Latest Posts from Alisher Qodirov (@alisherqodir) on Telegram

Alisher Qodirov Telegram Posts  

Alisher Qodirov
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

http://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
5,205 Subscribers
646 Photos
279 Videos
Last Updated 10.03.2025 22:46

Similar Channels

ELTUZ
148,062 Subscribers
platforma.uz
42,443 Subscribers

The latest content shared by Alisher Qodirov on Telegram

Alisher Qodirov

06 Mar, 03:34

2,450

Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashi majlisi, Davlat rahbarining Yoshlar bilan uchrashuvidan keyingi ikkinchi juda muhim strategik majlis bo‘ldi.

Dunyo jiddiy o‘zgarishlar ostonasida turibdi, avvalgi o‘lchovlar ishlamayapti. Mamlakat va uning manfaatlarini himoya qilish birinchi o‘rinda jamiyatning birligi va hamjihatligiga bog‘liq.

Yoshlarni oldini ochish – kelajak uchun muhim edi, Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashidagi qarorlar, asosan, bugunning muammolariga yechim bo‘lishi kerak.

Korrupsiya - hokimiyat va davlatga ishonchsizlik keltirib chiqaryapti! Bu – jiddiy xavf. Ichimizdan buzishga intilayotganlar aynan shu nuqtada birlashadilar.

Shuni hamma tushunishi kerak, mamlakatimizni rivojlanishiga xalaqit berayotgan illatlarni o‘zimiz hal etamiz. Yordam bermoqchi yoki manfaatdor hamkorlarimizni albatta, o‘z manfaatlari bo’ladi, Ukraina inqirozi buni bo‘yi barobar ko‘rsatib berdi, xulosa qilinishi kerak!

Muammolarimiz esa yetarli, ularni yechimi bo‘yicha hammani o‘z fikri bor, lekin qaror qabul qilish uchun vakolat berganlarimizni obro‘sizlantirish emas, ularning muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘lishimiz hayotiy muhim ahamiyatga ega. Takliflar, tanqidlar bormi, marhamat, shu qarash bilan yondashish lozim.

Illat bilan kurashyapmiz, lekin qonuninimiz yo‘q. Korrupsiya nima ekanligi qonunchilikda belgilanmagan, bu albatta, Parlamentning kamchiligi, tan oldik. Biz kiritgan qonun Prezident tomonidan qaytarilishi aytildi, qonunda milliy qadriyatlar va sinovdan o‘tgan xalqaro tajribadan yetarli darajada keng foydalanilmagan, asoslab berildi, demak, qonunni takomillashtiramiz.

Davlat xizmatchisi daromadiga mutanosib bo‘lmagan mulkka egaligini isbotlay olmasa, javob berishi kerak, juda to‘g‘ri. Davlat xizmatchisi kamtar bo‘lishi kerak, yoqmasa biznes qilsin, marhamat, lekin odamlarni hokimiyatga qarshi qayramasin!

Bolalikdan birovning haqqidan qo‘rqishni o‘rgatish – ajdodlar o‘giti, menimcha, masalaning fundamental yechimi. Davlat rahbari tomonidan yana bir bor tarbiyaga alohida e’tibor berildi. Birovning haqqidan qo‘rqmaydiganlarga esa shafqat bo‘lmasligi kerak. Bu masalada uzil-kesil va keskin yondashuv bo‘lgan e’tiqod mezonlaridan ham samarali foydalanilish kerak deb o‘ylayman.

Prezident Korrupsiya agentligi ishini keskin tanqid qildi, lekin yana imkoniyat berdi. Yosh, bilimli va dunyo ko’rgan rahbarlar kam, lekin jur’at va jasoratsiz natijaga erishib bo’lmaydigan davrda yashayotganimizga e’tiborini qaratdi.

Agentlikda dunyoqarashi keng, bilimli xodimlar yig‘ilgan, ko‘pini yaqindan taniyman, lekin illatga qarshi kurashayotganda murosasozlikdan kechib, millat kelajagi uchun murosasizlik qiladigan vaqt keldi. Bizni eng katta muammoyimiz ham “o‘zbekchilik”, keragidan ortiq andisha va qadriyatimizda madaniyat hisoblanadigan murosani manfaat yo‘lida ishlatib yuborilayotganidir, balki?

Davlat rahbari Milliy kengashda millatimizning illatlariga qarshi kurashda birlikka chaqirdi, zero Milliy taraqqiyot birlasha oladigan xalqlarga nasib qiladigan natijadir!

@alisherQodir
Alisher Qodirov

04 Mar, 04:22

2,452

Tarix shunday bilimki, uni bilganlar imtihondan o’tadi. Haqiqat shuki, biz kechagina o’tgan kunlarimizni ham yetarli bilmaymiz.

O’tgan kunlaridan xulosa qilib, o’zini o’nglab olishga ulgurmagan xalqlarni kechirmaydigan kelajak oldimizda juda jiddiy imtihonlardan darak bermoqda.

Tarix institutini yillar tahlil qilib, muhit kutib, ikki ming nusxada nashr qiladigan kitoblarini odamlarga yetib borishini kutib o’tira olmaymiz, shunga o’xshagan podkastlar millionlab yoshlarimizga o’tmishimizdan to’g’ri xulosa chiqarib olishiga yordam berishi juda muhim.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

01 Mar, 05:35

3,212

Yomonliklardan qaytarib yaxshiliklarga buyuradigan muqaddas e’tiqodimiz Islomda nafs va yomon xulqni jilovlash oyi bo’lgan Ramazoni sharif barcha vatandoshlarim va musulmon ummatiga muborak bo’lsin.

Atrofimiz o’zgarishi uchun, avvalo, o’zimiz o’zgarishimiz kerak.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

28 Feb, 05:22

3,490

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o’zbek tilini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda.

Ota-onalar aralashuvisiz, bog’cha va boshlang’ich ta’limini bolani ona tili, yoki ota-onasi bilan doimiy muloqot qiladigan tilida tashkil qilish ham juda muhim masala. Albatta, bog’chadanoq o’zbek tilini o’rganish majburiyati bo’lishi shart.

O’zbekistonda o’zbek tiliga ehtiyoj bo’lishi kerak. Ehtiyoj bo’lmasa, zarurat bo’lmaydi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

25 Feb, 12:36

3,903

​​“Milliy tiklanish” fraksiyasi ma’qullamagan qonun loyihasi Yalpi majlisda mas’ul qo’mitaga qaytarildi.

Nega Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlarni ma’qullamadik?

Birinchidan, amaldagi qonunchilikda zo‘ravonlik va tazyiq uchun javobgarlik bor. Bu masalaga mehnat munosabatlarining muammosi sifatida alohida urg’u berish, qolaversa, ish beruvchiga xodimni roziligisiz, shu sabab bilan boshqa ishga o’tkazish huquqi belgilanishi to’g’ri emas;

Ikkinchidan, O‘zbekiston uchun tushunarsiz bo‘lgan “terini rangiga ko‘ra kamsitish” degan tushunchani qonunchiligimizga kiritish kerakmi? Konstitutsiya va qonunlarimizda har qanday shaklda kamsitish, zo’ravonlik yoki tazyiq ta’qiqlangan;

Uchinchidan, amaldagi qonunchilikda, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga “himoya orderi” berilishi mumkin, qonun loyihasida ushbu orderni hammaga berish ko’zda tutilmoqda. Mehnat munosabatlarida xodimni ish beruvchidan bunday shaklda himoya qilishga zarurat bormi? Qonunlarda ish beruvchi va xodim orasidagi barcha huquq va majburiyatlar aniq belgilab qo‘yilgan.

Tashabbuskorlar partiyaning takliflarini rad etdi, biz qonunga qarshi ovoz berdik.

@alisherqodir
Alisher Qodirov

24 Feb, 15:27

5,987

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakilining (Bolalar Ombudsmani) yillik ma’ruzasini eshitdik.

Xalqimiz bolani yaxshi ko’radi, farzandi uchun hamma narsaga tayyor, lekin eng ko’p bola huquqlari poymol bo’lmoqda. Bola huquqlariga rioya qilishning mamlakat kelajagi uchun hayotiy ahamiyatini juda sekin anglab yetyapmiz.

Masalan, bolani bog’cha va maktabning ilk davrida tarbiya va ta’limni begona tilda boshlashi ota-ona tanlovi va kelajakda bola uchun bir qator muammolar yaratmoqda. Bu bola huquqini buzilishimi yo’qmi?

Ma’ruzani ma’qulladik. Masala juda keng, yechimini kutayotgan muammolar yetarlicha.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

23 Feb, 03:00

4,598

Nega elektr energiyasini ko’proq ishlab chiqarib, tannarxni arzonlashtirish va gazni qimmatga sotish kerak?

Masalani olimlar va mutaxassislar muhokamasiga olib chiqib, ko’p savollarga oydinlik kiritgan Toshkent Davlat Texnika Universitetiga rahmat.

Sovet asorati - isrofgarlik va loqaydlikdan qutulayotgandekmiz, lekin tahlil va idrok qilishni o’rganmasak qoloqlikdan qutulolmaymiz.

Inson o’zgarsa jamiyat o’zgaradi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

21 Feb, 14:16

11,148

Yaxshi odatlardan yaxshi insonlar, yaxshi insonlardan yaxshi oilalar, yaxshi oilalardan yaxshi jamiyat va yaxshi jamiyatdan yaxshi millat shakllanadi…

Millatimizning illatlari milliy taraqqiyotimiz yo’lidagi eng katta muammo emasmi?

“Milliy tiklanish” mushohadaga chaqiradi!

@alisherQodir
Alisher Qodirov

20 Feb, 12:56

29,321

O’zbekistonda tashqi yozuvlar o’zbek tilida yozilishi belgilangan! Zarurat bo’lsa, ikkilamchi hajmlarda, boshqa tilda takrorlanishi mumkin.

(“Davlat tili to’g’risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Reklama to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasi)

Buni nafaqat o’zligimizga hurmatsizlik va qonunlar talabini buzish, balki jamiyat butunligini kafolati bo’lgan muhim mezonni zaiflatish ustida olib borilayotgan buzg’unchi maqsadning qismi sifatida baholash va jazoni jiddiy kuchaytirish uchun tashabbus tayyorlaymiz.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

20 Feb, 05:58

4,769

Tahlikali va murakkab davrga kiryapmiz.

O‘zligimizga sodiq, butun va birlashgan yoshlarimiz milliy taraqqiyotimizning garovi bo‘lishlari kerak…

@alisherQodir