondir.
Mamlakat hayotida qonun ustuvor bo‘lmasa, odamlarning davlat idoralariga ishonchi yo‘qoladi. Ular adolat, haqiqat, tenglik shunchaki quruq so‘zlar ekan degan xulosaga keladi. Natijada o‘zlari ham qonunlarni aylanib o‘tishga harakat qiladi. Qaysiki mamlakatda qonunlarga rioya qilinmasa, korrupsiya avj oladi, iqtisod oqsaydi. Bunday mamlakatga chet ellik tadbirkorlar ham sarmoya kiritishni istashmaydi. Eng ayanchlisi, ma’naviy tanazzul yuz beradi.

Muxtasar qilib aytganda, rivojlanishni istagan jamiyat qonun ustuvorligiga erishishi shart. Zero, qonuniylik bugungi kunda davr talabidir. Shunday ekan, yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun aholini huquqiy madaniyati va huquqiy on­gini oshirish zarur. Bu bar­chani qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash demakdir.
 
Bobomurod TOSHEV,
o‘z muxbirimiz.
Azamat PIRNIYAZOV tarjimasi.

@manaviyat_va_marifat_darsi

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

24 Jan, 08:57


5-mavzu

QONUNIYLIK – DAVR TALABI

AQSHning Vashington shahrida hech bir bino Kapitoliy tepaligida joylashgan mamlakat Kongressi, ya’ni qonun chiqaruvchi organ – parlamenti binosidan baland bo‘lmasligi kerak degan naql yuradi. Buning boisi mamlakatda qonun barcha narsadan ustun bo‘lishi kerakligi bilan izohlashadi.

Qadimgi yunon faylasufi Arastu davlat boshqaruvi asosida qonunlar yotishi ke­rak deya ta’kidlagan. Chunki hatto eng yaxshi hukmdor ham hissiyotga, ruhiy hayajonga berilishi mumkin, qonun esa «muvozanatlangan aql»dir deb hisoblagan.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasiga muvofiq O‘zbekiston boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatdir. Huquqiy davlatning eng muhim belgisi, prinsipi esa – bu qonun ustuvorligi. Ushbu prinsip inson huquqlari bilan bevosita bog‘liq. Zero, qonunlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat.
Yana Bosh qomusimizga murojaat etadigan bo‘lsak, uning 15-moddasiga ko‘ra, yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritishlari lozim.

Demak, respublikamizda qonun ustuvorligini belgilovchi huquqiy baza mavjud ekan. Xo‘sh, bu qoidalar qog‘ozda qolib ketmasligi uchun mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligi qay yo‘sinda ta’minlanadi?
Huquqiy davlatda har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi mumkin. U davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Jamiyat hayotida qonuniylikni ta’minlashda prokuratura organlari zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklangan. Chunki Bosh qomusimizning 143-moddasiga asosan, mamlakatimiz hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi­ning Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

Yurtimizda qonuniylikni ta’minlashda ichki ishlar organlarining alohida o‘rni bor. O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunida ushbu soha xodimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida aynan qonun ustuvorligini ta’minlash ham ko‘rsatib o‘tilgan. Qolaversa, ular fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish orqali ham jamiyatda qonuniylik hukm surishiga hissa qo‘shishadi.
Yuqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, jamiyatda qonuniylikni ta’minlash davlat idoralari xodimlari­ning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Yana shuni alohida ta’kidlashni istardikki, qonunlarga amal qi­lish borasida birinchi galda mansabdorlarning o‘zlari namuna bo‘lishlari lozim. Amaldorlar qonunbuzarlik sodir etsalar, davlatning obro‘yiga putur yetkazadilar.
Bugungi axborot asrida qonuniylik jamiyat hayotining odatiy me’yoriga aylanishiga erishishda ommaviy axborot vositalari, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoq faollari ham katta o‘rin tutadi. Prezidentimiz o‘tgan yilda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni rivojlantirish, davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarimizning qonuniy murojaatlarini o‘rganish va hal qilish borasida ularning o‘rnini e’tirof etib: «Kuyunchak va olijanob jurnalistlarimiz, faol blogerlarimiz o‘zlarining qat’iy pozitsiyasi, haqqoniy so‘zi bilan hayotimizdagi o‘tkir muammolarni hal etish, islohotlarimizning samarasini oshirish, yurtdoshlarimizning fikrini, dunyoqarashini yuksaltirishga munosib

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

22 Jan, 11:31


Ma’lumki, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonunchilik hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Yurtimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta’minlash, ularni tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyat sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda so‘z erkinligiga oid qoidalar «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarda aniqlashtirilgan. O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashtirildi va axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarning asosiy maqsadi – mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash kafolatlariga, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

O‘z navbatida, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi quyidagicha kafolatlangan:

«O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir. Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.

Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi».

Yangi O‘zbekistonda so‘z erkinligini, fikrlar xilma-xilligini, odamlar o‘z qarashlarini ochiq-oshkora ifoda etishini amalda ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimizda 1400 dan ortiq ommaviy axborot vositasi erkin faoliyat yuritayotgani hamda izchil rivojlanib borayotgani buning yaqqol tasdig‘idir. Ularning 60 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasi ekani ayniqsa e’tiborlidir. Yangi davlat telekanallari, nodavlat telekanallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular fikrlar va qarashlarning muhim jihatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, har birida mamlakatda kechayotgan jarayonlarga o‘z munosabati va nuqtayi nazari mavjud.
Bir so‘z bilan aytganda, so‘z, fikr va axborot erkinligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, hayotbaxsh islohotlar, avvalo, xalqimizning qarashlaridagi yangilanish jarayonlari hamda 
ong-u tafakkurining yuksalishi bilan uyg‘un holda olib borilayotganligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, demokratiyani, erkin yashashni istagan har qanday jamiyat uchun so‘z erkinligi suv va havodek zarur.

Azizjon Fayziyev, 
podpolkovnik.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

22 Jan, 04:01


Ma’lumki, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonunchilik hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Yurtimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta’minlash, ularni tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyat sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda so‘z erkinligiga oid qoidalar «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarda aniqlashtirilgan. O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashtirildi va axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarning asosiy maqsadi – mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash kafolatlariga, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

O‘z navbatida, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi quyidagicha kafolatlangan:

«O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir. Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.

Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi».

Yangi O‘zbekistonda so‘z erkinligini, fikrlar xilma-xilligini, odamlar o‘z qarashlarini ochiq-oshkora ifoda etishini amalda ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimizda 1400 dan ortiq ommaviy axborot vositasi erkin faoliyat yuritayotgani hamda izchil rivojlanib borayotgani buning yaqqol tasdig‘idir. Ularning 60 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasi ekani ayniqsa e’tiborlidir. Yangi davlat telekanallari, nodavlat telekanallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular fikrlar va qarashlarning muhim jihatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, har birida mamlakatda kechayotgan jarayonlarga o‘z munosabati va nuqtayi nazari mavjud.

Bir so‘z bilan aytganda, so‘z, fikr va axborot erkinligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, hayotbaxsh islohotlar, avvalo, xalqimizning qarashlaridagi yangilanish jarayonlari hamda ong-u tafakkurining yuksalishi bilan uyg‘un holda olib borilayotganligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, demokratiyani, erkin yashashni istagan har qanday jamiyat uchun so‘z erkinligi suv va havodek zarur.

Azizjon Fayziyev, 
podpolkovnik.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

22 Jan, 04:01


4-mavzu

SO‘Z, FIKR VA AXBOROT ERKINLIGI

So‘z erkinligi – har kimning o‘z fikrlarini erkin bildirish huquqi. So‘z erkinligi insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biridir. Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi hamda ularni ifodalash insonning eng muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. Axborot olish, foydalanish, tahlil qilish va tezkorlik bilan tarqatish imkoniyati jamiyatda inson yuksalishining asosiy shartidir.

Islohotlar jarayonining ochiq, oshkora kechishi fuqarolarning erkin qarashlari orqali unda o‘z manfaatlarini u yoki bu darajada ifoda eta bilishi ko‘p jihatdan ommaviy axborot vositalarining erkin va xolis tarzda voqealarni yoritishiga bog‘liq bo‘lib, bu demokratiyaning muhim xususiyatlaridan biri, deyish mumkin. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 33-moddasida ham har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, shuningdek, istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga egaligi o‘z aksini topdi. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solish, ularni erkinlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, izchil islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida ishtirok etishining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. 

Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilib kelgan. Bu holat, ayniqsa, shiddatli sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan bugungi globallashuv zamonida har qachongidan ko‘ra keng tarmoq yozdi, binobarin, hayotimizning birorta sohasini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

So‘z va axborot erkinligi, uning oshkoraligi, shaffofligi, islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etish imkonini beradi. Davlatimiz va jamiyatimizning bu boradagi yondashuvi ham aynan shunday: so‘z, fikr va axborot erkinligi – O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Achchiq va tanqidiy materiallar joylardagi ko‘plab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap. Lekin oshkoralik va so‘z erkinligi bu – davr talabi, bu – O‘zbekistondagi islohotlarning talabi».
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta’minlash, ularning tom ma’noda «to‘rtinchi hokimiyat» sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti — ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi, erkinligini amalda ta’minlashdan, ommaviy axborot vositalarini fikrlar va g‘oyalarni erkin ifoda etadigan maydonga aylantirishdan iborat. Bu choralar natijasida aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki uchun keng miqyosda jalb etilishiga erishish mumkin.
Darhaqiqat, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida fuqarolarning so‘z, fikr erkinligi ta’minlanib, ommaviy axborot vositalarining roli yanada oshib bormoqda. Islohotlar samarasi o‘laroq, siyosiy jarayonlarni bevosita muhokama qilish erkinlashdi, bu borada davlat idoralari va xalq o‘rtasida muloqot uchun o‘ziga xos ko‘prik paydo bo‘lmoqda. Zero, so‘z erkinligi prinsipiga rioya qilish, xolislik, haqqoniylik, ochiqlik va shaffoflikni barcha uchun amalda barobar ta’minlashga qaratilgan.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

14 Jan, 10:10


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Yangi O‘zbekiston majmuasida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi
———
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда "14 январь - Ватан ҳимоячилари куни" муносабати билан Янги Ўзбекистон мажмуасида жойлашган Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйилди

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

14 Jan, 06:53


ЖАМОАТ ТРАНСПОРТИДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШГА ҚАРАТИЛГАН... ҚОНУН ЛОЙИҲАСИ МАҚУЛЛАНДИ

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

13 Jan, 16:32


3/2025-mavzu

MOBILLASHIB BORAYOTGAN TAFAKKUR

Tafakkur mustaqilligining belgilaridan biri tashabbuskorlik bo‘lib, u insonning o‘z oldiga aniq maqsad va muddaolar qo‘yish, ularni amalga oshirish yo‘lidagi muammolar yechimini topish, nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo‘lgan usul va vositalarni belgilashida namoyon bo‘ladi.

Mustaqil tafakkurga ega bo‘lmagan kishi tayyor qarashlar asiriga aylanadi va ularda tafakkurning o‘sishi o‘zining tabiiy darajasidan orqada qoladi. Tafakkur qaramligi jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladi. Shuning uchun ham fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligini ta’minlaydi. Inson tomonidan muayyan vaqt ichida, muayyan soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyalar yaratgan, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilgan kishining tafakkuri sermahsul va samarali sanaladi.

Demak, muayyan vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda bajarilgan ish ko‘lami va sifati tafakkur mustaqilligining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Zero, tafakkur mustaqilligiga erishish, ya’ni mustaqil fikr sohiblarini tarbiyalash va shakllantirish bugungi milliy taraqqiyotning muhim ma’naviy omillaridan biri hisoblanadi.

Zamonaviy dunyo bugungi kunda uchta global muammo bilan shug‘ullanadi: insoniyatning sivilizatsiya sifatida saqlanib qolishi, insonni asrab-avaylash hamda uni rivojlanti­rish va tarbiyalash. Bashariyat yangi asrga qadam qo‘yishi bilan zamon talablari, odamlarning yashash tarzi, shart-sharoitlari, vaqt tushunchasi bo‘yicha qarashlari, ularni qurshab turgan axborot hududi yangi bosqichga chiqdi. Insoniyat atrofidagi hayot omillariga yanada talabchanlik, onglilik va tafakkur bilan yondasha boshladi. Shu bilan birga, har soniyada o‘zgarib borayotgan zamon talablari insoniyatdan mobillashish, intensivlashish va integratsiyalashish, axborotni qabul qilish hamda uni yashab turgan davrimiz tendensiyalariga mos va xos tarzda qayta ishlash malakalarini taqozo etmoqda.

Ogohlik, daxldorlik, o‘zlikni anglash, g‘oyaviy kurashchanlik har bir ozod shaxs va erkin fuqaro uchun zarurdir. Bugungi yoshlar turli makonlardan taralayotgan muayyan kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan har xil ma’no-mazmundagi g‘oyaviy ta’sirlar girdobida yashaydi. Axborot asri, internet asri, informatsion texnologiyalar asri deb nom olgan ayni davrda bunday ta’sirlardan xoli bo‘lish dolzarb muammodir. Shunday ekan, davr har bir yoshning fikri va sobit e’tiqodiga, mustaqil tafakkuri va mustahkam irodasiga ega bo‘lishini taqozo etadi. G‘oyaviy tahdidlar kuchaygan hozirgi sharoitda milliy ong, milliy o‘zlikni anglash, milliy ma’naviy meros xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur omillardandir.

Demak, hozirgi yoshlar nima yaxshi yoki nima yomon ekanligini ajrata bilishi darkor. Ya’ni, axborotni tanlash va undan unumli, to‘g‘ri foydalanish insonning ong va tafakkur darajasiga bog‘liq. Hozirgi paytda yoshlarning internetdan to‘g‘ri foydalanishiga erishmog‘imiz lozim.

Mamlakatimizda Internet tarmog‘ini milliy ma’lumotlar bilan to‘ldirish ham bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Agar biz yoshlarda axborot olish madaniyatini shakllantirsak, axborot xurujiga qarshi immunitetni kuchaytirgan bo‘lamiz.

Bashariyat raqamlashuv, mobillashuv, sohalarga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. Hozir dunyo yalpi ichki mahsulot(YIM)ning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinayotgan bir zamonda yashayapmiz. Biz bejiz sun’iy intellektni tilga olmadik, sababi u inson tafakkuri, ongi bilan raqobatga kirishmoqda. Insoniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hissiy intellekt – o‘zimizdagi va boshqalardagi his-tuyg‘ularni tushunish va boshqarish qobiliyati. Tuyg‘ular inson tajribasining asosiy jihati bo‘lib, bizning munosabatlarimizni, qaror qabul qilish jarayonlarini va umumiy farovonligimizni shakllantiradi. Biroq sun’iy intellekt hissiyotlarga befarq, nozik insoniy his-tuyg‘ularni tushunishga qodir emas.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

13 Jan, 16:32


Sun’iy intellekt tizimlari yanada murakkablashgani sayin avtonomiya va javobgarlik bilan bog‘liq muammolar birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu tizimlarda hissiy tushuncha va subyektiv fikrlashning yetishmasligi kutilmagan holatlarga duchor bo‘lganda, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, javobgarlik masalasi jiddiy muammo tug‘diradi. Agar sun’iy intellekt tizimi zararga olib keladigan qaror qabul qilsa, javobgarlikni kim o‘z zimmasiga oladi? Odamlardan farqli o‘laroq, mashinalar axloqiy vakolatga yoki mas’uliyat tuyg‘usiga ega emas, bu ularning xatti-harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlikni murakkablashtiradi. Zero, texnologik taraqqiyotga intilishda sun’iy intellektning integratsiyasiga aqlli va ehtiyotkor fikrlash bilan yondashish juda muhim. Sun’iy intellekt samaradorlikni oshirish va murakkab muammolarni hal qilish uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lsa-da, u odamlarni insonga aylantiradigan noyob fazilatlarning o‘rnini bosa olmaydi.

Sun’iy intellektning xavf-xatarlari uning cheklovlarida, haqiqiy his-tuyg‘ularning yo‘qligida, inson xatti-harakatlarining murakkabligini anglay olmaslikda va mashina mulohazalarining noto‘g‘riligidadir. Rivojlanayotgan sun’iy intellekt landshaftini kezarkanmiz, texnologiyaning afzalliklaridan foydalanish va insoniyligimizni belgilaydigan o‘zgarmas fazilatlarni asrab qolish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash juda muhim.

Yana bir muhim masala. XXI asrda ijtimoiy tarmoqlar shu darajada ommalashdiki, bu, o‘z navbatida, hatto inson tafakkuriga o‘z ta’sirini o‘tkaza olish darajasiga chiqib ulgurdi. Hozirgi vaqtda ko‘p sonli odamlarni zombiga aylantirgan ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlasha olmaslik xastaligi yanada ko‘proq zarar keltiradi. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik yaxshilikka olib kelmasligi haqida juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Amerika pediatrlar akademiyasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ida salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantiradi. Biroq barcha yoshdagi katta kishilar uchun ham aynan shunday xavf mavjud. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga ikki soatdan ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazuvchi o‘smirlar internetga 30 daqiqadan kam vaqt sarflovchi tengdoshlariga qaraganda yolg‘izlikdan ikki barobar ko‘p aziyat chekishar ekan.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, inson axborot iste’molchisi sifatida har qanday zararli kontentlar, buzg‘unchi, yot g‘oyalarga o‘z tafakkuri orqali qarshi tura olishi lozim.

Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

🥳 2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

13 Jan, 16:27


Armiyamiz ayni paytda modernizatsiya asosida zamonaviy aloqa tizimlari, uchuvchisiz havo apparatlari, bronetexnika va razvedka vositalari bilan ta’minlanmoqda.

O‘zining boy va shon li tarixiga ega bo‘lgan IIV Qorovul qo‘shinlari ham mamlakatimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois qo‘shinlar tayyorgarligining intensivligi va sifatini kuchaytirish, shuningdek, harbiy qismlarning jangovar shayligini va boshqaruvini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning amaliy ko‘nikma va mahoratini oshirish maqsadida har yili qo‘mondonlik-shtab, taktik-maxsus va taktik-saf mashqlari hamda jangovar shaylik tekshiruvlari o‘tkazib kelinadi. Natijada ularning jangovar tayyorgarlik darajasi yanada oshirilib, yuklatilgan vazifalar o‘z muddatida to‘laligicha ado etilmoqda.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli ravishda uzoq muddatli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan ta’minlanmoqda. Xizmat vazifasini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan harbiylarning farzandlariga respublika mizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalar berilyapti. Sog‘lig‘ini tiklash uchun sana toriy va kurortlarda dam olib kelish istagida bo‘lgan harbiy xizmatchilar uchun ham imkoniyatlar yaratilmoqda.
Hatto tinchligimiz himoyachilarining oilaviy sharoitini yanada yaxshilash va turmush o‘rtog‘ining bandligini ta’minlash maqsadida ular monomarkazlarda kasbga o‘qitilib, ishga joylashtirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini mustahkamlash, zamonaviylashtirish va isloh qilish yo‘lida amalga oshirilgan barcha sa’y-harakatlar mustaqilligimizni asrab avaylash, sarhadlarimiz daxlsizligi, osmonimiz musaffoligi hamda el-yurtimiz osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Mixli SAFAROV,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

🥳 2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

13 Jan, 16:27


2/2025-mavzu

MARD BOR JOYDA CHEKINAR XATAR


So'nggi yillarda mamlakatimizda jahon talablariga javob beradigan Qurolli Kuchlarni, barqaror va izchil taraqqiyotimizning ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamizni shakllantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy armiyamizning jangovar salohiyatini oshirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta'minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma'naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Milliy armiyamizni isloh qilish yo'lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar zamirida, birinchi navbatda, zamonaviy mudofaa salohiyatiga ega bo‘lgan, mahorati yuksak, har qanday murakkab vaziyatda ham mukammal harakat qila oladigan armiyani shakllantirish, ikkinchidan, dunyo va mamlakatimiz harbiy yutuqlari, ilg‘or tajribalaridan unumli foydalanish, uchinchidan, harbiy xizmatchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning ularning professional tayyorgarligini yanada kuchaytirish yotadi. Su maqsadda o‘tgan davrda mamlakat mudofaa salohiyatini yanada mustah kamlash borasida sohaning normativ-huquqiy asoslari takomillashtirildi. Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasi, jangovar tarkibi va shayligi kuchaytirilib, yurtimiz mudofaa salohiyati mustahkamlandi. Bunda kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi yil sayin o‘sib, qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan jihozlanish darajasi yanada oshirildi.

Zamonaviy tahdidlar kuchayib borayotgan bu gungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan gibrid xarakterdagi qurolli to‘qnashuvlar Qurolli Kuchlarimizning jangovar harakatlar jarayonida ilgari amalda qo‘llanilmagan qurollardan foydalanadigan kuchlarga qarshi kurasha olish qobiliyatini oshirishni taqozo etmoqda. Shu sababli, 2022–2026-yil larga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida yurtimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish eng muhim ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi va bu borada ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, mudofaa tizimini takomillash tirish, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki umumiy xatarlarga qarshi birgalikda kurashishni davrning o‘zi talab etmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida olib borilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Dunyo va MDH hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida o‘tkazilayotgan harbiy musobaqalarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari jamoalarining muntazam g‘alabalarga erishayotganligi mamlakat yetakchisi tomonidan belgilangan izchil islohotlarning ijobiy samarasidir.

Mudofaa vazirligi jamoasi 2024-yilda Buyuk Britaniya da bo‘lib o‘tgan «Kembriya patruli» musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan ilmiy-harbiy tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro musobaqalarning mutlaq g‘olibiga aylandi. Qurolli Kuchlarimiz qo‘shni davlatlar bilan ham hamkorlikni mustahkamlamoqda. Jumladan, 2024-yilda Qo zog‘istonda o‘tkazilgan «Birlestik – 2024» o‘quv mashg‘ulotlari doirasida yurtimiz harbiylari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda jangovar-taktik harakatlarda ishtirok etishdi.

Hindiston bilan hamkorlikda «Termiz» poligonida o‘tkazilgan «Do‘stlik – 2024» o‘quv mashg‘ulotlarining beshinchi bosqichida quruqlik va harbiy havo kuchlari mutaxassislari ishtirok etib, asosiy e’tibor terrorizmga qarshi kurashish va boshqa operatsiyalarda bo‘linmalar o‘rtasidagi muvofiqlik va jipslikni oshirishga qaratildi.
2024-yilda Yurtboshimiz boshchiligida jangovar shaylik va xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator qonunchilik o‘zgarishlari ham qabul qilindi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

27 Dec, 13:04


«Yashil» iqtisodiyot deganda, insonning eng hayotiy muhim manfaatlari, ya’ni hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani asrab-avaylagan va unga zarar yetkazmagan holda saqlab qolib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan faoliyatning zamonaviy yo‘nalishi tushuniladi.

Prezidentimiz tomonidan «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O‘zbekistonning ustuvor strategik vazifasi etib belgilandi. Chunki «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish mamlakatimizda ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga zararli ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 2-dekabrdagi «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyot»iga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinganini eslaylik. Mazkur hujjat bilan 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash dasturi tasdiqlandi.

«Yashil» iqtisodiyot quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni birinchi navbatdagi masala sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda:

birinchidan, aholining yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish lozim;

ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo‘ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko‘paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo‘nalishlarda ishlarni olib borish;

uchinchidan, atrof-muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi;

to‘rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta’minlash maqsadida ne’matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko‘rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi;

beshinchidan, aholi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari, talaba-yoshlarni tabiatni tushunish, ekologik ta’lim-tarbiya, ezgulik, ko‘ngilchanlik, rahmdillikka dav’at etuvchi ekologik madaniyatni shakllantirish zarur bo‘ladi.

O‘zbekiston bioxilma-xilligi 27 mingdan ortiq turlarni o‘z ichiga oladi. O‘simlik dunyosi 11 ming turni tashkil etadi (o‘simliklarning 324 turi va qo‘ziqorinning 3 turi O‘zbekistonning «Qizil kitob»iga kiritilgan). Shuning uchun hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishimiz kerak.

Atrof-muhitga zararli ta’sirlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Hududlarimizda «yashil bog‘lar» va «yashil jamoat parklari»ni barpo etishdek ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida 588 gektar oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikka xizmat qiladigan «yashil bog‘lar», inson salomatligiga xizmat qiladigan 662 gektar «yashil jamoat parklari», Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida 40 km masofada «yashil belbog‘»lar barpo etildi. E’tiborlisi shundaki, aholi maskanlari va mahallalarda «yashil maydonlar»ni ko‘paytirish uchun maqsadli mablag‘lar ajratilmoqda. Barcha davlat idoralari, korxonalar va oliy ta’lim muassasalarida «yashil bog‘lar» yaratilmoqda.

Sharif QOBILOV,
IIV Akademiyasi professori, polkovnik.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

🥳 2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

27 Dec, 13:04


1/2025-mavzu

YASHIL BOYLIKLAR – SALOMATLIGIMIZ VA FAROVON HAYOTIMIZ MANBAYI

So‘nggi yillarda dunyoda tabiat «chekinmoqda». Harorat oshishi va yog‘in¬garchiliklardagi o‘zgarishlar, daraxtzorlar kamayishi, qishloq xo‘jaligi degradatsiyasi kuchaymoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, millionga yaqin o‘simlik va hayvonot turlari yo‘q bo‘lish arafasida. So‘nggi 50 yilda yovvoyi tabiat dunyosi 69 foizga qisqardi, iqlim o‘zgarishi, noqonuniy ov va savdo kabi jiddiy tahdidar natijasida hayvonlarning genetik resurslari qisqarib ketdi. Natijada 100 dan ortiq tur, Markaziy Osiyoda esa 26 turdagi qushlar, 12 turdagi sut emizuvchilar, jumladan, Turon yo‘lbarsi, Osiyo qoploni va boshqa endemik turlar butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.
Ochig‘ini aytganda, uzoq yillar davomida yurtimiz boyliklarining pala-partish o‘zlashtirilgani, yaqin vaqtlargacha qishloq xo‘jaligi sohasida «paxta yakkahokimligi» hukm surgani uchun tabiat bilan iqtisodiyot o‘rtasidagi muvozanat buzilgani sir emas. Ayniqsa, boylikning onasi bo‘lgan yer-suv resurslaridan oqibatini chuqur o‘ylamasdan, noto‘g‘ri foydalanish natijasida ekin maydonlarimiz yaroqsiz, unumsiz holga kelib qoldi. Orol dengizining qurishi, ekologik vaziyatning yomonlashuvi nafaqat qishloq xo‘jaligiga, balki milliy iqtisodiyotimizga va xalqimizning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Tan olib aytish kerak, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Bugun oziq-ovqat ta’minotini barqaror yetkazib berishdagi qiyinchiliklar hamda global savdodagi to‘siqlar ham millionlab insonlar hayotida salbiy iz qoldirmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyodagi 22 ta davlatda oziq-ovqat tanqisligi kuzatilmoqda. Mamlakatimizdagi aholining o‘sishini, shuningdek, yer maydoni kengayib qolmasligini e’tiborga olib, yer va suv resurslarining sifatiga ta’sir qiluvchi ob-havo sharoiti o‘z kuchini ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda «yashil» iqtisodiyotni yaratish yo‘liga o‘tish dolzarbdir. Jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib, O‘zbekiston sayyoramiz bo‘yicha suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatdan biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi va to‘lov balansini ta’minlash borasida jiddiy oqibatlarga olib kelishini unutmasligimiz kerak.

Prezidentimiz Koreya Respublikasida o‘tkazilgan «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030» (P4G) ikkinchi xalqaro sammitida so‘zlagan nutqida: «Bugungi kunda ona tabiatning o‘zi bizga yo‘llayotgan ogohlik qo‘ng‘irog‘iga be¬parvo bo‘lmasligimiz kerak. Afsuski, iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib bormoqda. Biz yashayotgan Markaziy Osiyoda so‘nggi 30 yilda o‘rtacha yillik harorat taxminan bir darajaga ko‘tarildi. Mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bug‘lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifloslanishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Bugungi kunda «yashil taraqqiyot» borasidagi maqsadlarga erishish uchun mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali bo‘lishi kerakligiga hech kim shubha qilmayapti. Boshqa choramiz ham yo‘q», deb ta’kidlaganlarida umumiy uyimizga ko‘zga ko‘rinmas xavf-xatarning oldini olishda barchamiz mas’ul ekanligimizni nazarda tutib, Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash maqsadi mujassam edi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

20 Dec, 08:34


GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR MA’NAVIYATI

Yangidan-yangi tashabbus, g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda aynan shu qatlamning nuqtayi nazari, sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirda mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi. Ayni davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jadallashtirish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etish, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuksak aql-zakovat sohibi etib voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Biroq xalqimizning o‘ziga xos va mos milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya borasidagi azaliy an’analariga, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga «ommaviy madaniyat», mentalitetimizga yot g‘oya va qarashlar soya solayotgani ham hech birimizga sir emas. Ushbu jarayonda tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratish, bu borada ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan purma’no so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozim.

Xo‘sh, bugun ertangi kunimiz egalarining odob-axloqi, bilim va salohiyati, ma’naviyati, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasidan ko‘nglimiz to‘lyaptimi?

Tan olish kerakki, bugungi globallashuv jarayoni mentalitetimizga yot g‘oyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi rang-barang ko‘ngilochar shou-tomoshalar, o‘yinlar, bir so‘z bilan aytganda, turli «mahsulot»lar yurtimizga ommaviy tarzda kirib kelayotgani bor gap. Bunda yana bir ochiq va achchiq haqiqat shuki, hozirda aksariyat yoshlarimizning bo‘sh qoldi deguncha, darrov qo‘l telefoni bilan mashg‘ul bo‘lishi odatiy holga aylanib qoldi. Qandaydir o‘yin o‘ynaydi, qo‘shiq eshitadi, film tomosha qiladi, ijtimoiy tarmoqlardagi turli-tuman ma’lumotlar bilan tanishadi. To‘g‘ri, buning yomon tomoni yo‘q.

Tan olishimiz kerak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, internet taraqqiyot darajamizni bir necha pog‘onaga ko‘tardi, uzog‘imizni yaqin, ishimizni yengil qildi. Lekin yoshlarimizning uyali telefonga asir bo‘lib borayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlardan, ulardagi ma’lumotlardan oqilona foydalanishlari borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina. Bu, eng avvalo, ularning salomatligiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda internet tarmoqlarida aldov va g‘arazli maqsadlar yo‘lida tarqatilayotgan turli axborot va ma’lumotlar domiga yoshlar osongina kirib ketmoqda. Natijada oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olmay, kimlarningdir qurboniga aylanayotir.

Yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularda yurish-turish odobi, muloqot va kiyinish madaniyatida me’yorni saqlay bilish ko‘nikmasini hosil qilish uchun milliylik bilan zamonaviylik uyg‘unligini ta’minlashimiz shart. Bu borada ijobiy natijaga erishish uchun nafaqat pedagoglar, huquq-tartibot idoralari, yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar, balki keng jamoatchilik hamkorlikda ish olib borishi, xususan, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozim. Ayniqsa, mahallalarda, har bir oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, ota-onaning farzand tarbiyasiga, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga bo‘lgan e’tibori va mas’uliyatini oshirish, o‘sib kelayotgan avlod ong-u shuurida hech qanday g‘oyaviy bo‘shliqqa joy qoldirmaslikka alohida e’tibor qaratish kerak.

Shu o‘rinda bugun xalqaro miqyosda ilm-fan, axborot-texnologiyalari, madaniyat, sport va boshqa sohalarda o‘zining noyob iqtidor va salohiyatini namoyon etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan yoshlarimizni millat faxri, ibrat namunasi sifatida tengdoshlariga o‘rnak qilib ko‘rsatish, ularga havas bilan boqqan minglab ko‘zlarda ishtiyoq uyg‘otish ham bir muhim omildir. Ayni globallashuv davrida yoshlarning ma’naviyati ularning oldiga qo‘ygan va qo‘yayotgan maqsadlari sari puxta yo‘naltirilganiga bog‘liq. Bunda idrok ko‘nikmalarini hosil qilish, inson tug‘ilganidan to shaxs sifatida shakllangunicha davom etishini inobatga olsak, mafkuraviy immunitet nihoyatda muhim jihat.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

20 Dec, 08:34


Zotan, ko‘p kitob o‘qigan, o‘z tarixini bilgan, millati qadriyatlarini qadrlagan yoshlarning axborot oqimlari ta’siriga tushib qolish ehtimoli kam bo‘ladi. Zotan, Yangi O‘zbekistonda nafaqat ta’lim tizimi, balki barcha sohalarda zukko, yetuk va zamon bilan hamnafas yosh avlodni tarbiyalashdek ezgu an’ana zamirida aynan shu muddao mujassam.

Gulnoza TURG‘UNBOYEVA.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Dec, 16:41


TURMA XODIMINI XOTINI VA QIZI O'G'IRLAB KETILDI
***
ТУРМА ХОДИМИНИ ХОТИНИ ВА ҚИЗИ ЎҒИРЛАБ КЕТИЛДИ

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Dec, 05:02


51-mavzu

MA’NAVIY YUKSALISH TARAQQIYOT KAFOLATI.


Butunjahon ziyo va ma’rifat ahli o‘z asarlarida insonlarni ma’naviyat va ma’rifatga chorlab keladi. Chunki qaysiki jamiyatda bilimli, ziyoli, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘sha yurt taraqqiyot sari dadil odim tashlayveradi.

Qadim manbalarga muro jaat qilsak, «Qutadg‘u bilig»ning nasriy bayonida shunday misolga duch kelamiz.
«Kuntug‘di Elig O‘gdul mishdan so‘radi:– Kishi onasidan dono bo‘lib tug‘iladimi yoki muayyan bir yoshga yetganidan so‘ng zakovatli bo‘ladimi?

O‘gdulmish unga javob ayt di:
– Ey Elig! Bu san’atning nomi – bilim va uquvdir. Odamzod onasidan bilimsiz tug‘iladi. Ammo u bilib, o‘rganib to‘rga chiqadi. Uquv va zehn esa kishi tabiatida bo‘ladi. Bilim – ko‘p o‘qish va o‘rganish mahsulidir. Uquv idrok kishi miyasiga jo etilgan. Boshning azizligi shundan.

Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.


Agar bola kichiklikdan bilim o‘rgansa, uning idroki ham yaxshi bo‘ladi. Zakovati ortadi. Uquv-idrok kishi uchun kishanday gap. U yomon va yaramas ishlarga yo‘latmaydi. Uquvli tirikdir, uquvsiz – o‘lik. Kishi uyga, oddiy emas, qorong‘u uyga o‘xshaydi. Uquv-idrok esa mash’al kabi unga nur sochadi. Tugun tutgan har bir ish u tufayli yechiladi».
Ma’naviy yuksak kishi bo‘lish uchun qadim bobolarimiz aytganidek, inson, avvalo, muntazam o‘qib-o‘rgan ishi, ota-onasidan tarbiya olishi, keksalar o‘gitlarini tinglashi, yoshi kattalarning pand-nasihatlariga amal qilishi lozim. Shuningdek, buyuk mutafakkirlarimizning yaxshilik, olijanoblik, mehmondo‘stlik, poklik, himmat, shijoat, mardlik, g‘ayrat, saxovat, hayo, vafo, qanoat hamda yomonlik, munofiqlik, xiyonat, hasad, g‘iybat, tanballik, tekinxo‘rlik, xasislik kabi insoniy fazilat va qusurlari to‘g‘risidagi fikrlarini o‘qishi, anglashi va ularga amal qilishi zarur.

Ma’naviy yuksalishga faqat o‘qish-o‘rganish, bilim olish bilangina erishib bo‘lmaydi. Buning uchun inson, avvalo, ongni zaiflashtiruvchi ilmsizlikdan, jismoniy mayl va ehtiroslardan hamda o‘z tabiati, ya’ni xarakteridagi qusurlardan ham xoli bo‘lishi kerak. Qachonki, har bir inson bilganiga amal qilib, ehtiros va mayllarini jilovlasa, ruhiyatini yaxshi o‘zanga solib, o‘zgaruvchan kayfiyatini boshqarsa, jismida mavjud erinchoqlik va loqaydlik kabi salbiy illatlarni yenga olsagina maqsadiga erisha oladi.

Shu bilan birga, har bir inson oilada tarbiya topadi, shakllanadi. Shuning uchun oila – jamiyatning eng asosiy va tayanch bo‘g‘ini. Aynan muqaddas oila qo‘rg‘oni har bir ota-onaga, farzandga eng ulug‘ orzu-niyatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Fikrimiz tasdig‘ini ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning «Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi», degan so‘zlarida ko‘rishimiz mumkin. Darhaqiqat, ma’naviy yuksalish farzandlarimiz kelajagi, ularning ertaga kim bo‘lib yetishishi, eng avvalo, bugun ularga oilada qanday tarbiya berilayotganiga, ularning qalbi, ongi, shuuri nima bilan oziqlanayotganiga bevosita bog‘liq. Agar ular yoshligidan ilmga, hunarga, mehnatga, odob va madaniyatga o‘rgatilsa, ko‘ngliga ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi, yuksak insoniy tuyg‘ular singdirilsa, ular kelajagiga mustahkam poydevor qurilgan bo‘ladi. Mabodo beparvolik bilan o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, qalbi, ongi internet tarmog‘idagi turli zararli va bo‘lmag‘ur «virus» larga to‘lib qolsa, afsuski, ularning kelajak hayoti barbod bo‘lishi mumkin.

Prezidentimiz «Ma’lumki, bugun kibermakonda xavf-xatarlar kuchayib bormoq da. Chegaralar va qonunlarni tan olmaydigan internet tarmoqlari orqali radikal g‘oyalar ham kirib kelmoqda. Buning oqibatida aholining nisbatan zaif qatlamlari, jumladan, yoshlar turli noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolayotgani afsuslanarli. Butun jamoatchilik bundan ogoh bo‘lishi, ulamolar va nuroniylar to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi kerak», – deya keng jamoatchilikka alohida vazifa qo‘ygani bejiz emas.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Dec, 05:02


Shunday ekan, har bir in son farzandlari nimalar bilan shug‘ullanayotganiga, kimlar bilan do‘st bo‘lib, muloqot qilayotganiga hech qachon befarq qaramasligi kerak. Qanchalik qiyin bo‘lsa ham, ularning ijtimoiy tarmoqlar da nimalar bilan shug‘ulla nayotganini kuzatib borish, ushbu makon ular uchun halokat emas, saodat man bayi bo‘lib xizmat qilishi uchun zarur choralarni izlab topish zarur. Lekin taqiqlash, jazo lash bilan emas, ta’sirchan tarbiya usullari, aql va bilim bilan, bog‘cha, maktab, oliy goh, mahalla jamoatchiligi, huquq-tartibot idoralari xo dimlari, diniy ulamolar bilan birgalikda ish olib borilsa, albatta, ijobiy natija bo‘ladi.

Ma’naviy yuksalish asosi nafaqat oila tarbiyasi bilan, balki bolaning bilimni qan day oli shiga ham bevosita bog‘liq. Hadislarda inson ning ma’naviy kamolot me zoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, bilimlarning qay darajada ekanligi ko‘rsatilgan. Jami yatga va o‘ziga foyda kel tiruvchi shaxs bo‘lib yeti shishda muhim omil – bilim egallash deb qayd qilingan.

Taraqqiyot kafolatini ta’minlaydigan ma’naviy yuk salishning yana bir muhim jihati bu – yoshlarimiz dun yoqarashidir. Albatta bun da Prezidentimizning «Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlari mizning odob-axloqi, yurish-tu rishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bi lan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutma sin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan» degan fikrlari barchamizga dasturilamal bo‘lishi zarur.

Jamiyat taraqqiyoti ning rivoj lanish jarayonida xalqimizning boy tarixiy, il miy-madaniy mero sini, milliy diniy qadriyatlarini o‘rgatish asosiy ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida keyingi yillarda ma’naviy is lohotlarni yanada takomil lashtirish bo‘yicha alohida «Ma’naviy taraqqiyotni ta’min lash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar» nomli maxsus qism kiritilib, uning 38–44-bandlari doirasida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’min lash bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.

Xususan, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, ma’naviy tar biyaning uzviyligini ta’min lash uchun oila, maktab va mahalla hamkorligiga erishish, o‘zbek xalqi ning milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, ularni ommalashtirish bo‘yicha interaktiv usullarni joriy etish, milliy ma’naviyatni yuksaltirish maqsadida ilmiy va sotsiologik tad qiqotlar o‘tkazib turish kabi dolzarb vazifalar qo‘yilgan.


Ular ijrosini ta’minlash uchun mahallabay ishlash tizimi doirasida oilaviy qadri yatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berish, yoshlar o‘rta sida huquqbuzarliklarning oldi ni olishga qaratilgan «Avlodlar uchrashuvi» loyihasi, «Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy», «Bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy» kabi loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviyat millatni buyuk va ulug‘vor maqsadlar sari bir lashtiruvchi mayoq ekan, bu yo‘lda faqat vatanparvarlik, fidoyilik muhim tushunchalar bo‘lib qolaveradi.

Shuhrat RO‘ZIYEV,
o‘z muxbirimiz


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

11 Dec, 12:00


Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги Кодексга "Йўлларда ҳаракатланиш хавфсизлигини таъминлашга қаратилган қўшимча ўзгартиришлар киритиш ҳақида" Қонун лойиҳаси депутатлар томонидан бир овоздан маъқулланди

Энди,
- ҳайдовчиларнинг транспорт воситаларида тротуарлардан пиёдалар ва велосипед йўлакларидан, яшил ҳудуд майдонларидан ҳаракатланганлар;

-.йўлларда ноқонуний тўсиқлар ўрнатилганлик ёки тўсиб қўйганлик учун, шунингдек йўл ҳаракати иштирокчиларининг ҳаракатига тўсқинлик қилувчи бошқа қурилмаларни ўрнатганлар жавобгарликка тортилади

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

11 Dec, 06:33


Ўзбекистонда янги йўл белгиси жорий этилмоқда

Баланд пиёдалар ўтиш йўли деб номланган янги йўл белгиси пиёдалар оқими юқори бўлган ҳудудлар, мактаблар, болалар боғчаси, болалар ўйингоҳлари бор, чекланган тезлик 30 км/с бўлган ҳудудларга ўрнатилади.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

10 Dec, 14:59


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 20-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

09 Dec, 19:16


Ўзбекистон Республикаси Конституциясини телеграмда ўқинг

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

09 Dec, 19:11


#arxiv #tarix

1992 йил 10 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинди.

RuTube | YouTube | instagram | Aloqa 👈 хабар юбориш

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

05 Dec, 10:35


50-mavzu

XONLIKLAR DAVRIDA JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH


Ma’lumki, XVI asr boshiga kelib, amalda bir qancha mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketgan Temuriylar saltanati Muhammad Shayboniyxon tasarrufiga o‘tadi. Ubaydullaxon (1533–1540) davrida xonlik poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilgan. Shu davrdan boshlab ushbu davlat endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro xonligida keyingi yuz yillikda 2 ta sulola – shayboniylar (1501–1601) va ashtarxoniylar (1601–1756) hukmronlik qilgan.
XVI–XVIII asrlarga kelib Temuriylar davrida yagona taxt atrofida birlashgan mintaqada bir-biridan mustaqil uchta davlat – Buxoro (1756-yildan amirlik), Xiva (1511) va Qo‘qon (1709) xonliklari tashkil topgan.
O‘rta asr an’analariga ko‘ra, xonliklar davridagi davlat boshqaruvi tizimidagi mansab va unvonlarni nisbiy ravishda uch turga bo‘lish mumkin: ma’muriy-harbiy, harbiy va diniy mansablar.

Ma’muriy-harbiy mansab egalari urush paytida harbiy soha bilan band bo‘lsa, tinchlik davrida o‘z vazifalaridan tashqari, hukmdor xavfsizligi, shahar va qishloqlardagi tartib-osoyishtalik, o‘g‘irliklar va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga ham mas’ul bo‘lgan.
Quyida mamlakat miqyosidagi xavfsizlik masalalariga mas’ul bo‘lgan ayrim lavozimlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Muhtasib (rais deb ham atalgan) – islom marosimlari, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Ular bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilarni jazolashga hukm chiqarish va o‘sha yerning o‘zida hukmni ijro ettirish kabi vakolatlarga ega bo‘lgan. Muhtasibni odatda xon tayinlagan va u qozi bilan barobar ish ko‘rgan, ammo u ma’muriy jihatdan qozidan pastroq lavozim hisoblangan va undan ancha kam maosh olgan.

Xon saroyidagi xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartib-qoidalardan xabardorlik eshikog‘aboshi lavozimidagi shaxs zimmasiga yuklatilgan. Ular urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajargan.

Qorovulbegi – qorovullar, posbon va soqchilar boshlig‘i. Qorovulbegi davlat tinchligi va xavfsizligiga javobgar shaxs hisoblansa, harbiy harakatlar chog‘ida unga tegishli kishilar qo‘shin xavfsizligi, uni qo‘riqlash, soqchi-posbonlar qo‘yish singari ishlarga mas’ul bo‘lishgan.

Yasovul – kichik harbiy amaldor bo‘lib, ma’muriy-politsiya mahkamasining, shuningdek, xonning shaxsiy topshiriqlarini bajargan.

Dorug‘a (qutvol) – shahar, viloyat yoki qal’alarning noiblari hisoblanib, ularning vazifasi o‘ziga biriktirilgan hududni idora qilish, jumladan, aholini ro‘yxatga olish, soliq yig‘ish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, urushlar paytida oliy hukmdor qo‘shini tarkibida o‘zlari hokimlik qilgan hudud lashkariga qo‘mondonlik qilishdan iborat bo‘lgan.

Qozi askar – harbiylar sodir etgan jinoyatlarni taftish qilish va jazo tayinlash bilan shug‘ullanadigan amaldor. Ular shariat qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan, shu bilan birga, harbiy sohani ham yaxshi biladigan muftiylar orasidan tayinlangan.

Aholining tinchligi va osoyishtaligi uchun mirshablar (arabcha «mir» – «amir», ya’ni harbiy amaldor, forscha «shab» – «tun» so‘zlaridan olingan bo‘lib, tungi soqchilar boshlig‘i) mas’ul hisoblangan. Mirshablar shaharlar va qishloqlarda kecha-yu kunduz soqchilik qilishgan, jamoat joylari, bozorlar va ko‘chalarda tartib va osoyishtalikni ta’minlagan. Qozilar tomonidan tayinlangan jazoni ijro etish ham ularning zimmasiga yuklangan. Odatda mirshablar shahar mirshabboshisiga bo‘ysungan. Masalan, Buxoro shahri mirshabboshisiga bir vaqtning o‘zida amirlikdagi boshqa barcha shahar va viloyatlar mirshablari ham bo‘ysungan.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

05 Dec, 10:35


Keyingi asrlarda mirshablar faoliyatida qisman o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu lavozim Oktabr inqilobigacha saqlanib qolgan. Toshkentning 4 dahasida 10 tadan mirshab, bir nafar mirshabboshi bo‘lgan, 1892-yilgacha mirshablar katta oqsoqolga, keyinchalik Eski shahar politsmeysteriga bo‘ysungan. Jinoyatni aniqlash va jazo belgilashda shariat qonunlari va tarixan shakllangan odob-axloq qoidalari asosiy mezon hisoblangan.

Xonliklardagi sud tizimida ham o‘rta asrlarga xos xususiyatlar saqlanib qolgan. Masalan, Xiva xonligi sud tizimi vakolat doirasi va faoliyat shakliga ko‘ra, joylardagi fuqarolik va jinoyat ishlari bilan shug‘ullanuvchi qozi sudlari, qozilar ustidan boshqaruv va nazorat bilan shu¬g‘ul¬lanuvchi, shuningdek, muhim ishlarni o‘zi ham ko‘rib chiqadigan qozikalon va qozi askar (qozi o‘rdu deb atalgan, saroy harbiy sudi) hamda siyosiy, o‘ta og‘ir va mansabdor shaxslarga oid jinoyat ishlarini ko‘ruvchi oliy instansiya – xon sudi ( xon raislik qiluvchi oliy va markaziy mansabdor shaxslardan iborat bo‘lgan)dan tashkil topgan.

Xiva xonligida xon mutlaq hukmdor sifatida qozilar tomonidan tayinlangan oliy jazo to‘g‘risidagi hukmlarni ko‘rib chiqqan va zaruratga ko‘ra unga o‘zgartirishlar kiritgan. Qozilarning muhim ishlar yuzasidan hukmlarini tasdiqlash va bekor qilish vakolatiga ega bo‘lgan.

Xonlikdagi har bir viloyat, tuman, qasaba, shaharlarda xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o‘z yordamchilari – muftiylar yordamida mulkchilik mojarolarini hal qilish, mayda jinoyatlarni ochish va shu singari ishlar bilan shug‘ullangan. Viloyatlardagi jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda mahalliy hokimning ham ishtirok etish huquqi bor edi. Qishloqlardagi mayda mojarolar qishloq oqsoqollari tomonidan hal qilinardi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, xalqimizda qadimdan o‘zgalar moliga ko‘z olaytirish, o‘g‘irlik qilish nihoyatda qattiq qoralangan. Kamdan-kam uchrab turadigan tarozidan urish, o‘g‘irlik va boshqa shu kabi jinoyatlarda aybdor aniqlansa, u xalq o‘rtasida namoyishkorona jazolangan. Bu kabi ta’sir choralari o‘ziga xos profilaktika vazifasini o‘tab, jinoyatchilikning kamayishiga sabab bo‘lgan.

Aholi tomonidan har bir mahalla, ko‘chalarda xalq o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega shaxslardan oqsoqol saylangan, turli oilaviy kelishmovchiliklar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi janjallar ana shu oqsoqollar tomonidan joyida hal etilgan. Ular tomonidan chiqarilgan hukmni hamma qabul qilishi va bajarishi shart bo‘lgan. Faqat ilojsiz vaziyatlardagina mojaroga mirshablar va qozilar aralashgan. Bu esa milliy qadriyatlarimizning beshigi bo‘lgan mahalla institutining qadimiy ildizga egaligidan, jamoat tartibini saqlash va jinoyatlarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganidan dalolat beradi.

Elbek NORMO‘MINOV,
IIV Muzeyi boshlig‘i, mayor.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

28 Nov, 05:17


49-mavzu

TARAQQIYOT QOMUSI


8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Biz inson qadr-qimmati va man faatlarini ta’minlash bo‘yicha bosh lagan islohotlarimizni yangi konsti tutsiyaviy makonda yanada qat’iy davom ettiramiz. Xalqimizning xohish-irodasiga binoan Asosiy qonunimizda o‘z aksini topgan tamoyillarni to‘liq ro‘yobga chiqa rishimiz va hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim.

Shavkat MIRZIYOYEV


2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qiluvchi ezgu g‘oya hamda maqsadlarimiz bilan boshlanuvchi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Jumladan, hokimiyatning bo‘linish prinsipi va bir-birini tiyib turish hamda manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasi hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident va Hukumat o‘rtasida vakolatlar qayta taqsimlandi.

Konstitutsiyada O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida belgilanganligi davlat nafaqat demokratik tamoyillarga amal qilishi, shu bilan birgalikda, uning xalqni huquqiy va ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish majburiyati mavjud ekanligini ta’kidlandi. Davlat hokimiyati organlari to monidan mazkur sohalarga alohida e’tibor qaratilishiga urg‘u berilib, har bir man sabdor shaxsning jami yat oldidagi mas’uliyatini oshirish lozimligi yana bir bor qayd etildi. Bosh qomusimiz talab laridan kelib chiqib, birgina o‘tgan yilning o‘zida ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar 134 trillion so‘mni tashkil etdi. Ushbu mab lag‘larning 2016-yilga nis batan 5,6 barobar ko‘pay ganligi, albatta, quvonarli hol. Shuningdek, mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik va bolalikni hi moya qilish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayra miga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida Bosh qomusimizning o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, unda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oya lar atrofi da fuqarolarni jipslashti rish choralari ko‘rilyapti. «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ko‘plab tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Nafsilamrini aytganda, har birimiz taraqqiyotimiz va erkin hayotimiz kafo lati bo‘lmish Bosh qo musimizni o‘rganishimiz, targ‘ib qilishimiz lozim. Zero, odamlar o‘z huquq va erkinliklari, burch ham da majburiyatlarini bil gan, ularga amal qilgan va boshqalardan ham rioya etishini talab qila oladigan jamiyatda chin fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi, bunday jamiyat so‘zsiz taraqqiy etadi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

28 Nov, 05:17


BILIB QO‘YGAN YAXSHI

Dunyoda ilk qabul qilingan konstitutsiyalardan biri AQSH Konstitutsiyasi hisoblanadi. 1787-yilda qabul qilingan ushbu hujjatga bugungi kunga qadar jami yigirma yetti ma rotaba o‘zgartirish kiritilgan.

* * *
Hindiston Konstitutsiya si 1950-yilda kuchga kir gan. Mazkur Asosiy qonun Buyuk Britaniyaning huquqiy an’analari bilan birga AQSH, Irlandiya, Kanada, Avstra liya, sobiq SSSR, Germani yadagi Veymar Respublikasi, Yaponiya va boshqa ba’zi mamlakatlar konstitutsiyala ri ning alohida qoidalarini ham o‘zida aks ettirgan. Hindis ton Kons titutsiyasi dunyo dagi eng katta Konstitutsiya hisoblanadi.

* * *
Yaponiya Konstitutsiyasi 1947-yilda qabul qilingan. Ushbu huquqiy hujjat uchta asosiy tamoyilga asoslanadi. Bular xalq suvereniteti, inson huquqlarini hurmat qilish, millatning suveren huquqi sifatida urushdan voz kechish tamoyillaridir.


Salohiddin HAMROYEV, katta leytenant.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

27 Nov, 09:18


Яхши тарғибот ролиги олишибди. Митти реп-клип деса ҳам бўлади. Кўриб пост остига ўзингизни фикрингизни қолдиринг. Бу каби роликларни кўпайтириш орқали тарғиботни кучайтириш мумкинми?

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

25 Nov, 08:59


Тоққа суянма, ўзинг тоғ бўл. Чунки суянганинг қуласа, сен ҳам қулайсан.

✍️Тоҳир Малик

Бошқа 👉 ҳикматли сўзлар @hikmatligapuz 👈

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

21 Nov, 13:53


48-mavzu

INSON QADRI UCHUN, EL-YURT BAXTI UCHUN

Har yili 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Chunki BMT Bosh Assambleyasining 1948-yili aynan shu kundagi rezolyutsiyasiga muvofiq, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan. Mazkur hujjatda har bir insonning irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar, ajralmas huquqlari e’lon qilingan.

«Inson qadri» tushunchasi – insonning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari har tomonlama ta’minlanishini ham o‘zida qamraydi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 1-moddasida qayd etilganidek, «Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar». Konstitutsiyamizning 13-moddasiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi».

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Hech kim hech qachon unutmasligi kerak: qanchalik qiyin bo‘lmasin, qancha mablag‘ va imkoniyat talab etilmasin, O‘zbekistonning bironta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmaydi», degan shior hayotimiz qoidasiga, prinsipiga aylandi. Avvalo, inson qadri tiklandi. Inson huquqlari ta’minlandi. So‘z erkinligi, matbuot erkinligi borasidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi. Muqaddas dinimizga nisbatan salbiy qarashlarga barham berildi. Diniy e’tiqod uchun ta’qiblar tugatildi. Tarixda ilk bor nohaqdan ayblanganlar oqlandi. Sud-huquq islohotlari o‘tkazildi. Qiynoqqa solish, jazo muddatini sun’iy uzaytirishga butunlay chek qo‘yildi. Mamlakat qamoqxonalarida yigirma, yigirma besh, o‘ttiz yil davomida yotgan mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Xalqimizga mehr-oqibat, insoniylik, ahillik, asosiysi, qadr tuyg‘usi qaytdi.

O‘zbekiston jahon minbarlaridan ilgari surgan xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga, bir so‘z bilan aytganda, «Inson qadri uchun» degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgani uchun xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bu fikrimizni 2017-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan tashabbuslar asosida so‘nggi yillarda BMT Bosh Assambleyasining 5 ta rezolyutsiyasi qabul qilingani yaqqol isbotlab turibdi. BMTning 75 yillik butun tarixi davomida muayyan bir shaxsning tashabbusi bilan shuncha rezolyutsiya qabul qilinishi tajribasi kuzatilmagan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston «huquqiy davlat» degan tamoyil ham qat’iy qilib belgilanib, inson huquq va erkinliklari borasidagi normalar ko‘paytirildi. Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilandi. Inson va davlat organlari o‘rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta’sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo‘lishi kerakligi belgilandi. Shuningdek, Konstitut¬siya¬da insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirildi. Jumladan, shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi, odamlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning «sukut saqlash» huquqi mustahkamlandi. «Inson qadri uchun» tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yildi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

21 Nov, 13:53


Albatta, har bir insonning qadrlanishi o‘sha el-yurt baxtini, saodatini belgilaydi. Xalq bilan muloqot tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, mantiqsiz «propiska» tizimining tubdan isloh qilinishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda eksterritoriallik prinsipining joriy etilganligi, mansabdorlarning doimiy hisobot berib borishi, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan talablarning belgilanganligi, majburiy mehnatga barham berilib, aholining qanchadan-qancha mushkuli osonlashgani kabi bir qator misollar fikrimiz dalilidir.
Keyingi davrda yangilangan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, mamlakatimizda kamida 15 yil davomida yashab turgan va doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolik berilishining yangi tartibi o‘rnatildi.
Bundan tashqari, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining 2024-yilgacha fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha Global harakatlar rejasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish holatlarini yalpi ro‘yxatga olishni ta’minlash maqsadida chaqaloqlarni, shu jumladan, hujjatlari mavjud bo‘lmagan ota-onalardan tug‘ilgan bolalarni rasmiylashtirish amaliyotiga o‘zgarishlar kiritilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotining barcha sohalarida ijobiy islohotlar amalga oshirilayotgani, eng muhimi, ana shu shiddatli o‘zgarishlarning markazida insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi turgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Xususan, mamlakatda gender tenglikka erishish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish, so‘z erkinligini ta’minlash borasida muhim yutuqlar qo‘lga kiritilgani yuqori baholanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotning ustuvor tamoyillari va g‘oyalari BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarining «Hech kimni ortda qoldirmaslik» shiori bilan hamohang ekanligi jahon afkor ommasi tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.

Yaqinda Prezidentimizning Ichki ishlar organlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigida «Hozirgi kunda «Barcha islohot va o‘zgarishlar – inson qadrini ulug‘lash uchun» degan ezgu tamoyil asosida butun yurtimizda fuqarolarimiz uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish, aholining turmush farovonligini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda», deb qayd etishi ham yuqoridagi fikrlarimiz tasdig‘idir.

Albatta, ichki ishlar organlari xizmatining asl maqsadi ham inson qadrini ulug‘lashga, uning tinch hayotini ta’minlashga qaratilgan. Prezidentimiz ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga bayram tabrigida: «Misol uchun, Buyuk Britaniyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan o‘tgan yili e’lon qilingan reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston jahonning 121 ta mamlakati orasida eng xavfsiz davlat deb tan olindi. Bunday yutuq bizga mamnuniyat bag‘ishlash bilan birga, katta mas’uliyat ham yuklaydi», – deya ta’kidlagan edilar. Bu – kecha-yu kunduz tinim bilmay xizmat qilayotgan xodimlar mehnatiga berilgan yuksak baho hamdir.

Xullas, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda.

Shuhrat Ro‘ziyev,
o‘z muxbirimiz.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

18 Nov, 09:35


Байроғимиз...

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

18 Nov, 03:44


18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun
———
18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун

Telegram | YouTube | Instagram | TikTok

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

14 Nov, 11:31


#IIBBhazil #ГУВДшутит

Доимо долзарб
***
Всегда
актуально

RuTube | Telegram | YouTube | instagram | TikTok | Aloqa 📲

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

14 Nov, 11:20


47-mavzu

TЕRRORIZM VA EKSTRЕMIZM – CHЕGARA BILMAS, MILLAT TANLAMAS ILLAT


Taraqqiyot va globallashuv sari dadil qadam tashlayotgan insoniyat bugun ko‘plab umumbashariy muammolarga ham duch kelayotir. Iqlim o‘zgarishi, narkobiznes, odam savdosi kabilar qatorida terrorizm va ekstremizm dunyo afkor ommasining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Terrorizm lotincha «terror» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘rqitish», «vahimaga solish» degan ma’nolarni anglatadi.

U aholining keng qatlamida vahima, qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga erishishga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Xalqaro miqyosda bu tushuncha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi.

Ekstremizm jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan keskin radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. U mazmuniga ko‘ra diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarda ko‘rinadi.

Ekstremistik qarashlar chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular chegara bilmaydi, din, millat, biron-bir mamlakat hududini tan olmaydi. Aslida ularning asl niyati diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan vosita, niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada, muay¬yan bir davlatda beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni izdan chiqarish, pirovardida, qurolli to‘qnashuvlar, ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan hokimiyatga erishish hisoblanadi.

«Terrorizm» atamasi ilk bor XVIII asr oxirida Fransiyada, inqilobiy to‘ntarishlar davrida ishlatilgan. Uning avj olishi XX asrga borib taqaladi. Xususan, xalqaro terrorizm 1960-yillarning oxirlarida vujudga kelgan va XX asr oxiri – XXI asr boshlarida sezilarli darajada rivojlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 90-yillari boshiga kelib dunyoda 500 ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritgan. Ular o‘n yil ichida 6500 ta xalqaro terrorchilik aktini amalga oshirgan. Ushbu teraktlarda 5 ming kishi halok bo‘lgan, 11 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir etilgan teraktlardan so‘ng xalqaro terrorizm yanada kuchaydi. Xususan, birgina 2008-yili dunyoda 12 mingga yaqin terrorchilik harakati sodir etilgan. Buning natijasida 56 ming kishi jabrlangan, aksariyati tinch aholi vakillari sanalgan 15 ming kishi dunyodan ko‘z yumgan. 2017-yilda esa 26-mingdan ziyod begunoh insonlar yovuzlik qurboniga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha, ayniqsa, oxirgi 15 yilda terrorizm qurbonlari soni bir necha barobarga oshgan.
Ko‘rinadiki, terrorizm va ekstremizm din, millat, chegara bilmaydi. Bu ikki illat hozirgi kunda umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga, tinch va farovon hayotga tahdid soladigan xavfga aylangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidlanganidek, «...kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlashtirish» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda».

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

14 Nov, 11:20


Haqiqatan ham, hozirgi paytda terrorchi va ekstremistik tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli niyatlariga erishish uchun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet tarmog‘idan keng foydalanmoqda. O‘zini do‘st, millatdosh, vatandosh, dindosh qilib ko‘rsatayotgan manfur kimsalar hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarni, irodasiz, soddadil kishilarni yo‘ldan urishga harakat qilishyapti. Buning natijasida noto‘g‘ri yo‘lga bilib-bilmay kirib qolayotganlar soni, afsuski, ortib bormoqda.

O‘rganishlar, tahlillar, tajriba shuni ko‘rsatadiki, terrorizm va ekstremizm dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlarni o‘z domiga tortib ketayotganining asosiy sababi jaholat va ma’rifatsizlikdir. Shu sababli xalqaro miqyosda ta’lim va ma’rifatga chorlov keng targ‘ib qilinmoqda. Mazkur sa’y-harakatlarga yaqqol misol sifatida davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2017-yilda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» dasturi bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surganini ko‘rsatish mumkin. Natijada 2018-yili BMT Bosh Assambleyasi «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qabul qildi.

Umuman olganda, O‘zbekiston BMTning terrorizmni global tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi jirkanch va oqlab bo‘lmaydigan harakat sifatida baholashini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatimiz terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya va protokolni ratifikatsiya qilgan. Joriy yilda esa BMTning Aksilterror boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy ekspertlar kengashi tashkil etildi, to‘liq miqyosdagi sheriklikning yangi «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bilan bog‘liq bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilingan. Shu bilan birga, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ta’lim sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti.

Xulosa shuki, terrorizm va eks¬tremizm dunyo aholisining tinchligi va farovonligiga raxna soluvchi illatlardir. Butun dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir yoqadan bosh chiqargan holda, ma’rifat quroli bilan kurash olib borsagina, uning ustidan g‘alaba qozona oladi.

Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Nov, 15:00


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 20-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

11 Nov, 15:00


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 19-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

08 Nov, 15:00


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 17-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

07 Nov, 15:00


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 16-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

07 Nov, 09:06


Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning davlat himoyasida bo‘lishi kafolatlangan hamda bu to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan. Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerak ki, barchamiz bu illatga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib, yakdillikda kurashsakgina, har bir sohada salmoqli natijalar tomon dadil odimlaymiz. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jami yat yangilanishida muhim omildir!

Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

07 Nov, 09:06


Shu o‘rinda aytish kerakki, O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z maqsadlariga ega. Xususan, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida maqsad belgilangan. Xususan, 89-maqsad — korrupsiyaviy omil larni bartaraf etish tizimining sa maradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishla rini jadal davom ettirish sifatida belgilandi. Umuman olganda, korrupsiya davlat organlari faoliyatiga putur yetkazadi, iqtisodiy tushkunlikni keltirib chiqaradi, aholining davlat hokimiyati boshqaruv organlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, ta raq qiyotni sekinlashtiradi. Shuning uchun ham ushbu illatga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifamizga aylanishi lozim. Kor rupsiyaga qarshi kurashish bo‘yi cha davlat siyosatini amalga oshi rishda eng muhim vazifalardan biri, jamiyat ongini tubdan o‘zgartirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishdir.

Keyingi vaqtlarda respubli kamizda nodavlat notijorat tash kilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda korrupsiyaga qar shi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati ning boshqa institutlarini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamiyatning taraqqiy etishida mu him ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz aholisining 60 foi zi dan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha faolligini oshirish jamiyat oldida turgan muammoni hal qilishning kalitidir. Korrupsiyaning oldini olish va ha lollikni yoshlar orasida izchil targ‘ib qilishda ta’lim muassasalari katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bolalar va yoshlarga halollik va qo nun ustuvorligi kabi tushunchalarni har tomonlama singdirish muhim masalalardandir.

XORIJDA

Italiya qonunchiligiga ko‘ra, poraxo‘rlikda ayblangan kompaniyalar 1 million yevrogacha jarima to‘laydi. Jismoniy shaxslar esa 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

* * *
Xitoyda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun o‘lim jazosi faqatgina 463 ming dollardan oshiq pora yoki davlat mulkini o‘g‘irlash bilan qo‘lga tushgan amaldorlarga nisbatan qo‘llaniladi.

* * *
Buyuk Britaniyada esa korrupsioner yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilib, yana yetti yil muddatga har qanday tayinlanishi yoki saylanishi mumkin bo‘lgan lavozimlarga saylanish hamda tayinlanish huquqidan mahrum bo‘ladi.

* * *
Eronda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun, jinoyat og‘irligiga qarab, o‘lim jazosi ham berilishi mumkin.

Shu o‘rinda yana bir jihatni keltirish joiz, fuqarolarimiz faolligi kuzatilmasa, korrupsiya huquqbu zarliklari, tamagirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralari vaq tida ogohlantirib borilmasa, ushbu illatdan butunlay qutulishning iloji yo‘q. Ayrim g‘araz maqsadga ega shaxslarning bu kabi illatga qo‘l urishi natijasida halol va o‘z mehnat faoliyatiga sodiqlik bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlar ning ham nomiga dog‘ tushishi achinarli holatlardan yana biridir.

Har qanday ko‘rinishdagi kor rupsiya holatlarining sodir etilishi, ularning ko‘payishi va o‘z vaqtida barham berilmasligiga o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz ham qaysidir ma’noda sabab bo‘lib qolishi hech gap emas. Har bir fu qaro korrupsiya jinoyatlariga guvoh bo‘lganida bunday holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organ larga darhol xabar berishi lozim.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

07 Nov, 09:06


46-mavzu

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — DAVLAT VA JAMIYAT YANGILANISHIDA MUHIM OMIL


Ijtimoiy hayotda korrupsiya do miga tushib, oyog‘i qoqilayotganlar oz emas. Qadimgi dunyoda ba’zi qabilalarda muayyan mavqega ega bo‘lish uchun uning sardoriga turli sovg‘a-salom berish odatidan korrupsiyaning ildizlari boshlangan ekan. Mashhur faylasuf Tomas Gobbsning «Korrupsiya – davrlar osha o‘sib kelayotgan ildiz bo‘lib, u har xil orzu-havaslar ortidan qo nunlarni mensimaslikdir», degan so‘zlari ham bu jirkanch illatning naqadar qadimiy ekanligini tas diqlaydi.

Jahonda globallashuv jarayonlarining tobora rivojlanishi sababli davlat va nodavlat sektorida korrupsiyaning zamonaviy va yashirin ko‘rinishlari yuzaga kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda uning dunyo miqyosidagi zarari yiliga 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil etadi. Mazkur illat yalpi ichki mahsulotning 5 foizdan ortig‘ini tashkil etsa, har yili global miqyosda korrupsiya tufayli davlat xaridlari fondlarining 25 foizgacha qismi yo‘qotiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish da albatta, xorijiy tajribalarni o‘rga nishimiz zarur.

Singapurda Korrupsiyaviy faoli yatni tergov qilish byurosining asosiy vazifasi ham davlat tashkilotlarida, ham xususiy sektorda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish va tergov qilishdan iborat. Uning asosiy funksiyalari sifatida korrupsiyaga oid shikoyatlarni qabul qilish va tekshirish, davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid qo nunga xilof xatti-harakatlar va man sab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarini tekshirish, davlat organlari faoliyatini tahlil qilgan holda, ulardagi korrupsion harakatlarni minimumga tushirish belgilangan.

Janubiy Koreyaning «Kor rupsiyaga qarshi kurash to‘g‘ risida»gi qonuniga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurash tashkiloti har qanday shaxs ning arizasiga ko‘ra dastlabki tergovni boshlashi shart. Agar fuqaro korrupsiya to‘g‘risida yolg‘on xabar bersa, buning uchun u qattiq jazolanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa ko‘pgina davlatlardagi dek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ham ko‘proq va kolatlar berish hozirgi davrda qanchalik muhim ekanligi ayon bo‘lmoqda.

Hozirgi paytda respublikamizda ham bu illatga qarshi kurashish doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qam rovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda so‘nggi yillardagi korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga solishga qaratilgan huqu qiy asoslar sifatida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘ri sida»gi, «Davlat xaridlari to‘g‘ri sida»gi, «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlarni alohida qayd etish o‘rinlidir. Yurtimizda korrupsiyaning oldini olishga qara tilgan muhim preventiv mexanizm lar yaratilganligi, davlat boshqa ruvida byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining muhim elementlari bo‘lib xizmat qilmoqda. Poytaxtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakat larni ifodalovchi monument ham ochilgan bo‘lib, kafti ochiq qo‘l ko‘rinishidagi ushbu kompozitsiya halollik, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, butun dunyoni unga qarshi kurashishda birlashishga da’vatni anglatadi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

05 Nov, 02:59


45-mavzu

SOG‘ TANDA SOG‘LOM FIKR


Jamiyat ravnaqi, istiqboli birinchi galda inson salomatligi bilan bog‘liq. Mamlakatimizda millat salomatligini ta’minlash, jismonan va ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Zero, aholi salomat¬ligiga davlatning strategik resursi, milliy xavfsizligi va mamlakat mehnat salohiyatining asosiy sharti sifatida qaraladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida soha vakillari oldiga yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, vijdonli, insofli, mas’uliyatli va jismonan sog‘lom bo‘lish talabi qo‘yilgan. Shuningdek, ularning sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash, vaqtida davolash, shaxsiy tarkib o‘rtasida profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy tarkibga zamon talablari darajasida sifatli, xavfsiz tibbiy xizmat tizimini yaratish lozimligi belgilangan.

Birlamchi tibbiy tizimning ustuvor yo‘nalishi profilaktik tibbiyot bo‘lib, sog‘lom turmush tarzi, salomatlikni asrash mexanizmini ishlab chiqish, targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘ziga xos xiz¬mat sharoitlari, ruhiy stress holatlari, noqulay ob-havo sharoitlari, jangovar harakatlar, yuqori travmatik vaziyatlar kasallanish sabablarini tashkil etadi.
Xizmat sharoiti va ish muhitidagi salbiy omillar: quyidagicha tahlil etildi: xiz¬matning o‘ziga xos murak¬kabligi, stress holatlar ko‘pligi, ob-havo sharoiti, ovqatlanish tizimining sanitar normalarga javob bermasligi, kamharakatlilik, jismoniy tayyorgarlik va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmaslik.

Irsiy-biologik yaqin qarindoshlarda qandli diabet, gipertoniya, asab kasalliklari, semizlik kabi surunkali kasalliklar borligi o‘rganildi. Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq holatlar profilaktik chora-tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi, samarasiz davolanish, davolanish sifatining pastligi va tizimli nazorat yo‘qligi bo‘yicha tahlil qilindi.

Kasallik keltirib chiqaradigan xavf omillari ichki ishlar organlari xodimlarida o‘rganilganda, xizmat sharoiti bilan bog‘liq omillar 36 foizni, turmush tarzidagi salbiy holatlar ta’siri 32 foizni, irsiy-biologik omillar 20 foizni, tibbiy xizmat bilan bog‘liq holatlar 12 foizni tashkil etishi aniqlandi.

Yuqorida qayd etilgan kasallanishga olib keluv¬chi sabablardan xulosa qilib aytganda, ichki ishlar organlari xodimlarining yetuk professional shayligini ta’minlashda tibbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tibbiy xavfsizlikni ta’minlashda esa kasbiy faoliyatni ijtimoiy hayot bilan integratsiya qilish zarur.

Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan ma’lum. Biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan ovora bo‘lib, yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa, ne ajab.
Sport umrimizning oxiriga qadar sog‘lom hayot kechi¬rishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki maxsus shart-sharoit ham tanlamaydi. Chunki uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikda tortilish, raqs, rafting, bodi¬bilding, gimnastika, futbol kabilar shular jumlasidandir. Istaganingizni tanlang, faqat jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, hech bo‘lmaganda kunora 30–60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, bu sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.

Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli yengil mashq¬larni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

05 Nov, 02:59


To‘g‘ri ovqatlanish. Taomnomangizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish ratsioni¬ning 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, sarxil, mavsumga mos bo‘lishi kerak. Bahor va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi maq¬sadga muvofiq. Har kuni 2 litr atrofida suv iching. Fast-fud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.

Ovqatlanishda xilma-xil taom¬larni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqat¬dan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1–2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki soat 19:00da olma tanovul qilishni tavsiya etamiz.

Zararli odatlardan voz kechish organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
Yaxshi kayfiyat. Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa biling. Odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!

Toza havo. Uyingiz, xonangiz va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang, derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang.
Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.Shaxsiy gigiyena. Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash, toza kiyim kiyish, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi.

Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasida, mehnat jamoasida, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi. Yana bir gap. Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, to‘ldiradi. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlang. Shunda sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamla¬ringizni tashlagan bo‘lasiz.

Feruza ZAKIROVA,
IIV Markaziy poliklinikasi boshlig‘i, polkovnik,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

04 Nov, 11:28


44-mavzu

JAHON TAMADDUNI RIVOJIDA MIRZO ULUG‘BЕKNING O‘RNI


Ko‘plab buyuk ajdodlarimiz jahon tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ulardan biri Mirzo Ulug‘bekdir. Uning ilmiy-ma’rifiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o‘rganish maqsadida joriy yil buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Buyuk qomusiy olim, astronom va matema tik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan yurt taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siy modir.
Mirzo Ulug‘bek 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hu dudidagi Sultoniya shah rida tavallud topgan. 1405-yil, Markaziy Osiyo dan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rta yer dengi zidan Shimoliy Hindiston gacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan bu yuk Amir Temurning va fotidan so‘ng, butun me rosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Sohibqiron bobomiz ning o‘g‘li – Shohrux Movarounnahr boshqa ruvini to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekka top shiradi. 1409-yili Ulug‘bek Sa marqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shoh ruxning o‘limidan so‘ng, 1447-yil Temuriylar sulo lasiga bosh bo‘ladi.
Ulug‘bek o‘z hukmronligi da vomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Shohrux vafotidan keyin Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Ab dullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori bo‘lib qoladi. Keyincha lik otasi Mirzo Ulug‘bekka qarshi urush e’lon qiladi. So‘ng otasiga Makka ziyoratiga borishlikni taklif etadi. 1449-yilda Ulug‘bek Mak kaga safari chog‘ida xoinona o‘l diriladi. U Go‘ri Amir maqbarasiga dafn etilgan.
Ulug‘bek otasi Shohrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil bo‘lgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik mu nosabatlari olib borgan. Uning davri da Samarqand shahri yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, me’morchilik, adabiyot, umuman ilm-fan yuksalgan, savdo taraqqiy etgan. Buxoroda, Samarqandda, G‘ijduvonda madrasalar va Marv da xayriya muassasalari qurilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan bir ga dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan, ko‘proq aniq fanlarga ahamiyat berilgan. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazilgan. Bundan tashqari, mamlakatda tim, chorsu, hammom kabi ko‘plab jamoat inshootlari ham bunyod etilgan. Mirzo Ulug‘bekning O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pog‘onasiga olib chiqqan. Uning qilgan eng buyuk ishi – Sa marqand ilmiy maktabini, o‘sha davr akademiyasini barpo etganligi bo‘ldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari – Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy edi. Ulug‘bekning ilmiy maktabi o‘z faoliyatida mashhur olimlar Muham mad Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Foro biy, Abu Rayhon Beruniylar boshlab bergan ilmiy an’anaga asoslanar edi.
Ulug‘bek Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. Ulug‘bek akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchini Ulug‘bek «Ziji»ning so‘zboshisida «farzandi arjumand», ya’ni «aziz farzandim» deydi. Aslida u Ulug‘bekning sadoqatli shogirdi bo‘lib, «Zij» ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
Ulug‘bek Samarqandda ikkita madrasa barpo etgan. Biri Regis ton ansambli, ikkinchisi Go‘ri Amir ansambli tarkibida bo‘lgan. Boshqa yirik olimlar qatorida uning o‘zi ham bu madrasalarning har birida hafta da bir marotaba ma’ruza o‘qigan. Ko‘proq vaqtini astronomik kuzatishlarga, «Zij» ustida ishlashga va davlat ishlariga bag‘ishlagan.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

04 Nov, 11:28


Ulug‘bekning yana bir matematik asari «Risolai Ulug‘bek» deb ataladi va uning bir nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi. Yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisob lanardi. Lekin XX asr oxirida uning ijodi serqirra bo‘lib, tarix, she’riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi. Navoiyning «Majo lis un-nafois» va Abu Tohirxojaning «Samariya» asarlarida ham uning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ulug‘bek tashkil et gan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob bo‘l gan. Alisher Navoiy «Xamsa» asarida uni ulug‘lab, shunday yozgan edi:

Temurxon naslidan Mirzo Ulug‘bek,
Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek,

Ki davr ahli biridin aylamas yod,
Aning obnoyi jinsi bo‘ldi barbod.

Valek ul ilmi sari topdi chun dast,
Ko‘zi oldinda bo‘ldi osmon past.

Rasadkim bog‘lamish — zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur,

Bilib bu nav ilmi osmoniy,
Ki ondin yozdi «Ziji Ko‘ragoniy».

Uzoq va yaqin o‘tmish muallifla rining ta’kidlashicha, Ulug‘bek yosh ligidan boshqa fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.
Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘r ganish hamda ommalashtirish maqsadida ko‘plab tadqiqotlar, mahalliy va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar mun tazam o‘tkazib kelinmoqda. Uning davrida bunyod etilgan me’moriy obidalarni asrab-a vaylashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimizdagi ko‘plab aholi yas hash maskanlari, ta’lim muas sasalari, poytaxtimizdagi yirik tuman Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Mamlakatimiz va xorijda olimning muazzam haykallari o‘rnatilgan. Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferens zallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda uning memo rial muzeyi tashkil etilgan. Buyuk ajdodimizning hayoti va faoliyati haqida atoqli ijodkorlar M.Shayxzo da «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasini, O.Yoqubov «Ulug‘bek xazinasi», S.Borodin «Samarqand osmonida yulduzlar» romanini yozgan. Taniqli rejissyor Latif Fayziyev «Ulug‘bek yulduzi» nomli film yaratgan.

Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

26 Oct, 05:00


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 15-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

25 Oct, 11:41


Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табриги

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

25 Oct, 05:22


Касб байрамингиз муборак бўлсин - Ҳурматли ички ишлар ходимлари

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

24 Oct, 16:23


Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони
Мамлакатимизда жамоат хавфсизлиги, халқимиз осойишталигини таъминлаш, тинчлик ва барқарорликни мустаҳкамлашга қўшган муносиб ҳиссаси, жиноятчиликка қарши курашиш, профилактика ишлари самарадорлигини ошириш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари, қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш борасидаги алоҳида хизматлари, муқаддас қасамёдига содиқ қолиб, шарафли бурчини бажаришда мардлик ва жасорат намунасини кўрсатгани, соҳада профессионал кадрларни тайёрлаш, ёш авлодни Ватанга муҳаббат ва садоқат руҳида тарбиялаш йўлидаги ибратли фаолияти учун қуйидагилар мукофотлансин:

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

24 Oct, 16:10


"TUZOQ" MILLIY SERIALI 14-QISM (2-fasl)

IIV MAHALLA TELEKANALI BILAN HAMKORLIKDA TASVIRGA OLINGAN

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

17 Oct, 13:00


Bunda ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish ustuvor vazifa sifatida e’tirof etiladi. Qolaversa, osoyishtalik posbonlarida vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yonda¬shish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish hamda ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda, ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning bekamu ko‘st bajarilishida aholining qo‘llovi, mazkur tuzilmalarning fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik bilan o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashi nihoyatda muhimligini ta’kidlash joiz. Boshqa kasblarni aslo kamsitmagan holda aytish kerakki, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati insondan chinakam fidoyilikni talab qiladi. Shu sababdir, ushbu soha vakillariga «sharafli kasb egalari» deya ta’rif beriladi.
Darhaqiqat, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati favqulodda xavf-u xatarlarga, kutilmagan vaziyatlarga boy, mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli faoliyat hisoblanadi. Ular o‘z xizmat faoliyatini doimo xalq ichida, insonlar ko‘z o‘ngida olib boradi. Shuning uchun ularning yutug‘iga ham, xato va kamchiligiga ham avvalo aholi baho beradi.

Tizimda vatanparvar, kasbiga sodiq xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin sohaga adashib kirgan, har xil salbiy harakatlar sodir etishga moyil shaxslar ham onda-sonda uchrab turadi. Ularning qilmishi minglab halol, kecha-yu-kunduz fidoyilik bilan o‘z vazifasini bajarayotgan xodimlarning xizmatiga soya solishi bor gap. Ichki ishlar organlari faoliyatining murakkabligi ham shunda, aslida.

Xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish¬ga qasamyod qilgan xodim doimo hushyor va sergak bo‘lib, har qanday xavf-u xatarga tayyor turmog‘i, fuqarolar xavfsizligini, yurt tinchligini ta’minlash yo‘lida kerak bo‘lsa o‘z huzur-halovatidan kechishi lozim. Uning xizmati sharafli ekanligining boisi ham shunda. Qachonki xodim zimmasidagi burchning mas’uliyatini chuqur anglasa, o‘zini ko‘p yillik shonli an’analariga ega ulkan tizimning bir vakili, inson va fuqarolarning ishonchli himoyachisi deb bilsa, xizmatdagi turli qiyinchiliklarni chidam va bardosh bilan yengib o‘tishi, xalq mehri va ishonchini qozonishi mumkin bo‘ladi.

Shuni unutmasligimiz kerakki, mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar samaradorligining asosiy sharti bo‘lgan tinchlik-osoyish¬talikni saqlash, qonun ustuvorligini ta’minlashda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati beqiyos. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi».

Elbek NORMO‘MINOV,
mayor.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

17 Oct, 13:00


43-mavzu

XALQQA XIZMAT QILISH – SHARAFLI BURCH

Azaldan milliy qadriyatlarimiz, muqaddas dinimiz ahkomlarida xalqqa xizmat qilish, odamlarga yaxshilik ulashish, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish doimo ulug‘langan. Insonlarga nafi tekkan kishi nafaqat el orasida hurmat-ehtirom qozonadi, balki u ko‘pdan-ko‘p savobga ham noil bo‘ladi, deya ta’kidlangan.

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ham o‘zining deyarli barcha asarlarida xalqparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan. Ulug‘ mutafakkir inson hayotining mohiyatini uning jamiyatga foydali kasb bilan shug‘ullanishi, xalqqa nafi tegishi, odamlarning og‘irini yengil qilishida, deb biladi. Uning quyidagi misralariga e’tibor qiling-a:

Naf’ing agar xalqqa beshak durur,
Balki, bu naf’ o‘zingga ko‘prak durur.


Ya’ni, shoir insonning xalqqa qancha foydasi tegsa, bundan uning o‘ziga ham yanada ko‘proq foyda tegishini bayon etadi. Aksincha, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilmaydigan odamni esa odam qatoriga qo‘shmaslik kerakligini ta’kidlaydi:

Odamiy ersang, demagil odami,
Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.


O‘z hayotida so‘z va ish birligiga amal qilgan Hazrat Navoiy umrini el-u yurtining obodligi, xalqning farovonligi yo‘lida sarflab, biz avlodlariga buyuk o‘rnak ko‘rsatgan. U Xurosonda muhim davlat lavozimlarida xizmat qilish, turkiy tilda olamshumul asarlar yaratish barobarida el-yurt manfaatlari yo‘lida ham ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Shaxsiy mablag‘i hisobidan aholi uchun masjidlar, madrasalar, hammomlar, shifoxonalar, hovuzlar, ko‘priklar, rabotlar qurdirgan.

Yurtimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, yurt taraqqiyoti, Vatan ravnaqiga o‘zini daxldor deb his qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish, davlat organlarining jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mamlakatimiz rahbari ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan tamoyil har bir davlat xizmatchisi uchun muhim qoidaga aylanmoqda.
So‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida muayyan tajriba orttirildi. Ana shu tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida ham xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish g‘oyasi alohida o‘rinni egallagan.
Ma’lumki, ichki ishlar organlari davlat ijro hokimiyatining muhim bo‘g‘ini, tinchlik va osoyishtalikni asrash, fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tizimda xodimlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish ishlari «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!» konseptual g‘oya¬si asosida tashkillashtirilayotgani ham yuqoridagi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Islohotlarning mantiqiy davomi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatning qator farmon va qarorlari ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirishga, el qadri va tashvishi bilan yashashga, xizmat qilishga qaratilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi osoyishtalik posbonlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalq¬chil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turarjoylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyish¬talikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

10 Oct, 10:42


Ma’lumki, Ichki ishlar vazirligi tizimida ham ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzi, mavqeyini oshirish, vazirlik ta’lim muassasalarining kursant va o‘quvchi-yoshlarini vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy mero¬siga vorislik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, ichki ishlar organlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ta’minlab kelinmoqda. Hududiy ichki ishlar organlarida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etil¬moqda.
Tilimiz sofligini ta’minlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lishiga qaramay, loqaydlikka yo‘l qo‘yilishi va e’tiborsizlik tufayli so‘zlarni buzib talaffuz qilish, yozuvlarda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yish holatlari hamon uchramoqda.

Keyingi paytda ijtimoiy tarmoq¬ni qo‘ya turaylik, hatto ayrim til mutaxasislari – o‘qituvchilarning ham so‘zni ifodali talaffuz qilmagani natijasida kulgili holatlar ro‘y bermoqda. Masalan, burnog‘i yili «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan televizor orqali bir ustozning kasbidan mag‘rurlanib: «Yoshlikda olgan o‘g‘itla¬rimizni oqlayapmiz» degani kechirib bo‘lmas xato hisoblanadi. Chunki o‘g‘it ekinga solinadigan ozuqa bo‘lsa, «o‘git»ning o‘zagi «o‘g» bo‘lib bu pand-u nasihat qilmoq, aql o‘rgatmoq, tushuntirmoq ma’nosini bildiradi.

Har bir fuqaro o‘z ustida ishlashi, ayniqsa, gazeta-jurnal va badiiy adabiyotlarni muntazam o‘qib borishi zarur. Shunda biz ham tilimiz sofligiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Zero, donishlarimiz aytganidek, «Har bir millat, har bir til o‘zicha takrorlanmas va o‘zicha sharif. Jumladan, mening o‘zbek tilim ham, o‘zbegim ham».

Shuhrat RO‘ZIYEV,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

10 Oct, 10:42


42-mavzu

O'ZBEK TILI – O'ZLIGIMIZ TIMSOLI

Yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishi-ning huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydala¬nishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi barobarida, o‘zbek tili¬ning erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berdi.

Til millatlarni ajratib turuv¬chi asosiy belgilardan biri ekan, har bir inson o‘z tilini bilishi, uni ulug‘lashi, shu bilan birga, boshqa tillarga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri, obro‘yi va nufuzi oshadi. Ayniqsa, dunyoda taniqli mamlakat bo‘lish uchun biz davlat tilining maqomini ko‘tarishga eri¬shishimiz shart. Rivojlangan davlatlar darajasiga chi¬qish va raqobatbardosh bo‘lish uchun O‘zbekiston fuqarolari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari ham xalqaro tillarni bilishi muhim. Chunki biz global rivojlanish tendensiyalaridan ortda qola olmaymiz, lekin shuni unutmasligimiz kerakki, o‘zbek tili dunyodagi barcha rasmiy tillar qatori suveren til maqomini olgan ekan, har bir O‘zbekiston fuqarosi o‘zbek tilini mukammal bilishi shart. Tilga hurmat – xalqqa hurmat. Tilning egasi xalq, ammo xalqning bitta vakili loqayd bo‘lsa ham, milliy til sofligiga putur yetadi. Til o‘zligimiz timsoli, millat mulki hisoblanadi.

Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida qilgan tarixiy nutqi nafaqat mamlakatimizning, balki o‘zbek tili¬ning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yangi pog‘onaga ko‘targani bilan g‘oyat qimmatli bo‘ldi. Davlat timsoli sifatida har birimizga faxr, g‘urur va iftixor bag‘ishladi.

Til madaniyatiga amal qilinmasa, milliy madaniyatga dog‘ tushadi. Shu bois tilimizning sofligi va rivojlanishini ta’minlash, tilning ahamiyatini kelajak avlod ongiga singdirish, ularning ona tiliga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini mustahkamlash borasidagi ishlar yil sayin kengayib borishi kerak. O‘zini o‘zbek millatining farzandiman, deb bilgan har bir inson ona tilimizga juda e’tiborli bo‘lishi, uning sofligini as¬rab-avaylashni muqaddas burch, deb bilishi kerak. Ammo buning uchun o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, til ma’no va mazmunini ifodalovchi izohli lug‘atlar bo‘lishi talab etiladi.

Shu maqsadda 5 jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» hamda «Davlat tilida ish yuritish» qo‘llanmasi 3 ming nusxadan chop etildi. Shuningdek, «Xalqaro termin elementlarining izohli lug‘ati», «Terminlarning tarjima lug‘atlari», «Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi», «O‘zbek tili sinonimla¬rining katta izohli lug‘ati», «O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati», «O‘zbek adabiyoti xazinasidan», «O‘zbek xalq shevalari» kabi ilmiy asarlar ustida ish olib borildi.

Keyingi yillarda «Ali¬sher Navoiy qomusi», «Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi», «Falsafa qomusiy lug‘ati», «O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi», «Islom ensiklopediyasi», «Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati», «Pedagogika: ensiklopediya», «Tarix atamalari lug‘ati», «Adabiyotshunoslik lug‘ati», «Yuridik atamalar lug‘ati» kabi 40 dan ziyod fundamental kitob¬lar nashr etildi.

Albatta, bu ishlar tilimiz sofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, 1981-yilda nashrdan chiqqan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «O» harfi bilan boshlanuvchi 80 ga yaqin xorijiy so‘z va atamalar o‘zbekcha so‘z sifatida qayd etilgan bo‘lsa, 2020-yilda tayyorlangan tuzatilgan 2-nashrda ular soni 35–40 foizga kamaygan.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

03 Oct, 12:46


Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini ta’minlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi, aholining jamoatchilik fikrini shakl¬lantirishda, fuqarolarning siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘ringa ega.

Sirojiddin ABDUVOITOV,
Sardor ABDUXOLIQOV,
MSK Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchilari.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

03 Oct, 12:46


Qonunchilik palatasiga yagona saylov okrugi bo‘yicha o‘tkazilgan saylovda tegishli hudud bo‘yicha ovoz berish natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etgan bayonnomalari asosida hududiy saylov komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan nomzod saylangan, deb hisoblanadi. Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari esa Saylov kodeksining 961-moddasida ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanishi qayd etib o‘tildi. Bunda, proporsional saylov tizimida yetti foizlik chegaradan o‘tgan partiyalarga yoqlab berilgan umumiy ovozlar soni 75 ta deputatlik o‘rniga bo‘linadi va undan chiqqan raqam saylov koeffitsiyenti hisoblanadi. So‘ngra har bir partiyaga yoqlab berilgan ovozlar soni mana shu saylov koeffitsiyentiga bo‘linadi. Undan chiqqan son esa har bir partiyaga beriladigan deputatlik o‘rniga teng bo‘ladi.
Agar bir mandatli saylov okruglarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan, deb topiladi. Shuningdek, Qonun¬chilik palatasiga yagona saylov okrugi bo‘yicha o‘tkazilgan saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning hech biri saylovda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini to‘plamagan bo‘lsa, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan, deb topiladi.

Aralash saylov tizimida partiyalarning aholi bilan munosabatlari ta’sirchan va natijali bo‘lishiga yanada sharoit yaratiladi va ularning roli bosh o‘ringa chiqadi. Qaysi partiya o‘z dasturi orqali xalqning maqsad-muddaolarini ifoda etib, ularni ro‘yobga chiqarishga ishontira olib, munosib harakat qilgandagina ko‘p ovoz olishga erishadi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur o‘zgarish bilan Qonunchilik palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etilishining huquqiy asoslari yaratildi.

Hozirgi global dunyoda davlatlar va mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyoti, insonlar o‘rtasidagi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi ortgani sari siyosiy partiyalarning davlatda jamiyat manfaatlarini to‘laqonli ifoda qilish zaruriyati yuzaga chiqmoqda. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, 2024-yil 27-oktabrda Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda siyosiy partiyalar faolroq bo‘lishga va o‘z dasturlarini xalq manfaatlari yo‘lida hozirgi zamonga moslashtirgan holda dolzarblashtirishga harakat qilishmoqda.

Saylov kodeksining 70-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalar:
bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha deputatlikka yetmish besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga;

partiya ro‘yxati bo‘yicha yetmish besh nafardan kam bo‘lmagan, yuz nafardan ko‘p bo‘lmagan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir.

Bir mandatli saylov okruglarida ayni bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin.
Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas.
Ayni bir nomzod faqat bitta partiya ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘rsatilgan nomzodlar partiya ro‘yxatiga kiritilishi mumkin emas.

Deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.

Saylov kodeksining 69-moddasiga muvofiq, saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon qilinadi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

03 Oct, 12:46


41-mavzu

SIYOSIY PARTIYALAR VA SAYLOV


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 6-mart kuni deputatlar bilan uchrashuvda siyosiy partiyalarning rolini oshirish maqsadida aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi. Shu vaqtga qadar yurtimizda saylov jarayonlari majoritar tartibda o‘tkazilib, Qonunchilik palatasi deputatlari ushbu saylov tizimi asosida, ya’ni hududiy bir mandatli okrug bo‘yicha saylanardi.

Aralash saylov tizimi deganda, saylov jarayonlarida ham mojaritar, ham proporsional usuldan foydalanish tushuniladi. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi va bunda, agarda nomzod saylov okrugidagi saylovchilarning yarmidan ko‘proq ovozini olgan bo‘lsa, unda u saylangan, deb hisoblanadi. Proporsional saylov tizimi – saylov tizimlarining bir turi bo‘lib, bu tizimda mamlakat hududi yagona saylov okrugiga aylantiriladi hamda saylov byulletenlarida nomzodlar o‘rniga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va saylovchilar o‘zlariga ma’qul kelgan partiyalarga ovoz beradi.
Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya, Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.

Shuni inobatga olgan holda, 2023-yil 18-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun bilan Saylov kodeksiga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazishni, shuningdek, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirishni, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirishni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni hamda siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutadi.
Chunonchi, Saylov kodeksining 67-moddasida Qonunchilik palatasi deputatlarining yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha va yetmish besh nafari yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya ro‘yxati asosida saylanishi belgilandi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi. Bir mandatli saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi. Ya’ni, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha tuzilgan saylov komissiyalarining saylov byulletenlarida saylovchi Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodning o‘ziga mojaritar tartibda ovoz beradi. Yagona saylov okrugi bo‘yicha tuzilgan saylov komissiyalarining saylov byulletenlarida esa saylovchi Qonunchilik palatasida ko‘proq o‘rin olish uchun kurashayotgan siyosiy partiyani yoqlab ovoz beradi.
Ikkala saylov o‘tkazish tartibiga ko‘ra saylov natijalarini hisoblash o‘ziga xos farq qiladi. Hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining bayonnomasidagi tegishli raqamlarni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha har bir saylov okrugi bo‘yicha natijalarni jamlab borish jadvaliga kiritadi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

01 Oct, 13:04


Поздравляю с днем учителей и наставников

Telegram ✈️|YouTube🎞| Instagram👚

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

01 Oct, 12:34


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан
байрам табриги
———

Праздничное поздравление министра внутренних дел Республики Узбекистан генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова по случаю 1 октября – Дня учителей и наставников

Телеграм канал

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

27 Sep, 06:21


Автомобиль ишқибозлари учун зўр канални тавсия қиламиз.

"@avtoblogtv 🎹 бизда хаммаси позитив негатив йўқ" дея ўзига шиор қилиб олган каналда реклама ва чалғитувчи постларсиз фақат фойдали маълумотлар бериб бориларкан.

Севимли автомобилингизда қандай муаммолар кузатиляпти, уни қандай бартараф этиш мумкинлигини ҳам шу каналда билиб олишингиз мумкин экан.

Каналга уланиш 👈

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

26 Sep, 10:48


40-mavzu
QATAG‘ON QURBONLARI – XALQIMIZ ARMONLARI

1938-yilning 4-oktabrida jadid bobolarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov kabi adabiyotshunos olimlar, birinchi o‘zbek kinorejissyori va fotografi Xudoybergan Devonovlar qatl etildi. Eng achinarlisi, ularni o‘limga hukm qilish haqidagi hujjat qatldan bir kun o‘tib, 5-oktabrda rasmiylashtirib qo‘yilgan.Harbiy kollegiyaning 1938-yil 4-oktabrdan 16-oktabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida jami 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm chiqarildi. O‘zbekistonda 1937-yil 10-avgustdan
1938-yil 1-yanvargacha 10700 nafar kishi qamoqqa olingan. Shundan 3613 kishi qatl etilgan bo‘lsa, 7087 nafari sakkiz-o‘n yil muddatga qamoqqa tashlandi. 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Ularning 13 000 nafari otib tashlangan, yana minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan.
Mustabid tuzum xalqimizning eng ilg‘or vakillarini jismonan yo‘q qilish, uzoq muddatlarga lagerlarga surgun qilish bilan cheklanmay, ularning oila-a’zolari va yaqinlarini ham ta’qib qildi. Hatto ularning nomlarini ham tarixdan o‘chirishga urindi, yaratgan asarlari, chop etilgan kitoblarini ham taqiqladi.
Qatag‘onlar oqibatida xalqimiz endi kuchga to‘lgan, o‘z Vatani ravnaqi yo‘lida hali katta ishlarni qilishi mumkin bo‘lgan minglab yetuk kadr¬laridan, asl o‘g‘lonlaridan ayrildi. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy, adabiy-madaniy salohiyatiga o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar yetdi.
Xo‘sh, sho‘rolar hokimiyatining ushbu qatag‘onlardan ko‘zlagan maqsadi nima edi? Bu siyosat qurboniga aylangan ziyolilar, jadid bobolarimizning «aybi» nima bo‘lgan? Ular mavjud siyosatga qanday xavf solgan edi, degan savollar kishini chuqur o‘yga soladi.
Eng boshidanoq yolg‘onga asoslangan proletariat diktaturasi har qanday hur fikrga, muxolif qarashlarga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan. Shu bois sovet hokimiyatini tanqid qiluv¬chilar, uning chor hukumatidan oshib tushgan imperialistik siyosatiga qarshi fikr aytuvchi diniy yetakchilar va milliy intelligensiya vakillari ustidan nazorat o‘rnatish, bu siyosatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan kuchlarni aniqlash, ularni ma’nan va jismonan yo‘q qilish maqsad qilingan edi. Qatag‘onlar, shuningdek, sovet hokimiyatining jamiyat ustidan total nazoratini ku-chaytirish va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday norozilik yoki mustaqillikka intilishni ayovsiz bostirishga qaratilgan edi.
Eng qizig‘i, hur fikrli oydinlarimizni mahv etish maqsadida turli aksil¬inqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, yosh umrlari xazon bo‘lgan. Ularning avlodlari ham «xalq dushmani»ning bolalari sifatida jamiyatdan ajratilgan, hayoti ostin-ustun bo‘lib ketgan.
Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, aziz siymolar xotirasini e’zozlash, madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyati, ularning boy ma’naviy merosini tadqiq etish, targ‘ib va tashviq qilish, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Dunyoda global xavf-xatarlar ku¬chayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda jadidlarning Vatan ozodligi va yurt taraqqiyoti borasidagi g‘oyalarini, ta’bir joiz bo‘lsa, «qayta tiriltirish», ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga mashaqqatli kurashlar va minglab qurbonlar evaziga qo‘lga kiritilgan istiqlolni, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylash, qadrlash kerakligini anglatish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

26 Sep, 10:48


Bu zaruratni yaxshi anglagan davlatimiz rahbarining 2020-yil 8-oktabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi yangi izlanishlar, amaliy chora-tadbirlarga keng yo‘l ochdi. Ayniqsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining reablitatsiya qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi.
Ushbu savobli ishlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yil 19-iyulda Prezidentimizning «Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarordan ko‘zlangan maqsad tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini ku¬chaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalashdir.
Xususan, qarorning 3-bandiga asosan, har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash belgilandi.
Qarorga asosan, qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, «O‘zarxiv», Madaniy meros, Yoshlar ishlari agentliklari, Fanlar akademiyasi va boshqa vazirlik va idoralarga bir qator aniq vazifalar belgilab berildi. Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga tegishli nodir kitoblar, qo‘lyozma asarlar, tarixiy hujjatlar va boshqa materiallarni ta’mirlash hamda raqamlashtirish, audiovizual mahsulotlar tayyorlash, ularni internet tarmog‘ida ommalashtirish, «Jadidlar uz» elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, davlat arxivlarida saqlanayotgan qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga oid muayyan arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarish, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududiy bo‘limlari ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish shular jumlasidandir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari va madaniy merosini rivojlantirishga hissa qo‘shgan jadidlar faoliyatini o‘rganish o‘zbek xalqining milliy g‘ururini yuksaltirishga, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, jadidlar faoliyati va g‘oyalarini o‘rganish xalqimizga o‘z boshidan kechirgan achchiq tarixdan saboq olgan holda, ta’lim va milliy madaniyatni yuksaltirish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilg‘or g‘oyalarni hayotimizga keng joriy etish orqali rivojlangan dunyoda tenglar ichra teng bo‘lib yashash imkonini beradi.

Elbek NORMO‘MINOV,
IIV Muzeyi boshlig‘i, mayor.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

25 Sep, 04:44


Тошкент гарнизони бошлиғининг 2024 йил 20 сентябрдаги буйруғига асосан, жорий йилнинг 27 сентябрь кунидан бошлаб вазирликнинг таркибий ва ҳудудий бўлинмалари шахсий таркиби енги узун куйлак кийишларига ва ҳаво ҳарорати пасайганда ҳамда кечки вақтларда кундалик енги узун куртка (кител) кийишларига рухсат этилди.

@manaviyat_va_marifat_darsi

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

19 Sep, 14:12


39-mavzu

KELAJAK YARATUVCHILARI


Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Shavkat MIRZIYOYEV


Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilayotgan e’tiborga bog‘liq. Bu haqiqatning isbotini taraqqiy topgan jamiyatlar bosib o‘tgan yo‘llar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ularning barchasi ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishni eng ustuvor va muhim vazifa, bilimli, iqtidorli yoshlarni oltin xazina deb bilgan.

Bugun mamlakatimizda boshqa jabhalar qatori, ta’lim sohasiga bo‘lgan qarash keskin o‘zgardi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilk bor o‘qituvchi maqomi alohida belgilanib, ta’lim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalari sirasiga kiritildi. «O‘zbekiston – 2030» taraqqiyot strategiyasidan ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi maqsad va rejalar o‘rin oldi. Ushbu ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yangi avlodning yetishib chiqishiga xizmat qilishi, shubhasiz.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tizimga oid muhim qonun va dasturlar, farmon va qarorlar qabul qilindi. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, ko‘plab yangi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar bilim yurtlari barpo etildi. Buyuk allomalarimiz, atoqli shoir va adiblarimiz nomi bilan ataladigan ijod maktablari, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar, «Temurbeklar maktablari», Prezident maktablari kabi mutlaqo yangi namunadagi zamonaviy ta’lim muassasalari ish boshladi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Oliy ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, yangi oliy o‘quv dargohlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil qilindi. Ta’lim va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlandi.

O‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi nufuzini yuksalti¬rish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Avvalo, pedagog xodimlarni majburiy mehnatga, turli jamoatchilik ishlariga jalb qilish holatlariga chek qo‘yildi. Qolaversa, ular tayyorlaydigan hisobotlar, qog‘ozbozliklar soni keskin kamaytirildi. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ko‘paytirilib, olis hududlardagi maktablarga dars berish uchun jalb etilgan yuqori toifali pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xuddi shuningdek, o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘qituvchilar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantirib kelinmoqda.

Bilim va salohiyatini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» kabi faxriy unvonlar, shuningdek, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.

O‘qituvchi, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishiga ishonchimiz komil.

Fidoyi ustoz va murabbiylarning zahmatli mehnatlari tufayli yoshlarimiz fan-texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bilimli, shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida, nufuzli sport musobaqalari va san’at tanlovlarida zafar quchayotgani ta’lim sohasidagi islohotlar samarasiga dalildir.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

19 Sep, 14:12


Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga mas’ul tuzilma – ichki ishlar organlari tizimiga qarashli ta’lim muassasalarida hozirgi kunda ko‘plab yuqori malakaga ega bo‘lgan jonkuyar professor-o‘qituvchilar va murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning muayyan qismi oliy toifali, ilmiy daraja va unvonlarga ega. O‘qituvchi va murabbiylar samarali ish olib borishi uchun ta’lim maskanlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan pedagog xodimlar munosib rag‘batlantirilyapti. Bundan tashqari, soha faxriylari hamda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan tajribali xodimlarning yosh kadrlarni tarbiyalash borasidagi mehnatlarini ham alohida e’tirof etish joizdir.
Buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiyning fikricha, «kishi uchun tub g‘oya – saodatdir». Bu saodatning kaliti esa bilim. Bilim, ta’lim-tarbiya insonni o‘zgartirsa, ma’naviy boy, tafakkuri yuksak shaxs jamiyatni o‘zgartiradi. Demak, o‘qituvchi inson va jamiyatni o‘zgartirish kuchiga qodir bo‘lgan shaxsdir.

Xalqimiz hamisha ustoz-murabbiylarni e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelgan. «Ustoz ota kabi ulug‘» degan naql ham bejiz aytilmagan. Haqiqatan ham, ko‘z nuri, qalb qo‘rini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar – kelajak yaratuvchilarining mehnati, matonati va jasorati har qanday yuksak bahoga munosib. Ularsiz biz, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, eng katta qashshoqlik – bilimsizlikka duchor bo‘lib, eng katta boylik – aql-zakovat va ilmdan, eng katta meros – yaxshi tarbiyadan mosuvo qolamiz.

Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Sep, 12:29


38-mavzu
RADIKALIZM: OQIBATLARI VA OLDINI OLISH YO‘LLARI


Radikal so‘zi lotincha «radix» so‘zi o‘zagidan olingan bo‘lib, «ildiz», «tub», «qat’iy» degan ma’nolarni bildiradi va ushbu atama keskin choralar, harakat hamda dasturlar tarafdorlari bo‘lgan insonlar guruhiga nisbatan ishlatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, radikalizm – muayyan shaxs yoki guruhning mavjud ijtimoiy, siyo¬siy va madaniy holatni tubdan va murosasiz o‘zgartirish istagidan iborat jarayondir.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Yevropada ushbu atama asosan mo‘tadil islohotlar tarafdorlariga nisbatan qo‘llanilgan. Masalan, Buyuk Britaniyada 1832-yilda «Islohotlar to‘g‘risidagi bill» qabul qilingandan so‘ng, ushbu qonunga qarshi chiqqan va o‘z muxolifligini bildirgan insonlar radikalistlar, deya atala boshlangan. Keyinroq esa utilitarizm asoschilaridan bo‘lgan I. Bentam va uning izdoshlari «falsafiy radikallar» deb atalgan. Bugungi g‘arbda qator so‘l siyosiy partiyalarga nisbatan ham radikalizm tushunchasi qo‘llanadi.

Tarix shunga guvohlik beradiki, mamlakatlar hayotining burilish nuqtalarida, iqtisodiyotda tanglik yuz bergan holatlarda radikalizm xavfi keskin avj oladi. Ammo radikallar hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda ham, ularning hukmronligi uzoq davom etmaydi. Sobiq sho‘rolar tuzumi o‘rnida tashkil topgan mustaqil davlatlar hududida rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ko‘plab radikal oqimlar paydo bo‘lganligi, ularning ayrim mamlakatlarda fuqarolar urushlarini keltirib chiqarganligi so‘zimizning yaqqol isbotidir. Ushbu davrning o‘ziga xos jihati siyosiy radikalizmning dinni o‘ziga niqob qilib olishi bilan namoyon bo‘ldi.

Bugungi kunning radikalizmida esa ijtimoiy hayotning ham nazariy, ham amaliy muammolarini hal qilish¬da zo‘rlik usulidan foydalanishga moyillik alohida xususiyat sifatida shakllanib ulgurdi. Ya’ni, tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin bo‘lgan oddiy muammolarni yechishda radikallar kuch, zo‘ravonlikdan foydalanishga intiladilar. Zamonaviy radikalizmning negizi ham aynan mana shu g‘oya ustiga qurilgan. Ijtimoiy muammolarni hal qilishda zo‘rlik usullari va vositalaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun ham radikalizm ekstremizmning nazariy manbayi bo‘lib qolmoqda. Shu bois bugungi kun axborot vositalarida «ekstremistik oqim tarafdorlari», «terroristik akt», «aqidaparastlik g‘oyasiga yo‘g‘rilgan» kabi jumlalar qatorida «diniy radikalizm» atamasini ham tez-tez eshitish odatiy tusga aylanib qoldi.

Diniy radikalizmning mazmun-mohiyati radikalizmning boshqa ko‘rinishlari kabi o‘ziga mos kelmaydigan boshqa har qanday oqim va qarashlarga nisbatan murosasizlikda, jamiyat taraqqiyotiga zid, g‘ayriinsoniy g‘oya va qarashlarni ilgari surishda namoyon bo‘ladi. Bunda shaxs o‘z diniy e’tiqodini haq deb bilib, o‘zgacha e’tiqodiy qarashlar va fikrlarga murosasiz va keskinlik asosida yondashadi hamda ularni zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish tarafdoriga aylanadi. Bu ko‘pincha jamiyatda mavjud turli diniy konfessiyalarga keskinlik bilan yondashish, bir din doirasidagi o‘zga mazhab yoki qarashlarni murosasiz inkor etish hamda ularni raqib sifatida qabul qilishda ko‘rinadi.

Ekstremizm tomon yetaklaydigan radikalizm xavfli virusga o‘xshaydi. O‘ta xavfli, ko‘rinmas xususiyatga ega bo‘lgan bu virusga chalingan ota bolasini, o‘qituvchi shogirdini, o‘quvchi va talabalar esa o‘z do‘stlari va tengqurlarini ham xasta qiladi. Shu tarzda ma’naviy nizomlarga bo‘ysunishni istamagan, o‘zgacha fikrlovchi va keskinlikni xohlovchi shaxslar ommasi vujudga keladi.

Shovinistik ruhdagi radikalizm tushunchasi aslida faqatgina diniy ko‘rinishdan iborat emas, umuman olganda, u chegara bilmaydi. Ba’zan u birgina shaxsni, insonlar qatlamini yoxud bir millatni boshqalaridan ustun qo‘yishda ham namoyon bo‘ladi.

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Sep, 12:29


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi shiddatli zamonda radikalizm, ekstremizm va terrorizm kabi g‘oyalarga qarshi kurashni birgina davlat yoxud qaysidir bir organ miqyosida emas, balki fuqarolik jamiyatining har bir bo‘g‘ini, har bir oila, har bir fuqaro miqyosida tashkil etishgina butun jamiyatdagi immuntizimning bir me’yorda va samarali faoliyat yuriti¬shiga imkon beradi.

Odilbek URINOV,
IIV Akademiyasi tezkor-qidiruv
faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi,
kapitan.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

12 Sep, 12:29


Psixologlarning ta’kidlashicha bugungi kunda radikallashuv jarayonining keskin rivojlanib borishiga yoshlardagi tajribasizlik, hissiyotga tayanib ish yuritish tuyg‘usining mavjudligi, tashqi ta’sir natijasida ruhiy holatdagi o‘zgaruvchanlik; ruhiy tushkunlikka tez tushish va ruhiy zarbalarga chidamsizlik; yaqinlar e’tiboridan butunlay chetda qolish; o‘ta qiziquvchanlik hamda axborotlarni to‘laqonli tahlil qilmaslik, ishonuv¬chanlik kabi bir qator omillar asosiy sabab bo‘lmoqda. Jumladan, radikal va ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganligi natijasida javobgarlikka tortilgan bir guruh shaxslar bilan olib borilgan suhbat davomida ularning aksariyati: diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilish; ishonuvchanlik hissi; birdaniga va hamma narsa (boylik, shon-shuhrat, martaba va boshqalar)ga ega bo‘lishga harakat qilish; qolaversa, oiladagi moddiy qiyinchilik va yetishmovchilik, ishsizlik, kam ta’minlanganlik, alamzadalik, siyosatdan norozilik kabi qator ijtimoiy holatlar ularni ushbu mafkura tomon yetaklaganligini ta’kidlab o‘tganlar.

Binobarin, bu kabi radikal g‘oyalarning ta’siriga tushib qolgan yoshlar o‘z oila a’zolari, yaqinlari, mahalla, ko‘cha-ko‘ydagi tengdoshlarini ham mutaassib shaxsga aylantiradilar yoxud kamida bir marotaba bo‘lsin, ushbu shaxslar ongiga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘radilar. Bu harakat esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Eng achinarlisi, bu kabi murosasiz tendensiyalarning aksariyat qismi bugungi kunda targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, tarqatmalar tarqatish yoxud hujralarda o‘qitish ko‘rinishidagi murakkab usullarda emas, balki har bir inson erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan internet ijtimoiy tarmoqlari va turli messenjerlar orqali olib borilmoqda. Bu esa ularga qarshi kurashni yanada murakkablashtirmay qolmaydi, albatta.

Davlatimiz rahbari ham SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda MDH Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aynan shu masalaga to‘xtalib, «So‘nggi vaqtlarda kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlashtirish» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda va jinoyat sodir etmoqda», deya ta’kidladilar va ushbu muammoning yechimi sifatida mamlakatimizning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyasi o‘z oldiga qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash va ochiq muloqotni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash kabi bir qator chora-tadbirlarni ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yganligini jahon hamjamiyatiga yana bir bora eslatdilar.
Zero, dunyo mutaxassislari ham davlatning huquqiy, ma’muriy jarayonlardagi izchil islohotlarni muntazam olib borishini, mutaassib shaxslarni radikalizm g‘oyasidan qaytarishning eng samarali usuli sifatida e’tirof etadilar. Olimlarning fikriga ko‘ra, radikalizmning oldini olishda kuchli davlat hokimiyati sharoitida bu borada aniq belgilangan dasturlarni ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish talab etiladi. Sababi, ijtimoiy holati beqaror va kuchsiz davlatlarning diniy radikalizm o‘chog‘iga aylanish tahdidi doimo yuqori bo‘ladi.