Omadlimanmi? Yoʻq.
Tasodifmi? Mutlaqo. Gʻoliblar tasodiflarga ishonmaydilar.
Hammasi harakat, harakat va yana harakat.
Oʻtgan yildagiga qaraganda, badiiy asarlar mutolaasiga kam vaqt ajratganim rost. Lekin, erishilgan natijalar buni oqlaydi.
Muhimi, oilam, turmush oʻrtogʻimning qoʻllab-quvvatlashi, qishloq sharoitida 2 ta yosh bolali ona sifatida roʻzgʻor ichida yoʻqolib ketmaganim, bozordagi pomidor narxi bilan qiziqmaganim, gʻiybatlardan nari yurganim, balandroq mavzularda bemalol suhbatlasha olishim, oʻzimga boʻlgan ishonchning nihoyatda yuqoriligi.
Bu yil oʻylab qarasam, 27 yoshimda yoʻqotganlarimdan topganlarim bisyor ekan.
@dunyo_klassikasi