BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI) @bdtilideryoshlari Channel on Telegram

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

@bdtilideryoshlari


🇺🇿𝐁𝐮𝐱𝐨𝐫𝐨 𝐝𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭 𝐭𝐢𝐛𝐛𝐢𝐲𝐨𝐭 𝐢𝐧𝐬𝐭𝐢𝐭𝐮𝐭𝐢 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲, 𝐦𝐚’𝐧𝐚𝐯𝐢𝐲-𝐦𝐚’𝐫𝐢𝐟𝐢𝐲 𝐯𝐚 𝐢𝐧𝐟𝐨𝐫𝐦𝐚𝐭𝐬𝐢𝐨𝐧-𝐚𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI) (Uzbek)

🇺🇿 Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI) lider yoshlari Telegram kanalida, ma'naviy-marifiy va informativ-axborot kanalini topishingiz mumkin. Kanal BDTI talabalari va bitiruvchilari uchun maxsus ravishda yaratilgan va ijtimoiy sohaga yordam etadi. Kanalda tibbiyot sohasi bilan bog'liq maqolalar, yangi texnologiyalar, klinik amaliyotlar va boshqa foydali ma'lumotlar paydo bo'ladi. BDTI Lider Yoshlari kanaliga obuna bo'lib, tibbiyot sohasida yuksak malakali bo'lishingiz mumkin!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

23 Jan, 19:24


Bugungi kunda koʻpchilik talabalar Germaniyada oʻqish uchun harakat qilmoqda. Germaniyada oʻqishga oid grantlar yutishda nemis tilini bilish katta ustunlik berishi hech kimga sir emas.

Harry Potter o’quv markazi Nemis tili kursi quyidagi darajadagi oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan:

Nemis alifbosi;
A1 daraja;
A2 daraja;
B1 daraja;
A2 va B1 daraja;
B2 daraja

☎️ 97 239 33 32
👩🏻‍💻: @harry_potter_administration

Farzandingiz uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🪄Harry Potter Academy School🪄

Telegram 💬| Instagram 📹
YouTube📹 | Location📍

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

23 Jan, 08:48


Бу видеони албатта кўринг!

Саҳифамизга обуна бўлинг👇🏼

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Jan, 14:31


Diqqat eʼlon!

1 yillik muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari diqqatiga!


Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar Yoshlar ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Yoshlar ittifoq tomonidan moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

Moddiy yordam Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qish uchun tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali ko‘rsatiladi.

Yuqoridagi moddiy yordamga talabgor boʻlgan talabalar, ertaga 22-yanvar kuni 16:00 da 115-maʼruzalar xonasiga kelishi soʻraladi.

Maʼlumot uchun:
+998 94 581 96 66

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

17 Jan, 03:04


Onangizni yelkada ko'targuningizcha kutmang, ularni bugun boshingizda ko'taring.

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

16 Jan, 16:00


Murojaat uchun:
@harry_potter_administration

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

16 Jan, 08:46


#iftixor

O'zbekiston bayrog'i viqor bilan ko'rinish berib turibdi. Qayerda ekanini topdingizmi?

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

14 Jan, 14:08


Assalom aleykum. Biologiya o’qituvchisi kerak edi o’quv markazda. Bilimi zo’r bo’lsin. O’quvchilar bor. Yangi o’quv markaz emas. Murojaat uchun:

@harry_potter_administration

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

14 Jan, 01:49


14-январь Ватан ҳимоячилари куни.


🇺🇿Ўзбекистон мард ўғлонлари.
Баҳодирлар, паҳлавонлари.
Тинчлигимиз чин посбонлари.
Байрамингиз муборак бўлсин!!!


🇺🇿Бугунги Ватан ҳимоячилари куни барча ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига муборак бўлсин!

Тинчлигимиз абадий бўлсин!!!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

10 Jan, 05:04


***
Дунё ёвузларнинг ёвузликлари билан эмас, одамларнинг кўра-била туриб уларга қарши курашмасликлари билан хатарли...

Марк ТВЕН

👉Каналга уланиш👈

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

09 Jan, 17:13


Hozircha bundan ko'pini kutmay turaylikchi...
😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂


https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

09 Jan, 09:05


❗️Ўзбекистонда тақиқланган диний манбалар рўйхати

Олий суд 8 январь ҳолатига интернетда диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистонга олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манбалар рўйхатини эълон қилди.

👉Каналга уланиш👈

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

31 Dec, 21:33


Yangi yilni kutib olib, endi dasturxondan nimani yiģishtirishu, nimani qoldirishni òylab turganlar bormi???😂😂😂

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

20 Dec, 17:38


Onaizor

Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham –
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
😢😢😢

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

20 Dec, 08:16


🎊"Yangi yil karnavali"ga barchani taklif qilamiz.

🎉Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil qilingan "Yangi yil karnavali" oʻz mehmonlarini kutmoqda. Bayramga institutning barcha xodimlari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🪅Karnavalda sizni Shou-dasturlar, quvnoq-chiqishlar, milliy va zamonaviy raqslar, qiziqarli oʻyinlar, "kofe-break" va ajoyib sovgʻalar kutmoqda.

💌Bayramga tashrif buyuring va kirib kelayotgan yangi yilni eng yuqori, koʻtarinki kayfiyatda kutib oling.

Manzil: Institut Sport majmuasi
Sana: 23.12.2024
Soat: 14.00

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

18 Dec, 19:30


Kim be’pulga til o’rganmoqchi bo’lsa, ushbu saytga kirib, qaysi fan kerak bo’lsa ustiga bosib kirasizlar. Bepul darsliklar bor

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

18 Dec, 19:30


https://taplink.cc/harrypotter_academyschool

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

18 Dec, 08:45


Darsdan bo'sh talabalar diqqatiga!!!

Bugun soat 14:00 da institut katta zalida "QVZ" talabalar ligasi finali bo'lib o'tadi.

Marhamat, ichakuzdi shoudan bahramand bo'ling.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

17 Dec, 08:50


#vijdon_darsi

🔥Biz bu rolik bilan biror ota-onaning yoki qaysidir kasbning ustidan nopisandlik qilmoqchi emasmiz.
Shunchaki, Siz aziz talabalarimizga ota-onalarimizning kelajakdagi barcha kattayu kichik bor orzusi bizdan ekanini yana bir bor eslatmoqchimiz...

💥Xulosa
o'zingizdan...


https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

17 Dec, 03:00


Tanish holat emasmi😂😂😂


https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

11 Dec, 16:51


🔊🔊🔊Diqqat tanlov!

🏢Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari diqqatiga:

Yoshlarni vatanparlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik, yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O'zbekistonning 14 ta ma'muriy birligi, jumladan, 12 viloyat, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrining betakror, diqqatga sazovor joylari, shonli o'tmishi, buguni va kelajagini targ'ib etish maqsadida institut talabalari o'rtasida "Yangi O'zbekiston-yoshlar nigohida" ko'rik tanlovini e'lon qilamiz.

Gʻolib jamoalar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
🥇-oʻrin: Jamoaning har bir aʼzosi BHMning 3 baravari miqdorida
🥈-oʻrin Jamoaning har bir aʼzosi BHMning 2 baravari miqdorida
🥉-oʻrin Jamoaning har bir aʼzosi BHMning 1 baravari miqdorida.

🏆Tanlovning 3 ta nominatsiyasi g'olib jamoalari har bir aʼzosi BHMning 1 baravari miqdorida.

Tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan Nizom orqali tanishib chiqishingiz soʻraladi:
https://t.me/BDTILiderYoshlari/2596

Tanlov boʻyicha murojaat uchun:
@Tokhirov_U_T
+998881811808

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

10 Dec, 03:52


☑️ Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tayyorlangan "Buxoroning milliy qadriyatlari tarannumi" deb nomlangan videorolikni tomosha qiling va baho bering!!!

☑️ Kanalimizga obuna bo’ling, ENG yangilari va ENG yaxshilari Siz uchun!

🔵https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

09 Dec, 04:58


🟦🟦🟦"Talabalikning Oltin Davri" Videoroliklar Tanlovi🎉

TANLOV DAVOM ETMOQDA
Shoshiling vaqt oz qoldi. Yuqorida koʻrsatilgan namunaviy videorolikni koʻrib chiqing va oʻz videoroligingizni tayyorlab, pastda koʻrsatilgan akkauntga yuboring. Yaqin kunda quyida koʻrsatilgan telegram kanalga videoroligingiz qoʻyib boriladi.

📝Tanlov shartlari:

☑️Videorolikda talabalar hayotining qiziqarli, unutilmas lahzalarini aks ettiring.

☑️Talabalik hayotingizning eng yorqin, kulgili yoki o'ylantiradigan qismlarini aks ettiring.

☑️Rolik davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo'lishi kerak.

☑️Eng ijodkor va original ishlanmalar sovg'alar bilan taqdirlanadi!

☑️Eng yaxshi talaba hayotingiz xotiralarini biz bilan baham ko'ring va esda qoladigan sovg'alarni qo'lga kiriting!
🗣Sizning videongiz eng ko’p ovoz yoki hakamlar bahosini olsa, esda qolarli sovg’alar sizniki!

Qanday qilib ishtirok etish mumkin

🔢Videorolikni tayyorlang.

🔢Uni bizning tanlovga yuboring
@Rakhmatullayeva_24_09

🔢Do'stlaringizni ham chaqiring va g'olib bo'lish imkoniyatlarini oshiring!

Oltin davrlaringizni saqlab qoling va uni hayotiy lahzalarga boy qiling!🫂

🟦🟦🟦 Tanlov videolari Telegram kanalimizda joylab boriladi!

🔵https://t.me/BDTILiderYoshlari

🎚Do'stlaringizni ham jarayonga chorlang va ulardan qo'llab-quvvatlashlarini so'rang! Kanalimizda e'lon qilinadigan har bir videoga berilgan reaksiyalar hisobga olinadi, va eng ko'p ovoz olgan ishtirokchilarning yutish imkoniyati yuqori  bo'ladi.

Shunday ekan, qiziqarli videorolik yarating, uni biz bilan bo'lishing va maksimal reaksiya yig'ib, g'olib bo'lish imkoniyatini oshiring!🏆

🇺🇿Kanalimizga obuna bo’ling, yangi roliklar bilan tanishing va sevimli ishtirokchingizga ovoz bering!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

09 Dec, 03:42


#Ибрат

Дунёдаги энг яхши фильм деб топилган 10 дақиқалик кино ҳақида!

Хулоса қилинг ва Йўл ҳаракати қоидаларига риоя қиламиз!

👉 @bdtilideryoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

08 Dec, 14:21


‼️📣📣Oxirigacha ko'rish shart (emas)!!!

Qavs ichi ota-onasining zahmatli mehnatini qardlashni o'rganish uchun 4 daqiqa vaqti yo'qlar uchun...


😢😢😢Rolik talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag'ishlanadi.

‼️❗️Xulosa har birimizdan...

Bizni kuzatishda davom eting:
👇👇👇
https://t.me/bdtilideryoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

08 Dec, 07:41


8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

🇺🇿 Hurmatli Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari!
Yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz va konstitutsiya ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ushbu videorolikni sizlarga taqdim etamiz!

Konstitutsiya – bu milliy taraqqiyot yo‘lida adolatli jamiyat asoslarini belgilovchi mustahkam poydevordir. U mamlakatimizning huquqiy negizini yaratib, har birimizning erkinlik va huquqlarimiz kafolati hisoblanadi.

🤝Keling, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida yurtimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishda davom etaylik!

Yurtimiz tinchligi va farovonligi bardavom bo‘lsin!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

06 Dec, 14:39


#zakovatda_kuch

⚡️Xushxabar

Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi “Intellektual olimpiada”ning Buxoro viloyati hududiy saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko'ra, 10 ta oliy taʼlim muassasalari ichida:

1-o'rin:Buxoro davlat tibbiyot instituti
2-o'rin:Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
3-o'rin:Osiyo xalqaro universiteti

Ushbu jamoalar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan turnirning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

22 Nov, 13:00


#qadamma_qadam13

1-savol:
Yozuvchi-fantastlar kelajak ALFAlariga quyidagicha izoh berishadi. Agar asardagi voqealar real hayotda
ro‘y bermasa demak biz alternativ reallikka tushib qolganmiz. ALFA haqidagi Vikipediya maqolasida qo’lida skripka ushlagan Orfey suratini ko‘rish mumkin. Savol: ALFA bilan almashtirilgan qadimgi yunon tilidan kirib kelgan so‘zni yozib bering.

2-savol:
Gollivud filmi qahramoni Uni Kolumb kuniga zo‘r sovg‘a deb hisoblaydi. Unga berilgan ilk tariflardan biri “Utszin tszunyao” traktatida uchraydi. Savol: U nima?

Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

22 Nov, 10:29


Бу сафар кўп сонли ота-оналар талабларига биноан қайта жойлаштирилди, ҳурматли талабалар!!!!!!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

22 Nov, 10:29


«Бой...»

Кўчада юраман кўксимни кериб,
Нечун ғурур деган исён қилмайди?
Онам шўрлик шу ёшга келиб,
Мен еган таомни номин билмайди!

Хулоса ўзимиздан!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Nov, 13:45


#universiada
#shashka

⚡️Institut saralashiga qatnashing va shashka boʻyicha universiada yoʻllanmasini qoʻlga kiriting!

Ertaga, 22-noyabr kuni 15.00 da Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari oʻrtasida shashka sport turidan universiada yoʻllanmasi uchun saralash oʻyinlari boʻlib oʻtadi.

❗️Institut bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 1 nafar yigit va 1 nafar qiz talaba insititut sharafini viloyat bosqichida himoya qiladi!

📍Manzil: Buxoro davlat tibbiyot instituti sport sogʻlomlashtirish markazi
Sana: 22.11.2024
Vaqt: 15.00

📲Maʼlumot uchun: @Tokhirov_U_T
+998881811808

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Nov, 05:53


Òzingiz ishtirok etish va ota onangizni taklif qilish uchun...

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Nov, 05:52


Ассалому алайкум ҳурматли ота-оналар!

Институт маъмурияти ва барча масъул устозларнинг меҳнатига қарамай, талабалар ўртасида жиноятчилик камаймай, аксинча оғир турдаги жиноятлар қайд этилмоқда. Бу эса институт ва ота-она ўртасида ҳамкорликнинг ёмонлиги, лоқайдлик давом этаётганини кўрстамоқда.

Унутманг, бугун жиноят содир этиб жазога тортилган (қамалган) талаба Сизнинг ҳам фарзандингизнинг онгига салбий таъсир этиб улгурган бўлиши мумкин.
Айниқса, талабалар жиноятлари кўп ҳолда институтдан кейин, ота-онасининг назоратида бўлган вақтга тўғри келаётганлиги ташвишланарли.

21-22 ноябрь, соат 12:00 ва 14:00да ДХХ, прокуратура ва ИИБ идоралари билан ҳамкорликда Ёшлар агентлиги ва Бухоро мусиқали драма театри залларида "Жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш" мавзусида суҳбатлар белгиланган.

Сиздан ушбу суҳбатларда келиб ёки онлайн иштирок этишингизни сўраймиз (ЗООМ ҳаволаси ушбу гуруҳда берилади).

Ҳурмат билан Ректор маслаҳатчиси Маъруф Ғойибназарович.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

20 Nov, 13:01


#qadamma_qadam12

1-savol:
UNING ilk bora 1970-yillarda zamonaviy tarzda “Yalla” guruhi tomonidan kuylanishi senzuraga sabab bo’lganligi tufayli, UNING nomidagi bir jonzot boshqasiga almashtirilib ijro etigan. Keyinroq Sevara Nazarxon UNI harakatlanayotgan poezd ovozlari fonida ijro etadi. U haqidagi maqola nomi "Quvonchga almashgan dard" deya nomlangan. Diqqat savol: UNDA uchraydigan toponimni yozib bering.

2-savol:
Burkina-Fasoning ayrim hududlarida kargo-kulti saqlanib qolgan. Xususan, ushbu hududlarda o’tkaziladigan diniy marosimlarda jamoatning yirik vakillari QO’RG’ISHINNI niqob sifatida taqishadi va o’zining daxshatli kuchini shu orqali ifoda etadi. Diqqat savol: Yuqoridagi savol matnida almashgan bir so’zni yozib bering?


Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

20 Nov, 04:34


#qadamma_qadam_11

Natijalar:

11-qadam savoliga javobni koʻpchilik talabalar toʻgʻri topishdi. Birinchi boʻlib Davolash ishi 104-guruh talabasi Tolibov Sohibbek(21:20) da topdi va mukofotga ega boʻldi

1. Amir Olimxon

2. Kunduzsiz kechalar


Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

18 Nov, 07:49


🟦🟦🟦"Talabalikning Oltin Davri" Videoroliklar Tanlovi🎉

Talabalik xotiralarini qayta jonlantirishga tayyormisiz? Eng qiziqarli va esda qoladigan lahzalarni biz bilan baham ko'ring!Sizni talabalikning oltin davri mavzusida eng qiziqarli videoroliklar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!

📝Tanlov shartlari:

☑️Videorolikda talabalar hayotining qiziqarli, unutilmas lahzalarini aks ettiring.

☑️Talabalik hayotingizning eng yorqin, kulgili yoki o'ylantiradigan qismlarini aks ettiring.

☑️Rolik davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo'lishi kerak.

☑️Eng ijodkor va original ishlanmalar sovg'alar bilan taqdirlanadi!

☑️Eng yaxshi talaba hayotingiz xotiralarini biz bilan baham ko'ring va esda qoladigan sovg'alarni qo'lga kiriting!
🗣Sizning videongiz eng ko’p ovoz yoki hakamlar bahosini olsa, esda qolarli sovg’alar sizniki!

Qanday qilib ishtirok etish mumkin

🔢Videorolikni tayyorlang.

🔢Uni bizning tanlovga yuboring
@Rakhmatullayeva_24_09

🔢Do'stlaringizni ham chaqiring va g'olib bo'lish imkoniyatlarini oshiring!

Oltin davrlaringizni saqlab qoling va uni hayotiy lahzalarga boy qiling!🫂

🟦🟦🟦 Tanlov videolari Telegram kanalimizda joylab boriladi!

🔵https://t.me/BDTILiderYoshlari

🎚Do'stlaringizni ham jarayonga chorlang va ulardan qo'llab-quvvatlashlarini so'rang! Kanalimizda e'lon qilinadigan har bir videoga berilgan reaksiyalar hisobga olinadi, va eng ko'p ovoz olgan ishtirokchilarning yutish imkoniyati yuqori bo'ladi.

Shunday ekan, qiziqarli videorolik yarating, uni biz bilan bo'lishing va maksimal reaksiya yig'ib, g'olib bo'lish imkoniyatini oshiring!🏆

🇺🇿Kanalimizga obuna bo’ling, yangi roliklar bilan tanishing va sevimli ishtirokchingizga ovoz bering!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

18 Nov, 07:02


«Бой...»

Кўчада юраман кўксимни кериб,
Нечун ғурур деган исён қилмайди?
Онам шўрлик шу ёшга келиб,
Мен еган таомни номин билмайди!

Хулоса ўзимиздан!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

18 Nov, 03:00


#bayram_muborak

📣🇺🇿🇺🇿📣 1991 йил 18 ноябрь – “Ўзбекистон Репсубликаси давлат байроғи тўғрисида" қонун қабул қилинган кун.

🔥Ушбу муҳим сана – қутлуғ кун билан барча ҳамюртларимизни табриклаймиз!

💥Давлат байроғи мадҳиямиз ва гербимиз билан бирга давлат суверенитети ва мустақиллигининг рамзидир.

⚡️Давлатимиз байроғи бугун ва келажагимизнинг ўтмиш билан чамбарчас боғлиқлигини, ўзбек миллатининг буюк маданий ва тарихий қадриятларимизни, бой давлатчилик анъаналарини сақлашга ва уларни ривожлантиришга содиқлигини, халқимиз хақли равишда фахрланадиган ўзбек халқининг тинчлик, хамжиҳатлик ва фаровонликка бўлган абадий интилишини ифодалайди.
Байроғимиз ранглари халқимизга хос олижаноблик, поклик ва саховат ҳамда жасоратни ўзида мужассам этган.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ўзбекистон байроғи абадий ҳилпирасин!!!

🇺🇿Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti

🌐 Bizning sahifalarmizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing👇

Instagram 📷| Telegram 👉| Youtube▶️ | Facebook💬

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

17 Nov, 04:00


#bot_eslatma

⚡️Aziz talabalar, agar o'qish jarayonida u yoki bu muammoga duch kelsangiz, institut tomonidan ko'rsatilishi lozim bo'lgan har qanday ko'makni olishda to'siqqa uchrasangiz, ta'lim jarayonida noxolislik, korrupsiya yoki har qanday qonunga xilof harakatga to'qnashsangiz:
1. Talabalar bilan ishlash bo'yicha Rektor maslahatchisi Maxmudov Ma'rufjon G'oyibnazarovichning @maslahatchigamurojaatbot boti orqali yo'llang.
2. Institut 2-qavatida (rektoratga kirish burchagida) o'rnatilgan murojaat qutisiga o'z murojaatingizni qoldiring.
3. Haftaning dushanba-juma kunlari soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Rektor maslahatchisiga shaxsan murojaat qiling (207-xona).

Bot 7/24 tartibida faoliyat yuritmoqda (start so'zidan so'ng o'z fikringizni yo'llang).

🔥Talaba manfaatini himoya qilish – oliy maqsadimiz.

🇺🇿Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti

🌐 Bizning sahifalarmizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing👇

Instagram 📷| Telegram 👉| Youtube▶️ | Facebook💬

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

17 Nov, 03:09


Бугун 17-ноябр – "Халқаро талабалар куни" барча талабаларга муборакбод бўлсин.

Халқимизга ва жамиятимизга фойдаси тегадиган етук кадр бўлишингизга тилакдошмиз.

Ҳурматли студентлар байрам муборак!!!


🇺🇿Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti

🌐 Bizning sahifalarmizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing👇

Instagram 📷| Telegram 👉| Youtube▶️ | Facebook💬

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

15 Nov, 13:00


#qadamma_qadam11

1-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Xiva xonligida o‘z yeri bo‘lmagan, davlat yerini ijaraga olib ishlaydiganlar BЕTA deb atalgan. Savol: XIX asr oxirgi choragida Karmanada tug‘ilgan qaysi insonning qabrida BЕTA yozuvini ko‘rishimiz mukin?

2-savol:
Usmon Aʼzimning Choʻlponga bagʻishlangan spektaklining nomida bir asarning ikkinchi qismi yoʻq ekanligini koʻrishimiz mumkin. Savol: Spektakl nomini bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib
bering

Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

15 Nov, 10:30


#qadamma_qadam_10

Natijalar:

10-qadam savoliga javobni faqatgina 1 nafar talabamiz toʻgʻri topdi. Toʻgʻri javobni Tibbiyot fakulteti 322-guruh Muxtorov Islom(20:32da) topdi va mukofotga ega boʻldi

1. Alisa Rozenbaum qabul Ayn Rand

2. Kanareyka


Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

15 Nov, 04:38


#kun_hikmati

Inson o'limdan emas, balki u hech qachon yashay boshlamasligidan qo'rqishi kerak.

Mark AVRELIY


https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

14 Nov, 05:28


#o'xshatish

Bizning kanalimiz g'alvirga o'xshaydi...

Obunachilar har kuni o'nlab qo'shilsayam a'zolarimiz 1400 dan hech ko'paymaydi...
Sababi: kanalimizga adashib kirgan obunachilar g'alvirimiz ko'zidan avtomatik to'kilib tushaveradi...
😂😁😘😄😝😍😜☺️😝😅😉😏😀😚

🇺🇿Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti

🌐 Bizning sahifalarmizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing👇

Instagram 📷| Telegram 👉| Youtube▶️ | Facebook💬

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

12 Nov, 10:21


Бу ишни ҳар ким қила олмайди.
Бухоро давлат тиббиёт институти ёшлари, ОФАРИН!!!

Не каждый может это сделать. МОЛОДЦЫ, молодёжь Бухарского государственного медицинского института!!!


🇺🇿Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti

🌐 Bizning sahifalarmizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing👇

Instagram 📷| Telegram 👉| Youtube▶️ | Facebook💬

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

11 Nov, 13:02


#qadamma_qadam10

1-savol:
Diqqat savolda Bo'shliq 3 so‘zni almashtirib keladi. Rus kurashchisi Aleksandr Karelin 1988-yilgi Seul olimpiadasi finalida Rangel Gerovskiy bilan to‘qnash kelgan. Qiyin kechgan final haqidagi videoda sharhlovchi shunday deydi “vaqt tugashiga 55 soniya qolganda ustunlikni qo‘lga kiritgach, Bo‘shliq va 130 kilogrammlik raqibini o‘z o‘qi atrofida aylantirdi”. Ilk bor 1957-yilda chop etilgan boshqa “Bo‘shliq”da esa
kapitalizm va sotsializm o‘rtasidagi kurash tasvirlangan deyish mumkin. Diqqat savol: O‘sha asar muallifini
yozib bering.

2-savol:
Konchilar ESKI shaxtalar shiftini mustahkamlashda yog‘och ustunlardan foydalanishadi. Aytish mumkinki, ushbu yog‘och ustunlarning ishlash prinsipi ALFAlarnikiga teskaridir. Diqqat savol: Alfa o‘rnidagi bir so‘zni
toping.

Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

11 Nov, 12:33


#qadamma_qadam_8

Natijalar:

8-qadam savoliga javobni faqat 1 nafar talaba toʻgʻri topdi. Toʻgʻri javobni Tibbiyot fakulteti 513-guruh talabasi Zayniyev Shaxzodbek(19:49 da) topdi va mukofotga ega boʻldi

1. Oshkora qotillik qissasi

2. Subtitr



Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

11 Nov, 12:24


#qadamma_qadam_9

Natijalar:

9-qadam savoliga javobni koʻpchilik talabalar toʻgʻri topishdi. Toʻgʻri javobni Tibbiyot fakulteti 136-guruh Ramazonova Zubayda (18:02 da) topdi va mukofotga ega boʻldi

1. Daftar hoshiyasidagi bitiklar

2. Ginnesning rekordlar kitobi


Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

10 Nov, 09:33


Qiz bola o‘qib, shahar olib berarmidi deydiganlar ko'rib ibrat olishsin!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

08 Nov, 13:02


#qadamma_qadam9

1-savol:
2018-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini Olga Tokarchukga “Yuguruvchilar” nomli asari olib kelgan.
Bu asar – dunyo bo‘ylab sayohat qilishning o‘ziga xos adabiy monografiyasi bo‘lib, fantastika bilan bog‘langan va QISQA hikoyalar, insho parchalari, sayohat qaydnomalari va boshqa QISQA fikrlar yordamida asar so‘ngida bir syujetni o‘z ichiga oladi. Ushbu asar haqida chiqarilgan maqolada 2001-yilda yozilgan bir o‘zbek asari eslab o‘tilgan. Savol: Qaysi asar?

2-savol:
Sportchi Useyn Bolt ko‘plab jabhalarda eng zo‘ridir. Birgina misol qilib Olimpiada o‘yinlarida 8ta oltin medalga ega chiqqanligi aytish mumkin. Vikipediyada yozilishicha, Bolt unda 19 marta eslab o‘tilgan. Uning yaratilish g‘oyasi Britaniya pablarida paydo bo‘lgan. Savol: Uni bir necha so‘zda yozib bering

Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

07 Nov, 15:41


#Yoshlar_ittifoqi
#Zakovatda_kuch

🏆Talabalar oʻzaro zakovat oʻyinlarida bellashishdi.

🏢Buxoro davlat tibbiyot instituti "Zakovat klubi"da Zakovat intelektual oʻyinlarining Kuzgi mavsum 7-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

⚡️Qizgʻin va murosasiz kechgan zakovat bahslaridan soʻng shaxsiy oʻyin boʻyicha talabalar oʻzaro bellashishdi.

📈Yuqorida Zakovatning 7-tur, Shaxsiy oʻyin 5-tur va umumiy natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

📆Haftaning har chorshanba kuni soat 15.00 da boʻlib oʻtadigan oʻyinlarga qatnashing va bilimingizni sinovdan oʻtkazing!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

07 Nov, 14:45


💜💜💙

Ingliz tilini o’rganishni xohlaysizmi? Tez va oson!

2 oyda speaking va barchasi bizda mujassam!

💯 Kursimiz kafolatlangan!

☎️+997 97 239 33 32
@harry_potter_administration

Manzil: Buxoro sh, Buxoro kafe binosi (ориентир Вокзал, Севинч тугрисидаги Гуллар магазининг орка тарафида)


Telegram 👉| Instagram 📷
Facebook 💬| YouTube▶️

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

06 Nov, 20:21


Bizning instagram sahifamizga ham a’zo bo’ling😊

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

06 Nov, 20:20


https://www.instagram.com/bsmi_uz_/profilecard/?igsh=MW43d24yazRjaHdqdw==

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

06 Nov, 15:46


#Yoshlar_Ittifoqi
#zukko_kitobxon

⚡️"Zukko kitobxon" tanloviga start berilmoqda!

Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Talabalar haftaligi" loyihasidan o'rin olgan "ZUKKO KITOBXON" tanlovi 12.11.2024 kuni boʻlib oʻtadi.

📊 Tanlovda ishtirok etadigan jamoalar uchun tavsiya etilgan adabiyotlar: Jorj Oruelning ,,Molxona" va Chingiz Aytmatovning ,, Sarvqomat dilbarim" asarlari.

📌 "Zukko kitobxon" tanlovini o‘tkazishdan maqsad kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, talabalar va yoshlar orasida bilim olishni targ‘ib qilish hamda adabiy savodxonlikni rivojlantirishdir. Tanlov orqali ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, yangi kitoblarni o‘rganish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun:
@DoctorVanGogh

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

06 Nov, 13:02


#qadamma_qadam8

1-savol:
Aprel oyi o‘rtalarida bir guruh niqobli shaxslar Yunusobod tumani 8-mavzeda bir qancha daraxtlarni odamlar ko‘z o‘ngida kesib tashlaganiga fikr bildirar ekan, Rasul Kusherbayev voqeaga 1981-yilda yozilgan asar nomi bilan izoh beradi. Savol: O‘sha qissa nomini yozib bering

2-savol:
Takeshi Kitano filmining kadrlaridan birida polga noodatiy tarzda yotqizilgan bir nechta jasadlar tasvirlangan. Savol muallifi tomosha qilgan filmning tarjimasida kadrda U paydo boʻladi. Savol: Uni fransuz
tilidan kirib kelgan soʻz bilan yozib bering.

Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

06 Nov, 06:51


⚡️Tikuvchilik sirlarini o'rganmoqchimisiz? Unda toʻgaragimizga qoʻshiling!

🏢Buxoro Davlat Tibbiyot institutida tashkil qilingan Tikuvchilik to'garagimizga qo'shiling va o'z qo'lingiz bilan o'zingiz xohlagan kiyimni tikishni o'rganing!

📅 To'garagimiz kunlari: Seshanba va Payshanba (haftada 2 marta)
💸 Narxi: BEPUL

To'garagimizga siz nimalarni o'rganasiz:

Tikish uslublari va texnikalari
•Naqsh tayyorlash va o'lchov olish
•O'zingizga kiyim tikish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar
•Har xil tikuv uslublarini o'rganasiz
.

To'garagimizga ro'yxatdan o'tish uchun:
📲:@Rakhmatullayeva_24_09

📍 Manzil: Buxoro Davlat Tibbiyot instituti 1-Blok TTJ

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

05 Nov, 16:41


Eslatib o'tamiz, yaqin kunda shu kabi vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik, tabiat va atrof-muhitga jonkuyarlik mavzularida tayyorlangan eng ta'sirchan va tarbiyaviy ahamiyatli videoroliklar tanlovini e'lon qilamiz.

Tanlov shartlari va rag'batlar haqida kanalimiz orqali ma'lumotga ega bo'lasiz.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

05 Nov, 16:36


Vatan bayrog'ini yerda ko'rib, yurtdoshlarimizning munosabatlarini ko'ring.

👉 https://t.me/BDTILiderYoshlari ⚡️

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

05 Nov, 14:55


#qadamma_qadam_7

Natijalar:

7-qadam savoliga javobni koʻpchilik talabalarimiz toʻgʻri topishdi. Birinchi boʻlib toʻgʻri javobni Fundamental Tibbiyot yoʻnalishining 1-bosqich talabasi Sobirova Gulrux topdi va mukofotga ega boʻldi

1. Suyunchi
2. Poʻlat Moʻmin


Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

Savollar izohi bilan ushbu kanalda bilib olishingiz mumkin: https://t.me/BDTI_Zakovat_klubi

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

23 Oct, 05:10


Buxoro davlat tibbiyot institutining bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari

Buxoro davlat tibbiyot instituti "Zakovat klubi" doirasida kuzgi mavsum oʻyinining beshinchi turini boshlaymiz.

Kuzgi mavsumning  5-o‘yini bugun 23.10.24 sanasida haftaning chorshanba kuni soat 15:00 da Institut  oshxonasida boʻlib oʻtadi.

Turnirda ishtirok etish uchun fakultetingizdan 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting ⬇️

Eslatma: oʻyindan keyin soat 16:00 da ,, Shaxsiy oʻyin " turnirining uchinchi soni boʻlib oʻtadi.

➡️Ro'yxatdan o'tish uchun: @DoctorVanGogh ga murojaat qilishingiz mumkin.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

23 Oct, 05:10


📕Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti talabalari doirasida ,, Shaxsiy oʻyin" ligasining uchinchi turi:

📕,, Shaxsiy oʻyin" turnirining uchinchi turi 23.10.2024 haftaning chorshanba kuni soat 16:00 da Institut oshxonasida boʻlib oʻtadi!

🔴Roʻyhatdan oʻtish uchun: @DoctorVanGogh

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

22 Oct, 09:42


💥⚡️🔥Dastlabki kitoblar o'z egasiga topshirildi.

📚📖📚"Qadamma-qadam" intellektual musobaqasidagi 2 ta savol javobini eng birinchi bo'lib yo'llagan Davolash yoʻnalishining 507-guruh talabasi Behruz Qurbonov Rektor maslahatchisi tomonidan biryo'la 2 ta badiiy adabiyot bilan taqdirlandi.

Begim kunlarida berib borilayotgan 2 tadan savollarning to'g'ri javoblarini eng birinchi bo'lib yo'llang va institut Rektorining 100 mingdan so'm pul mukofotiga, har yakshanba kuni Rektor maslahatchisi tomonidan taqdim etilayotgan 1 tadan savol uchun kitob sovg'alarini qo'lga kiriting.

👉 https://t.me/BDTILiderYoshlari ⚡️

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

22 Oct, 05:38


#Диққат

❗️Энди мединститутни тугатди дегани шифокор дегани эмас, Мединститутларни тугатаётган талабалар шифокор бўлиб ишлаш учун имтиҳон топширади

2024/2025 ўқув йилидан барча давлат ва нодавлат тиббиёт ОТМларида 2 босқичли давлат имтиҳонларини ўтказиш тизими жорий этилади.

1️⃣-босқичда талабалар фундаментал фанлар бўйича якуний давлат имтиҳонларини;
2️⃣-босқичда клиник фанлардан имтиҳон топширади.

Дастлабки имтиҳонни муваффақиятли топширганларга курсдан курсга ўтишга, клиник билимларга оид синовларда яхши натижа кўрсатганларнинг эса амалиётда шифокор бўлиб ишлашига рухсат этилади.

👉 https://t.me/BDTILiderYoshlari ⚡️

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Oct, 16:35


#saylov #27_oktabr
#yoshlar_ittiffoqi

27-oktabr — Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni.

Shu munosabat bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi jamoasi talabalar bilan saylovga oid blits savol-javob oʻtkazib talabalar bilimi va saylovdagi faolligi sinovdan oʻtkazishdi.

Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlar berilayotgan davrda o‘z kelajagingiz uchun ovoz bering. Aziz yurtdoshlar saylovda faol ishtirok eting.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Oct, 16:34


#qadamma_qadam_1

Natijalar:

1-qadam savoliga javobni 1 nafar talabamiz toʻgʻri topdi. Birinchi boʻlib toʻgʻri javobni Fundamental Tibbiyot yoʻnalishining 1-bosqich talabasi Sobirova Gulrux (18:39 da) topdi va mukofotga ega boʻldi

1. Matador
2. Firdavsiy


Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

Savollar izohi bilan ushbu kanalda bilib olishingiz mumkin: https://t.me/BDTI_Zakovat_klubi

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Oct, 16:13


Kutib oling bizda FINAAAAAL!

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Futbol musobaqasi oʻz yakuniga yetmoqda. Bugun yarim final bahsi boʻlib oʻtdi va final juftligi aniqlandi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahsda "Vamos stom" jamoasi "Xalqaro (Hindiston)" jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib finalga yoʻl oldi.

Diqqat: Final! 📆22.10.24 15⁰⁰

⚡️Vamos stom —⚡️Neftchi 425s

Final bahsini ertaga Buxoro davlat tibbiyot instituti sport sogʻlomlashtirish markazida kuzatib borishingiz mumkin. Barchani shiddatli bahsni tomosha qilishga taklif qilamiz!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Oct, 13:02


#qadamma_qadam1

1-savol:
Savitskiy nomidagi muzeyning ramziga aylangan kartina haqida gapirar ekan, Vyacheslav Axunov
muzeyga tashrif buyuruvchilarni ularga taqqoslaydi. Blasko Ibanesning ulardan biri haqidagi asari nomi “Qon va tuproq”. Savol: uni chet eldan o’zlashma so’z bilan yozib bering?

2-savol:
Afsonlardan biriga ko’ra Amir Temur, Erondagi Tus shaxri ishg’ol etilganidan so’ng, Uning qabriga borib “Ana endi mag’lub Turonning shavkatini ko’r” so’zlarini aytadi. Versiyalardan biriga ko’ra, uning qilmishida
aslida aybdor ochko’z chopar bo’lgan. Savol: u kim?

Ikkala savolning ham toʻgʻri javobini topib, soat 20.00 gacha @DoctorVanGogh profiliga yoʻllang va mukofotni qoʻlga kiriting!

https://t.me/BDTILiderYoshlari

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Oct, 12:04


Qadrli obunachilar! Eslatib oʻtamiz Qadamma-qadam online viktorinasi savoli eʼlon qilinishiga 1 soat vaqt qoldi! Soat 18.00 da savol eʼlon qilinadi.

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

21 Oct, 05:56


#qadamma_qadam

Natijalar:

Ushbu savolga javobni 1 nafar talabamiz toʻgʻri topdi. Birinchi boʻlib toʻgʻri javobni Davolash yoʻnalishining 507-guruh talabasi Behruz Qurbonov topdi va mukofotga ega boʻldi.

Javob: Assasinlar
Izoh: Ushbu klub a'zolariga gashish moddasi berilgan. Berserkerlar hech narsadan qaytmaydigan tajovuzkor jangchilar bo'lishgan. Assasinlar ham narkotik ta'sirida shunday bo'lishgan

Bilimdonlardan qiziqarli va murakkab savollar kutib qolamiz. Savollarni @DoctorVanGogh profiliga yoʻllashingiz mumkin!

Navbatdagi qadamlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni va bildirishnomani yoqib qoʻyishni unutmang!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

20 Oct, 13:01


#qadamma_qadam

Bugun qadamma qadam kuzgi mavsumining ilk savolini yoʻllaymiz. Gʻolib rektor maslahatchisi tomonidan maxsus kitob bilan taqdirlanadi.

Savolda almashtirishlar bor.
"Berserkerlar klubi" deb atalgan klubga a'zo bo'lgan Parij bogemiyasi vakillari aqliy qobilyatlarni kengaytirish imkoniyatlari bilan faol qiziqishgan. Ushbu klubga a'zo bo'lganlarga parij psixiatri Moro de Tur tomonidan ma'lum bir modda berib turilgan.

Diqqat savol:
Biz savolda "berserkerlar" so'zini qaysi so'z o'rnida qo'lladik?

Javobni kommentariyada qoldirishingiz mumkin!

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

20 Oct, 06:44


#talabalar_ligasi
#volleybol

🏢Buxoro dablat tibbiyot instituti talabalarini "Talabalar ligasi" va "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining kalender rejasidan oʻrin olgan 🏐voleybol🏐 sport turi bo'yicha musobaqalarimizga taklif qilib qolamiz!!!!

Musobaqa yigitlar va qizlar kesimida, olimpiya tizimi boʻyicha oʻtkaziladi.


🏆G'oliblar institut ma'muriyati tomonidan munosib ragʻbatlantiriladi!

🕐Musobaqa uchun roʻyxatdan oʻtish 21-oktyabr kuni soat 14.00 dan 18.00 gacha institut sport zalida boʼladi. Talabnomalarni shakllantirgan holda sport murabbiylariga topshirib roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

22-oktabr 15.00da qur'a tashlash jarayoni boʻlib oʻtadi.

Talabnoma namunasi:

Murojaat uchun:
🔵telegram: @Tokhirov_U_T
☎️telefon raqam: +998881811808

#yoshlar_ittifoqi #talabalar_ligasi

BDTI Lider Yoshlari (BSMI/BuxDTI)

19 Oct, 17:29


#futbol #yoshlar_ittiffoqi

⚡️Futbol sport turi boʻyicha talabalar ligasi oʻzining avj pallasiga chiqdi - Bizda sovrindor boʻladigan jamoalar aniq. Eng qizigʻi qaysi jamoa qaysi oʻrinni egallaydi?

⚽️Bu savolga bevosita javob topish uchun 21-oktabr 16.00 da institut sport maydoniga tashrif buyurishingiz hamda "Xalqaro(India) vs Vamos stom" jamoalari oʻrtasidagi yarim final bahsini kuzatishingiz mumkin.

😊Biz esa #nostalgy uchun musobaqa dastlab qanday boshlanganini videorolik tarzida taqdim etamiz!

Futbolning har lahzasidan rohatlaning!