❗️Ekologiyaga zararli bo‘lgan korxonalar shaharlardan tashqariga ko‘chiriladi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
🗓 Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
🔹asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
🔹teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
🔹samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
🔹qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
🔹xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
@iiv_huquqiy_targibot