Bobil Kutubxonasi @bobil_kutubxonasi قناة على Telegram

Bobil Kutubxonasi

Bobil Kutubxonasi
Reading Because Murder Is Wrong!
Hamkorlik: @bobil_reklama

Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/
6,498 مشترك
1,331 صورة
115 فيديو
آخر تحديث 01.03.2025 07:14

قنوات مشابهة

Kitoblar ombori
16,192 مشترك

Bobil Kutubxonasi: O'zbekistonning Zamonaviy Kitobxonlik Tizimi

Bobil Kutubxonasi O'zbekistonning madaniy va ilmiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan zamonaviy kutubxonadir. Ushbu kutubxona kitobxonlik va o'qish muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, turli yosh guruhlaridagi insonlarga bilim va ma'lumot olish imkoniyatini taqdim etadi. Bobil Kutubxonasi nafaqat an'anaviy kitoblarni, balki elektron resurslar, interaktiv tadbirlar va mualliflar bilan uchrashuvlar kabi zamonaviy xizmatlarni ham taklif etadi. Kutubxona o'zining keng kitob fondi bilan ayirboshlash va o'qish jarayonini yanada qiziqarli qilishni maqsad qiladi. Kuningizni kitob bilan o‘tkazing, bilim va ma'lumotlar oling, va o‘zingizni yangi g‘oyalar va fikrlar bilan boyiting. Shuningdek, Bobil Kutubxonasi kunlik hayotimizda kitoblarni qanday o'qish va qanday qilib o'z bilimimizni oshirishga yordam berishi haqida ko'plab tadbirlar va ma'ruzalar o'tkazadi.

Bobil Kutubxonasi qanday xizmatlar taqdim etadi?

Bobil Kutubxonasi o'z muassasalarida keng ko'lamli xizmatlar taqdim etadi. Kitob fondi, elektron kitoblar, jurnallar va gazetalardan tortib, o'quv tadbirlari va seminarlar gacha bo'lgan ko'plab xizmatlar mavjud. Ushbu xizmatlar kitobxonlarga o'qishni yanada qiziqarli va foydali qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, Bobil Kutubxonasi turli yoshdagi insonlar uchun moslashuvchan dasturlar taklif qiladi. Masalan, bolalar uchun o'qish dasturlari orqali o'qishni rag'batlantirishga, kattalar uchun esa tinglovchi seminarlar va mualliflar bilan uchrashuvlar o'tkazishga katta e'tibor qaratiladi.

Bobil Kutubxonasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Kutubxona doimiy ravishda turli tadbirlarni tashkil etadi. Bu tadbirlar orasida kitob taqdimotlari, mualliflar bilan uchrashuvlar, o'qish marafonlari va ijodiy dasturlar mavjud. Tadbirlar kitobxonlar orasida fikr almashish va yangi g'oyalar bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.

Tadbirlar ko'pincha muayyan mavzular doirasida o'tkaziladi. Misol uchun, badiiy adabiyot, tarixiy tadqiqotlar yoki ilmiy mavzular bo'yicha mualliflar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘rnatiladi. Bu kabi tadbirlar kitobxonlar orasida qiziqish uyg'otadi va o'qish madaniyatini oshirishga yordam beradi.

Qanday qilib Bobil Kutubxonasiga a'zo bo'lish mumkin?

Bobil Kutubxonasiga a'zo bo'lish jarayoni juda oddiy va qulay. A'zo bo'lish uchun kutubxonaga borishingiz va zaruriy hujjatlarni to'ldirishingiz kerak. Odatda, shaxsiy guvohnoma va aloqa ma'lumotlari kerak bo'ladi.

A'zolarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi, masalan, kitoblarni bepul olishingiz, elektron resurslardan foydalanishingiz va tadbirlarda ishtirok etishingiz mumkin. A'zo bo'lish jarayoni tez va soddadir, bunday imkoniyatlardan foydalanish har bir inson uchun ochiq.

Bobil Kutubxonasida qanday kitoblar mavjud?

Bobil Kutubxonasi o'z kitob fondini turli janr va mavzularni o'z ichiga olgan keng ko'lamli kitoblar bilan to'ldiradi. Badiiy adabiyotdan tortib, ilmiy ishlarga qadar, kutubxona har qanday o'quvchi uchun qiziqarli va foydali materiallarni taklif etadi.

Shuningdek, kutubxonada ichki va xalqaro mualliflarning eng mashhur asarlari mavjud. Zamonaviy adabiyotni o'z ichiga olgan elektron kitoblar va jurnallar ham mavjud bo'lib, bu kitoblardan foydalanish orqali o'quvchilar o'z bilimlarini oshirishlari mumkin.

Bobil Kutubxonasi qanday texnologiyalarni ishlatadi?

Bobil Kutubxonasi zamonaviy texnologiyalarni o'z xizmatlariga joriy etgan. Elektron kitoblar va resurslari, onlayn kataloglar, va raqamli kutubxona tizimlari yordamida kitobxonlar osonlik bilan kerakli ma'lumotlarni topishlari mumkin.

Shuningdek, kutubxonada interaktiv o‘quv dasturlari va seminarlar uchun multimedia vositalari ham mavjud. Bu texnologiyalar o'qish jarayonini yanada qiziqarli va foydali qilishga yordam beradi.

قناة Bobil Kutubxonasi على Telegram

Bobil Kutubxonasi kanalimiz sizning sevimli kitoblar doirasida yangi dunyo ochishni taqozo etadi! Kanalga a'zo bo'ling va dunyoqarashli adiblar, romanlar, fantastik hikoyalar va ko'p narsalar ustida yangidan yangiga ma'lumotlar bilib oling. 'Bobil Kutubxonasi' o'qituvchilardan olma-ma'noni o'rganish imkoniyati berib, o'z dasturlarini takomillashtirib, yangi kitoblar haqida tropik maslahatlarni o'tkazadi. Bu yerda kimdir uchun nufuzli adabiyotlar topasiz va uzoq kutilgan tarixiy voqealar ustida muloqot qilasiz. Ro'yxatdan o'ting va adabiyotlar bilan jon / yorug'lik to'lashing! Biroq, eslatib o'tamiz, : 'Mavjud bo'lgan' adiblarimizni yaxshi bilishlarini taklif qilamiz - shunday bo'lsa, ko'zingizni tuting! Bobil Kutubxonasi - bu yerni kuzatib boring va adiblar bilan yaqinlashing! Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/

أحدث منشورات Bobil Kutubxonasi

Post image

O’zbekcha haqida

Go’zal so’zi go’z/ko’z va al/ol so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z oluvchi, ko’zga yoqimli tasvir degani.

G’oz so’zi esa eski manbalarda “qoz” bo’lib keladi va aslida “qiz” so’zi bilan bitta ildizga ega.

Shunaqa)

@bobil_kutubxonasi

28 Feb, 15:51
935
Post image

Икки кун аввал адабиёт назарияси ҳақидаги бир китоб бўйича ношир дўстлар билан гаплашиб қолгандим. У китоб таржимаси ҳақида аввал ҳам гуруҳга ёздим, энди кераги йўқ. Дўстлар тўғридан тўғри рад жавоби беришади, деб ўйлагандим, лекин соғ бўлишсин, аввал китобни ўрганиб чиқишди. Кейин эса ҳали кичик нашриёт бўлишгани сабаб чиқаролмасликларини ётиғи билан тушунтиришди. Вақт ажратишгани учун ҳам раҳмат.

Шу ўринда, Туркиядаги университетларга махсус таклиф ё университет бюджетидан жўнатиладиган ўзбек домлалар ҳақида гапирсам... Академиянинг ичидаман ва факультетга ўзбек домлалар келиб туради. Асосан туркология бўлимига. Майли, илм қилиш осонмас, шу боис домла домла деб ҳурматини жойига қўяману, дарсига кириб уялиб кетаман. Жуда саёз, жуда... Масалан, охирги келган бир домла Абдулла Орипов шеъриятида ватан мадҳи ҳақида презентация ўтди. Ориповнинг "Ўзбекистон" қасидасидаги сатрларни кўрсатиб, бу ерда ватанга севги ётибди, деди. Ер ёрилса, мени ютса, дедим. Ориповдаги ватанпарварликни тилга олиш учун филология фанлари доктори бўлишингиз шартмас? Ё шеърни туркчага таржима қилсангиз ҳам, Африкадаги суахили тилига таржима қилсангиз ҳам, ўша мавзуни ҳамма тушунади. Ачиниб қарадим домлага.
Ўзбекистонга охирги борган пайтим самолётда бошқа ўзбек домла билан бирга ўтириб қолдик. Суҳбатлашдик. Ўзлари яхши одам, лекин Туркиядаги оддий талаба эркинлиги ҳам уларга оғир ботибди. Бундан ташқари, масалан соҳалари немис филологияси эди, оддий мавзуларда ҳам дарсликдан ташқарида фикр юритолмасди.

Ўртоқлар, нашриётларни айблолмаймиз. Ўқийдиган одам кам. Ўзи, одам кам. Ўзбекистонни эмас, ўзингизни қутқариш учун ҳам филолог бўлсангиз, назария ўқинг. Бир марта Жонтемир ака "Сени постмодернизм бўйича изланиш қилаётган бир бола билан таништираман", деб қолди. Кўришдик. Постмодернизм ҳақида билими Қозоқбой Йўлдош домланинг мақолаларидан нарига ўтмасди. Оддий матнлар аролик консептидан бехабар одам. Бўғилиб кетдим.
Менинг ҳам жаҳолатим бор. Мен ҳам баломасман. Лекин, ишлаш мумкин.

Маданият Институтида ўқиб, кетишга тайёрланаётган пайтим домламдан чет элда ижтимоий фанлар ўқиш мантиқлими, деб сўрадим. Йўқ, деди. биз ҳам Арасту ўқитамиз, Америкадагилар ҳам. Арастуни фақат ўзбек сферасида, ҳеч кимнинг шарҳи ё йўриғини олмай ўқиган Мирзоҳидга бу мантиқлидек туюлганди. Аммо, ҳозирги университетимда Арастунинг аҳлоқ ва руҳ тушунчаларини бир ой домлалардан ўрганиб, имтиҳон учун бешта китоб ўқишга мажбур бўлгач, асил фарқни ўргандим.

Назария ўрганинглар, филологлар. Адабий танқид бу "ёзувчи бу ерда нима демоқчи" эмас, балки "буни ёзиш учун ёзувчига нималар туртки бўлган" деган саволга жавоб беришдир. Филология ва танқид адабиётга носир ё шоирнинг сеҳрли кўзойнагидан эмас, илмий қарашлар орқали қарай олишдир. Мақолангизни "Шеър кайфиятдан туғилади" деган гап билан бошлаб, филолог бўлиб қолмайсиз. Ҳеч ким сизни, ҳурмат ҳам қилмайди. Ҳеч йўқ, мен қилмаган бўлардим... Адабиётшунослик учун адабий назария билан бирга, ҳатто ундан ҳам кўпроқ антропология, клиник психология, социология ва фалсафа ўрганинг. Фуко, Деррида, Гадамер, Батлерни ўқинг, мен ўзбек филологиман, деб тил ўрганмай ўтирманг. Инглизча билмаган, унда бемалол ўқий олмаган одамни филолог сифатида тан олиш қанчалик мумкин, билмадим. Бугун учун, албатта. Мумтозчиларни ку энди билмадим...

Университетларимиз одам бўлсайди, алоҳида нашриёт очиб, ўз кадрларининг кўпи қовунлигини тан олиб, таржима назарий китоблар чиқарган бўларди. Кейин бизникилар ҳам давлатнинг пулига чет эл олийгоҳларига бориб, бизни шарманда қилмаган бўларди.

Мирзоҳид

@bobil_kutubxonasi

26 Feb, 05:44
1,461
Post image

2

O'tmishni qoraytirish bilan birga uni ulug'lash, tomirimizda oqib yotgan va bugunga kelib an'analashgan qadim jaholatimiz, bilmaslik-tinchlik shiorimiz... Bular dunyoning eng kechikkan madaniyatlaridan biri bo'lganimiz uchun boshlagan yig'imiz, xolos. O'zbekiston orqada qolgan yo rivojlanayotgan emas, kechikkan mamlakat. Dunyoda hamma davlatlar qaytadan yaralib, o'z iqtisodiga ega bo'lgan mahal kechikdik, o'z ruhimizni yaratishga kechikdik... Ishqilib, kechikdik. Bugun kimdir, hatto o'zim ham o'zbek jamiyati degan atama ishlatsam, g'alati bo'laman. Jamiyat tug'ma tutumlar orqali bog'langanlar guruhidir. Bizning esa insoniy an'analarimizdan tortib eng sof hissimiz bo'lmish umidgacha yasamadir.
Bu jamiyatning tuzalishiga, men buyoqda she'r o'qiyapmanu lekin bu zalda nega gaz yo'q, deb o'ylashiga umidim bormi? Yo'q. Kommunist ham, 30-avgust kechasi kommunist bo'lib, 31-avgustda birdan o'zbek millatchisi bo'lib qolgan ikkiyuzlamachi dinozavr ham emasman. Charchadim.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

23 Feb, 05:05
2,489
Post image

1
O'zbekistonda va o'zbek mafkuraviy tizimida kommunizmning eng yaqqol ko'zga tashlanadigan qoldig'i, menimcha 'kelajak' konsepti bo'lsa kerak.

Buni Trotskiyning Ferdinand Selin qalamiga 'Tun Tubiga Sayohat' asari haqida yozgan tanqidiy maqolasini o'qib tushundim. Selinnig ushbu romani, urush va inson qadri atrofida qurilgan bo'lib, unda insoniylik butun siyosiy kuchlardan avval kelishi keraklgi ta'kidlanadi. Selinning o'ta ochiq va jirraki uslubi sabab ko'plab munaqqidlar uni adabiyotga yangicha nafas olib kirgan yozuvchi sifatida alqashadi. Asaridagi anarxik ostmatn va inson munosabatlari bois hatto uni 'inqilobchi' deb ataganlar ham topiladi. Ammo, men doim Leninning o'rniga kelganida nima bo'lardi, deb qiziqqan siyosatchi-intellektual bu asarni inqilobchilikdan yiroq deb hisoblaydi. Roman inqilobchi emas, chunki u insoniyatga nisbatan umid uyg'otmaydi. Umid esa inqilobning eng muhim omili va unsuridir.

O'zbek mafkuraviy muhitida, doimiy ravishda kelajakka intilish ko'ramiz. Bu kuzatuv eng oliy siyosiy davralardan tortib qishloq maktablaridagi gazsiz, sovuq faollar zalida o'tadigan tadbirlargacha seziladi. Tinimsiz kelajakning yanada yaxshiroq bo'lishi, kelajakdagi marralar, kelajakdagi O'zbekiston... Vaholanki, hech qachon hech qaysi strategiya o'zi yo'q kelajakni bor qilib qo'yolmaydi.
Bizning mafkuramiz umidga asoslangan. G'arbdan, mafkurasi shubha va savollar ustiga qurilgan G'arbdan farqimiz shu. Ya'ni, ochiq kiyinish, sekulyar fikrlash, turli o'ziga hosliklarga nisbatan tolerantlik aslida G'arb emas. Haqiqiy G'arb tushunchasi, ideologiyasi mavjud holatning savol ostiga olinishidir. Mavjud holat esa faqat hozir sodir bo'layotgan voqelikdir. Albatta tarixni ham e'tiborsiz qoldirolmaymiz. Bu yerda biroz Hegel, Kant va Marks kabi nemis ideologiyasiga og'adigan bo'lsak, tarix biz o'zbeklar uchun bugunning sababi emas, balki bugundan uzilgan, bugun bilan aloqasiz, o'z holicha mavjud mustaqil materiyadir. Hozirni o'ylamaymiz.

Kommunizmning mukammal jamiyat qurish utopiyasi, ayniqsa Islomning qonimizga singib ketgan Jannat va'dasi bilan birlashganda, juda qiziq holat ro'y beradi: Biz hozirni faqat kutish zalidek qabul qila boshlaymiz.
Tadbirlardahi iroqi do'ppi, oq jemper ustidan kiyilgan qora kostyum va biroz qisiq ovozda o'qilgan vatan she'rlari - bular aslida bugunni o'ylamay kelajakni qorni och holda tahayyul qilishdan boshqa narsa emas.
Albatta o'smir shoira qizlarni mafkuraning asosiy quroli, demoqchi emasman. Ammo, ularning ko'zlaridagi umid bizga, ayniqsa uch-to'rt kitob o'qigach sun'iy, o'n-o'n besh kitobdan so'ng esa achinarli ko'rina boshlaydi. Bu qattol umiddan ularni qutqargimiz, hech yo'q ikki satr iqtisodiy savodxonlik uchun jon talashgimiz keladi.

Savol ostiga olinmagan hozir tarixga aylangan payt, savol ustiga olinganida birdan o'zgaradi. Masalan, ruslar ishg'oli davrida o'z hozirlarini savol ostiga olmagan Turkiston xalqi bugun, rus ishg'oli tarixga aylangach, uni bus butun mafkuraviy utopiyaga, kerak bo'lsa, kelajakka yo'nalgan umid olovining benziniga aylantirib olgan. Chunki, yorug' kelajakni qurish uchun bir xalqning qorong'u o'tmishi bo'lishi kerak. Boshqa hech narsaning ahamiyati yo'q. Kelajakka nisbatan yaratilgan umid esa, shoira qizlarning ko'zidagi, atvoridagi umid qadar sun'iy, chunki u tabiiy holatda yaratilmagan, balki o'tmishni, tarixni sun'iy ravishda qoraytirish natijasida o'rtaga chiqqan. Kelajakdan baxt izlash kabi, o'tmishdan motam uchun o'lik izlash ham, aslida bizga kommunizmdan meros.

Davomi bor…

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

22 Feb, 14:47
2,249