Aloqa - LIVE @aloqapress Channel on Telegram

Aloqa - LIVE

@aloqapress


https://t.me/aloqabank

PR | CSR | CorpComms | Media

Qiziqarli faktlar, foydali iqtiboslar, IT, texnologiyalar, mintaqaviy startap ekotizimi haqida ma'lumotlar va bank sohasiga oid yangiliklar.

Aloqa - LIVE (Uzbek)

Aloqa - LIVE nomli Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalda sizni sovg'a, texnologiyalar, mintaqaviy startap ekotizimi haqida foydali ma'lumotlar va aloqabank sohasiga oid yangiliklar kutuvchi. Aloqabank PR & COMMS firmasi tomonidan boshqariladi va sizga qiziqarli faktlar va iqtiboslar bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan. Kanalimiz IT sohasidagi eng so'ngi yangiliklarni ham taqdim etadi. Bizga qo'shiluvchi bo'ling va biz bilan aloqada qoling - aloqapress Telegram kanali.

Aloqa - LIVE

29 Jan, 16:13


Maxsus reportaj | Qoraqolpogʻiston Respublikasi, Nukus shahrida Startup Garage filiali ishga tushirildi.

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

28 Jan, 08:32


🚀Bugun, 28-yanvar kuni Startup Garage'ning Nukus filiali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz: mazkur loyiha Qoraqolpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.

Manzil:
230100, Qoraqolpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Islom Karimov koʻchasi 102-uy

Batafsil: Startup Garage

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Nukus #Qoraqolpogʻiston

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

28 Jan, 08:22


🔰O‘zbekiston Respublikasi Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan, barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz!

🗂️1992-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilgan va shundan beri mamlakatimizdagi muhim vazifalarni bajarishda beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.

🚩Hozirgi zamon texnika va texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, Davlat feldyegerlik xizmati o‘zining ishonchliligi va muhim ahamiyati bilan hali ham mamlakatimiz aloqa tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda.

📢Hurmatli xizmat xodimlari, sizlarning fidoyi mehnatingiz, mas’uliyatingiz va kasbga sadoqatingiz barchamiz uchun o‘rnakdir. Davlatimiz kelajagi va rivoji yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli xizmatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz!

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

27 Jan, 12:45


😃 Startup Garage Buxoro filiali ochilish marosimidan video reportaj.

❗️Eslatib o'tamiz: mazkur loyiha Buxoro viloyati, Buxoro shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.

📍Manzil: 200114, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Zulfiya koʻchasi, 20-uy

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Buxoro

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

27 Jan, 10:43


🤝 Namanganda "Loyihalar yarmarkasi" o'tkazildi

👫 Aholining ishbilarmonlik qobiliyatini va moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida AloqaBank Namangan HKXKM tashabbusi bilan Namangan tumanidagi Kasbiy ko'nikmalar markazida "Loyihalar yarmarkasi" tashkil etildi.

"Loyihalar yarmarkasi" doirasida ishtirokchilar o'z biznes-loyihalarini taqdim etish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo'llari bo'yicha maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Tadbirda tijorat banklari va mahalliy tadbirkorlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida bir qator istiqbolli loyihalar muhokama qilindi va amaliy takliflar ilgari surildi.

👨‍💼 Shuningdek, tadbir davomida AloqaBank mutaxassislari tomonidan ishbilarmonlar uchun bank xizmatlari va kredit liniyalari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berishdi. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus moliyaviy mahsulotlar haqida tushunchalar berildi.

💡Tadbirkorlik sari ilk qadamni bugun tashlang – ertangi muvaffaqiyatingiz poydevorini yaratish vaqti keldi!

#LoyihalarYarmarkasi #AloqaBank

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

27 Jan, 08:50


😃 Startup Garage Navoiy filiali ochilish marosimidan video reportaj.

Eslatib o'tamiz: mazkur loyiha Navoiy viloyati, Navoiy shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.

Manzil:
210605, Navoiy viloyati, Karmana tumani, Talqoq MFY, Toshkent ko'chasi 330-uy.

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Navoiy

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

25 Jan, 10:32


👤 O‘zbek startapi Coozin CNN’ning "Marketplace Central Asia" dasturida taqdim etildi!

🍳Ma’lumot uchun ushbu loyiha "mahallabay" ishlash tizimi doirasida AloqaBank tomonidan oshirilgan bo’lib, o‘z uyida tayyorlangan ovqatlarni sotish uchun mo‘ljallangan raqamli platforma. Loyiha mikro-ishbilarmonlar va mustaqil tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan.

🍔 Coozin yordamida xonadon bekalari o‘z uyida tayyorlagan ovqatlarini onlayn savdoga chiqara oladilar. Platforma ularni soliq qo‘mitasi va moliyaviy institutlar bilan integratsiya qilgan holda, elektron to‘lov va yetkazib berish tizimlarini ham taqdim etadi. Shuningdek, AloqaBank vendorlarga (platformaga a'zo bo'lgan tadbirkor ayol) bank hisoblarini ochishda va moliyaviy xizmatlardan foydalanishda yordam beradi.

⚡️ O‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

⚡️Kunlik menyu kartalar tuzish, foto va video materiallar tayyorlash, SMM va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha kompleks dastur;

⚡️Zamonaviy texnologiyalarga integratsiya qilishda yordam;

⚡️Mustaqil tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish va bank hisoblarini ochishda yordam;

⚡️Korporativ buyurtmalarni jalb qilib, raqamli kanallar orqali vendorlarni targ‘ib qilish.

🚀Mazkur e’tirof mahalliy startaplarimiz uchun faxrli lahza bo‘lib, O‘zbekistonning tadbirkorlik ekotizimining ulkan salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

22 Jan, 11:00


🏛 Samarqand Startup Garage filialining ochilish marosimidan video lavha.

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Samarqand

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

22 Jan, 06:46


🚀 Yangi g‘oyalar va imkoniyatlar markazi

🙌 Bugun, Navoiy shahrida Startup Garage’ning yangi filiali ochildi. Bu maskan kelajak startapchilar uchun ilhom manbai bo‘lib, innovatsion fikrlar va yangi loyihalarga eshik ochadi.

‼️Tadbir davomida ishtirokchilar startap dunyosi haqida kerakli bilimlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan yoshlar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, ekspertlar bilan loyihalarining keyingi bosqichlari va rivojlanish mexanizmlarini muhokama qilishdi.

Yangiliklar va tadbir tafsilotlarini kuzatib boring!

Batafsil: Startup Garage

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Navoiy

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

21 Jan, 14:25


🖼"Loyihalar yarmarkasi" Buxoro viloyati Peshku tumanida o‘z ishini boshladi!

🙌 Aholining ishbilarmonlik qobiliyatini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida AloqaBank Buxoro HKXKM tashabbusi bilan Peshku tumanidagi Musiqa maktabida "Loyihalar yarmarkasi" tashkil etildi.

↔️Tadbirda o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish niyatida bo‘lgan fuqarolar o‘z loyihalarini taqdim etdilar.

↔️ Har bir mahallaga mas'ul bo‘lgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni batafsil ko‘rib chiqib, ularning amalga oshishiga yordam berildi.

💡Tadbirkorlik sari ilk qadamni bugun tashlang – ertangi muvaffaqiyatingiz poydevorini yaratish vaqti keldi!

#LoyihalarYarmarkasi #AloqaBank #BiznesniQo‘llabQuvvatlash

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

21 Jan, 12:50


Texnologiya va innovatsiyalar markazida yangi imkoniyatlar!

🗺 Navoiy – O‘zbekistonning sanoat va texnologik yuragi bo’lib endi bu shahar startap ekotizimi uchun ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 22-yanvar kuni Startup Garage’ning Navoiy filiali tantanali ravishda ochiladi!

🗓Sana: 22-yanvar;
Vaqti: 10:00;
📍Manzil: Navoiy shahri, Ibn Sino ko‘chasi 45-uy, Navoiy davlat pedagogika instituti.

🚀Startap g‘oyangiz bormi? Unda uni namoyish qilish uchun ariza topshiring!

Batafsil: Startup Garage

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Navoiy

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

21 Jan, 05:58


🚀Ayni damda Startup Garage'ning Samarqand filiali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Yangiliklar va tafsilotlarni kanalimizda kuzatib boring!

Batafsil: Startup Garage

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Samarqand

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

20 Jan, 14:22


HUDUD | “AloqaBank” Surxondaryo HKXKMda “Startup Garage” innovatsion markazi faoliyatini boshladi

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

19 Jan, 08:13


Maxsus reportaj | “AloqaBank”Qashqadaryo HKXKMda “Startup Garage” innovatsion markazi faoliyat boshladi

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

18 Jan, 10:50


🚀Startup Garage filialining Termiz shahrida bo’lib o’tgan ochilish marosimidan foto lavhalar.

Eslatib o'tamiz:
mazkur loyiha Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.

Manzil:
190110, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 9a-uy

💬Startap loyihangiz bilan qatnashmoqchimisiz:
Ariza topshiring

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Surxondaryo

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

18 Jan, 04:46


📈 Navoiy shahrida “Loyihalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

“Ishga marhamat” monomarkazida AloqaBank boshchiligida tashkil etilgan ko‘rgazma davomida bankimiz tomonidan amalga oshirilayotgan mikroloyihalar, innovatsion mahsulotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar keng yoritildi.

💭 Navoiy shahridagi mahallalarda 2024-yil davomida AloqaBank Navoiy Hududiy kompleks xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 30dan ortiq mikroloyihalar amalga oshirildi. 2025-yilda yanada ko'proq yangi mikroloyihalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

🏡 AloqaBank nafaqat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, balki mahalliy aholi farovonligini oshirish yo‘lida barqaror va samarali tashabbuslarni amalga oshirishda davom etadi!

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

16 Jan, 14:20


🫥 Startup Garage ofisining ochilishi va loyihalar taqdimoti

🚀Qarshi shahrida Startup Garage innovatsion markazining yangi filiali ochilishidan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish va IT eksport imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

👨‍💼 Bugungi kunga qadar Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan bo‘lsa, endilikda bu imkoniyatlar Qashqadaryo yoshlari uchun mavjud. Qarshi shahrida joylashgan yangi filial yosh tadbirkorlar uchun texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

📇 Tadbir doirasida kelib tushgan 20dan ortiq loyihalardan 11 ta startap taqdimot natijalariga ko'ra tanlab olindi. Ular — IT, tibbiyot, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, transport va innovatsion qurilmalar yo‘nalishida faoliyat olib boradilar.

⭐️Taqdimot yakunida rezidentlikka qabul qilingan startap asoschilariga maxsus sertifikat topshirildi. Ushbu sertifikat ularga markazda bepul o‘qish, mentorlik dasturlarida ishtirok etish va startap rivojlantirish bo‘yicha ko‘mak olish imkoniyatini taqdim etadi.

Batafsil: Startup Garage

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar #Qashqadaryo

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

04 Dec, 14:54


👤 AloqaBank mijozlari uchun yangi qulayliklar.

🙌Navoiy shahridagi Mahmud Тarobiy ko‘chasida joylashgan AloqaBank Navoiy shahar kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazining yangi binosi rasmiy ish faoliyatini boshladi. Markazda yuridik va jismoniy shaxslar uchun barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatiladi.

🏅Binoning ochilish marosimi doirasida markazning faoliyat yo‘nalishlari, mijozlarga taklif etilayotgan xizmatlar va zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan qulayliklar taqdimot qilindi. Bu yangi markazning ish boshlashi bank xizmatlarining sifatini oshirish, aholining moliyaviy ehtiyojlarini yanada samarali qondirish va mijozlar bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

04 Dec, 05:03


Aql va strategiya bellashuvi.

Joriy yilning 2-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi
hamda AloqaBank tomonidan tashkil etilgan aloqa sohasi xodimlari o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

🤝Tadbir Xalqaro shaxmat akademiyasida tashkil etilib aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar, xususan yosh mutaxassislarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va ularning aqliy sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.

🖼 Musobaqa jarayonida xodimlar o‘zaro bellashib, o‘zlarining aqliy va strategik fikrlash mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur turnirda g'olib bo'lganlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

03 Dec, 12:57


🍯“Asal bayrami va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi"dan video reportaj.

📍Eslatib o'tamiz: mazkur ko'rgazma “Anhor-Lokomativ” bog‘i hududida 10-dekabrgacha bo'lib o'tadi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

03 Dec, 09:17


🍯Toshkent shahridagi “Anhor-Lokomativ” bog‘i hududida O’zbekiston savdo-sanoat palatasi, AloqaBank va Oʻzbekiston asalarichilari uyushmasi hamkorligida “Asal bayrami va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi" o‘z faoliyatini boshlagan.

🐝Ko’rgazma-yarmarkasi doirasida respublikamizning barcha viloyatlaridan 300 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar va sohaning ilg‘or 1500 ga yaqin mahalliy va xorijiy vakillari qatnashmoqda (Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlaridan ilmiy tadqiqot institutlarining olimlari, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar).

🐝Тadbirdan ko’zlangan maqsad asalarichilikda erishilgan yutuqlarni namoyish etish, asalarichilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yangi, zamonaviy texnologiyalar hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, aholiga sifatli asal va asalarichilik mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berishdan iborat.

↕️Ushbu ko‘rgazma mamlakatning agrar hayotida muhim voqea bo‘lib, asalarichilikni rivojlantirish, mahsulot sifatini yaxshilash va sohada yangi imkoniyatlarni ochishni ko'zlamoqda.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

24 Nov, 04:01


“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida AloqaBank jamoasini ishtiroki. Foto lavhalar.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

24 Nov, 04:01


👤 Jismoniy tayyorgarlik — sog‘lom hayot kaliti!

Toshkent shahrida joylashgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda O’zbekistonning barcha tijorat banklari vakillari, shu jumladan, AloqaBank jamoasi ham faol ishtirok etdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PQ-5148-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

AloqaBank jamoasi a’zolari quyidagi sinovlarni uddaburonlik bilan bajarishdi:
- Turgan joydan uzunlikka sakrash;
- Yugurish (200m, 600m, 1000m, 3000m)
- Qo‘llarni cho‘zib turib-o‘tirish;
- Arg‘imchada sakrash;
- Gimnastika urindigiga tayangan xolda kullarni bukib yozish;
- Yerga tayanib qo‘llarni bukish va boshqa turli xil mashqlar.

Sport tadbirida ishtirok etish AloqaBank jamoasi uchun nafaqat sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni namoyish etish, balki jamoa ruhini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Yakuniy natijalar haqida tez orada sizni xabardor qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

21 Nov, 09:31


🖋 SNS Ratings tomonidan O‘zbekistondagi banklarning mobil ilovalarini oktabr oyi uchun reytingi tuzib chiqildi. 

👤 Mazkur ro'yhatda AloqaBankning Zoomrad mobil ilovasi foydalanuvchilar uchun qulayligi jihatidan umumiy 88,34 bal to'plab — AA-Namunali ko'rsatkichiga erishdi.

✔️ Ma'lumot uchun: Zoomrad mobil Ilovasi yordamida istalgan amaliyotlarni bankga tashrif buyurmasdan ham amalga oshirish imkoniyati mavjud.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

21 Nov, 08:46


🏦Moliyaviy maslahat va xizmatlar uchun AloqaBank bilan tezkor bog‘lanish aloqa vositalari.

Kun davomida biz bilan bog‘lanib, bank xizmatlari, mahsulotlar haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. Har qanday savolingizga javob olish yoki xizmatlarimizdan foydalanish uchun sizga bir nechta qulay aloqa vositalarini taklif etamiz:

📞 Murojaat uchun telefon raqamlarimiz:
Kontakt markazi: +998 71 230 7777
Ishonch telefoni: +99871 230 4444

💡Messenjer yoki timoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring va biz bilan bog‘laning:

📌Telegram kanal: https://t.me/aloqabank
📌AloqaBank ijtimoiy hayoti to'g'risida telegram kanal: https://t.me/aloqapress
📌Telegram boti: @aloqabanksavolbot
📌Facebook: https://facebook.com/aloqabank
📌Instagram: https://instagram.com/aloqabank_official
📌YouTube: https://youtube.com/@JSCAloqaBank

📱Bank mobil ilovasi – Zoomrad:
Balansingizni tekshiring, kerakli to‘lovlarni amalga oshiring, omonat va kreditlaringizni oson boshqaring. Ilovani yuklab olish: https://zoomrad.uz/

📍Hududiy kompleks xizmatlar ko'rsatish markazlarimiz:
Agar bankga shaxsan kelish istagida bo'lsangiz, biz respublikaning barcha hududlaridagi markazlarimiz orqali xizmat ko‘rsatamiz, batafsil - https://aloqabank.uz/uz/branches/

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

18 Nov, 15:10


👤 Mirzo Ulug‘bek tumanida yashil hududlar kengaytirilmoqda.

👫Mirzo Ulug‘bek tumani “Ijodkor” va “Iqtidor” mahalla fuqarolar yig‘inida AloqaBank tomonidan, yashil meros bo’lmish ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat.

🌲Tadbir davomida jami 300 dan oshiq turli xil ko‘chatlar ekildi. Xususan, to‘rt turdagi daraxt ko‘chatlari tanlanib, hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos holda joylashtirildi. AloqaBankning ushbu tashabbusi nafaqat ekologik barqarorlikni ta'minlashga, balki bank xodimlari va mahalla ahli o‘rtasidagi birdamlik va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

🌳“Yashil Makon” loyihasi haqida qisqacha:
Mazkur loyiha O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshirilib, har bir hududda yashil landshaftni yaratish, yangi daraxtlar ekish va atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Ushbu dastur nafaqat ekologik muammolarni hal etadi, balki keyingi avlodlarga toza va yashil muhitni qoldirishga xizmat qiladi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

18 Nov, 05:00


🇺🇿18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN.

🖋Bugungi sana O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun bo’lib, xalqimizning milliy ramzlari tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. 1991-yil 31-avgustda mamlakatimiz o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng, 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida davlatimiz bayrog‘i haqidagi qonun qabul qilindi. Davlat bayrog‘i xalqimizning mustaqilligi, erkinligi, tinchligi va barqarorligining timsoli bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz va boy tariximizning yorqin ifodasidir.

🇺🇿Har bir vatandoshimiz uchun davlat bayrog‘i ona yurti va milliy qadriyatlarining ulug‘ ramzi hisoblanadi. Davlatimizning tinchligi va farovonligi bardavom bo‘lsin. Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimizning qudrati va buyuk kelajagini butun dunyoga namoyon etaversin!

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

15 Nov, 10:54


👤AloqaBank va JICA ekspertlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

🖋Joriy yilning 15-noyabr kuni AloqaBank Bosh ofisida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlari ishtirokida ekologik va gender asoslarini bank jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminar davomida JICA mablag‘lari hisobidan tadbirkorlarga kreditlar ajratish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, kredit portfelining risklarini baholash hamda muddati o‘tgan kreditlar bilan ishlash usullari muhokama qilindi.

↔️ Tadbir davomida xalqaro ekspertlar o‘z tajribalarini ulashib, xodimlarning ijtimoiy, ekologik va gender omillarini bank faoliyatiga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Ushbu seminar AloqaBank xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mijozlar uchun yanada sifatli
moliyaviy xizmatlarni taqdim etishda navbatdagi yo‘nalish.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

14 Nov, 04:42


🧠“InnoWeek-2024” — “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar”

🧠14-16-noyabr kunlari poytaxtimizda “InnoWeek-2024” — Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo’lib o’tadi. Haftaligda ilk marotaba xorijda ilm-fan bilan shug’ullanayotgan va faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan davra suhbati tashkil etiladi. Shuningdek tashkil etilgan ko’rgazma doirasida AloqaBank ham informatsion stendi bilan qatnashmoqda!

Haftaligning rasmiy ochilish marosimi bugun soat 10:00 da O’zexpomarkazda bo’lib o’tadi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

12 Nov, 11:51


👫Ochiq muloqot: kichik biznesga yangi imkoniyatlar.

👤 AloqaBank rahbariyati hamda Mirzo Ulug'bek tuman hokimligi vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirkorlarning sohadagi dolzarb muammolari o‘rganilib, ularning takliflari tinglandi.

📈Uchrashuv davomida ishtirokchilar mavjud muammolarni ochiq-oydin muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish, kredit olishda uchraydigan qiyinchiliklar, biznesni kengaytirishda duch kelinadigan to‘siqlar kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

👝Shuningdek AloqaBank tomonidan tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-312-sonli qarori va PF-109-sonli Farmoni doirasida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida keng tushuncha berildi. Ular uchun imtiyozli kreditlar ajratish, biznesni boshlash va rivojlantirishga yordam beradigan faktoring xizmatlari kabi imkoniyatlar taqdim etildi. Ushbu qarorlar doirasida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, jumladan, qulay kredit shartlari bo‘yicha keng qamrovli ma'lumot berildi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

11 Nov, 13:52


✍️Startaplar uchun venchur sarmoyalar.

⚡️ Seminarning keyingi bosqichida venchur fondlarini investitsiyalashning turli mexanizmlari haqida batafsil tushuntirish berildi. Davron Parmonov venchur fondining rivojlanish bosqichlari va uning faoliyatiga oid muvaffaqiyatli na'munalardan misollar keltirdi. Venchur fondlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular kelajakdagi loyihalar uchun katta mablag‘ ajratish va ularni qo‘llab-quvvatlashda katta rol o‘ynaydi. Ularning bosh maqsadi yuqori daromad keltiradigan startaplarni qo‘llab-quvvatlash va keng miqyosda foyda olishdir.

📝Seminarning so‘nggi qismida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi. Bu sessiya ishtirokchilarga venchur investitsiyalar va startaplar bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olish, mavjud savollariga mutaxassislar tomonidan javob olish imkoniyatini berdi. Shuningdek, tadbirda qatnashganlar bir-birlari bilan fikr almashib, kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

11 Nov, 13:51


⚡️ Venchur investitsiyalar va startaplar bo‘yicha seminar.

👤 AloqaVentures va Startup Garage hamkorligida tashkil etilgan “Startaplarga venchur investitsiya kiritish” o‘quv seminari startap ekotizimi, venchur investitsiyalar va bu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan yangiliklarga qiziqqan ko‘plab ishtirokchilarni bir joyga jamladi. Seminarda sohaning yetakchi mutaxassislari, jumladan Startup Garage asoschisi Muhammad Halil, AloqaVentures rahbariyati, Sturgeon Capital boshqaruv direktori Alijon Ravshanov hamda Plug And Play sobiq loyiha menejeri Iskandar Qurbonov ishtirok etib, startaplar va venchur sarmoyalar haqidagi qimmatli bilimlarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdilar.

🙌 Seminarning birinchi qismida startaplarning an’anaviy biznesdan qanday farq qilishiga e’tibor qaratildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, startaplar tez o‘sish potensialiga ega bo‘lib, innovatsiyalar asosida shakllanadi va katta miqdordagi kapitalni talab qiladi. Bu esa ularni klassik korxonalardan ajratib turadi. An’anaviy bizneslar barqaror daromad olishga mo‘ljallangan bo‘lsa, startaplar o‘z faoliyatini rivojlantirish va yangi bozorlarni zabt etish uchun katta xavflarni o‘z ichiga oladi. Ushbu farqlar investorlar uchun startaplarga qiziqishni oshiradi, chunki ularning muvaffaqiyatli bo‘lishi investitsiyalarni katta daromad bilan qaytarishi mumkin.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

11 Nov, 05:16


🙌 11-noyabr — O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni muborak bo'lsin!

✍️ Qadrli hamkasblar, hurmatli kasaba uyushmasi a’zolari va faollari Sizlarga samimiy minnatdorchilik va chuqur ehtirom izhor etamiz. Kasaba uyushmasi — bu shunchaki odamlarning birlashtiruvchi manbai emas, balki har birimizni himoya qiluvchi, eshituvchi va ertangi kunga ishonch bag‘ishlaydigan mustahkam va do‘stona oila. Sizning fidoyiligingiz va professionalligingiz sabab har birimiz o‘z manfaatlarimiz himoya qilinadigan, ehtiyoj va istaklarimiz inobatga olinadigan muhitda ishlay olamiz.

💠 Aloqabank Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari, Sizlarga tilagimiz — ko‘plab yutuqlar va yorqin g‘alabalar, yoningizda doimo ishonchli hamkasblar va do‘stlar bo‘lsin. Bayramingiz bilan, qadrli hamkasblar!

👤 Samimiyat va hurmat bilan,
AloqaBank jamoasi.


🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

01 Nov, 07:28


👤 Hurmatli obunachilarimiz 2024-yil 1-noyabrdan boshlab, AloqaBank tomonidan taqdim etilgan Zoomrad mobil ilovasida kartadan kartaga pul o'tkazmalari (P2P) shartlariga o'zgartirishlar kiritildi.

💳 Bir akkauntga biriktirilgan va bir mijozga tegishli bo'lgan AloqaBank kartalari o'rtasida amalga oshiriladigan barcha o'tkazmalar komissiyasiz bajariladi.

Kartadan kartaga pul o'tkazmalari uchun belgilangan komissiyalar haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi havolani bosing.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

31 Oct, 10:15


💵31-oktabr — Butunjahon Jamg‘arish kuni.

💵Bu kun insonlarni moliyaviy xabardorlikni oshirish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun mablag‘larni tejash ahamiyatini eslatib turadi. AloqaBank jamg‘arishning foydalari haqida yodga solib har bir mijozini kelajak uchun xavfsiz moliyaviy poydevor yaratishga undaydi.

👤Tejash bilan bog‘liq rejalaringizni amalga oshirishda AloqaBank ishonchli hamkoringiz bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakdagi rejalaringizga erishishingiz uchun biz turli xil omonatlarni taqdim etamiz.

⚡️Shuningdek, mijozlarimizga pulni jamg‘arish uchun quyidagi 7 muhim qoidaga e'tibor qaratishni eslatib o'tamiz:

1. Ma'lum bir maqsad qo‘ying. Pul yig‘ishdan oldin, nimaga jamg‘arayotganingizni aniqlang: u uy, avtomobil, ta'til yoki favqulodda holatlar bo‘lishi mumkin. Maqsad bo‘lsa, jamg‘arish ham osonroq bo‘ladi.

2. Xarajatlar rejasini tuzing. Har oylik daromadingiz va xarajatlaringizni yozib boring. Shunda qayerda tejash mumkinligini ko‘rasiz va qancha mablag‘ni jamg‘arish kerakligini bilib olasiz.

3. Daromadning kamida 10 foizini jamg‘aring. Har oylik daromadingizning 10 foizini jamg‘arishga ajrating. Bu kichik qadamdek tuyulsa ham, vaqt o‘tgan sari jamg‘armangiz katta summaga aylanadi.

4. Favqulodda holatlar uchun jamg‘arma yarating. Kutilmagan vaziyatlar (kasallik, ishdan bo‘shash) uchun uch oylik daromadga teng mablag‘ saqlab qo‘ying. Bu, har qanday holatda, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi.

5. Kichik xarajatlarni nazorat qiling. Har kuni kichik xarajatlarga e’tibor bering. Masalan, ortiqcha qahva yoki tez tayyorlanadigan taomlar uchun ketadigan pullarni kamaytirish orqali yil oxirida sezilarli summani yig‘asiz.

6. Avtomatik jamg‘arma tizimidan foydalaning. Bank hisob raqamidan har oy jamg‘arma hisobiga avtomatik pul o‘tkazishni yo‘lga qo‘ying. Bu yo‘l bilan jamg‘arma jarayoni ancha oson va izchil bo‘ladi.

7. Sarmoyalar haqida o‘ylab ko‘ring. Tejashdan tashqari, pulingizni foyda keltiruvchi sarmoyaga kiritish orqali ko‘proq jamg‘arishingiz mumkin. Sarmoya qilish moliyaviy imkoniyatlaringizni kengaytiradi.

⚡️ Ushbu qoidalar yordamida jamg‘armangizni samarali va izchil oshirib borishingiz mumkin.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

30 Oct, 14:46


⚡️ Venchur investitsiyalar va startaplar uchun imkoniyatlar!

📝Joriy yilning 9-noyabr kuni Startup Garage platformasida eng yirik venchur fondlar vakillari ishtirokida eksklyuziv seminar o‘tkaziladi. AloqaVentures, Sturgeon Capital, UzVC va Uzcard Ventures kabi tashkilotlar vakillari venchur investitsiyalar va startaplarni rivojlantirish haqida so‘z yuritishadi.

📝Ushbu seminar tadbirkorlar, startapchilar va investitsiya qilishni istovchi barcha uchun noyob imkoniyatdir! Seminarga qo‘shiling va venchur sarmoyadorlarning maslahatlari bilan tanishing.

Sanasi: 9-noyabr, soat 11:30 - 16:00 

📍Manzil: Startup Garage

📝Ro’yxatdan o’tish

📞+998781137172

Batafsil: https://t.me/startupgarage_uz/236

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

30 Oct, 13:31


👤 AloqaBank biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga faktoring xizmatini taklif etmoqda. Bu xizmat orqali mijozlar o‘z mablag‘larini erta olish imkoniga ega bo‘lib, moliyaviy oqimlarini yanada samarali boshqarishlari mumkin. Faktoring, ayniqsa, vaqt va likvidlikka ehtiyoj sezadigan tadbirkorlar uchun qulay yechim bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️Xizmat shartlari:
Miqdori — shartnomaga asosan;
Diskont foiz stavkasi — 10%;
Muddati — 90 kungacha.

📝Faktoring xizmatidan foydalanish uchun qo‘shimcha talablar:

*Doimiy pul oqimi: Mijoz korxonaning barqaror moliyaviy oqimga ega bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, kredit xavfini kamaytirishga yordam beradi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.

*AloqaBankda asosiy hisobraqam mavjudligi: Xizmatdan foydalanish uchun mijozning asosiy hisob raqami AloqaBankda ochilgan bo‘lishi lozim.

*Milliy valyutada mablag‘ ajratilishi: Faktoring mablag‘lari milliy valyutada, ya’ni so‘mda taqdim etiladi.

*To‘lovchining muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi: Faktoring xizmatidan foydalanish uchun to‘lovchi tashkilotda muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi talab qilinadi.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

28 Oct, 07:16


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

27 Oct, 12:51


Xorazm viloyatida o‘tkazilgan 2024-yilgi “Hokim kubogi” musobaqasidan foto lavhalar.

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

27 Oct, 12:51


🏆 HOKIM KUBOGI – 2024 YIL

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan 2024-yilgi “Hokim kubogi” musobaqasida tijorat banklari va Markaziy bankning Xorazm viloyati bosh boshqarmasi jamoalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. AloqaBank Xorazm HKXKM jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!

Natijalar:

🥇 AloqaBank — 1-o‘rin
🥈 Xalq Bank — 2-o‘rin
🥉 Mikrokreditbank — 3-o‘rin

AloqaBankning barcha xodimlari va sportchilarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Jamoamiz o‘zining birdamligi, kuch-g‘ayrati va qat’iyatini yana bir bor namoyon etdi. Bankimizning nafaqat moliyaviy sohada, balki sportda ham yetakchi ekanini isbotlagan jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz va kelgusida ham g‘alabalar tilaymiz!

🌐 Aloqa LIVE

Aloqa - LIVE

25 Oct, 10:00


👤Global moliyaviy maydonda AloqaBank: SIBOS 2024 natijalari.

AloqaBank dunyoning yetakchi moliyaviy institutlari va fintech kompaniyalarini bir joyga to‘plab har yili o‘tkaziladigan SIBOS 2024 bank konferensiyasida ishtirok etmoqda. Mazkur konferensiya strategik masalalarni muhokama qilish va yangi biznes aloqalarini o‘rnatish uchun yahshi imkoniyat.

💭 Hamkorlik muzokaralari: asosiy natijalar va kelishuvlar:

— AQShning "BNY Mellon" banki vakillari bilan uchrashuv doirasida, AQSh dollarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob ochish masalasi muhokama qilindi. Ushbu qadam AloqaBankning xalqaro maydondagi o'rnini mustahkamlash va dollar tranzaksiyalarini soddalashtirishga qaratilgan.

— "Nasdaq" moliyaviy texnologiya kompaniyasi bilan muzokaralar doirasida, xazna operatsiyalari uchun dasturiy ta’minot haqida muhokama qilindi. Bunday texnologiyalarni joriy etish bankka aktivlarni boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

— "Bank of China" vakillari bilan uchrashuv doirasida xalqaro loyihalarni moliyalashtirish uchun resurslarni jalb qilish va yuan hisob raqamini ochish masalasi muhokama qilindi.

— Xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun muhim qadam sifatida "Kapital Bank Ozarbayjon" bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki bank o‘rtasida o‘zaro pul o'tkazmalar uchun hisob raqamlarini ochish taklifi berildi.

AloqaBankning SIBOS 2024 konferensiyasidagi ishtiroki bankning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga va yangi hamkorlik eshiklarini ochishga xizmat qildi. Bu esa moliya sohasidagi yutuqlarni kengaytirishga va bankning yetakchi o‘yinchi sifatida o‘z o‘rnini yanada kuchaytirishga yordam beradi.

🌐 Aloqa LIVE