Últimas Postagens de Eng Yoki Birinchi (@engyokibirinchi) no Telegram

Postagens do Canal Eng Yoki Birinchi

Eng Yoki Birinchi
Eng soʻnggi yangiliklar:
- Siyosat
- Biznes
- Sport
- Shov-biznes
3,752 Inscritos
2,648 Fotos
40 Vídeos
Última Atualização 09.03.2025 20:01

O conteúdo mais recente compartilhado por Eng Yoki Birinchi no Telegram

Eng Yoki Birinchi

02 Mar, 11:35

889

Olimlar odamlar qaysi yoshda tezroq qarishni boshlashini aniqladilar

Insonning qarishi uzoq vaqtdan beri bosqichma-bosqich jarayon deb hisoblangan. Biroq, xalqaro olimlar guruhi tanada keskin molekulyar o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan hayotda ikki yosh nuqtasi borligini isbotladi. Birinchi sakrash o‘rtacha 44 yoshda, ikkinchisi 60 yoshda sodir bo‘ladi. Bu davrlar oqsillar, lipidlar, RNK va mikrobioma tarkibidagi global o‘zgarishlar bilan birga keladi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

01 Mar, 03:43

1,030

Chevrolet Onix xavfsizlik mojarosi tufayli katta jarimaga tortilishi mumkin

Braziliyada Chevrolet Onix avtomobillari bilan bog‘liq mojaro avj olmoqda.
General Motors kompaniyasiga 2012-2018 yillarda mamlakatda 1 milliondan ortiq xavfsiz bo‘lmagan avtomobillarni sotgani uchun jarima solinishi mumkin.

Braziliya Federal prokuraturasi General Motors’ni avtomobil egalari oldida javobgar qilishni talab qilmoqda. Agar sud da’voni qo‘llab-quvvatlasa, jabrlanganlarga 500 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak bo‘ladi.

Ishning asosiy jihati shundaki, Chevrolet Braziliya bozoriga mo‘ljallangan Onix modellarini qo‘shimcha xavfsizlik himoyasisiz sotgani, ammo eksport uchun ishlab chiqarilgan avtomobillarga qo‘shimcha himoya plitalari o‘rnatgani aytilmoqda.
Eng Yoki Birinchi

28 Feb, 03:33

1,045

5-martdan boshlab O‘zbekistonliklar Bahor havosini his qilishni boshlaydi. Ungacha qish biz bilan...

Kelayotgan Dushanba 3 mart kuni qor yog‘ishi kutilmoqda va havo harorati ham -6 darajagacha sovib ketishi prognoz qilinmoqda🥶

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

27 Feb, 15:50

1,167

Chiroyli raqamli ID-kartalar, pasport va haydovchilik guvohnomalari qimmat narxda beriladi.

Xaridorgir raqamlar komibinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tizimi joriy etiladi - hukumat qarori loyihasi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

27 Feb, 05:17

1,188

Xavyer Tebas keyingi "Oltin to‘p"ni kim yutishini aytdi

Xavyer Tebas "Oltin to‘p" uchun kimni asosiy da’vogar deb bilishini aytdi.

2024 yilda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri «France Football» talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

"Keyingi g‘olib Mbappe bo‘ladi," - dedi La Liga prezidenti Tebas

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

26 Feb, 14:00

1,279

Ronaldu mashhur Ispaniya klubining xo‘jayiniga aylanishi mumkin

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning “Valensiya” klubi asosiy aksiyadoriga aylanishi mumkin.

Klubning hozirgi egasi, futbolchining yaqin do‘sti, shuningdek, bir qancha kompaniyalarda hamkor va portugaliyalik futbolchining imidj huquqi egasi bo‘lgan Piter Lim klub aksiyalarini Ronalduga sotish niyatida.

Ronalduning o‘zi esa jamoani sotib olishdan manfaatdor. Bundan tashqari, xarajatlarning bir qismi qirollik oilasiga aloqador Saudiya investitsiya fondlari tomonidan qoplanishi mumkin.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

26 Feb, 09:08

1,171

O‘zbekistonlik jangchi Mashrabjon Ro‘ziboyev UFC’dan chetlatildi

UFC bilan 11-fevral kuni bitim imzolagan o‘zbekistonlik MMA ustasi Mashrabjon Ro‘ziboyevning shartnomasi bekor qilindi.

U 16-fevral kuni UFC Vegas 102 turnirida debyut qilishi kerak edi. Amerikalik MMA ustasi Jerad Gordonga (20-7, 1) qarshi oktagonga chiqishga bor-yo‘g‘i 3 kun oldin rozi bo‘lgan sportchimiz belgilangan vazn normasini bajara olmagach, jang bekor bo‘lgan edi. UFC esa unga ikkinchi imkoniyatni berishni istamadi va tashkilot u bilan tuzilgan bitimni bekor qildi.

28 yoshli Mashrabjon UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblanadi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

21 Feb, 11:32

516

#Rasman. 🇪🇺 Chempionlar ligasi 1/8 finalga qur'a tashlandi

«Real» — «Atletiko»
«Bavariya» — «Bayer»
«PSJ» — «Liverpul»
«Benfika» — «Barselona»
«Arsenal» — PSV
«Inter» — «Feyenoord»
«Borussiya D» — «Lill»
«Bryugge» — «Aston Villa»

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

21 Feb, 08:49

577

Siti»ni yozda 7 futbolchi tark etishi mumkin

Manchester Siti» rahbariyati va bosh murabbiy Pep Gvardiola yozda bir necha yoshi katta futbolchilarni sotib, jamoani qayta qurish niyatida.

Mavsum yakunida «shaharliklar» safini Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Ilkay Gundo‘g‘an, Mateo Kovachich, Jon Stounz, Jek Grilish va Ederson tark etishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Gvardiola qishda jamoaga yangi kelgan Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Omar Marmush va Niko Gonsalesga ko‘proq o‘yin vaqti tadqim etishni maqsad qilgan

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

20 Feb, 13:37

682

O‘zbekistonda xam 1 litr suv 1 litr benzindan qimmat bo‘lishi mumkin

Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston 3 yilda suv tanqisligining surunkali bosqichiga o‘tadi.

Rossiya Fanlar Akademiyasining IMEMO Markaziy Osiyo sektori mudiri Stanislav Pritchinning “Iqlim o‘zgarishlari va Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish muammolari” mavzusidagi davra suhbatida bildirgan fikriga ko‘ra, turli baholarga ko‘ra, 2028-yilga borib, Markaziy Osiyo suv tanqisligining surunkali bosqichiga o‘tadi.

@engyokibirinchi