DILDORA ABDUQAXXOROVNA @dildora_nur Channel on Telegram

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

@dildora_nur


Psixolog DILDORA ABDUQAXXOROVNA ning shaxsiy kanali

Biz bilan rivojlaning!
Psixologik bilimlar
Pozitiv energiyalar

Murojaat uchun: +998 93 752 22 80

@dildoraAbduqaxxorovnabot

Psixolog DILDORA ABDUQAXXOROVNA (Uzbek)

Siz psixologik masalalarda yordam beruvchi eng yangi kanalga xush kelibsiz - Psixolog DILDORA ABDUQAXXOROVNA! Bu kanalda DILDORA ABDUQAXXOROVNA o'z shaxsiy tavsiyalari, psixologik bilimlari va pozitiv energiyalari bilan sizni intizor qilishga yordam beradi. Eger siz o'z o'zingizni rivojlantirishni istaysiz va pozitiv o'zgarishlar qilishni hohlaysiz, ushbu kanal aynan siz uchun! DILDORA ABDUQAXXOROVNA bilan birga, sizning hayotingizga yangi yon bering va o'zingizni tanishtiring. Agar sizga murojaat qilish kerak bo'lsa, telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling: +998 93 752 22 80. Kanalga a'zo bo'lib, o'z hayotingizni qanday rivojlantirishingizni ko'rib chiqing! @dildoraAbduqaxxorovnabot

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

12 Feb, 07:50


❗️Hayotingiz bir joyda qotib qolgandaymi.....

❗️Munosabatlar siz istagandek boʻlmayaptimi......

❗️ Orzularingiz qoʻl choʻzsangiz etgudek,lekin xech etaolmayabsiz mi....

❗️Doimiy asabiylik, tushkun kayfiyatdan charchadingizmi.....

❤️‍🔥Psixolog DILDORA ABDUQAXXOROVNA bilan har bir vaziyatingizni individual konsultatsiyada ishlab,oʻz hayotingizni oʻzgartiring!!!

⭐️Bir soatlik konsultatsiya narxi 500 ming soʻm⭐️

🌙Yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan 50% super chergirma eʼlon qilindi!!!

🔥BIR SOATLIK KONSULTATSIYA

500 000soʻm

250 000 soʻm

Murojat uchun: 📞93.752.22.80.

@Abduqaxxorovna_dildora

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

12 Feb, 07:21


ODAT KUCHI

Amerikalik psixolog Rik Xenson deydiki

Ongimiz -mevazor bog‘ kabidir,
uning tuproqlarida esa har qanday urug‘ unaveradi.

Shunday ekan, xayolingizga faqat yaxshi fikrlarni kiriting.

Agar yomon oʻy-xayollar miyangizga kirishiga ruxsat bersangiz, xuddi chirmovuq kabi butun bog‘ni chirmab olishi mumkin.

TAVSIYA: har kuni hayotingizda sodir bo‘lgan uchta yaxshi ishni yozib qo‘yishni odat qiling!
Agar shu ishni doyimiy odat qilsangiz, xayotingizda faqat yaxshi narsalarga e’tibor bera boshlaysiz. Bu esa baxtga olib boruvchi eng qisqa yo‘ldir.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

12 Feb, 04:56


#KUN_HIKMATI

Biz haqimizda yomon fikrlaydiganlar – bizdan yomonroq bo‘lganlar.

Bizdan yaxshiroq bo‘lganlar esa…
ularning biz bilan ishi ham yo‘q.

📜 Umar Xayyom


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

12 Feb, 01:36


#Хайрли_тонг

Yangi  tongga yetkazding  mana,
Kimdir yetdi,  kimdir yetmadi,
Umr  berib  siylading bizni,
Yaratganim  o‘zingga  shukr!

Sinovlidir  asli bu dunyo,
Vafo qilmas hech bir kimsaga,
Sinov uchun matonat berding,
Yaratganim  o‘zingga  shukr !

Foniy  dunyo hammadan qolar,
Molu, davlat qololmas saqlab,
Qalbga iymon  berganing  uchun  ,
Yaratganim  o‘zingga  shukr!

Bilki oyning o‘n  beshi  yorug‘,
Yaxshi kunlar keladi ishon,
Quyosh chiqib tunning bag‘ridan,
Yaratganim  o‘zingga shukr!

Farishtalar  yozmishlar  taqdir ,
Imzo  qo‘ygan  birgina  Haqdir ,
Nolimoqlik bilgil gunohdir,
Yaratganim  o‘zingga  shukr !

ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM!
🥰


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

11 Feb, 06:01


#KUN_HIKMATI

Qalblaringizni "BAXT"ga haqli ekaniga ishontiring va uni tabassumla to‘ldiring…
So‘ng uni Allohga topshiring-da, hotirjam bo‘ling!

Baxt-saodat tush emas,
shunchaki xayol ham emas
yoki...
yetib bo‘lmas armon ham emas...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

11 Feb, 03:14


#XAYRLI_TONG

🥰 “Hayot menga imkoniyat bermayapti” demang... U holda bu tong uygʻonmas edingiz!
Har bir yangi kun yangi imkondir,  Siz kunni “Bismillah” bilan boshlang, xammasi yaxshi boʻladi, In Shaa Allah...

ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM
🥰

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

10 Feb, 10:21


📝 SHAXMATDAGI PIYODA

Sening  kim bo‘lib tug‘ilganing emas,
kim bo‘la olishing muhimroq.

Shaxmatda bir qoida bor!
Agar piyoda raqib kataklarining birinchi qatoriga yetib borsa Shohdan tashqari xohlagan figurasiga aylanishi mumkin.

Lekin ot yoki fil bunday bo‘la olmaydi.

Shuning uchun piyoda bo‘lib tug‘ilganingizga xafa bo‘lmang. Mehnatingiz bilan marraga yetib boring va xohlagan figurangizga aylaning.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

10 Feb, 07:54


🪞Olam - qalb ko'zgusidir va u har kimga o'z aksini qaytaradi

💥Atrofingizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar istak, fikr va harakatlaringizning natijasidir. Birgina fikrlaringiz orqali hayotingizni yaxshilashingiz yoki barbod qilishingiz mumkin.

💥Insonning o'ziga bo'lgan munosabati hamisha boshqalarga bo'lgan munosabati kabidir. Kimki o'zgalarga past nazar bilan qarasa, qalb tubida o'zini hurmat qilmaydi. Atrofingizdagi odamlarga diqqat bilan qarang va ular o'zingiz haqingizdagi fikringizni aks ettirishini ko'rasiz.

💥Shuni doimo yodda tutingki, hayotingizdagi hamma narsa sizning ichki dunyongizga bog'liq. Tashqi dunyongiz esa, qalbingiz aksi xolos.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

10 Feb, 05:10


#KUN_HIKMATI

BAXT bu – ko‘p narsaga ega bo‘lish emas.
BAXT bu – boriga rozi bo‘lish, borini his qilishdir.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

10 Feb, 03:03


ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM🥰🥰🥰

Ertalab sog‘-omon turolgan bo‘lsang,
Charog‘on quyoshni ko‘rolgan bo‘lsang.
Onangdan xol-ahvol so‘rolgan bo‘lsang,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Eshitsang juftingdan mehrli kalom,
Farzanding jilmayib aytsa: "Assalom!"
Otang duo qilsa-"Omon bo‘l, bolam!"
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Dilingga eng go‘zal tilaklar to‘lsa,
Orzular ushalsa, armonlar o‘lsa.
Aytar so‘zlaringda shukuring bo‘lsa,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Biror yaqiningdan bo‘lmasang judo,
Qalbing o‘rtamasa alamli nido.
Yana bir kun uchun rizq bersa Xudo,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

BUGUNINGIZ MUBORAK !

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

07 Feb, 08:45


#FOYDALI

✍️ALAMNING ZARARI

Alamlarni hadeb ichga yutavermang, bu oʻzingizga qarata oʻq uzishdek gap.

  Xatolaringizni tabiiy hol deb qabul qiling. Bu, yanglish ishlardan toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.

  Kuchingizni toʻgʻri taqsimlang, muhim ishlar birinchi darajali, qolganlari keyingi oʻrinlarda tursin. Erishgan yutuqlaringizdan xursand boʻlishni oʻrganing.

  Yolgʻizlikka berilmang. Ayniqsa, stress vaqtida odamlar bilan birga boʻling, doʻstlarga qoʻngʻiroq qiling, yangi tanishlar orttiring, mashgʻulotlaringizni koʻpaytiring.

Boʻlib oʻtgan koʻngilsiz voqeani oʻylab, oʻzingizga shunday savol bering: “Muammoga juda katta ahamiyat berib yubormayapmanmi? Shu narsa asabiylashishimga arziydimi? Bundan battar boʻlganida, qiyinchilikni yengib oʻta olarmidim?

Bu savollarga javob topish vaziyatga xolis, his -hayajonsiz, xotirjam baho berishga undaydi
.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

07 Feb, 05:37


#KUN_HIKMATI

Sen kechagi o'y-fikirlaring maxsulidirsan.


Ertaga kim va qanday bo'lishingni bilmoqchi bo'lsang bugun nimalar haqida o'ylayotganinga e'tibor ber!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

07 Feb, 01:34


#XAYRLI_TONG


ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH

ASL SAODAT NAFAS OLIB TURGANIMIZ,TONG UYQUDAN UYGʻOTGAN ALLOHGA HAMDU SANOLAR 🤲🤲🤲

Kuningiz fayzli va ezgu amallarga toʻla oʻtsin,
JUMA AYYOMI MUBORAK BOʻLSIN




https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Feb, 10:35


#IBRAT

Angliyaning Manchester shahri shimoliy-sharqida joylashgan Rochdeyl shaharchasi mahalliy gazetasida bir xabar paydo bo‘ldi. “O‘tgan oqshomda baland binolar orasidagi qorong‘u tor ko‘chada ikki ayolning nomusiga tegishdi”…

…Tahminan shu vaqtning o‘zida yoshgina bir muslima qiz uyiga kollejdan qaytayotgan edi.

Kech bo‘lib ketganligini yaxshi anglagan holda u uyiga tezroq qaytish uchun tez-tez qadam tashlab borardi. Onasining qanchalik qattiq xavotir olishini tasavvur qilib yo‘lda shoshardi.

Yarim yo‘lga yetganda qiz bir qiyin tanlovga duch keldi.

Masofani qisqartirish uchun tor qorong‘u joydan kesib chiqish yoki yorug‘ va havfsiz bo‘lgan uzunroq yo‘lni tanlash. Kechikayotgani uchun onasining xavotir olishini ko‘z oldiga keltirgan qiz qisqa yo‘lni tanladi… Yo‘lda yurib borarkan uzoqdan u tomon kelayotgan bir kishining qo‘rqinchli, qop-qora siymosini ko‘rdi. Qiz qadamini tezlatdi va Allohdan asrashini so‘rab ichida Oyatal-Kursiyni o‘qiy boshladi…

Erkak ko‘zlarini olaytirgancha unga yaqinlashib kelardi.. va nimadir bo‘ldiyu qizning yonginasidan o‘tib ketdi!

Qiz uyiga yetib olgach bo‘lgan voqeani ota-onasiga aytib berdi. Ertasi kuni gazetadagi nomusiga tegilgan ayollar haqidagi mudhish xabarni o‘qigach ota-onasi qizga polisiyaga borib qorong‘uda ko‘rgan odam haqida aytib berishini so‘rashibdi.

Qiz polisiyaga borganida undan barcha tafsilotlarni so‘rab, notanishning tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumotlarni olishibdi. Bir necha kundan so‘ng qizni polisiyaga chaqiribdilar. Uning qarshisida bir qancha erkaklar tizilib turardi va ularning ichidan o‘sha qorong‘u ko‘chada ko‘rganini tanlashi lozim edi.

Tajjubki, muslima qiz ham, nomusiga tegilgan ayollar ham bir odamga ishora qilibdilar.

Polisiya xodimlari tushunolmay sarosimada qoldilar va zo‘ravonga savol beribdilar:

– Nega sen anovi ikki ayolga tashlandingu, mana bu bittagina qizga tegmading?

Muslima qiz haqida tushuntirish berganida zo‘ravon shunday javob beribdi:

– Qanday qilib men u qizga tashlanishim kerak? Axir uning ikki yonida bahaybat ikki erkak bor edi…

“Muslimaning yonida paydo bo‘lgan ikki erkak kim edi?” degan savol tug‘iladi. Shubhasiz bu Alloh tomonidan himoya uchun yuborilgan farishtalar edi…

Sabab? Chunki qiz o‘zini Allohning panohiga to‘liq topshirib “Oyatal-Kursiy”ni o‘qib borardi…!!!

Muslima Soliha

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Feb, 07:45


#KUN_HIKMATI

🌿 Darveshdan so‘radilar:
— Xotirjamlik va sakinat uchun nima qilish kerak?

Darvesh javob qildi:
Nafratni qo‘y, qalbing mehr bilan to‘lsin.
Xavotirni qo‘y, ertang huzur topsin.
Ortiqchalikni qo‘y, hayoting oddiy bo‘lsin.
Kutishni qo‘y, mavhumliklar yo‘qolsin.
Dunyoni qo‘y, oxirating bo‘lsin...



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Feb, 05:07


​​#RUHIYAT

​​AVVALO, NIMA QILISH KERAK?

🌿Sizni charchatadigan va zaifdek his qildiradigan barcha o‘y-hayollardan o‘zingizni ozod qiling.

🌿 O‘zingizni to‘liq qabul qiling; esingizda bo‘lsin, siz juda muhimsiz, atrofga boringizcha keraksiz.

🌿 Aybdorlik hissini qo‘yib yuboring. Tushuning, Siz aybdor emassiz. Bo‘lishi kerak bo‘lgan jarayon sodir bo‘ldi xalos.

🌿Qo‘rquvdan voz keching; birinchi kichik qadamni qo‘ying va  oldingizda ochilgan yangi yo‘llarning guvohi bo‘lasiz.

🌿Hech kimni biror narsa uchun ayblamang; siz o‘z hayotingiz uchun javobgar bo‘ling. Agar biror narsa yoqmasa, sizda tanlov bor – buni qabul qilish yoki qabul qilmaslik!

🌿Hammaning mas’uliyatini bo‘yningizga olishni to‘xtating!
O‘sha mas’uliyatingiz va g‘amxo‘rligingizni o‘zingizdan boshlang. Chunki Siz muhimsiz!

🌿Atrofimda hamma mendan ko‘ra baxtli, omadli degan fikrlardan voz keching!
HECHQACHON O‘ZINGNI BOSHQALAR BILAN TAQQOSLAMANG! Sizdagi holat Siz uchun eng yaxshisi!

🌿 Moliyaviy yetishmovchilikka bo‘lgan diqqatingizni moliyaviy farovonlikka erishish uchun rejalar tuzishga qarating va amalda qo‘llang.

🌿 Insonlarni o‘zgartirishga urinmang. Har bir insonni o‘z hayoti, o‘z yo‘li bor va o‘sha yo‘li Siz o‘zgartirishga urinayotgan yo‘ldan ko‘ra mukammal va go‘zaldir. Boshqalarni emas, siz o‘z ustingizda ishlang.

🌿 Kimdir Sizni e’tirof etishi uchun yoki kimdirga yoqish uchun qilayotgan xarakatlaringizni to‘xtating!

O‘Z   HAYOTINGIZDA  YASHANG!



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Feb, 03:35


#MOTIVATSIYA

🥰 Xar kuni ertalab 5ta narsani o‘zingizga ayting

1 Alloh men bilan
2 Men dunyodagi eng yaxshi insonman
3 Men dunyodagi eng omadli insonman
4 Bugun mening kunim
5 Men g‘olibman

Yaxshi kayfiyat kun davomida xamrohingiz boʻlsin
🙂


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Feb, 01:26


ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH.

☁️⛅️☁️ XAYRLI TONG!

🍃🌸Bugungi  kuningiz muborak va xayrli bo‘lsin...!!!

🌸🍃Ushbu otayotgan Tong nafasidan baxra olayotgan
barcha - barchangizga boshlanayotgan kun va bugungi ezgu ishlaringizda xayru - baraka tilaymiz...!

🍃🌸Yaxshi insonlarni beg‘ubor Tong nashidasi bilan siylagan Allohga cheksiz hamdu sano va shukronalarimiz bo‘lsin...!🤲

🌸🍃 Barchangizni toza ko‘ngillaringizni bugungi ajib Tong nurafshon etsin...!🤲

🍃🌸 Allohim sizni ikki dunyoda Azizu mukarram qilsin...!



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Feb, 14:29


#JAVOBLAR

🍀 1. Halol va hamdard.

Halollik – har bir inson uchun muhim sifat. Shu sababli siz doimo o‘zingizga sodiq, tabiiy va samimiy bo‘lasiz. Siz boshqalarga chuqur hamdardlik bilan qaraysiz va boshqalar bilan bo'lgan munosabatlarda "o'zingizga yoqmagan narsani boshqalarga ham qilmang" qoidasi bilan yashaysiz. Siz ko‘pincha odamlarni ideallashtirasiz, bu esa asosiy muammongizdir. Ishonish muhim, lekin kimga va qayerda ishonish kerakligini ham bilish zarur.


2. Tinch va ehtiyotkor.

Sizni do‘stona va tinch odam sifatida ta'riflashadi. Hayotingizda tinchlik va uyg‘unlikni saqlashni xohlaysiz, shu sababli har qanday tortishuvdan qochasiz. O‘zingizni o‘rab olgan muhitda ziddiyatlar paydo bo‘lganda ko‘pincha vositachi bo‘lasiz. Kelajagingiz haqida ko‘p o‘ylab, rejalashtirishga vaqt sarflaysiz, shuning uchun asosiy vazifangiz – ishonishni o‘rganishdir. Siz o‘z hayotingiz bog‘bonisiz va atrofingizdagi insonlarni mehr bilan o‘ziga tortasiz. Sizning kelajagingiz bugun qilayotgan ishingizga bog‘liq. Hayotingiz gullab-yashnashi uchun o‘zingizni sevgi va yaxshilik bilan o‘rab oling!


3. Mehribon va sodiq.

Siz olijanob insonsiz va boshqalarga yordam berishga har doim tayyorsiz, buning evaziga hech narsa kutmaysiz. Shu sababli, biz sizga bir maslahat beramiz: chin qalbdan qilingan barcha yaxshi ishlaringiz sizga o‘n barobar ko‘proq qaytadi! O‘z ustingizda ishlashda qat'iy bo‘ling, shunda hayotingizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rasiz.


4. Jiddiy va tartibli.

Siz aqlli, mantiqiy va juda qadrlanadigan odamsiz. Siz improvizatsiyani yoqtirmaysiz, shu sababli har doim qo‘lingizdan kelganini qilishga va qoidalarga qat'iy rioya qilishga harakat qilasiz. Ishlaringiz borasida haddan tashqari yuqori kutishlarga egasiz va mukammallikka intilib yashash oxir-oqibat sizni charchatadi. Sizda tabiiy iste’dod bor va har bir urinishda ishlaringizni yanada mukammal qilishga harakat qilasiz, lekin mukammallikka bo‘lgan obsesiyani cheklashni o‘rganing. Bu sizga bugungi mehnat mevasi bilan zavqlanishga imkon beradi.


5. Tezkor va qat'iyatli.

Siz hayotda nimaga erishmoqchi ekaningizni va buning uchun nima qilish kerakligini aniq bilasiz. Biror narsani topganingizda, unga yetishish uchun bor kuchingizni ishga solasiz va barcha to‘siqlarni yengasiz. Muvaffaqiyatga bo‘lgan haddan tashqari e'tiboringiz boshqalardan bir oz uzoqlashishingizga olib kelishi mumkin, bu esa sizning asosiy sinovingizdir. Esda tutingki, biz hammamiz o‘quvchi va o‘qituvchimiz. Hech bir uchrashuv tasodifiy emas va hayotingizga kirib kelgan har bir odamdan nimanidir o‘rganishingiz mumkin. Buni anglaganingizda, hayotingiz yanada mazmunli va baxtli bo‘ladi.


🍀 6. Ekstremal va impulsiv.

Siz quvnoq va hayotga zavq bilan qaraydigan odamsiz. Yangi sarguzashtlar, sayohatlar, ishlar va tajribalarga katta qiziqish bilan yondashasiz. Siz turli voqealar va faoliyatlarga juda moslashuvchisiz, garchi ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmasa ham. Siz hayotingizni juda intensiv tarzda yashaysiz, shu sababli ko‘p majburiyatlarni o‘z zimmangizga olasiz – bu esa asosiy muammongiz. Vaqt va energiyangizni yaxshiroq boshqarishni o‘rganing. Ustuvorliklarni belgilash va vaqtingizni yaxshiroq tashkil qilish muhim. Buni uddalasangiz, kunlaringiz unumliroq va baxtliroq bo‘ladi.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Feb, 13:20


#MULOHAZA

Choyni uzoq vaqt yolgʻiz qoldirib....
"Choy sovubdi"-degan gapdan foyda yoʻq.


Gap choy xaqida emas....
Gap nima haqida????
Fikringizni izohlarda qoldiring



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Feb, 11:22


❗️#PSIXOLOGIK_TEST

Barglardan birini tanlang va shaxsiyatingiz haqida qiziqarli ma'lumotlarni bilib oling

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Feb, 10:57


🌿 Kun kelib hamma narsa o‘z yo‘liga tushib ketishiga ishonib, DUO qiling...
Hamma narsaning xayrlisi sodir bo‘lishiga ishonib, HARAKAT qiling...
Va bir kuni hamma qiyinchiliklar tugashiga ishonib, SABR qiling...

Yaxshi kunlarni kutib yashash ham - IBODATDIR.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Feb, 10:51


XAYRLI ONLAR SEVIMLILARIM😍

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Feb, 09:07


#MOTIVATSIYA


Burgutdan so‘rashibdi:
— Yerga tushib ketishdan  qo‘rqmaysanmi?
Burgut kulibdi va shunday javob qilibdi:
— Men odam emasmanku,  biroz ko‘tarilsam o‘zimni yo‘qotib, havolanib ketsam.
Men cho‘qqida turganimda ko‘zlarim mudom yerda bo‘ladi...



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Feb, 06:35


#KUN_HIKMATI


Alloh buyuk dedimda,
hotirjam boʻldim.
Allohga oson dedimda,
halovat topdim.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Feb, 05:37


🌿 Nasibang keladi...

Senga nasib etadigan narsa boshqa birisiga nasib etmas...
Qismating bo'ladigan kishi boshqa birisiga yor bo'lmas...
Bu dunyoda senga atalgan,
sendan ketmas...
Sendan talab ― duo etmoq va duoni hayotingga yog'dirmoqdir...
Sabr bilan chidamoqdir.
Sen chidaganing sari nasibang go'zallashar...
Sen uringaning sari nasibang yaqinlashar. Sen qadam tashlaganing sari eng yaxshisi nasib etadi...
Hadiksirab kutish bilan keladigan narsa kelib qolmaydi.
Unutma..!
Nasibangga qarab yo'l olsanggina yo'l ochiladi senga..!

- Erdog'an Yildirim



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Feb, 05:26


XAYRLI ONLAR SEVIMLILARIM 🥰🥰🥰

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

03 Feb, 07:46


#KUN_HIKMATI

Muvaffaqiyatsiz odamlar o‘zlarining qarorlarini hozirgi vaziyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qiladilar. 

Muvaffaqiyatli odamlar qarorlarini qayerda bo‘lishni xohlashlaridan kelib chiqib qabul qilishadi.

©Benjamin Xardi

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

03 Feb, 01:58


ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM 🥰🥰🥰

Qalbi mexru muxabbatda qaynoq,
Ko‘ngli  tongday  oq va sog‘inchdan diydorga mushtoq olisdagi qadrdonlar!!! Barchangizga yangi tong, yangi  kun  muborak  bo‘lsin!!!

Yaratgan qo‘llasin, madadkor bo‘lsin,
Tonggi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.
Siz shunday yashang-ki, foniy dunyoda,
Vaslingizga JANNAT ham intizor bo‘lsin...


Bugungi kunimiz fayzu barokatli kun bo‘lib, qalblarimizga xotirjamlik in’om etsin!

Allox barchamizni o‘z panoxida asrasin.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

01 Feb, 11:06


#Testning_javobi.

Avvalo, bu inson sakrayaptimi yoki yiqilayabtimi, ketayaptimi, degan savolga javob bering. Agar sizning qaharmoningiz oʻz xohishi bilan sakrayotgan boʻlsa, bu sizning jurʼatli va harakatchan ekanligigingizdan dalolat. Sizning fikrlaringiz faqat miyangizda emas, balki harakatlar bilan bogʻliq. Agar, chizilgan rasmdagi inson yiqilayotgan boʻlsa, sizda beqarorlik bor. Bu beqarorlik sabab doimo biror narsani kutib yashaysiz. Ohir oqibat hamma muammo vaqt oʻtishi bilan yechimiga ega boʻladi. Bu yechim sizni qoniqtirmasligi mumkun, ammo, baribir biror jurʼatga kuch topa olmaysiz. Balki siz aktiv harakatlardan doimo qoʻrqib yashashingtz mumkin.

Bu inson oyogʻining tagida suvni (daryo, koʻl, dengiz, okean) chizgan boʻlsangiz, hayotingizdagi hamma narsani oʻz holiga qoʻyib qoʻyadigan insonsiz. Baʼzan siz biror voqea hodisani kritik nuqtaga yetkazishga erishasiz. Oʻz beqarorligingiz sizni “temirni issigʻida bosmasligingizga” sababchidir. Hamma ayblovlaringizga oʻz beqarorligingiz sababchi!

Bu inson oyogi tagiga batut yoki yumshoq narsa (koʻrpa, xas-hashak) toʻshagan boʻlsangiz, bu sizning ehtiyotkorligingizdan dalolat beradi. Siz nohush voqea-hodisa iskanjasiga judayam kam holdagina tushishingiz mumkun. Ehtiyotkorlik darajangiz shunchalik yuqoriki, doimo keyingi qadamni hisobga olib yurasiz. Siz nohush holga tushsangiz ham vaziyat siz tomonda boʻlishining sababi, siz avvaldan ehtiyotkorlik qilib qoʻygan narsalaringiz yordamga kelaveradi. Vaziyatni doimo yecha olasiz. Sizga ishonsa boʻladi.

Jarlikning tubida ikki qoʻlini ochib, goʻyoki yiqilayotgan insonni ushlab olishga shay turgan inson rasmini chizgan boʻlsangiz: sizga ehtiyotkorlik yetishmayapti. Judayam ishonuvchansiz. Nohush holatlarda har kimga ham ishonib ketaverasiz. Biror nohushlikda oʻz kuchingizga ishonmaysiz va doimo yordam kutaverasiz. Oʻz yechimingiz va qaroringigzning yoʻqligi kimnidur yordamiga muhtoj qilib qoʻyadi. Insonlarni bilishda bilimingiz yetishmaganligi sababli, sizni doimo aldashadi va sizdan foydalanishadi.

Jarlikni bir qirga oʻhshatdingizmi? Demak siz oʻziga ishongan, kuchli irodali, jurʼatli insonlar qatoriga kirasiz. Oʻz fikringizga egasiz, hamfikr insonlarni topa olasiz. Nohush holatlarda oʻzingizni yoʻqotib qoʻymaysiz va vaziyatni toʻgʻrilash sizga qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Agar siz bu insonning yelkasiga qanot chizgan boʻlsangiz: har bir vaziyatdan chiroyli yechim topishga aqlingiz va imkoniyatingiz yetadi. Oʻziga ishongan, aqilli, oʻz fikriga ega, insonlar nazaridagi jurʼatli va irodali shaxssiz

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

01 Feb, 09:03


#psixotest

Ushbu rasmda jarlik va inson tasvirlangan.

Bu inson jarlikdan sakrayotgan yoki yiqilayotgan boʻlishi mumkin. Sizningcha, u sakrayaptimi yoki yikilayaptimi?

Siz bu insonning hayotini saqlab qoling-chi! Unga yordam berish jarayonini oʻzingiz tashkillashtiring. Bu inson hayotini saqlab qolish uchun nima sharoitlar kerak boʻlsa, tasvirlang.

Balki bu inson havfda emasdir? Nima boʻlganda ham shu rasmni oʻz hayolingizdagi haqiqat bilan toʻldiring.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

01 Feb, 07:02


🔮 Eng zo‘r MOTIVATSIYA! 🔮

🎗Har kuni o‘zingizga katta ishonch berib, aynan o‘zingizni eng yaxshi sifatlar bilan maqtang! Bu ishni chin dildan oynani oldida turib bajaring! 

🎗Hech qachon o‘zingizni tanqid qilmang! Aybdorlik hissi kishini faqat orqaga tortadi.

🎗Har doim ilohiy kuch siz bilan ekaniga ishonish kerak. Chunki ALLOH jon tomirimizdan ham yaqin.

🎗Biz nimani o‘ylasak, aynan o‘shamiz! Chunki MIYAMIZ KOINOTning aynan maketi. Koinotda yaxshi yoki yomon, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri degan tushunchalar bo‘lmaydi. Nimani o‘ylasak, nimadan qo‘rqib qochsak, o‘shani amalga oshirib beraveradi.

🎗Hayotdan uqmagan darslarimiz oldimizga qayta-qayta kelaveradi to biz uni tushunib o‘zgartirguncha. Hatto buni tushunmay o‘lib ketish ham hech gapmas. Qachon darslaringizni tushunsangiz, hayotingizni tubdan o‘zgartira olasiz.

🎗HAYOTDA XATO QILISHDAN QOʻRQMANG!

Chunki xatolar bu - tajribalar. Ular kishini o‘stiradi va g‘alabaga olib chiqadi.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Jan, 07:02


😉 qoʻshiqqa raqsga tushamizmi💃

KUNINGIZ AʼLO KAYFIYATDA OʻTSIN🔥🔥🔥



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Jan, 05:35


#KUN_HIKMATI

Ba’zan uzoqlashmoq kerak - yaqinlashmoq uchun.
Ba’zan sukut yaxshidur -
tinglamoq uchun.

Shams Tabriziy

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Jan, 01:30


XAYRLI  KUN, SIZGA  YAXSHILAR!🥰

Salom yuzi quyoshlilarim,
Tonga yetgan bardoshlilarim,
O‘ttiz, ellik, yuz yoshlilarim,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar

Salom ko‘ngli qordek oqlarim,
Gina-gudrat, kibri yo‘qlarim,
Oxiratdan ko‘ngli to‘qlarim,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar!

Meni bilgan, bilmaganlarga,
Kulib turgan, kulmaganlarga,
Hali salom bermaganlarga,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar!

Tonga yetib shukur qilganlar,
O‘tgan kundan fikr qilganlar,
Ibodatdan huzur qilganlar,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar!

Suyganlaru, suymaganlarga,
Kuysam, birga kuymaganlarga,
Diydorimga to‘ymaganlarga,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar!

Tilagim bor sizga sahar chog‘,
Sizdan nari yursin g‘am, firoq,
Faqat Haqqa bo‘ling yaqinroq,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar!

Yaratganga hamdlar aytaylik,
Ko‘p tonglarga omon yetaylik,
Ketsak, jannatlarga ketaylik,
😊Xayrli kun sizga, yaxshilar!

https://t.me/Dildora_nur
https://t.me/Dildora_nur
https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

24 Jan, 09:10


⌚️Vaqt - bu asosiy boylik!

• Siz o'ylanib o'tirganingizda kimdur tavakkal qilib muvaffaqiyatga erishmoqda.
• Ba'zida tavakkal qilishning ham foydalari bor.
• Qo'rquv esa sizga halaqit beradi.
• Qo'rquv keraksiz fikrlar to'plami.
• Bunday fikrlardan o'zingizni tiying.
• O'ylab o'tirishga esa vaqt yo'q!
• O'sha ishingizni bugun va hozir qiling!

❤️ Reaksiya qoldiramiz va yaqinlarga ulashamiz!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

24 Jan, 06:10


🦾 Sizni nima ko'proq rag'batlantiradi
O'tmishingizga qarang.
Kechagi oʻzingiz bilan oʻzingizni Taqqoslang va tahlil qiling!

✔️Hayotingizda biror narsa (yoki kimdir) sizni oldinga siljitgan payt bo'lganmi? Nega bu sizga ta'sir qilgan? Minnatdor boʻlishimiz kerak xar bir vaziyat sizni oʻstiruvchi kuchligini aniqlang

✔️Ba'zida biz o'zimizni harakatga keltirgan narsalarni sezmaymiz. Minnatdor boʻlmaymiz.
Biz miyamizni yoqamiz, ishlay boshlaymiz...

✔️Eng samarali ishlagan, maksimal natijalarga erishgan paytingizni, muvaffaqiyatlarga to'lla bo'lgan vaqtingizni eslang. Bunday natijaga erishishingizga nima yordam bergandi?

☝🏻 Hech qachon qiyinchiliklar oldida to'xtamang. Oldin ular bilan qanday munosabatda bo'lganingizni har doim eslay olasiz va bundan kuch oling avvalgi natija qila olganingizni eslang!
✔️Bir marotaba marraga kelgan inson yana kela olishini unutmang!



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

24 Jan, 01:46


#ХAYRLI_TONG

Yangi  tongga yetkazding  mana,
Kimdir yetdi,  kimdir yetmadi,
Umr  berib  siylading bizni,
Yaratganim  o‘zingga  shukr!

Sinovlidir  asli bu dunyo,
Vafo qilmas hech bir kimsaga,
Sinov uchun matonat berding,
Yaratganim  o‘zingga  shukr !

Foniy  dunyo hammadan qolar,
Molu, davlat qololmas saqlab,
Qalbga iymon  berganing  uchun  ,
Yaratganim  o‘zingga  shukr!

Bilki oyning o‘n  beshi  yorug‘,
Yaxshi kunlar keladi ishon,
Quyosh chiqib tunning bag‘ridan,
Yaratganim  o‘zingga shukr!

Farishtalar  yozmishlar  taqdir ,
Imzo  qo‘ygan  birgina  Haqdir ,
Nolimoqlik bilgil gunohdir,
Yaratganim  o‘zingga  shukr !

ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM!🥰🥰🥰



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Jan, 13:20


#JAVOBLAR

👩‍❤️‍👨 Juftlik 1

Ehtimol, sizning birgalikdagi mashg'ulotlaringiz tez-tez va uzoq davom etgan. Boshqa ishlaringiz va oilangiz va do'stlaringiz bilan uchrashuvlar uchun vaqtingiz yo'q. Qanday bo'lmasin - sizning juftligingiz - va siz va sizning sevganingiz - etarli shaxsiy joy yo'q.

👩‍❤️‍👨 Juftlik 2

Ehtimol, siz bir-biringizdan biroz uzoqroqsiz. Yoki ular band edi. Qanday bo'lmasin, bu vaqtda siz va sizning yaqinlaringizga g'amxo'rlik va yordam etishmayapti.

👩‍❤️‍👨 Juftlik 3

Ehtimol, siz uzoq vaqt birga bo'lgansiz. Yoki munosabatlaringiz juda tinch. Sizning tanlovingizga ko'ra, sizga va siz uchun aziz odamga yorqin ijobiy daqiqalar etishmaydi. Masalan - birgalikda dam olish, pikniklar, kechki sanalar. Bu davrda ozgina romantika shaxsiy munosabatlaringizga umuman xalaqit bermaydi.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Jan, 10:55


#IBRAT


Bir yigit donishmandning oldiga kelib, salom alikdan so‘ng:
- Taqsir, haqqimga duo qilsangiz, men ham badavlat bo‘lib ketsam va ko‘p ko‘p ehsonlar qilsam”, dedi. U zot: 
- O‘g‘lim, boy bo‘lsangiz o‘zgarib qolishingiz ham mumkin, ana ko‘ring, ming-minglab boylar bor, lekin ko‘pchiligi ehson qilishdan qochadi. Siz boy bo‘lmasingizdan turib ham ehson qilavering”, - deb aytdi.
- Mening hech narsam yo‘q-ku, qanday ehson qilaman?
- To‘rt muchangiz butun va beshta a’zoingiz – ko‘z, og‘iz, quloq, qo‘l, oyoqlaringiz sog‘lom, shular bilan ehson qilasiz”.
- Iltimos, kengroq tushuntirib bering.
Ko‘zim bilan qanday ehson qilaman?
- Odamlarga mehr nazari bilan qarang, hech kimga hasad bilan qarab “bu odam buncha boylikni qayerdan oldi, u nima ish qilar ekan, boyligini menga bersa edi”, degan o‘ylarga bormang.  Ayollarga shafqat nazari bilan qarang, shahvat bilan emas. Chunki birinchidan, u sizga nomahram, ikkinchidan, har bir ayol yo kimningdir qizi yoki kimningdir xotini bo‘ladi. Odamlarga qo‘lingizdan kelgancha mehr ko‘rsatingki, toki ular ham sizga mehr bilan javob qaytarishsin. Quyoshni ko‘rmaysizmi, hammaga birdek kulib qaraydi, shu sababli uni hamma yaxshi ko‘radi”.
- Og‘zim bilan qanday ehson qilaman?

- Og‘zingizni faqat yaxshi, xayrli so‘zlar aytishga xizmat qildiring. Yolg‘on, bo‘hton, so‘kish so‘zlarini aytishdan uzoq bo‘ling. Birovlarni soxta takalluf va maqtovlar bilan o‘zingizga og‘dirishga urinmang. 
-Qulog‘im bilan qanday ehson qilaman?

-Qulog‘ingizni yomon so‘zlar, yomon suhbatlarga tutmang; g‘iybat bo‘layotgan joydan qoching, agar kuchingiz yetsa, o‘sha g‘iybatni to‘xtating yoki g‘iybat qilinayotgan insonni himoya qiling, bu siz uchun foydali bo‘ladi; nogoh biror nojoiz suhbatga yo‘liqib qolsangiz, o‘zingizni eshitmaganga olib, o‘sha joydan uzoqlashing va bu suhbatni hech yerda oshkor qilmang.
- Qo‘lim bilan qanday ehson qilaman?

- Qo‘lingiz bilan solih amallar bajarasiz; imkoningiz boricha odamlarga yordam qilasiz; biror joyda yomon ishni ko‘rib qolsangiz, qo‘lingiz bilan to‘xtating, shunda o‘sha yomonlik qilmoqchi bo‘lganlarga Alloh yo‘lida yaxshilik qilgan bo‘lasiz.
— Oyog‘im bilan qanday ehson qilaman?
- Gunoh ish bo‘layotgan, biror fitna uyushtirilayotgan joylarga qadam bosmaysiz, yaxshi ish bo‘layotgan joylarga, ishlarga qarab yurasiz. Shundan keyin donishmand yigitning haqiga duoyi xayr qilibdi.  Yigit esa xursand bo‘lib: 
- Sizga katta rahmat! Menda shunday keng imkoniyatlar borligiga e’tibor bermas ekanman, albatta, aytganlaringizni qilaman debdi. 

Donishmand esa:
“ - Bolam, himmatingizni baland tutsangiz Razzoq Egam qo‘lingizga davlat berganini bilmay ham qolasiz”,
- deya yigitni uzoq duo qilibdi. Yigit raxmat aytib, diliga yuksak niyatlar tugib, donishmandning huzuridan chiqibdi.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Jan, 09:18


#PSIXOLOGIK_TEST

👩‍❤️‍👨 Juftingizga nima yetishmayapti ?

Marhamat juftliklardan o'zingizga yoqqanini tanlang

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Jan, 05:33


#TONGGI_MOTIVATSIYA

Tashvishingiz insonlarning muhabbatini qozonish bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang... Insonlarning qalblari o‘zgaruvchandir, bugun jonidan ortiq ko‘rib, ertaga nafratlanib ham qolaveradi...
Tashvishingiz qanday qilib bo‘lsa ham, insonlar Robbisi muhabbatiga sazovor bo‘lish bo‘lsin....
Agar U sizni yaxshi ko‘rsa, insonlar qalblarini sizga talpinadigan qilib qo‘yadi...!

Shayx Sha’roviy


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Jan, 02:41


Har kuni ertalab bu so’zlarni o’qing, Hatto yodlab oling natijasi albatta zo'r boladi❤️

Ertalab aytiladigan afitmatsiyalar.


👋Men o’zimni borligimcha qabul qilaman va sevaman

🌺Men qanday bo’lsam shunaqaligimcha kifoyaman

🌺Men muhabbat va hamjihatlikdaman

😍Hamma kerakli mashgulotlarimga vaqtim yetadi

🙃Mening yangi imkoniyatlarga ochiqman

🌷Men toʻkin va farovon hayotda yashayapman

🤦‍♀️Mening energiyam yuqori

😂Menga xizmat qilmagan hamma narsani sevgi bilan ozod qilaman

🎯Men moliyaviy erkinlikdaman

👋Baxtli bo’lish mening tug’ma huquqim

So’zlar sehrdir, har gal aytganingizda koinotga yuqori tebranishlar tarqatasiz va u o’z evaziga o’zingizga qaytadi🌹

🫶 SIZ ENG YAXSHISIGA LOYIQSIZ
❤️

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Jan, 01:40


#XAYRLI_TONG

🥰 “Hayot menga imkoniyat bermayapti” demang... U holda bu tong uygʻonmas edingiz!
Har bir yangi kun yangi imkondir,  Siz kunni “Bismillah” bilan boshlang, xammasi yaxshi boʻladi, In Shaa Allah...

ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM
🥰

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

22 Jan, 09:41


#МULOHAZA

INSON va HAYVON o‘rtasidagi farq haqida


Bilasizmi nima uchun inson tabiatni eng cho‘qqisida turadi? Bizda na gepard kabi tezlik bor, na fil kabi kuch va na bo‘ri kabi chidamlilik bor. Bizda burgutdagi tirnoqlar yo‘q, lochindagi qanot yo‘q va dengiz tubida o‘zimizni akula kabi erkin tuta olmaymiz. Biz agar jismoniy xarakteristikalar bo‘yicha o‘zimizni hayvonlar bilan solishtirsak - absolyutniy anderdogmiz.

Lekin insonda miya bor! Ha miya hayvonlarda ham bor ammo bizda analiz qilish, xulosa chiqarish, tinimsiz yangi bilimlar to‘plash imkonimiz bor. Biz kashfiyotchimiz, bizda ilm fan bor va u hech qachon bir yerda qotib turmaydi.

Endi umuman o‘qimaydigan, o‘z ustida ishlamaydigan, xatolaridan xulosalar qilmaydigan va shunchaki yashash uchun yashaydigan insonni tasavvur qiling. Uni xayvondan nima farqi bor? O‘ylab ko‘ring....

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

22 Jan, 07:49


#MOTIVATSIYA

Odamlarning faqat yaxshi, ijobiy xislatlarini ko‘rishga intiling. Esda tuting, xar bir odamda istalgan xislat bor. Niyatlaringiz toza va samimiy bo‘lsa, odamlar sizga o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatadi.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

22 Jan, 06:36


#КUN_HIKMATI

Ayol erkakni u haqidagi fikri bilan yaratadi.
Erkak esa ayolni unga bo‘lgan munosabati bilan yaratadi...

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

22 Jan, 01:56


❄️❄️  Assalomu alaykum
    ❄️❄️va rahmatullohi
        ❄️❄️va barokatuh.
                          🌧 🌧
☃️❄️ Chorshanba tongi muborak
                      bo‘lsin aziz
                   dindoshlarim!.
                          🌧 🌧
☃️❄️ Yangi tong, yangi kun
                 barchaga xayrli   
                        bo‘lsin!.
                           🌧 🌧
☃️❄️ Alloh umringizga,
          rizqingizga  va topgan
          daromadingizga  baraka
                      bersin!.
                          🌧 🌧
☃️❄️Bugungi  kun omadli
          kelsin. Kuningiz solih
           amallarga va yaxshilik
             larga  boy  bo‘lsin!.
                         🌧 🌧
☃️❄️Oilangiz, yaqinlarin-
         giz  baxtiga  sog‘ bo‘ling!.
                          🌧 🌧
☃️❄️Yana bir  go‘zal, taro-
             vatli  tong muborak
                bo‘lsin  azizlar!


❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

21 Jan, 12:20


🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Kechagi bepuldars zapisi
Eshitib anglashlaringizni va savollaringizni qoldiring
❤️

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

21 Jan, 12:11


XAYRLI ONLAR SEVIMLILARIM🥰🥰🥰

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

21 Jan, 10:55


Faqat yaxshi gumonda bo‘ling, chunki dilingizdan, tilingizdan chiqqan so‘zlar niyat deb qabul qilinadi...

Bir ayol dedi:
«Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman».

Aytgani bo‘ldi.

Dedi:
«Men universitetda o‘qishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! O‘zim istagan mutaxassislikga kiraman!».
Aytgani bo‘ldi.

Unga dedilar:
«Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi».
Dedi:
«Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, ko‘zimning quvonchi bo‘lishadi».
Aytgani bo‘ldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
«Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat o‘ligi chiqadi».
Dedi:
«Yo‘q, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman».

Aytgani bo‘ldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi.

Bir kishi dedi:
«Men ishdan haydalishdan qo‘rqaman.
Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yig‘mog‘im kerak!» Aytgani bo‘ldi. Ishdan bo‘shatildi.

Nimaga bizning aytganlarimiz ro‘yobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: «Bandam Meni qanday o‘ylasa, shundayman!» deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, o‘ziga yaxshi. Yomon o‘ylasa, o‘ziga yomon.


Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yo‘l qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: «Endi qo‘lga tushdik» deyishsa ham, ular: «Yo‘q! Albatta, Robbim men bilan, U menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatur» dedilar. Alloh ularning aytganlarini ro‘yobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga bo‘lindi. Yo‘l ochildi.

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, o‘ylashda ham diqqat qiling!

Doyim nekbin (optimist) bo‘ling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling!
U - KARIM, U ROHIM!

Yomonlik haqida o‘ylamang!
Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz «Inna ma’iya Robbiy sayahdiyn»  (Albatta, Robbim men bilan, U menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatur) deb ayting!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

21 Jan, 08:44


Ong osti va fikr kuchi

Sizga hayotingiz yoqmayaptimi, undagi hodisalar sizni qoniqtirmayaptimi? Demak siz ong osti darajasida o‘zingiz ushbu holatlarni tortib olayapsiz.

Chunki, sizga sir emaski, bizning hayotimiz «Tortishish qonuni”ga bo‘ysunadi. Oddiy qilib aytganda — inson eng ko‘p o‘ylaydigan narsalarini o‘z hayotiga jalb qiladi. Bunda bizga Koinot yordam beradi: biz o‘z fikrlarimiz orqali Koinotga maxsus "buyurtma" beramiz, u esa bu "iltimoslarimizni" bajaradi! Bo‘ldi! Barchasi oddiy! Va Koinotga farqi yo‘q: sizning "buyurtmangiz" ijobiymi yoki yo‘qmi! U istaklaringizni to‘liqligicha bajaradi!

Shuning uchun, azizlar, fikr kuchidan to‘g‘ri foydalanish, salbiy fikrlashni to‘xtatish kerak! Ahir ijobiy energiyangiz, ijobiy foydali o‘y-hayollaringiz sizni baxtli voqelikka yetaklashga qodir!

E’tibor qayerda bo‘lsa — o‘sha yerda yaratilish bo‘ladi.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

21 Jan, 06:24


#MOTIVATSIYA


⚡️Tirik ekansiz, hayot eshigini yopib qo‘ya olmaysiz. Hayotingizga kimlardir kirib va kimlardir chiqib ketaveradilar...

⚡️Chiqib ketayotganlarni olib qololmaysiz.
⚡️Siz bilan qolganlarni chiqarib yuborolmaysiz!

SHUNING UCHUN XOTIRJAM BOʻLING!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 16:07


Bugungi efirda qatnashgan barcha qalbzarralarimdan cheksiz minnatdorman❤️❤️❤️

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 16:05


Live stream finished (1 hour)

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 15:01


Boshladik🔥🔥🔥

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 15:01


Live stream started

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 14:00


1 soatdan keyin dars boshlandi.

Tayyormisiz 🙋‍♀

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 11:34


Ba'zi ayollar erining bo'ynidan oladi.
Aqllilari — qo'lidan oladi.
Undan-da aqllilari esa o'zini qo'lga oladi va hayotdan zavq olib yashaydi
!

😉 Siz ham nima qilishni yaxshi tushunib oldingiz аа...

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 07:48


BAXT NIMA?

Ming bo‘lakka bo‘lib dunyoni
Tug‘ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo‘llaridan tutib ro‘yoni
Atrofda baxt, ba’zan bilmaymiz!

Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog‘insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!

Kimlarnidir Sevib, Sog‘inib
Intizor-la uni kutganing
Baxt aslida tomog‘ing bilan
Shu bir qultum suvni yutganing!

Hamma yerda Baxtlaring sochiq
Baxorlardan go‘zallik yiqqan,
Baxt emasmi? Ko‘zlaring ochiq?
Osmonga boq, ko‘kka oy chiqqan!

Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki Baxt - yelib tolmoqlik
Hammaga ham nasib etmaydi
Tongda turib nafas Olmoqlik!!!

        Erkin Vohidov



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 06:35


#MOTIVATSIYA

BAS QILING!

Keraksiz odamlar bilan vaqtingizni o‘tkazishni bas qiling!

Muammolaringizdan qochishni bas qiling!

O‘zingizni aldashni bas qiling!

Tuzilgan rejalaringizdan qochib, ularni bajarishni keyinga surishni bas qiling!

O‘tmishni ushlab turishni bas qiling!

Xato qilishdan qo‘rqishni bas qiling!

O‘tmishdagi xatolar uchun o‘zingizni koyishni bas qiling!

Xasad qilishni bas qiling!

Nolishni va o‘zingizga achinishni bas qiling!

O‘zingizni oqlashni bas qiling!



Muammolaringizda boshqalarni ayblamang! E’tiboringizni istamagan narsalaringizga qaratmang.

BIR QADAM OLDINGA.....🏃

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Jan, 02:53


#XAYRLI_TONG

Tilaklarim sizlar uchun🤲

🌹Kulib tursin yuzingiz
Yoshlanmasin ko‘zingiz
Ochiq bo‘lsin yo‘lingiz
Aziz qadrdonlarim!🤲

🌹Uzoq bo‘lsin umringiz
Baxtga to‘lsin qalbingiz
Osmon bo‘lsin qadringiz
Aziz qadrdonlarim!🤲

🌹Biling umr g‘animat
Sog‘lik xarnedan qimmat
Yashang doim shod ,xursand
Aziz qadrdonlarim!🤲

🌹To‘kilmaylik xazondek
Kelma xasad gulxandek
Umr o‘tar bir ondek
Aziz qadrdonlarim!🤲

🌹Hech bu ko‘ngil qolmasin
Qayg‘u alam bo‘lmasin
Oyoqlar qoqilmasin
Aziz qadrdonlarim!🤲

KUNINGIZ FAYZLI VA EZGU AMALLARGA TOʻLA BOʻLSIN


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Jan, 06:11


Dunyoga kelganimizni o‘zi BAXT...!

           BAXT

🌸Erta tongdan turolsang,
Qadam tashlab yurolsang,
Yorug‘ dunyo ko‘rolsang,
Mana shuning o‘zi Baxt.

🌸Uxlolmay to‘lg‘onmasang,
Og‘riqdan qiynalmasang,
Mehringni qizg‘anmasang
Mana shuning o‘zi Baxt.

🌸Gavdangni ko‘tarolsang,
Dardingni itarolsang,
O‘zingni qutqarolsang
Mana shuning o‘zi Baxt.

🌸Sog‘lik qadrin bilolsang
Yugurib ish qilolsang,
Quvonch bilan kulolsang,
Mana shuning o‘zi Baxt.


✍️Marxabo Karimova

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Jan, 05:10


#MOTIVATSIYA

❤️Qanchalik harakat qilmang hammaga birdek yoqa olmaysiz, shunday ekan o‘zingiz uchun yashang, o‘z qalbingiz buyurgan ishni qiling.

❤️Odamlarning siz haqingizdagi fikri emas, o‘zingiz haqingizda qanday o‘ylashingiz ahamiyatli.  Boshqalarning fikri bilan o‘zingizni aybdor his qilmang.


❤️ Kechirish va unutishni o‘rganing. Agar siz kuchli bo‘lsangiz sizga qilingan nohaqliklarni unutish va kechirishni uddalaysiz, gina-adovat qalbdan xotirjamlikni yo‘qotadi.

❤️ Qayerda, qanday sharoitda bo‘lmasin, yashaydigan joyingizni go‘zal va obod qilishni o‘rganing. U yerda huzur va halovatni his qilib yashang..

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

06 Jan, 02:53


ASSALOMU ALAYKUM!
VA RAHMATULLOHI VA BAROKATUH!

Dushanba tonggi hayrli bo‘lsin

Qalbingiz iymonga Uyingiz quvonchga Yuzingiz nurga
Kuningiz hayrli va solih amallarga to‘la bo‘lsin.

Yangi kunni hadya qilgan va sog‘-salomat uyg‘otgan Allohga hamdlar sanolar🤲🤲🤲

Bugunimiz kechagidan ko‘ra unumli va barakali bo‘lsin!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Jan, 13:05


#ТEST_JAVOBLARI

1️⃣ Uzuk. Aslzoda va nafis.
Erkaklar sizni aslzoda  va o‘ziga xos ta’bga ega ayol sifatida qabul qilishadi va sizni go‘zal narsalar bilan rom etishni istashadi. Siz go‘yo badiiy film qaxramonideksiz va sizni yoningizda bo‘lish katta sharaf.

2️⃣ Uzuk. Mehribon.
Erkak nazarida siz ochiqko‘ngil va mehribon ayol bo‘lib ko‘rinasiz. Oddiy narsalarga jaxli chiqmaydigan va janjal ko‘tarmaydigan. Erkaklarga siz bilan muloqot qilish juda qulay.

3️⃣ Uzuk. Sirlilik.
Erkaklar sizning qalbingizni go‘zalligi va ma’naviy dunyoingizni boyligi rom bo‘lishadi. Ular doimo yuragingizga kalit topishga xarakat qilishadi, ammo shu vaqtgacha xech kim buni uddalamadi.

4️⃣ Uzuk. Bolacha.
Erkaklar doim sizni yosh boladek himoya qilishga va siz uchun zarur qarorlarni qabul qilishga xarakat qiladilar. Hayotiy maslahatlar berishga intiladilar. Sizning erkaliklaringizni jiddiy qabul qilmaydilar.

5️⃣ Uzuk. Donolik va xotirjamlik.
Erkaklar sizni ideal xotin sifatida ko‘rishadi, bunga sabab sizning ayollik donoligingiz, yumshoq tabiatingiz va chekinishga moyilligingizdir. Siz ular uchun xaqiqiy xazinasiz.

6️⃣ Uzuk. Drama qirolichasi.
Sizning qiziqqonligingiz va temperamentligingiz erkaklar e’tiborini jalb qiladi. Siz ular ko‘z o‘ngida kuchli shaxssiz va ular sizdan cho‘chishadi.

7️⃣ Uzuk. Sovuqqon.
Erkaklarda sizning tashqi sovuqqonligingiz va mag‘rurligingiz ovchilik xissiyotini uygʻotadi. Bu ularga o‘ta ehtirosli tuyuladi.

8️⃣ Uzuk. Nafis va romantik.
Erkaklar sizning qalbingiz sevgiga va nafislikka to‘la deb hisoblashadi, dunyo tashvishlaridan dam olib sizning erkalashingiz va mehringizda cho‘milishni yoqtirishadi.

9️⃣ Uzuk. Kuchli va qatt’iyatli.
Erkaklarga siz yetuk shaxs va qat’iy hayotiy prinsiplarga ega boʻlib ko‘rinasiz. Ko‘pchiligi sizni hayotda birga qadam tashlay oladigan juft sifatida qabul qiladilar...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Jan, 10:34


#psixologik_test

Bugungi testimiz ayollar uchun!

Uzuklardan birini tanlang va erkaklar siz haqingizda qanday oʻylashlarini bilib oling.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Jan, 06:43


ATROFINGIZDA KIMLAR BOR?

— Аgar siz 5 ta aqlli odam bilan suhbatlashsangiz, siz ularning oltinchisiga aylanasiz.
— Аgar siz 3 ta oʻziga ishongan odam bilan suhbatlashsangiz, siz toʻrtinchisi boʻlasiz.
— Аgar siz 6 ta millioner bilan suhbatlashsangiz, siz yettinchisi boʻlasiz.
— Аgar siz 2 ta nodon odam bilan gaplashsangiz, siz ularning uchinchisi boʻlasiz.

Qanday inson boʻlib shakllanishingiz, atrofingizdagi siz tanlagan odamlarga bogʻliq...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Jan, 04:29


#MOTIVATSIYA

Ertangi kun baxtli bo‘lishiga ishonmagan odam, bugungi kunini ham baxtli o‘tkaza olmaydi.

Bugun – ertaning poydevori, erta – bugunning davomi. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning.

Hayotda siznikidan ham katta muammolari bor insonlar borligini unutmang.

Har qanday vaziyat ortida xikmat bor ishoning.

Omadlilarning muvaffaqiyat siri oddiy – ular hech qachon ishonchni yo‘qotishmaydi!  

 
Hayotda eng muhim narsa
ISHONCH
  

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

05 Jan, 04:01


#ХAYRLI_KUN

❄️Assalomu alaykum. YAKSHANBA  tongi muborak bo‘lsin Azizlarim.


🤲Tongda sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdu sanolar

❄️Allohim tongingizni nurafshon,
❄️Ko‘nglingizni xotirjam,
❄️Chehrangizni nurli qilsin.
❄️Baxt,omad, muvaffaqiyat, mehr-muhabbat hamisha hamroxingiz bo‘lsin !!!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Jan, 09:52


👉Biror kishi yoki biror narsa haqida tinimsiz salbiy fikrlayapsizmi?

📌 Hayotimizda biror yomon narsa ro‘y bersa, uning 5 ta yaxshi tomonini toping, o‘shanda yengil tortasiz. Yodingizda bo‘lsin, har bir narsa yaxshilikka, sizning foydangizga, sizning o‘sishingiz va rivojlanishingiz uchun ro‘y beradi.

📌Biror kishi haqida salbiy fikrlaringiz ko‘payib ketgan bo‘lsa, o‘sha insonning 5 ta yaxshi  hislatini sanang va yana yengil tortasiz.

👉Har bitta yomon fikr o‘zimizga o‘z aksini ko‘rsatib, yomon natijani olib kelib beradi. Shuning uchun yomon fikr kelishi bilan darhol quvish kerak.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Jan, 06:35


#KUN_HIKMATI

Ibrohim ibn Adham rahimahulloh Basra bozoridan o‘tib qoldi. Uning atrofiga odamlar to‘planishdi va: “Ey Abu Ishoq! Bizga nima bo‘lganki, duo qilamizu ijobat bo‘lmaydi?”.
U dedi: “Chunki, sizlarning qalbinglar o‘n narsa bilan o‘lgan”. Odamlar: “Ular nimalar?” deya so‘rashdi.
Ibrohim ibn Adham:
1. Allohni tanidinglar, lekin haqqini ado qilmadinglar.
2. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishni da’vo qilib sunnatini tark qildinglar.
3. Qur’onni o‘qidinglar, lekin unga amal qilmadinglar.
4. Allohning ne’matlarini yedinglar, biroq, shukrini ado qilmadinglar.
5. Shayton bizning dushmanimiz, dedinglar, lekin uni aytganini qildinglar.
6. Jannatni haq deb aytdinglarda, unga kirish uchun amal qilmadinglar.
7. Do‘zaxni haq deb aytdinglarda, undan qochmadinglar.
8. O‘limni haq deb aytdinglarda, unga tayyorgarlik qilmadinglar.
9. Uyqudan uyg‘onib, o‘zingizni aybingizga mashg‘ul bo‘lmasdan birovlarning aybi bilan mashg‘ul bo‘ldinglar.
10. O‘liklaringizni ko‘mib, ulardan ibratlanmadingiz.

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

04 Jan, 06:19


XAYRLI ONLAR SEVIMLILARIM 🥰

Kuningiz qanday oʻtyapti?
Nimalar bilan bandsiz?

Yil boshidan aʼlo kayfiyat bilan ORZU-MAQSADlarni yozishga ulgurdingizmi?
Agar ulgurmagan boʻlsangiz, hali ham kech emas.
Albatta YOZING.....

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

02 Jan, 11:09


🔥🔥🔥BU YILNI SIZ QANDAY NOMLADINGIZ....

IZOHLARDA YOZIB QOLDIRING

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

02 Jan, 11:07


YILga nom berish birinchi prezidentimiz I. A. KARIMOVdan qolgan milliyanʼana. Men bunda juda katta xikmat koʻraman. Chunki yilni qanday nomlasa butun diqqat-eʼtibor shu nomga qaratilinadi. Diqqat eʼtibor qarayerga qaratilinsa, shu erga ENERGIYA beriladi. Energiya bor joyda, oʻsish rivojlanish boʻladi.

Yaʼni oʻsha nom ISHLAYDI.

☝️NIMA DEMOQCHI BOʻLGANIMNI TUSHUNDINGIZ DEB OʻYLAYMAN👍

Yil boshidan oʻzingizga aniq reja va maqsadlar qoʻying...

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

02 Jan, 10:40


2025 YIL- ATROF MUHITNI ASRASH VA YASHIL IQTISODIYOT YILI.....

1991 - Alisher Navoiy yili
1992 - Hamshiralar yili
1993 - Ahmad Yassaviy yili
1994 - Mirzo Ulug‘bek yili
1995 - Ibn Sino yili
1996 - Amir Temur yili
1997 - Inson manfaatlari yili
1998 - Oila yili
1999 - Ayollar yili
2000 - Sog‘lom avlod yili
2001 - Ona va bola yili
2002 - Qariyalarni qadrlash yili
2003 - Obod mahalla yili
2004 - Mehr-muruvvat yili
2005 - Sihat-salomatlik yili
2006 - Homiylar va
            shifokorlar yili
2007 - Ijtimoiy himoya yili
2008 - Yoshlar yili
2009 - Qishloq taraqqiyoti va
            farovonligi yili
2010 - Barkamol avlod yili
2011 - Kichik biznes va
            xususiy tadbirkorlik yili
2012 - Mustahkam oila yili
2013 - Obod turmush yili
2014 - Sog‘lom bola yili
2015 - Keksalarni e’zozlash yili
2016 - Sog‘lom ona va bola yili
2017 - Xalq bilan muloqot va
            inson manfaatlari yili
2018 - Faol tadbirkorlik,
            innovasion g‘oyalar va
            texnologiyalarni
            qo‘llab-quvvatlash yili
2019 - Faol investisiyalar
            va ijtimoiy
            rivojlanish yili
2020 - Ilm-ma’rifat va
            raqamli  
            iqtisodiyotni
            rivojlantirish yili
2021 - Yoshlarni qo‘llab-
            quvvatlash va axoli
            salomatligini
            mustahkamlash yili
2022 - Inson qadrini
            ulug‘lash va
            faol mahalla yili.
2023 - Insonga e’tibor va
             sifatli ta’lim yili
2024 - Yoshlar va biznesni
             qo‘llab-quvvatlash
             yili»
2025 - Atrof muhitni asrash va
             yashil iqtisodiyot yili!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

02 Jan, 08:24


YANGI YIL


Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yilda qolsin eski dard,
Olam ahli yayrasin xursand,
Kutilmagan o‘zingga monand
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yildan mayli ginam yo‘q,
Unda topdim ibrat va yutuq,
Bir kami yo‘q, tugalu to‘liq
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Yaqinlarim qaddi tog‘ bo‘lsin,
Farzandlarim ko‘ngli chog‘ bo‘lsin,
Sog‘inganlarim ham sog‘ bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil...

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

02 Jan, 02:35


Assalomu alaykum SEVIMLILARIM

YANGI KUN YANGI IMKONIYATLAR VA YANGI ENERGIYALAR UCHUN ALLOHGA HAMDU SANOLAR🤲🤲🤲

Kuningiz fayzli va ezgu amallarga toʻla boʻlsin



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

01 Jan, 05:14


2025 YILNING ILK KUNI XAYRLI ONLAR BOʻLSIN SEVIMLILARIM

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

31 Dec, 06:07


YANGI YIL MUBORAK BOʻLSIN

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

31 Dec, 04:07


#MOTIVATSIYA

Inson oʻzini oʻzi baxtli deb xisoblamaguncha u baxt nimaligini bilmaydi!
Avvalo oʻzingizni seving siz yagonasiz!
Oʻzingizga mexr bering siz kerakli ekaningizni xis qiling!
Siz bu olamga kerakli boʻlganingiz uchun ALLOH sizni yaratdi!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

31 Dec, 03:01


🎄🎊                                      🎊🎄
🎊    Assalomu Alaykum!        🎊
              Xayrli Tong!

❤️🎁   Kirib kelayotgan    ❤️🎉
❤️🎁     Yangi yilingiz      ❤️🎉
❤️🎁   muborak bo‘lsin!     ❤️🎉

Alloh tuganmas baht, yuksak iymon, taningizga sog‘lik, sizga va oilangizga tinchlik ato etsin!

🎉  YANGI 2025-YILINGIZ
         MUBORAK BO‘LSIN!       🎊



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

30 Dec, 12:09


2  0  2  5

2 ming yigirma besh, omad olib kel,
0 ydin et yurguvchi yo‘llarimizni.
2 dunyosiga yetgulik baxt ber,
5 karra quvontir dillarimizni.

2 ming yigirma besh, rahm et ko‘nglima,
0 tashingga solma, kuydirma hadeb,
2 yo‘l ichinda qoldirma meni,
5 pulga arzimas g‘animlarni deb.

2 ming yigirma besh, oqizma aslo,
0 dan boshlaganlar manglayidan ter.
2 million berma xaromdan, mayli,
5 so‘m bo‘lsa hamki, halolidan ber.

2 ming yigirma besh, iltijoyim shu,
0 rzular yurtiga qadam tashlaylik.
2 kaftim ochib so‘rayman Haqdan,
5 kunimiz bormi, shodon yashaylik.

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

30 Dec, 04:32


#MOTIVATSIYA


Alloh roziligi uchun yaxshi tomonga oʻzgarishga qaror qilgan boʻlsangiz...

Oʻtmishda qilib oʻtgan xato kamchiliklariz sizni mahzun qilmasin.
Atrofdagilarning soʻzlari sizni mahzun qilmasin.
Oʻzingizga ishoning , tavakkal qiling , qatʼiyatlik boʻling.
Men sizga oʻzingizdan-da koʻra koʻproq ishonaman siz Judayam Qatʼiyatli insonsiz .
Faqat buni oʻzingizga bildirib qoʻyish qoldi Xolos
.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

30 Dec, 04:20


-Nega orzular amalga oshmaydi yoki uni yillab kutish kerak?
Tanish holatmi?😐
Endi kutishga hojat yõq📌
Chunki 2025-yil energiya yili🤗
Bu yilni shunchaki õtakazib yubormang📌
Huddi 2024-yil kabi...
2025-yilni orzular bilan pullar bilan qarshi olishni xoxlaysizmi?🫵
Unda psixolog DILDORA ABDUQAXXORONAga murojat qiling
Ya'ni psixolog DILDORA ABDUQAXXORONA hozirda "Transformatsion" kursiga hozirda yangi yil skidkasini e'lon qildi🥳

MAVZULAR:
💥ONGNI NEGATIVLARDAN TOZALASH.....
POKLANISH MEDITATSIYASI.

💥BOLALIK TRAVMALARI BILAN ISHLASH....
QALBGA ULANISH MEDITATSIYASI.

💥AYBDORLIK HISSIDAN CHIQISH.
YANGI SENARIY YARATISH...

💥ENERGETIK MARKAZLARNI AKTIVLASHTIRISH....

💥ENERGIYAGA TOʻLISH PRAKTIKASI.....

Bu kursni õqib bemmalol õz orzularingizni qisqa vaqt ichida amalga oshirishingiz mumkin🫠

Siz 21kun davomida toʻliq master nazorati ostida boʻlasiz va har bir savolingizga javob olasiz👌😻

Kurs narxi:1.300.000 sõm edi lekin sizlar uchun ya'ni 2025-yilni energiya yilini shunchaki õtgazib yobormasliglaring uchun yangi yil skitkasi qilib 199.000 sõm qildik🤯🥳

Shoshiling bu imkoniyatni qõldan boy bermang😘😇

Murojat uchun👇👇👇
@shirinim_30

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

30 Dec, 03:50


YANGI YILDA BARCHAGA OMAD
 
  Hammangizga tilayman shodlik,
  Xonadonda bo‘lsin-da tinchlik,
  Yo‘qolmasin hech qachon birlik,
  Yangi yilda barchaga omad.
 
  Shirin orzu umidlar bilan,
  Reja qilay yoriq yuz bilan,
  Tabriklayin sovg‘alar bilan,
  Yangi yilda barchaga omad.
 
  Ko‘zimizdan chaqnab kulgular,
  Unut bo‘lsin hamma qayg‘ular,
  Go‘zal bo‘lsin ichki tuyg‘ular,
  Yangi yilda barchaga omad.
 
  Yomonliklar ketsin-da erib,
  Yuraylikda rizqlarni terib,
  Savob ishlar qilaylik berib,
  Yangi yilda barchaga omad.
 
  Aylanyabdi tarixga bu yil,
  Biroz xira og‘riyabdi dil,
  Qadrlidir xar bitta fasl,
  Yangi yilda barchaga omad.
 
  ✍️ Solihabegim
  Dilafruz Shahrixoniy


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

29 Dec, 11:13


💸Uyda o‘tirib pul ishlashni xohlaysizmi?

👗Uyda bekor turgan kiyim-kechak va buyumlaringiz bormi?
💰Ularni pulga aylantirishni xohlaysizmi?

💥Yangi kiyimlar sotib olish yoki eski kiyimlaringizni sotish – barchasi bir joyda!

Keraksiz kiyimlaringizni pulga aylantiring!
Sifatli kiyimlarni arzon narxda soting va oling!
Har kuni yangilanadigan imkoniyatlar!

🛍️Oson, qulay va foydali – boshlash uchun ajoyib imkoniyat!

Faqat bugun! Hozir kanalga qo‘shilgan dastlabki 5 ta qizga CHEGIRMA narxda e’lon joylashtirish imkoniyati!

📲 Tezda qo‘shiling va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👉 https://t.me/Bekor_yotmasinN1
https://t.me/Bekor_yotmasinN1
https://t.me/Bekor_yotmasinN1

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

29 Dec, 08:38


Miyani muvaffaqiyatga soʻzlashni sirlari bor.
Bu haqida YANGI HAYOT TRANSFORMATSION KURSIDA oʻrganamiz.

Yangi yilda yangi ENERGIYA bilan hayotini oʻzgartirishni, rivojlanishni xohlaganlarni KURSIMDA kutaman❤️❤️❤️

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

29 Dec, 08:35


O‘zgarishlar doimo qo‘rqinchlidir.

Ammo sizning hayotingizni siz uchun hech kim o‘zgartirmaydi. Siz qanday yo‘l tutish kerak ekanligingizni tushunasiz, ammo qo‘rquvga qaramay, olg‘a harakat qilasiz. Mana shu muvaffaqiyatning asosiy qoidasidir.

Miyani🧠 muvaffaqiyatga🏆 sozlang
⚙️


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

29 Dec, 05:09


#KUN_HIKMATI

Baxtning bir eshigi yopiqligi, boshqasi ochiq ekanligining nishonasidir.

Ammo yopiq eshikdan boshqasini ko‘rmaydigan insonga
ochiq turgan BAXT eshigi ham yordam bera olmaydi.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

29 Dec, 02:14


#XAYRLI_TONG                                                     

INSON hayotini yorqin lahzalar, ajoyib do‘stlar, mehribon yaqinlari bezaydi...
Mag‘lublikni ham, g‘oliblikni ham...
tushkunlikni ham, shodlikni ham...
yorqin va rangsiz kunlarning ham  sababchisi O‘ZIMIZ! 
Ya’ni bugungi fikrimiz, ertangi kunimizdir...

Fikrlari ezgulikka, xayollari yaxshilikka, tasavvurida yorqin lahzalarga to‘la bo‘lgan SEVIMLILARIMGA ASSALOMU ALAYKUM!!!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Dec, 09:22


🎄YANGI YIL TUHFASI 🎄


🍀YANGI HAYOT🍀 TRANSFORMATSION KURSIDA NIMALARNI OʻRGANMIZ...


MAVZULAR:
💥ONGNI NEGATIVLARDAN TOZALASH.....
POKLANISH MEDITATSIYASI.

💥BOLALIK TRAVMALARI BILAN ISHLASH....
QALBGA ULANISH MEDITATSIYASI.

💥AYBDORLIK HISSIDAN CHIQISH.
YANGI SENARIY YARATISH...

💥ENERGETIK MARKAZLARNI AKTIVLASHTIRISH....

💥ENERGIYAGA TOʻLISH PRAKTIKASI.....


Siz 21kun davomida toʻliq master nazorati ostida boʻlasiz va har bir savolingizga javob olasiz.
Yangi yilda hayotingizni yanada yuqori rivojga olib chiqmoqchi boʻlsangiz QAROR QABUL QILING

KURS NARXI: 1300000 soʻm
YANGI YIL MUNOSABATI VA SIZGA BOʻLGAN SAMIMIY SEVGIM BILAN SUPERCHEGIRMADA 199 ming soʻm


Murojat uchun: @shirinim_30

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Dec, 06:09


🎄YANGI HAYOT TRANSFORMATSION KURSini oʻziga sovgʻa qilgan ishtirokchilarimizga sovgʻalarini ulashayapmiz🎁🥳

Tez kunlarda natijalarimizni boʻlishamiz🥰

SIZ HALIYAM OʻQISAMMI YOQMI DEB IKKILANYAPSIZMI...

BUNDAY KUCHLI ENERGIYA YILIDA BIZ BILAN BIRGA RIVOJLANING
🥳

Har biringizni qoʻllaringizdan tutaman, oson va yengil rivojga olib oʻtaman🤝

QANI KETDIK🔥🔥🔥

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Dec, 04:34


#MOTIVATSIYA


O‘ZINGIZGA ISHONING !!!

- Meni qo‘limdan hech ish kelmaydi, degan gapingizni bugundan  unuting.

- Bu ishni men uddalay olmayman, menda o‘xshamaydi, chunki avvallari xam o‘xshamagan.

- Hayotda men ko‘p narsani yo‘qotdim, endi ham yo‘qotishni xohlamayman. Bu so‘zlardan, bugundan boshlab voz keching.Chunki yo‘qoladigan, yo‘qotadigan hech narsa yoʻq.

- Sizda faqat aql,idrok, dars va natija bor xolos.
 -  Barcha siz bosib o‘tgan yo‘llar, o‘tgan darslar, erishgan natijalar sizni yashashga o‘rgatadi.

- Barcha qiyinchiliklar, to‘siqlar, biror bir darsni olish uchun, tushunish uchun beriladi. Barcha  to‘siq va qiyinchiliklar sizni yiqitadi, sizni o‘stiradi,
va go‘zallik yaratadi.

Shuning uchun alamdan, nafratdan, sizga o‘sish uchun to‘siq bo‘layotgan, yashashga xalaqit berayotgan xolatlardan voz keching.

- O‘ylashni, o‘zingizga qayta qayta savol berishni bugundan boshlab to‘xtating.

- O‘zingizni baxtsizman deyishni toʻxtating, chunki buni bari yolg‘on.

-Siz Omadlisiz !
-Siz Baxtlisiz !
-Siz o‘z xayotingizni yaratuvchisisiz !
-Siz xozir boʻlishingiz kerak boʻlgan joydasiz !
-Hammasi o‘z qo‘lingizda !
-O‘rningizdan turing, tushkunlikka yo‘q deng!
-Axir siz XAZRATI INSONSIZ!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Dec, 02:11


#XAYRLI_TONG

🌤 ASSALOMU ALAYKUM! Shanba tonggi muborak bo‘lsin 🌱

☘️ Qalbingiz iymonga
☘️ Uyingiz quvonchga
☘️ Yuzingiz nurga
☘️ Kuningiz hayrli va solih amallarga to‘la bo‘lsin.

Yangi kunni hadya qilgan Allohga hamdu sanolar
🤲🤲🤲


https://t.me/Dildora_nur!

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Dec, 16:11


Live stream finished (1 hour)

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Dec, 15:01


Boshladikmi

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Nov, 06:59


#МOTIVATSIYA

O‘ZINGIZGA ISHONING

❤️Meni qo‘limdan hech ish kelmaydi, degan gapingizni bugundan  unuting!

❤️Sizda faqat aql, idrok, dars va natija bor xolos.
Barcha siz bosib o‘tgan yo‘llar, o‘tgan darslar, erishgan natijalar sizni yashashga o‘rgatadi.

❤️Barcha qiyinchiliklar, to‘siqlar, biror bir darsni olish uchun, tushunish uchun beriladi. Barcha  to‘siq va qiyinchiliklar sizni yiqitadi, sizni o‘stiradi,
va go‘zallik yaratadi.

❤️Shuning uchun alamdan, nafratdan, sizga o‘sish uchun to‘siq bo‘layotgan, yashashga halaqit berayotgan holatlardan voz keching.

❤️O‘ylashni, o‘zingizga qayta-qayta savol berishni bugundan boshlab to‘xtating.

❤️O‘zingizni baxtsizman deyishni to‘xtating, chunki buni bari yolg‘on.

Hammasi o‘z qo‘lingizda !


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Nov, 04:15


Bugungi kun AFFIRMATSIYALARI

💋 Men hayotning barcha mo'jizalari uchun ochiqman.

💋 Men o'zim istagan davlatlarga sayohatga borishga tayyorman.

💋 Bugun men uchun cheksiz imkoniyatlar eshigi ochiq.

💋 Men o'z hayotimning qirolichasi ekanligim uchun shukronalik keltiraman .

💋 Men toʻkin va farovon hayotda yashashga loyiqman.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

28 Nov, 02:06


#Xayrli_tong

ASSALOMU ALAYKUM🥰

Tong otmoqda, bir ajoyib tong,
Boshlanmoqda yangi kuningiz
Sof nurlarga to‘lmoqda osmon,
Quvonchlarga to‘lsin dilingiz.

Hayr bo‘lsin, baraka bo‘lsin,
Quvonchlarga to‘lsin bu damlar,
Qalb qo‘ringiz nurlarga to‘lsin,
Hayrli tong aziz odamlar.



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Nov, 13:30


#ТEST_JAVOBLARI

1.AYOL YUZI👩🏼
👋Siz juda mehribon va samimiy insonsiz.  Ko‘p odamlar buning uchun sizni qadrlashadi. Faqat boshqalarni emas, o‘zingizni ham o‘ylashingiz kerak.
Shaxsiy chegaralaringizni himoya qila olmaysiz. "Yo‘q" deb ayta olmay, natijada o‘zingizga zarar keltirasiz. Birovni xafa
qilishdan qo‘rqib, o‘zingizni xafa qiladiganlar turidansiz

2.OQQUSHLAR 🦢
👋juda shaxsiy odamsiz, shuning uchun ko‘pincha o‘zingizni yolg‘iz his qilasiz. O‘zingizni ko‘rsatishdan qo‘rqishning hojati yo‘q. Buning uchun avvalo boshqalar siz haqingizda nima deyishi haqida o‘ylashni to‘xtatishingiz kerak.
Har qanday vaziyatda xato qilishdan yoki kulgili bo‘lishdan qo‘rqmang. O‘zingiz bo‘lishdan qo‘rqmang, o‘zingizni haqiqiy bo‘lishga imkon bering

3.QAMISHLAR🎋
👋o‘zingiz haqingizda umuman o‘ylamaysiz. To‘xtovsiz harakat qilasiz. Nimanidir qilishni xohlaysiz, lekin kundalik ishlar sababli kechiktirasiz, nimanidir sotib olishni xohlaysiz, lekin pulni tejashni afzal ko‘rasiz. O‘zingizni ham o‘ylang. Muntazamlikdan qochib hayotingizga qandaydir yangilik qilishga harakat qilib ko‘ring!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Nov, 11:26


#MULOHAZA

"EY BANDAM"

"Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: "Ey, inson farzandi! Betob bo‘ldim, meni kelib ko‘rmading. U odam aytadi: "Ey, Rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo‘laturib, men seni qanday ko‘rishim mumkin edi?" Alloh aytadiki:
"Falonchi odamni betobligida borib ko‘rmading-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo‘lur eding. Ey, inson farzandi! O‘zing ovqatlanding, ammo meni yo‘qlamading". Odam aytadi: "Ey, Rabbim, sen butun olamning Podshohi bo‘lsang, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin edi?" Alloh aytadi: "Falon bandam ovqat so‘rab oldingga borganida, sen unga taom bermading. Agar taom berganingda uning huzurida meni topgan bo‘lur eding". Alloh aytadi: "Ey inson farzandi, men sendan suv so‘radim, suv bermading. Odam aytadi: "Ey, Rabbim, sen butun olamning Parvardigori bo‘lsang, men senga qanday qilib suv berishim mumkin?" Alloh aytadi: "Falon bandam suv so‘radi, sen unga suv bermading. Agar berganingda edi, meni uning huzurida topar eding".

"Ming bir hadis" kitobidan.

🤗Postdan nimalarni angladingiz....
Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Nov, 10:15


#PSIXOLOGIK_TEST


USHBU SURAT ENG ZAIF TOMONINGIZ NIMADA EKANLIGINI OCHIB BERADI!

Rasmda birinchi nimani koʻrdingiz?


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Nov, 09:20


#MOTIVATSIYA

🔥Hech qanday daraxt osmonga ko‘tarilmaydi, uning ildizlari yer ostiga tushmasa!

🔥Sizni baxtsizligingiz yoki baxt-saodatning sabablari, sizni yaxshi va yomon kunlaringizni sabablari - barchasi sizni ichingizda!

🔥Sizda nima bo‘lishidan qat’iy nazar, buning sababi sizsiz.
Tashqi sabablar ikkinchi darajali, ichki sabablar asosiydir! Siz buni tushunib olmaguningizcha, dunyoingizni o‘zgartirolmaysiz.

🔥Yechimini atrofdan qidirsangiz, hech narsani o‘zgartirolmaysiz. Yechim sizni ichingizda!

🔥Agar siz hech bo‘lmaganda bitta o‘zgarish qilsangiz, millionlab o‘zgarishlar yuz berishni boshlaydi.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

27 Nov, 08:21


#KUN_HIKMATI


NA OʻTMISH BOR, NA KELAJAK.

O‘tmishingga boqib qayg‘uga botma va kelajakka boqib tashvishlanma.

Hozirgi on ila yasha, chunki sen shu onda borsan...

XAYRLI ONLAR SEVIMLILARIM

🥰

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

26 Nov, 07:15


#ТAFAKKUR

Bir marta miyaga kelgan o‘y katta kuchga ega emas, lekin ko‘p marta takrorlash orqali uni jamlash va yo‘naltirish kuchini ko‘paytirish mumkin.

Fikr qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘p kuch oladi va ro‘yobga chiqish ehtimoli shunchalik ortadi.
Zaif va tarqoq fikrlar - zaif va tarqoq kuch deganidir.

Kuchli va jamlangan o‘y - fikrlar - kuchli va yaxlit kuch degani.

Buni tushunish uchun ko‘z oldingizga quyosh nuri tushib turgan kattalashtiruvchi oynani (zarrabin - lupa) keltiring.

Uni bir yoqdan boshqa yoqqa harakatlantirsangiz, quyosh nurlari energiyasi tarqalib ketadi va yuzaga chiqmaydi.

Biroq zarrabinni muayyan balandlikda mahkamlab qo‘ysangiz, o‘sha quyosh nurlarini jamlaysiz va avvalgi tarqoq nurlar endi yaxlit kuchga aylanib, olov hosil qila oladi.

O‘y - fikrlarimiz ham shunday. Aql qudratini o‘rganganingiz sari fikrlaringizni rivojlantirishni va jamlashni o‘rganasiz bu bilan ularning salohiyatini oshira borasiz.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

26 Nov, 03:19


#XAYRLI_KUN

Hayotga imkoniyat deb qaraydigan inson hamma joyda imkoniyat ko‘radi.

Hayotga muammo deb qaraydigan inson hamma joyda muammo ko‘radi.

Bugungi kun IMKONIYATLAR kuni!🥰

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Nov, 08:31


OLTIN  SO‘ZLAR

🍀 Dunyo katta bir maktabdir. Unda har qancha cho‘qqiga erishmagin, o‘lim shahodatini olishing muqarrar. Shunday ekan kibrlanmasdan odobli va axloqli inson bo‘lib yashagin.

🍀 Yostiq boy va faqirning, katta va kichikning, shahzoda va qo‘riqchilarning boshini ko‘taradi. Lekin unda faqatgina vijdoni xotirjamlar sokin uyquga keta oladilar...

🍀 Har bir kuningizni  go‘zal o‘tkazishingiz, siz uchun odatiy xol bo‘lib qolsin. Samimiy, odobli, mehribon, sahiy, ochiq ko‘ngil bo‘ling. Chunki sohibi ketganda, undan muhr - xotira qoladi...

🍀 Senga birov "Seni hurmat qilaman" desa ishonmagin. Suxandonlar ham hech kimni tanimay, ko‘rmay turib "hurmatli tomoshabinlar" deb aytishadi )))

🍀 Hozirgi zamonda "qahramon" deb qilichi bor insonni emas, balki vijdoni bor insonni haqiqiy "qahramon" desa yarashadi.

🍀 Ba’zi insonlar hayotimizda huddi soniyalardek, ba’zilari esa huddi daqiqalardek, yana boshqalari esa huddi bir umrdek gap. Ularni faqat o‘limgina  xotiralarimizdan o‘chira oladi...

🍀 Ko‘rinishing bilan faxrlanma. Chunki uni sen yaratmagansan. Nasabing bilan ham faxrlanma. Chunki uni sen tanlamagansan. Lekin axloqing bilan faxrlan. Chunki unga ziynatni "SEN" bergansan...

🍀 Birov senga axloqsiz gaplari bilan qo‘pollik qilsa, g‘azablanma. Balki jilmay. Chunki u o‘zining fe’l atvorini senga namoyon etibdi. 

🍀 Baxt bu - biz ega bo‘lmagan narsaga erishishimiz emas, balki biz ega bo‘lgan narsamizning qiymatini bilishimiz, qadriga yetishimiz BAXTdir.

«Hikmatlar saodatga yetaklar » kitobidan


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Nov, 04:57


✔️Ba’zan ko‘nglim holdan toyadi.
''La havla vala quvvata illa billahil aliyul azim"
deyman. O‘zimni kuchli his qilaman.

✔️Ba’zan aqlim qalbim bilan tortishadi. ''HasbunAllohi va ni’mal Vakil" deyman.  Yengil tortaman.

✔️Ba’zan sukut qilishimni bilsam ham ko‘p narsalarni aytib tashlashni xohlayman. ''Meni Alloh bilsin, yetar!" deyman. Sassiz qolaman.

✔️Ba’zan haddan ortiq asablarim tarang tortiladi.  "Albatta, bir qiyinchilik bilan yengillik bordir" deyman. Har qanday muammo bu jumladan keyin o‘tadi.

✔️Ba’zan mahzun bo‘laman, yig‘layman. "Men siniq qalblardaman!" deydi Robbim. Yana biroz yig‘layman. Ki Allohim mudom qalbimda qolsin deya...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Nov, 01:57


ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH.

☁️⛅️☁️ XAYRLI TONG!

🍃🌸Bugungi  kuningiz muborak va xayrli bo‘lsin...!!!

🌸🍃Ushbu otayotgan Tong nafasidan baxra olayotgan
barcha - barchangizga boshlanayotgan kun va bugungi ezgu ishlaringizda xayru - baraka tilaymiz...!

🍃🌸Yaxshi insonlarni beg‘ubor Tong nashidasi bilan siylagan Allohga cheksiz hamdu sano va shukronalarimiz bo‘lsin...!🤲

🌸🍃 Barchangizni toza ko‘ngillaringizni bugungi ajib Tong nurafshon etsin...!🤲

🍃🌸 Allohim sizni ikki dunyoda Azizu mukarram qilsin...!🤲

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

22 Nov, 01:36


#XAYRLI_TONG


❤️Sizga dunyodagi eng go‘zal tilaklarni tilagim keldi🤲🤲🤲


Tilayman mo‘minlik ibodatini,
Jannati insonlar xush odatini.
Qur’ondek halovat, iymondek huzur,
Ham ikki dunyoning saodatini.

Tilayman Umardek mard  fe’li odil,
Ham Abu Bakrdek bir do‘sti oqil.
Muhammad ko‘nglidek pokiza ko‘ngil,
Ham ikki dunyoning saodatini.

Tilayman baxt qasrin uchqur otlarin
Buxoriy tafakkur, xayolotlarin.
Ham solih farzandlar kamolotlarin
Ham ikki dunyoning saodatini.

Tilayman yurt uzra tinchlik ziyosin,
Salmonning taqvosin, Usmon hayosin
Atalgan senga deb ona duosin,
Ham ikki dunyoning saodatini.

Tilayman tog‘larning mahobatini,
Zulfiqor tutgan mard salobatini.
Dildagi pok niyat ijobatini,
Ham ikki dunyoning saodatini.

🌙JUMA MUBORAK BOʻLSIN SEVIMLILARIM
🌙



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Nov, 07:49


#MULOHAZA

NOCHORGA YORDAM BERISHNING MUKOFOTI

Abdulloh ibn Muborak ikki yilda bir haj qilar edi. U shunday hikoya qiladi: "Haj qiladigan yilim besh yuz dinor olib, tuya sotib olish uchun Ko‘fadagi tuya bozoriga chiqdim. Borayotib qarasam, bir ayol o‘lgan o‘rdakning patini yulayotgan ekan. Oldiga borib:
— Buni nima qilasiz? — dedim. Ayol:
— Ishing bo‘lmasin, Allohning bandasi, — dedi. Bu gapdan biroz shubhalanib, o‘rdakni nima qilmoqchiligini qayta-qayta so‘rayverdim. Nihoyat, ayol sababini aytdi:
— Sirimni ochishga majbur qildingiz, Abdulloh. Alloh sizga rahm qilsin. Erim vafot etdi, to‘rtta qizim bilan qoldim. Bugun tuz totmaganimizga to‘rt kun bo‘ladi. Shuning uchun bizga o‘limtik halol bo‘ldi. Bu o‘rdakni tozalab, qizlarimga olib bormoqchiman.

Ichimda: "Ey Ibn Muborak! Sho‘ring qursin, ko‘zing qayoqda edi?" dedim. Ayolning etagiga bor pullarimni to‘kib, "Uyingizga boring, bu pullarga kerakli narsalarni oling", dedim. O‘sha yili Alloh qalbimdan haj qilish istagini olib qo‘ydi. Hojilar qaytib kelgach, ular orasidagi qo‘shnilarim va do‘stlarim bilan ko‘rishmoqchi bo‘lib chiqdim. "Alloh hajingizni qabul qilsin, amalingizga mukofot bersin" desam, ular ham: "Alloh sizning ham hajingizni qabul qilsin, amalingizga mukofot bersin", deyishar edi. Men hayron bo‘lib, "Qanday haj? Axir Ko‘fadan chiqqanim ham yo‘q-ku!" desam, ular "Qanaqasiga, axir o‘zingiz Falon joyda bizga suv ulashdingiz-ku! Falon joyda ba’zi amallarni bajarishga yordam ham berdingiz", deyishardi. Bu gapni ko‘pchilikdan eshitdim, ammo ularning kelishib olishlari mumkin emasdi. Buning sababini o‘ylab o‘yimga yetolmay, uyquga yotdim. Tushimda Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘ribman. U zot: "Ajablanma, Abdulloh. Bir nochor ayolga yordam berganing uchun Allohdan sening suratingda sening nomingdan haj qiladigan bir farishta yaratishini so‘rab duo qildim", dedilar.


Gʻiyosiddin Habibulloh, "Solihlar gulshani" kitobidan



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Nov, 04:27


#KUN_HIKMATI

Tuz bilan shakarning rangida farq yo‘q. Ikkisining ham rangi oq. Lekin tajriba qilib ko‘rgach, ularning orasidagi farqni bilib olasan.
Insonlar haqida ham shu gapni aytish mumkin (ya’ni, ularning qandayligi ham tajribadan keyin ma’lum bo‘ladi).


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Nov, 02:42


#XAYRLI_TONG

ASSALOMU ALAYKUM!!!

Hayot bog‘larida g‘am, alam so‘lsin,
Umr yo‘llaringiz gullarga to‘lsin,
Nurlarga belansin bu kun zamin ham,
Bugungi tongingiz muborak bo‘lsin !

Ko‘zlardan oqmasin ko‘z yoshu unlar,
Qalblarda qotmasin dardu tugunlar,
Ey, Alloh mehriga tashna mo‘minlar,,
Bugungi kuningiz xayrli bo‘lsin!!!

Yo ROBBIM!!!
QALBMIZNI IYMON
ILA  MULOYIM,
ZIKRING ILA GO‘ZAL
MUXABBATING ILA
MUSAFFO QIL🌸🕊



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

17 Nov, 12:16


#kino_time

SOCH TOʻLASHDAGI BAXT !

🧍🏻‍♀️O'zini boricha qabul qila olmayotgan ayol-qizlarimiz uchun maxsus

🎥 Anglashlaringizni boʻlishsangiz xursand boʻlaman 😘

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

17 Nov, 12:11


Xayrli oqshom SEVIMLILARIM ❤️❤️❤️
-Dam olish kuningiz yaxshi oʻtdimi..
Dam olish kunida kino koʻrishga nima deysiz?

🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

17 Nov, 06:27


#RIVOJ

🌝 KO‘P NARSA O‘ZIMIZNI BAHOLASHIMIZGA BOGʻLIQ!


Zinadan yuqoriga ko‘tarilganingizda siz bir qadam yuqoriga ko‘tarilasiz, lekin keyingi ko‘tarilish uchun siz turgan bosqichingizni tark etishingiz kerak bo‘ladi. Har qanday o‘zgarish, har doim xarakat natijasida bo‘ladi.

Siz hayotingizni o‘zgartira olasiz, faqat bu uchun munosabatingizni, nuqtai nazaringizni o‘zgartirishingiz shart! O‘z atrofingizda o‘z ichki holatingizdek holatlarni tortib olasiz!

Hech kim, hech nima hayotingizga shunchaki kirib kelmaydi, har doim o‘zi bilan dars olib keladi.
Doim o‘zingizgiz bilan haqqoniy munosabatda bo‘ling!
Yolg‘on asl o‘zligimizda yashamaslikka olib keladi.

Ko‘p narsa o‘zimizni baholashimizga bog‘liq. Siz hayratda qolasiz, hatto pullar ham o‘z qadrini his qiladiganlarga  keladi. O‘zaro munosabatlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ammo o‘zingizni sevmaguningizga qadar, qadringizni bilmaguningizga qadar, hech kim sizni sevmaydi, qadrlamaydi!

Ko‘pchilik muvaffaqiyatni orzu qiladi, ammo muvaffaqiyatga faqat takroriy xatolar, muvaffaqiyatsizliklar va o‘z ustida ishlash orqali erishish mumkin.

Shuning uchun, har qanday vaziyatdan zavq olishni o‘rganing, shunda Sizning qulashingiz ham parvozga aylanadi.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

17 Nov, 01:14


🌧🍁ASSALOMU ALAYKUM 🍁🌧
    🍁🍁XAYRLI TONG🍁🍁


Ozor bermang, yetkazmang sitam,
Ko‘ngil- Ka’ba, ko‘ngil ko‘zniki.
Chekavermang har narsaga g‘am,
Bu tong, bu kun xayrli bo‘lsin!🤲

Taqdir Haqning bitgan inshosi,
Ertamizning Xudo podshosi.
Omon bo‘lsin har kimning boshi,
Xar tong, xar kun xayrli bo‘lsin!🤲

Nima bo‘lar ertaga mavhum,
Hech birimiz qolmaymiz muqim.
Biz tirikmiz, shunisi muhim,
Bu tong, bu kun xayrli bo‘lsin!🤲

Alhamdulillah sog‘ to‘rt muchamiz,
Qanot qoqsak, ko‘kka uchamiz.
Qanday o‘tsa, o‘tdi kechamiz,
Bu tong, bu kun xayrli bo‘lsin!🤲

Tashvishlarni orqaga tashlab,
Xursand bo‘lib, ko‘ngilni xushlab,
Barchangizga yaxshilik istab,
Har tong, har kun  xayrli bo‘lsin🤲


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

16 Nov, 08:58


#IBRAT

BO‘RI TERISI ORTIDAGI XUDO

Bir kuni Xazrati Rumiy uyiga kelsa o‘g‘li yig‘lab o‘tirganmish.
- Nega yig‘lab o‘tiribsan? - debdi o‘g‘liga.
- Qorong‘ulikda qo‘rqdim,- debdi o‘g‘li.
Keyin Xazrat Rumiy bir bo‘ri terisini yopinib to‘rt oyoqlab yurib o‘g‘liga yaqinlashibdi o‘g‘li esa kulibdi.
- O‘g‘liga nega kulding nega qo‘rqmading?- debdi.
- Bo‘ri terisi tagida sizligingizni bilamanku,-debdi o‘g‘li.

Shunda Xazrat Rumiy mana ko‘rdingmi bo‘ri terisi ostida otang ekanini bilganingda qo‘rqmading xar bir qo‘rquv ortida xam Xudo bor qo‘rqma, uning senga bir yaxshiligi bor, demak yuzlash va angla.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

16 Nov, 06:00


#MULOHAZA


Sulton Sulaymon vafotidan oldin uch narsani vasiyat qilgan ekan:

1. Tobutini davlatining eng zo‘r tabiblari qabrga ko‘tarib borishini;
2. Bor boyliklari - javohiru oltinlarini qabrgacha boradigan yo‘lga sochib qo‘yishlarini;
3. Tobutidan ikki qo‘lini chiqarib qo‘yishlarini.

Saroy peshvolari hayron bo‘lib, buni sababini so‘rashibdi. Sulton Sulaymon quyidagi javobni bergan ekan:

1- Zamonaning eng zo‘r tabiblari tobutimni ko‘tarishsin, odamlar ko‘rishsin har qancha zo‘r tabib davolamasin Allohdan kelgan ajal oldida ular ojizdirlar, o‘lim haq.
2-Bor boyliklarimni yo‘lga sochib qo‘yinglar, odamlar ko‘rishsin, har qancha mol-dunyo yig‘ib ham, inson uni oxiratiga ortib olib ketolmasligini.
3-Qo‘llarimni tobutdan chiqarib qo‘yinglar,  odamlar ko‘rishsin, qanday katta davlat sultoni bo‘lib, qanday katta boyliklarga ega bo‘lib, saroylarda yashagan bo‘lsamda, qabrga quruq qo‘l bilan ketayotganimni.

Bu dunyoda faqat yaxshilik qoladi. Yaxshilik qilishdan xech qachon charchamang.
Solih amallar doimiy hamrohingiz boʻlsin SEVIMLILARIM 🤲🤲🤲

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

16 Nov, 03:32


#KUN_HIKMATI

😊 Yaxshi ko‘radigan insoningizni ko‘rsangiz, tabassum qiling, muhabbatingizni biladi.

😊Dushmaningizni ko‘rsangiz, tabassum qiling, quvvatingizni biladi.

😊Tanimaydigan kishingizni ko‘rsangiz ham, tabassum qiling, ajr-savob olasiz...

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

16 Nov, 02:11


📝SHUKRONA KELTIR

Asta tong otmoqda sokin, musaffo,
Qalbingni munavvar nurlarga to‘ldir,
Yashamoq baxt erur, tiriklik safo,
Goʻzal kunlaringga shukrona keltir.

🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃

Umr ham o‘tmoqda soylardek shoshib,
Goh sokin,goh mavjli to‘lqinday toshib,
Bosh uzra quyosh ham kular nur sochib,
Go‘zal kunlaringga shukrona keltir.

🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃

O‘tkinchi hislarla yashama zinhor
Kengga keng dunyodir, torlar uchun tor,
Gʻanimat hammasi,g‘animat diydor,
Go‘zal kunlaringga shukrona keltir.

🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃

Umringni eng go‘zal ko‘klami bu payt,
Nafs,kibr,razolat yo‘llaridan qayt,
Allohga ming bora hamdu sano ayt,
Go‘zal kunlaringga shukrona keltir.

🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃

Shunchaki yashama ro‘yolar yutib,
Bog‘ritosh dillardan muhabbat kutib,
Aziz insonlaring qo‘lidan tutib,
Go‘zal kunlaringga shukrona keltir.

🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺

Yashamoq baxt erur,tiriklik hilqat,
Qara nur yog‘moqda osmondan qat,qat,
Umrlar o‘tkinchi,kunlar g‘animat,
Go‘zal kunlaringga shukrona keltir.


🍃🌺🍃🍃🌺🍃🍃🌺🍃


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

14 Nov, 07:33


🎧 «Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri — Robin Sharma» (4 soʻnggi qism)


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

14 Nov, 05:20


#Tavsiya

Har bir ishni MUHABBAT bilan qiling shunda hammasi joyida bo‘ladi!

Muhabbatsiz MAJBURIYAT odamni ASABIY qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz MA’SULIYAT odamni BEODOB qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz ADOLAT odamni JOXIL qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz HAQIQAT odamni TANQIDCHI qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz TARBIYA odamni IKKIYUZLAMACHI qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz AQL odamni TAKABBUR qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz XUSHMOMULALIK odamni TILYOGʻLAMACHI qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz BILIMDONLIK odamni YONBOSMAS qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz XUKMDORLIK odamni JOXIL qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz BOYLIK odamni ZIQNA qilib qo‘yadi!

Muhabbatsiz IYMON odamni TOBE qilib qo‘yadi.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

14 Nov, 04:32


Ajoyib tarona...😍🫶
Qalbingizda muhabbat bulogʻi doim qaynab tursin🫶❤️🫶

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

14 Nov, 03:21


Bugungi kun AFIRMASIYALARI

❤️ Men baxtliman

💛 Men hamisha oʻzimga ishonaman.

❤️ Men hamisha gʻolibman.

💚 Men hamisha sogʻlomman.

❤️ Men hammadan yaxshiman.

💜 Men hammadan zoʻrman.

❤️ Men eng kuchliman

🤍.Men hamma yaxshiliklarga tayyorman.

❤️ Mening hamma xohish va orzularim amalga oshadi.

💙 Orzularim amalga oshayapti.

❤️ Men pullarni oʻzimga tortuvchi magnitman.

💛 Men eng yaxshilariga loyiqman

❤️ Men sevimliman

💜 Men omadliman


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

14 Nov, 02:35


#XAYRLI_KUN

Yana tun o‘tdiyu,  yana tong otdi...
Robbim sizni o‘zi hohlab uyg‘otdi...

Berildi siz uchun yana bir imkon...
Rizqingizga ochiq yana dasturxon...

Shukr eting,  tanda kuch bor, quvvat bor...
Yana ikki qo‘lu-oyoq hizmatkor...

Labingizdan mudom zakot tabassum...
Ahir shundoq bo‘lur-bandada udum...

Kaftingizda duo,  tillarda zikr,
Aqlingiz joyida,  qilyapsiz fikr...

Do‘stim,  erta nima bo‘ladi bilmam...
Bugunni yo‘qotib unga shoshilmam...

Keling, duo qiling Alloh yo‘lida,
Turibmiz-yaxshi kun,  yaxshi oyida...

Yaxshilar ko‘paysin, yomonga insof...
Omonat bu jonga qilmaylik hilof...

Do‘stga zor bo‘lmaylik,  dushmanlarga xor...
Banda kim bo‘lsa ham, unga Alloh bor...

Yangi kunni hadya qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin!
🤲

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

13 Nov, 08:31


#MULOHAZA

Masjidda bir badavlat kishi bilan bir darvesh namozda yonma-yon turib qolishdi. Bir-biriga yaqin turgani uchun nimani o‘qib, qanday duo qilishayotganini eshitishardi.  Namozdan keyin darvesh qo‘llarini ochib:
—  Ya, Robbim! Qornim ochdi, meni falon ovqat va falon shirinlik bilan rizqlantir,- deya duo qildi.
Darveshning duosini eshitgan badavlat odam ichida g‘ijinib qo‘ydi: “Menga eshittirish uchun ovozini chiqarib duo qilyapti. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘zimga to‘g‘ri kelib pul so‘rasa berardim. Endi unga bir chaqa ham bermayman!”
Badavlat odam shularni o‘ylab o‘tirganida, darvesh masjidning bir burchagiga o‘tirib uyquga toldi.  Birozdan keyin masjidga qo‘lida bir patnis ko‘targan erkak kirib keldi. Uxlab yotgan darveshning yoniga borib, uni uyg‘otdi va qo‘lidagi patnisni unga tutqazdi.
Darvesh patnis ustini ochdi. Badavlat kishi bu hodisani kuzatib turardi.  Patnisda darvesh biroz avval duosida so‘ragan yeguliklar bor edi. Darvesh qornini to‘ydirib, patnisning ustini yopdi va egasiga qaytib tutqazdi. Bu ishdan hayratlangan badavlat odam qiziqib yegukliklarni olib kelgan kishiga yaqinlashdi:
—  Sen kimsan, og‘ayni?
—  Men hammollik qilib oilamni boqaman,- dedi patnis ko‘targan kishi.
—  Bu odamni taniysanmi?
—  Yo‘q…
—  Bu ovqatlarni kim yubordi?
—  Hech kim yubormadi, men olib bordim.
—  Unda, tanimasang nega olib kelding?
— Xullas, men faqir bir odamman. Hammollik qilib turmushimni o‘tkazaman. Bir boy odamning yukini tashigandim, u ko‘proq pul berdi. Biroz ko‘proq pul topganim uchun imkoni borida xotini mva bolalarimning yegisi kelgan mahsulotlarni uyga olib keldim. Xotinim ovqatlarni tayyorlar ekan, men uxlab qolibman.  Tushimda Rasululloh sollallohu alayhi vassallamni ko‘rdim. Menga shunday marhamat qildilar:
"Shu masjidda bir valiy bor. U mana shu yeguliklarnir yegisi keldi. Uyingdagi taomlarni unga olib borgin, yeganicha yesin. Qolganini sizlar yeysiz. Alloh jalla jallahu sizlarga barakot beradi. Bu ishing evaziga sening jannatga kirishingga men kafil bo‘laman.”
Uyqudan uyg‘ongan zahotimoq patnisni bu yerga olib keldim. Qolganiga o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz.
Badavlat odam bu holatdan hayratlanib, hammolga o‘tindi:
—  Bu yeguliklar uchun qancha pul sarflading?
Hammol sarflagan pulining miqdorini aytdi.  
—  Senga xarajatlaringdan o‘n hissa ortiq pul bersam, menga topgan savobingning bir qismini berasanmi?
—  Bo‘lmaydi.
—  Yigirma hissasini beraymi?
— Bo‘lmaydi
—  Ellik hissa… yo‘q, yo‘q, yuz baravar bersam-chi?
—  Behudaga ovvora bo‘lma! Nima bersang ham bermayman. Bu ishim evaziga Rasululloh sollallohu alayhivassallam  jannatga kirishimga kafil bo‘ldilar. Butun dunyoni bersang ham, savobimni bermayman! Agar bu savobga sening nasibang bo‘lganida edi, bu ish senga qismat qilinardi. Qara, yonma-yon namoz o‘qibsizlaru lekin sizning boyligingizga savob nasib etmabdi…

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

13 Nov, 06:41


🎧 «Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri — Robin Sharma» (3-qism)

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

13 Nov, 05:20


#kun_hikmati

Biz dunyoga manmanlik uchun kelmadik...
Biz SEVGI uchun, boshqalarning mehrini qozonish, maxluqotni yaxshi ko‘rish, yaratilgan narsalarga shafqat, muhabbat ko‘rsatish uchun keldik.
                                         
© Yunus Emro

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

13 Nov, 04:35


​​TABASSUM QILING!

​​​​Tabassum qiling, har dam,
Quving dildan alamni.
Shodumonlik shukuhi,
Bosib ketsin olamni!

Bitmagan qancha ishlar,
Boshqa kunga qoldi-da.
Taslim bular tashvishlar,
Bir jilmayish oldida.

Kuling, raqs etsin chunon,
Yuzdagi ming chiziqcha.
Sizni har kun kuldirsin,
Takdir degan qiziqchi!

Qarang, atrof limmo-lim,
Gʻamdan abgor odamga.
Dunyo biram go‘zaldir,
Kulgusi bor odamga.

Kuling, hayotning uzi,
Yig‘latmoqqa ulgurar.
Ko‘zyoshingiz artgaydir, 
Labdan uchgan kulgular!

Dunyo besh kun birodar,
Quvonch- umrning naqshi.
Yig‘lab ketgandan ko‘ra,
Jilmayib o‘lgan yaxshi!

Kulgu-pardoz yuz uchun,
Surmang buyoq dam ba dam.
Bir tabassum bilan siz,
Chiroylisiz hammadan.

Shodlik, quvonch, tabassum,
Aslo kanda bo‘lmasin.
Faqat kulgularingiz,
Zaxarxanda bo‘lmasin!

Qo‘ymasin, hech shodlanib,
Xandasiga kulishdan.
Faqat Xudo asrasin,
Bandasiga kulishdan!

Sizga Allohdan in’om,
Tongning o‘zi suyunchi!
She’rimni o‘qib bo‘lgach, 
Bitta kulib qo‘yingchi!

O‘lmasbek Samarqandiy.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

13 Nov, 03:30


🌼 SEVIMLILARIM, erta tongdan oynaga qarang va ushbu affirmatsiyalar bilan oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni oshirib oling!

❤️ Men oʻzimni qanday boʻlsam, shundayligimcha muhabbat ila qabul qilaman.
❤️ Men oʻzimni sevaman.
❤️ Mening tanam va qalbim juda goʻzal.
❤️ Men barcha yaxshi narsalarga munosibman.
❤️ Barcha yaxshiliklarga ega boʻlishga oʻzimga ruxsat beraman.
❤️ Men goʻzal va maftunkor ayolman.
❤️ Men ilohiy sevgidan yaralganman.
❤️ Men oʻzimga ishonaman va doim toʻgri qarorlarni qabul qilaman.

😄 Unutmang azizlarim, bugun siz oʻzingizga nimani ravo koʻrsangiz, ertangiz xuddi shunday boʻladi...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

13 Nov, 01:10


ASSALOMU ALAYKUM SEVIMLILARIM 🥰🥰🥰

TONGDA SOGʻ-SALOMAT UYGʻOTGAN ALLOHGA HAMDU SANOLAR 🤲🤲🤲

💐 🌾 Jannatning xushbo‘ylaridan bo‘ling bahramand.
💐 🌾 Duodadir siz uchun qalbim har soat.
💐 🌾 Duolarim Parvardigor etsin ijobat.
💐 🌾 Xonadonni tark etmasin fayzu-barokat
!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

26 Oct, 05:31


#MULOHAZA


Saudiya Arabistonida 78 yoshni qarshilagan bir otaxon charchoqdanmi yoki qarilikdanmi yo‘lda ketayotib yerga yiqildi.
Chaqiruvga asosan uni tibbiy tez yordam xodimlari kelib olib ketishdi.
Otaxonga 24 soatga yetuvchi kislorod berildi. Ertasi kuni otaxon o‘ziga kelib, xolati yaxshiligini aytib uyga ketmoqchi bo‘ldi. Doktor esa ko‘rsatilgan xizmat uchun kislorod narxi bo‘yicha xisobni berdi. Xisob 600 riyol edi.
Otaxonni ko‘ziga yosh keldi.
Doktor otaxondan puli yo‘qmikin deb xijolat tortib, raxmi kelib «pulingiz yo‘qmi?» deb so‘raganida «to‘lashga pulim bor va qurbim yetadi 24 soat uchun yutgan kislorod uchun 600 riyol …
Lekin Olloh 78 yil menga bergan kislorodi uchun xech narsa to‘lamadim...bilasizmi men undan qancha qarzman...?»

Doktor boshini egib yig‘lab yubordi...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

26 Oct, 04:16


#KUN_HIKMATI

Taslim bo‘lish hammaning ham qo‘lidan keladi – bu eng osoni. Ammo barcha mag‘lubiyatingni qabul qilganda va kechirganda o‘z yo‘lingda davom etish – mana bu haqiqiy matonat. 

©Kris Bredford

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Oct, 13:30


#TEST_JAVOBLARI

- IKS:

"iks"lar - ijodkor odamlar. Iks odamlar fikrlashida, sun’iy uslub asos vazifasini o‘taydi. Ular, bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmaydigan, nomuttanosib, imkonsiz fikrlarni uyg‘unlashtirib, yangi original g‘oyalar o‘ylab topishadi.
Qiziquvchan kuzatuvchanligi:
"X" shaklini 50tadan 1ta odam tanlaydi. Aylanadan farqli ravishda "Iks" odamlarni umuman qiziqtirmaydi va murosa qilish uchun yon bosishmaydi, ular yangi konsepsiya tuzib o‘tkir fikr, g‘oyalarining qarama-qarshiligi yo‘li bilan, ya’ni yangi konsepsiya qurish bilan, o‘sha konfliktda u o‘z ruxsatini oladi, ya’ni qabul qilinadi. O‘zining tabiatdan in’om qilingan o‘tkir aqli yordamida, muammoga yangi yechim topish imkoniyatining kuchligigi sabab, boshqalar ko‘zini ochib haqiqatni ko‘rsatish yo‘lida, ular zaxarli bo‘lishlari ham mumkin. "X" yaxshi tuzilgan va nazorat ostidagi, chegaralangan ishlarda ishlay olmaydi.

🔺 - UCHBURCHAK:

Tug‘ma lider. Uchburchak oldiga qo‘ygan maqsadi sari diqqat-e’tiborini bir joyga jamlay olishi sabab boshqalardan ajralib turadi. Uchburchaklar o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yuvchi va unga erishuvchi, harakatchan, tutqich bermas, kuchli shaxslardir. Ular o‘ziga ishongan, barcha narsada xaq insonlardir. Boshqarishni yaxshi ko‘rishadi va har narsada birinchi bo‘lishga xarakat qilishadi. Faqat o‘zlarinigina  emas, boshqalar muammolarini ham hal qilishadi. Raqobatni yaxshi ko‘rishadi. Har bir ishdagi birlamchi, asosiy maqsadi - bu g‘alaba, yutuq, omadga yo‘nalish. U ko‘p tavakkal qiladi, sabrsiz va qaror qabul qilishda ikkilanuvchan yoki uning ortidan yurishga tayyormaslar bilan sabrsizdir. Uchburchaklar o‘z xatolarini qiyinchilik bilan tan olishadi. Noxaq bo‘lish - ular uchun juda qo‘rqinchlidir. Masalan, to‘rtburchaklar hammasini to‘g‘ri, toza, aniq qilishga intilsa va shu sabab muvaffaqiyatga erishsa, Uchburchaklar esa yuqori mavqega erishish, mashhur nomga ega bo‘lish, boshqacha so‘z bilan aytganda karyera qilishga intilishadi. Uchburchaklarning eng asosiy salbiy jihatlari - kuchli egosentrizm, manfaat yolg‘iz o‘ziga yo‘naltirilganidir.

🔴 - AYLANA:

Aylana - yetuk shaxs. O‘zaro iliq munosabatlar qurishga ilnitiladi. Ular uchun eng qadrlisi - insonlar va ularning yaxshiligi. Aylanalar bu - munosabatlarga, oila, jamoaga iliqlik, muhabbat va hamohanglik olib keluvchi insonlardir. Ular yuqori darajali ta’sirchanlikga, qayg‘urish qobiliyatiga ega, hamdard bo‘la oladigan insonlardir. Boshqa bir insonning xavotirlariga emosional javob qaytarish hususiyatiga ega. Aylanalar tomon boshqa odamlarning intilishi tabiiy hol. Aylanalar odamlarni bir qarashda bilib olishadi, yolg‘onchi va ikkiyuzlamachi odamlarni bir daqiqada aniqlab olishadi. Aylanalar uchun kelishmovchilik, urish, janjaldan qiyinroq narsa yo‘q. U odamlar orasida tinchlik va tushinuvchanlik hukm sursa o‘zini baxtli his qiladi. Tortishuv yuzaga kelsa Aylanalar ko‘proq yon beradilar. Aylanalar hech qachon o‘zlarini maqtab yolg‘on gapirmaydilar, unga yolg‘onni bezash va umuman yolg‘on gapirish mushkul ish.

🟥 - TO‘RTBURCHAK:

Charchamas mehnatkashlar - bu jumla ular xaqida. Tirishqoqlik, barchasini oxiriga yetkazib qo‘yishga bo‘lgan maksimal hohish, chidamlilik - mana nima boshqalardan ajratib turadi haqiqiy To‘rtburchaklarni. Sabr va metodik ishlash qobiliyati Kvadratlarni o‘z sohasining yuqori toifali mutaxassisi qilib yetishtiradi. Ular yangi ma’lumotga muhtoj. Shuningdek qabul qilingan ma’lumotlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq tahmonga taxlanib qo‘yiladi.  To‘rtburchaklarning kuchli jihati - mulohazakor tashxis. Detallarga o‘ta e’tiborli, shu kamchiliklari vaziyatni butunligicha ko‘rishga xalaqit beradi. Haqiqiy sinchkov. Hamma narsa o‘z joyida turishi kerak. Harakat To‘rtburchaklar stenariysi bo‘yicha aniq va qat’iy ketishi kerak. Belgilangan ssenariydan tashqari ketgan har qanday holat Kvadratlarni maqsaddan og‘dirishga qodir, o‘zini yo‘qotib, chorasiz qilib qo‘yadi. Tozalik, odob qoidalariga rioya qilish tartibi falaj qilish darajasigacha yetishi mumkin...


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Oct, 11:36


📚Kitob o'qishni boshlashingiz kerakligiga​ 7 sabab.

1). Kitob o'qish xotirani kuchaytirishni eng tabiiy usuli.
2). Kitob o'qish sizni dunyoqarashingizni oshiradi va keng mulohazali qiladi.
3). Kitob o'qish sizni sabringizni oshiradi va faktlarga ko'ra 68% stressni kamaytiradi.
4). Muntazam ravishda kitob o'qish chet tilini o'rganishingizni osonlashtiradi.
5). Kitob o'qish so'z boyligingizni oshiradi va tinglash qobilyatingizni rivojlantiradi.
6). Mutolaa hayotdagi maqsadni anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
7). Kitob o'qishdan to'xtagan inson, fikrlashdan to'xtaydi.

(©️Deni Didro.)



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Oct, 10:55


#psixologik_test

Koʻp oʻylanmasdan shakllardan birini tanlang!

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

25 Oct, 03:46


#XAYRLI_KUN

Baxtimizni 50% genetika, 10% sharoitimiz va 40% ichki ruhiy holatimiz bilan belgilanishini bilasizmi?

Bu degani baxt tanlovdir! Ichki ruhiy emosional holatimizning  barqarorligi hayotimizdan umumiy qoniqqish hissini keltirib chiqaradi. Qoniqish hissi esa bizning fikrlash tarzimiz va hayot tarzimizga ta’sir qiladi.

Biz baxtsizligimizda har doim atrofdagilar yoki sharoitni aybdor qilamiz, aslida esa bu shunchaki javobgarlikdan qochish.

Agar ichki ruhiy emisional holat bilan ishlanilsa insonda umumiy qoniqish hissi paydo bo‘ladi va shu orqali u o‘z ertaklarini hayotiga ko‘chira oladi.

Bu uchun esa ayblashdan atrofga yopishishdan to‘xtab inson o‘z ruhiy olami emosional xolati bilan ishlash kerak. Shundagina butun hayot o‘zgaradi.

Unutmang baxt bu shunchaki tanlov! Uni tanlovlaringiz orqali yaratasiz. Xohlang sharoit va atrofdagilarni ayblab yashang yoki o‘z ustingizda ichki ruhiy holatingiz bilan ishlashni tanlab baxtni o‘zingiz yarating!

🥰SIZ BAXTGA LOYIQSIZ❤️

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Oct, 04:06


#MOTIVATSIYA

Ertangi kun baxtli bo‘lishiga ishonmagan odam, bugungi kunini ham baxtli o‘tkaza olmaydi.

Bugun – ertaning poydevori, erta – bugunning davomi. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning.

Hayotda siznikidan ham katta muammolari bor insonlar borligini unutmang.

Har qanday vaziyat ortida xikmat bor ishoning.

Omadlilarning muvaffaqiyat siri oddiy – ular hech qachon ishonchni yo‘qotishmaydi!


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

23 Oct, 01:39


ASSALOMU ALAYKUM!!!

Hayot bog‘larida g‘am, alam so‘lsin,
Umr yo‘llaringiz gullarga to‘lsin,
Nurlarga belansin bu kun zamin ham,
Bugungi tongingiz muborak bo‘lsin !

Ko‘zlardan oqmasin ko‘z yoshu unlar,
Qalblarda qotmasin dardu tugunlar,
Ey, Alloh mehriga tashna mo‘minlar,,
Bugungi kuningiz xayrli bo‘lsin!!!

Yo ROBBIM!!!
QALBMIZNI IYMON
ILA  MULOYIM,
ZIKRING ILA GO‘ZAL
MUXABBATING ILA
MUSAFFO QIL🌸🕊


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Oct, 11:50


#TAVSIYA

Maktabda o‘rgatilmaydigan qoidalar!

📎Qo‘yib yuboring. Kechagi rasvo kunni o‘ylayverib bugungi kuningizni ham buzmang.

📎E’tibor bermang. Atrofdagilar bajarayotgan ishlardan sal o‘zgacha ishlar qilishni boshlab yuborsangiz, ular sizni masxara qilishadi. Ularni tinglamay, sizga kuch beradigan ishlarni qilavering.

📎O‘zingizni taqqoslamang.
Faqatgina kechagi kuningizdan o‘zib ketishga harakat qiling. Birovdan emas.

📎Bardoshli bo‘ling. Maqsadga darrov erishish mumkin emas. Ekilgan urug‘ unib chiqishi uchun vaqt kerak.

📎Mas’uliyatli bo‘ling. Baxtli bo‘lish yoki bo‘lmaslik faqat o‘zingizga bog‘liq.

📎Tabassum qiling.
Hayot qisqa.Kulishni unitib qo'ymang qadrdonim.

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Oct, 02:41


Shu borliqda borligim uchun...
Shu hayotda yashayotganim uchun...
❤️RAXMAT....
❤️RAXMAT....
❤️RAXMAT....

🔥SENI SEVAMAN HAYOT🔥



https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

20 Oct, 02:36


#XAYRLI_KUN

Assalom
Qalbimda Asraganlarim!
Opa-singillarim! Jigarbandlarim!
Qadrini qadrimdan baland qilganim!
Do‘stu qadrdonim, mehribonlarim!
Sizlarga ilindim bir chimdim mehrim!

Qalbingiz  bahoriy nurlarga to‘lsin !
Kuningiz fayzlarga, gullarga to‘lsin !
Yetkazdi Allohim go‘zal tonglarga!
Tonggi tilaklarim sizlarga bo‘lsin !

Yuringiz doimo sog‘u-salomat.
Boshingizga tushmasin hech qachon tashvish.
Yoningizda yursin hamisha Omad!
Tinch osuda bo‘lsin kelajak, turmush.

Baxt ayrilmasin ostonangizdan.
Farzandlar yayrasin koshonangizda.
Nurlar bo‘sa olsin peshonangizdan.
Hamisha asrasin Parvardigorim!

Tongdan ilinganim yaxshiliklarim!
Qalbingiz taqvoga,to‘lsin iymonga!
Allohim yetkazsin qadamlaringiz!
Baxtlar koshonasi Ka’batullohga

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

19 Oct, 06:11


#KUN_HIKMATI


Ko‘p xafa bo‘lma..!
Shuni yaxshi bilki, qancha yig‘lasang shuncha kulasan...
Hamma narsani tugadi deb ham o‘ylama..!
Qancha sevsang shuncha sevilasan...

✍️Mavlono Rumiy

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

19 Oct, 05:11


#MUSIQA

❤️DONAGINAM...
❤️YAGONAGINAM....


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

18 Oct, 11:16


#ANGLASH


DOIM BIZNING DIQQAT-E'TIBORIMIZ QAYERDA BO'LSA, HAYOTIMIZ O'SHA YERDA.


YA'NI SIZ NIMANI KO'P O'LASANGIZ,O'SHA NARSANI HAYOTINGIZGA TORTASIZ.


https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

18 Oct, 10:56


❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️

OMON BO‘LSINLAR

Mayli, xoh yaxshi, xoh  yomon bo‘lsinlar,
Xohi  do‘st, xoh g‘anim tomon bo‘lsinlar.
Bizdan ketganlarga "oq yo‘l"  demoq bor,
Bizdan kechmaganlar omon bo‘lsinlar.

Borimiz, yo‘g‘imiz bilan mashg‘ulmiz,
Gohi yuvoshmiz-u, gohi toshdilmiz.
Gunoh, savobimiz ila mashhurmiz-
Bizdan kechmaganlar omon bo‘lsinlar.

Yiroqlarda yurib so‘raguvchi hol,
Ko‘rganda qarshilab xush xandon,  xushhol,
Mehr ila dilni aylagan ishg‘ol-
Bizdan kechmaganlar omon bo‘lsinlar.

Savdoyi dunyoning zulmlari mo‘l,
Zulmiga bermagan hilmlari mo‘l,
Qiyomatli do‘stmi, akami, singil_
Bizdan kechmaganlar omon bo‘lsinlar.

Yo‘llarning dahli yo‘q-yaqinmi, olis,
Qayda bo‘lsak, nochor ko‘nglimiz xolis,
Ketganlardan nechun qilaylik nolish?
Bizdan kechmaganlar omon bo‘lsinlar.

© Maqsuda Karimova

https://t.me/Dildora_nur

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

18 Oct, 10:51


Meni qadrdon oilam, qalbim zarralari❤️
Kuningiz yaxshi o'tyaptimi,
Kayfiyatlaringiz qanaqa😊

DILDORA ABDUQAXXOROVNA

18 Oct, 10:48


HAYRLI ONLAR SEVIMLILARIM😍😍😍😍😍

1,442

subscribers

1,273

photos

423

videos