#Jamoaviyuloq_kopkari
Ikki kun davomida bo'lib o'tgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktablarining sportchi yoshlari o'rtasidagi jamoaviy uloq-ko'pkari bo'yicha musobaqa o'z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra Milliy gvardiya Namangan viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi yirik hisob bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.
Ikkinchi o'rinni Milliy gvardiya Andijon viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi egalladi. Uchinchi o'rin esa Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabi jamoasiga nasib etdi.
G'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandilar.