Boysun Tumani Hokimligi @boysunaxborotxizmati Channel on Telegram

Boysun Tumani Hokimligi

@boysunaxborotxizmati


Hurmatli do‘stlar ushbu kanal Boysun tuman hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Boysun Tumani Hokimligi (Uzbek)

Hurmatli do‘stlar, sizni "Boysun Tumani Hokimligi" telegram kanaliga taklif qilamiz! Ushbu kanal Boysun tuman hokimligining rasmiy sahifasidir va sizga Boysun tumanining eng so‘nggi yangiliklari, tadbirlari va ma’lumotlari haqida to‘liq vaqtinchalik xabardorlik qiladi. Boysun tumanida yuz bergan taxminiy o‘rni, tabiiy go‘zalliklari va tarixi haqida ma’lumotlar bilan tanishing. Shundaylik, agar siz Boysun tumanining yangiliklariga duch kelmoqchi bo‘lsangiz, shu kanalga obuna bo‘ling va so‘nggi yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling! Marhamat, yangiliklar bilan doimiy ravishda ta’minlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu foydali kanalga obuna bo‘ling va Boysun tumanining eng so‘nggi va muhim tadbirlaridan xabardor bo‘ling!

Boysun Tumani Hokimligi

25 Dec, 05:34


Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi

Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Санкт-Петербургга келди

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Санкт-Петербург

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

25 Dec, 02:49


#ob_havo

Assalomu alaykum! Bugun 25-dekabr, chorshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

24 Dec, 14:35


👋 ❄️ Yangi yilda 6 kun dam olinadi

Prezidentning 24 dekabr kuni imzolagan qaror bilan 2 yanvar ham dam olish kuni etib belgilandi:

➡️28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;

➡️29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

➡️30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

➡️31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

➡️1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

➡️2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4- yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

24 Dec, 11:37


👨‍💻 Boysun tumanida Otaliqqa olingan yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

🇺🇿 Boysun tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Yarmarkada 22 ta korxona va tashkilotlar 195 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar.

📝 Ishga joylashmoqchi bo'lgan 15 nafar yoshlar hamda kasb-hunar o'rganish istagida bo'lgan 12 nafar yoshlarga Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan ishga joylashish to'g'risida yo'llanmalar berildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro'yxatiga kiritilgan band bo'lmagan 10 nafar maxsus sertifikatlarni qo'lga kiritgan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinkalari va tikuv jihozlari berilib, bandligi ta'minlandi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

24 Dec, 10:57


Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli

Bugun Boysun tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

◼️ Qabulda, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, gaz, nafaqa puli tayinlash, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, davolanish uchun yo‘llanma, subsidiya ajratish, uy joy masalasi, ish bilan ta’minlash, yoshlar masalasi va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

24 Dec, 09:04


2017-2024 йилларда мактабгача ва мактаб таълими тизимида амалга оширилган қурилиш-таъмирлаш ишлари статистикаси.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Boysun Tumani Hokimligi

24 Dec, 05:25


😄 Munavvar kun musiqiy dam olish dasturi.

Boysun tumanidagi 6-bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

27 Nov, 14:27


📆 27.11.2024.
18:40

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanida daraxt nihollari o’tqazilmoqda

Muxbir: Aziza Islomova

📌Boysun tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarga obuna bo’lishni unutmang🌍

🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

Boysun Tumani Hokimligi

27 Nov, 13:13


#Yashil_makon

📍 #Boysun_tumani

☘️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanida daraxt nihollari ekish ishlari davom etmoqda

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

27 Nov, 11:34


#Yashil_makon

☘️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanida daraxt nihollari ekish ishlari davom etmoqda

🌱 Ayni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanidagi belgilangan hududlar va tashkilot muassasalarida kech kuzgi mavsumda daraxt nihollarini ekish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirib, agrotexnik talab asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌱 Xususan, Boysun tumani Chilonzor mahallasi hududida Boysun davlat O‘rmon xo‘jalining 2 gektar ko‘chatxonasi maydonida bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman O'rmon xo'jaligi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jam bo‘lishib, “yashil” belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdilar.

🌱 Tanlab olingan maydonning tuproq unumdorligi va sug‘orish tizimiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu yer maydonini daryo suvidan sug‘orish belgilangan. Ma’lumot uchun, 2 gektar maydonda tashkil etilayotgan “yashil” belbog‘ hududidiga 1,5 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilib, bugunning o‘zida 1000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

27 Nov, 04:26


🎼 Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

- 2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;

- 2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

27 Nov, 02:31


#ob_havo 🌤

Assalomu alaykum! Bugun 27-noyabr, chorshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

26 Nov, 12:30


🇺🇿 Boysun tumanida otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi hamda tuman prokuraturasiga sayohat tashkil etildi.

🔂 Boysun tuman prokuraturasi tashabbusi bilan 14-30 yoshdagi otaliqqa olingan 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi hamda tuman prokuratura binosiga sayohat tashkil qilindi.

🔂Tadbir davomida yoshlarning bugungi kundagi ish faoliyatlari, qiziqishlari, muammolarini hal etilishi yuzasidan suhbat o'tkazildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

24 Nov, 10:34


😄 Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: hududlarda yo`llar infratuzilmasi yaxshilanmoqda
📆 #24nov #uzbekiston24

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

24 Nov, 04:01


📣 Hurmatli surxondaryoliklar!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining telegram messenjerdagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling.

Unda vohamiz hayotiga oid eng soʻnggi xabar va yangiliklar, viloyatdagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyatiga oid materiallar eʼlon qilib boriladi.

🌏 Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga quyidagi havola orqali aʼzo boʻlishingiz mumkin: 👇

https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Boysun Tumani Hokimligi

23 Nov, 17:14


📆 23.11.2024.
18:40

Kutubxonachilar seminarda jam bo’ldi.

Muxbir: Muqaddas Panjiyeva

📌Boysun tumani

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

23 Nov, 02:42


#ob_havo 🌧

Assalomu alaykum! Bugun 23-noyabr, shanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Nov, 17:09


Xabaringiz bor, mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Boysun tumanida ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun, tumandagi tibbiyot birlashmasi, 6-sonli umumta’lim maktabi hamda bir qator ijtimoiy soha obektlarining yongʻinga qarshi holati va kuz-kish mavsumida isitish qozonxonalari holati o'rganildi.

Tadbir davomida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Nov, 10:56


Bugun Boysun tumanidagi 39-maktabda “Zo‘ravonlikdan holi maktab” oyligi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida seminar trening tashkil etildi.

Ushbu seminar treningda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Boysun tumani bo‘limi, tuman prokuraturasi, milliy gvardiya tuman bo‘linmasi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda maktab psixologlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida zo‘ravonlik va uning turlari, kelib chiqish sabablari hamda uning oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminar yakunida zo‘ravonlikdan holi oila mavzusida videorolik, o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari hamda tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida maktab psixologlari ishtirokida qiziqarli psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

19 Nov, 15:46


Senatning qo‘mitalariga rahbarlar saylandi:

◼️Qutbidin Nukritdinovich Burxanov - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;

◼️Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov - Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi;

◼️Erkin Fayziyevich Gadoyev - Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi;

◼️Baxrom Ismoilovich Abdullayev - Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

◼️Orzigul Mo‘ydinovna Qozixonova - Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;

◼️Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev - Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi.

◼️Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi (vakant).

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

19 Nov, 14:53


Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli

◼️ Javobsiz savol, yechimi bo‘lmagan muammoning o‘zi yo‘q. Faqat ularning ich-ichiga kirib o‘rganish, amalda hal qilish choralarini topish kifoya.

Bugun Boysun tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

◼️ Qabulda, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, davolanish uchun yo‘llanma, subsidiya ajratish, elektr energiyasi, gaz, nafaqa puli tayinlash, uy joy masalasi, ish bilan ta’minlash, yoshlar masalasi va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

19 Nov, 13:01


🇺🇿 Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va kasbidan qat’iy nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.

Boysun tumanidagi Mustaqillik mahallasida joylashgan 39-maktabda Milliy gvardiya Boysun tumani inspektor-psixologlari tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman mudofaa bo‘limi xodimlari ishtirokida “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzuyida o‘quv semenari tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida Milliy gvardiya Boysun tumani inspektor-psixologlari tomonidan harbiy qurollardan foydalanish, tez tibbiy birinchi yordam, kamondan o‘q otish singari ko‘rgazmali namoyishlar havola etildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

14 Nov, 02:07


#ob_havo 🌧

Assalomu alaykum! Bugun 14-noyabr, payshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

13 Nov, 12:24


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bok-u shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbariga pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Pavilon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga mo‘ljallangan. Uning "Ichki barqarorlik" deb nomlangan me’moriy konsepsiyasi insonning tabiat bilan uyg‘unligini va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.

Somon suvoq va yog‘och kabi ekologik, an’anaviy materiallardan foydalanib, azaldan o‘zbek xonadonining ajralmas qismi bo‘lmish ayvon va so‘ridan ilhomlanib bunyod etilgan pavilon uyg‘un makon hosil qiladi. Birgalikda ushbu me’moriy yechimlar qulay mikroiqlimni ta’minlaydi, shinam muhit yaratadi va barqaror kelajak haqidagi g‘amxo‘rlikni aks ettiradi.

Sammit kunlarida bu yerda Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bioxilma-xillikni asrashga bag‘ishlangan 20 dan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

13 Nov, 09:28


😄 || Boysunning kuz manzaralari

Yilning to‘rt faslida ham insoniyatni o‘z bag‘riga chorlaydigan tog‘li Boysun tumanida kuz maftunkorligi bilan ko‘zlarni qamashtiradi. Kuz kelishi bilan tillarang yaproqlar turli dovu daraxtlarga mahzunlik ulashayotganga o‘xshaydi. Maftunkor go‘shaga kelgan mehmonlar oltin kuz manzaralaridan o‘zgacha zavq-shavq tuyadi.

Tabiatning tog‘li tumanda turfa ranglarda jilolanadigan go‘zal manzaralari qadimdan qo‘li gul chevar xotin-qizlarning nafis kashtalarida, mohir ustalar yaratgan turli hunarmandchilik buyumlarida ham o‘z aksini topib keladi. Bu yerlik yoshu keksa tog‘u dala, qiru adirlarning nabotot va hayvonot olamini buyuk ne’mat sifatida qadrlaydi. Noyob bu fazilat boysunliklarning o‘tmishdan ona tabiatga mehr-muhabbat bilan yashab, bunday go‘zallikdan faxr hissini tuyishidan unsiz so‘zlayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Batafsil 📌 https://uza.uz/oz/posts/boysunning-kuz-manzaralari_656529

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

13 Nov, 09:23


Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bugungi kunning dolzarb mavzusidir!!

Boysun tuman prokuraturasi tomonidan "Pasurxi” mahallasida joylashgan 5-umumta'lim maktabida tuman prokurori tashabbusi bilan 5-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda, maktabning 6-11-sinflari o’rtasida sportning “Mini futbol” turi bo’yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning darsdan keyingi bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada  ja’mi 9 ta jamoa 90 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindorlar 2-sektor rahbarining esdalik va sovg'alari bilan taqdirlandilar.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

08 Nov, 14:40


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, Pulhokim mahallasida 2,5 km ichki yo‘lni ta'mirlash va asfaltlash ishlariga start berish tadbirida ishtirok etdi. Ushbu yo‘l loyihasi mahalla aholisi uchun qulaylik yaratib, turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi hamda ko‘p yillik muammo o‘z yechimini topadi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Pulhokim mahallasidagi 28-sonli, Dashtig‘oz mahallasidagi 31-sonli, Inkabod mahallasidagi 27-sonli hamda Kofrun mahallasidagi 32-sonli maktablarda faollar va nuroniylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar avvalida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish, xususan, yo‘l, suv va boshqa kommunal xizmatlarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, nuroniylar bilan suhbat davomida hududlardagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlari yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi. Nuroniylar Prezidentimizning o‘z vakillari orqali eng chekka hududlar aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratayotgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

08 Nov, 13:11


Boysun tumanida "Asosiy maqsad-Xalq faravonligi" shiori ostida kouching o‘tkazildi

Bugungi kunda tuman (shahar) lardagi “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan fuqarolarimizga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Ushbu xizmatlar yuzasidan fuqarolarimiz tomonidan “Inson“ markazlariga bo‘layotgan eng ko‘p murojaatlar tahlil qilinib, bu borada targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish belgilab olindi.

Tadbir o‘tkazishdan maqsad: Ijtimoiy nafaqalar, sanatoriylarga yo‘llanma olish, “Saxovat va ko‘mak“ jamg‘armasi mablag‘laridan yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash kabi 10 dan ortiq yo‘nalishlarda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishdir.

👮‍♂️ Tadbirda yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan maxsus roliklar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi va mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

08 Nov, 10:37


📢Surxondaryo viloyatida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali sotib oling.

🔔Eslatma:
Bo'lib to'lash imkoniyati orqali xam olishingiz mumkin


✍️ Jami savdoda turgan yer uchastkalari 5708 ta ko'rish

1 ▪️Angor tumani 170 ta ko'rish
2 ▪️Bandixon tumani 530 ta ko'rish
3 ▪️Boysun tumani 362 ta ko'rish
4 ▪️Denov tumani 140 ta ko'rish
5 ▪️Jarqurg'on tumani 504 ta ko'rish
6 ▪️Qiziriq tumani 614 ta ko'rish
7 ▪️Qumqurg'on tumani 527 ta ko'rish
8 ▪️Muzrabot tumani 349 ta ko'rish
9 ▪️Oltinsoy tumani 165 ta ko'rish
10▪️Sariosiyo tumani 185 ta ko'rish
11▪️Termiz tumani 1102 ta ko'rish
12▪️Termiz shahri 140 ta ko'rish
13▪️Uzun tumani 303 ta ko'rish
14▪️Sherobod tumani 369 ta ko'rish
15▪️Sho'rchi tumani 248 ta ko'rish

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

08 Nov, 07:15


Bugun xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Sessiyada xalq deputatlari Boysun tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiyada Shukurov Bahodir Shoto‘rayevich tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

07 Nov, 02:02


#ob_havo 🌧

Assalomu alaykum! Bugun 7-noyabr, payshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

06 Nov, 16:30


🎤 OAV da biz haqimizda

🍎 Boysun tumanida ʼʼOlma sayliʼʼ festivali boʻlib oʻtdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

06 Nov, 07:47


O‘zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri iqtisodiy loyihalarning yangi portfelini shakllantirish muhimligini qayd etdilar

6-noyabr kuni Bishkek shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi ko‘lami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Oktyabr oyida Qo‘qon shahrida birinchi Hududlar forumi o‘tkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qo‘shma madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

06 Nov, 05:13


Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashiga saylangan deputatlar bilan tanishing.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

06 Nov, 04:35


Boysun tumanida 4 ta mahallani tuman markazi bilan bog‘lovchi ko‘prik yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

06 Nov, 02:05


#ob_havo 🌧

Assalomu alaykum! Bugun 6-noyabr, chorshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

05 Nov, 16:17


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Boysun tumanida viloyat, tuman sektor rahbarlari, faollar va nuroniylar hamda mutasaddilar ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Tuman hokimi viloyat rahbari hamda faollarga bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va loyihalarni taqdimot qildi. Unga ko‘ra yil yakuniga qadar tumanda 4 ta umumta’lim maktablarini joriy ta’mirlash, 34,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 28 km elektr va 38,7 km ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan barpo etish maqsad qilingan.

Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, tuman nuroniylari va faollarining takliflarini tingladi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga vazifalar belgilanib, nuroniylar va faollar bilan maslahatlashgan holda ishlarni tashkil etish, taqdimot qilingan rejalarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

05 Nov, 14:56


Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga keldi
-
Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Бишкек шаҳрига келди

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Oct, 11:28


Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli

◼️ Bugun Boysun tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

◼️ Fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, tibbiyot masalasi, uy joy olishda yordam, ichimlik suvi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, yoshlar masalasi va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Oct, 04:29


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 4 kun qoldi

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Oct, 02:02


#ob_havo

Assalomu alaykum! Bugun 22-oktabr, seshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-sitej

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 14:35


Yig‘ilishda eng avvalo yurtimiz iqlimiga mos sifatli ko‘chatni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.

Fanlar akademiyasi, ekologiya, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, karantin tizimidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliygohlar, kafedralar, in-vitro laboratoriyalaridan samarali foydalanib, urug‘ va ko‘chat yetishtirish hajmini oshirishi zarur.

Nukus, Arnasoy, Qorako‘l, Muborakda keyingi yilda suvsizlik va sho‘rga chidamli galofit o‘simliklaridan iborat 4 ta bog‘ barpo qilinadi.

Urug‘ olish uchun o‘rmon xo‘jaliklaridan sog‘lom onalik plantatsiyasini tanlash orqali yiliga 1,5 ming tonna urug‘ tayyorlanishi, Koreya tajribasi asosida suvsizlikka chidamli, iqlim sharoitiga mos yopiq ildizli konteyner va in-vitro usulida 2 million ko‘chat yetishtirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmdagi 250 ming gektar cho‘lda suv talab etmaydigan saksovul, qandim, cherkez urug‘lari dronlar yordamida ekiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Samarqand, Xorazm, Toshkent va vodiy viloyatlaridagi 327 gektar yerda noyob mevali ko‘chatlarni in-vitro usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Oktabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambag‘al oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolg‘iz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik o‘ziga biriktirilgan ko‘chalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, ko‘chalar, uylar, ko‘p qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

Ta’lim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona ko‘chat ekishni tashkil qilish topshirildi. Yoshlar ishlari agentligi 155 ming yoshlarga bo‘lib berilgan 60 ming gektar yerda jami 1,5 millionta mevali daraxt ekishga ko‘maklashadi.

Barcha mahallalarda ko‘chat yarmarkasini tashkil qilib, 30 millionta ko‘chat yetkazib berish muhimligi ta’kidlandi.

Televidenie, radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda daraxt ekish nuroniylar, mahalla faollari, jamoat arboblari, san’atkor va sportchilar ishtirokida keng targ‘ib qilinsa, ishlarning samarasi bundan-da yuqori bo‘lishi ta’kidlandi.

Prezidentimiz aholini daraxt ekishga jalb qilish bo‘yicha yaxshi tajribalar ko‘payayotganini qayd etib, to‘lov tashkilotlari va elektron savdo platformalarining bunday loyihalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 14:00


Mamlakatimizda har yili 200 million daraxt va buta ekib, yashillikni 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish bo‘yicha marra olingan. 2020 yilda yashillik darajasi 8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozir 12 foiz. Orolbo‘yida yashil qoplama 2 million gektardan oshdi.

Joriy yil bahorida 138 million dona ko‘chat ekilgani, yil boshidan 10 ming gektardan ziyod “yashil belbog‘”, 257 ta “vazirlik” va “hokimlik” bog‘lari barpo qilingani ta’kidlandi.

Shu yildan boshlab yo‘l, daryo va kanallarga tutash 2 ming gektar yer 10 ming aholi va tadbirkorlarga ekish uchun ijaraga berildi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida budjetdan 49 milliard so‘m berilib, mahallalarda 215 ta yangi bog‘ yaratilmoqda.

O‘zbekistonning bu boradagi ishlarini Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijroiya organi ham alohida e’tirof etdi.

Shu bilan birga yashillik darajasini oshirish bo‘yicha islohotlarni ko‘p hokimlar tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bahor mavsumida 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmagani tanqid qilindi. Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan.

Masalan, sug‘orish tizimi yo‘q joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpog‘istonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming ko‘chat ekilgan.

Hisobotga qo‘shib yozish eng ko‘p Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Har bir hokim, vazir, tashkilotga qaerga, qancha ko‘chat ekish egasi, joyi, suvi va mablag‘i bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi bo‘yicha qat’iy so‘rov bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 13:39


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan avval davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lgan sana bilan samimiy tabrikladi.

Ona tilimiz – bizni asrlar davomida yagona xalq sifatida birlashtirib, tarixiy xotiramiz, milliy qadriyatlarimizni avloddan avlodga bezavol yetkazib kelayotgan bebaho boyligimiz ekani ta’kidlandi.

"Bundan keyin ham ona tilimizni qadrlash, rivojlantirish borasidagi ishlarimizni qat’iy davom ettiramiz",
- dedi Prezident.

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ona tilimiz rivojiga alohida urg‘u berilayotgan bejizmasligi, ona tabiatimiz, hovlimiz, mahallamiz, shahar va qishloqlarimizdagi gullar, daraxtlar, yashil maysalar singari ona tilimiz ham har kuni, har daqiqada g‘amxo‘rlikni talab etishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Bugun Prezident Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishdi. Unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanadi.

Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi.

Viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan ushbu universitet texnikumini tashkil qilish topshirildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dendrologiya bog‘i ham tashkil qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan universitetda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1 ming nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 10:17


🇺🇿 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿 Milliy o‘zligimiz timsoli

Bugun Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida 21-oktabr-o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 09:31


🇺🇿 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿 Milliy o‘zligimiz timsoli

Til va nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelgan.

Bugun Ona tilimizning qadri, qimmati tiklangan, maqomiga yarasha darajaga ega bo‘lgan kun. Tilimizning bugunga qadar omon-eson kelishining asosiy boisi xalqimizning o‘z ona tilini jonidan sevishi, ardoqlashidadir.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi. Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.

Bugun Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida 21-oktabr-o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, faxriylar, faollar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman madaniyat bo’limi hamda iqtidorli o’quvchilar tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r, ruboiy va g‘azallar, kuy qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site