Majin Bu taxallusli mashhur insayder iPhone 17 Air maketining fotosuratini e’lon qildi. Ushbu qurilmaning dizayni haqida avval ham mish-mishlar tarqalgan edi, biroq yangi ma’lumotlar uning qalinligi atigi 5,44 mm ekanini ko‘rsatmoqda.
Insayderning aytishicha, yangi modelda orqa kameralar paneli butkul yangilangan bo‘lib, kamera yuqori chap burchakka joylashtirilgan. O‘ng tomonda esa LED yoritgich va mikrofon mavjud bo‘ladi.
Apple’ning iPhone 17 Air modelini rasmiy taqdim etishi 2025 yil kuzida kutilmoqda. Biroq bu ma’lumotlar hali Apple tomonidan tasdiqlanmagan
@engyokibirinchi