来自 Alisher Qodirov (@alisherqodir) 的最新 Telegram 贴文

Alisher Qodirov Telegram 帖子  

Alisher Qodirov
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

http://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
5,205 订阅者
646 张照片
279 个视频
最后更新于 10.03.2025 22:46

Alisher Qodirov 在 Telegram 上分享的最新内容

Alisher Qodirov

10 Jan, 15:06

7,821

Xorazmdagi ikki kun samarali o’tdi.

Keyingi haftada mahalliy kengashlardagi har bir deputatimizning o’z okruglaridagi tahlillari natijasini muhokama qilamiz, eng dolzarblarini joyiga borib o’rganamiz.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

09 Jan, 04:25

5,450

Va’da berganimizdek, "Milliy tiklanish" partiyasining bu chaqiriqdagi asosiy maqsadi natijadorlik bo’ladi.

Bundan buyon, Qonunchilik palatasidagi ishlardan tashqari, har haftada 2-3 kun bir viloyatda tahlillar olib boramiz.

Mahalliy kengashlardagi deputatlarimiz bilan birgalikda partiyaning dasturiy maqsadlari, davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosi va albatta, saylovchilar bilan muloqot…

Vatanparvar ajdodimiz Manguberdining yurti Xorazmdan boshladik. Turizm, madaniy me’ros obyektlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar kun tartibimizda…

Yanvar yakunida xulosalar qilinadi va takliflar beriladi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

07 Jan, 11:25

5,278

Qonunga qarshi ovoz bergan hamkasblarimga:

Birinchidan, aroq yoki tabiiy tamaki insonga zarar, lekin bu zararni ma’lum bir bosqichgacha davolash mumkin. Sun’iy tamakidagi murakkab kimyoviy elementlar inson tanasidan chiqib ketmaydi, DNKni buzadi, intellektual o‘sishni keskin zaiflatadi va reproduktiv salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, aroq yoki tabiiy tamakini, asosan, katta yoshdagilar iste’mol qiladi, ular o‘zi uchun tanlovini qilib bo‘lgandir, lekin elektron sigaretalar maktab o‘quvchilari yoki 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida keng yoyilib ketmoqda. Iste’molchinng 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar. Yoshlar va albatta, xalqimiz bu ofatning kelajakdagi zararidan qutula olmaydilar.

Buni hozir to‘xtatmasak, 20 yildan keyin hech qanday qonun yoki davlat dasturi sezilarli ko’p intelektual zaif qatlamga yordam bera olmaydi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

06 Jan, 13:42

4,423

Milliy tiklanish fraksiyasining majlisida bir qator muhim qonun loyihalari ma’qullandi. Qonun loyihalari bilan quyidagi normalar taklif qilingan:

- Istirohat bog’larida qurilish qilish taqiqlanmoqda;

- Bir maqsadda olingan qurilish uchun yer maydoni shaharsozlik rejasiga zid bo’lmasa, boshqa maqsadda foydalanish uchun o’zgartirilishi mumkinligi belgilanmoqda;

- Elektron sigaretalar tamoman taqiqlanmoqda;

- Tibbiy xizmat ko’rsatish tizimi takomillashmoqda, ya’ni quyidagi shifokor (oila shifokori yoki poliklinika) ko’rigi yoki tavsiyasi bo’lmasa, ixtisoslashgan Tibbiy markazlarda ko’rikdan o’tish pullik qilinmoqda;

- MIB qarzdorning undiradigan narsasi bo’lmasa, uni qarzdorlar reyestriga kiritadi va qarzdorga nisbatan belgilangan cheklovlar qarz bartaraf etilmaguncha kuchida qoldiriladi;

- Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiruvchi uchun ehtimoliy zararlardan sug’urta qilish tizimi takomillashtirilmoqda.

Loyihalar ertaga bo’ladigan Qonunchilik palatasi Yalpi majlisida ko’rib chiqiladi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

05 Jan, 09:46

5,665

Maqsadimiz 37 million vatandosh roziligi, 21 million saylovchi ishonchini qozonish va yagona O’zbekistonimizning qudratli bo’lishiga xissa qo’shishdir.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

04 Jan, 07:34

5,575

Milliy tiklanish milliy bo’lib qolayotgan yot illatlardan qutulishdan boshlandi.

“Milliy tiklanish” illatlarimizdan qutulish yo’lida birlashishga chaqirmoqda.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

03 Jan, 14:32

9,769

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining 2025-yildagi ilk fraktsiya yig‘ilishida partiyaning yangi Saylovoldi dasturi ijrosi, quyi palata deputatlarining hududlardagi faoliyati hamda partiya bilan fraksiyaning yillik ish rejasi muhokama qilindi.   

Ichki va tashqi turizm, madaniy meros obyektlari, axborot-kutubxona markazlari, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati, dorivor giyohlar yetishtirish, investitsiya dasturlari ijrosi, transport va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar deputatlarning asosiy e'tborida bo'ladi.  

Yangi tashabbuslar hamda Saylovoldi dasturidagi vazifalar ijrosi haqida rasmiy kanallar orqali o'z vaqtida ma'lumotlar berib boriladi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

03 Jan, 07:36

17,565

Isrof va qadrsizlik eng katta musibatlarimiz bo’lsa kerak. Sog’lik, qadr, imkoniyat va mablag’ni ignada yig’ib, belkurakda sovuradigan millatga aylanib qolayotgandekmiz…

Yangi yilda italyanlar eski mebellarini yangi yilga o’tkazmaslikka harakat qilishsa, biz pulimizni kelgusi yilga o’tkazmaslikka harakat qilayotgandek harakat qilamiz. Bozorga kirgan hamma narsa sotiladi, yana ikki karra qimmatiga. 1 yanvar kunidan yangi pul muomalaga kiritiladigandek…

Xuddi shunday - to’ylar…
ertaga kun yo’qdek - isrof, tumonat, shovqin-suron, isrofgar dasturxonni yarmi axlatga otilishi bir dard, olomonning qahramoni bo’lishga da’vogar, surushtirsang homiylik so’ragan bolasining maktabida janjal qilgan yoki tashlab ketgan bolasini alimentiga daromadi yetarsiz, ikkisi ham bo’lmasa, pul topib aql-baraka topmagan omadsiz-mast erkaklarni g’ijimlab pul sochishi yana bir dard…

G’ayrati va imkoniyatini qadrlamaydigan jamiyat bo’lib qolayotgandekmiz…

Metan bolaga tushunmadim, baraka topgur o’zingni qadrla, g’ayratingni bayramdan keyin qil, vazifasi surishtirish bo’lgan idoralar surishtirishga majbur, bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o’tkazishing aniq ediku?

E’tirozni to’g’ri-noto’g’riligi haqida keyinroq va kengroq, lekin bir oilada bolalar otasining tadbirsizligidan yangi yilni nafaqat kayfiyatsiz, otasiz ham kutishga majbur bo’ldilar…

Davlat, qonun, hukumat – bu institutlarning hammasi inson uchun ishlaydi. Inson uchun ishlash uchun insonlar uchun cheklovlar joriy etadi va uni qo’llashga vakolatli va majbur.

Dunyoni istagan davlatida haq va majburiyat bir-biriga chegara chizadi, qaysi tomon tartibliroq bo’lsa, o’sha tomonning hududi kengroq bo’lgan, bundan keyin ham bo’ladi.

O’zini qadrlamaydigan, topganini tushunmaydigan, isrofchi jamiyatning haq hududi doimo tor bo’lgan, bundan keyin ham shunday bo’ladi.

Biz yo’lni boshidamiz, inson har yilda bir yoshga ulg’aysa, davlatlar, jamiyatlar o’n, yigirma, ayrimlari esa yuz yillarda bir yoshga ulg’ayadi. Kuchli jamiyat bo’lish uchun hali ko’p tortishiladi, bu zarur va tabiiy jarayon, lekin qancha vaqt ketishi qadr va insof, baraka va isrof degan tushunchalarni tezroq anglab yetishimiz va hayotimizga tatbiq eta olishimizga bog’liq.

2025 yil O’zbekistonimizga hayrli va barakali kelsin.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

28 Dec, 04:14

11,602

Rossiya havo hududi xavfsizmi?

“O’zbekiston havo yo’llari” birinchi o’rinda vatandoshlarimiz xavfsizligi haqida o’ylashi kerak.

“Milliy tiklanish” fraktsiyasi bu mavzuda Transport vazirligi va kompaniyaga asosli tushuntirish berish so’rovini yuboradi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

27 Dec, 16:16

7,732

Ozar qardoshlarimizning musibatlariga sherikmiz.

AZAL aviakompaniyasi uchog’ining hanuz aybdorlari aniqlanmagan halokati oqibatida vafot etgan qardoshlarimiz haqidagi qayg’uyimizni qardosh Ozarbayjonning O’zbekistondagi elchisiga bildirdik.

@alisherQodir