UzPressa

@uzpressaofficial


O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar va xabarlar, shuningdek tezkor rasmiy xabarlar manbasi.

Admin: @uzpressaadmin

UzPressa

22 Oct, 12:22


Samarqand shahrida 22 oktyabr kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston to‘rtinchi hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan forumda ikki mamlakatning barcha hududlari vakillari hamda uning doirasidagi davra suhbatida 200 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.


@uzpressaofficial

UzPressa

22 Oct, 12:10


Rossiyalik 47 yoshli jurnalist Inessa Papernaya va yana ikki nafar shaxsning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Jabrlanuvchilar oʻlimining sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

@uzpressaofficial

UzPressa

22 Oct, 10:21


Ikki kara Paralimpiya o'yinlari chempioni Аsila Mirzayorova katta lavozimga tayinlangani haqida ma'lum qildi.

@uzpressaofficial

UzPressa

22 Oct, 04:18


🇦🇱Albaniyaning 8-prezidenti hibsga olindi

Albaniyaning sobiq prezidenti Ilir Meta korrupsiya va pul yuvishda ayblanib hibsga olindi.

55 yoshli siyosatchi Kosovodan qaytgach, poytaxt Tiranada Milliy tergov byurosi tomonidan hibsga olingan. U 2017-2022-yillarda mamlakatni boshqargan.

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 17:20


⚡️"Yashil makon" loyihasi doirasida yil oxirigacha va kelgusi yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 17:05


⚡️Har bir viloyatda “Yashil” universitetning texnikumlari tashkil etiladi

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 16:33


Portugaliyada Ronalduga atab €7 tangalar muomalaga kiritiladi

Bu tangalar chiqsa €7 qiymati juda qimmatlashib ketishi mumkinligi haqida tahminlar bor. Bu tangalar butun Yevropa ittifoqida amal qiladi!

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 14:50


⚡️Jamoat transportlari bo‘yicha maʼlumot beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yil 20 noyabrgacha temir yo‘l, havo transporti va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma yaratiladi va tajriba-sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Shuningdek, 1 dekabrdan boshlab Uztrans axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati to‘xtatiladi.

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 14:45


⚡️Sport vazirligiga 30 yoshdan katta aholini ommaviy sport bilan qamrab olish dasturini yoʻlga qoʻyish topshirildi

Prezident “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashq, yurish, yugurish, velosiped haydashga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi. Mahallalarning jismoniy faollik reytingi tuzilishi, eng yaxshi mahalla va oilalarni ragʻbatlantirilishi belgilandi.

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 14:40


⚡️Prezident 2025-yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard soʻm ajratilishini eʼlon qildi

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sugʻorish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi. Sugʻorish tizimi boʻyicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi. Xususan, 27 ta tumanda sugʻorish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qazishga ruxsat beriladi.

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 14:35


Prezident poytaxtning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirdi

Kuni kecha boʻlgan kuchli yomgʻir haqiqiy ahvolni koʻrsatgani qayd etildi. Drenajni toʻgʻirlashni oʻzi yetarli emasligi, suvni havzalarda toʻplash tizimini qilib, daraxtlarni sugʻorishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib oʻzi hal qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 14:30


⚡️Oktyabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambagʻal oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolgʻiz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik oʻziga biriktirilgan koʻchalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, koʻchalar, uylar, koʻp qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 11:35


⚡️2025-yil 1-yanvardan boshlab umumtaʼlim maktablarida milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻzbek tili oʻqituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq toʻlanadi

@uzpressaofficial

UzPressa

21 Oct, 02:56


Moldovada amaldagi prezident Mayya Sandu saylovlarning birinchi turida g‘alaba qozondi

U 41 foiz, asosiy raqibi mamlakat sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo esa 26 foiz ovoz olgan. Bu Markaziy saylov komissiyasining 96 foizdan ortiq ovozlarni sanab chiqqan ma’lumotlarga asoslanadi. Hech bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz olmagani sababli prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi.

@uzpressaofficial

UzPressa

20 Oct, 09:16


Osiyo futbol konfederatsiyasi “Yilning eng yaxshi futzalchisi” sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e’lon qildi.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov ham ushbu uchlikdan oʻrin oldi.

Gʻolib nomi 29-oktyabr kuni Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

@uzpressaofficial

UzPressa

20 Oct, 04:42


Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi

Qonunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi.

Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga homiylik qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi nazarda tutilmoqda.

@uzpressaofficial

UzPressa

20 Oct, 04:41


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

@uzpressaofficial

UzPressa

18 Oct, 11:55


❗️Agrar universitetida sifatsiz ishlar sabab yotoqxona qurilishi to‘xtatildi

Qurilish davomida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli qurilish korxonasiga 14 marta yozma ko‘rsatmalar berilgan va 3 marta jarima solingan.

Shunga qaramay, ishlar o‘sha-o‘sha sifatsiz holda qolgani uchun, bino texnik tekshiruvdan qayta o‘tkazilguncha, qurilish ishlari to‘xtatilgan.

@uzpressaofficial