Últimas Postagens de Eng Yoki Birinchi (@engyokibirinchi) no Telegram

Postagens do Canal Eng Yoki Birinchi

Eng Yoki Birinchi
Eng soʻnggi yangiliklar:
- Siyosat
- Biznes
- Sport
- Shov-biznes
3,752 Inscritos
2,648 Fotos
40 Vídeos
Última Atualização 09.03.2025 20:01

Canais Semelhantes

SURXON-AVTOSAVDO
4,677 Inscritos
🇷🇺 Rus tili 0dan
4,553 Inscritos

O conteúdo mais recente compartilhado por Eng Yoki Birinchi no Telegram

Eng Yoki Birinchi

19 Feb, 03:25

799

Ozod etilgan isroillik asirning so‘zlari ko‘pchilikni hayratlantirdi

Falastin qarshilik harakati tomonidan asirga olingan va keyinchalik ozod qilingan yahudiy Aleksandr Turbonov tutqunlikda boshidan o‘tkazganlari haqida hayratlanarli bayonot berdi. U falastinliklar bilan o‘tkazgan 498 kunlik qamal vaqtida o‘ziga nisbatan ko‘rsatilgan mehribonchiliklarni e’tirof etdi.

"Siz menga ota bolalariga qanday g‘amxo‘rlik qilsa, shunday mehribonlik ko‘rsatdingiz. Bu esa mening xotiramda abadiy qoladi", degan u ko‘zidagi yosh bilan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

17 Feb, 06:41

1,158

Gvardiola Husanovning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida gapirdi

Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi.

— Husanovning hujumga o‘tishdagi tezligi – aynan shuning uchun biz uni sotib oldik. U juda tezkor. Ammo Abduqodir janglarda ortiqcha tajovuzkorlik ko‘rsatadi va agar ularni yutib bera olmasa, muammoga duch keladi. U hali ham adaptasiya jarayonida, lekin vaqt o‘tishi bilan barchasini o‘zlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Husanov yanvarda "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda uchta o‘yin o‘tkazib, bir gol urgan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

13 Feb, 08:56

1,347

Isroil Eronning yadro obyektlariga zarba bermoqchi — AQSH razvedkasi

Isroil 2025-yil Eron yadroviy obyektlariga “sezilarli” zarbalar berishni rejalashtirmoqda va Vashingtonning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda. Bu haqda AQSH razvedkasiga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.

Amerikalik harbiy amaldorlar Eronning “kuchli mustahkamlangan” yadroviy obyektlariga zarba berish uchun Isroilga, ehtimol, AQSHning harbiy yordami va o‘q-dorilari kerak bo‘lishini aytdi.

Inauguratsiyadan oldin Tramp AQSH va Eron o‘rtasida urush bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

13 Feb, 04:29

1,451

Bu yildan boshlab Sparkni yangi modeli ishlab chiqarilishi boshlanadi

Chevrolet o‘zining yangi ixcham krossoverini taqdim etdi. Biroq, model to‘liq amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilmagan – u aslida xitoylik Baojun Yep Plus bo‘lib, Chevrolet brendi ostida chiqarildi. Shu bilan birga, modelga avval hatchback bo‘lgan Spark nomi berilishi tasdiqlandi

Model kvadrat shakldagi kuzov, keng bamperlar, LED faralar, vertikal orqa chiroqlar va yon tomonga ochiladigan yukxona eshigi bilan ajralib turadi

Yangi Chevrolet Spark EUV’ning to‘liq taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. Model Lotin Amerikasi bilan birga Yaqin Sharq mamlakatlarida ham sotuvga chiqariladi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

12 Feb, 07:34

1,195

Vinisius "Real"dan faqat bitta joyga ketishi mumkin

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior yozda klubni tark etsa, faqat Saudiya klublaridan biriga o‘tadi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchini "qirollik klubi"dan sotib olish faqatgina Yaqin sharq klublarining qo‘lidan keladi.

Avvalroq Vinisius "qaymoqranglilar"ning yangi shartnoma bo‘yicha ilk taklifini rad etgan edi. Uning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida yakunlanadi.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

12 Feb, 05:12

1,154

UFC'dagi o‘zbekistonlik jangchilar soni to‘rt nafarga yetdi

O‘zbekistonlik MMA ustasi Mashrabjon Ro‘ziboyev UFC jangchisiga aylandi.

Manbaga ko‘ra, Ro‘ziboyev 16 fevral kungi UFC turnirida amerikalik Jared Gordon bilan to‘qnash keladi. Jang yengil vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, Mashrabjon turnir boshlanishiga 4 kun qolganida ushbu jangni qabul qilib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Mashrabjon Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblanadi. 28 yoshli Mashrabjon professional faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan, bir jangi natijasi esa bekor qilingan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

12 Feb, 03:33

1,095

Ilon Mask OpenAI’ni qariyb $100 milliardga sotib olishni taklif qildi

Milliarder boshchiligidagi investorlar konsorsiumi ChatGPT chat-botini ishlab chiqargan OpenAI’ni nazorat qiluvchi notijorat tashkilotini sotib olish uchun 97,4 milliard dollar taklif qildi.

OpenAI bosh direktori Sem Altman Maskning taklifiga javoban uning X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) shunday dedi: “Yo‘q, rahmat, lekin agar xohlasangiz, Twitter’ni 9,74 milliard dollarga sotib olishimiz mumkin”.

Oldinroq Mask Altmanni firibgar deb atagan edi

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

05 Feb, 04:01

1,547

Messi hayotida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi

Inter Mayami” klubining afsonaviy argentinalik futbolchisi, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi hayotida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi.

“Ronaldo — fenomen edi. Men ko‘rgan barcha futbolchilar orasida u eng yaxshisi bo‘lgan. Qaysi tomondan qaramang, u hayratlanarli o‘yinchi edi” deya taʼkidladi Messi

Ma’lumot uchun, Ronaldo professional faoliyatini “Kruzeyro” klubida boshlagan, keyinchalik “PSV”, “Barselona”, “Inter”, “Real” va “Milan” klublarida o‘ynagan.

Braziliyalik futbolchi ikki marta “Oltin to‘p” (1997, 2002) sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u ikki karra jahon chempioni bo‘lgan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

04 Feb, 03:20

1,543

Chexiyada qunduzlari ikki kun ichida to‘g‘on qurib, hukumat mablagʻlarini tejab qoldi

Chexniyaning Brda landshaft bog‘ida suv qunduzlari ikki kun ichida to‘g‘on qurib, mahalliy hukumat bir necha yil davomida rejalashtirib kelgan hududni qayta tiklash loyihasini yakunladi.

Klabava daryosini qayta tiklash loyihasining qiymati 1,2 million dollarni tashkil etishi kerak edi, loyihaning o‘zi 2018 yilda boshlangan. Davlat o‘rmon xizmati Vltava suv resurslari boshqarmasi bilan birgalikda yerga egalik qilish bo‘yicha anchadan beri muzokaralar olib borgan, ammo qunduzlar ulardan o‘zib ketgan.

@engyokibirinchi
Eng Yoki Birinchi

31 Jan, 08:10

1,795

Klaudio Raneri SHomurodovning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Roma bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor SHomurodov jamoada qolishini malum qildi.

«SHomurodovga jamoada qolishini aytdim. Uni hamma yaxshi ko'radi. Uni muxlislar ham hurmat qiladi. CHunki u maydonda maksimal tarzda harakat qiladi. Men esa undan doimo g'azablanaman. SHuning uchun unga: «Agar ketsang, kimga jahl qilaman?» deb aytdim», — deb fikr bildirdi murabbiy.

@engyokibirinchi