✳️✳️✳️✳️✳️
💫💫💫 "O'tkan kunlar"💫💫💫
1. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Qaysi qahramon tasviri?
J: Kumushbibi
2. Bolalik chog’idayoq uy ichi va qo’ni-qo’shni “shaddod” deb ism bergan obraz?
J: Xushro’y
3. ..... “falonchi domlag’a borib mundog’ qil, Zaynab”, deb buyurmaguncha o’rnidan qo’zg’almas va shuning bilan birga erining tashlab qo’yishi to’g’risida onasi, egachisi va boshqa yaqinlariga churq etib og’iz ochmas edi. Nuqtalar o’rniga mos ismni qo’ying.
J: O’zbek oyim
4. Xalqimizni shu zamonning ...lari, ...lari, ...lari va ...lari bilan tanishdirishka o’zimizda majburiyat his etamiz. “O’tkan kunlar”ga yozilgan muallif so’zboshisida tilga olingan qahramon ismlarini aniqlang.
J: Tohir-Zuhra, farhod-Shirin, Chor Darvesh, Bahrom go’r
5. Roman qanday so’zlar bilan boshlanadi?
J: 1264-hijriy , dalv oyining o’n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir...
6. Bu hujra bino va jihoz yog’idan, ham ega jihatidan diqqatni o’ziga jalb etarlik edi. Bu hujra kimniki edi?
7. Qandog’dir xayol ichida o’lturg’uvchi yigit
J: Otabek
8. Oltmish yoshlar chamasida, cho’ziq yuzlik, do’nggiroq peshonalik, sariqqa moyil, to’garak qora ko’zlik, oppoq uzun soqollik edi. Qaysi obraz ta’riflanyapti?
J: Hasanali
9. “Xotinboz” deb shuhratlangan, kishilar orqasidan so’zlashkanda uning otiga taqilgan laqabni qo’shib aytmasalar, uni tanita olmaydilar. Qaysi qahramon haqida gap ketyapti?
J: Homid
10. Otabek qaysi muchalda tug’ilgan edi?
J: Hamduna, ya’ni maymun
11. Xotinga muvofiq bo’lish va bo’lmasliqni uncha keragi yo’q. Xotinlarga “er” degan ismning o’zi kifoya. Kimning so’zlari?
J: Homid
12. Uylangach xotining ta’bingga muvofiq kelsa, bu juda yaxshi; yo’qsa, munchalik og’ir gap dunyoda bo’lmas. Kimning so’zlari?
J: Rahmat
13. Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchalik qiladir. Kim tomonidan kimga qarata aytilyapti?
14. Romandagi andijonlik savdogar kim edi?
J: Akram hoji
15. Meni eslay olasizmi, bek? Kimning so’zlari?
J: Mirzakarim Qutidor
16. Mirzakarim Qutidor Toshkentda qutidorlik qilgan vaqtda Otabek necha yoshlarda edi?
J:5-6 yosh
17. Umr – otilgan o’q emish. Bu naql kim tomonidan aytiladi?
J: Mirzakarim Qutidor
18. Yurgan daryo, o’tirgan bo’ryo emish. Bu naql kim tomonidan aytiladi?
J: Akram hoji
19. Otabek “o’ris shahar”dan qaysiga borganini aytadi?
J: Shamay
20. Amiri Umarxondek odil poshsho bo’lsa, biz ham o’risdan oshib ketar edik. Kimning so’zlari:
J: Qutidor
21. Bizning bu holga tushishimiz o’z fe’li xo’yimizdan. Kimning so’zlari?
J: Ziyo shohichi
22. O’tkan yil borg’on edim, borishim noqulay bir vaqtga to’g’ri kelib ko’b mashaqqatlar chekdim. Otabekning qayerga safari nazarda tutilyapti?
J: Shamay
23. O’z g’arazi yo’lida orada yo’q nizolarni qo’zg’ab o’z kuyovi Sheralixonni o’ldirgan davlat arbobi kim edi?
J: Musulmonqul
24. Musulmoqnqul tomonidan qatl etilgan qo’y kabi yovvosh toshkent hokimi kim edi?
J: Salimsoqbek
25. Sizmi? — deb kulimsiradi. — Otam bo‘lmasangiz ham meni otaliq muhabbati bilan suygan sodiq va mehribon bir kishimsiz — ya’ni ma’naviy otam. Otabekning “ma’naviy ota”si kim edi?
J: Hasanali
26. Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘an yurak javharidir. Shuning bilan birga ko‘b vaqtlar kishiga zararlik ham bo‘lib chiqadir. Shuning uchun kuch sarf qilib bo‘lsa ham unitish, ko‘b o‘ylamaslik kerakdir. Kimning so’zlari?
J: Hasanali
27. … ning ortiqcha berilib o‘ylag‘an kezda soqolini qayirib tishlaydigan bir odati bo‘lib, hozir ham soqolini yamlash bilan mashg‘ul edi. nuqtalar o’rniga mos qahramon ismini qo’ying.
J: Hasanali
28. Poyabzal bozori va uning burchagidagi havli...
J: Qutidorning hovlisi
@ADABIYOT_21 I RASMIY KANALIDA