Farg'ona viloyat kutubxonasi @fargona_akm Channel on Telegram

Farg'ona viloyat kutubxonasi

@fargona_akm


📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚
📘Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
📰Yangiliklar
🎁Aksiya va tanlovlar

Murojaat: @Ferghana_library_bot

Farg'ona viloyat kutubxonasi (Uzbek)

Farg'ona viloyat kutubxonasi Telegram kanali - bu Farg'ona viloyatining rasmiy axborot-kutubxona markazining ilmiy va ma'rifiy kanalidir. Kanalda yangi kitoblar, badiiy asarlar, yangiliklar, aksiya va tanlovlar haqida ma'lumotlar mavjud. nnFarg'ona viloyat kutubxonasi kanalida o'zingizga qiziqroq bo'lgan mavzular bilan tanishib, yangi dunyoqarashlar yaratishingiz mumkin. Bu kanal orqali o'zingizga yaxshi muhitda sayohat qilish va yangi dunyoqarashlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi. nnAgar sizning savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, murojaat uchun @Ferghana_library_bot ga murojaat qiling. Sizga yordam bera olishadi!

Farg'ona viloyat kutubxonasi

04 Dec, 08:32


#OAV_biz_haqimizda
#Marifat_karvoni
#Fargʻona

Ахborot 24 | «Ma'rifat karvoni» ilmiy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari

Farg'ona viloyat kutubxonasi

29 Nov, 09:24


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahar 10-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun taniqli nemis yozuvchisi, shoir Iogann Shiller tavalludining 265 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasining sharhi o‘tkazildi.

O‘quvchilar kitob ko‘rgazmasidan adib hayoti haqida ma’lumot oldi hamda asarlari bilan yaqindan tanishdilar.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

29 Nov, 05:55


Эълон!!!

30 ноябрь куни - Фарғона вилоятининг барча таълим муассасаларида "Ота-оналар куни" тадбири ўтказилади.

Ҳар бир синф ота-оналари билан қуйидаги масалаларни муҳокама этилиши талаб этилади:

1. Ўқувчининг тарбияси;
2. Ўқувчининг таълим сифати;
3. Ўқувчининг мактаб формаси;
4. Ота-онанинг фарзанди бўйича келгусидаги мақсадлари!

Ҳурматли ота-оналар!

Фарзандингизга тақдирига бефарқ бўлманг!

Farg'ona viloyat kutubxonasi

27 Nov, 12:00


#kutubxona_OAV_nigohida

Farg'ona viloyat kutubxonasi

26 Nov, 05:41


#jarayon

Ayni damda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari uchun yig‘ma elektron katalog (catalog.unicat.uz) bazasida bibliografik yozuvlarni yaratish, tasdiqlangan norma hamda standartlar asosida ish yuritishga oid medotik yordam ko‘rsatilmoqda.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

25 Nov, 09:12


Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazining kitob fondi “I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi to‘plami” nomli kitob bilan boyitildi.

Ushbu kitob Bahromovlar oilasi tomonidan sovg‘a qilindi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

21 Nov, 13:21


#OAV_biz_haqimizda

“Новая Фергана” gazetasining 2024-yil 21-noyabr kungi 40 (92)-sonida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maftunaxon Shakirovaning “Интерес к чтению: как его пробудит?” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube Facebook l Twitter l Website

Farg'ona viloyat kutubxonasi

21 Nov, 05:49


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kutubxona xodimlari uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

19 Nov, 15:08


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘rtasida ko‘chma kutubxona shartnomasi tuzildi.

Shuningdek, ko‘chma kutubxona adabiyotlari axborot-kutubxona markazi fondida mavjud sara badiiy, tarixiy kitoblar bilan boyitildi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

18 Nov, 14:00


#Yurtim_bayrogʻi
#Muqaddassan_bayroq

Farg'ona viloyat kutubxonasi

18 Nov, 10:47


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining "Kutubxona-axborot faoliyati" sirtqi ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkillandi.
 
Tadbirda talabalar tomonidan davlatimiz bayrog‘i haqida qiziqarli ma’lumotlar, videoroliklar, viktorina savollari, qiziqarli o‘yinlar namoyish etildi.
 
Shuningdek talabalar tomonidan ijro etilgan go‘zal raqslar va bayrog‘imizni madh etuvchi she’rlar tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

13 Nov, 08:42


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ma’daniyat xodimi, yozuvchi Hamid Burhon (Hamidjon Burhonov) qalamiga mansub “Ajal domidagi hayot” kitobi haqida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
 
Tadbir ishtirokchilari yozuvchining bosib o‘tgan hayoti va ijodi bilan tanishtirildi, o‘quvchi yoshlar Hamid Burhonning asarlariga katta qiziqish bildirishdi va ma’naviy bilimga ega bo‘lishdi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

09 Nov, 14:27


Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida 10 - noyabr "Xalqaro yoshlar kuni" munosabati bilan "Yoshlar dunyoni quradi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

09 Nov, 09:29


#men_kasaba_uyushmasi_azosiman

11 – noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” ga bag‘ishlanadi

Farg'ona viloyat kutubxonasi

08 Nov, 06:24


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda 01041-harbiy qism o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, ko‘chma kutubxona adabiyotlari axborot kutubxona markazi fondida mavjud sara badiiy, tarixiy kitoblar bilan boyitildi.

Ko‘chma kutubxona tashkil etishdan maqsad, kitobxonlarga nafaqat kutubxonada balki, kutubxonadan tashqarida ham xizmat ko‘rsatish hamda askarlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va mutolaa madaniyatini yanada oshirishdan iborat.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

06 Nov, 08:01


#Fargʻonalik_akademiklar

Sirojiddinov Sa’di Hasanovich – matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika, matematika fanlari doktori, professor.

Sa’di Hasanovich Sirojiddinov 1920-yil 10-may kuni Qo‘qon shahrida tavallud topgan. 1942-yilda O‘rta Osiyo universitetini tamomlab, Moskva universitetida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. So‘ng O‘rta Osiyo universitetida professor, kafedra mudiridan tortib O‘zbekiston FA vitse-prezidenti lavozimi darajasigacha ishlab kelgan. Batafsil👈🏻

Farg'ona viloyat kutubxonasi

05 Nov, 12:07


Farg‘ona viloyat axbrort-kutubxona markazi mehnat jamoasida 11 – noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida jami 6 ta jamoa ishtirok etib, “Liderlar” jamosi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va ishtirokchilar O‘zbekiston davlat muassasalаri va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tarmoq kasaba uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan Farg‘ona viloyat axbrort-kutubxona markazi rahbari Husniyaxon Shermatovaga viloyat Kengashining “Тashakkurnoma”si topshirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.

Facebook | Telegram | Sayt

Farg'ona viloyat kutubxonasi

05 Nov, 04:06


Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida kapital ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlar uchun kutubxonada zamonaviy RFID texnologiyalarini joriy etilishida amaliy yordam ko‘rsatishini ta'kidladi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

01 Nov, 05:36


#jarayon
 
Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi mavjud axborot-kutubxona markazlari xodimlari uchun "Foydalanuvchilarga xorijiy ilmiy-ta'limiy bazalardan foydalanishni taklif etishda kutubxonachi xodimlarning vazifalari" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
 
Seminarda Farg‘ona viloyatidagi tuman-shahar axborot-kutubxona markazlari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

31 Oct, 04:40


Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzildi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
 
Ko‘chma kutubxona adabiyotlari axborot-kutubxona markazi fondida mavjud badiiy va tarixiy asarlar bilan boyitildi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

28 Oct, 10:38


DIQQAT E'LON!

Xabaringiz bor
, Farg‘ona viloyatidagi davlat organi va tashkilotlarining rahbar va xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda "Farg‘ona tajribasi" yaratilgan.

Hozirgi kunda viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “KITOBXON DAVLAT XIZMATCHISI” loyihasi doirasida eng namunali faoliyat yuritayotgan hududni baholang?

Ovoz berish uchun quyidagi havola ustiga bosing.

🚀 Rasmiy kanalimiz:
https://t.me/marifatli_fargona

Farg'ona viloyat kutubxonasi

25 Oct, 11:25


📍“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI” doirasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan  Farg‘ona shahar 13-umum ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun taniqli ingliz yozuvchisi va jurnalisti Grem Grin tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan axborot daqiqasi o‘tkazildi.  

🗞Genri Grem Grin 1904-yil 2-oktyabrda Buyuk Britaniyaning Berkhamsted shahrida tug‘ilgan. Oksford universiteti kollejini tamomlagan. U "Times" gazetasida muxbir, keyin esa muharrir yordamchisi bo‘lib ishlagan.

 📖Uning ilk romani “Ichimdagini top”. So‘ng u oʻtkir syujetli “Istambul ekspressi”, detektiv janrdagi “Yollangan qotil”, “Ishonchli shaxs”, “Vahimalar maskani” va “Meni Angliya yaratdi” asarlarini yozgan.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

25 Oct, 10:25


Bugun “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI” doirasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorlikda Zokirjon Muso Xolmuhammad o‘g‘li Furqat tavalludining 165 yilligiga bag’ishlangan “Komillikni ko‘zlagan shoir” nomli davra suhbati o‘tkazildi.  

Tadbirda demokratik adabiyotning yirik siymosi Zokirjon Furqat madaniyat va adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan yuksak mehnatlari haqida so‘z yuritildi. 

Suhbat davomida Furqat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi va o‘quvchilar bilan birga savol-javoblar o‘tkazildi, o‘quvchilar uning  g‘azallaridan yoddan o‘qib berdilar.

Shuningdek, kutubxona xodimi tomonidan Furqat ijodiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma sharhlab berildi.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

25 Oct, 09:46


#jarayon
#INFOLIB_2024
 
Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an'anaviy “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI” doirasida ““UOʻK jadvallari asosida axborot-kutubxona resurslarini tizimlashtirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
 
Seminarda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etmoqdalar.

Farg'ona viloyat kutubxonasi

25 Oct, 09:40


Habaringiz bor “Infolib O‘zbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi.

Joriy yilning 25-oktyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI” doirasida ushbu hamkorlikka asosan Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali hamkorlikda Universitet rektori Muxtarov Farrux Muhammadovich bilan "Kutubxonashunoslik" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar va kutubxona xodimlari uchun uchrashuv tashkil etildi. Batafsil👈🏻