Hasanov kundaligi 📘

@hasanovblog


Tafakkur, fikrlar, xulosalar...

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...

👉https://taplink.cc/hasanov_farrux

Hasanov kundaligi 📘

23 Oct, 08:20


Marketing yo'nalishidagi mutaxassislar uchun maxsus SO'ROVNOMA!

Siz marketolog, SMM mutaxassisi, targetolog, dizayner, copywriter, mobilograf yoki web-developer bo'lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!

📊 Sohadagi eng muhim muammolarni birgalikda aniqlab, ularga samarali yechimlar topamiz. Sizning tajribangiz va fikrlaringiz biz uchun juda muhim!

So'rovnomani to'ldirib, bizga yordam bering!

👉 So'rovnomani to'ldirish

Hasanov kundaligi 📘

17 Oct, 03:26


P.S Rebrending necha pulga tushganini ham so'raymi? ;)

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

17 Oct, 03:24


🎙 "SAG" gilamlari qanday rebrending o'tkazdi? mavzusida video chat

Bu safargi mehmonimiz "SAG" gilamlari marketing direktori - Oybek Abdukhalimov.

Qachon:
📆 17-oktabr,
21:00 da

Spikerlarimiz:

Oybek Abdukhalimov: "SAG" gilamlari marketing direktori

Farrux Hasanov: ProActive marketing agentligi brend menejeri

Barchangizni online suhbatda kutib qolamiz!

Izohlarda savollaringizni yozib qoldirishni unutmang.

@marketingclub_event

Hasanov kundaligi 📘

16 Oct, 06:27


💻Mutlaqo tekin boʻlgan rus tili darslariga nima deysiz?

🕵️Rus tilidan C1 darajaga ega boʻlgan oʻqituvchidan bepul jonli darslargachi?

📌Unda bu kanal aynan siz uchun

Kanalda :
✔️Har haftada 3 yoki 4 ta jonli darslar
✔️Kundalik eng zarur boʻlgan iboralar va lugʻatlar
✔️Hamma uchun manfaatli boʻladigan va nutqni tezroq shakllanishiga yordam beradigan kinolar

📚Kanalga qoʻshiling va rus tilini qisqa muddatda teking oʻrganib oling

⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.me/+Q_4gGtM_KjM3YmE6
https://t.me/+Q_4gGtM_KjM3YmE6
https://t.me/+Q_4gGtM_KjM3YmE6

Hasanov kundaligi 📘

03 Oct, 09:03


Qiziq ma'lumotlar tayyorlayapman InshaAlloh.

Mavzu qiziq bo'lsa kutamiz!

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

03 Oct, 09:02


💥 Mijoz portreti va kuchli taklif yaratish

Aynan manshu mavzuda ProActive marketing agentligi brend menejeri, marketinda 6 yillik tajribaga ega Farrux Hasanov bilan dars bo'lib o'tadi!

🗓 Qachon: 5-oktyabr, shanba, 15:00 da
🙋‍♂ Kimlar uchun: Barcha uchun ochiq
🎯 Manzil: «YTU», Toshkent shahri, Qatortol ko'chasi 60B-uy

👉 Ro'yxatdan o'tish

Hasanov kundaligi 📘

30 Sep, 19:42


To‘g‘risi ustozlarim haqida nimadir deyishim qiyin.

Chunki meni hozirgi holatimda ularning o‘rni shunchalik kattaki, buni qanday tabrik yoki xizmat bilan ado qilishni bilmayman.

Hech bir ustozimga munosib shogird bo‘loldim deb o‘ylamayman. Ko‘plarini qadrlariga yetmaganman.

Ammo bir o‘tinchim bor...

Meni jamiyatimiz, yurtimiz umuman insonlarga manfaatli ishlar qilishda Alloh bardavom qilsinki, uning har biridan sizlarga savobi borib tursin ilohim!

Haqqingizga duodaman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

30 Sep, 06:32


Izoh yozish, sharh qoldirish madaniyati.

Izohlar va sharhlarni nafaqat ijtimoiy tarmoqlar bakli Yandex hamda Google xaritalarida undan tashqari "Sharh" platformasida ham qoldirish mumkin. Bu katta brendlardan tortib, kichik bizneslarga o'z mijozlari oldida mas'uliyatni yaxshiroq his qilishiga sabab bo'ladi. Chunki endi xaridor norozi bo'lsa, uni faqat o'z tanishlariga emas, butun tarmoqda bildirishi mumkin.

Yuqoridagi rasmda "Яндекс карта"da qoldirgan sharhlarim natijasini ko'rishingiz mumkin. Ilk sharh qoldirishimni boshlaganimdan buyon ularni 400 000 dan ortiq marta o'qishgan.

O'zim ham notanish joyga kirishdan oldin xarita qoldirilgan sharhlarni albatta bir ko'zdan kechiraman. Sizlarga ham shunaqa qilishni tavsiya qilaman.

Sharhlar qoldirish orqali nafaqat bizneslarni tarbiyalaymiz, balki o'zimiz uchun ham to'g'ri tanlov qilishim osonlashadi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

29 Sep, 02:01


Ассалому алайкум, ҳурматли саҳоватпеша тадбиркор акалар!
Бу дўстимизни шахсан танийман, олий таълим, айнан ёш авлоднинг таълими соҳасида кўп йил ишлаб келмоқда. Аллоҳнинг синови келиб, ўпка ва жигар раки касаллигига дучор бўлди. Даволашни Ҳиндистонда қилаяпти, кейинги даволаниш жараёнлари учун 12,000 АҚШ доллари зарур экан. Эҳсонларингни Аллоҳ қабул қилсин. Биргалашиб, бир инсоннинг ҳаётини сақлаб қолишга сабабчи бўламиз. Беморнинг телефон рақамлари: +998911650665.
Тўлов учун карталари кўрсатилган:
9860270107688110. Хумо
4108590115289756 Виза

Беморнинг исми шарифи: Насриддинов Фазлиддин.

Hasanov kundaligi 📘

26 Sep, 06:26


Logo so‘zini men bilmaydigan ma'nosi ham bor ekan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

19 Sep, 10:42


Bir qishloqda dindor qariya yashar edi. U biror marta birovni g'iybat qilmagan balki faqat yaxshi tomonini aytguvchi edi.

Qariyani sinamoqchi bo‘lishdi. O‘ylashdiki, undan inson qalbi dushmani haqida so‘raymiz-u, u haqda aniq yaxshi gap aytmaydi.

— Shayton haqida nima deb o‘ylaysiz?
U kishi biroz o‘ylanib, javob berdi:
— Juda tirishqoq!

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

15 Sep, 10:23


Post haliyam o‘z kuchida.

"Подделка" mahsulotlar va uni sotadigan do‘konlardan ham voz keching!

O‘z brendi ustida ishlayotgan, mijozi, xodimi haqida qayg‘urayotgan brendlar ko‘p.

Kimlarni bilasiz? Kimlarni tavsiya qilasiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

15 Sep, 10:09


Inbazardan oldin ham narsa olmasdim. Endi ham olmayman.

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

13 Sep, 07:30


Nega biz "soqqa" ortidan yugurmasligimiz kerak?

Nega instagramdagi "Baxtli hayot" qolib, qiyin yo‘ldan yurishimiz kerak?

Bizning orzularimiz aslida bizniki bo‘lmasachi? Ular soxta va singdirilgan bo‘lsachi?

Undan tashqari qanday maqsad tomon harakat qilishim, energiyani qayerdan topishim, hayotimda balansni qanday saqlashim mumkin degan savollar sizda paydo bo‘lganmi?

Yashashdan ma'noni, missiyani qanday topish, qanday insonlar atrofida jam bo‘lish, umuman olganda qanday inson bo‘lishni o‘rgatuvchi instrument bor desak-chi?!

Buning javobini bugun o‘tadigan ovozli suhbatda berishga harakat qilamiz!

Shunchaki onlayn chatda qatnashing va "maraz odamcha"ning barcha savollariga javob toping!

Spiker: Habibullo Sa'dulloyev
Kun : 13-sentabr
Vaqti: 19:30
Formati: Onlayn, bepul

Ovozli chat guruhi: https://t.me/+RdF97A1UWndhZjIy

Hasanov kundaligi 📘

11 Sep, 09:48


ChatGPT yoki Gemini?

Ikkala sun'iy intellektni ham pulli verisiyasini bir oy davomida ishlatib ko'rdim.

Endi bittasini tanlashga qiynalyapman. Narxi ham bir xil. Ularni o'ziga ham bu savolni berdim.

Tajribasi borlar tanlashda yordamlashib yubora olasizmi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

10 Sep, 06:01


Koʻproq bilish uchun emas, yaxshiroq bilish uchun oʻrgan.

Lutsiy Anney Seneka

@oriftolib

Hasanov kundaligi 📘

09 Sep, 06:10


Kursda bundan tashqari foydali ma'lumotlar juda ko'p.

📌 telegram.me/hasanovblog

Hasanov kundaligi 📘

09 Sep, 06:10


Soft Skills ustida ishlashni foydasi yo'q...

«Неталогия»
onlayn ta'lim platformasida «Soft Skills: как мягко добиваться карьерных целей» mavzusidagi navbatdagi kursni tugatdim.

Yaxshi ma'lumotlar berilgan. Undagi ma'lumotlardan biri 5K tushunchasi haqidagi taqdimotni post ostida qoldiraman.

Ayni shu mavzuda kurslarni o'qib, oxiri olgan xulosam shu bo'ldiki, soft skill - bu xulq va uni kurs o'qib o'zlashtirib bo'lmaydi.

Siz o'zingizga xulqingizni tarbiyalaydigan ustoz topmasangiz, soft skill'laringiz ustida ishlashni foydasi yo'q.

Chunki insondagi xulq ma'lumot orqali emas, tarbiya orqali shakllanadi.

Xulosam shuki: soft skill muhimlashib borayotgan paytda o'zingizga yaxshi namuna bo'ladigan, tarbiyalay oladigan ustoz toping!

📌 telegram.me/hasanovblog