Milliy markaz (AKIS) RASMIY @akis_milliy_markaz Channel on Telegram

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

@akis_milliy_markaz


O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi" Rasmiy telegram kanali
Murojaat uchun: @AKISBOT_BOT

Milliy markaz (AKIS) RASMIY (Uzbek)

Milliy markaz (AKIS) RASMIY telegram kanali O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi 'Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi'ning rasmiy kanalidir. Bu kanalda qishloq xo'jaligiga doir foydali ma'lumotlar, yangiliklar va innovatsiyalar haqida xabarlarni topishingiz mumkin. AKIS markazining faoliyati, yangiliklari, tadbirlari va yangi loyihalari haqida to'liq ma'lumotlar bilan tanishing. Agar sizga qishloq xo'jaligi sohasida yangiliklar va rivojlanishlar qiziq bo'lsa, ushbu kanalga a'zo bo'ling va so'nggi ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling. Murojaat uchun: @AKISBOT_BOT

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

14 Feb, 06:51


🌱🌱🌱

⚡️Ayni daqiqalarda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish” mavzusidagi netvorking tadbiri bo'lib o'tmoqda.

🔃Tadbirda qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher Shukurov so'zga chiqib, ushbu tadbir xalqaro hamkorlik, qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari, tadqiqot va ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni hamda iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalarini hal qilish uchun hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro tajribadan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish imkoniyati ekanligini ta'kidlab o'tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

14 Feb, 05:11


📍 O'zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan o'tkazilgan "Gʻallachilikda dolzarb agrotexnik tadbirlar va ularning samaradorligi" mavzusida matbuot anjumani tafsilotlari "UzA-O'zbekiston Milliy Axborot agentli"gining rasmiy web saytida keng yoritildi.
⬇️
https://uza.uz/uz/posts/galla-maydonining-40-foizdan-ziyod-qismida-mahalliy-navlar-ekilmoqda_688031

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

13 Feb, 13:16


Dala yerlaridan maqsadli foydalanish — umumiy natijadorlikning garovidir

▶️Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Andijon tumanidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Andijon ilmiy tajriba stansiyasini ko'zdan kechirdi.

🧄Bu yerdagi 2 gektarlik maydonda to‘qsonbosti usulida sarimsoq piyoz ekilgan bo‘lib, yana 1,5 gektar hududda urug‘lik piyozlar sifat darajasida parvarish qilinmoqda. Shuningdek, mazkur dala yerlarining bir qismida yangicha texnologik yondashuv asosida ham kichik hajmli piyozlarni nosh uslubida yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

🤔Mas’ullarga ko‘ra, hududdagi 7 sotix maydonga Koreyalik soha mutaxassislari bilan hamkorlikda zamonaviy issiqxona ham tashkil qilingan bo‘lib, unda erta pishar sabzavot ko‘chatlari yetishtiriladi. Qolaversa, mazkur hududda umumiy 100 tonna sig‘imga mo‘ljallangan muzlatkichlar mavjud.

🔢Undan shu yerning o‘zida yetishtirilgan mahsulotlarni sifat darajasida saqlash, ularni mijozlarga yetkazib berish davomiyligini ta’minlash maqsadida foydalaniladi. Bu loyiha Germaniyaning "GISS" tashkiloti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, dala madaniyatini shakllantirish, daraxtlar ekish, ularni sifatli parvarishlash bo‘yicha bir qator agrotexnik amaliyotlar joriy etilgan.

🔗Vazir bu yerdagi barcha sa’y-harakatlarni kuzatar ekan, olib borilayotgan barcha ishlarni qoniqarli deya baholadi. Shu bilan birga, hududdagi laboratoriya xonalari bilan ham tanishdi. Laboratoriyalardagi jihozlar chet eldan olib kelingan bo‘lib, xodimlarning ilmiy izlanish olib borishi uchun sharoitlar yetarli.

I.Abdurahmonov barcha mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda natijadorlikni ta’minlovchi loyihalarni amalga oshirish, ekinlarni parvarishlash va urug‘lik piyozlarni yetishtirishda istiqbolli navlarni tanlab, samaradorlikni oshirish borasida qator topshiriqlar berdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

30 Jan, 12:21


Президент Шавкат Мирзиёев томорқада ва ижарага берилган экин ерларида даромадли маҳсулот етиштиришнинг янги тизими бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное новой системе выращивания доходных культур на приусадебных землях и участках, переданных в аренду.

#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #tomorqa

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

24 Jan, 16:22


#xalqaro_hamkorlik

Avstraliyaning paxta urug‘chiligidagi yetakchi kompaniyasiga tashrif

📍 Avstraliyaning qishloq xo‘jaligi sohasida muhim o‘rin tutadigan Cotton Seed Distributors Limited (CSD) kompaniyasi paxta urug‘chiligi bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. 1967-yilda tashkil etilgan CSD paxta yetishtirishning har bir bosqichida fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan innovasion yechimlar va yuqori sifatli urug‘larni taqdim etib kelmoqda.

💱 CSDning asosiy maqsadi – paxta yetishtiruvchilarni yuqori hosildorlikka erishish uchun genetik jihatdan takomillashtirilgan va kasalliklarga chidamli urug‘lar bilan ta’minlash. Shuningdek, kompaniya fermerlar uchun zamonaviy agrotexnika yechimlari va maslahatlar berib, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga yordam beradi.

🟢 Bugungi kunda Cotton Seed Distributors Limited faoliyati nafaqat Avstraliyada, balki dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari ham Avstraliyaga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida ushbu kompaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya kompaniyaning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan tadqiqot markazi, urug‘larni tozalash jarayonlari hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekiston delegatsiyasi CSD faoliyatini yuqori baholab, ushbu modelni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishga katta qiziqish bildirdi.

CSD Avstraliya paxta sanoatini asosiy qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot hisoblanadi. Kompaniyaning yuqori sifatli urug‘lari mamlakatda paxta yetishtirish hajmini sezilarli darajada oshirgan va fermerlarga barqaror daromad manbaini taqdim etishga yordam bergan. Shuningdek, CSDning innovatsion yondashuvlari xalqaro bozorda Avstraliya paxtasining obro‘sini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔝 Cotton Seed Distributors Limited nafaqat paxta urug‘lari, balki bilim, innovatsiya va barqarorlik bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi. Uning faoliyati nafaqat Avstraliya fermerlari uchun, balki butun dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or yechimlar yaratishga qaratilgan. O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi esa, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi yo‘l ochishi mumkinligidan darak beradi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

24 Jan, 04:44


#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston delegatsiyasining Avstraliyadagi xizmat safari: ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar bilan tanishuv

🔈 Xabar berib borayotganimizdek, hozirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar olimlari va Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolaridan iborat delegatsiya Avstraliyada xizmat safarini davom ettirmoqda. Ushbu safardan maqsad – qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish uchun yangi innovatsiyalarni o‘rganishdir.

Tajriba va ilm-fanga e’tibor

✔️ Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Avstraliyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy tajribalari va ilmiy izlanishlar olib boruvchi muassasalar bilan yaqindan tanishmoqdalar. Ular yangi ilmiy natijalar, innovatsiyalar va texnologiyalarni o‘rganib, o‘zbekistonlik fermer va olimlar uchun kelgusida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yutuqlarni tahlil qilishmoqda.

CRDC – Avstraliya paxtachiligining zamonaviy asosi

💱 Delegatsiyaning asosiy manzillaridan biri Avstraliya paxtachilik sanoatida muhim o‘rin tutadigan Cotton Research and Development Corporation (CRDC) tashkiloti bo‘ldi. Ushbu tashkilot Avstraliya hukumati va fermerlar hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifasi – paxtachilik sohasida ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirish ishlarini amalga oshirishdir.

📣Delegatsiya rahbari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, CRDC Avstraliya hukumatining qishloq xo‘jaligi sektoridagi eng samarali sherikliklardan biri hisoblanadi. Uning maqsadi – Avstraliya paxtachilik sanoatini barqaror, yuqori daromadli va zamonaviy tarmoqqa aylantirishdir.

Ilmiy sarmoyalar va innovatsiyalarga e’tibor

👉 Ma’lum qilinishicha, CRDC har yili fermerlar va hukumat bilan birgalikda 32,13 million dollar miqdorida RD&E (Research, Development, and Extension – Tadqiqot, rivojlanish va kengaytirish) loyihalariga sarmoya kiritadi. Bunday sa’y-harakatlar paxta yetishtirish samaradorligini oshirish, atrof-muhitni himoya qilish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan.

O‘zbek delegatsiyasi maqsadi va natijalari

🤪 Mazkur xizmat safari davomida O‘zbekiston olimlari va mutaxassislari CRDC tomonidan joriy etilayotgan texnologiyalar va amaliyotlarni yaqindan o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu tajriba, o‘z navbatida, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida yangi yechimlar va rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga turtki bo‘ladi.

Xizmat safari davom etmoqda

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

16 Jan, 12:30


Пахта етиштириш ва қайта ишлашда қўшимча бозор механизмлари жорий қилиниши белгиланди.

Жорий йилдан бошлаб кластерлар пахтага талаби ва нарх таклифини биржага қўяди, фермерлар эса ўзига маъқулини танлаб, фьючерс шартномасини тузади.

Имтиёзли кредит олмай, ўзи пахта етиштирган фермерларга биржада сотган пахтасини 10 фоизи миқдорида субсидия берилади.

Имтиёзли кредитни йил якунигача тўлиқ қайтарган фермерларга кредитнинг 4 фоизи қайтариб берилади. Уларга кредит фоизи амалда 10 фоиздан 6 фоизга тушади.

Facebook|Instagram|X

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

07 Jan, 08:24


Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish — davr talabi

Joriy yilning 6–7-yanvar kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizimdagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilini joriy qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Bugun ushbu seminarning ikkinchi kuni ham ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari Muhammadjon Quronov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

🫥Seminar davomida soha xodimlari o‘zaro tajriba almashib, joriy etilgan va rejalashtirilayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishdi. Ishtirokchilar sohaning yetuk mutaxassislariga o‘z kasbiy faoliyatlariga oid qator savollar bilan murojaat qilishdi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ham fikr almashildi.

🫥Seminarda xodimlarga teatrlar, davlat muzeylari va tarixiy manzilgohlarga tashriflarni tashkil etish, idoraviy kutubxonalar yoki ma’naviyat burchaklarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📚Shuningdek, ish qog‘ozlari, turli blanklar, muhrlar va shtamplar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, reklama hamda e’lonlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o‘rnida, seminarda umumiy hisobda 102 nafar xodim ishtirok etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

06 Jan, 14:07


Milliy til – milliy birlik vositasi

🌀Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan tashkilotchilar xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🗣Seminarda qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeyini mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, seminarga taklif etilgan bir qator soha mutaxassislari tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasidagi faoliyatni rejalashtirish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish va natijadorligini oshirishning o‘ziga xos jihatlari, kasbiy faoliyatda va targ‘ibot ishlarida notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik mavzularida taqdimotlar o‘tkazishdi.

▶️Shuningdek, seminarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikdagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishning amaliy jihatlari hamda tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish tartib-qoidalari bo‘yicha o‘z jamoalarida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar ham atroflicha muhokama qilindi.

🟢Ma’lumot o‘rnida, 107 nafar ishtirokchini o‘zida jamlagan amaliy seminar 6-7-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

31 Dec, 19:12


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

31 Dec, 11:25


QUTLOV

🎄 Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovning barcha yurtdoshlarimiz, qishloq xo‘jaligi xodimlari, soha olimlari va mirishkor dehqonlarimizga yangi yil tabrigi.

https://t.me/Sh_Otajonov_Milliy_markaz

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

31 Dec, 10:07


👍👌😊

Aziz sohamiz fidoyilari va qadrli yurtdoshlar!


🎉Sizlarni yaqinlashib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

📈2024-yilda mashaqqatli va jasoratli mehnatingiz bilan qishloq xo‘jaligida muhim marralarga erishdik. Agrar sohaning barcha tarmoqlari, xususan, paxta hamda g‘alla yetishtirishda ulkan zafarlarni qo‘lga kiritdik.

▶️Davlatimiz rahbarining qo‘llab-quvvatlashi hamda rahnamoligida dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, bu yil ham mo‘l hosil yetishtirdilar.

Prezidentimizning "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida ham siz aziz dehqon va fermerlarimizning erishgan yutuqlari ham alohida tilga olingan. Jumladan, tabrikda "Shunday murakkab sharoitga qaramasdan, joriy yilda sizlarning mashaqqatli mehnatingiz bilan yurtimizda 9 million tonna don, 3 million tonnadan ortiq paxta, 16 million tonnadan ziyod sabzavot va poliz mahsulotlari, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoshka, 15 million tonnadan ko‘p go‘sht va sut, 30 ming tonna pilla yetishtirilgani – chinakam qahramonlik namunasi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. Buning uchun sizlarning sha’ningizga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi" deya bejiz e’tirof etilmagan.

💬Albatta, bugun shahar va qishloqlarimiz obod, bozorlarimiz to‘kin bo‘lib, Yangi O‘zbekistonning betakror qiyofasi shakllanmoqda. Bunda esa xoh mirishkor dehqon yoki bog‘bon, xoh o‘qituvchi yoki shifokor, boringki qalbi shahd-u-shijoatga to‘la baxtiyor yoshlarimizdan tortib, shu yurt, shu mamlakat obodligini so‘rab duoga qo‘l ochayotgan, chehrasi nurli keksalarimizgacha barcha-barchaning, har bir yurtdoshimizning munosib hissasi bor.

🌳2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi ham bejiz emas. Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasiga berayotgan e’tibori hamda qo‘llab-quvvatlashi natijasida ulkan zafarlarga erishmoqdamiz. Yildan-yilga yangi yerlar o‘zlashtirilib, bepoyon dalalarimiz, serhosil bog‘larimiz gullab-yashnamoqda. Kirib kelayotgan 2025-yil ham nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan esda qolarli yil bo‘lsin!

📌Mana shu quvonchli va farahbaxsh daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi — 2025-yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Shunday ajoyib, hayajonli onlarda har bir oila baxtni to‘kis his qilishini, har bir inson ko‘zlagan murod-maqsadiga yetishishini tilayman.

💚Shu o‘rinda, barchangizning oilangizga qut-baraka, farzandlar, nabiralar baxt-u kamolini ko‘rish nasib etsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin.

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

28 Nov, 11:34


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот маҳсулотларини етиштириш, қайта ишлаш ва экспорт қилишни кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам наращивания объемов заготовки, переработки и экспорта плодоовощной продукции.

Facebook|Instagram|X