AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣 @avtometro Channel on Telegram

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

@avtometro


@AvtoMetrbot_ustoz

🤖 @yhxbbuzbot

🧑‍💻AvtoMetrbot yaratilishida o'z yordamini bergan Dasturchiga o'z minnatdorchiligimizni bildiraman:
@AsadbekUz

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣 (Uzbek)

Sizni AvtoMetr kanaliga xush kelibsiz! Bu rasmiy kanal @avtometro orqali yo'l harakati qoidalari bo'yicha testlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Kanalda siz avtomobil haydovchiligi qoidalari, yo'l belgilari va yo'l harakatlariga doir savollarga javoblar topishingiz mumkin. AvtoMetrbot yaratilishida o'z yordamini bergan Dasturchiga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Admin bilan bog'lanish uchun @AvtoMetrbot_admin ga murojaat qiling. Sizni yo'l harakati qoidalari va avtomobil haydovchiligiga oid savollarni muvofiqlash uchun AvtoMetr kanaliga a'zo bo'lishni unutmang! 🚦🛣

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

18 Feb, 08:19


#diqqat #tezkor #foydali

2025 yil 1 martdan boshlab moped va skuterlarni "A" toifadagi haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarish talab etiladi

Shuningdek, moped va skuterlar davlat roʻyhatidan oʻtkazilib, tegishli tartibda davlat raqam belgilari olinadi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

18 Feb, 08:19


#foydali

⚠️Yoʻl harakati qoidalari!
«Cheklangan balandlik»

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

18 Feb, 08:19


#foydali

⚠️Yoʻl harakati qoidalari!

3.3.Belgi. Mehanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan!

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

15 Feb, 06:23


#foydali #tezkor

ANDIJONDA BUGUNDAN METANLAR NAVBAT BILAN OChILIShNI BOShLADI!!

“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali rasmiy xabari

Joriy yilning 14-fevral kuni Andijon viloyatidagi aholi isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatuvchi avtomobillarga gaz toʻldirish  kompressor shoxobchalari haqida maʼlumot

1.Andijon shahrida – “Osiyo Hamkor” MChJga qarashli AGTKSh
Ish vaqti  09.00 – 15.00

2.Andijon shahrida – “Xorse pover” MChJga qarashli AGTKSh
Ish vaqti  09.00 – 15.00

3.Asaka tumanida – “Mustaqillik 2001” MChJga qarashli AGTKSh
Ish vaqti 11.00-15.00

4.Xoʻjaobod tumani – “Trans servis” MChJ ga qarashli AGTKSh
Ish vaqti 11.00-15.00

5.Shahrixon tumani – “Shahrixon gaz avto” MChJga qarashli AGTKSh  Ish vaqti  12.00-15.00

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

15 Feb, 06:23


#foydali #tezkor

🚗Haydovchi, “aptechka”da nimalar boʻlishi kerak?

Qonunchilikka binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun mashina salonida boʻlishi shart:

🔸qon toʻxtatuvchi jgut
🔸nosteril tibbiy dokali bint;
🔸steril tibbiy dokali bint;
🔸steril bogʻlam uchun paket
🔸steril tibbiy dokali salfetkalari;
🔸bakteritsid leykoplastr;
🔸rulonli leykoplastr;
🔸“Ogʻiz-vosita-Ogʻiz” usulida sunʼiy nafas oʻtkazish vositasi;
🔸ammiak eritmasi – 10% (nashatir spirti);
🔸qaychi;
🔸tibbiy qoʻlqoplar;
🔸tibbiyot qutichasi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

14 Feb, 13:27


#foydali

❗️Oʻzbekistonda avtomobilga gaz ballon oʻrnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

Hech qanday ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi, my.gov.uz orqali onlayn tarzda ariza toʻldirib, uni YHXXga yuborish kerak. Xizmat uchun toʻlov – 112 500 soʻm.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

13 Feb, 11:07


#diqqat #tezkor

Toshkentda maktab qarshisida Nexia-3 oʻquvchini urib ketdi.

Yunusobod tumanidagi 260-maktab yonginasida Nexia-3 mashinasi 10 yoshli maktab oʻquvchisini urib yubordi. Piyoda shifoxonaga yotqizildi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

13 Feb, 11:02


#foydali

Chet mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan avtomobilda Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida qoidabuzarlik sodir etilsa jarima undiriladimi?

Javob videoda👆📹

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

13 Feb, 10:46


#foydali

1.4.1-1.4.6. «Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashish».

Aholi punktlaridan tashqarida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qoʻshimcha ogohlantirish beradi.
1.4.1-1.4.3 belgilari yoʻlning oʻng tomoniga, 1.4.4-1.4.6 belgilari yoʻlning chap tomoniga oʻrnatiladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

12 Feb, 09:17


#foydali

⛽️Gaz balon uskunalarini oʻrnatishda siz bilmagan havfsizlik talablari!

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

11 Feb, 12:58


#foydali

🚗 Mashinadan chiqqan ovozlar nimani anglatadi? 🤔

Sizning ham mashinangizdan shundan tovushlar chiqayotgan boʻlsa, ustaga koʻrsatishni unutmang!

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

11 Feb, 12:55


#diqqat #foydali

❗️2024 yil davomida transport vositalarini mast holda boshqarish (MjTKning 131-moddasi) hamda transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi (MJtKning 136-moddasi) bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha 32 999 nafar shaxsga nisbatan 32 723 ta ish koʻrib tamomlangan.

Shundan 31 351 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish va maʼmuriy qamoqqa olish kabi maʼmuriy jazolar qoʻllanildi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Feb, 14:55


#diqqat #foydali #tezkor
YOʻL-TRANSPORT HODISASI SODIR QILIB VOQEA JOYIDAN QOChIB KETILSA NIMA BOʻLADI?

⚡️"Avariya" sodir qilib, oʻsha joydan qochib ketgan shaxsga qanday chora koʻriladi

⚡️MJTKning 137-moddasiga koʻra, yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

❗️Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
👉 Bilim beruvchi telegram bot.
🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Feb, 14:51


#diqqat #foydali #tezkor

Vazirlik metan zapravkalar yopilmasligini eʼlon qildi

Vazirlik xabariga koʻra, Buxorodagi magistral quvurda roʻy bergan avariyadan keyin “qoʻshimcha oʻrganishlar” oʻtkazilgan va respublikaning barcha hududlarida AGTKSlar “hozirgi rejimda ishlash davom etishi” belgilangan. “Yaʼni ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yoʻlga qoʻyiladi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Feb, 14:11


#diqqat #foydali

Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari!

Oʻzbekiston Respublikasining «Yoʻl harakati toʻgʻrisida»gi Qonuni
19-modda

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Feb, 14:11


#diqqat #foydali #tezkor

❗️ BILIB QOʻYGAN YAXSHI

Avtomobillar qachon faralarini yoqishi kerak?

Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, yoʻlning yoritilganligidan qatʼi nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositasida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak:

👉 barcha mexanik transport vositalarida va mopedlarda — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari;

👉 velosipedlarda — fara yoki chiroqlar (agar mavjud boʻlsa);

👉 tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalarida — gabarit fara chiroqlari.

✔️Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak:

👉 yoʻl yoritilgan boʻlsa;

👉 qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda;

👉 qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda.

⚡️Koʻzi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi kerak.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Feb, 14:11


#diqqat #tezkor

Fargʻonada mast haydovchi ikki insonning umriga zomin boʻldi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Feb, 12:28


#diqqat #foydali #tezkor

AI–80 yoqilgʻisidan voz kechiladi 

Prezident farmoniga koʻra, 2025 yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda AI – 80 rusumli avtomobil yoqilgʻisidan foydalanish va sotish cheklanadi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Feb, 07:53


#diqqat #foydali #tezkor

Toshkent shahar Kichik halqa yoʻlining Avliyo ota koʻchasida harakatlanish toʻsib qoʻyildi

Bunga yoʻl-transport hodisasi sabab boʻlgani aytilmoqda.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦@AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Feb, 07:49


#diqqat #foydali #tezkor

Tezlikni oshirmang!

Turli tezlikda harakat qilgan avtomobil urib yuborgan insonning omon qolish imkoniyatlari

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

07 Feb, 15:04


#bilasizmi #foydali

Haydovchilik guvohnomasini yangilash tartibi oʻzgardimi? 🚗📄

Agar haydovchilik guvohnomangiz yoʻqolgan yoki muddati oʻtgan boʻlsa, uni yangisiga almashtirish mumkin. Lekin bu jarayonda imtihon topshirish kerak boʻlmaydi

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

06 Feb, 17:01


#tezkor #bilasizmi #diqqat

📲 IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining huquqiy maslahat berish call-markazi ishga tushdi

Endilikda fuqarolar videoda aytib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻz savollariga huquqiy maslahat olishlari mumkin.

🕘 Call-markazi dushanbadan shanbagacha soat 09:00 dan 18:00 ga qadar xizmat koʻrsatadi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

03 Feb, 03:02


#tezkor #bilasizmi #diqqat

❗️Avtomobilni mast holda boshqarganlik uchun jarima miqdori BHMning 25 baravaridan (9,37 mln soʻm) 40 baravariga oshirilmoqda (15 mln soʻm).

Haydovchi takroran mast holda rulga oʻtirsa, 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etilishi yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

02 Feb, 07:01


#kulgu

😂 Deyarli bir xil...

👉 Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

02 Feb, 05:10


#diqqat #tezkor #bilasizmi

Navoiy viloyati imtihon markazi ish boshladi

Shu sababli endilikda viloyat YHXB Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimida sinovlar qabul qilinmaydi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

31 Jan, 04:02


#tezkor #bilasizmi #diqqat

❗️ Haydovchilar diqqatiga! YHXX xodimlari yengil avtomobillarda avariyaviy bolgʻa yoʻqligi uchun jarima solishga haqli emas!

Yaqinda Hyundai Elantra haydovchisiga shunday asossiz jarima solingan holat kuzatildi. Keyinchalik u bu qarorni bekor qildirishga majbur boʻldi.

📌 Eslatib oʻtamiz: avariyaviy bolgʻa faqat M2 va M3 toifasiga kiruvchi avtobuslar va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari uchun majburiy hisoblanadi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Jan, 16:03


#tezkor #bilasizmi

"A" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qabul qilinadigan amaliy imtihon tartibi

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

26 Jan, 16:30


#bilasizmi #tezkor

2025-yil 1-iyundan boshlab haydovchilik guvohnomasi, Texpasport, sugʻurta va ishonchnomalarni olib yurish shart emas yaʼni yoningizda ID kartangizni olib yurish shart emas!

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

21 Jan, 09:42


#bilasizmi #tezkor

Hadovchilik guvohnomasi uchun imtixon topshirish narxlari va boshqalar haqida...

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

20 Jan, 07:34


#tezkor #bilasizmi

"Prava" ga imtihon topshirish narxlari oshibdi

Imtihon markazlarida imtihon topshirish narxlari koʻtarilibdi.

- Nazariy imtihon birinchisi 1mln soʻm
Amaliy birinchisi 1 mln soʻm

- Nazariy ikkinchi martta topshirsa. 1.2 mln
Amaliy imtihon ham 1.2 mln

Yaqinlarga yuborib qoʻyamiz

➡️ Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

20 Jan, 07:25


🚦 @AvtoMetrbot - Yo'l harakati xavfsizligi qoidalari bo'yicha bilim beruvchi bot.

💯 Yaqinlaringiz bilan bilim ulashing!

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

19 Jan, 07:02


#bilasizmi #foydali

Bu videoni jarimaga ko'p tushadigan tanishingizga yuborib qo'ying.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

18 Jan, 15:01


#bilasizmi

❗️Haydovchilik guvohnomasi pasport oʻrnini bosa oladi.

Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori 6-bandiga muvofiq,

Fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartalari yoki milliy haydovchilik guvohnomalarini koʻrsatib, bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega boʻlgani sababli, u bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonida pasportning oʻrnini bosa oladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

17 Jan, 15:08


#tezkor

Senator so‘rovidan so‘ng Surxondaryo viloyatidagi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli avtomaktablarga litsenziyalar berildi

2025-yil 7-yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli 14 ta avtomaktabning litsenziya olish uchun berilgan murojaati IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan elektron tizim orqali qabul qilingan.

Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, avtomaktablarga litsenziya berish masalasi ijobiy hal qilindi.

Jumladan, 2025-yil 16-yanvar kuni “Vatanparvar” tashkiloti Muzrabot tuman o‘quv sport texnika klubiga, 17-yanvar kuni “Vatanparvar” tashkiloti Denov avtomaktabiga hamda Uzun o‘quv sport texnika klublariga litsenziyalar berildi. Xuddi shunday qolgan avtomaktablarga ham litsenziyalar berilmoqda.

Bundan tashqari, maʼlum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyatida ajratilgan yer maydonida tadbirkor tomonidan imtihon markazi hamda avtodromning qurilish ishlari olib borilayotganligi, qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilganda, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlar olish ishlari qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

17 Jan, 03:01


#bilasizmi

🚌 Qonunchilikka ko‘ra, yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning o‘ndan bir qismi (37 ming 500 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

➡️ Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

16 Jan, 15:04


#bilasizmi

❗️HAYDOVCHILARGA TAQIQLANADI!

📃 Vazirlar Mahkamasining 172-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l harakati qoidalari"ga ko‘ra,

Haydovchilarga harakatlanish tezligi bilan bog‘liq quyidagi harakatlar taqiqlanadi:

tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish;

zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;

yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.

➡️ Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

16 Jan, 03:03


#tezkor #diqqat
🟦🟦🟦🟦🟦
Cobalt uchun yana shartnoma ochiladi.

"Uz Auto Motors" 16 yanvar kuni soat 10:00 da "Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT" avtomobillari uchun yana shartnoma ochilishini e’lon qildi.

🇺🇿 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

16 Jan, 03:01


#bilasizmi

Ledga Jarima bor (mi?)

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

15 Jan, 14:20


#tezkor #diqqat

🔺 Avtomaktablarda o‘qish narxi oshdi: endi 3.900.000 so‘m o‘rniga 6.000.000 so‘m to‘laysiz!

Endilikda B toifasi (yengil avtomobillar) uchun o‘qitish o‘rtacha 6 million so‘mni, nufuzli avtomaktablarda esa 8-10 milliongacha! BC toifasi uchun (avtomobillar va yuk mashinalari) narxi taxminan 7,5 million so‘mni tashkil qiladi.

🔻 Bu imtihonlarni topshirish xarajatlarini hisobga olmaydi.

Prava olmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizni ogohlantiring - narxlar yanada oshishi mumkin

➡️ Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

14 Jan, 15:45


🎚️ Avtometrbot Premium xizmati obunachilari diqqatiga:

Do'stingiz uchun AvtoMetrbot Premium xizmatini 50 foizlik chegirma bilan sovg'a qiling! Buning uchun siz:

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Haydovchilik guvohnomasi olish uchun Avtotest markazidagi imtixon natijalari chiqgach imtixon markazi oldida AvtoMetrbot Premium xizmati haqida minnatdorchilik bildirib video qilib @avtometrbot_ustoz profiliga yuborsangiz, sizning hissiyotlaringiz muhim, ikki og'iz fikringiz bu AvtoMetrbot obunachilariga madad bo'lardi.

🔹 Ha aytgancha videoda qaysi do'stingiz haqida ham gapirib o'tishni unutmang.

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

12 Jan, 15:04


#foydali #bilasizmi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan boshlab “A” toifali haydovchilik guvohnomasisiz moped va skuterlarlarni boshqarish jarimaga sabab bo‘ladi

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

11 Jan, 15:06


#tezkor #bilasizmi #prava

🛵 Moped va skuterlarga davlat raqam belgilarini olish tartibi, hamda to‘lov miqdori bilan tanishib oling

❗️Endi skuterchilar ham prava va texpasport olishga majbur!

👉📲Bilim beruvchi telegram bot.

🚓 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Jan, 15:06


#savol_javob

🚘 YPX XODIMI JARIMADAN QARZINGIZ BO‘LSA AVTOMOBILINGIZNI JARIMA MAYDONCHASIGA OLIB KIRIB QO‘YISHGA XAQLIMI?

😀Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga asosan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi deb belgilangan.

🎮Ya’ni bu yerda sizning avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirish uchun 2 ta asos bo‘lishi kerak.

1. Sizga jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarimani to‘lanmagan bo‘lishingiz kerak. (jarimani to‘lashning 60 kunlik muddati o‘tmagan bo‘lsa ham olib kira olmaydi )

2. Transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi bo‘lishi kerak.

❗️ Ya’ni YPX xodimi og‘zaki gap bilan sizni qarzingiz bor ekan avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kiramiz deya olmaydi. Qachonki qo‘lida vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi bo‘lsagina avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi mumkin.

Qo‘lida qarori bo‘lmasa avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishiga yo‘l qo‘ymang. Jarima maydoniga olib kirish to‘g‘risidagi raxbarning yozma ko‘rsatmasini talab qiling.

🏠Rahbarning yozma ko‘rsatmasisiz avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi noqonuniy.

Avtoyuristga bog‘lanish👇
@yuristlar_maslahati

👉 @avtoyurist_uz

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Jan, 03:03


#savol_javob

📣 YPX XODIMI JARIMA YOZMASLIK UCHUN PORA OLSA NIMA QILISH KERAK?

📝 YPX xodimi bizdan jarimani yozmaslik uchun pul taklif qilganda va biz bu miqdordagi pulni naqd kôrinishida emas, balki click tôlov xizmati orqali tôlagan bôlsak agar. Bu holatda qanday ish tutsak bôladi. Ya’ni biz bu miqdordagi pulni undirib olsak bôladimi. Chunki YPX xodimining ham body camerasi ish faoliyatida emas edi va albatta birinchi navbatda ôzini haydovchiga tanishtirmagan. Men yôlovchi sifatida ishtirok etganman. Mening fikr va murojaatlarimni YPX xodimi tinglamadi va haydovchidan jarimani yozmasligi uchun pul talab qildi. Maslahat uchun oldindan rahmat.

📍JAVOB:

Bilasizmi, pora olish, pora berish va hattoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun ham jinoiy javobgarlik bor.

Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismiga ko‘ga ko‘ra pora olish - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu kodeksning 211-moddasi 1-qismiga muvofiq pora berish - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

E’tibor bering! Mazkur kodeksning 211-moddasi 4-qismiga asosan basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Demak, siz holat sodir bo‘lgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida prokuratura organlariga bo‘lgan voqea yuzasidan ariza bilan murojaat qiling. Agar siz pora berganingizga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsaniz javobgarlikdan ozod etilasiz.

Endi qarang! O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24 sentabrdagi 19-sonli «Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandiga binoan agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo‘lib, tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora predmeti tariqasida foydalanilgan bo‘lsa, ushbu mulk Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora predmeti sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

09 Jan, 03:02


#savol_javob
🟢 Jamoat transportlaridan talabalar imtiyozli transport kartasidan foydalanganda ulardan talabalik guvohnomasini so‘rash to‘g‘rimi⁉️

🔹Imtiyozli transport kartasi — avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatorining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan, shaxsiylashtirilgan transport kartasi bo‘lib, yo‘lovchiga jamoat transportida imtiyozli tarif asosida cheklanmagan miqdorda foydalanish huquqini kafolatlaydigan transport kartasidir (belgilangan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari).

🔸Imtiyozga ega bo‘lgan talaba transport kartasini sotib olish uchun, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan pasport nusxasi hamda, talabalik guvohnoma nusxasi talab etiladi.

➡️“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunining 25-moddasida yo‘lovchilarning majburatlari keltirib o‘tilgan. Ushbu moddaga muvofiq, transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishlari majburiy etib belgilangan.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Jan, 15:02


#savol_javob

❗️YO‘L-TRANSPORT HODISASI SODIR QILIB VOQEA JOYIDAN QOCHIB KETILSA NIMA BO‘LADI?

⚡️SAVOL;
"Avariya" sodir qilib, o‘sha joydan qochib ketgan shaxsga qanday chora ko‘riladi

⚡️JAVOB;
MJTKning 137-moddasiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Jan, 03:01


#savol_javob

Qanday hollarda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash mumkin?

🖥O‘zbekiston Respublikasining "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi 117-sonli Qonunining 16-moddasiga asosan,

❇️Noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida, tabiiy ofatlar, yong‘inlar yuz berganda, avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda, shuningdek ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda yo‘l tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bu haqda bildirgan, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish bilan xabardor qilgan hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda
✳️O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va
✳️O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega.

⭐️ Yo‘l tashkilotlari avtomobil yo‘llarining soz holatda bo‘lishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz o‘tishini ta’minlashi shart.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

07 Jan, 15:02


#savol_javob

JARIMAGA TORTILGAN HAYDOVCHILAR UCHUN JARIMANI IXTIYORIY TO‘LASHNING ENG UZOQ MUDDATI QANCHA ?

🔼JAVOB;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 332-moddasiga asosan, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi kerakligi belgilangan.

⚙️ Ya’ni, Siz avtomashinangizda jarimaga tushgan kuningizdan boshlab Sizda jarimani to‘lash uchun 60 kun yoki menga jarima noto‘g‘ri qo‘llangan deb tegishli joyga shikoyat arizasi bersangiz va o‘sha arizangiz qanoatlantirilmasa, arizangiz qanoatlantirilmadi deb Sizga xabar berilgan kundan boshlab 30 kun jarimani to‘lash uchun Sizda IXTIYORIY muddat bo‘ladi.

🎚️ Yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarning so‘ngi kuniga qadar GAI hodimlari Sizni yo‘lda to‘xtatib jarimangiz borligi sababli avtomashinangizni jarima maydoniga olib kirishga haqli emas.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

07 Jan, 07:00


#savol_javob
♻️Shtraflarim koʻpayib ketibdi, toʻlolmadim. MIB ga oshib, bugun sms keldi, moshinamga arest qoʻyilibdi. Shu qonuniymi?
2-savol: yoʻl chizigʻiga shtraf yozmayeptimi, shunaqa xabar kelgandi?

🔰1-savolingiz boʻyicha ushbu xatti-harakat toʻgʻri. Asos Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 291-moddasi hisoblanadi. Unga koʻra, Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasiga binoan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.

🔰2-savolingiz boʻyicha, haydovchilarning yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 128-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddu shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish-bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

07 Jan, 03:03


#savol_javob
❗️AVARIYA ISHORASI "AVARINKA" QANDAY HOLLARDA YOQILIShI KERAK ?

📄 Vazirlar Mahkamasining 172-son qarori bilan tasdiqlangan "Yoʻl harakati qoidalari"ga koʻra, burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.

❗️Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda;

fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda;

shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);

«Bolalarni tashish» taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.

❗️Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

04 Jan, 16:35


😎Hurmatli foydalanuvchilar AvtoMetrbot Premium xizmati uchun to'lovni boshqa raqamga emas, ushbu karta raqamiga to'lov qilishingiz so'raladi.

💳 9860 0609 4136 4295 raqamli A.Jumabaev nomidagi kartaga to‘lov qilib @avtometrbot_ustoz profiliga to‘lov chekni rasmini tashlab qo‘yishingiz kerak bo‘ladi, tez fursatda botdan to‘liq foydalanishingiz mumkinligi to‘g‘risida Sizga xabar boradi.

🚦 AvtoMetrbot Sizga foyda bera olganidan xursandmiz!

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Dec, 16:40


Kirib kelayotgan bayram bilan!

Yangi 2025-yilda obunachilaringiz soni keskin ortib borishini, qamrovlar koʻpayishini, sifatli faol auditoriyaga ega boʻlishingizni va, albatta, baxt va salomatlik tilab qolamiz.

Bizdan anʼanaviy sovgʻa — kanalingiz uchun bu yil qanday oʻtgani haqidagi maktub.

2025-yilda koʻrishguncha,
@TGStat jamoasi

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

27 Dec, 01:00


🧑🏻‍🚀 Har bir sayyorada qanday balandlikka sakray olishingizni namoyish etadigan qiziqarli video. Avtotest imtihonlariga qaysi "sayyorada" tayyorlanishingizdan qatiy nazar "AvtoMetrbot sayyorasida" bemalol sakrashingiz mumkin.

🚦 Barakali Juma yoki Aqlli xaridlar aksiyasi: Eng katta chegirmalar bilan yangi haydovchilik guvohnomasi olishga yana bir qadam qo‘ying!

⛳️ Faqat bugun AvtoMetrbot Premium xizmati 1 oylik to'lovi uchun 50% gacha chegirmalar faqat 3 nafar foydalanuvchi uchun taqdim etiladi.

Misol uchun:
• 50 ming so‘m to'lov qilib endi siz 2 hafta emas, balki 35 kun AvtoMetrbot Premium xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

🎁 Eng katta chegirmalar faqat bizda!
📌 Batafsil ma'lumot uchun: @avtometrbot_ustoz
📌 Spamlar uchun: @yhxbbuzbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

22 Dec, 15:02


#bilasizmi

😂 Moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va mazkur vositalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi joriy etilishidan maqsad nima...

⚙️ Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

22 Dec, 10:31


Live stream finished (31 minutes)

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

22 Dec, 10:00


Live stream started

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

22 Dec, 10:00


Live stream scheduled for

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

22 Dec, 09:44


https://t.me/AvtoMetro?livestream=bbfbf7c07b03d4d073

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

19 Dec, 17:02


👑 Avtotest nazariy imtixonlari bo'yicha savollaringiz bo'lsa bemalol bizdan so'rashingiz mumkin.

🚦 @AvtoMetrbot - Yo'l harakati xavfsizligi qoidalari bo'yicha bilim beruvchi bot.

Savol va takliflar yuzasidan:
@avtometrbot_ustoz

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

18 Dec, 15:00


#YHQ #bilasizmi

☀️Tashqi yorug'lik asboblaridan foydalanish...

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

18 Dec, 03:00


#YHQ #bilasizmi

🚖 Ruxsat etilgan to‘la vazn bu...

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

17 Dec, 03:00


#YHQ #bilasizmi

💻 Yo'lovchi

👑 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

15 Dec, 15:02


#YHQ #bilasizmi

Piyodalarning majburiyatlari

Ular yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida kesib o‘tishda transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan turib, ko‘rinishni cheklovchi, to‘xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to‘siq panasidan chiqmasliklari kerak.

⭐️ Yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni ko‘rish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish, hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

15 Dec, 03:00


#YHQ #bilasizmi

🌀 REVERSIV HARAKAT — yo‘l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor o‘rnatilgan bo‘lagida harakat yo‘nalishining qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi.

Shuningdek, Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng bo‘lakni egallashi kerak. Shu yo‘nalishdagi boshqa bo‘laklarda ham harakatlanishga ruxsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

13 Dec, 18:59


Hammamizga kun hayrli o'tdi deb o'ylayman, hurmatli AvtoMetrbot PREMIUM xizmati obunachilari safingiz yanayam kengayganidan bizning jamoa hursand. Bilimingiz ziyoda haydovchilik guvohnomasi hammangizga olish nasib qilsin.

💧 Aksiyaning chegirma muddati tugadi. Salomat bo'linglar.

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

13 Dec, 13:13


😄 Aksiya foydalanuvchilari 10 nafardan oshib ketdi, bilasiz bu sir emas, lekin hamma qatori Siz ham barakali juma kuni hali davom etyapti, bemalol chegirmadan foydalanishingiz mumkin.

👍 Chegirma bugun tungacha davom qiladi. Bemalol to'lov qilib, @avtometrbot_ustoz profiliga yuborishingiz mumkin.

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

12 Dec, 09:01


🚦 Barakali Juma yoki Aqlli xaridlar aksiyasi: Eng katta chegirmalar bilan yangi haydovchilik guvohnomasi olishga yana bir qadam qo‘ying!

🚦 Faqat bugun AvtoMetrbot Premium xizmati 1 oylik to'lovi uchun 50% gacha chegirmalar
🚦 Faqat 10 nafar foydalanuvchilarigina taqdim etiladi.

Misol uchun:
• 50 ming so‘m to'lov qilib endi siz 2 hafta emas, balki 30 kun AvtoMetrbot Premium xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

🎁 Eng katta chegirmalar faqat bizda!
🎚️ Batafsil ma'lumot uchun: @avtometrbot_ustoz
🎚️ Spamlar uchun: @yhxbbuzbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Dec, 11:59


#tezkor

🔹Ko'chalarda yangi yo'l belgisi...

Telegram | Instagram

Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring!

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

26 Nov, 02:20


AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣 pinned «E'tibor qilgan bo'lsangiz " 🆓 Imtihon topshirish" bo'limi hamma uchun ochiq, shu bo'limda o'zingizga tegishli yangi testlarni ham ishlashingiz mumkin. Bilasiz ushbu bot hech bir uzilishlarsiz 2 yildan ortiq muddatda VPS hostingga to'lov qilib kelindi. Bu…»

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

26 Nov, 02:20


E'tibor qilgan bo'lsangiz
" 🆓 Imtihon topshirish" bo'limi hamma uchun ochiq, shu bo'limda o'zingizga tegishli yangi testlarni ham ishlashingiz mumkin.

Bilasiz ushbu bot hech bir uzilishlarsiz 2 yildan ortiq muddatda VPS hostingga to'lov qilib kelindi. Bu mani oilamni rizqi edi. Shu rizqni rozi bo'lib 🚦AvtoMetrbot Premium xizmatidan foydalanmoqchi bo'lganlardan olmoqchimiz. Siz ham xizmatimizga rozi bo'ling.

Avtotest markazida imtixonni qayta topshirish narxi oldida 🚦AvtoMetrbot Premium xizmati juda arzon narx shunday emasmi?

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

24 Nov, 15:42


AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣 pinned «Assalomu alaykum, ismim Sarvarbek. 2022-yildan buyon dasturchimiz bilan birgalikda ushbu 🚦AvtoMetrbot takomillashtirib kelinmoqda. Bugundan boshlab Avtotest nazariy imtixonlari bo'yicha bilimli ustoz Baxtiyor Raxmonov bilan hamkorlikni tashkil qildik. Sizga…»

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

24 Nov, 15:42


Assalomu alaykum, ismim Sarvarbek. 2022-yildan buyon dasturchimiz bilan birgalikda ushbu 🚦AvtoMetrbot takomillashtirib kelinmoqda.

Bugundan boshlab Avtotest nazariy imtixonlari bo'yicha bilimli ustoz Baxtiyor Raxmonov bilan hamkorlikni tashkil qildik.

Sizga ham qiziq boʻlsa, Avtometrbot Premium xizmatiga hech tortinmasdan obuna boʻlavering!

⛳️ Obuna boʻlish: @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

23 Nov, 16:11


Ассалому алейкум. АвтоМетр бот орқали тестларни ечиб юрибман. Жудаям қулай. 20 та тестдан камида 2 та хато, асосан тўлиқ ечвоман. Тест марказига хали бормадим, сабаби вақт ажратомаяпман. Яна актив тайёрланишни бошладим. Мақсадим шу йилда права олиш.

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

23 Nov, 16:11


🤝 Gulmira Azatxanovnananing fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

12 Nov, 03:00


Chorrahadan uchinchi bo‘lib qaysi avtomobil kesib o‘tadi:

F1. Yashil avtomobil
F2. Qizil avtomobil
F3. Ko‘k avtomobil

@avtometrbot

🚦 Telegram | Instagram

Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring!

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

11 Nov, 03:00


Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta to‘xtashni talab qiladi?

F1. Faqat A
F2. Faqat Б
F3. Б va В
F4. Hammasi

🚦 Telegram | Instagram

Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

10 Nov, 03:00


Chorrahadan birinchi bo‘lib qaysi transport vositasi kesib o‘tadi?

F1. Yashil avtomobil
F2. Qizil avtomobil
F3. Ko‘k avtomobil

Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring!

🚦 Telegram | Instagram

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

09 Nov, 03:00


Ushbu “50” yozuvli yo‘l belgisi nimani bildiradi?

F1. Yo‘l yoki marshrut raqamini
F2. Yo‘lning ushbu qismida tavsiya berilgan tezlikni
F3. Yo‘lning ushbu qismida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni

Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring!

🚦 Telegram | Instagram

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

08 Nov, 03:01


Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

F1. Faqat A
F2. Faqat В
F3. A va Б

Videoni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring!

🚦 Telegram | Instagram

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

07 Nov, 03:00


#avtotest

Ko‘rsatilgan belgilardan qaysi biri ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga harakatlanishga ruxsat beradi?

F1. Faqat A va В
F2. Faqat В
F3. A va Б

🚦 Telegram | Instagram

Izohlarda javoblaringizni kutib qolamiz...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

04 Nov, 02:24


#avtotest

Chorrahada qaysi avtomobil yo‘l berishi kerak?

F1. Ko‘k avtomobil
F2. Qizil avtomobil

👉 Bilim beruvchi telegram bot.

🚦 @AvtoMetrbot

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

03 Nov, 17:13


#avtotest

Ushbu piyodalar o‘tish joyi chizig’i (qizil-oq zebra) qo’llaniladi?

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

31 Oct, 03:22


Assalomu Alaykum Avtometrbot jamoasi va Baxtiyor Rahmonov
Man Dilnoza sizlarning 10 kunlik online darsingizda qatnashdim natijalarim oldingidan ancha yaxshi imtixonda yiqilgan savollarimga shu yerdan javobini oldim
Imtihonga borib otishimga ishonaman
Bu online guruhni tashkil qiganlaga Avtometr jamoasiga alohida ustozimiz Baxtiyor Rahmonovga katta raxmat Alloh rozi bo’lsin qilgan mehnatilaga rozi bo’lilar 🤲

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

31 Oct, 03:22


🤝 Dilnoza Abduvaxitxodjayevnaning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

31 Oct, 03:20


🤝 Olimjon qizi Zulfizarning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

31 Oct, 03:20


Assalomu aleykum
Man Abdullaeva Zulfizar avtometr jamoasida 10kunlik online darsda qatnashib bilimlarimi yanayam mustahkamlab oldim va bu jamoaga kottakon rahmat etmohchiman. Avvalambor ustozimiz Baxtiyor aka Rahmonovga judayam kootta minnatdorchiligimni bildiraman bizaga erinmasdan testlani ipidan ignasogacha harbitta savolni sharhlab tushuntirib berdilar. Qilgan mehnatlariga Alloh rozi bosin ilohim. Asosiysi 20ta testtan 15- 16ta yechvoman uyda chaqalog'im bolganligi sababli 2-3ta darslarga kira olmadim lekin vahtim bolganda albatta yananayam yaxshi tayyorlanishga harakat qilvoman. Asosiysi bu online darslardan òzimga motivatsiya ham oldim.
Bu darslani tashkil qiganilaga kottakon rahmat etaman. Kelgusida imtihonga 100% tayyorlanib InshaAlloh òtib olaman degan umiddaman.
Hammaga tavsiya qilaman bu online kursni afsuslanmisila👍

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

29 Oct, 13:30


🤝 Maxmud qizi Madinaning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

29 Oct, 13:30


Assalomu Alaykum Avtometrbot jamoasi va Baxtiyor Rahmonov
Man Madina sizlarning 10 kunlik online darsingizda qatnashdim natijalarim Alhamdulillah oldingidan ancha yaxshi oldin testlarni tushunmay ishlagan bo’lsam hozir savollarni tushunib ishlavomman testi 18/20 yoki 20/20 yechvomman MashaAlloh
Imtihonga hali bormadim o’z ustimda ishlavomman
Bu online guruhni tashkil qiganlaga Avtometr jamoasiga alohida ustozimiz Baxtiyor Rahmonovga o’z minnatdorchiligimmi bildirib qolaman darslani bittadan tushuntirib o’tib berdila Alloh rozi bo’lsin qigan barcha mehnatilaga rozi bo’lilar 🤲

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

29 Oct, 08:59


🤝 Abdulaziz qizi Shahodatning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

29 Oct, 08:45


🤝 Lochinoy Abduganiyevnaning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Oct, 15:11


🤝 Bahodir qizi Shaxzodaning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Oct, 15:04


🤝 Ahmadjon qizi Oyshaxonning fikrlari...

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Oct, 15:04


Assalamu alaykum avtometro bot jamoasi va Ustoz Bahtiyor Rahmanov, men Andijondan oʻquvchingiz Oyshaxon, sizning 1 oktyabrdan 12 oktyabrga qadar onlayn darslaringizda oqidim. Natijalar kutganimdan a'lo alhamdulillah.
Zoomda o'tkazilgan darslar qiziqarli va tushunarli bo'ldi, testlarni tushunib ishlayapman hamda guruhdagi video darsliklardan haliyam foydalanayapman. Testlarda uchragan murakkab savollarni oson yechimini (sirini) ochib berganligingizdan mamnunman.
Avto maktabda deyarli oʻqimaganman, lekin sertifikatim bor, avval imtihonga bormaganman, hozirda talaba bolganligim sababli haydovchilikga imtihonga tayyorgarlik uchun vaqtim cheklangan, test imtihonlariga tayyorgarligim 16\20, noyabr oyini oʻrtalariga imtihon topshirmoqchiman.

Onlayn bepul dars haqida fikr bildiradigan bolsam, dars mobaynida Bahtiyor ustoz haydovchilikdan bilish darajamni (testdan 4\10 edim) zoom orqali suhbatlashganimizda yaxshi angladilar, ko'proq testlardan savol berib individual shugullandilar, domlani har tarafdan hurmat qildim agar yaqin bo'lganida albatta oflayn darslarida ham qatnashardim👍

Bizga bergan bilimlariz uchun Alloh ajrlantirsin domla, sizni va jamoangizni kelgusi ishlaringizda ham omad va rivojlar tilayman.
Bergan maslahat va tavsiyalaringizga tayanib tayyorgarlik korayapman, yaqin kunlarda yaxshi yangilik bilan yana sizga yozish umididaman, Alloh nasib bergan bilimlarizni oqlash harakatidamiz 🤲

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Oct, 10:40


🤝 Otabek Olimovichning fikrlari...
AvtoMetrbot 10 kunlik onlayn kursni tugatganidan keyin hali imtihon topshirmaganlar, endilikda topshirgach yakuniy xulosalarini kutib qolamiz!

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

28 Oct, 09:22


🤝 Oybek o'g'li Dishodbekning fikrlari. Siz bilan ishlaganimizdan xursandmiz!

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

27 Oct, 13:46


AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣 pinned «🚦 Har soatda test ushbu guruhga yuboriladi. Test savollari aralash kelish navbati mukallashtirildi. 👉 @avtometr_guruh»

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

27 Oct, 13:46


🚦 Har soatda test ushbu guruhga yuboriladi. Test savollari aralash kelish navbati mukallashtirildi.

👉 @avtometr_guruh