Qonun (O'RQ-1030-son, 13.02.2025 y.) bilan Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
⚡️ Qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta'til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o'rtacha ish haqini hisoblash tartibini o'zgartirishni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.
📜 Shuningdek “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida o'qishi mumkin bo'lgan ta'lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.
🚫 Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo'shatishga taqiq joriy etilmoqda.
🌐 Kiritilayotgan o'zgartirishlarga ko'ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma'lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so'rab oladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali