#Seminar
Joriy yilning 6-mart kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida "Ta’lim sifati menejmenti" kursi tinglovchilari uchun Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro huquq kafedrasi professori, taniqli ekspert I.S. Marusin ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribaning ahamiyati, pedagog kadrlarning zamonaviy kompetensiyalari va ularga qo‘yilayotgan global talablar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, professor Marusin oliy ta’lim tizimining boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni taqdim etdi.
Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan samarali boshqaruv uslublari va innovatsion ta’lim metodlari haqida ma’lumot berildi.
Ishtirokchilar xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘z faoliyatlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan muhim jihatlar bo‘yicha fikr almashdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube