#ona_tili_vaqti
📌 So'z urgusi
✔️ So'zdagi bo'g'inlardan biriga tushadi. O'zbek tilida asosan so'z urg'usi oxirgi bo'g'inda bo'ladi: qala'm-qalamdón.
-qalamdondà.
✔️ Urg'u so'zning o'zbekcha yoki chetdan o'zlashgan ekanini anglatuvchi grammatik ma'no turidir.
Chunki o'zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Bu urg'uning o'sha tillardagi ahamiyati bilan bog'liqdir.
Masalan: albá tta, afsù ski, astronò miya, antè nna, á tom, á rmiya, aviá tsiya, auditò riya, á mmo, á slo, do imo, dotsent, è htimol,gazè ta, hami sha, há tto, konstitù tsiya, lè kin, matematika, muhi m, muni s, ò braz, pá rta, pò yezd, programma, respù blika, rù chka, zè ro (bog'lovchi), vodorò d, va h.k.
Quyidagi hollarda urg'u so'z oxiriga tushmaydi:
1. -ma - fe'lning bo'lishsiz shakli qo'shimchasi urg'u olmaydi.
M:: borma, qarama. Lekin-ma
Sifat va ot yasovchi bo'lganda urg'u oladi: tortma (ot): yig'ma (sifat).
2 -man, -san, -miz, -siz-fe'lning shaxs-son qo'shimchalari urg'u olmaydi: boraman, bormayman. Lekin-siz so'z yasovchi qo'shimchasi urg'u oladi (asosdan anglashilgan narsaga ega bo'lmaganlik ma'nosida): mevasiz, odobsiz, gulsi'z
3. -cha-day, -dek- ravish yasovchi qo'shimchalari urg'u olmaydi: ruscha, qishloqcha, muzday, birdek. Lekin-cha-otlarda kichraytirish, erkalatish qo'shimchasi urg'u oladi: qishloqcha
(ot), qishloqcha (ravish).
4. Qo'shimcha-yuklamalar urg'u olmaydi: bugunoq, senmi, senchi. Jumladan, -ku, -da, -gina, -oq, -yoq, -mi, -chi yuklamalari urg'u olmaydi. Lekin-gina otlardagi erkalatish qo'shimchasi urg'u oladi: qizgina (yuklama), qizgina (ot). Qizimgina (chegaralasa, urg'u olmaydi), qizginam(erkalash ma'nosi bo'lsa,urg'u oladi)
5. Sonlardagi ma'no turlarini yasovchi qo'shimchalar urg'u olmaydi: beshta, ikkov, ikkovlon, o'ninchi, beshtacha,to'rttadan, oltita.
6. Ayrim olmoshlarda urg'u oxiriga tushmaydi: hämma, jami, yaIpi, ba ri, ba'zi
••••••••••••••••••••••••••••••••••••••
@milliy_sertifikat_ona_tilii
@mega_ona_tili_adabiyot.
•••••••••••••••••••••••••••••••••••••