BMTI.UZ | Rasmiy @buxmti_rasmiy Channel on Telegram

BMTI.UZ | Rasmiy

@buxmti_rasmiy


https://t.me/BuxMTI_rasmiy
Instagram https://instagram.com/buxmti_2023?utm_source=qr&igshid=YzU1NGVlODEzOA==
Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830
Rasmiy sayt: http://bmti.uz
@Malika_SHukrulloyeva
+998(65) 223 28 83
+998(65) 223 27 73

BMTI.UZ | Rasmiy (Uzbek)

BMTI.UZ | Rasmiy kanali - bu sizning kelajagingiz uchun yaratilgan! Bu kanalda Buxoro Davlat Madaniyat Instituti tomonidan tadbirkorlik faoliyati, ta'lim va ta'lim jarayoni haqida ma'lumotlar, yangiliklar va boshqa foydali materiallar bilan tanishishingiz mumkin. Kanalda bir necha sohalarda malakali mutaxassislar va o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan materiallar, maqolalar va videolar joylashadi. Tadbirkorlik, madaniyat, san'at, hamda boshqa muhim mavzular haqida yangiliklar va ko'rsatmalar sizni kutmoqda. Sizning o'quv-kafedra faoliyatingizni yanada yanada saqlash uchun, BMTI.UZ | Rasmiy kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! Sizga qanday yordam bera olish mumkin? BMTI.UZ | Rasmiy kanalining administratorlari bilan bog'lanish. Ularga malumotlarni qoldiring yoki ular bilan o'z fikrlaringizni ulashing. BMTI.UZ | Rasmiy kanali - bu sizning barchangiz uchun yaratilgan!

BMTI.UZ | Rasmiy

23 Jan, 16:08


Startup Garage Buxoro filiali rasman ochildi

✈️ Startup Garage'ning navbatdagi filiali Buxoro shahrida ochildi. Tadbirda 80 ga yaqin yoshlar qatnashdi.

✈️ Marosim davomida qatnashchilar Startup Garage'ning qanday imkoniyatlarni bera olishi haqida to'liq ma'lumot olishdi.

👤 Tadbirning ikkinchi qismida, AloqaVentures vakillari yoshlarga startap haqida to'liq ma'lumot berib, venchur fond startaplarga investitsiya ajratish tartiblari haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Startup Garage - biz bilan o'z g'oyangizni haqiqatga aylantiring!

🌐 @startupgarage_admin

Telegram | Instagram | YouTube | LinkedIn

BMTI.UZ | Rasmiy

23 Jan, 10:40


#zakovat

⚡️Yer usti transport tizimlari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan institutda fakultetlararo talabalar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Ushbu o'yinda quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇1-o'rin "Miks" jamoasi
🥈2-o'rin "Zakiylar" jamoasi
🥉3
-o'rin "Intellektual avlod" jamoasi

Barcha ishtirokchilar diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

23 Jan, 10:04


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Nodir Mastonov va Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va yog‘-moy texnologiyasi kafedrasi professori Azim Oltiyev Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Bett UK-2025" tadbirida ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida Belgiya ta’lim kengashi direktori Oksana Pozdnyakova bilan uchrashib ikki tomonlama manfaatli vazifalar belgilab olindi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

23 Jan, 10:04


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti psixologlari tomonidan institutning xizmatchi xodimlari bilan "Sog'lom muhitda sog'lom ruhiyat" mavzusida psixologik trenning tashkillashtirildi.

Ushbu trenning ular o'rtasida kechayotgan ruhiy holatlarni o'rganish, xizmatchi xodimlar o'rtasida uchraydigan har xil nizoli vaziyatlarni aniqlash va oldini olish, ularning ahilligini oshirish, o'zaro ochiq muloqot va munosabatni rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

23 Jan, 05:58


Президент Шавкат Мирзиёев олий таълим ва илм-фан соҳасидаги устувор вазифаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о приоритетных задачах в области высшего образования и науки.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #ilmfan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BMTI.UZ | Rasmiy

09 Jan, 08:30


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tayanch-doktorant, stajyor-tadqiqotchilari va mustaqil izlanuvchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔹Yig‘ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Aslitdin Nizamov va Ilmiy tadqiqot, innovasiyalar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Malohat Jo‘rayeva birinchi bosqich doktorantlariga ilmiy ish mavzusini va ilmiy rahbar tanlash tartibi, ilmiy ishni tashkil etish bosqichlari haqida ma’lumot berishdi.

🔹2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi va tegishli topshiriqlar belgilandi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

09 Jan, 06:27


#Tavsiya_etamiz

📚Kecha va kunduz — Oʻzbek yozuvchisi Abdulhamid Choʻlpon tomonidan yozilgan roman. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman — dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi „Kecha“ 1933-1934 yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935-yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936-yilda to‘liq holda nashr etilgan.

Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarini o'qib chiqishni tavsiya etamiz!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

09 Jan, 04:08


Orzularing seniki bo‘lishini istasang, ularga shunchaki ishon...
Hammasi ishonchdan boshlanadi!


Assalomu alaykum Qadrdon!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

08 Jan, 15:32


Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi


👉 @xushnudbek 👈

BMTI.UZ | Rasmiy

08 Jan, 12:21


Президент топшириғи амалда

Сунъий интеллект: кадрлар салоҳиятини ошириш йўлидаги изланишлар


Батафсил: https://uza.uz/posts/675591

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

BMTI.UZ | Rasmiy

08 Jan, 04:15


Diqqat! 🔊🔊🔊

⚡️"Mr.Fakt"ning navbatdagi sonida qiziqarli yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin

BMTI.UZ | Rasmiy

08 Jan, 04:10


📚Rustamov Suhrob Shuhrat o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

BMTI.UZ | Rasmiy

08 Jan, 03:52


Boshingga eng qiyin kunlar tushib, Sen bardosh bera olmaydigan nuqtaga kelganingda aslo sabringdan voz kechma...
Ana shu nuqta taqdiringni oʻzgartiradigan nuqta boʻlishi mumkin...

Assalomu alaykum Qadrdon!

BMTI.UZ | Rasmiy

07 Jan, 12:14


📚Kazakova Dilfuza Sadullayevnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

BMTI.UZ | Rasmiy

07 Jan, 11:34


⚡️Talabalarning ta'til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida To‘qimachilik va charm sanoati fakulteti talabalari o‘rtasida ZOOM tizimi orqali “Tarmoq mashinalari puxtaligi” fanidan onlayn-olimpiada o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin: Marjona Zarifova
2-o‘rin: Ozoda Murotova
3-o‘rin: Shahnoza Muxidinova

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

07 Jan, 11:03


🇩🇪Oliygohning sirtqi bo'limi talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "NoVo Agency" tashkiloti 2025-yil mart-iyul oylarida "Ferienjob – work and travel" dasturi bo’yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qilinadi.

Sohalar:
🔹Ishlab chiqarish;
🔹Sanoat;
🔹Omborxona logistikasi;
🔹Qadoqlash;
🔹Gastronomiya.

Dasturda kimlar qatnasha oladilar?
- sirtqi ta'lim talabalari;
-18-35 yosh oralig’idagilar;
- 2025-yil mart-iyul oylarida oralig'ida 3 oy ketma-ket (kamida 90 kun) ta'til davri:
1.mart-aprel-may (qabul 10.01.2025 gacha)
2.aprel-may-iyun (qabul 25.01.2025 gacha)
3.may-iyun-iyul (qabul 25.01.2025 gacha)

- bitiruvchi kurs talabalari qatnasha olmaydilar!!!!!!!
-sertfikat shart emas muloqot darajasida rus, ingliz yoki nemis tillarini bilsalar yaxshi.                                                                                                                                    
1. Dasturda qatnashish uchun online ariza toʻldirish  kerak. Shu ssilka orqali kirib toʻldirasiz!

https://forms.gle/i5QVqDoFThAU1yeF7

2. Dasturda qatnashmoqchi boʻlib anketa toʻldirganlarga 2-3 kun ichida aloqaga chiqamiz!!

3.  Maosh: soatiga 12,41dan - 14 gacha Euro(brutto), haftasiga 35-40 soat ish.

Afzalliklar:
- Viza hujjatlarni tayyorlash va butun jarayon davomida ko'mak;
- Turar-joy va ish topishda ko'mak

☎️Murojaat uchun: +998882393223
@NoVoAgency_Zuhra

BMTI.UZ | Rasmiy

06 Jan, 07:16


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz.

🔹Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1– institut bosqichi;
2- yakuniy respublika bosqichi.

🔹Tanlovning birinchi institut bosqichi 17-yanvar kuni
🔹Yakuniy respublika bosqichi 2025-yilning fevral-mart oylari davomida o‘tkaziladi.

Institut bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari institut tomonidan faxriy yorliq va bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi.

Yakuniy respublika bosqichida
1-o‘rin - 8 000 000 so‘m;
2-o‘rin - 6 000 000 so‘m;
3-o‘rin - 5 000 000 so‘m miqdorda pul mukofotlari bilantaqdirlanadi

Mas'ul xodim: @yunusovagulandom
Gulandom Yunusova

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

06 Jan, 05:46


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professori Mustaqim Jumayevning "Всему есть мера" deb nomlanuvchi ruboiylar turkumi Rossiyaning Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Rossiya so'z boyligi" antologiyasining 5-tomida chop etildi.

🔹 "Всему есть мера" deb nomlanuvchi ruboiylar turkumi 71 ta ruboiylar iborat bo‘lib, ushbu antologiya adabiyot sohasidagi eng nufuzli nashrlardan biri hisoblanib, Xalqaro fan va san’at akademiyasi qaroriga ko‘ra chop etiladi.

🔹 Ta'kidlash joiz Mustaqim Jumayev O'zbekiston xalqaro fan va san'at akademiyasining muhbir a'zosi hisoblanadi. Fan va san'atdagi ulkan hissalari uchun "Pyotr-I" oltin medali, 2023-yilda "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni sohibi bo'lgan.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

06 Jan, 04:50


#E'LON

⚡️
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti To'qimachilik va charm sanoati fakulteti talabalari o'rtasida ZOOM tizimi orqali Тarmoq mashinalari puxtaligi fanidan “Onlayn olimpiada” o'tkaziladi.

ZOOM uchun havola: 👇
https://us05web.zoom.us/j/86774455372?pwd=ebpak8jRSwVHTbcykQwFIA277UuRsv.

6-yanvar | Soat: 11:00

❗️G`oliblar ekspertlar tomonidan aniqlanadi va taqdirlanadi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

06 Jan, 04:22


#xayrli_tong

Harakat qil, izlan, uddala — buguning behuda ketmasin... Kimdandir najot kutma, faqat o‘zingga suyan, o‘zingdan kut va o‘zingdan talab qil. Ishon, senga o‘xshashi koinotda yo‘q...
Sen o‘zligingni, o‘zgacha ekaningni angla, shuning o‘zi kifoya...

Assalomu alaykum Qadrdon!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 15:53


#infografika

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan 2024-yil dekabr oyi davomida amalga oshirilgan ishlar


Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 10:21


🔊🔊🔊 Diqqat e'lon!

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2025-yil davomida o‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini camera.bmti.uz havolasi orqali bevosita onlayn kuzatishingiz mumkin.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 09:38


#xush_kayfiyat

Talabalik hayotidan qiziqarli voqealar!

Shunaqasi ham bo’lar ekan-da?
😄😳

Eslatma: yuragi bo'shlarning ko'rishi tavsiya etilmaydi😁


Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 09:29


🔊🔊🔊 Diqqat e'lon!

⚡️Buxoro muhandislik texnologiya instituti talaba-yoshlari oʻrtasida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan qisqa metrajli filmlar suratga olish va namoyishi tanlovi boʻlib oʻtadi.

Tanlov shartlari quyidagicha:

🔹HD formatda

🔹7 daqiqadan oshmaydigan qisqa metrajli film shaklida

🔹Filmda Mahmudxo’ja Behbudiy yashagan davr aks ettirilishi lozim


❗️Namunalarni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshiriladi.

📆 Videoroliklarni topshirishning oxirgi muddati 1-fevral soat 12:00 ga qadar

📌 Tanlov natijalariga asosan “Eng yaxshi qisqa metrajli film” ijodkorlari institut tomonidan qimmatbaho sovg’a va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

☎️ Murojaat uchun: +998 99 181 21 22 Mustahqim Yoriyev

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 04:36


#E'LON

⚡️
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti To'qimachilik va charm sanoati fakulteti talabalari o'rtasida MOODLE tizimi orqali mashinasozlik texnologiyasi fanidan “Onlayn olimpiada” o'tkaziladi.

6-yanvar | Soat: 10:00

❗️G`oliblar ekspertlar tomonidan aniqlanadi va taqdirlanadi.

Mas'ul xodim:
Sharipov Jamshid Olimovich +998997041703

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 04:06


📚 Raximova Dilnoza Davronovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 04:06


📚Gafurov Karim Xakimovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Jan, 04:02


Hayot haqiqati shundan iboratki, oz biladiganlar ko‘p gapiradilar, ko‘p bilganlar esa indamaslikni afzal ko‘radilar.

© Jan-Jak Russo

Assalomu aleykum Qadrdon!

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 11:19


“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan oʻtkazilayotgan VI stipendiyalar dasturi natijalariga ko'ra Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalaridan 4 nafari yakuniy – uchinchi bosqichga tavsiya etildi.

1.Rajabov Abdullojon Ganiyevich
2. Jangabayev Asadbek Baxromjon O'g'li
3.Salimov Halim Odilovich
4.Jo'rayev Mirshod Baxodir õgli


💐💐💐Barcha talabalarni ushbu yutuq bilan murakbod etib, kelgusi bosqichda omad va zafarlar tilab qolamiz!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 11:16


Hurmatli Ilmiy kengash aʼzolari!

Sizlarni 2025-yil 11-yanvar kuni soat 10:00 da Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.Т.101.01 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibi:

Rasulov Shuhrat Xo‘jaqulovichning “Tomat mahsulotini past haroratda quritish jarayoni va apparatini takomillashtirish” (“Cовершенствование процесса и аппарата сушки томатных продуктов при низких температурах”) mavzusidagi, 02.00.16 – “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi 1-bino 202–xonada bo‘lib o‘tadi.

ZOOM uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/88098370741?pwd=HhUPBIUTaannBNqZq34Aq8YEeCfU70.1
ZOOM uchun identifikator raqami: 880 9837 0741
ZOOMuchun identifikator paroli: 531206

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 10:55


#E'LON

⚡️
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari, Neft-gaz texnologiyasi fakulteti talabalari o'rtasida Google form tizimi orqali kimyo fanidan “Onlayn olimpiada” o'tkaziladi.

Ushbu havolo orqali ishtirok etishingiz mumkin👇🏻
https://presenter.jivrus.com/p/1TgWxiwOcX8oE0_ffKQTyNbKFEBw8oEQk6VqPgMcFxhc

3-yanvar | Soat: 10:00

❗️G`oliblar ekspertlar tomonidan aniqlanadi va taqdirlanadi.

Mas'ul xodim:
Kimyo muhandisligi kafedrasi dotsenti Jabbor Jumayev tel: +99897 300 62 16



Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 09:10


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari yo'nalishida tahsil oluvchi 5-bosqich talabalari "Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi" da bitiruv oldi amaliyotini o'tamoqdalar.

🔹Amaliyot davomida zavoddagi shart-sharoitlar, texnologik jarayonlarda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 08:50


Hurmatli Ilmiy kengash aʼzolari!

Sizlarni 2025-yil 11-yanvar kuni soat 9:00 da Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibi:


Axmedova Mexriniso Baxronovnaning “O‘z-o‘zidan bijg‘iydigan xamirturushdan foydalanib achitqisiz bug‘doy noni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 02.00.17 - “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligidan texnika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy rahbar: Texnika fanlari nomzodi, dotsent Beshimov Yusufjon Saidovich.

Zoom Video
https://us06web.zoom.us/j/4546500008?pwd=GSGUYcex8c6bCPxUEq0A8PUIz10atc.1

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 06:23


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi Jasmina Sharapova respublika miqyosi bo’yicha o'tkazilgan “Nafosat” tanlovining Buxoro viloyat bosqichida oliy o’rinni egalladi.

O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

💐💐💐Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu yutuq bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 05:29


#Yangi_yil_shukuhi

🎄Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari, xodimlari va ularning farzandlari uchun “Yangi yil” bayrami tashkil etiladi.

📌Manzil: 1-bino kirish qismi

27-dekabr | Soat: 10:00 bolalar uchun

28-dekabr | Soat: 10:00 professor-o'qituvchi va xodimlar uchun


Barchangizni ushbu Yangi yil bayramiga lutfan taklif etamiz!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Dec, 04:51


Shuni bilingki, dunyoda benuqson inson bo‘lmaydi, biror insondan kamchilik qidirishdan oldin, o‘zingizdagi nuqsoningizni to‘g‘rilashga harakat qiling. Shunda dunyoga boshqacha nazar bilan qaray boshlaysiz...

Assalomu alaykum Qadrdon!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

25 Dec, 07:14


Bugun, 25-dekabr — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig'iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilangan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

BMTI.UZ | Rasmiy

25 Dec, 07:14


❗️2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

💻
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

BMTI.UZ | Rasmiy

25 Dec, 06:59


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti talabasi Madinabegim Davlatova ning  "Kambag'allikni qisqartirish va ijtimoiy yordam"  nomli maqolasi Italiya davlatining "Formation of Psychology and Pedagogy as Interdisciplinary sciences" gazetasida chop etildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

25 Dec, 06:42


#Yangi_yil_shukuhi

⭕️ Ayni damda Buxoro shahrida Yangi yil bayramini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazish maqsadida "Qorbobolar marafoni" bo'lib o'tmoqda.

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ko'ngilli talaba-yoshlari ham marafonda faol ishtirok etmoqda.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 11:38


Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Ислом ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатларнинг барқарор ривожланиши учун атом энергиясидан тинчлик мақсадларида фойдаланиш истиқболлари: халқаро ва миллий тажриба” мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавкат Мирзиёева участникам международной конференции «Перспективы мирного использования ядерной энергии в целях устойчивого развития государств-членов Организации исламского сотрудничества: международный и национальный опыт»

Address by President Shavkat Mirziyoyev to the participants of the International Conference “Perspective use of nuclear energy for peaceful purposes in sustainable development of Organization of islamic cooperation member states: international and national experience”

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 11:21


#Ochiq_dars

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari kafedrasi assistenti Azamat Sulaymonov tomonidan "Tadbirkorlik sohasida yakka hokimlikka qarshi kurashish qoidalari" mavzusida 712-22, 714-22 IQT guruh talabalari bilan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkaziladi.

📍 Manzil: 2-bino, 324-xona

6-dekabr | Soat: 13:20


Barcha xohlovchilar taklif etiladi!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 10:14


#Mening_Konstitutsiyam_32yoshda

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida ommaviy diktant aksiyasi o'tkazildi.

Ommaviy dikdant aksiyasi doirasida barcha fakultetlardan 1000 nafar talabalar qamrab olindi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 10:11


#tanlov

⚡️O‘zbekiston yoshlarida ekologik bilimlar, aholining ekologik madaniyati hamda ekologiyaga yo‘naltirilgan dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashish, ishtirokchilarga ekologik kelajak haqida tasavvurlarini she’r va uning musiqasi shaklida ifodalash imkoniyatini yaratish, ommaviy axborot vositalari orqali dolzarb ekologik muammolar va taklif etilayotgan yechimlarni keng tarannum etish, Respublika ta’lim muassasalarida yoshlaming tabiatga bo‘lgan mehrini uyg‘otish, ulami tabiat himoyachisi sifatida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Tabiat madhiyasi” nomli tanlov natijalari bugun e'lon qilinadi.

☎️ Murojaat uchun: +998 99 181 21 22 Mustaqim Yoriyev

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 09:01


⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.

🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.

@alisher_sadullaev

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 08:40


🔹 Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi katta o'qituvchisi Latofat Sultonova, Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti tyutori Nilufar Shavkatova tomonidan 1-bosqich talabalari bilan "Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

🔹 Suhbat davomida bosh qomusimizning qabul qilinishi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining shakllanishidagi tarixiy ahamiyat ekanligi, 2023-yilgi referendum natijasida Konstitutsiyaga kiritilgan muhim va zamonaviy o‘zgarishlar hamda ularning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

P/S: 2023-yilda Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 6 bo'lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. Ushbu tahrirda inson huquqlari, ijtimoiy adolat, ekologiya va davlat boshqaruvi kabi ko‘plab sohalarga oid o‘zgarishlar kiritilgan, va u mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 08:10


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Energetika fakulteti tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yini "Dekan kubogi" ning navbatdagi II-tur bellashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda 8 jamoa faol ishtirok etdi.

II-tur natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:

🥇1-o'rin: Benjamin jamoasi
🥈2-o'rin: Mem jamoasi
🥉3-o'rin: Kelajak jamoasi

💐💐💐 Gʻoliblarga esdalik sovgʻalar, diplom va fakultet koʼchma kubogi topshirildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

05 Dec, 07:40


⚡️Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan 3-son talabalar turar joyida "Kitobxonlik-aqliy salohiyat yuksalishining muxim sharti" mavzusida Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari asosida savol-javob kechasi tashkil etildi.

🔹Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 15:49


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan institut xodimlari o'rtasida sportning shashka turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

💐💐💐 Faol ishtirok etgan xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 14:46


#amaliy_mashg'ulot

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari va servis” kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan “Milliy taomlar tayyorlash texnologiyalari” fanidan amaliy mashg’ulotlar 2-binodan kafedraga ajratilgan laboratoriya xonasida tashkil qilinmoqda.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 13:47


Иностранные языки способствуют развитию человеческого капитала в стране.

В эпоху глобализации знание иностранных языков является важным фактором не только для личностного развития, но и для экономического и социального прогресса страны. При оценке вклада владения иностранными языками в развитие человеческого капитала необходимо учитывать множество факторов. В этой статье мы рассмотрим, как знание иностранных языков влияет на человеческий капитал и какую пользу это приносит развитию страны.

👉Подробнее

Доцент кафедры узбекского и иностранных языков
Нурмурадова Шахноз Ибрагимовна


Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 13:42


3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Arxitektura-qurilish fakultetida tashkil etilgan tadbirdan lavhalar

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 13:33


Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida imkoniyati cheklanganlar hamda nogironlar manfaatlarini himoya qilish, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan ushbu kun munosabati bilan Arxitektura-qurilish fakultetida tadbir tashkil etildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 12:28


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Tailand xalqaro gazetasi hisoblangan PAGE 3 NEWS gazetasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti TJBT fakultetining xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi
Nilufar Shavkatovaning "Biz korrupsiyaga qarshimiz" nomli maqolasi nashrdan chiqarildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 12:14


#sport_bilan_hamnafasmiz

⚡️ “TO’MARIS IZDOSHLARI” tanlovidan lavhalar

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Dec, 10:01


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida "Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan Buxoro VIIB TKX JKB xodimi kapitan G.B.Rajabova, VIIB TKX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi kapitan X. Xayitova, OITS markazi shifokori B.Avezov va talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirdan ko’zlangan maqsad talabalarning OIV va OITS kasalligi, uni yuqtirish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berib, uning jamiyatda tarqalishi va yuqishida har bir insonning roli katta ekanligini ko’rsatib berishdan iborat.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

24 Nov, 04:29


#jarayon
#yashil_makon

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi boqqa ko‘chat ekdi.

Tadbirni videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi. Jumladan, buxorolik faollar Buxoro tumanining Buxoro shahriga yondosh “Bog‘idasht” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da ko‘chatlar ekishdi.

Ma’lumot uchun: Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida Buxoroda qariyb 7 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BMTI.UZ | Rasmiy

21 Nov, 12:28


#o'quv_seminar

BMTI.UZ | Rasmiy

21 Nov, 12:26


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha “Аholini zilzilaga tayyorlash haftaligini” hamda “Yongʼin xavfsizligi oyligini” oʼtkazish mavzusiga bagʼishlangan oʼquv amaliy seminar boʼlib oʼtdi.

🔹Seminar davomida mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi bilim madaniyatini shakllantirish, tabiiy ofatlar xavfini bartaraf qilish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o’quv mashg’uloti ham o’tkazildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

21 Nov, 12:13


#Ochiq_dars

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi o'qituvchi-stajyori Muxriddin Yoqubov tomonidan “Sanoat korxonalarini loyihalashda sanitariya-gigiyena meyorlari" mavzusida 408-24 MTX guruh talabalari bilan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkaziladi.

📍 Manzil: 1-o'quv bino, 421-xona

22-noyabr | Soat: 14:50


Barcha xohlovchilar taklif etiladi!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

21 Nov, 09:45


⚡️ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Paxta va yengil sanoat texnologiyalari" fakulteti 400-22, 404-22 YeSB guruh talabalari "PARVOZ HUMO RAVNAQ TRANS" MCHJ ishlab chiqarish korxonasida dual ta'lim bo'yicha amaliyot o'tamoqdalar.

Amaliyot davomida zavoddagi shart-sharoitlar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, texnologik jarayonlarda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

21 Nov, 06:39


🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham faol amalga oshirilmoqda.

Daraxtlarning atrof-muhitga, ayniqsa inson salomatligiga nechog‘lik foydasi borligini yaxshi anglagan holda institut hududida iqlim sharoitiga mos manzarali va mevali daraxtlar ekilib bog‘lar yaratish ishlari olib borilmoqda. Bu kabi daraxt ekish ishlariga hamkor tashkilotlar ham jalb etilmoqda.

Ushbu ko‘chatlar kelajak avlodlar uchun uzoq yillar davomida xizmat qiladi va atrof-muhit go‘zalligiga hissa qo‘shadi.


Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

21 Nov, 05:42


⚡️ Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Moxchexra Alimova tomonidan "Turizm va menejment" kafedrasi talabalari orasida "Biz yoshlar korrupsiyaga yo'q deymiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Davra suhbatida talabalarning korrupsiya bo'yicha bilimlarini yanada oshirish, korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi barcha birgalikda kurashish kerakligi ta'kidlab o'tildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

20 Nov, 04:02


#Ochiq_dars

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o'qituvchisi Jamila Musayeva tomonidan “Korxona faoliyatida biznes-reja. Korxona faoliyatini bashorat qilish" mavzusida 716-22 MNT guruh talabalari bilan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkaziladi.

📍 Manzil: 2-o'quv bino, 514-xona

20-noyabr | Soat: 14:50


Barcha xohlovchilar taklif etiladi!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

20 Nov, 03:30


Baxtli bo‘lish uchun mo‘jiza yuz berishi shart emas. Bor yo‘g‘i kechirimli qalb, tabassum qiladigan yuz, berilgan rizqqa qanoat va Hayotga tamomiy ravishda ishonch bo‘lsa bas..!

Assalomu alaykum Qadrdon
!

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 11:58


🔊 Diqqat e'lon!

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 22-noyabr - "Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan psixologik tadbir tashkil etiladi.

📌 Manzil: 1-bino, kirish zali

20-noyabr | soat 8:00 da

Barchangizni psixologik tadbirimizga lutfan taklif etamiz!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 10:39


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida "Eng ulug’, eng aziz Vatan uchun yashaylik" mavzusida tadbir o’tkazildi.

🔹Tadbirda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan turli xil slaydlar, ko’rgazmalar, o’yinlar tashkil qilinib, talabalar bilan she’riy kompozitsiyalar o’tkazildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 10:13


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🇺🇿 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan, Buxoro shahrida bo'lib o'tgan bayram paradi tafsilotlari

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 08:48


⚡️"Yer usti transport tizimlari" fakulteti tyutori Mastura Xamrayeva tomonidan talabalar bilan birgalikda Buxoro shahrining tarixiy va diqqatga sazovor bo‘lgan qadimiy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

🔹Sayohat davomida talabalarga "Ark qo‘g‘oni", "Minorai Kalon" kabi qadimiy yodgorliklar tarixi haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 08:27


#Ochiq_dars

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi o'qituvchisi Xolova Shohista tomonidan “Qurilish jarayoning atrof-muhitga ta'siri" mavzusida 504-21, 534-21 ARX guruh talabalari bilan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkaziladi.

📍 Manzil: 1-o'quv bino, 120-xona

20-noyabr | Soat: 13:20


Barcha xohlovchilar taklif etiladi!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 08:17


⭕️LIVE

⚡️ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari" fakulteti 103-22, 104-22, 106-22KT guruh talabalari Artel kompaniyasida malakaviy amaliyot o'tamoqdalar.

Amaliyot davomida zavoddagi shart-sharoitlar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, texnologik jarayonlarda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

19 Nov, 08:17


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi va servis" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida Usmon Nosir tavalludining 112 yilligiga bag‘ishlab "She’rlarim yangrab qolur bir umrga o‘lmayman" nomli ma’rifat soati o‘tkazildi.

Tadbir davomida "Axborot-resurs markazi" xodimlari tomonidan jadidchilik harakatining namoyondalari, xalq ijodkorlari asarlari talaba-yoshlarga yaqindan tanishtirildi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

13 Nov, 12:15


#besh_tashabbus

⚡️Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining mini-futbol turi bo‘yicha Buxoro viloyat hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

💐💐💐 Ushbu musobaqada Buxoro muhandislik-tеxnologiya instituti jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

13 Nov, 11:28


#tanlov

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovining “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishining noan’anaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

13 Nov, 11:13


#Zakovat

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Kasaba uyushmasi - mening hayotimda” shiori ostida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra:

🥇1-o‘rin: Energetika” jamoasi
🥈2-o‘rin:
Tyutorlar” jamoasi
🥉3-o‘rin:
Yoshlar yetakchilari” jamoasi


💐💐💐 G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

13 Nov, 10:47


#E'LON

⚡️14-15-noyabr kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda “Germaniya tajribasi asosida dual ta’limni tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro forum bo'lib o'tadi.

🔹Forumda dual ta’limiga qo’yiladigan talablar va ularning yechimlari to’g’risida xorijiy ekspertlar tomonidan ma’lumotlar va tavsiyalar beriladi.

📍 Manzil: 1-o'quv bino, 202-xona

14-noyabr | Soat: 09:00


Barcha dekanlar va kafedra mudirlarini ushbu forumga taklif etamiz!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

13 Nov, 09:51


#milliy_oʻyinlar

Talaba-yoshlar orasida Milliy sport o'yinlarini rivojlantirish maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot koordinatorlari, Qalqon jamoatchilik guruhi a'zolari hamda iqtidorli talabalardan ishtirokida Milliy o'yinlar tashkil etildi.

#qarab_tep
#arqon_tortish
#tosh_koʻtarish
#oq_terakmi_koʻk_terak

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

13 Nov, 09:19


⭕️LIVE

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Kimyo muhandisligi" kafedrasi 103-22, 104-22, 106-22 guruh talabalari Artel kompaniyasida malakaviy amaliyot o'tamoqdalar.

Amaliyot davomida zavoddagi shart-sharoitlar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, texnologik jarayonlarda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.

P/S: Ayni damda Artel kompaniyasida 4 ta korxona (mini pech Ishlab chiqarish, gaz plita ishlab chiqarish, oshxona dudbo'rini va qoliplash zavodi) o’z faoliyatini olib bormoqda. 2025-yil fevral oyida korxona to’liq ishga tushirilib, 8 ta korxona faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

10 Nov, 08:30


#SAYLOV_2024_NATIJALARI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Buxoro viloyatidan saylangan deputatlar bilan infografika 👆orqali tanishing !


Deputatlarning sifat tarkibi:
- Saylangan deputatlar soni 8 nafar. Shundan, 4 nafari yagona saylov okrugi bo'yicha (proporsional), 4 nafari bir mandatli saylov okruglari (mojaritar) bo'yicha saylangan;
- deputatlarning 3 nafarini (38 %) ayollar tashkil etadi;
- 3 nafari huquqshunos, 1 nafari jurnalist, 1 nafari iqtisodchi, 2 nafari pedagog va 1 nafari qishloq xo'jaligi sohasi vakillaridir.

@yuksalishbuxoro

BMTI.UZ | Rasmiy

10 Nov, 08:30


#SAYLOV_2024_NATIJALARI

Buxoro viloyat kengashi deputatligiga saylangan deputatlar bilan infografika 👆orqali tanishing !


Saylangan deputatlar soni 50 nafar.
Deputatlarning sifat tarkibi:
- 17 nafari (34 %) ayollar;
- 1 nafari 30 yosh, 17 nafari 30-45 yosh, 18 nafari, 45-60 yosh, 14 nafari 60 va undan yuqori yosh;
- 46 nafari o‘zbek, 1 nafari rus, 2 nafari qozoq va 1 nafari boshqa millat vakili;
- 8 nafari iqtisodchi, 2 nafari huquqshunos, 12 nafari pedagog, 8 nafari muhandis, 7 nafari tibbiyot xodimi, 4 nafari qishloq xo‘jaligi va 9 nafari boshqa soha vakillari;
- Mahalla yettigi vakillari 3 nafar, tadbirkorlar va fermerlar 12 nafar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari 12 nafar, ta’lim tashkilotlari vakillari 12 nafar, partiya xodimlari 5 nafar;
- Davlat mukofotiga ega deputatlar 28 nafarni (56 %) tashkil etadi.

@yuksalishbuxoro

BMTI.UZ | Rasmiy

09 Nov, 18:01


#jarayon
#yashil_makon

BMTI.UZ | Rasmiy

09 Nov, 11:56


Bugun insoniyat butun dunyoda ekologik vaziyat tobora keskin tus olayotgan bir zamonda yashayapti. Shu bois sayyoramizda barqaror ekologik muhitni asrab qolish o‘ta dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda.

Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirishga urg‘u berilmoqda. Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi.

Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Shu bois bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham yakdillik bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi. Dastlab mutaxassislar tomonidan mavsumni sifatli o‘tkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta ko‘chatlari ekish, har bir ko‘chatni sug‘orish, parvarishlash masalasini hal etgach, uni qadash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

BMTI.UZ | Rasmiy

09 Nov, 11:56


#yashil_makon

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududda “Yashil makon” umummilliy harakatining kuzgi mavsumida 3000 dan ortiq mevali-manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish mo‘ljallanmoqda. Bu kabi yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iboratdir.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Nov, 05:10


⚡️11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida

🗒 7-noyabr kuni, soat 15:00da Intellektual markazda "O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida Kasaba uyushmalarining o'rni" mavzusida insholar tanlovi,

🗒 9-noyabr kuni, soat 09:00da "Yurt taraqqiyoti yo'lida birlashaylik" shiori ostida professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar o'rtasida yurish marafoni,

🗒 10-noyabr kuni professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar bilan "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" dasturi doirasida "Yetti pir" ziyoratgohiga sayohat,

🗒 11-noyabr kuni, soat 11:00da "Kasaba uyushmasi - mening hayotimda" shiori ostida professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar o'rtasida Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tadi.

🤝🏻 Bo'lib o'tadigan tadbir dasturlariga barchani taklif etamiz!!!

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Nov, 05:01


⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Facebook dagi sahifasiga a'zo bo'ling!

👉 http://fb.com/zaripovrasmiy

BMTI.UZ | Rasmiy

04 Nov, 04:11


#xayrli_tong

Hayot juda go‘zaldir! Buni anglash uchun esa, bir oz bo‘lsada o‘z muammolaringizdan boshingizni ko‘taring va atrofingizga qarang, atrofingizda qanday go‘zal hayot kechmoqda!

Assalomu alaykum Qadrdon! Boshlangan kuningiz xayrli bo'lsin!

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Nov, 07:11


Talabalik-oltin davr!

Talabalikni inson umrining oltin davriga qiyoslanganligi bejiz emasdir. Chunki inson o'zining mazmunli hayoti davomida bir marta bo'lsa ham talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi. Zero, talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir.

⚡️"Talabaning bir kuni" loyihasida bunga yana bir bor amin bo'lishingiz mumkin😊

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

03 Nov, 03:53


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida haftalik dayjest

BMTI.UZ | Rasmiy

02 Nov, 11:14


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Ushbu hafta davomida Arxitektura-qurilish fakulteti hamda xotin-qizlar maslahat kengashi mas'ullari tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

BMTI.UZ | Rasmiy

02 Nov, 09:58


#besh_tashabbus_olimpiadasi
#voleybol

BMTI.UZ | Rasmiy

02 Nov, 09:57


⚡️“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida “Voleybol” (yigitlar) sport turi bo‘yicha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o’rin: Neft-gaz texnologiyasi fakulteti

2-o’rin: Yer usti transporti tizimlari fakulteti


3-o’rin: Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti

💐💐💐 Faxrli o’rinlarni egallagan jamoalar diplom bilan bilan taqdirlandi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

02 Nov, 09:31


⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti psixologi Maftuna Tosheva hamda "Neft-gaz texnologiyasi" fakulteti dekan o'rinbosari Farida Qalandarova fakultetning tyutorlari va talabalari ishtirokida "Ijtimoiy tarmoqga qaramlikning inson psixologiyasiga ta'siri" mavzusida psixologik davra suhbati tashkil qilindi.

🔹Davra suhbati davomida ijtimoiy tarmoqlarda xabar va videolarni uzoq muddat tomosha qilish odamda ularga qaramlikni shakllantirishi, uyquning buzilishi va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Oct, 17:25


#tashrif
#hokim_va_yoshlar

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Oct, 17:23


#fotojarayon

BMTI.UZ | Rasmiy

26 Oct, 17:23


Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube