Ассалому алейкум,
Ҳаммамизга Рамазон ойи муборак бўлсин!
Бугун тонгда сахарликка туриб, Вашингтонда Оқ Уйда содир бўлган кўнгилни хира қилган тортишувни кўрдим.
Президент Трамп ва вице- президент Венс, икки кишилашиб, мана уч йилдирки ўз ватани мустақиллиги ва территориал даҳлсизлигини агрессордан ҳимоя қилиб келаётган довюрак украин президентига унинг мамлакатини ва халқини “заиф ва иложсиз”, “ўйнайдиган картаси йўқ”, деб унга таъналар отиб, мажбурлаб, ҳеч қандай кафолатсиз ўзлари учун “тинчлик” деб номлаган, аслида жса тажавузкорга ён берадиган оташкесим келишувига кўндирмоқчи бўлишди.
Ҳудди уч йил олдин қуролли агрессияга қандай жасурлик билан қаршилик кўрсатгани каби, бу гал ҳам ушбу оғзаки ташланишга ҳам президент Зеленский мардлик ва матонат ила қаршилик кўрсатди.
Шу жанжални кўриб қилган бир неча хулосалар:
- Трамп Украина урушини барқарор тугатиш масаласини хал этмаяпти, у жуда тор маънода ўзи берган “мен келган куним Украинада урушни тўхтатаман” деган хомхаёл ваъдасини бажардим, деб сайловчиларига юзаки кўз кўз қиладиган оташкесимни тақдим этмоқчи.
- Трамп Украина учун тинчлик ўрнатиш ва таслим бўлишни баробар кўраяпти.
- Трамп ушбу мажоро ва ундан олдинги бўлган изоҳлари билан ўзини ва умуман олганда АҚШни Россия -Украина тўқнашувида ишончли воситачи мақомидан тушириб қўйди. Воситачи шу даражада очиқ бир тарафлама бўлмайди.
- Трамп учун бу музокара кенг маънода ташқи сиёсат мезони эмас, аксинча, ички сиёсат учун қурол. Ҳар икки сўзида Трамп дунё олдиндаги уруш ва тинчлик масалаларини хал қилиш билан эмас, балки қайта ва қайта ўзининг АҚШ ичидаги сиёсий рақиблари, собиқ президентлар ва, умуман, демократларга отилиш учун баҳона сифатида фойдаланаяпти.
- Ўзини энг мохир музокарачи, деб биладиган Трамп, музокара олиб боришда энг элементар жойларида жуда қўпол хатоларга йўл қўймоқда. Масалан, бахс жараёнида хатто барча куч унинг тарафинда бўлса-да, қарши тарафни камситиб, ён беришга мажбурлаш, унинг иззат нафсига тегиб, ўз хохишини ўтказиш кўп холларда акс натижага олиб келади. Тескариси, ҳамма карта Трампнинг қўлида бўлса, рақибга камида битта карта қолдириши керак ва бу карта рақибининг обрў- иззати (dignity) картасини тортиб олишга уруниши жуда катта хато бўлди. Ҳар холда бизни музокаралар бобида шундай ўқитишган эди.
Шу жумлани ёзаётган пайтимда Трамп твиттерда Зеленскийни унга Оқ Уй Овал хонасида беҳурматлик қилганликда айблади. Аксинча, мен бу ерда учрашув мезбонлари меҳмонга нисбатан қўпол ва беҳурматлик, миннат қилиш ва камситиш аломатларини кўрдим.
Зеленскийга нисбатан эса, унинг мардлиги, довюраклиги ва ҳеч қандай куч олдида ўз ватани манфаатларидан чекинмаслигини яна бир бор намойиш этгани учун ҳурматим яна бир карра ошди.
Бири ерини, иккинчиси ер ости бойликларини тортиб олмоқчи бўлган иккита хайбатли очкўз зўравонларга Зеленский, Украина манфаатлари йўлида довюраклик билан қаршилик кўрсатаяпти.
©️Зафар Ҳашимов
Каналга уланиш
@centerasiastudy
Markaziy Osiyo

Мурожаат учун - @markazga_murojaat_bot
قنوات مشابهة



Markaziy Osiyo: Tarix, Siyosat va Hozirgi Vaqt
Markaziy Osiyo, O'rta Osiyo deb ham ataluvchi, tarixan kuchli madaniy va iqtisodiy markaz bo'lgan mintaqadir. Ushbu mintaqa, asosan, O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston kabi davlatlardan iborat bo'lib, ularni bir-biriga bog'laydigan qadimiy Savdo yo'llari va boy tarixiy meros mavjud. Tarixiy jihatdan, Markaziy Osiyo, Savdo yo'llari – ya'ni, buyuk ipak yo'li – bilan ajralib turadi. Ushbu yo'l orqali Sharq va G'arb o'rtasida madaniyat, ilm-fan va savdo almashuviga katta imkoniyat yaratildi. Shu sababli, mintaqa, nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda Markaziy Osiyo, global siyosat va iqtisodiyotda muhim o'rin tutmoqda, chunki bu hudud geosiyosiy raqobat va iqtisodiy hamkorlik masalalarida faol ishtirok etmoqda. Mintaqadagi o'zgarishlar, yangi diplomatik aloqalar va iqtisodiy rivojlanish jarayonlari bizni qiziqtirishi tabiiy.
Markaziy Osiyo qaysi geografik hududlarni o'z ichiga oladi?
Markaziy Osiyo, asosan, O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston kabi davlatlardan iborat. Ushbu davlatlar tarixiy jihatdan bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ko'plab madaniyat va an'analar mavjud. Ularning har biri, o'ziga xos tarixiy va madaniy merosga ega bo'lib, mintaqaning xilma-xilligini oshiradi.
Markaziy Osiyo hududi, geografik jihatdan, quruqlik bilan o'ralgan va cho'l, tog' va tekisliklarni o'z ichiga oladi. Bu mintaqa, ko'plab suv manbalariga ham ega, masalan, Amudaryo va Sirdaryo daryolari, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirishga imkon beradi.
Markaziy Osiyoning tarixi qanday bosqichlardan iborat?
Markaziy Osiyo tarixi ming yillar davom etadi. Qadimda, bu mintaqa ko'plab madaniyatlarning kesishgan joyi bo'lgan va buyuk imperiyalarning tarqalishida muhim rol o'ynagan. Misol uchun, Buxoro va Samarqand kabi shaharlar, o'z vaqtida ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida tanilgan.
O'tgan asrda, Markaziy Osiyo Sovet Ittifoqining qismi bo'lib, mustaqil qavalashuvlar hamda milliy ozodlik harakatlari boshlandi. Mustaqillikdan so'ng, mintaqa davlatlari yangi yo'nalishlar va siyosiy tizimlarni o'rganishga kirishdilar.
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar qanday rivojlanmoqda?
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar so'nggi yillarda ancha rivojlanmoqda. Mintaqa davlatlari, o'zaro savdoni oshirish, energetika resurslaridan foydalanishni yanada samarali amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun turli dasturlarni amalga oshiradilar.
Shuningdek, mintaqada transport va logistika tizimlarini rivojlantirish, savdo yo'llarini kengaytirish orqali iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish ham muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston va Qozog'iston kabi davlatlar o'rtasidagi kelishuvlar, mintaqadagi iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy holat qanday?
Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy holat murakkab. Har bir davlat o'z ichki siyosatini yuritadi, ammo mintaqada o'zaro ta'sir va hamkorlik muhimdir. Mintaqa, Rossiya, Xitoy va boshqa kuchlar orasida geosiyosiy raqobatda turibdi.
Xalqaro aloqalar nuqtai nazaridan, Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida diplomatik aloqalar va xalqaro tashkilotlarga a'zoligi muhim rol o'ynamoqda. Bu holat, mintaqada barqarorlikni saqlashga va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga yordam beradi.
Markaziy Osiyo va Sharq-G'arb o'rtasidagi madaniy munosabatlar qanday?
Markaziy Osiyo, o'zining tarixiy ahamiyati bilan, Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy almashuvga zamin yaratgan. Tarixan, bu mintaqada ko'plab ilmiy va madaniy oqimlar paydo bo'lgan, bu esa mintaqaning boy madaniyatini shakllantirgan.
Bugungi kunda, Markaziy Osiyo davlatlari, bu madaniy merosni saqlash va rivojlantirishga intilmoqda. Xalqaro aloqalar va madaniy dasturlar orqali, mintaqa o'z madaniyatini jahonga tanitish va boshqa madaniyatlar bilan bog'lanish imkoniyatiga ega.
قناة Markaziy Osiyo على Telegram
Markaziy Osiyo Telegram kanali - bu yerda dunyo siyosati, tarix va xalqaro aloqalar bo'yicha eng so'nggi yangiliklar va tahlillar bilan tanishasiz. Bu kanalda, dolzarb muzokaralar, siyosiy tahlillar va xabarlar paydo bo'ladi, siz esa dunyo voqealari va o'zaro aloqalarni kuzatib borishga imkoniyat topasiz. Markaziy Osiyo kanaliga obuna bo'lib, global dunyoni qanday o'z ichiga olganligingizni ko'rasiz. Agar sizning savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, murojaat uchun @markazga_murojaat_bot ga xabar yuboring.