Huquq | Bekzod Chorshanbiyev @huquqiyformat Channel on Telegram

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

@huquqiyformat


💻 Shaxsiy blog.

🏛️ Student TDYU 🇺🇿
⚖️ Xalqaro huquq 4/4
Koordinator: «Yuridik ta'lim» — TDYU.
💼 «Legal Education LC» huquq o'qituvchisi.

📱Insta: https://www.instagram.com/chorshanbiyev_bekzod_


📥 Murojaat: @Chorshanbiyev_Bekzod

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev (Uzbek)

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev Telegram kanali sizga huquq sohasidagi eng yangi yangiliklardan, maqolalardan va fikrlardan xabardor qiladi. Kanalning muallifi Bekzod Chorshanbiyev, Toshkent Davlat Yuridik Universiteti talabasi va xalqaro huquq sohasidagi mutaxassis. Kanalda siz o'z fikrlaringizni bayon qilish, savollaringizga javob topish va huquq sohasidagi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Bekzod, 'Legal Education LC' huquq o'qituvchisi va 'Yuridik ta'lim' koordinatori sifatida ham faol ish bilan shug'ullanadi. Kanalda sizga huquq sohasi haqida eng sara lang va qiziqarli maqolalar, tushunchalarni oshiruvchi kontentlar taqdim etiladi. Huquq fani ustidan sevgi bilan ishlayotgan Bekzod, sizni huquq sohasida mustaqil fikrlarni rivojlantirishga, yangiliklar bilan tanishib chiqishga chaqiradi. Telegram kanaliga obuna bo'ling va huquq sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! 📱 Insta: https://www.instagram.com/chorshanbiyev_bekzod_ 📥 Kanal muallifi: @Chorshanbiyev_Bekzod

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

08 Jan, 16:17


Bugun 8-yanvar. Sizlarga sovgʻa ulashmaganimga roppa-rosa 1 oy boʻlibdi. Oxirgi marta 8-dekabrda sovgʻalashgan ekanmiz.

Xoʻp nima sovgʻa belgilaymiz va qanday yoʻl bilan aniqlaymiz ?!

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

08 Jan, 13:11


⚡️Yurisprudensiya abituriyentlari va talabalari diqqatiga.

🌐 Bilasiz Telegram tarmogʻida Huquqshunoslikka oid kanallar koʻp. Ularning barchasini kuzatib borish va ular orasidan ishonchli manbalarni topish albatta biroz qiyinchilik tugʻdiradi.

Shu sababli men sizga huquqshunoslikka oid eng foydali va faol kanallarni saralab, bir joyga jamlab qoʻydim.

Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud oliygohlarning talabasi boʻlishni istasangiz ushbu maxsus kanallar aynan SIZ UCHUN!

👉 Kanallar roʻyxati bilan tanishish va aʼzo boʻlish uchun bosing.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

08 Jan, 10:50


⚡️Endi ham shoshmasangiz boʻlmaydi: «LEX START» kursida darslar boshlanishiga 2 kun qoldi.

💳 Joylar soni esa sanoqli qoldi.

Siz ham 2025-yilda TDYU, JIDU, HMQA, Yurisprudensiya fakultetlari va boshqa yuridik taʼlim muassasalari talabasiga aylanmoqchimisiz. Unda keyingi 6 oyni «LEX START» bilan birga oʻtkazing.

Modul: Huquqshunoslik fani
Kurs formati: onlayn
Kurs boshlanish vaqti: 10-yanvar
Kurs davomiyligi: 6 oy
Kurs vaqti: haftada 3+ kun
Darslar 0 dan oʻtiladi

➡️ Kurs haqida batafsil maʼlumot

📞 Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998339005051

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD manziliga «LS» soʻzini yozib yuboring.

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

08 Jan, 07:38


Darslikda yozilgan, ammo tushuntirilmagan termin:

Gorizontal va vertikal davlat boshqaruvi nima ?!

8-sinf Huquq darsligi 14-mavzusida Gorizontal va vertikal davlat boshqaruvi haqida aytib oʻtilgan. Ammo bu terminlarga qisqa izoh berilganligi tufayli, har safar oʻquvchilarimga qoʻshimcha tushuntirish berishimga toʻgʻri keladi. Bugun shu terminlarni men sizga sodda tilda tushuntirib beraman.

Demak, mavzudan davlat boshqaruvining 2 xil koʻrinishi mavjud ekanligini tushunishimiz mumkin: Gorizontal boshqaruv va vertikal boshqaruv. Gorizontal bu eniga, vertikal esa boʻyiga boshqaruv usuli.

Vertikal boshqaruv — bu asosan iyerarxik boshqaruv. Yaʼni yuqoridan pastga qarab harakatlanadi. Biror organ harakatlanishi uchun unga undan yuqori turuvchi organ buyruq yoki topshiriq berishi kerak boʻladi.

Gorizontal davlat boshqaruvida esa barcha davlat organlarida mustaqil harakat qilish huquqi boʻladi. Ular oʻzidan yuqori turuvchi organdan keladigan buyruqni kutmasdan, oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni mustaqil tashkil etishlari mumkin boʻladi. Gorizontal boshqaruvda asosan huquqlar hududiy va mahalliy ijro hokimiyat organlariga beriladi.

Misol uchun: Adliya vazirligi oʻz vazifalarini bajarish uchun faqat vazirlikning oʻzi barcha hududlarga buyruq berib oʻtirishi bu vertikal boshqaruv boʻladi. Ammo har bir viloyatda Adliya boshqarmasi, har bir tuman va shaharda adliya boʻlimlari tashkil etilishi va Adliya vazirligi vazifalarini hududlarda ijro etishi bu gorizontal davlat boshqaruviga misol boʻla oladi.

Huquq darsligida ham Oʻzbekiston davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengaytirish masalalasi aytib oʻtilgan. Bu davlat boshqaruvida markazlashuvning kamayishiga xizmat qiladi.

© Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Jan, 21:07


🤷🏻‍♀ what is sigma ?!

🗿me:⬆️

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Jan, 19:08


Bayram muborak «будущий прокурор» lar.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Jan, 14:46


❗️ Yurisprudensiya abituriyentlari uchun muhim eslatma.

Huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan qoʻshimcha 35 ta qonun hujjalaridan allaqachon 2 tasi yangi tahrirda qabul qilindi: Vazirlar Mahkamasi va Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunlar. Ushbu qonunlarni yangi tahririni oʻqishingiz kerak.

Yangi tahrirdagi qonunlar uchun havola:

👉 Yangi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun.

👉 Yangi Ombudsman toʻgʻrisidagi qonun

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying. 35 ta qonun hujjatlari yana yangilansa @huquqiyformat kanalida xabardor qilib, joylab boramiz.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Jan, 11:57


💳 Shoshiling: «LEX START» kursimizda sanoqli joylar qoldi.

Siz ham 2025-yilda TDYU, JIDU, HMQA, Yurisprudensiya fakultetlari va boshqa yuridik taʼlim muassasalari talabasiga aylanmoqchimisiz. Unda keyingi 6 oyni «LEX START» bilan birga oʻtkazing.

Modul: Huquqshunoslik fani
Kurs formati: onlayn
Kurs boshlanish vaqti: 10-yanvar
Kurs davomiyligi: 6 oy
Kurs vaqti: haftada 3+ kun
Darslar 0 dan oʻtiladi

➡️ Kurs haqida batafsil maʼlumot

📞 Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998339005051

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD manziliga «LS» soʻzini yozib yuboring.

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Jan, 10:05


«LS BOX» lar haqida koʻplab abituriyentlar soʻrashmoqda.

🗃 «LS BOX» — bu «LEX START» kursining har bir oʻquvchisiga beriladigan, abituriyentlarga BMBA imtihoniga tayyorlanish uchun zarur boʻlgan kitoblar toʻplami.

Toʻgʻri, bu yangilik hozircha faqat bizning kursda mavjud. Hatto koʻplab offlayn kurslarda ham bunday tartib joriy etilmagan.

Bu toʻplamni nima uchun joriy etdim ?!

Abituriyentlar uchun nafaqat sifatli dars, balki sifatli oʻquv qoʻllanmalari ham kerak. Va ular bu qoʻllanmalar bilan bir xilda ta'minlanishi lozim. Huquq fanidan shu vaqtgacha oʻtgan kurslarimda toʻplagan tajribamdan shu xulosaga kelganman.

📊 Chunki onlayn kurslarda barchaning imkoniyati har xil boʻladi. Kursning vazifasi esa bu imkoniyatlarni imkon qadar tenglashtirish.

📦 «LS box» toʻplami ichida:

tahrirlangan 8-sinf darsligi
tahrirlangan 9-sinf darsligi
yangi tahrir 10-sinf darsligi
tahrirlangan 11-sinf darsligi
35 ta Qonun hujjatlari
8-sinf ochiq savollar kitobi
9-sinf ochiq savollar kitobi
10-sinf ochiq savollar kitobi
11-sinf ochiq savollar kitobi
8-9-10-11- Huquq darsliklaridan mavzulashtirilgan testlar kitobi boʻladi.

☝️ Eʼtibor bering, oʻquvchilarimizga yuboradigan darsliklarimiz oddiy emas, balki yangi qonunchilik va yangi Konstitutsiya asosida tahrirlangan darsliklardir.

📚 Jami 10 ta qoʻllanma kitob shaklida abituriyent yashash manziliga yuboriladi. Bu qoʻllanmalar kursni sifatli tashkil etish maqsadida abituriyentlarga tekin taqdim etiladi.

Siz ham «LEX START» kursiga qoʻshilish orqali sifatli taʼlimdan tashqari, quyidagi «LS BOX» larimizni ham qolgʻa kiriting.

➡️ Kurs haqida batafsil maʼlumot.

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD manziliga «LS» soʻzini yozib yuboring.

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Jan, 08:21


Qaysi lavozimlarda ikki muddatlik «limit» mavjud ?!

Bilasiz Konstitutsiyamiz shunday lavozimlar borki, bu lavozimda bir kishi surunkasiga ikki muddatdan ortiq qolishi mumkin emas. Ammo bu kabi lavozimlar siz oʻylagandan koʻproq. Keling bugun shu lavozimlarni bir joyga jamlaymiz.

Demak, Konstitutsiyaga koʻra quyidagi lavozimlarga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas:

Bular:

1) Qonunchilik palatasi Spikeri (100-modda);
2) Senat Raisi (101-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti (106-modda);
4) viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi (120-modda);
5) hokim (121-modda);
6) Oliy sudning raisi va rais oʻrinbosari (134-modda);
7) Sudyalar oliy kengashining raisi va rais oʻrinbosari (135-modda);
8) Markaziy saylov komissiyaning raisi (129-modda);
9) Bosh prokuror (144-modda).
10) Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimlaridir

© Tayyorladi: Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Abituriyentlarga yuboramiz.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Jan, 14:43


Siz Perfeksionistmisiz ?!

Perfeksionist – bu hamma narsani mukammal qilishga intiladigan, hatto mayda detallarni ham ideallikka yetkazishga harakat qiladigan odam. Perfeksionizm shaxsning sifatlarini va ishlariga bo'lgan talabchanlikni ifodalaydi.

Perfeksionistlar:

1. Yuqori talablar qo'yadi – o'ziga va boshqalarga nisbatan juda talabchan bo'ladi.

2. Kamchiliklarni qabul qilish qiyin – xatolarni katta muammo deb ko'radi.

3. Tafsilotlarga e'tibor beradi – mayda narsalar ham ular uchun juda muhim.

4. O'zini o'zi tanqid qiladi – muvaffaqiyatsizlikdan keyin o'zini qattiq tanqid qilishi mumkin.

5. Vaqtni ko'p sarflaydi – mukammal natijaga erishish uchun oddiy ishlarga ham ko'p vaqt sarflaydi.

Bu sifat ba'zida muvaffaqiyatga yetaklasa, boshqa hollarda stress, ish kechikishi yoki charchoqqa sabab bo'lishi mumkin.

Xoʻsh siz Perfeksionistmisiz ?!

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Jan, 09:45


💳 «LEX START» kursimizga qabul davom etmoqda.

Siz ham 2025-yilda TDYU, JIDU, HMQA, Yurisprudensiya fakultetlari va boshqa yuridik taʼlim muassasalari talabasiga aylanmoqchimisiz. Unda keyingi 6 oyni «LEX START» bilan birga oʻtkazing.

Modul: Huquqshunoslik fani
Kurs formati: onlayn
Kurs boshlanish vaqti: 10-yanvar
Kurs davomiyligi: 6 oy
Kurs vaqti: haftada 3+ kun
Darslar 0 dan oʻtiladi

➡️ Kurs haqida batafsil maʼlumot

📞 Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998339005051

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD manziliga «LS» soʻzini yozib yuboring.

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Jan, 05:04


Bojxona institutiga hujjat topshirish niyatidagi abituriyentlar diqqatiga.

Koʻplab abituriyentlar Bojxona institutiga hujjat topshirish va maʼlumot olish uchun hududiy Bojxona boshqarmalarining manzillarini topishga qiynalayotgan ekan.

Siz uchun har bir hudud boshqarmasining manzili va ishonch raqamlarini topib qoʻydim.

Bojxona institutiga hujjatlarni topshirish uchun hududiy bojxona boshqamalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun manzil va telefon raqamlar:

Qoraqolpog'iston Respublikasi
bojxona boshqarmasi 
Nukus shahri T.Qayipbergenov ko‘chasi, 57-uy
(61) 224-90-86

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi
Xorazm viloyati Urganch shahar J.Manguberdi ko‘chasi 95-uy
(62) 227-70-11

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi
Navoiy shahri G‘alaba shoh ko‘chasi 176a-uy
(79) 223-08-65

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi
Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasi 352 - uy
(65) 221-61-00

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Samarqand shahri Bo‘stonsaroy ko‘chasi 85A-uy
(66) 233-63-00

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi
Qarshi shahri A.Navoiy shoh ko‘chasi 3-A uy
(75) 221-14-18

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi
Termiz shahri Islom Karimov ko‘chasi, 286-uy
(76) 225-02-26

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Toshkent ko‘chasi, 5-uy
(72) 223-26-91

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi
Guliston shahar, Sayxun ko‘chasi 22-uy
(67) 227-89-08

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi
Farg‘ona shahar, al-Farg‘oniy ko‘chasi, 52a-uy
(73) 249-07-00

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Andijon shaxar, A.Yuldashev ko‘chasi 48 uy
(74) 224-76-00

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi
Namangan shahri, Irrigator ko‘chasi, 2-a uy
(69) 226-76-00

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 63-uy
(70) 202-86-11

"Toshkent AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti
(55) 502-86-30

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi
Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 35-uy
(71) 207-09-39

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Jan, 03:00


Darsliklar asosiy manba boʻlib qolaveradi.

Yurisprudensiya abituriyentlari uchun Huquqshunoslik fanlaridan oʻquv dasturi asosida testlar shakllantirishi aytildi. Oʻquv dastur bu umumiy nom. U oʻz ichiga bir necha elementlarni oladi. Bu elementlar Huquqshunoslik fanlaridan darsliklar va qoʻshimcha 35 ta qonun hujjatlari.

Endi qarang. Oʻquv dasturini 100 % deb oladigan boʻlsak bu oʻquv dasturining taxminan 80 % ini darsliklar (+Konstitutsiya) tashkil etsa, qolgan 10-20 % ini esa qoʻshimcha qonun hujjatlari tashkil etadi.

Aslida bu 35 ta qonun hujjatlari ham darsliklar asosida tavsiya etildi. Bu qonun hujjatlariga darsliklardagi mavzularda murojaat etilgan.

Yaʼni 35 ta qonun hujjati mustaqil va alohida manba emas, balki darsliklardagi mavzularni kengroq ochib berish uchun tavsiya etilgan qonun hujjatlari hisoblanadi. Shu sababli esingizda boʻlsa, darslik va qonunlarni bir-biriga bogʻlab oʻqishni aytgan edim. (post: 4-tavsiya)

Postlarimda asosan 35 ta qonun hujjatlariga eʼtibor qaratayotganimning asosiy sababi, oxirgi imtihonlardagi muommolar hisoblanadi. Men kelasi yilgi qabulda ham, Yurisprudensiya abituriyentlari «faqat darslik oʻqib qo'shimcha qonunlarni oʻqimagan ekanmiz, oʻqimagan maʼlumotlarimizdan savol tushdi» deb afsuslanmasliklari uchun harakatdaman. Bundan tashqari bu qoʻshimcha manbalar abituriyentlar uchun yangi boʻlgani va uni qanday qabul qilish boʻyicha abituriyentlarda savollar koʻpligi ham bu hujjatlarga alohida yondashishni talab etadi.

Xulosa qiladigan boʻlsak, 35 ta qonun hujjatlari qoʻshimcha manba sifatida muhim. Ammo oʻquv darsliklari asosiy manba hisoblanadi.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

04 Jan, 15:43


TDYU yonida joylashgan Amir Temur maydonini bilasiz.

Yuqoridagi videoda Amir Temur maydoni («Skver») tarixi haqida qiziqarli maʼlumotlar berilibdi. Amir Temur haykali oʻrnida avval kimning haykali boʻlgan, maydondagi daraxtlar qachon kesib tashlanganligi haqida qisqacha maʼlumotlar berilibdi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

04 Jan, 10:36


⚡️ Yurisprudensiya abituriyentlari diqqatiga: «LEX START» kursini kutib oling.

Siz Yurisprudensiya abituriyentimisiz ?!

Hali ham Oʻquv dasturi asosida emas, oʻquv darsligi asosida tayyorlanmoqdamisiz ?!

Huquqni oʻquv dasturi asosida qanday toʻgʻri oʻqishni bilmayabsizmi?!

35 ta Qonun hujjatlarini toʻliq yodlayman deb oʻzingizni hamon qiynamoqdamisiz ?!

👮‍♂️ Men Bekzod Chorshanbiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasiman. Yuridik taʼlim sohasida 6 yillik tajriba egaman. 3 yildan beri Huquqshunoslik fanlaridan onlayn darslar oʻtib kelmoqdaman. Va men oʻzimning «LEX START» kursimga yuqorida muommolar duch kelgan abituriyentlarni taklif etaman.

«LEX START» kursi kimlar uchun ?!

Kurs TDYU, JIDU, HMQA, Yurisprudensiya fakultetlari abituriyentlari va boshqa Huquqshunoslik fanlaridan imtihon topshiruvchi OTM lari abituriyentlari uchun.

Kurs formati: onlayn
Kurs boshlanish vaqti: 10-yanvar
Kurs davomiyligi: 6 oy
Kurs vaqti: haftada 3 kun

Darslar 0 dan oʻtiladi va 6 oyda siz Huquqshunoslik fanlaridan BMBA imtihonlariga tayyor boʻlasiz. Oʻtgan yil Yanvar-iyul oylarida tashkil etgan kurslarimda oʻqib talaba boʻlgan oʻquvchilarim buni isbotlashgan.

Diqqat: Kurs sifatini taʼminlash maqsadida, kursga atigi 30 nafar abituriyent qabul qilinadi. Va har bir abituriyent bilan individual ishlash orqali maksimal natijaga harakat qilinadi.

⚡️Shuningdek diqqat qiling: Kursimizdagi har bir abituriyent oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻliq kurs tomonidan taʼminlanadi.

📚 Har bir abituriyentga kurs tomonidan «LS box» to'plami yuboriladi.

📦 «LS box» toʻplami ichida:

tahrirlangan 8-sinf darsligi
tahrirlangan 9-sinf darsligi
yangi tahrir 10-sinf darsligi
tahrirlangan 11-sinf darsligi
35 ta Qonun hujjatlari
8-sinf ochiq savollar kitobi
9-sinf ochiq savollar kitobi
10-sinf ochiq savollar kitobi
11-sinf ochiq savollar kitobi
8-9-10-11- Huquq darsliklaridan mavzulashtirilgan testlar kitobi boʻladi.

📊 Jami 10 ta qoʻllanma kitob shaklida abituriyent yashash manziliga yuboriladi. Bu qoʻllanmalar kursni sifatli tashkil etish maqsadida abituriyentlarga tekin taqdim etiladi. (Bunaqasi hali boʻlmagan)

😀 Kurs narxi: Barcha afzalliklariga qaramasdan arzonroq belgilashga harakat qildik.

Kurs narxi: atigi 299 ming soʻm (oy uchun)

😀 Shuningdek agarda abituriyentlarda 2-blok, chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikatlar boʻlsa, chegirmalar qilib beriladi.

😀 Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998339005051

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD manziliga «LS» soʻzini yozib yuboring.

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

04 Jan, 09:31


⚡️ Soʻrovnomada 100 dan ziyod abituriyent kursimizda ishtirok etish niyatini bildiribdi.

Shu sababli Huquqshunoslik fanlaridan maxsus onlayn kursimga Start beraman. Kurs haqida bugun batafsil yozaman. Ishonavering hali birorta kursda boʻlmagan yangiliklarni bu kursda kutib turing.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Jan, 16:08


📊 Ha mayli, kanalga ancha yangi obunachilar qoʻshilib, 3K dan oshibmiz.

Yangi obunachilarga xush kelibsiz deymiz. Siz foydali kanaldasiz (kanal haqida mana 👉 bu yerda oʻqing).

Shu vaqtgacha kanalda juda koʻp foydali postlar yozganman va siz buni oʻqishingiz kerak. Ayniqsa Yurisprudensiya abituriyenti boʻlsangiz.

Ushbu postlar bilan qulay tanishib chiqishingiz uchun 3 ta toʻplamga birlashtirdim:

➡️ 1-to'plam
➡️ 2-to'plam
➡️ 3-to'plam

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Jan, 15:52


«Dux» ham bor ekan-da. Kimsan Departamentni aldab ketibdiy-e. Bu yigit koʻp Amerika kinolarini koʻrgan koʻrinadi. Ammo, buzoqni yugurgani deganlaridek 700 $ ni deb 4 yilga ketibdi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Jan, 13:15


⚡️Yurisprudensiya abituriyentlari va talabalari diqqatiga.

🌐 Bilasiz Telegram tarmogʻida Huquqshunoslikka oid kanallar koʻp. Ularning barchasini kuzatib borish va ular orasidan ishonchli manbalarni topish albatta biroz qiyinchilik tugʻdiradi.

Shu sababli men sizga huquqshunoslikka oid eng foydali va faol kanallarni saralab, bir joyga jamlab qoʻydim.

Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud oliygohlarning talabasi boʻlishni istasangiz ushbu maxsus kanallar aynan SIZ UCHUN!

👉 Kanallar roʻyxati bilan tanishish va aʼzo boʻlish uchun bosing.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Jan, 10:48


35 ta Qonunni soʻzma-so'z yodlash kerakmi ?!

Bu savolga men yoʻq deb javob bergan boʻlar edim. Chunki Qonun sh'er emaski, uni soʻzma-so'z yodlasangiz. Sizdan oʻzi qonunni kimdir soʻzma-so'z soʻraydi deb oʻylaysizmi ?! Albatta yoʻq.

Qonunlarni oʻqishda oʻz oʻquvchilarimga beradigan tavsiyalarimni bugun boʻlishmoqchiman.

1. Tushunish — Asosiy Yondashuv

Qonunni tushunish, uning mazmuni va maqsadini anglash muhimroqdir. Har bir so‘zni eslab qolishdan ko‘ra, moddaning mohiyatini tushungan kishi imtihonda turli savollarga yaxshiroq javob bera oladi va amaliyotda qonunlarni to‘g‘ri qo‘llaydi.

2. Oʻzingni mantiqiy testlarga tayyorlang.

Asosan BMBA testlari abituriyentning mantiqiy fikrlashi va qonun normalarini toʻgʻri anglaganini tekshirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Buni biz ikkinchi va uchunchi darajadagi savollar deb ataymiz (Bu mavzuni oʻzi alohida post boʻlganligi uchun keyinroq batafsil yozaman).

3. Asosiy moddalarga e’tibor bering.

Har bir qonunning eng ko‘p uchraydigan va muhim qismi boʻladi. Oʻsha qismidan testlarda albatta foydalaniladi. Siz ham aynan oʻsha muhim moddalarning mazmunini bilib olsangiz, ham qonunning maqsadini bilishingiz, ham testda toʻgʻri javob berishingiz osonroq boʻladi.

4. Yodlash juda koʻp vaqtingizni olishini unutmang.


Ko‘plab qonunlar uzun va murakkab bo‘lgani sababli ularni to‘liq yodlash mashaqqatli va vaqtni ko‘p oladi.
Eng alamlisi, siz biror qonunni toʻliq yodlaganingizdan soʻng, oʻsha qonun yangidan qabul qilinishi mumkin. Yaqinda yangi tahrirda qabul qilingan Vazirlar mahkamasi toʻgʻrisidagi Qonun kabi. Qonunlar tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun faqat yodlashga suyanish xavfli — imtihonda ham eskirgan bilimlarni ishlatib qo‘yish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, so‘zma-so‘z yodlashdan ko‘ra, qonunlarni tushunib va sharhlab o‘rganish yanada samaraliroq bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda vaqtingizni ham tejaydi.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Jan, 09:36


Oʻzbekistonga qaytgach Huquq fanidan yana kurslar oʻtishni reja qilgan edim. Chunki bu sohada tajribali va natija koʻrsatgan ustozlar kam. Huquq fani yangi fan va bu fandan abituriyentlarni BMBA imtihonlariga tayyorlovchi ustozlar nisbatan kamroq.

Oʻzbekistonga qaytgach Yanvar oyidan birinchi navbatda, Huquq fanidan offlayn kurslarni va keyinchalik intensiv onlayn kurslarni tashkil etishni reja qilgan edim. Offlayn kurslar Oʻquv markazlar bilan muzokaralar uchun vaqt talab etadi.

Ammo onlayn kurslar tashkil etishimni juda koʻplab abituriyentlar soʻrashmoqda. Shu sababli onlayn kurslarimni ham kechiktirmasdan tashkil etish niyati paydo boʻldi.

Ammo bu yilgi onlayn kurslarim tashkil etilgan taqdirda ham umuman boshqacha tartibda, yangicha metodda tashkil etaman. Kursim ham iloji boricha kichik boʻladi. Va juda qattiq tartibda boʻladi.

Xullas pastda soʻrovnoma qoldiraman. Soʻrovnoma natijalariga koʻra onlayn darslarimizni rejalaymiz.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

02 Jan, 09:15


Yangi yildagi ilk yangiliklarni tayyorlamoqdaman. Tashkiliy ishlar yakunlanib qoldi. Tez orada xabar beraman.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

02 Jan, 07:05


Oʻylaymanki yuqoridagi audioni eshitdingiz.

Aslida bu audioni qariyb bir oy avval, 6-dekabrda tayyorlab qoʻygan ekanman. Ammo negadir kanalga joylagim kelmagan edi. Chunki abituriyentlarga eski 10-sinf maʼlumotlari chalgʻitib qoʻymasmikan degan gumonda edim.

Ammo Sirojiddinning shu masaladagi mana bu postlarini koʻrganimdan soʻng, yangi va eski 10-sinf darsliklarini farqlab berish kerak degan qarorga keldim.

Audioni eshitib oling. Ayniqsa avval eski 10-sinf darsligidan tayyorlangan abituriyentlar uchun bu farqlar zarur.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

02 Jan, 05:41


Yangi 10-sinf darsligidan "chopilgan" mavzular.

10-sinf yangi darslikni oʻqish kerakmi yoki eskisinimi ?!

10-sinf Eski darsliklardagi qaysi mavzular butunlay olib tashlandi ?!

Abituriyentlar uchun maʼlumotlar kamayganmi?!

Bugun va nihoyat 2 oy oldin chiqishi kerak boʻlgan post chiqdi. Yangi 10-sinf darsligi borasida abituriyentlardan savollar va shaxsiy fikrlarim bor edi.

😀Yuqoridagi audioda 10-sinf Huquq darsligi borasida fikrlarni bildirganman.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Dec, 13:10


😈 Doʻstlar, yuqorida aytilgan sovgʻalar ertangi Konstitutsiya kuni uchun.

Bu sovgʻalarni tanlov emas, Giveway shaklida topshiramiz.
(Sovgʻani ham qandaydir shartlar bilan bersak uyat boʻlar😁).

📌 Shunchaki @huquqiyformat kanaliga obuna boʻlgan boʻlsangiz yetarli. Maxsus botlar bor. Kanal obunachilari orasidan Random orqali gʻoliblarni tasodifiy aniqlab beradi.

🎁 Biz faqat sovgʻalarni kelishib olsak boʻlgani.

📊 Yuqoridagi soʻrovnomaga 500 kishi ovoz bergach, eng koʻp ovoz olgan variantni sovgʻa sifatida beramiz.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

07 Dec, 09:41


Darslikdagi eski Qonunlardan..

8-sinf 20-mavzusida berilgan barcha Qonunlar eski:

1️⃣ “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun darslikda 25.05.2000y. sanasida qabul qilinganligi yozilgan. Bu Qonun 2019-yil 5-noyabrda yangi tahrirda qabul qilingan. Demak bu qonun hozirgi rasmiy sanasi 05.11.2019y. hisoblanadi.

2️⃣ "Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonun 15.09.2006y. sanasida qabul qilingan. Ammo bu qonun 2022-yilda bekor qilingan va butunlay oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bu Qonun oʻrniga "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida" gi Qonun (20.04.2022) qabul qilingan.

3️⃣ “Mikrokredit
tashkilotlari to‘g‘risida”
gi Qonun 20.09.2006y. sanasida qabul qilingan. Ammo bu qonun ham 2022-yilda bekor qilingan va hozirda yuridik kuchga ega emas.
Ushbu Qonun ham yuqori aytilgan "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida" gi Qonun (20.04.2022) ga mazmunan qoʻshib yuborilgan.

4️⃣ "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida" gi Qonun 20-mavzuda 1995-yilda qabul qilingani aytilgan. Ammo bu Qonunning eski tahriri boʻlib, ushbu Qonun 2019-yil 6-fevralda yangi tahrirda qabul qilingan. Demak bu Qonunning hozirgi rasmiy sanasi 06.02.2019y. hisoblanadi.

BMBA testida ushbu qonun sanalaridan testlar kelganda yuqoridagi maʼlumotlardan foydalaning.

© Muallif: Bekzod Chorshanbiyev. «Huquqiy format»

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Dec, 16:17


Koʻpchilik toʻgʻri yoʻlda ekan.

10-sinfda 2023-yilda chop etilgan yangi Huquq darsligini oʻqish kerak. Chunki BMBA eʼlon qilgan 10-sinf oʻquv dasturi yangi darslikka toʻgʻri keladi.

Ammo soʻrovnomaga koʻra eski darslikni oʻqiyotganlar ham bor ekan. Menimcha mustaqil tayyorlanayotgan baʼzi abiturientlar eskini oʻqishmoqda. Agar ustoz bilan eskini oʻqiyotganlar boʻlsa, ustozga bizdan salom. Xullas yangini oʻqish kerak.

10-sinf eski va yangi darsliklarda oʻzgarish koʻp. Butun boshli boʻlimlar olib tashlangan. Shu sababli darslik boshlashdan oldin oʻquv dasturlariga koʻz yugurtirishni maslahat beraman.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Dec, 11:01


Qonunlarni darslik kabi oʻqimang.

Yurisprudensiya abituriyentlari uchun qoʻshimcha 35 ta qonun hujjati eʼlon qilingach, bu qonunlarni oʻrganish usuli juda koʻplab abituriyentlarni oʻylantirib qoʻydi. Ushbu qonunlarni darslik kabi oʻqish kerakmi yoki alohida usullar bilan oʻzlashtirish kerakmi ?! Bugun shu masalaga yuzlanamiz.

Qonunlarni darslik kabi oʻqish natija bermasligi mumkin. Chunki bu ikkisi bir-biridan farq qiladi:

Darsliklarda: Mualliflar tushuntirishlari, izohlari va misollari bilan to‘ldirilgan ilmiy yoki o‘quv xarakterdagi materiallarni taqdim etadi. Nazariy tushunchalar keng yoritiladi va murakkab mavzular soddalashtiriladi.

Qonunlarda: Qonunlar rasmiy hujjatlar bo‘lib, aniq qoidalar va majburiyatlarni belgilaydi. Ular yuridik tilda qisqa, rasmiy va aniq iboralar bilan yozilgan, izoh yoki misollar bo‘lmaydi.

Shu sababli bu ikkisini bir usulda oʻrganish, abituriyentga oʻzi kutgan natijani bera olmasligi mumkin.

Qonunlarni qanday oʻrganish lozim. Bu borada oʻzimning tavsiyalarimni aytib oʻtsam:

1. Qonunlarni qogʻozga chop ettirib oling.

Chunki abituriyentlar asosan kitobdan oʻqib oʻrganishgan. Qonunlar esa elektron holatda boʻladi. Ularni elektron holda oʻqish, oʻrganish sifatiga taʼsir etadi. Shu sababli 35 ta qonun hujjatining Konstitutsiya va Kodekslardan tashqari barchasini qogʻoz holatga keltirib oling.

2. Reja asosida oʻrganish.

Har kuni qancha va qaysi qonunni o‘rganish kerakligini belgilang. Bu stressni kamaytiradi va o‘z vaqtida tayyorlanishingizni ta’minlaydi.
Qonunlarni taqsimlab rejalab chiqing. Masalan har kuni 1 ta Qonunni oʻqing. Qonunlar tugagach yana shu tartibda qaytalang.

3. Qonunlar matnini qisqartiring va konspekt tuzing.

Muhim bandlar va asosiy qoidalarni ajratib yozing. Yoki marker bilan moddalar ichidagi muhim normalarni belgilab chiqing. Har bir qonundan faqat zarur qismni ajratib olish vaqtni tejaydi.

Konspektni vizual materiallar (sxema, jadval) bilan boyitish ma’lumotni yaxshi yodda qoldirishga yordam beradi.

4. Qonunlarni oʻquv darsliklarga bogʻlash esdan chiqmasin.

Qonunni oʻrganiyotganingizda bu qonun qaysi sinf Huquq darsligida va qaysi mavzuda tilga olinganini - qonunning oʻziga yozib qoʻying. Oʻquv darslikdagi mavzuni oʻqiyotganingizda ham shu mavzuga tegishli qonunga koʻz tashlashni unutmang.

5. Qonunlar mazmunini tushunishga harakat qiling.

Bu eng muhimi. Faqat yodlashga emas, tushunishga harakat qiling. Qonunlarning mantiqini va ularning o‘zaro bog‘liqligini tushunish test savollariga to‘g‘ri javob berishga yordam beradi. Moddalarni amaliy misollar bilan bog‘lang. Toʻgʻri bu oson emas. Chunki qonun yuristlar tushunadigan terminlarda yozilgan. Bu borada esa sizga @huquqiyformat kanali yordam beradi. Tez orada bu 35 ta Qonun hujjatlari boʻyicha alohida proyektlarimiz boshlanadi. Va bu qonunlarni siz osonroq oʻzlashtirasiz.

© Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

05 Dec, 14:42


🎁 Tabriklayman, siz Huquq faniga ixtisoslashtirilgan eng foydali blogdasiz !!!

👮‍♂️ Kanal kamina — Bekzod Chorshanbiyev tomonimdan yuritiladi. Huquqiy taʼlim sohasida 6+ yillik tajribaga egaman va bu blogda abituriyentlarga huquqni oʻzgacha usulda oʻrgatib kelmoqdaman.

📌 Kanalda asosan boshqa kanallarda uchramaydigan:

➡️ Oʻquv dasturi asosida oʻqish borasida tavsiyalar;

➡️ 35 ta Qonun hujjatlarini oson oʻrganish usullari

➡️ Huquq darsliklardagi kamchiliklar va ularni toʻldirish borasida postlar yozib boraman.

💻 Yaʼni, kanalda sizga turli quiz testlar, kurslar, kitobda mavjud maʼlumotlar emas, balki, koʻpchilik eʼtibor qaratmaydigan jihatlar va konkret nazariy bilimlar berib boriladi. Yana bir eslatma, kanalda 90 % postlar, bevosita kanal muallifi tomonidan yoziladi. Barcha kanallarda aylanadigan «Copy paste» postlarni uchratmaysiz.

🫥 Shuningdek siz shu vaqtgacha kanalda berilgan foydali maʼlumotlar va postlar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin. Bu postlarni biz sizga qulay 3 ta toʻplamda jamlab qoʻyganmiz:

➡️ 1-to'plam
➡️ 2-to'plam
➡️ 3-to'plam

🤝 Kanalda hozircha pullik xizmatlar yoki kurslar rejalanmagan. Barcha maʼlumotlar xolis va tekin. Shunchaki berayotgani bilimlarimiz koʻpchilikka yetib borishidan manfaatdormiz. Doʻstlaringizni ham kanalga taklif etishni unutmang. Barchasi hali oldinda..

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

05 Dec, 02:55


Yurisprudensiya abituriyentlari uchun muhim.

8-sinf 18-mavzu ichida yoritilmagan yana bir mavzu bor. Huquq sohalari deb atalgan bu mavzuda davlatning Huquq tizimi 2 ta xil tarmoqlarga boʻlinishi keltirilgan:
1) davlatning ichki huquq tizimi tarmoqlari
2) xalqaro huquq tizimi tarmoqlari.


Lekin darslikda faqat birinchi - ichki huquq tizimi tarmoqlari yoritilgan. Xalqaro huquq tarmoqlar haqida esa yuqorida suratda berilgan maʼlumot bor xolos.

Xalqaro huquq tizimi tarmoqlari oʻquv dasturiga kirib ketadi. Shu sababli bu mavzuda faqat darslikda berilgan maʼlumotlar bilan cheklana olmaymiz. Testda darslikda yozilgan, ammo maʼnosi berilmagan maʼlumotlardan ham savol tushishi mumkin.

Shu sababli bugun darslikda berilgan, ammo yoritilmagan Xalqaro huquq tizimi tarmoqlarini koʻrib chiqamiz.

Xalqaro huquq tizimi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi:

1) xalqaro ommaviy huquq,
2) xalqaro xususiy huquq,
3) xalqaro tashkilotlar huquqi,
4) xalqaro xavfsizlik huquqi,
5) diplomatiya va konsullik huquqi,
6) xalqaro dengiz huquqi.

1) Xalqaro ommaviy huquq — bu davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar va tamoyillar to'plamidir. Bu huquq turi asosan xalqaro shartnomalar, odat huquqi, umumjahon me'yorlari va xalqaro sudlarning qarorlariga asoslanadi.

2) Xalqaro xususiy huquq — bu davlatlararo shaxslar, tashkilotlar yoki kompaniyalar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar to'plamidir. U asosan shaxsiy va moliyaviy manfaatlarga taalluqli bo'lgan masalalarni, jumladan, shartnomalar, mulk huquqi, nikoh va oilaviy munosabatlar kabi sohalarni qamrab oladi. Bu tarmoqda manbalari 2 davlat oʻrtasidagi shartnomalar, davlatlarning milliy qonunchiligi, arbitraj sudi qarorlari va xalqaro shartnomalar hisoblanadi.

3) Xalqaro tashkilotlar huquqi — bu xalqaro tashkilotlarning faoliyatini, ularning tuzilishini, maqsadlarini va vazifalarini belgilovchi huquqiy normalar to'plamidir. Bu soha xalqaro munosabatlar, diplomatiya va davlatlararo hamkorlikning asosiy tamoyillarini o'z ichiga oladi. Oʻzbekiston uchun bu tarmoq xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish aʼzo boʻlish va tashkilot qonunlarini qoʻllash uchun kerak.

4) Xalqaro xavfsizlik huquqi – bu davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi, xalqaro xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy me'yorlar to'plamidir. Bu huquqning asosiy maqsadi davlatlar o'rtasidagi tinchlikni saqlash, harbiy mojarolarni oldini olish va xalqlar o'rtasida barqarorlikni ta'minlashdir. Xalqaro xavfsizlik huquqi ko'p jihatdan BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) tizimiga asoslanadi. Oʻzbekiston ham BMT aʼzo boʻlib, bu borada asosan BMT xavfsizlik kengashi qonunlariga tayanadi.

5. Diplomatiya va konsullik huquqi. Diplomatiya — davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va boshqarish jarayonidir. Bu jarayon orqali davlatlar o'z manfaatlarini himoya qilish, tinchlikni saqlash, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish kabi maqsadlarga erishadilar. Diplomatiya asosan rasmiy vakillar (diplomatlar) orqali amalga oshiriladi va ularning faoliyati xalqaro shartnomalar, qarorlar va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi. Konsullik huquqi — esa diplomatiyaning bir qismi bo'lib, davlatlarning xorijdagi fuqarolarini himoya qilish va ularga xizmat ko'rsatish bilan bog'liqdir. Konsul — bir davlatning boshqa bir davlatdagi rasmiy vakili bo'lib, u fuqarolarni himoya qilish, ularning huquqlarini ta'minlash, shuningdek, savdo-sotiq va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Konsullik muassasalari (konsulliklar) ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun tashkil etilgan.

6. Xalqaro dengiz huquqi — davlatlar va boshqa xalqaro sub'ektlar o'rtasidagi dengiz va okeanlar, ularning resurslari, navigatsiya, muhofaza qilish va boshqa faoliyatlarni tartibga soluvchi qoidalardan iborat huquqiy normalar majmuasidir.

Mana oz boʻlsa-da, bu huquq tarmoqlari haqida tushunchaga ega boʻldingiz. Bu maʼlumotlar sizga kerak boʻlib qolishi aniq.

© Muallif: Bekzod Chorshanbiyev

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Dec, 05:44


Moddiy va protsessual huquq nima ?! Qanday farqi bor ?!

Shu darsliklar oʻquvchilarni toʻliq maʼlumot bermay qiynaydida. Huquq darsliklarida mavhum atamalar koʻp. Shulardan bugun moddiy va protsessual huquqlarni koʻrib chiqamiz.

8-sinf Huquq darsligi 18-mavzuda moddiy va protsessual huquq haqida gap ketgan. Ammo bu huquqlar haqida menimcha yetarli maʼlumot berilmagan. Har holda har safar shu mavzuga kelganda oʻquvchilar mendan qoʻshimcha izoh talab qilishadi.

Moddiy va protsessual huquq — bu ikki asosiy huquqiy tushuncha bo'lib, ularning o'ziga xos farqlari mavjud.

1. Moddiy huquq:
- Moddiy huquq (materiya huquqi) — bu qonunlar, qoidalar va me'yorlar to'plamidir, ular muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu huquq sub'ektlarining (shaxslar, tashkilotlar) o'zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
- Masalan, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, oila huquqi kabi moddiy qonunlar moddiy huquqqa kiradi.

2. Protsessual huquq:
- Protsessual huquq esa modda yoki ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish uchun jarayonni belgilaydi. U qanday qilib qonunlarni qo'llash, sud jarayonlari va boshqa hukumat organlari orqali muammolarni hal qilish tartibini ko'rsatadi.
- Masalan, jinoyat protsessi yoki fuqarolik protsessini tartibga soluvchi qoidalar protsessual huquqqa kiradi.

Qisqa qilib aytganda, moddiy huquqlar konkret huquqlarni belgilab bersa, protsessual huquqlar bu huquqlardan qanday foydalanishimiz yoki himoya qilishimizni oʻrgatadi. Bularni oʻzaro farqlab olishimiz juda oson. Moddiy huquqning ham, protsessual huquqning asosiylari kodifikatsiya qilingan. Yaʼni Kodekslar ishlab chiqilgan. Moddiy huquqda Kodekslar koʻproq: Jinoyat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Oila Kodeksi, Mehnat kodeksi va h.k.

Protsessual huquqda esa kodekslar kam: Jinoyat Protsessual Kodeksi, Iqtisodiy protsessual Kodeks, Fuqarolik kodeksi va boshqalar.

Endi shular orasidan eng tushunarlisi misolida tushuntirsam: Jinoyat huquqida JK va JPK bor. JK-bu moddiy huquq. Yaʼni bu Kodeksda jinoyat nima, qaysi harakatlar jinoyat hisoblanadi va qanday jazolanadi, shular belgilangan.

JPK da esa JK aytilgan jinoyatlar uchun jazolar qanday qoʻllanilishi va qay tartibda belgilanishi yoritiladi. Misol uchun tergov, surishtiruv, himoya, guvohlik, sud jarayonlari JPK da belgilangan boʻladi. (Bundan tashqari jinoyatga oid yana bir Kodeks bor).

Umuman olganda, moddiy huquq muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solsa, protsessual huquq esa bu munosabatlarni qanday hal qilish tartibini belgilaydi. Moddiy va protsessual huquq bir-birini to'ldiradi va birgalikda jamiyatda adolatli tizimni ta'minlaydi.

© Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

01 Dec, 13:31


TDYU 2050-yilda. (Sunʼiy intellekt tasavvurida )

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

01 Dec, 03:00


@huquqiyformat kanalida Noyabr oyida eʼlon qilingan foydali postlar.

➡️ Yurisprudensiya abituriyentlari yoʻl qoʻyadigan xatolar.
➡️ Xabeas korpus nima ?!
➡️ 35 ta Qonun hujjatlaridan muhim atamalar (1-qism)
➡️ Murojaatning shakli va turini adashtirmang.
➡️ Manipulyatsiya nima ?!
➡️ Darslikda notoʻgʻri qoʻllanilgan termin: «Despotiv shakl» haqida.
➡️ Huquq fanidan Milliy sertifikat masalasida savollarga shaxsiy tajribamdan javoblar.
➡️ DAVLAT quyidagi asoslarga koʻra "TURLARGA" bo'linadi..
➡️ Huquqshunoslik fanlaridan 2024-yilgi BMBA namuna savollari.
➡️ Bosh vazir nomzodi "maʼqullanishi" va "tayinlanishi" ikki xil narsa.
➡️ Qaysi lavozimlarda ikki muddatlik «limit» mavjud ?!
➡️ 35 ta Qonun hujjatlaridan muhim atamalar (2-qism).
➡️ Gorizontal va vertikal davlat boshqaruvi nima ?!
➡️ «Subyektiv huquq» va «huquq subyekti» — bu ikkisi bitta narsami ?!

© Postlar muallifi: Bekzod Chorshanbiyev

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Nov, 19:47


❄️ 1-dekabr. Qish buyoqi endi...

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Nov, 05:55


🍎Huquqchilar uchun yana bir tanlov. Sovrin iPhone 16 Pro.

😈 Adliya vazirligining «Huquq maktabi» mobil ilovasini eshitgan boʻlsangiz kerak. Shu ilova Konstitutsiya kuni munosabati bilan 2 ta «iPhone 16 Pro» oʻynayotgan ekan.

Buning uchun ilovani yuklab olib kurslarda ishtirok etishingiz kifoya ekan.

Shuningdek, ilovaga doʻstlar taklif etib ham ishtirok etishingiz mumkin.

🆔 Ilovada siz uchun men ham referal link yaratdim. Ilovani yuklab olib tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.

✌️ Ilovani yuklab olish uchun linklar:

📱 Android uchun.
🍏 IOS uchun

📱Ilovani yuklab olasiz va ushbu Promo-kodni kiritasiz:
👉 IULPC 👈

Barchaga omad.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

29 Nov, 10:37


Bu yoqi endi bayrammi deyman ?!

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

29 Nov, 04:15


«Subyektiv huquq» va «huquq subyekti» — bu ikkisi bitta narsami ?!

Keling biroz boshingizni qotiray. Huquq qiyin fan. Ayniqsa terminologiya. Shunday terminlar borki, ularni bitta narsa deb oʻylashingiz tayin. Shu kabi terminlardan bir jufti: subyektiv huquq va huquq subyekti. (Subyektiv huquq terminini 8-sinf 16-mavzuda uchratishingiz mumkin).

Bu ikkisi - ikki xil termin va ikki xil maʼnoni anglatadi.

Subyektiv huquq va huquq subyekti o'rtasidagi farqlarni tushunish uchun avvalo har ikki tushunchani aniqlab olish kerak.

1. Subyektiv huquq: Bu – shaxsning qonuniy asosda egallagan huquqi. Masalan, shaxsning mulk huquqi, o'z fikrini erkin ifoda etish huquqi yoki ta'lim olish huquqi. Subyektiv huquq shaxsga tegishli bo'lib, u ushbu huquqdan foydalanish, uni himoya qilish va zarur bo'lganda amalga oshirish imkoniyatiga ega.

2. Huquq subyekti: Bu – qonuniy jihatdan ma'lum bir huquqlarga ega bo'lgan va o'z majburiyatlarini bajarishi mumkin bo'lgan shaxs yoki tashkilot. Huquq subyekti sifatida insonlar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar (masalan, korxonalar, tashkilotlar) tushuniladi.

Farqi nimada ?!

Subyektiv huquq — bu muayyan bir huquq yoki imtiyozdir; u inson yoki yuridik shaxsga tegishli. Huquq subyekti esa bu hududda faoliyat yuritadigan shaxs yoki tashkilotdir.

Bu ikki terminning bog'liqligi ham bor. Huquq subyekti subyektiv huquqlarga ega bo'ladi; ya'ni, har bir subyektiv huquq ma'lum bir huquq subyektiga tegishlidir. Misol uchun, jismoniy shaxs - bu subyekt, va uning ta'lim olish haqidagi subyektiv huquqi bor.

Shuningdek, Subyektiv huquqlar qonun bilan belgilanadi va himoya qilinadi, lekin ularga amal qilishi mumkin bo'lgan subyektlar ham qonun tomonidan tan olinishi kerak.

Umuman olganda, subyektiv huquqlar – bu mulk yoki imtiyoz sifatida e'tirof etiladigan narsalar bo'lsa, huquq subyekti esa ularni amalga oshiruvchi yoki ulardan foydalanuvchi shaxslardir.

Menimcha endi bu ikki terminni farqlay olasiz.

© Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

26 Nov, 12:48


Darslikda yozilgan, ammo tushuntirilmagan termin:

Gorizontal va vertikal davlat boshqaruvi nima ?!

8-sinf Huquq darsligi 14-mavzusida Gorizontal va vertikal davlat boshqaruvi haqida aytib oʻtilgan. Ammo bu terminlarga qisqa izoh berilganligi tufayli, har safar oʻquvchilarimga qoʻshimcha tushuntirish berishimga toʻgʻri keladi. Bugun shu terminlarni men sizga sodda tilda tushuntirib beraman.

Demak, mavzudan davlat boshqaruvining 2 xil koʻrinishi mavjud ekanligini tushunishimiz mumkin: Gorizontal boshqaruv va vertikal boshqaruv. Gorizontal bu eniga, vertikal esa boʻyiga boshqaruv usuli.

Vertikal boshqaruv — bu asosan iyerarxik boshqaruv. Yaʼni yuqoridan pastga qarab harakatlanadi. Biror organ harakatlanishi uchun unga undan yuqori turuvchi organ buyruq yoki topshiriq berishi kerak boʻladi.

Gorizontal davlat boshqaruvida esa barcha davlat organlarida mustaqil harakat qilish huquqi boʻladi. Ular oʻzidan yuqori turuvchi organdan keladigan buyruqni kutmasdan, oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni mustaqil tashkil etishlari mumkin boʻladi. Gorizontal boshqaruvda asosan huquqlar hududiy va mahalliy ijro hokimiyat organlariga beriladi.

Misol uchun: Adliya vazirligi oʻz vazifalarini bajarish uchun faqat vazirlikning oʻzi barcha hududlarga buyruq berib oʻtirishi bu vertikal boshqaruv boʻladi. Ammo har bir viloyatda Adliya boshqarmasi, har bir tuman va shaharda adliya boʻlimlari tashkil etilishi va Adliya vazirligi vazifalarini hududlarda ijro etishi bu gorizontal davlat boshqaruviga misol boʻla oladi.

Huquq darsligida ham Oʻzbekiston davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengaytirish masalalasi aytib oʻtilgan. Bu davlat boshqaruvida markazlashuvning kamayishiga xizmat qiladi.

© Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

26 Nov, 05:20


Soon-Скоро

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

25 Nov, 11:20


Davlat organi va uning turlari.

Davlat boshqarishini amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalga
oshiriladi va bu idoralar huquqshunoslik fanida davlat organlari deyiladi.

Davlat organi – qonunga muvofiq ravishda o‘z tizimiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo‘lgan davlat idorasi yoki muassasasi.

Davlat organlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

1️⃣ Vakillik organlari: qonun chiqaruvchi, mahalliy xalq deputatlari
kengashlari;
2️⃣ Ijroiya organlari: davlat boshlig‘i (prezident, monarx), hukumat,
vazirlik va davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (prokuratura,ichki ishlar vazirligi va uning organlari, adliya vazirligi va boshqalar);
3️⃣ Mahalliy ijroiya organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari);
4️⃣ Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: Konstitutsiyaviy sud, Oliy
sud va uning viloyat (shahar bo‘g‘inlari).

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

24 Nov, 12:05


DXX raisi oʻzgardi. Qonuniy tartibini koʻramiz.

Davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. (Konstitutsiya 109-modda).

Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. (Konstitutsiya 95-modda).

Abituriyentlar, shu kabi yangiliklarni qonuniy tartibi asosida koʻrib chiqsangiz, eslab qolishingiz osonroq boʻladi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

23 Nov, 08:35


35 ta Qonun hujjatlaridan muhim atamalar:

Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki
boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs);

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun. 1-modda.

Normativ-huquqiy hujjat — qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

”Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonun. 3-modda.

Notariat — qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni
hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar
tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda
qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.

"Notariat toʻgʻrisida”gi qonun. 1-modda.

#Yodla_abituriyent

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

22 Nov, 13:48


🍎Huquqchilar uchun yana bir tanlov. Sovrin iPhone 16 Pro.

😈 Adliya vazirligining «Huquq maktabi» mobil ilovasini eshitgan boʻlsangiz kerak. Shu ilova Konstitutsiya kuni munosabati bilan 2 ta «iPhone 16 Pro» oʻynayotgan ekan.

Buning uchun ilovani yuklab olib kurslarda ishtirok etishingiz kifoya ekan.

Shuningdek, ilovaga doʻstlar taklif etib ham ishtirok etishingiz mumkin.

🆔 Ilovada siz uchun men ham referal link yaratdim. Ilovani yuklab olib tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.

✌️ Ilovani yuklab olish uchun linklar:

📱 Android uchun.
🍏 IOS uchun

📱Ilovani yuklab olasiz va ushbu Promo-kodni kiritasiz:
👉 IULPC 👈

Barchaga omad.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

22 Nov, 11:24


❗️ Yurisprudensiya abituriyentlari uchun muhim eslatma.

Huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan qoʻshimcha 35 ta qonun hujjalaridan allaqachon 2 tasi yangi tahrirda qabul qilindi: Vazirlar Mahkamasi va Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunlar. Ushbu qonunlarni yangi tahririni oʻqishingiz kerak.

Yangi tahrirdagi qonunlar uchun havola:

👉 Yangi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun.

👉 Yangi Ombudsman toʻgʻrisidagi qonun

↗️ Barcha abituriyentlarga ushbu postni yuborib qoʻying. 35 ta qonun hujjatlari yana yangilansa @huquqiyformat kanalida xabardor qilib, joylab boramiz.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

22 Nov, 10:24


⚡️ Yangi tahrirdagi "Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida” gi O`zbekiston Respublikasining qonuni.

📅 Qonunnimg yangi tahriri 15-noyabrda qabul qilinibdi. Eski tahrirdagi qonundan koʻp narsa oʻzgargan.

Ushbu qonun Huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan qoʻshimcha 35 ta qonun hujjalaridan biri.
Huquq darsliklarida ombudsman haqida maʼlumotlarni endi shu qonun asosida oʻqish kerak.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

21 Nov, 14:44


Yurisprudensiya abituriyentlari uchun mana yana bir tekin 👉 olimpiada.

Bilimingizni sinash uchun qatnashib koʻring.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

21 Nov, 03:19


Qaysi lavozimlarda ikki muddatlik «limit» mavjud ?!

Bilasiz Konstitutsiyamiz shunday lavozimlar borki, bu lavozimda bir kishi surunkasiga ikki muddatdan ortiq qolishi mumkin emas. Ammo bu kabi lavozimlar siz oʻylagandan koʻproq. Keling bugun shu lavozimlarni bir joyga jamlaymiz.

Demak, Konstitutsiyaga koʻra quyidagi lavozimlarga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas:

Bular:

1) Qonunchilik palatasi Spikeri (100-modda);
2) Senat Raisi (101-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti (106-modda);
4) viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi (120-modda);
5) hokim (121-modda);
6) Oliy sudning raisi va rais oʻrinbosari (134-modda);
7) Sudyalar oliy kengashining raisi va rais oʻrinbosari (135-modda);
8) Markaziy saylov komissiyaning raisi (129-modda);
9) Bosh prokuror lavozimlaridir (144-modda).
10) Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

© Tayyorladi: Bekzod Chorshanbiyev

↗️ Abituriyentlarga yuboramiz.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

20 Nov, 17:40


Haqiqatdan ham. Hozirgi holatda Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor JCH ga chiqishiga imkoniyat kattadek koʻrinmoqda.

Mayli vaqt koʻrsatadi. Bu mavzuni 2025-yil martgacha yopamiz.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

20 Nov, 13:37


A.Aripov Prezidenti farmoni bilan Bosh vazirlikka tayinlandi.

Maʼlumot: Prezident farmoni bilan tayinlanadi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

20 Nov, 11:45


Bosh vazir nomzodi "maʼqullanishi" va "tayinlanishi" ikki xil narsa.

Bu ikkisini bir narsa deb tushunish notoʻgʻri.

Bosh vazir Nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi (K-94).

Bosh vazirni Qonunchilik palatasi maʼqullagandan soʻng yana bir bosqich bor. Yaʼni tayinlash. Prezident maʼqullangan Bosh vazirni lavozimga tayinlashi ham kerak (K-109).

Demak, Bosh vazir nomzodi birinchi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanishi, soʻng esa Prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi kerak ekan. Bu ikkisini farqlay olish kerak.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

19 Nov, 11:01


Yurisprudensiya abituriyentlariga mazza.

Chunki oʻrganayotgan qonunlarini amalda koʻrib ham oʻrganib, takrorlab ketishlari mumkin.

Misol uchun, Vazirlar Mahkamasi bugun isteʼfoga chiqdi. Qaysi asosga koʻra ?!

Konstitutsiyasining 116-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan. Buni oʻqigansiz. Mana amalda ham koʻrib turibsiz. Bu yaxshi takrorlash.

Bundan tashqari, Oliy Majlis saylovi boʻlib oʻtdi, Qonunchilik palatasi va Senat qayta shakllantirildi. Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi tayinlandi. Vazirlar Mahkamasi ham yangidan shakllantirilmoqda. Bosh vazir va vazirlar yangidan tayinlanadi. Yangiliklarda bu jarayonlar toʻliq tartibi bilan yoritib borilmoqda.

Bu degani abituriyentlar shunchaki yangiliklarni oʻqib ham kitob oʻqigandek boʻlishlari mumkin.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

19 Nov, 03:10


⚡️BMBA Huquqshunoslik fanlaridan 2024-yilgi namuna savollarini e'lon qildi.

🇺🇿 Qoraqalpoq tilida.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

19 Nov, 03:10


⚡️BMBA Huquqshunoslik fanlaridan 2024-yilgi namuna savollarini e'lon qildi.

🇺🇿 Oʻzbek tilida.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

19 Nov, 03:10


⚡️BMBA Huquqshunoslik fanlaridan 2024-yilgi namuna savollarini e'lon qildi.

🇷🇺 Rus tilida.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

19 Nov, 02:31


Yurisprudensiya abituriyentlari uchun kerakli manbalar:

1️⃣ Huquqshunoslik fanidan oʻquv dasturlari

2️⃣ Huquqshunoslik fanidan oʻquv darsliklar

3️⃣ Huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan qoʻshimcha 35 ta qonun hujjatlari.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

18 Nov, 16:03


“Yurisprudensiya” yoʻnalishida Tarix asosiy fanga qoʻshildimi ?!

Mana shunaqa feyk, «хайпожор» kanallar ham jonga tegdi. Abituriyentlarga shuncha narsa yetmagandek, bularning postlari ortiqcha.

Yurisprudensiya“ yoʻnalishi asosiy fanlariga Tarix qoʻshilmagan. Faqatgina TDYU da "Davlat boshqaruvi" yoʻnalishida asosiy fan Tarix + Chet tili boʻlib qolgan. "Davlat boshqaruvi" Yurisprudensiya yoʻnalishi hisoblanmaydi.

Axborot ham yegulikka oʻxshaydi. Biror yegulik olayotganda saralab olgan kabi, maʼlumotni ham saralab olish kerak. Maʼlumotlarni doimo rasmiy va ishonchli manbalarni olishga harakat qiling. Soxta manbalarni esa tark eting. Shunda sizni chalgʻituvchi narsalar kam boʻladi.

Suratda berilgan kanal ham «Yuridik taʼlim» ning ham rasmiy kanali emas. Rasmiy kanal @Yuridik_talim da.

Shu xabarni bugun menga bir necha abituriyent yuborgani uchun alohida post qilishga qaror qildim. Bu kabi xabarlarga eʼtibor qaratmang, hurmatli abituriyentlar.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

18 Nov, 14:37


«Hamma oltin izlayotganda, sen belkurak sot»

Yaxshi gap ekan.


👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

16 Nov, 15:57


Jinoiy jazo turlari.

JK ning 43- moddasiga koʻra, asosiy jinoiy jazoning 9 ta turi bor
:


jarima;
muayyan huquqdan mahrum qilish;
majburiy jamoat ishlari;
axloq tuzatish ishlari,
xizmat bo‘yicha cheklash;
ozodlikni cheklash;
intizomiy qismga jo‘natish;
ozodlikdan mahrum qilish. 
umrbod ozodlikdan mahrum qilish

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

16 Nov, 10:03


Jinoyat Kodeksi 103-modda (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi "a" bandi.

Eng qiziqi shu shaxs oʻziga begona odamni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganida kamroq muddatga (3 yildan 7 yilgacha) ozodlikdan mahrum etilar edi. Ammo xotinini shu darajaga yetkazgani uchun koʻproqqa, 8,5 yilga kesildi.

Sabab qonunda, xotin eriga moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan qaram bo‘lgan shaxs sifatida koʻriladi.

Abituriyentlar uchun eslatma, JK 103-modda shaxsning hayotiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiradi (11-sinf Huquq darsligi).

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

11 Nov, 06:28


Huquqshunos talabalarni imtihondan yiqitgan Olma va Lola «keysi».

Kunlarning birida, nemis huquq professori yozma imtihonda butun kursni yiqitib yubordi.

U qoʻygan vazifa: "ikki qoʻshnining daʼvosini hal qilish" edi.

Birining bogʻidagi olma daraxtlarining shoxlari ikkinchisining lolazorlari ustida osilib turardi, olmalar tushib, moʻrt gul poyalarini sindirib tashladi.

Bu esa ikki qo'shni o'rtasida nizo keltirib chiqaradi. Va bu nizoni hal etish kerak.

Talabalarning bir qismi lola oshigʻi tarafga oʻtdi, ikkinchi qismi bogʻbonni himoya qildi. Hamma talabalar birgalikda nemis qonunchiligining nozik tomonlarini chuqur bilishlarini namoyish etishdi.

Oxir oqibat maʼlum boʻladiki, olma kuzda tushadi, lolalar esa bahorda gullaydi. Demak, professor tomonidan yaratilgan vaziyat hayotda hech qachon sodir boʻlmaydi.

Professor barcha noroziliklarga sovuqqonlik bilan qarshi chiqib: "moddalar va paragraflarni eslashdan oldin sogʻlom fikrlashni yoqish kerak" dedi.

Tafakkur qil, bu muhim.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

09 Nov, 14:06


Darslikda notoʻgʻri qoʻllanilgan termin: «Despotiv shakl» haqida.

9-sinf Konstitutsiyaviy huquq darsligi 5-mavzusida Hokimiyatning 2 xil shakli bor ekanligi tasvirlangan (suratda):
1) Despotiv shakl
2) Demokratik shakl

8-sinfda esa bizga «Hokimiyatning shakli» emas «Hokimiyatning siyosiy rejimi» bor ekanligi oʻrgatilgan. Shakl esa «Davlatning boshqaruv shakli» sifatida keltirilgan. Davlatning boshqaruv shakli esa: Monarxiya va Respublika.

Chalkashib ketdingiza ?! Menda ayb yoʻq, darslikda asli shu ahvol. Mayli qisqaroq tushuntiraman.

Demak yuqoridagi rasmdagi «Hokimiyat shakli» aslida «Davlatning siyosiy tartiboti (rejimi)» hisoblanadi.

8-sinf darsligiga koʻra esa Siyosiy tartibot 2 ga boʻlinadi:
1) Demokratik
2) Nodemokratik


Hech qanaqa «Despotiv shakl»ga oʻrin yoʻq. Aslida Despotiv (yakka hokimlik) shakl ham Nodemokratik tartibot maʼnosini bildiradi. Ammo bu soʻz oʻyini oʻquvchilarni chalgʻitishdan boshqasiga yaramaydi.

Shu sababli Suratdagi «Despotiv shakl»ni «Nodemokratik tartibot» deb oʻrganavering.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

08 Nov, 08:48


Konstitutsiyani yaxshilab, tushunib oʻrgangan abituriyentlar boʻlsa 20 mln soʻm yutib olishi mumkin.

Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Sovrinli tanlov oʻtkazilmoqda.

Koʻp gapirib oʻtirmayman, barcha qoidalar botda bor. Tanlovda ishtirok etish uchun botdan roʻyxatdan oʻtasiz:

👉 BOT

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

08 Nov, 05:49


2 yildan beri Huquqshunoslik fanlaridan BMBA testida tushayotgan maʼlumot:

Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

Asos: MJTK 128-modda.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Nov, 15:59


Ba’zida o‘ylab qolaman.

Insoniyat bor ekan har bir jamiyatda odamlar ikkita avlodga bo‘linadi. Katta avlod va yosh avlod. Va bu avlodlar qadriyatlarda, qarashlarda turlicha dunyoqarashda bo‘lishadi va bu tabiiy hol.
Misol uchun hozirda yosh avlod yaxshi ko‘rgan IT, SMM katta avlod uchun shunchaki kompyuter qarshisida vaqtni bekor o‘tkazish deb baholansa hayron qolmaymiz.

Har bir avlod shakllanishida, ya’ni o‘sha katta avlod yosh avlod bo‘lgan vaqtlarda ularning o‘z dunyoqarashi, ishonchi, yashash tamoyillari bo‘lgan. Ular o‘z hayotini o‘zlari ishongan qoidalar asosida qurishgan. Eng yomoni esa oradan 30 balki 40 yil o‘tib ular o‘zlari ishongan va shu orqali hayotlarini qurgan qoidalar barcha tomonidan rad etilishi. Ular ishongan narsa aslida yolg‘onlar ekanligi. Bu juda og‘riqli tuyg‘u. Masalan hozir bizga 80-yillarda Stalinni maqtab sherlar, Leninni olqishlab qo‘shiqlar aytayotgan odamlarni ko‘rsak ensamiz qotishi aniq. Va buni o‘sha vaqtda shu ishlarni qilgan odamlar ham eslashni istamasligi aniq.

Meni eng qo‘rqitadigani esa hozirgi biz yosh avlod ham qachondir katta avlodga aylanamiz. Bizning fikrlarimiz ham kimlar uchundir eskicha bo‘lib qolishi aniq. Bu hayot qonuni. Va eng qo‘rqitadigani esa bizga ham vaqtlar o‘tib yosh avlod aldangan odamlarga qaragandek qarashlaridan qo‘rqaman. Albatta nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri barchasini vaqt ko‘rsatadi. Biz noto‘g‘ri deb o‘ylagan narsalar to‘g‘ri, to‘g‘ri deb o‘ylagan narsalar esa noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin.

Xo‘sh barchasini vaqt ko‘rsatsa demak biz aldanishdan himoyalanmaganmizmi ?! Yo‘q aslida Xudo bizga berg‘an bir ne’mat bor. Bu bizni har zamonda oltinga aylantirishi mumkin. Bu shunchaki Vijdon. Biz har zamonda o‘zi vijdonimizga ko‘ra ish tutsak, har qaysi avlod bizni qoralay olmaydi. To‘g‘ri bu ish har zamonda juda qiyin bo‘lgan. Qo‘rquvli bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tib bu ishingiz to‘g‘ri bo‘lganini tan olishadi. Xuddi o‘z vaqtida «xoin» sifatida otilgan va keyingi avlod ulugʻlagan Jadidlar kabi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

06 Nov, 12:31


Manipulyatsiya nima ?!

Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolgʻonchilarning hiylasidir. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat oʻrnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan taʼsirdir.

Manipulyatsiya oddiy taʼsir oʻtkazish va ishontirishdan farq qiladi. Taʼsir oʻtkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u taʼsir oʻtkazilayotgan shaxsni taʼsirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi. Ishontirish — bu boshqalarni odatda maʼlum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yoʻnaltira olishlik qobiliyatidir. Taʼsir oʻtkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

05 Nov, 11:04


Murojaatning shakli va turini adashtirmang.

Huquqshunoslik darsliklarida va tavsiya etilgan 35 ta Qonun hujjatlarining orasida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonun mavjud.

Bu manbalarda «Murojaatning shakli» va «Murojaatning turi» degan alohida tushunchalar bor. Koʻp abituriyentlar bu ikkisini bir-biri bilan adashtiradi.

1️⃣ Murojaatning shakli — shaxs murojaatni qanday koʻrinishda (shaklda) yuborganini anglatadi.

Murojaatlarning 3 xil shakli bor:
1) og‘zaki murojaat
2) yozma murojaat
3) elektron murojaat.


2️⃣ Murojaatning turi esa — asosan murojaatning mazmuni va maqsadini anglatadi.

Murojaatning 3 xil turi bor:

1) ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

2) taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

3) shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida» gi Qonunning 5-moddasiga koʻra Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

04 Nov, 15:30


Bir amerikalik kishi advokatning oldiga maslahat so‘rab keldi:

– Qo‘shnim besh yuz dollar qarz olgandi, endi bermayapti. Undan pulimni undirish uchun sudga bersam bo‘ladimi?
– Albatta. Lekin buning uchun u sizdan qarz olganligi to‘g‘risida yozma dalil kerak. Sizda shunday dalil bormi?
– Afsuski, yo‘q. U mendan shunchaki pul olgandi.
– U holda qo‘shningizga xat yozib, zudlik bilan ming dollarlik qarzini to‘lashini talab qiling.
– Lekin u mendan faqat besh yuz dollar qarz olgan!

– Yashang, u xuddi shunday deb javob qaytaradi. Sizda esa endi yozma dalil-isbot bo‘ladi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

04 Nov, 11:14


35 ta Qonun hujjatlaridan muhim atamalar:

1. Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun 4-modda.

2. Siyosiy partiya — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va
maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda
jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.

”Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi qonun 1-modda.

3. Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmasi.

"Advokatura to’g’risida”gi qonun 1-modda

#Yodla_abituriyent

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Nov, 14:46


Dam olish qanday oʻtmoqda ?!

Bugun dam olishdan foydalanib, Kuz manzaralarini tomosha qilish uchun shahar tashqarisiga chiqqan edim. Chunki tez orada bu yerlarda qorli mavsum boshlanadi.

Yaxshi rasmlar chiqdi. Baʼzilarini ulashgim keldi.

Qiziq boʻlsa qolgan rasmlar 👉 bu yerda.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

03 Nov, 11:59


Xabeas korpus nima ?!

Xabeas korpus — bu ingliz jinoyat-protsessual huquqi instituti bo‘lib, shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq sanaladi, u anglo-sakson huquqiy oilasining boshqa mamlakatlari huquqiy tizimlariga ham kiritilgan.

“Xabeas korpus”ni oddiy tushuntiradigan bo‘lsak, unga ko‘ra, qamoqqa olingan shaxs yoki uning nomidan boshqa bir fuqaro nima sababdan hibsga olinayotgani yoki qamoqqa olish to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha sudga murojaat qilishi va hibsga olish yoki ushlab turishning qonuniyligini tekshirish uchun maxsus sud qarorini talab qilishi mumkin. Ya’ni gumonlanuvchi ma’lum sabab bilan hibsga olinganidan so‘ng uni ushlab turishlari qonuniyligini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Sudning qarori bo‘lmagan taqdirda shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmaydi.

Ushbu huquqiy institut Oʻzbekiston qonunchiligida ham tatbiq etilgan. Konstitutsiyamizning 27-moddasida Xabeas korpus tamoyili mustahkamlab qoʻyilgan: «Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas».

Shuning Xabeas korpus jinoyat qonunchiligida qoʻllanilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksida ham belgilab qoʻyilgan.

JPK ning 226-moddasi «Ushlab turish muddati» ga koʻra: «Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi».

© Bekzod Chorshanbiyev

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

02 Nov, 11:37


Jinoyatning eng qisqa taʼrifi.

Jinoyat — bu aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik).

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

02 Nov, 11:02


Yurisprudensiya abituriyentlari yoʻl qoʻyadigan xatolar.

Oʻquvchilarimga dars berar ekanman, ularning odatlariga, xatolariga ham eʼtibor qaratishga harakat qilaman. Abituriyentlar tayyorgarlik jarayonida ba'zi umumiy xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Quyida men eng koʻp kuzatgan xatolar va ulardan qochish yo‘llari keltirilgan:

1. Rejasiz o‘qish.

Huquqshunoslik fanlarini aniq rejasiz o‘qish ko‘p vaqt va kuchni sarflashga olib keladi. Reja yo‘qligi sababli, ba’zi mavzularni o‘tkazib yuborish yoki kerakli vaqtni ajratmaslik xavfi yuqori. Reja tuzing va unga amal qilishga harakat qiling. Agarda Huquq ustozingiz tuzgan oʻquv reja asosida oʻrganayotgan boʻlsangiz, bu rejaga amal qiling.

2. Faqat bir xil uslubda o‘qish.

Faqatgina kitob o‘qish yoki dars eslatmalari orqali tayyorlanish miyaning charchashiga olib keladi. O‘qish jarayonini rang-barang qilish uchun videolar ko‘rish, audio eslatmalar tinglash yoki testlar yechishni qo‘shib boring. Youtube da Huquqshunoslik fanlaridan videodarslar izlab koʻring.


3. Tajriba testlarni yechmaslik

Ba'zi abituriyentlar nazariy bilimlarga ko‘proq e’tibor berib, test topshirishni e’tiborsiz qoldirishadi. Test yechish orqali vaqtni boshqarish va imtihon texnikasini yaxshilash mumkin. Shu sababli muntazam kunlik testlar va BMBA namunasidagi testlarni yechishga vaqt ajrating.


4. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma'lumot o‘rganishga urinish.

Bir kunda ko‘p ma'lumotni o‘rganishga intilish yaxshi natija bermaydi. Miya uchun qisqa, lekin muntazam o‘qish samaraliroqdir. Ma'lumotlarni bosqichma-bosqich va chuqur o‘rganishga harakat qiling.


5. Dam olishga e'tibor bermaslik.

Ba'zilar imtihon oldidan dam olishni unutib, kun-u tun tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilishadi. Bu esa charchash va konsentratsiya pasayishiga olib keladi. Dam olish vaqtini ham rejalashtiring va yaxshi uyqu bilan ruhiy holatingizni barqaror saqlang.

7. O‘z kuchiga ishonmaslik.

Ba'zi abituriyentlar o‘zlariga nisbatan ishonchsizlik hissi bilan tayyorlanishadi, bu esa motivatsiyani pasaytiradi. Ayniqsa bu Yurisprudensiya abituriyentlarida koʻp kuzatiladi. O‘zingizga ishonch bildiring va muvaffaqiyatga erishishingizga ishonib tayyorlaning.

Bu xatolardan qochib, o‘qish va tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilish orqali oʻzingiz orzu qilgan universitetga muvaffaqiyatli kirishingiz mumkin.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

01 Nov, 15:58


Ular ko'cha changitib, sigaretni qanday chekishga vaqt sarflab yurganida sen tishingni tishingga qo'yib kitoblarni yodlaysan, repetitorda chiriysan.

Ular tayinli ish yoki hunarni etagidan tutmay, ko'chama-ko'cha sang'ib, bormagan klubi, qilmagan kayfi qolmagan paytda sen qiynalib o'qishda sessiyalarni yopasan.

Ular qizlar yoki kalyan bilan rasmga tushib storieslarda maqtanayotganida, sen boshlig'ing yoki ustozingdan qilgan xatoying uchun tanbeh eshitib yurasan.

Indamaysan, jimsan, to'g'ri yo'lda maqsadlaring tomon ketaverasan. Lekin vaqti kelib yangi, o'zing olgan mashinangda, bitta mansab egasi bo'lib kelsang:

— Davralarda: «Ha, endi siz kattakonsizku, kuchayib ketgansizku, kibrsizku» degan gaplarni eshitasan va ichingda
I won in this life deb qo'yasan:)

© «Legal mind»

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

01 Nov, 11:07


Eng yomoni biror keys uchun va nihoyat to'g'ri «статья» topding deganda, o'sha moddaning oxirgi so'zi: «Qonunchilikda boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa» deb yakunlanishi.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

01 Nov, 10:07


@huquqiyformat kanalida Oktyabr oyida eʼlon qilingan foydali postlar.

Yurisprudensiya talabalari uchun:

➡️ Evtanaziya nima ?!
➡️ Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan yurist.
➡️ Konspiralogiya nima ?!
➡️ Ijtimoiy tarmoqlardagi huquqlarimiz.
➡️ Mashhur Siyosiy gʻoyalar.
➡️ Propaganda nima ?!
➡️ Eng ko‘p yuristga ega davlat qaysi ?!
➡️ Yuristlar qanday kiyinishi kerak ?!
➡️ Davlat ishi yoki xususiy sektor ?!
➡️ Byurokratiya nima ?!

Yurisprudensiya abituriyentlari uchun:

➡️ Huquqiy oilalar.
➡️ Oʻquv dastur (huquq)
➡️ Tavsiya etilgan 35 ta qonun hujjalari.
➡️ Maktablarda Huquq fani (1)
➡️ Oʻquv darsliklar (huquq).
➡️ Maktablarda Huquq fani (2)
➡️ 35 ta Qonun hujjatlarini toʻliq yodlash kerakmi ?!
➡️ Abituriyent Qonunlarni qanday oʻqishi kerak ?!
➡️ Qonunlarni soʻzma-so'z yodlash kerakmi ?!
➡️ Darsliklar asosiy manba boʻlib qolaveradi.
➡️ Abituriyentlar bilan Ovozli chat.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

31 Oct, 11:31


Kim uchundir bu — oddiy rasm, kim uchundir maqsad va yana kimlar uchundir xotira.

Siz uchun qay biri ?!

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

31 Oct, 09:13


Kecha koʻpchilik soʻragan Yurisprudensiya abituriyentlari uchun kerakli manbalar:

1️⃣ Huquqshunoslik fanidan oʻquv dasturlari

2️⃣ Huquqshunoslik fanidan oʻquv darsliklar

3️⃣ Huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan qoʻshimcha 35 ta qonun hujjatlari.

Bu yilgi Yurisprudensiya abituriyentlari uchun shu 3 ta manbalardan ortiq narsa yoʻq. Abituriyentlarni ortiqcha maʼlumotlar bilan chalgʻitish kerak emas. Yaʼni abituriyent shu yerda keltirilgan manbalarni oʻzlashtirsa yetarli.

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

31 Oct, 05:08


🎙 Kecha kanalimizda boʻlib oʻtgan ovozli chatning toʻliq shakli.

Ovozli chatni oʻzim ham qayta eshitib chiqdim. Juda yaxshi savollar boʻlibdi. Baʼzi joylarda esa uzilishlar boʻlgan.

Vaqtingizni tejash maqsadida eng yaxshi 9 ta savol va javob minutlarini pastda keltirib oʻtaman.

1️⃣ Huquqshunoslik fanidan Milliy sertifikat qachon chiqadi ? 👉 4:30

2️⃣ Darsliklar va 35 ta Qonun hujjatlarini birga oʻqish kerakmi ? 👉 10:40

3️⃣ Oʻquv dasturi nima va uning ichiga nimalar kiradi ? 👉 12:10

4️⃣ Qonunlarni qanday oʻqish kerak ? 👉 15:00

5️⃣ 35 ta qonun hujjatlarining hammasini yodlash kerakmi ? 👉 31:40

6️⃣ Huquqshunos fanlaridan 7-8 oyda 30/30 yechish mumkinmi ? 👉 35:10

7️⃣ Konstitutsiyani qanday oʻqish kerak ?! 👉 38:50

8️⃣ Kodekslarni toʻliq yodlash kerakmi ?! 👉 1:05:20

9️⃣ Huquq fanini abituriyent mustaqil oʻrgansa boʻladimi ? 👉 1:09:40

♻️ Ushbu audio qolganlar uchun ham manfaatli boʻlishi uchun, doʻstlaringizga ham ulashishni unutmang.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Oct, 16:37


🎙 Ovozli chatimizni yakunladik.

👥 Ishtirok etgan barchaga rahmat.

💬 Suhbat boʻyicha oʻz fikrlaringizni shu post izohlar qismiga qoldirishingiz mumkin.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Oct, 16:34


Live stream finished (1 hour)

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Oct, 15:04


Ovozli chatimiz boshlandi.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Oct, 15:01


Live stream started

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Oct, 12:48


🎙Kecha vaʼda qilgan Ovozli chatimiz soat 20:00 da boshlanadi.

📧 Savollaringizni izohda qoldirishingiz yoki chat davomida bevosita savol berishingiz mumkin.

👥 Jonli muloqotga doʻstlaringizni ham taklif etishni unutmang.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

30 Oct, 09:18


Darsliklar asosiy manba boʻlib qolaveradi.

Bu borada bir nechta fikrini hurmat qiluvchi ustozlar aytib oʻtibdi. Shu sababli men ham bu fikrlarni toʻldirmoqchiman.

Yurisprudensiya abituriyentlari uchun Huquqshunoslik fanlaridan oʻquv dasturi asosida testlar shakllantirishi aytildi. Oʻquv dastur bu umumiy nom. U oʻz ichiga bir necha elementlarni oladi. Bu elementlar Huquqshunoslik fanlaridan darsliklar va qoʻshimcha 35 ta qonun hujjatlari.

Endi qarang. Oʻquv dasturini 100 % deb oladigan boʻlsak bu oʻquv dasturining taxminan 70 % ini darsliklar (+Konstitutsiya) tashkil etsa, qolgan 30 % ini esa qoʻshimcha qonun hujjatlari tashkil etadi.

Aslida bu 35 ta qonun hujjatlari ham darsliklar asosida tavsiya etildi. Bu qonun hujjatlariga darsliklardagi mavzularda murojaat etilgan.

Yaʼni 35 ta qonun hujjati mustaqil va alohida manba emas, balki darsliklardagi mavzularni kengroq ochib berish uchun tavsiya etilgan qonun hujjatlari hisoblanadi. Shu sababli esingizda boʻlsa, darslik va qonunlarni bir-biriga bogʻlab oʻqishni aytgan edim. (post: 4-tavsiya)

Postlarimda asosan 35 ta qonun hujjatlariga eʼtibor qaratayotganimning asosiy sababi, oxirgi imtihonlardagi muommolar hisoblanadi. Men kelasi yilgi qabulda ham, Yurisprudensiya abituriyentlari «faqat darslik oʻqib qo'shimcha qonunlarni oʻqimagan ekanmiz, oʻqimagan maʼlumotlarimizdan savol tushdi» deb afsuslanmasliklari uchun harakatdaman. Bundan tashqari bu qoʻshimcha manbalar abituriyentlar uchun yangi boʻlgani va uni qanday qabul qilish boʻyicha abituriyentlarda savollar koʻpligi ham bu hujjatlarga alohida yondashishni talab etadi.

Xulosa qiladigan boʻlsak, 35 ta qonun hujjatlari qoʻshimcha manba sifatida muhim. Ammo oʻquv darsliklari asosiy manba hisoblanadi.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

29 Oct, 15:21


🎙 Demak doʻstlar, ertaga kanalda abituriyent uchun ovozli chat tashkil etamiz.

🎚️ Baʼzi loyihalarga Start berishdan oldin, abituriyentlarni qiziqtirayotgan masalalarni, ularni oʻylantirayot savollarni bilmoqchiman.

Ovozli chat Savol-javob tarzida boʻlib oʻtadi. Huquqshunos fanlariga, Yurisprudensiyaga, OTM lar qabuliga yoki BMBA imtihonlariga oid oʻzingizni qiziqtirayotgan savollarni shu post izohida yozib ketishingiz mumkin. Ertaga bu savollarga javob berib oʻtaman.

😀 Barchadan savollar kutaman.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

18 Oct, 07:57


2025-yilgi BMBA qabul imtihonlarida Huquqshunoslik fanidan ushbu oʻquv dasturlari asosida testlar tuziladi:

👉 8-sinf oʻquv dasturi

👉 9-sinf oʻquv dasturi

👉 10-sinf oʻquv dasturi

👉 11-sinf oʻquv dasturi

Bugundan @huquqiyformat kanalida shu oʻquv dasturlari boʻyicha tushuntirishlar va maʼlumotlar berib boramiz.

Shuningdek bepul onlayn darslar ham oʻtkazamiz.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

17 Oct, 07:39


Davlat ishi yoki xususiy sektor ?!

Bu savol yuridik sohada taʼlim olayotgan talabalarni bir marta boʻlsa ham oʻylantirgan savol. Keling bugun yuristlar uchun, davlat ishi va xususiy sektorni oʻzaro taqqoslab koʻramiz.

Davlat yoki xususiy sohada yuridik faoliyat yuritishning afzallik va kamchiliklari bir-biridan farq qiladi. Har ikki yo‘nalishning o‘ziga xos jihatlari bor, shuning uchun qaysi biri ma’qul ekanini tanlash shaxsiy maqsad va qadriyatlarga bog‘liq.

1. Davlat idorasida ishlash

Afzalliklar:

Barqarorlik: Davlat ishlarida maosh va lavozim barqaror bo‘lib, ijtimoiy himoya tizimlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan (pensiya, tibbiy sug‘urta va boshqalar).

Tajriba: Davlat idorasida ishlash qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha chuqur bilim va tajriba orttirishga imkon beradi.

Karyera o‘sishi: Sud yoki prokuratura tizimlarida lavozim o‘sishi aniq tartibga ega bo‘ladi.

Maqsad va missiya: Adolatni qaror toptirish yoki huquqiy tartibni ta’minlash orqali jamiyatga foyda keltirish motivatsiyasi mavjud.

Kamchiliklar:

Cheklangan maosh: Xususiy soha bilan solishtirganda, davlat idorasidagi ish haqi past bo‘lishi mumkin.

Me’yoriy cheklovlar: Ba’zida ortiqcha byurokratik jarayonlar va rasmiyatchilik sabab ish unumdorligi pasayishi mumkin.

2. Xususiy sektorda ishlash

Afzalliklar:

Yuqori daromad: Xususiy advokatlik firmalari va yirik kompaniyalarda ishlovchi yuristlar ko‘proq maosh oladi. Mijozlardan oladigan gonorar miqdori yuqori bo‘lishi mumkin.

Moslashuvchanlik: Xususiy sektorda mustaqil faoliyat yuritish imkoniyati mavjud. Masalan, advokatlar o‘z amaliyotlarini boshlashlari yoki frilanser sifatida ishlashlari mumkin.

Turli yo‘nalishlar: Tijorat, mehnat, oila, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, shartnomaviy huquq kabi ko‘plab ixtisosliklarda ishlash imkoniyati bor.

Kamchiliklar:

Barqarorlikning yetishmasligi: Xususiy sektor, ayniqsa advokatlik, mijozlar oqimiga bog‘liq bo‘ladi va daromad kafolatlanmagan.

Stress: Mijozlar bilan ishlashda yuqori talablar va ish bosimi ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy kafolatlar kamroq: Davlat idoralariga nisbatan xususiy sektor ijtimoiy himoya jihatidan kamroq imkoniyatlar taqdim etadi.

Xulosa: agar barqarorlik, ijtimoiy himoya va jamiyatga xizmat qilish muhim bo‘lsa, davlat idorasida ishlash afzal bo‘ladi. Biroq, agar moliyaviy daromad, mustaqillik va ko‘proq ijodiy erkinlik kerak bo‘lsa, xususiy sektor yaxshiroq variant bo‘lishi mumkin. Shaxsiy maqsadlar va qiziqishlarga qarab har ikki yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishish mumkin.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

17 Oct, 02:22


🛫 Minsk

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

16 Oct, 14:53


📍Shuncha masofaga piyoda borsam necha kunda yetib borsa boʻladi ?! 😉.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

16 Oct, 11:43


«Главный» uchun.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

16 Oct, 06:19


Yuristlar qanday kiyinishi kerak ?!

Universitetda bir ustozimiz aytgan gap esimdan chiqmaydi: «Yuristning tashqi koʻrinishi — uning vizitkasidir». Bu gap yuridik soha vakillari uchun tashqi koʻrinish qanchalik muhim ekanligini koʻrsatib beradi. Shu sababli bugun ushshu mavzuda yozishga qaror qildim.

Yuristlarning kiyinish uslubi professional ko‘rinishga ega bo‘lishi va ularning kasbiy mavqeini aks ettirishi kerak. Quyida yuristlar uchun odob-axloq qoidalariga mos kiyinish bo‘yicha asosiy tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz:

1. Klassik kostyum va ko‘ylaklar:

qora, kulrang, ko‘k yoki to‘q rangli kostyum va oq yoki ochiq rangdagi ko‘ylak tavsiya etiladi.

2. Oyoq kiyimlari

to‘q rangli, charmdan tikilgan klassik poyabzal.

3. Aksessuarlar

Minimalizmga e’tibor berish zarur. Erkaklar oddiy soat taqish mumkin, ko‘zga tashlanadigan zanjir yoki tilla buyumlar tavsiya etilmaydi.

4. Soch va parfyumeriya

Soch har doim toza va tartibli bo‘lishi kerak. Soqolga ham e'tibor berish lozim.

Kuchli va o‘tkir hidli atirlarni ishlatishdan saqlanish kerak. Neytral parfyumeriya afzal.


5. Yozgi va qishki kiyinish qoidalari

Yozda: ochiq rangli, lekin professional ko‘rinishga ega kiyimlar tanlash mumkin. Qisqa yengli ko‘ylaklar rasmiy qabul qilinadigan joylarda o‘rinli bo‘lishi mumkin.

Qishda: palto va charm qo‘lqoplar bilan obrazni to‘ldirish maqsadga muvofiq.


6. Kiyimga g‘amxo‘rlik qilish

Kiyim har doim toza va dazmollangan bo‘lishi kerak. Xalq oldida obro‘li yuristning ko‘rinishi uning kasbiy qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.

Yuristlarning kiyinish uslubi ularning mijozlar va hamkasblar bilan munosabatida muhim rol o‘ynaydi. Kiyim nafaqat tartibli ko‘rinishga, balki ishonch uyg‘otishga ham xizmat qiladi.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

15 Oct, 07:46


«Random bot» bizga @huquqiyformat kanalining 10 ta omadli obunachilarini aniqlab berdi.

Ushbu obunachilarimizga «Yurisprudensiya» abituriyentlari uchun oʻtkazilayotgan maxsus Marafonga 10 ta yoʻllanma xarid qilib, sovgʻa qilamiz.

Ushbu obunachilarimizdan
@Chorshanbiyev_BEKZOD manziliga yozishlarini soʻrab qolamiz.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

15 Oct, 07:40


Результаты конкурса:

Победители:
1. 𝐗𝐋
2. Axror
3. Dilshod Gulmurodov
4. .......
5. Asinum❤️‍🔥
6. ZULFIYA ABDUJABBOROVA ⚖️
7. уміда калмуратова
8. Akmaljon
9. Umid
10. 𝒁𝒖𝒉𝒓𝒂

Проверить результаты

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

15 Oct, 07:19


⚖️ TSUL

👉
@huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

15 Oct, 02:33


Marafonga 10 bepul yoʻllanma yutish uchun quyidagi «ishtirok etaman» tugmasini bosib qoʻyishingiz kerak.

👉 ishtirok etaman

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

14 Oct, 14:26


Bugun romano-german, anglo-sakson va diniy huquqiy oilalar haqida yozgan edim.

Sunʼiy intellektdan shu 3 ta huquqiy oila advokatlarini birga tasvirlab berishini soʻragan edim.

Advokatlarning qoʻlidagi buyumi ularning huquqiy oilalarini farqlab bermoqda:

1) Romano-german advokati qoʻlida kodeks
2) Anglo-sakson advokati qoʻlida tarozi (har bir holat alohida baholanishi bildiradi).
3) Diniy huquq advokati qoʻlida esa muqaddas kitob.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

14 Oct, 07:46


Demak doʻstlar. 10 ta omadli abituriyentga Random orqali Marafonga bepul yoʻllanma beramiz.

Buning uchun siz @huquqiyformat kanaliga aʼzo boʻlishingiz va yuqoridagi «Участвую!» tugmasini bosishingiz kifoya. Ertaga esa Random bot 10 ta omadli obunachimizni eʼlon qiladi.

Marafon — onlayn dars shaklida professional ustozlar tomonidan olib boriladi. Va siz bu marafonda bepul ishtirok etishingiz mumkin.

Barchaga omad.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

14 Oct, 07:40


Yurisprudensiya abituriyentlari diqqatiga !!!

Yurisprudensiya abituriyentlari uchun oʻtkazilayotgan marafonga 10 ta bepul chipta yutib olish imkoni bor.

Buning uchun shunchaki @huquqiyformat kanaliga aʼzo boʻlishingiz yetarli. Kanal obunachilari orasidan 10 omadli abituriyentga Random orqali chiptalar topshiriladi.

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

14 Oct, 07:28


Eldor aka bir savobli marafonga qoʻl uribdilar. Men ham shu marafonga oz boʻlsa-da hissa qoʻshmoqchiman. Va bu hissamizni siz obunachilarimiz bilan birga qoʻshamiz.

Kanalim obunachilariga shu marafonga bepul yoʻllanma sovgʻa qilmoqchiman. Birozdan soʻng batafsil.

👉 @huquqiyformat

Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

14 Oct, 04:52


Huquqiy oilalar.

Huquq tizimlari dunyoda bir nechta huquq oilalariga bo‘linadi. Ularning har biri o‘ziga xos tarixiy, madaniy va huquqiy asoslarga ega. Asosan quyidagi to‘rtta yirik huquq oilasi mavjud:

1. Romano-german (kontinental) huquqiy oilasi

Xarakteri: Qonun va kodekslar asosida ishlaydi, sud qarorlari kam ahamiyatga ega.

Manba: Asosiy manba – qonunlar va kodekslar. Sudyalarning vazifasi qonunni tatbiq etishdan iborat.

Misol davlatlar: Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, O‘zbekiston.

Afzalligi: Qonunlarning aniq yozilishi huquqiy jarayonni soddalashtiradi.

Kamchiligi: Qonunlar barcha vaziyatlarni qamrab olmasligi mumkin.

2. Anglo-sakson (umumiy huquq) huquqiy oilasi

Xarakteri: Asosiy manba – sud qarorlari (precedent). Qonunlar umumiy qoidalarni belgilasa-da, sud qarorlari aniq masalalarni hal qiladi.

Manba: Pretsedentlar, ya’ni avvalgi sud qarorlari.

Misol davlatlar: AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya.

Afzalligi: Huquqiy moslashuvchanlik va dinamik rivojlanish.

Kamchiligi: Murakkab sud tizimi va yuqori xarajatlar.

3. Diniy huquqiy oilalar

Xarakteri: Huquqiy normalar diniy qoidalardan kelib chiqadi. Diniy huquq turli jamiyatlarda jamoat va shaxsiy hayot masalalarini tartibga soladi.

Manba: Muqaddas kitoblar va diniy anʼanalar.

Turlari:

Islom huquqi (Shariat) – Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston kabi davlatlarda qo‘llaniladi.

Yahudiy huquqi (Halakha) – Isroilda shaxsiy huquqiy masalalarda qo‘llaniladi.

Afzalligi: Aholi eʼtiqodiga mos tartibni taʼminlaydi.

Kamchiligi: Barcha zamonaviy masalalarni qamrab olishda cheklovlar bo‘lishi mumkin.

4. Aralash huquqiy tizimlar

Xarakteri: Turli huquqiy oilalar elementlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, qonunlar kodeks shaklida bo‘lsa-da, sud qarorlari ham muhim rol o‘ynaydi.

Misol davlatlar:

Janubiy Afrika – Romano-german va Anglo-sakson huquqi aralashgan.

Indoneziya – Islom huquqi va milliy qonunchilik elementlari mavjud.

Shotlandiya – Anglo-sakson va kontinental huquq tizimlari qo‘llaniladi.


Afzalligi: Moslashuvchanlikni taʼminlaydi.

Kamchiligi: Huquqiy tartibning murakkablashishiga olib kelishi mumkin.

Shunday qilib, huquqiy tizimlar dunyo bo‘ylab romano-german, anglo-sakson, diniy va aralash huquqiy oilalarga bo‘linadi. Har bir huquqiy tizim o‘zining madaniy va tarixiy sharoitlariga moslashgan va ularning amaliyoti davlatlarning huquqiy tuzilishi va jamiyat hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

👉 @huquqiyformat