Últimas Postagens de bimm.uz (@bimm_uz) no Telegram

Postagens do Canal bimm.uz

bimm.uz
Bosh ilmiy-metodik markaz yangiliklari

📞 71-202-01-15
📧 [email protected]
🌐 www.bimm.uz
📲 https://www.instagram.com/bimmuz/
📲 https://www.facebook.com/bimmuz
📲 https://www.youtube.com/c/bimmuz_official
2,729 Inscritos
1,994 Fotos
123 Vídeos
Última Atualização 10.03.2025 06:07

O conteúdo mais recente compartilhado por bimm.uz no Telegram

bimm.uz

06 Mar, 10:39

861

#Xorijiy_hamkorlik
#Seminar

Joriy yilning 6-mart kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida "Ta’lim sifati menejmenti" kursi tinglovchilari uchun Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro huquq kafedrasi professori, taniqli ekspert I.S. Marusin ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribaning ahamiyati, pedagog kadrlarning zamonaviy kompetensiyalari va ularga qo‘yilayotgan global talablar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, professor Marusin oliy ta’lim tizimining boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni taqdim etdi.

Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan samarali boshqaruv uslublari va innovatsion ta’lim metodlari haqida ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘z faoliyatlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan muhim jihatlar bo‘yicha fikr almashdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
bimm.uz

06 Mar, 06:34

551

#Xalqaro_hamkorlik
#FarDU_MM

Joriy yilning 4 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Osh viloyati, Osh davlat universitetiga Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Farg'ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi va Osh davlat universiteti malaka oshirish markazi o'rtasida hamkorlikda memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida qo‘shma malaka oshirish kurslarini joriy etish va Double Certificate (qo‘sh sertifikatlar) berish tizimini yo‘lga qo‘yish, mintaqaviy markazga ta'limga investisiya olib kirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
t.me/fardu_mm
bimm.uz

03 Mar, 12:19

726

#Moziyga_sayohat

Joriy yilning 28- fevral kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti xodimlari va ilmiy izlanuvchilari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida muzeyda mavjud oʻzbek adabiyotiga oid asarlar, qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik sanʼatiga doir koʻrgazmalar, XX asrga oid sopol buyumlar haqidagi ma’lumotlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
bimm.uz

03 Mar, 11:56

686

#Seminar
#Xorijiy_hamkorlik
#TDPU_TM

Joriy yilning 1 mart kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida Qozog‘iston Respublikasi Shakarim nomidagi Semipalatinsk davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Yermenova Batilya Oralbayevna tomonidan “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi tinglovchilari uchun master klass darsi tashkil etildi.

Interaktiv tarzda tashkil etilgan mashg‘ulot mobaynida tinglovchilar sohaga oid koʻpgina qiziqarli ma’lumotlarga ega boʻldilar hamda o‘z savollariga javob oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
bimm.uz

24 Feb, 13:24

864

#Huquqiy_soat

Oliy ta’lim kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti xodimlari uchun oliy ta’lim sohasida qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan huquqiy soatlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 24-fevral kumi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidaOʻRQ-957-son Qonuni mazmun-mohiyati Institut xodimlariga yetkazish maqsadida navbatdagi "Huquqiy soat" tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
bimm.uz

22 Feb, 08:05

918

#Xorijiy_mutaxassis
#FarDU_MM

Joriy yilning 21-fevral kuni Farg'ona davlat universiteti huzuridagi pedagok kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi ingiliz tili yo’nalishi tinglovchilariga Oksford universiteti, Linkoln kolleji professori Kristofer Korten tomonidan “Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish” moduli “Professor-o‘qituvchilarning tadqiqotchi sifatidagi nashr faolligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazdi.
t.me/fardu_mm
bimm.uz

21 Feb, 10:28

910

#Seminar
#TAQU_TM
#Xorijiy mutaxassisdan onlayn ma’ruza

TAQU huzuridagI pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida
fevral oyi "Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va eksplutatsuyasi" (Issiqlik, gaz ta’minoti va ventilyatsiya) yo’nalishi tinglovchilari uchun 2025-yil 20-fevral kuni Belarus milliy texnika universiteti (БНТУ) Energetika Qurilishi fakulteti, “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya”kafedrasi mudiri,texnika fanlari nomzodi Pexota Aleksandr Nikolayevich ishtirokida “Qurilish va binolarning muhandislik tizimlarida qo’llaniladigan innovatsion texnologiyalar” mavzusida onlayn ma’ruza bo’lib o’tdi. Ushbu ma’ruza davomida tinglovchilar muhandislik tizimlarida qanday va qaysi usullarda innovatsion texnolgiyalar qo’llanilishi bo’yicha qiziqarli va koʻpgina yangi ma’lumotlarga ega boʻlishdi.
TAQU Tarmoq markazi kanaliga ulanish 👇
https://t.me/malakaoshirishtaqutm
bimm.uz

21 Feb, 06:10

534

O‘rganishlar Central Asian Universityda davom etmoqda!

🔰
Ta'lim jarayonlarini tashkil etish, professor-o'qituvchi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ijobiy tajribalarni o'rganish maqsadida Central Asian Universityga tashrif buyurildi.

O'rganishlar davomida universitet faoliyati professor-o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish borasidagi universitet yutuqlari tahlil qilindi.

Shuningdek, qator xorijiy mutaxassislarning tizimni takomillashtirish borasidagi taklif va fikrari olindi.

Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish sohalarida tomonlararo hamkorlik qilish masalasida kelishib olindi.

👉@centertsul👈
bimm.uz

20 Feb, 15:29

714

#Malaka_oshirish
#Ijro_intizomi

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etib kelinayotgan "Oliy ta’lim tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini oshirish" bo‘yicha malaka oshirish kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Joriy yilning 18-20-fevral kunlari tashkil etilgan navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursida respublikamizdagi 34 ta oliy ta'lim tashkilotlarining 55 nafar devonxona mudiri, ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlarining malakasi oshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
bimm.uz

19 Feb, 16:48

238

#Xorijiy_hamkorlik
#Seminar

Joriy yilning 19-fevral kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida "Ta’lim sifati menejmenti" yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Sankt Petreburg davlat universiteti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi V.I.Kapustkin ishtirokida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda tinglovchilar universitet tarixi, xalqaro va ilmiy sohada xorij tajribasi, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik bo'yicha savollariga atroflicha javob oldilar.

*Ma'lumot uchun: Sankt-Peterburg davlat universiteti 2024-yilda QS reytingida 365-o’rinni, THE reytingida esa 501-600 - o’rinni egallagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube