Últimas Postagens de Eng Yoki Birinchi (@engyokibirinchi) no Telegram

Postagens do Canal Eng Yoki Birinchi

Eng Yoki Birinchi
Eng soʻnggi yangiliklar:
- Siyosat
- Biznes
- Sport
- Shov-biznes
3,752 Inscritos
2,648 Fotos
40 Vídeos
Última Atualização 09.03.2025 20:01

O conteúdo mais recente compartilhado por Eng Yoki Birinchi no Telegram

Eng Yoki Birinchi

09 Mar, 09:15

407

Insayder yangi iPhone 17 Air maketini namoyish etdi

Majin Bu taxallusli mashhur insayder iPhone 17 Air maketining fotosuratini e’lon qildi. Ushbu qurilmaning dizayni haqida avval ham mish-mishlar tarqalgan edi, biroq yangi ma’lumotlar uning qalinligi atigi 5,44 mm ekanini ko‘rsatmoqda.

Insayderning aytishicha, yangi modelda orqa kameralar paneli butkul yangilangan bo‘lib, kamera yuqori chap burchakka joylashtirilgan. O‘ng tomonda esa LED yoritgich va mikrofon mavjud bo‘ladi.

Apple’ning iPhone 17 Air modelini rasmiy taqdim etishi 2025 yil kuzida kutilmoqda. Biroq bu ma’lumotlar hali Apple tomonidan tasdiqlanmagan

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

08 Mar, 08:08

567

Taniqli rossiyalik bokschi hibsga olindi

Rossiyalik yengilmas bokschi Rustam Islomov Moskvada hibsga olindi. Politsiya sportchidan oq kukun topdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli Islomov Presnenskaya qirg‘og‘ida joylashgan kurort salonida dam olayotgan vaqtda tezkor xodimlar uni noma’lum modda bilan qo‘lga olgan. Kukun ekspertiza uchun yuborilgan.

Rustam Islomov professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, 6 tasida g‘alaba qozongan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

08 Mar, 06:05

580

Toyota 2024-yilda dunyo bo'ylab eng ko'p sotilgan brend bo'ldi

Yapon kompaniyasi yil davomida global miqyosda taxminan 10,7 million yangi avtomobil sotdi. Shunga qaramay, 2024-yilda Toyota mahsulotlariga bo'lgan talab 4% ga kamaydi, ya'ni kompaniya sotuvlar kamaygan davrda ham yuqori natijalarga erishdi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

07 Mar, 12:55

693

Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev jangi tasdiqlandi

Super yengil vazn toifasining mutlaq chempioni yaponiyalik Naoya Inouening navbatdagi ikki jangini tasdiqlandi. The Ring nashrining xabar berishicha, Inouening promouterlari amerikalik Ramon Kardenas va o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Unga ko‘ra, Naoya Inoue (29-0, 26 KO) dastlab 4-may kuni Las-Vegasda Ramon Kardenasga (26-1, 14 KO) qarshi ringga chiqadi. Agar u ushbu jangda g‘alaba qozonsa, 14-sentyabr kuni Tokioda Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) hozirda WBA vaqtinchalik chempionlik kamariga ega.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

07 Mar, 03:50

720

Mercedes-Benz eng tezkor AMG superkarini ishlab chiqmoqda

Bu model AMG tarixidagi eng kuchli va tezkor avtomobil bo‘ladi.
Dizayni 2023-yilda taqdim etilgan One-Eleven kontseptsiyasiga o‘xshashi kutilmoqda. Shuningdek, superkar yangi avlod elektromotorlar bilan jihozlanadi.

Mercedes-Benz kompaniyasi ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishi, shu bilan birga 40 ga yaqin yangi yoki yangilangan model chiqarishi rejalashtirilgan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

04 Mar, 15:06

1,052

"Barselona" Neymarga qaytish uchun shart qoʻydi

Avvalroq, 33 yoshli braziliyalik futbolchi Kataloniya klubiga qaytishni istashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xabariga ko‘ra, "Barselona" qaytish variantini ko‘rib chiqadi, ammo buning uchun Neymar "Santos"dagi sport darajasini tasdiqlashi kerak.

Kataloniyaliklar Neymar oldiga mavsum oxirigacha braziliyaliklar safida 15 ta gol urish vazifasini qo‘ygan.

Hozircha braziliyalik futbolchi "Santos" safida 7 ta o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

03 Mar, 13:04

1,270

🤖 ChatGPT fikricha bu yilgi Chempionlar ligasi finalida 🇫🇷 PSJ vs 🇪🇸 "Barselona" to'qnashadi va 2-3 hisobida kataloniyaliklar g'alaba qozonadi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

03 Mar, 07:36

1,243

Dunyoga mashhur Mansory tuning atelyesi Tesla Cybertruck uchun o‘zining Elongation deb nomlangan yangi modifikatsiya dasturini e’lon qildi. Atelye tafsilotlarni to‘liq ochiqlamagan bo‘lsa-da, taqdim etilgan suratlardan Cybertruck’ning an’anaviy Mansory uslubida modernizatsiya qilingani ko‘rinib turibdi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

03 Mar, 06:39

1,042

3-mart sanasida Los-Anjelesdagi Dolby teatrida “Oskar” mukofoti o‘z egalariga topshirildi. Ushbu marosim 97-marta o‘tkazildi.
Kino olamidagi eng nufuzli mukofotga “Yilning eng yaxshi filmi” — “Anora” loyiq koʻrildi.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” esa — “Anora” filmidagi roli uchun Meyki Medison deb topildi

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

02 Mar, 16:37

938

Tramp giyohvand modda sotuvchilari uchun o‘lim jazosini joriy etmoqchi

Jazo juda qattiq bo‘lishi kerak. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘lim jazosi mavjud bo‘lgan har bir mamlakatda giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammo yo‘q, dedi Oq uy rahbari.

Mazkur jazo “insonvarlik” jihatdan muqobil ekani, chunki narkotik sotuvchisi “kamida 500 kishini o‘ldirishi”ni ta’kidladi.

@engyokibirinchi