Latest Posts from Bookerberg (@bookerberg) on Telegram

Bookerberg Telegram Posts

Bookerberg
📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar...

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz

📺 Kinolar haqida: @nextepisodeplease
✏️ Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist

Murojaat uchun: @Afterway
4,288 Subscribers
653 Photos
37 Videos
Last Updated 28.02.2025 14:16

Similar Channels

iBooK.uz
22,386 Subscribers
Abu Bakr Fozilov
1,806 Subscribers

The latest content shared by Bookerberg on Telegram


Dekabrda “The child who raised as a dog”ni tarjima qilib tugatgandim. Bryus Perri degan bolalar psixoterapevtining kundalik shaklida yozilgan uzoq yillik izlanishlari. Brat kitobda aytuvdiki, ko‘pchilikda katta-kichik bolalik travmalar bor.

Albatta, o‘tmishdagi qiyinchiliklarni eslab, yig‘lab, alamzada bo‘lib yurish tarafdori emasman. Shunday ekan, shouga kelinglar, shu mavzuda gaplashamiz. Kulishamiz, ozroq ko‘ngil yozamiz. Barchani kutaman!

22-fevral, soat 19:00da
Kirish tekin, shu link orqali oldindan joy band qilsangiz bo‘ldi.

Eslatma: Shou to‘liq improvizatsiyaga qurilgan muloqot shaklida bo‘ladi. Sizda ham qiziqarli yoki g‘alati hikoya yoki travma bo‘lsa, eshitamiz)

@phaziloff

Sizgayam shu savolni ko'p berishadimi?

@Bookerberg

New followers be like...

@Bookerberg

Eslatma: Bugun soat 20:00 da tanlov g'oliblari aniqlanadi. Aniqrog'i, qatnashuvchilar orasidan random bot tanlab beradi.

"Qatnashaman" tugmasini bosib qo'yishni unutmang. Barcha qatnashuvchilarga omad!

@Bookerberg

Ayni damda kimlardir))

@Bookerberg

"Agar siz o'zingiz o'qigan har bir narsaga ishonaversangiz, o'qimaganingiz yaxshi".

Yapon maqoli

Har qachongidan ham dolzarbroq fikr ekan. Kitoblarni aslida fikrlash uchun o'qishimiz kerak, ulardagi barcha yozilganlarga ishonish uchun emas. Masalan, siz qaysidir yozuvchining 80% fikrlarini inkor qilishingiz, ammo o'zingiz uchun yangi ma'lumot olishingiz yoki shunchaki uning fikrlarini tahlil qilish orqali tiniqroq fikrlashni o'rganishingiz mumkin. Afsuski, ko'pchiligimiz kitoblarda yozilgan narsalarni haqiqat deb qabul qilamiz.

@Bookerberg

Muallif aslida boshqacha nomlashni xohlagan mashhur kitoblar

📚 Gabriel Garsiya Markes — "Yolg'izlikning yuz yili"

Markes boshida bu asarini "Uy" deb nomlamoqchi bo'lgan ekan. Ammo do‘sti Alvaro Samudioning bir necha yil oldin nashr etilgan "Katta uy" kitobiga o'xshab qolmasligi uchun u asariga bizga yaxshi tanish bo‘lgan nomni beradi.

📚 Rey Bredberi — "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Bredberi dastlab hikoya yozgan va uni "O't o'chiruvchi" deb nomlagan. Noshir Bredberidan hikoyani roman ko'rinishigacha kengaytirishni va yangi nom o‘ylab topishni so‘ragan. U o'sha payt telefon go‘shagini ko‘tarib, Los-Anjelesdagi o't o'chirish bo‘limlaridan biriga qo'ng'iroq qiladi va "qog‘oz qanday haroratda yonadi?" deb so'ragan. Bir necha daqiqadan so‘ng sarlavha uchun g'oya paydo bo'ladi. Ammo o't o'chiruvchi bergan ma'lumotda xato bor edi. Aslida qog'oz Farengeyt bo'yicha emas, Selsiy bo'yicha 451 haroratda yonadi.

📚 Jorj Oruell — "1984"

Barcha davrlarning eng mashhur antiutopiyalaridan birining ishchi nomi "Yevropadagi eng so‘nggi odam" edi, ammo u dastlab hatto Oruellning o‘ziga ham yoqmagan. Uning noshiriga-ku umuman yoqmagan. Oxir-oqibat odamlarni ko'proq qiziqtirish uchun muqovada o‘sha to‘rtta raqam paydo bo'ladi.

📚 Lev Tolstoy — "Urush va Tinchlik"

Tolstoyning ushbu romani parchalari dastlab "1805", "Oxiri baxayr bo‘lsa, hammasi yaxshi", "Uch g‘ovak" nomlari ostida chop etilgan. Ammo asar ustida 6 yillik mehnatdan so'ng unga "Urush va tinchlik" nomi berilgan.

@Bookerberg

Tanlov!

Shartlar juda oddiy:
Bookerberg va Birburchak kanallariga a’zo bo'lasiz;
Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.

🏆Gʻoliblarimiz 4 nafar bo'ladi. Gʻoliblarga yaqinda nashr etilgan Paul Polakning “Kambagʻallik girdobidan chiqish” nomli yostiqdek qalinlikdagi kitobi sovgʻa qilinadi.

Natijalar 18-fevral kuni 20:00 da e'lon qilinadi.

🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!

✏️ "Хорошое воспитание не в том, что ты не прольешь соуса на скатерть, а в том, что ты не заметишь, если это сделает кто-нибудь другой".

"Дом с мезонином",
Антон Павлович Чехов.

Do'stimiz Muhammad ajoyib ishga qo'l uribdi. O'z sohasi, iqtisodiyot bo'yicha shunday elektron jurnal chiqarishni boshladi. Aytishicha, endi bir oyda kamida bitta soni chiqarkan.

Qo'llab-quvvatlaymiz 👏

@Bookerberg